Tunis

Tunis, Tunis Respublikasi (AlJumxuriya atTunisiya) — Shimoliy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 164,2 ming km². Aholisi 9,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Tunis shahri Maʼmuriy jihatdan 25 viloyatga bulinadi.

Davlat tuzumi

T. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1959 yil 1 iyunda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1987 yildan Zayn alObidin bin Ali), u umumiy toʻgʻri va yashirish ovoz berish yuli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 2 muddatga kayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

Yer yuzasining aksari qismi tekislik, ayrim joylarda qirlar uchraydi. Shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismini Atlas togʻlarinnng sharqiy tarmoklari (TelAtlas, Tunis tizmalari va boshqalar) egallaydi. Tunis tizmasining gʻarbiy qismida mamlakatdagi eng baland nukga — Shambi choʻqqisi (1544 m) bor. Togʻlar oraligʻida platolar, shimolida Tunis payettekisligi va janubi-gʻarbda Tunis sohili, Tunisning markaziy qismida Shott deb atalgan shurxok botiq joylashgan. Foydali kazilmalardan fosforit, temir, qoʻrgʻoshin, marganets va rux rudalari, simob, magniy va kaliy tuz konlari bor. Saxroi Kabirda neft va gaz zaxiralari aniklangan. Iklimi Oʻrta dengiz atrofiga xos subtropik ikdim, yozi issiq va quruq, qishi nisbatan salqin, nam; chekka janubida tropik choʻl iqlimi, Sahroi Kabirdan garmsel (sirokko shamoli) esib turadi. Oʻrtacha temperatura yanvarda 10°, iyulda 26°, janubida yanvarda 21°, iyulda 33°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400–1500 mm, Tunis tizmasidan janubida 100– 200 mm. Dare kam, yirik daryosi — Majarda (uz. 460 km). Tuproq va oʻsimliklari, asosan, Oʻrta dengiz atrofiga xos. Togʻlardagi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarida aralash oʻrmonlar, qolgan hududdagi kulrang va jigarrang tuproqlarda choʻl va chala choʻlga xos oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi: shimolida qoplon, toʻngʻiz, alqor, chala choʻllarda qoraqulok,, gepard, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, yovvoyi mushuk bor; qushlar, sudralib yuruvchilar koʻp. Hasharotlardan, ayniqsa chigirtka qishloq xoʻjaligi. ekinlariga zarar yetkazadi. Oʻrta dengizdan baliq ovlanadi. Ashkyol, JabelBuXedma va boshqa milliy boglari, qoʻriqxona va rezervatlar tashkil etilgan.

Aholisining 97% dan koʻprogʻi tunislik arablar, 1%dan ortigʻi barbarlar, ozroq yevropalik (fransuz, italyan va boshqalar)lar. Rasmiy til — arab tili. Fransuz tili ham tarqalgan. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 61%.

Yirik shaharlari: Tunis, Sfaks, Sus, Bizerta, Qayruvon.

Tarixi

Tunis hududida ilk paleolit davridan odam yashab keladi. Mil. av. 4—2ming yilliklarda dehqonchilik va chorvachilik taraqqiy etib, istehkomli manzilgohlar vujudga kelgan. Mil. av. 12-asrda Tunisga yunonlar, keyinroq finikiyaliklar kirib keldi. Finikiyaliklar tomonidan Tunisda asos solingan shaharlar ichida Karfagen yirik shahardavlatga aylangan. Mil av. 264—146 ylardagi Puni uruioʻari natijasida Karfagen davlati barham topgan. Tunis Rim imperiyasining Afrikadagi mulkiga aylangan. 439 yil barbarlar va qoʻzgʻolonchi dehqonlar koʻmagida Karfagenni vandamar bosib olgan. 534 yil Tunis Vizantiyaga tobe boʻlgan. T. tub aholisining ozodlik kurashiga 647 yil T. hududiga kirib kelgan musulmon arab qoʻshini yordam bergan. 670 yil arablar Qayruvon shahriga asos soldilar (keyinchalik bu shahar Shimoliy Afrikaga islom dinini yoyish markazi boʻlib qoldi), 698 yil ular Karfagenni, 703 yil esa T.ni butunlay egalladilar. 800 yil Tunis Abbosiplar xalifaligidan ajralib chiqib, Agʻlabishshr sulolasi hukmronligidagi mustaqil davlatga aylandi. 909 yil barbar qabilalarining qoʻzgʻoloni natijasida T.da ismoiliylarning Fotimiylar davlati barpo etildi.

