Yevro

Yevro (Yeigo) — Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyati aʼzolarining pul birligi. Xalqaro ifodasi Yevropa Ittifoqi 1999-yil 1-yanvardan muomalaga chiqarilgan. 1 Yevro=100sent. 1999-yili 1-yanvardan 2002-yil 1-yanvarga kadar Yevro naqd pulsiz toʻlovlarda ishlatildi, Yevro bilan bir qatorda bu mamlakatlarning milliy pul birliklari ham muomalada yurdi. Yevro muomalaga kiritilishi bilan ilgari shu mamlakatlar oʻrtasida xalkaro toʻlovlarda foydalanilgan ekyu muomaladan chiqarildi va ular ekyuning soʻnggi qiymati (1998-yil 31-yanvar holati) boʻyicha Yevroga tengma-teng almashtirildi.

Ayni paytda milliy pul birliklarining Yevroga nisbatan valyuta kurslari ham belgilandi (mas, 1 Yevro = 1,95583 nemis markasi; 1 Yevro = 1936,27 italyan lirasi; 1 Yevro = 200,482 portugal eskudosi va boshqalari; 1998, 31-dekabr).

2002-yil 1-yanvardan 5,10, 20, 50, 100, 200, 500 Yevro qogʻoz banknotlari, 1,2 Yevro va 1, 2, 5, 10, 20, 50 sentli tangalar muomalaga kiritildi (Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlarning eski milliy pul birliklari muo- malasi toʻxtatildi). Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSh dollari = 0.78 Yevro, Oʻzbekiston Respublikasi milliy pul birligi — soʻmga nisbatan 1 Yevro = 2631 soʻm 82 tiyin (2013-yil aprel)[1].

Evro
Euro
Euro banknotes
ISO 4217: EUR
Davlat nomi: Yevro Yevropa Ittifoqi
Simvol:
Euro symbol

Ushbu davlatlarning pul birligi Yevro

Euro accession Eurozone as single entity
Yevro 2015
Geldstücke

Rasman pul birligi

  1. Avstriya bayrogʻi Avstriya
  2. Belgiya bayrogʻi Belgiya
  3. Estoniya bayrogʻi Estoniya
  4. Finlandiya bayrogʻi Finlandiya
  5. Fransiya bayrogʻi Fransiya
  6. Yunoniston bayrogʻi Yunoniston
  7. Irlandiya bayrogʻi Irlandiya
  8. Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
  9. Italiya bayrogʻi Italiya
  10. Qibris bayrogʻi Qibris
  11. Latviya bayrogʻi Latviya
  12. Litva bayrogʻi Litva
  13. Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg
  14. Malta bayrogʻi Malta
  15. Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar
  16. Olmoniya bayrogʻi Germaniya
  17. Slovakiya bayrogʻi Slovakiya
  18. Sloveniya bayrogʻi Sloveniya
  19. Portugaliya bayrogʻi Portugaliya

Yevropa Ittifoqi hududidan tashqarida bo'lgan davlatlar

  1. Andorra bayrogʻi Andorra
  2. Monako bayrogʻi Monako
  3. San Marino bayrogʻi San Marino
  4. Vatikan shahri bayrogʻi Vatikan

Yevroni norasman qabul qilgan davlatlar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.