XVI asr

XVI asr, Grigoriy taqvimiga koʻra, 1-yanvar 1501-yildan 31-dekabr 1600-yilgacha boʻlgan davr.

Mingyilliklar: 2chi mingyillik
Asrlar:
Muddatlari:
Oʻn yilliklar:
Categories: Births – Deaths
Establishments – Disestablishments

Havolalar

1600-lar

1600-lar

1610-lar

1610-lar

1620-lar

1620-lar

1630-lar

1630-lar

1640-lar

1640-lar

1650-lar

1650-lar

1660-lar

1660-lar

1670-lar

1670-lar

1680-lar

1680-lar

1690-lar

1690-lar

Asli va Karam

"Asli va Karam" — xalq dostoni. Turkiylarning o‘g‘uz guruhiga mansub qavmi orasida aytib kelingan. Ayniqsa, Xorazm vohasida mashhur, shuningdek Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Kurdiston va Iroqda ham ma’lum.

"Asli va Karam" qaysi variant yoki versiyada ijro etilmasin, uning asosiy mundarijasi chin sevgi-muhabbat g‘oyasini tarannum etishdan iborat. Uning ko‘pchilik ishqiy-romantik dostonlardan farqi shundaki, agar boshqa dostonlar qahramonlari uzoq davom etgan judolik va turli-tuman sarguzashtlardan so‘ng topishib, murod-maqsadlariga erishsalar, "Asli va Karam"da ikki sevishganning taqdiri fojia bilan tugaydi. "Asli va Karam"ning eng mukammal o‘zbekcha varianti Xonqa tumanida yashagan So‘na xalfadan yozib olingan bo‘lib, Xorazm xalqiga xos bo‘lgan mahalliy xususiyatlarga boy. Bunda faqat ikki sevishgan qalb sarguzashtigina emas, balki XVI-asr davri ham ma’lum darajada aks ettirilgan. Buni doston qahramonlarining diniy e’tiqodi, turmushga nisbatan munosabatlari, shuningdek Xorazm o‘zbeklari etnik madaniyatiga xos jihatlardan ham anglash mumkin. "Asli va Karam" dostoni ilgari baxshilar tomonidan kuylab kelingan bo‘lsa, XX-asrga kelib, xalfalar repertuaridan ham o‘rin olgan. Xivalik shoira va xalfa Xonim suvchi bu dostonni mukammal yod bilgan va to‘y-sayillar, xotin-qizlar davralarida ham mahorat bilan kuylagan.

Boburiylar davlati

Boburiylar davlati — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (1526-1858).

Masonlik

Masonlik, 1717-yilda maxfiy jamiyat shaklida paydo boʻlgan bir harakatdir. Ammo, XVI asr oxiri – XVII asrning boshlarida kam manbalarda uchraydi. Shuningdek, masonlik qardoshlik yoki birodarlik hissi, federal tuzilish, tashabbus, hayriya, ramziy, falsafiy, tanlangan, xalqaro, insonparvarlikka asoslangan. Haqiqat tergovi, insoniy xulq-atvor, fanlar va sanʼat falsafiy tadqiqoti, insonning ijtimoiy va maʼnaviy rivojlanishini ragʻbatlantirish va uning shaxsiy taraqqiyotiga yoʼnaltirilganligi kabi obyektiv mavjudligini tasdiqlaydi. Bu ijtimoiy taraqqiyotga olib keladi va uning taʼlimotlarini Masonlinadan ramzlar va anʼanaviy allegarlar bilan misol qilib keltiradi, yoki aksincha, Oʻrta asr soborining konstruktorlari tuzilmaning haqiqiy sanʼati hisoblanadi.

Mil. av. XVII asr

Mil. av. XVII asrMil. av. XVIII asr - Mil. av. XVII asr - Mil. av. XVI asr

Mil. av. XVI asr

Mil. av. XVI asrMil. av. XVII asr - Mil. av. XVI asr - Mil. av. XV asr

Mil. av. XV asr

Mil. av. XV asrMil. av. XVI asr - Mil. av. XV asr - Mil. av. XIV asr

Rim papasi

Rim popasi (Lotincha: Pontifex Romanus — Rim pontifiki; yoki Lotincha: Pontifex Maximus — oliy suveren pontifik) — katolik cherkovining boshligʻi. Katolitsizmda Rim papasi Avliyo Pyotrning oʻrinbosari sifatida eʼtirof etiladi. Hozirgi Rim papasi Fransisk 2013-yil 13-mart kuni konklavda saylandi.

Tallin

Tallin-Estoniya Respublikasining poytaxti, yirik yuk tashish va dengiz porti hisoblanadi.

Estoniyaning siyosiy, ilmiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Respublika hukumatining barcha tarmoqlari shaharda joylashgan, mamlakatning ko'pgina oliy va o'rta maxsus kasb-hunar maktablari jamlangan.

Urganch

bu maqola Oʻzbekistondagi shahar haqida, oʻrta asrlardagi Urganch haqida Koʻhna Urganchga qarang.Urganch (1929 yilgacha Yangi Urganch) — Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. Shim. qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jan. qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil birbiri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 136,8 ming kishi (2004).