1535 yil Tunisni Ispaniya bosib oldi, 1574 yil turklar ispanlarni quvib chiqarib, Tunisni Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib oldi. Biroq turk sultonlari Tunisni nomigagina idora qilar edi. 1591 yildan T.ni Tunis deylari, keyinchalik Murodiylar sulolasi (1612—1702) beylari boshqardi. 1705 yil Husayniylar sulolasi beylari mustaqil T. davlatini barpo etdilar. 1861 yil Tunis liberal islohotchisi Xayriddin atTunisiy tashabbusi bilan dastlabki konstitutsiya (Dustur) qabul qilindi. 1881 yil fransuz qoʻshinlari Tunisni bosib oldi. 1934 yil Habib Burgʻiba vatanparvar kuchlarni birlashtirib, Yangi dustur — soʻl millatparvar partiyasini tuzdi, shu partiya milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) va undan keyin T.dagi milliy ozodlik xarakati kuchaydi. 1952—54 yillarda shaharlardagi umumiy ish tashlash sharoitida Tunis ozodlik armiyasi (1952 yil Yangi dustur partiyasi tomonidan tuzilgan) harakat boshladi. 1954 yil 31 iyulda Fransiya Tunisga ichki muxtoriyat berishga majbur boʻldi. 1955 yil 3 iyunda imzolangan konvensiyaga binoan Tunisni idora qilish milliy hukumat qoʻliga oʻtdi. 1956 yil 20 martda Fransiya Tunis mustaqilligini tan oldi. 1957 yil monarxiya tugatildi va respublika eʼlon qilindi. H. Burgʻiba prezident etib saylandi. Tunis — 1956 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 26 dekabrda tan olgan va 1992 yil 26 noyabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 20 mart — Mustaqillik kuni (1956).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

Yangilanish harakati partiyasi, 1939 yil tuzilgan, 1993 yilgacha Tunis kommunistik partiyasi deb atalgan; Demokratik konstitutsiyaviy birlashma partiyasi, 1934 yil Dustur partiyasining parchalanishi natijasida tuzilgan, 1964 yilgacha Yangi dustur, 1988 yilgacha Sotsialistik dustur partiyasi deb atalgan; Xalq birligi partiyasi, 1973 yil tashkil etilgan; Demokrat sotsialistlar partiyasi, 1977—78 yillarda asos solingan; Demokratik birlashuv ittifoqi, 1988 yil tuzilgan; Sotsialliberal partiya, 1988 yil tashkil etilgan. Tunis umumiy mehnat birlashmasi kasaba uyushma markazi, 1946 yil asos solingan.

Xoʻjaligi

Tunis — konchilik va kayta ishlash sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Tabiiy resurs zaxiralari oz boʻlishiga qaramay, Afrikadagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Yalpi ichki maxsulotda qishloq xoʻjaligi. va baliq ovlashning ulushi 11,7%, kon sanoatining ulushi 4%, ishlab chiqarish. sanoatining ulushi 18,5%.

Qishloq xoʻjaligida aholining 60% band. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 8 mln. gektarga yaqin. 3,2 mln. gektari ekinzor, 2,6 mln. gektari yaylov, 150 ming ga yer sugʻoriladi. Gʻalla yetishtirish va yaylov chorvachiligi muhim ahamiyatga ega. Asosiy ekinzorlari mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqida joylashgan. Bugʻdoy, arpa, sitrus mevalar, zaytun, xurmo, sabzavot, uzum, bodom, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, qoramol, eshak, xachir, tuya boqiladi. Parrandachilik sanoat asosida tashkil etilgan. Tel togʻlarida oʻrmon mahsulotlari, ayniqsa, poʻkakli daraxt poʻstlogʻi, janubida qogʻoz sanoatida ishlatiladigan alfa oʻti yigʻiladi. Hammomot va Qobis qoʻltiqlarida, Karqanna o.lari sohilida baliq ovlanadi.

