Urugʻ (zoologiya)

Urugʻ yoki avlod (lot. genus) zoologiyada — turdan yuqori taksonomik kategoriya, filogenetik jihatdan oʻzaro qarindosh turlarni birlashtiradi. Mas, boʻrilarning oʻzaro oʻxshash turlari (boʻri, chiyaboʻri, koyot, it va boshqalar) boʻrilar U.iga; tulkilarning oddiy tulki, korsak, afgʻon tulkisi va boshqa turlari tulkshshr U.ga birlashtiriladi. Bitta U.ga bitta yoki bir nechtadan bir necha yuztagacha tur kirishi mumkin. Mas, yenotsimonlar urugʻi, bitta tur yenotsimon it, ayrim hasharotlar urugʻi mingga yaqin turdan iborat. Odatda, koʻp turga ega boʻlgan U. kenja U.ga ajratiladi. Yaqin urugʻlar bitta oilaga (qarang Oila) birlashtiriladi. Lekin U. bilan oila oʻrtasida yana kenja oila (oiladan kichik taksonomik kategoriya) ham boʻlishi mumkin.

Botanikada U. tushunchasiga moye keladigan taksonomik kategoriya turkum deb ataladi.

Urugʻ (maʼnolari)

Urugʻ:

Urugʻ — bir ajdoddan tarqalib, umumiy bir nom bilan ataluvchi qonqarindoshlik jamoasi.

Urugʻ (zoologiya), avlod (lot.

Urugʻ (oʻsimliklar) — 1) oʻsimliklarda (semen) — urugli oʻsimliklar generativ organi, nihol hosil qilish, tarqalish va tashqi noqulay sharoitlardan muhofaza qilish funksiyalarini bajaradi; odatda, urugʻlangandan keyin urugʻkurtakdan rivojlanadi; baʼzan urugʻlanmasdan ham rivojlanishi mumkin (qarang

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.