Shaharga 1646 yilda Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib Orol dengizi tomon oqa boshlaganidan soʻng Gurganj sh. (Koʻhna Urganch) suvsiz qolgan. Abulgʻoziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qalʼa (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini koʻchirib Amudaryoning jan. qismlarida joylashtirgan va aholi oʻrnashgan hudud atrofini qalʼa devori bilan mustahkamlab unga "Toza Urganch", yaʼni "Yangi Urganch" deb nom bergan. Shundan keyin qadimgi Gurganj shahrining nomi Koʻhna Urganch boʻlib qoldii. Yangi Urganch bilan Koʻhna Urganch oraligʻi 170 km.

Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahri Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi tufayli tez surʼatlar bilan rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ogʻli Anushxon (Anushoh) davrida (1664— 89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan.

Mahalliy tarixchi olimlarning maʼlumotlari boʻyicha, Yangi Urganch 17—18 asrlarda balandligi 4–5 m li devor bilan oʻralgan qoʻrgʻon (shaharcha) boʻlgan. Shaharchada taxminan 5 ming kishi yashagan; koʻplab mayda doʻkonlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873 y. avgust oyida Turkiston viloyati gazetasida Yangi Urganch haqida: "Kattaligi Orol boʻyidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qalʼa devorlari bilan oʻrab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek goʻzal shahar yoʻq. U bogʻlar va ariqlar bilan oʻrab olingan", deb yozilgan. Oʻsha davrda Yangi Urganchda 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889 yilda shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash zavodi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida "Xayriya jamiyati", RusOsiyo banki, rustuzem maktabi, xotin-qizlar maktablari ochildi. 1931 yilda viloyat teatri Xiva shahridan Urganchga koʻchib oʻtdi. 1935 yilda shaharda oʻqituvchilar instituti faoliyat koʻrsata boshladi. 1952 yilda Chorjoʻy-Urganch—Qoʻngʻirot temir yoʻli qurib bitkazildi. 1959 yildan Urganch Taxiatosh elektr energiyasini ola boshladi, 1963 yilda Oʻrta Osiyo — Markaz magistral gaz quvuriga ulandi.

Shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga borib taʼqaladi. "Avesto" kitobida Vurukash (Orol) dengizi boʻyida Urga (Urva) shahri boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hozirgi Koʻhna Urganch hududiga koʻchirilgan. 8-asrgacha "Gurganj" nomi bilan yuritilgan. 712 yilda shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin "Jurjoniya" deb ataldi. 1221 y. moʻgʻullar egallagandan soʻng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-asr Yevropa manbalarida shahar (Koʻhna Urganch) Urgant shaklida tilga olinadi.

Mustaqillik yillarida Urganchda qurilish ishlari avj oldi. Urganchning shimoliy gʻarbiy qismida "Navroʻz", "Taraqqiyot", "Universitet" shaharchalari paydo boʻldi. Urganch—Xiva oraligʻida 30 km li trolleybus qatnovi (1997) yoʻlga qoʻyildi.

Urganchda paxta tozalash, ekskavator, oʻt oʻrish mashinalari zavodi, "Urganchyogʻ" zavodlari, pillakashlik, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari, Oʻzbekistan—Turkiya "Nurtop" qoʻshma korxonasi va boshqalar faoliyat koʻrsatadi.

Urganchda, Toshkent birinchi tibbiyot institutining filiali, 36 umumiy taʼlim, 3 musiqa, 2 kasbhunar maktablari, 8 kasbhunar kolleji mavjud. Viloyat musiqali drama va komediya teatri, kartinalar galereyasi, 27 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, "Olimpiya" sport majmuasi, stadionlar, sport zallari va maydonchalari, tennis kortlari bor. 21 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. 4 sanatoriy, dam olish maskanlari ishlab turibdi. 1992—2003 yillarda "Buyuk allomalar xiyoboni", "Al Xorazmiy", "Al Beruniy", "Amir Temur", "Mirzo Ulugʻbek", "Abulgʻoziy Bahodirxon", "Ogahiy", "Komiljon Otaniyozov", "Avaz Oʻtar oʻgʻli", "Xumo qushi", "Jaloliddin Manguberdi", "Avesto" yodgorlik majmualari bunyod etildi.

1999 yilda shaharda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, 2001 yilda "Avesto" kitobi yaratilganligining 2700 yillik yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. 2003 yilda shaharda tantanali ravishda Xorazmda "Umid nihollari" respublika sport musobaqalarining oʻtkazilishi munosabati bilan bir qancha yirik sport inshootlari bunyod etildi. Qadimgi Xiva bilan bogʻliq holda turizm rivojlangan. Mahalliy va xorijiy mehmonlar va sayyohlarga "Oʻzbekturizm" kompaniyasining boʻlimi, "Jayhun", "Xorazm Palas", "Avesto" mehmonxonalari xizmat koʻrsatadi.

Shaharda 27 nomda gazeta va jurnallar (jumladan, "Xorazm haqiqati", "Urganch oqshomi", "Yoshlar ovozi", "Tujjor" va boshqalar) nashr etiladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Doshqinbobo meʼmoriy majmuasi (1827), Salimjonovlar uyi (1902), pochta binosi (1915), Boboxun Salimov uyi (20-asr boshi) va boshqalar saqlangan.

Adabiyotlar. Abulgʻozi y , Shajarai turk, T., 1991; Nurjanov K., Matnazarova G., Xorazm tarixi, 1—2 j., Urganch, 1995; Mamedov M.A., Muradov R.G., Srednevekovie pismennie istochniki o Drevnem Urgenche, Ashxabad, 2000.

Aholisi — 166,3 ming kishi (2017).

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.