VII asr

VII asr, Grigoriy taqvimiga koʻra, 1-yanvar 601-yildan 31-dekabr 700-yilgacha boʻlgan davr.

Mingyilliklar: 1chi mingyillik
Asrlar:
Muddatlari:
Oʻn yilliklar:
Categories: Births – Deaths
Establishments – Disestablishments

Havolalar

700-lar

700-lar

710-lar

710-lar

720-lar

720-lar

730-lar

730-lar

740-lar

740-lar

750-lar

750-lar

760-lar

760-lar

770-lar

770-lar

780-lar

780-lar

790-lar

790-lar

Ali

Ali ibn Abu Tolib (taxminan 600-661, Koʻfa) - islomda "xulafo ar-roshidin" ("toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar"), dindorlar oʻrtasida "choryorlar" deb atalgan dastlabki 4 xalifadan toʻrtinchisi. Quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan. Muhammad (S.A.V)ning amakivachchasi va kuyovi (Fotimaning eri). Islomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita Ali ismi bilan bogʻliqdir.

VII asr oʻrtalarida xalifa Usmon siyosatidan norozilik ommaviy tus oldi. Muhammad (S.A.V)ning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qoʻrqmas va sodiq jangchi, oʻta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida koʻpchilikka maʼqul edi. 656 - yil iyunda Usmon oʻldirildi va Ali xalifa deb eʼlon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Aliga nisbatan adovatda boʻlgan paygʻmbarning bevasi Oysha tarafdorlari unga qarshi bosh koʻtardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Suriya hokimi Muoviya ham Aliga qarshi urush eʼlon qildi. 657-yil Furot daryosi oʻng qirgʻogʻidagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda Ali qoʻli baland kelgan boʻlsada, u raqiblari bilan kelishishga koʻndi. Bundan norozi boʻlgan Ali askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etdilar va xorojiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkin qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qoʻllay boshladilar. 661 yil 19-yanvarda Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlanadi va ikki kundan soʻng vafot etadi. Islomda Ali shaxsiga munosabat turlichadir. Xorijiylar unga oʻta salbiy munosabat bildirgan boʻlsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborganlar. Ahli sunna Ali shaxsiga moʻtadil va toʻgʻri baho beradi. Shubhasiz, Ali Umar al-Xattob singari islom gʻalabasi yoʻlida katta xizmat koʻrsatgan arbob, islom ahkomlari, Qurʼon va uning tavsirlari hamda hadis rivoyatlari bilan bogʻliq koʻp masalalarning chuqur bilimdoni boʻlgan. Ali tarafdorlari keyinchalik islomdagi shialik (arab. - "shia" - guruh, bu oʻrinda "Ali tarafdorlari" mazmunida) oqimini tashkil etganlar. Ali shialarning qahramonliklari va sarguzashtlarini tasvirlovchi juda koʻp rivoyatlar toʻqilgan va bu sunniylar oʻrtasida ham keng yoyilgan. Shia yoʻnalishinig baʼzi ashaddiy firqalari Ali shaxsini ilohiylashtirib, uni Muhammad (S.A.V)dan ham yuqori qoʻyadilar. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda bir necha qadamjo va mozorlar Ali nomi bilan bogʻlanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa Ali Oʻrta Osiyo va Eronda hech qachon boʻlmagan.Ali ibn Abu Tolib (taxminan 600-661, Ko‘fa) — islomda "xulafo ar-roshidin" ("to‘g‘ri yo‘ldan borgan xalifalar"), din-dorlar o‘rtasida "choryorlar" deb atal-gan dastlabki 4 xalifadan to‘rtinchisi. Quraysh qabilasining hoshimiylar xo-nadonidan. Muhammad (sav)ning amaki-vachchasi va kuyovi (Fotimaning eri). Is-lomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita A. ismi bilan bog‘liqdir. 7- a. o‘rtalarida xalifa Usmon siyosati-dan norozilik ommaviy tus oldi. Muhammad(sav)ning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qo‘rqmas va sodiq jang-chi, o‘ta taqvodor inson, mohir notiq A. xalifalikka munosib nomzod sifatida ko‘pchilikka maʼqul edi. 656 y. iyunida Usmon o‘ldirildi va A. xalifa deb eʼlon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda A. ga nisbatan adovatda bo‘lgan payg‘ambarning bevasi Oysha ta-rafdorlari unga qarshi bosh ko‘tardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Su-riya hokimi Muoviya ham A. ga qarshi urush eʼlon qildi. 657 y. Furot daryosi o‘ng qirg‘og‘idagi Siffin degan joyda yuz ber-gan jangda A. qo‘li baland kelgan bo‘lsa-da, u raqiblari bilan kelishishga ko‘ndi. Bundan norozi bo‘lgan A.askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark et-dilar va xorijiylar deb atalgan di-niy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qo‘llay boshladilar. 661 y. 19 yanvarda A. Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlandi va ikki kundan so‘ng vafot etdi. Islomda A. shaxsiga munosabat tur-lichadir. Xorijiylar unga o‘ta salbiy munosabat bildirgan bo‘lsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborgan-lar. Ahli sunna A. shaxsiga mo‘’tadil va to‘g‘ri baho beradi. Shubhasiz, A. Umar ibn al-Xattob singari islom g‘alabasi yo‘lida katta xizmat ko‘rsatgan arbob, islom ahkomlari, Qurʼon va uning taf-sirlari hamda hadis rivoyatlari bilan bog‘liq ko‘p masalalarning chuqur bi-limdoni bo‘lgan. A. tarafdorlari key-inchalik islomdagi shialik (arab.— "shia" — guruh, bu o‘rinda "Ali taraf-dorlari" mazmunida) oqimini tashkil etganlar. A. shialarning 1-imomi va shia imomlari shajarasini boshlab be-ruvchi hisoblanadi. Shialar o‘rtasida A.ning qahramonliklari va sarguzasht-larini tasvirlovchi juda ko‘p rivoyat-lar to‘qilgan va bu sunniylar o‘rtasida ham keng yoyilgan. Shia yo‘nalishining baʼzi ashaddiy firqalari A. shaxsi-ni ilohiylashtirib, uni Muhammad payg‘ambardan ham yuqori qo‘yadilar. O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistonda bir necha qadamjo va mozorlar A. nomi bilan bog‘lanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa A. O‘rta Osiyo va Eronda hech qachon bo‘lmagan.

