Xuziston ustoni

Xuziston (fors. خوزستان‎ / Xuzestân) — Eron ustonlaridan biri. Eronning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Ahvoz shahri. Aholisi soni — 4 530 000dan ziyod. Shimoldan Ilom va Luriston ustonlari, gʻarbdan Iroq, sharqdan Chahormahol va Baxtiyoriy ustonlari, janubi-sharqdan Bushahr ustoni, janubdan Fors koʻrfazi bilan chegaradosh.

Xuziston
fors. خوزستان‎ / Xuzestân
Uston
Maʼmuriy markazi Ahvoz
Yirik shahari Ahvoz
Rasmiy tili forscha
Aholi (2011) 4 531 720
Zichligi 71 kishi./km²
Millatlar tarkibi forslar, arablar, lurlar va boshqalar
Dinlar tarkibi asosan musulmonlar
Maydoni 64 055 km²
Xuziston xaritada
Soat mintaqasi UTC+3:30

Shahristonlari

Xuziston ustoni 23 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan:

  1. Abadon
  2. Andiko
  3. Ahvoz
  4. Bogʻmalak
  5. Bahbahon
  6. Gatvand
  7. Dashti Ozodagon
  8. Dizfoʻl
  9. Izi
  10. Lali
  11. Masjidi-Sulaymon
  12. Mohshahr
  13. Umidiyo
  14. Ramhurmuz
  15. Ramshir
  16. Haftgil
  17. Xandijon
  18. Xuvayza
  19. Xurramshahr
  20. Shodagon
  21. Shash
  22. Shashtir
  23. Ondimashk

Aholisi

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Xuziston ustonida 4 531 720 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini forslar va arablar tashkil etadi. Ustonda shunigdek lurlar va boshqa millat vakillari istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (ushbu ustonda asosan shialik mazhabi tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha.

Manbalar

Eron

Eron Islom Respublikasi (fors. جمهوری اسلامی ایران - Jomhuri ye Eslāmi ye Irān), qisqacha Eron (fors. ایران - Irān) — Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti — Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 79 115 000 kishi (2016). Pul birligi — Eron riali. Maʼmuriy jihatdan 31 ta ustonga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mashhad, Karaj, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz.

Gʻarbdan Iroq (Kurdiston viloyati), shimoli-sharqdan Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya bilan, shimoldan Turkmaniston, sharqdan Afgʻoniston va Pokiston bilan chegaradosh. Eron hududi shimol tomondan Kaspiy dengizi, janubdan Hind okeanining Fors va Ummon koʻrfazlari bilan yuviladi.

Eron qadimiy qoʻlyozmalarga koʻra qariyb besh ming yillik boy tarixga ega. Ushbu mamlakat hududidagi ilk davlat — Elam, eramizdan avvalgi 3-mingyillikda Eronning hozirgi Xuziston ustoni hududida vujudga kelgan.

Amaldagi konstitutsiyasi 1979 yil 2—5 dekabrdagi referendumda tasdiqlangan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiya boʻyicha davlatning oliy rasmiy shaxsi — Eron Islom Respublikasi Rahbari (1989 yildan Said Ali Xomanaiy). Undan keyingi oliy rasmiy shaxs — prezident (2005 yildan Mahmud Ahmadiy Najod). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Islomiy Kengash majlisi (parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Zanjon ustoni

Zanjon (fors. زنجان‎ / Zanjân) — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Zanjon shahri. Aholisi soni — 1 000 000dan ko‘proq. Eron Ozarbayjoni tarkibiga kiradi.

Ustonlar

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.