Sanoatida kon, elektrotexnika, tikuvchilik, toʻqimachilik, charmpoyabzal tarmoklari va xizmat koʻrsatish sohasi rivojlangan. Oziq-ovqat, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari bor. Kon sanoatida neft, fosforit, temir, rux rudasi qazib chiqarish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish. sanoati korxonalarining aksariyati mamlakatning shimoli-sharqiy Femida barpo etilgan. Chekka rnlarda sement ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga oʻrtacha 6,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (gilam va savat toʻqish, kulolchilik, mis va jezdan bezak buyumlarni yasash) rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi 2,2 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 22,5 ming km. Asosiy dengiz portlari: Tunis, Sfaks, Bizerta, Qobis, Sexira. Tunis shahri. yaqinida xalqaro aeroport bor. Tunis chetga neft va neft mahsulotlari, gazmol, zaytun yogʻi, vino, fosforit chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat va keng isteʼmol mollari oladi. Fransiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — tunis dinori.

Tibbiy xizmati

Davlatga qarashli davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Aholining 90% bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega. Vrachlar 3 oliy tibbiyot oʻquv yurtida tayyorlanadi. Tibbiy hamshira, doya, laborant va boshqa tibbiy xodimlar tayyorlash uchun maxsus maktablar ochilgan. Milliy onkologiya instituti (1969), Paster instituti (1906), Oilani rejalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi, Tunis universiteti huzuridagi Milliy kardiologiya instituti tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil etilgan. Keyingi yillarda uni arablashtirishga harakat qilina boshladi. Boshlangʻich maktab 6 yillik (6—12 yoshli bolalar uchun majburiy), umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7 yillik boʻlib, u 3 yillik quyi va 4 yillik yuqori oʻrta maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida 4 yillik hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan. Mamlakatda 50 ga yaqin ft va oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: Poytaxtdagi Tunis universiteti (1960), Milliy maʼmuriy maktab (1949), Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sanʼat, meʼmorlik va shaxdrsozlik texnika instituti, Milliy agronomiya instituti. Ilmiy muassasalarning aksariyati poytaxtda joylashgan. Tunis universiteti tarkibida iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi, Ilmiy va texnik tadqiqotlar instituti (1969), Yadro tadqiqotlari markazi (1966), Milliy texnika instituti (1969), Milliy onkologiya instituti (1969), Milliy led. tadqiqotlari instituti (1971) bor. Bundan tashqari, Milliy arxeologiya va sanʼat instituti (1957), Milliy agronomiya tadqiqotlari instituti (1914), Milliy veterinariya tadqiqotlari instituti, Milliy okeanografiya va baliqchilik instituti (1924), Dengiz suvlaridan foydalanish va irrigatsiya markazi (1963), Milliy oʻrmonchilik instituti va boshqa ilmiy muassasalar mavjud. Kutubxonalari: Milliy kutubxona (1883), Ommaviy kutubxona (1965). Muzeylar: Bardo milliy muzeyi (1888), Karfagen milliy muzeyi (1964), Islom sanʼati muzeyi va boshqa.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