Arab xalifaligi

Arab xalifaligi (632 – 1258) – Arabiston yarim oroli. Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat.7 – 8-asrlarda tashkil topgan. Arab Xalifati asoschisi payg‘ambar Muhammad(sav)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr – Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633–715 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan "Xula-fo Ar-Rashidin" ("To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar") va umaviylar zamonida fath etildi.. Xalifa Umar davrida (634-644 –yillar) kuchli markazlashgan davlat va jangovar armiya tashkil topadi.

Ko‘p sonli arab qo‘shinlari o‘z zarbalarini Vizantiya va Eronga qarshi yo‘naltiradilar. Bir necha o‘n yilliklar mobaynida arablar Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani istilo qiladilar. Arablar Vizantiyaga kuchli zarba beradilar.

Jangari arablar g‘arbga va sharqqa tomon tobora ichkarilab boradilar. Arablar armiyasining asosiy zarbdor kuchini otliq qo‘shinlar tashkil qilardi. VII asr va VIII asrning birinchi yarmi mobaynida ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi. Damashq shahri uning poytaxtiga aylanadi. Lekin Abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar.Ichki ixtiloflar ta’siri ostida Arab Xalifati 8-asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi:788 yilda Mag‘ribning g‘arbiy qismida(hozirgi Ma-rokash) idrisiylar (788 – 985), uning sharqiy qismida (hozirgi Tunis) ag‘labiylar (800 – 909) hukmronligi o‘rnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa 9 asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy sulolalar: Tohiriylar(821 – 873), Safforiylar(867 – 903) va Somoniylar (875 – 999) bosh ko‘tarib chiqdilar. Ular Arab Xalifatiga nomigagina tobe bo‘lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab Xalifati 1258 yilda mo‘g‘ullar tarafidan tugatildi.

