Abdurauf Fitrat

Abdurauf Fitrat (1886, Buxoro shahri, Buxoro Amirligi — 4-oktabr, 1938, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori (1926).

Alisher Navoiy

Bu maqola oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri Alisher Navoiy haqidadir. Navoiy soʻzining boshqa maʼnolari uchun ushbu sahifaga qarang.Alisher Navoiy (1441-yil, 9-fevral 1501-yil, 3-yanvar) – ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. G‘arbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (Isfana)

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (rus. Средняя школа имени Алишера Навои; qirgʻ. Алишер Навои атындаги орто мектеби) — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan oʻrta maktab. Oʻrta maktab deb nomlanishiga qaramasdan, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor. Maktabda darslar oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida oʻtiladi.

Buxoro

Buxoro — O‘zbekiston shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yo‘lida yirik tijorat markazlaridan bo‘lgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkentdan 616 km. Buxoro 2 ta shahar tumani (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan. Aholisi 264 ming kishi (2001).

Buxoro Amirligi

Buxoroxo — Buxoro xonligini 1753 yildan keyingi nomi; ashtarxoniylar o‘rniga kelgan mang‘itlar sulolasi vakillari o‘zlarini amir deb atashgan. Shunga ko‘ra, davlat Buxoro Amirligi deb atala boshlangan. 1920 yil Buxoro boskini natijasida tugatilgan.1758-yil Rahimbiy vafotidan soʻng mangʻitlar amirlik taxtiga uning amakisi Miyonkoʻl hokimi Doniyorbiy (1758-1785-yillar) nomzodini surishadi. Lekin u qatʼiy markaziy hokimiyatni saqlab qololmadi. Mangʻitlarning tarafdorlari va gʻanimlari oʻrtasidagi oʻzaro janjallar, joylardagi hokimlarning mustaqillikka boʻlgan intilishlari oʻn yillarga choʻzilib ketdi. 1784-yili Doniyorbiyning boʻshligidan norozi boʻlgan Buxoro ahli qoʻzgʻolon koʻtardi va amir hokimiyatni oʻgʻli Shohmurodga (1785-1800-yillar) topshirdi. Shohmurod yangiliklarni Arkda saroy ahli guvohligida ikkita yirik amaldor - Davlat qushbegi va Nizomiddin qozikalonni qatl etishdan boshladi. Shundan soʻng Shohmurod Buxoro ahliga ularni bir necha soliqdan ozod etuvchi imtiyozli hujjatni tantanali tarzda topshirdi. Hujjatning matni tosh lavhada kesilgan boʻlib, u katta jomeʼ masjidining ayvoniga oʻrnatildi. Shohmurod „joʻl“(„jul“) deb nomlangan va urush holatida qoʻshin saqlash maqsadida foydalaniladigan yangi soliq turini joriy qildi. Hokimiyatni oʻz qoʻlida jamlab olgach, u xonlik unvonidan voz kechdi va amirlik darajasida qoldi. Taxtga esa Shohmurod Chingizxon avlodlaridan boʻlgan Donishmandchini, keyinroq esa Abulgʻozini koʻtardi, lekin ular amalda hokimiyatga ega emasdilar. 1785-yili Shohmurod pul islohotini oʻtkazdi hamda 0,7 misqollik (3,36 g) toʻla qimmatli kumush tangalar va bir xil shakldagi oltin tangalarni zarb etishni yoʻlga qoʻydi. U sud mahkamasiga ham shaxsan rahbarlik qildi. Shohmurod Buxoro amirligi tarkibiga Amudaryoning chap sohilidagi hududlarni, jumladan, Balx va Marvni qaytardi. 1786-yili u Karmanada xalq qoʻzgʻolonini bosdirdi, keyin Shahrisabz va Xoʻjandga muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdi. Shohmurod afgʻon hukmdori Temurshohdan ustun kelib, asosan o`zbeklar va tojiklar yashaydigan janubiy Turkistonni oʻz qaramogʻida saqlab qolishga erishdi. Amir Haydar (1800-1826-yy.) otasidan soʻng taxtga oʻtirgan vaqtda butun Mavorounnahr uning hukmiga boʻysinar edi. Haydarning taxtga koʻtarilishi ommaviy qoʻzgʻolonlar va qatllar bilan toʻgʻri keldi. 1800-yili Marv turkmanlari bosh koʻtarishdi. Ichki janjallarga koʻp oʻtmasdan Qoʻqon bilan Oʻratepa uchun urush qoʻshildi. Haydar ushbu shaharni tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. Amir Haydar davrida siyosiy tizim yakka hokimiyatchilik tomon intilayotgan markazlashgan monarxiyadan tashkil topgan edi. Amirga 4 ming kishigacha yetadigan byurokratik mahkama xizmat qilardi. Armiyaning miqdori oshdi. Faqat Buxoroning oʻzida 12 ming harbiydan iborat qoʻshin turardi. Ahmad Donishning yozib qoldirishicha, Amir Haydar boshqaruv vaqtiga „har 3-6 oyda yuzaga keladigan toʻxtovsiz feodal urushlar davri“ deya baho berish mumkin. Haydardan soʻng taxtga uning oʻgʻli Nasrullo (1826-1860-yy.) oʻtirdi. Unga hokimiyat sari yoʻl ochish maqsadida akalari Husayn va Umar oʻldirildi. Armiya va ruxoniylarga suyangan Nasrullo zodagonlarni jilovlash maqsadida feodal tarqoqlikka qarshi qatʼiy kurash olib bordi. Hukmronligining birinchi oyida u har kuni 50-60 tadan kishini qatl qildi. Nasrullo shu paytgacha amirlik tarkibiga faqat nomigagina kirgan viloyatlarni birlashtirishga erishdi. Viloyatlarni boshqarishga oʻziga muteʼ boʻlgan „nasl-nasabsiz“ kishilarni tayinladi. Nasrullo amirligi chogʻida Xiva va Qoʻqon xonliklari bilan Marv, Chorjoʻy, Oʻratepa, Xoʻjand kabi chegarada joylashgan alohida hududlar uchun boʻlgan tinimsiz urushlar davom etib turdi. Shahrisabz va Kitob hukmdorlarining qarshiligi, ayniqsa kuchli boʻldi. Bir necha harbiy yurishlardan soʻng 1853-yilga kelib ular Buxoroga boʻysindirildi. Amirlik tarkibiga faqat Zarafsxon daryosining oʻrta va quyi oqimidagi vohagina barqaror kirgan edi.