Kiaksar

Kiaksar (yun. Kyaxares, eroniycha — Uvaxshatra) — Shim. Eron va Eron Ozarbayjoni hududida shakllangan Midiya davlatining podshohi (mil.av. 625/624 — 585/584). K. davrida Midiya Old Osiyoning yirik davlatiga aylangan. Skiflarning Old Osiyo shim.dagi hukmronligiga barham bergan. Bobil bilan ittifoqsa Ossuriya davlatini yoʻq qilgan (616—605); Mani, Urartu yerlarini va Kichik Osiyo sharqiy qismini (590 — 585) Midiya hududiga qoʻshib olgan. Lidiya bilan urush olib borib, mil.av. 585 y. sulh shartnomasi tuzgan. Oʻnga koʻra, Midiyaning gʻarbiy chegarasi Galis daryosi (hoz. Qizil Irmoq) boʻylab belgilangan.

Mesopotamiya

Mesopotamiya (yun. μέσος (mezos) - "orasi", "oʻrtasi" va ποταμός (potamos) - "daryo", yaʼni "ikki daryo oraligʻi") Tigr va Yevfrat daryolari orasidagi mintaqa boʻlib, asosan hozirgi Iroq hamda shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya va gʻarbiy Eron hududlariga mos keladi.

Mesopotamiya (Ikki daryo oraligʻi) — Dajla va Furot daryolarining oʻrta va quyi oqimidagi hudud (Gʻarbiy Osiyoda). Qad. Sharqning madaniy markazlaridan biri. Miloddan avvalgi 4—3ming yillikda M. hududida ilk davlatlar (Ur, Uruk, Lagash va boshqalar) vujudga kelgan.Mesopotamiya baʼzan "tamaddun beshigi" deb ataladi, bunga sabab bu mintaqada Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari boʻlganligidir. Temir asrida Mesopotamiya Yangi Ossuriya va Yangi Bobil imperiyalari, keyinchalmk Axamoniylar hukmronligi ostida boʻldi. VII asr Islom istilosigacha Sosoniylar tomonidan boshqarilgan bu hudud istilodan soʻng Iroq degan nom bilan ataladigan boʻldi.

Mil. av. VIII asr

Mil. av. VIII asrMil. av. IX asr - Mil. av. VIII asr - Mil. av. VII asr

Mil. av. VII asr

Mil. av. VII asrMil. av. VIII asr - Mil. av. VII asr - Mil. av. VI asr

Mil. av. VI asr

Mil. av. VI asrMil. av. VII asr - Mil. av. VI asr - Mil. av. V asr

Rim papasi

Rim popasi (Lotincha: Pontifex Romanus — Rim pontifiki; yoki Lotincha: Pontifex Maximus — oliy suveren pontifik) — katolik cherkovining boshligʻi. Katolitsizmda Rim papasi Avliyo Pyotrning oʻrinbosari sifatida eʼtirof etiladi. Hozirgi Rim papasi Fransisk 2013-yil 13-mart kuni konklavda saylandi.

Shahrisabz

Shahrisabz — Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926 yildan). Kitob—Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabz jan.dan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Urtacha bal. 658 m. Aholisi 90 ming kishi (2004). Sh. Oʻzbekistondagi qadimiy shaharlardan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shaharga mil. av. 1 ming yillikning oʻrtalarida asos solingan.Shahrisabz mil. boshlarida va ilk oʻrta asrlarda turli nomlar bilan atalgan (qarang Kesh). 13-asrdan Shahrisabz nomi ham urf boʻlgan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.