Isfana

Isfana (qirgʻ. Исфана; rus. Исфана) — Qirgʻizistonning Botken viloyati gʻarbiy chekkasida joylashgan shahar. Isfana Fargʻona vodiysining gʻarbiy chekkasida, uch tomondan Tojikiston bilan chegaradosh hudud ichida joylashgan.

Jadidchilik

Jadidchilik yoki jadidizm (arab. جديد jadīd — yangi) — 19-asr oxiri 20-asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy,zmaʼrifiy harakat. Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. 19-asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.

Oktabr inqilobi

Oktabr inqilobi yoki Oktabr toʻntarishi — Rossiyada Muvaqqat hukumatni qurol kuchi bilan agʻdarilishi va hokimiyat tepasiga bolsheviklar partiyasining kelishi. Inqilob eski kalendar boʻyicha 1917-yil 24-26 oktyabr, yangi kalendar boʻyicha 6-8-noyabrda sodir boʻlgan.

Oʻrta Osiyo

Oʻrta Osiyo — Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, gʻarbda Kaspiy dengizi qirgoqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Gʻarbiy Sibir tekisligidan, janubida Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeandan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming km ga yaqin masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta olmaydigan berk havzadan iborat. Oʻrta Osiyo hududi oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924—25 ylarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha) Turkiston deb atalgan, keyinchalik Oʻrta Osiyo deb ataladigan boʻldi.

Oʻzbek tili

Oʻzbek tili (Oʻzbekcha yoki Turkiy Oʻzbekcha) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi.

Oʻzbeklar

Oʻzbeklar — xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (28 mln.), Tojikistonda (3 mln koʻproq), Qirgʻizistonda (2 mln kishi), Qozogʻistonda (1,6 mln kishi), Turkmanistonda (900 mingdan koʻproq) kishi yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (10 mln.dan 12 mln.gacha), Rossiyada (900 ming kishi), Saudiya Arabistonida (550—600 ming kishi), Xitoyda (137 ming kishi, 1998-yil) Turkiya, Olmoniya, AQShda ham oʻzbeklar yashaydi. Oʻzbeklarning umumiy soni 55 milliondan ortiq (2018). Oʻzbeklar oʻzbek tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

Qirgʻiz tili

Qirgʻiz tili (кыргыз тили, قىرعىز تئلى) Qirgʻizistonda davlat tili, turkiy til (qipchoq tili guruhiga mansub). Qirgʻiz tilida 5 million kishi muloqot qiladi, koʻpchiligi Qirg'iziston hududida istiqomat qiladigan etnik qirgʻizlardir.

Qirgʻiziston

Qirgʻiziston (Qirgʻizcha. Kirgizstan — Ruscha. Kirgizstan), Qirgʻiz Respublikasi (Qirgʻizcha. Kirgiz Respublikasi — Ruscha. Kirgizskaya Respublika) — Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — Bishkek shahri. Qirgʻiziston BMTning aʼzosidir. Mamlakat shimolida Qozogʻiston, gʻarbida Oʻzbekiston, janubi-gʻarbida Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq. Uning 72,6 % qirgʻizlar, 14,34 % oʻzbeklar, 10,65 % ruslar va 8,31 % 5% tojiklar boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman mamlakatda 80 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar.

Rus tili

Rus tili — rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, soʻng Rossiya Federatsiyasi va MDHda millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi. Ukrain va belorus tillari bilan birgalikda hindevropa tillari oilasiga kiruvchi slavyan tillarining sharqiy guruhini tashkil etadi. Oʻtgan asrning 80-yillaridagi maʼlumotlarga koʻra, Rus tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 mln. kishidan, jumladan, hozirgi Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida 185 mln. kishidan iborat. Bundan tashqari, mazkur hududlardagi 60 mln.dan ortiq kishi Rus tilida erkin soʻzlasha oladi.

Toshkent

Bu maqola Toshkent shahri haqidadir. Toshkent soʻzining boshqa maʼnolari uchun Toshkent (maʼnolari) sahifasiga qarang.

Boshqa tilda oʻqish