T.da koʻpgina gazeta va jurnallari nashr etiladi. Yiriklari: "AsSaboh" ("Tong", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1951 yildan), "ArRayi" ("Fikr", arab tilida chiqadigan haftalik ijtimoiysiyosiy gazeta, 1977 yildan), "Renuvo" ("Yangilanish", fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1932 yildan), "AtTariq alJadid" ("Yangi yoʻl", arab tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1981 yildan), "AlVaxda" ("Birlik", arab tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1981 yildan), "AlHurriya" ("Ozodlik", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1934 yildan), "Dialog" ("Muloqot", fransuz tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1974 yildan), "AlFikr" ("Tafakkur", arab tilida chiqadigan oylik adabiy jurnali, 1955 yildan), "AlMaraa" ("Ayol", arab va fransuz tillarida oyiga 2 marta chiqadigan jurnali, 1961 yildan). Tunis Afrik Press (TAP) axborot agentligi, Tunisdagi yetakchi gazetalar, radio va televideniyening akdiyadorlik jamiyati, 1961 yil asos solingan. Radioeshittirish 1936 yildan, telekoʻrsatuv 1966 yildan olib boriladi. Ularni Tunis radioeshittirish va televideniye davlat mahkamasi nazorat qiladi.

Adabiyoti

Tunis hududida mil. av. 1ming yillikda puni, soʻng lotin tilida rivojlangan. Apuley, Avgustin kabi mashhur adiblar Shimoliy Afrikadan chiqqan boʻlsada, Tunisning oʻz adabiyoti faqat musulmon arab hukmronligi davrida arab tilida vujudga keldi. 10—11-asrlarda Ibn Xani alAndalusiy va Ali atTunisiy Ibrohim alXusriy, Ibroqim arRakik va Abdulaziz alTaʼrifiy kabi shoir va yozuvchilar, 14— 15-asr boshlarida atokli mutafakkir Ibn Xaddun ijod kiddilar. 15-asrdasufiylar adabiyoti vujudga keldi. 15—16-asrlarda arab tilining Tunis shevasida nazm janri ustun boʻlgan xalq adabiyoti shakllandi. 19-asr adabiyotida milliy ozodlik kurashi ruhi sezila boshladi. Muhammad ashShodli Xaznadar ijodida bu ruh, ayniqsa, yaqqol namoyon boʻldi. 20-asr boshlarida T. adabiyotida dastlabki romanlar (Saloh Suvisiyning "AlXayra va Siroj alLayla" romani) paydo buldi. 20—30-yillarda hozirgi zamon T. adabiyotining asoschisi shoir Abulqosim ashShobbiy, hikoyanavis AliadDuʼajiy, shoir va publitsist Tohir Haddad asarlari mashhur boʻldi. Mahmud alMesadiy, Muhammad alLarusi alMutviy, Muhammad alMarzukiy kabi yozuvchi va dramaturglar adabiyot rivojiga barakali hissa qoʻshdilar. T. mustaqillikka erishgach, shoir, yozuvchi va dramaturg Mustafo alForsiy ijodi kamol topdi. 1960-yillarda T. adabiyotiga arab va fransuz tillarida ijod qiluvchi yozuvchi va dramaturglar kirib keldi. 20-asr oxirlarida Hasan Nasr ("Yomgʻirli tunlar" hikoyalar toʻplami), Izzeddin Medaniy ("Nol inson" romani, "Gʻaroyib hodisalar" hikoyalar toʻplami), Mahmud Tunsiy (hikoya va lirik sheʼrlar), Muhammad Saloh alJabriy ("Zamira hayotidan bir kun" qissasi), Abdurahmon Amar ("Sevgi va inqilob" qissasi, "Besh qahramon" pyesasi) va boshqa yozuvchi hamda dramaturglar ijodi diqqatga sazovor.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

Tunis hududidan kapsa madaniyati sanʼat yodgorliklari (qoyatoshlarga ishlangan jonivor va odam tasvirlari, ov manzaralari, sopol idishlar) topilgan. Finikiylar davridan ibodatxona, daxma va binolarning, rimliklar davridan shahar xarobalari (Dugga, TuburboMayus va boshqalar) saklanib qolgan. Ularda teatr, amfiteatr, hammom, sirk, turar joy, oromgoxlar boʻlganligi seziladi. Oʻrta asrlarda musulmon meʼmorligi (masjid, minora va saroy binokorligi) shakllandi. Qayruvon, Sfaks, Sus, Monastir, Tunisda minorali masjidlar, shoh saroylari qurildi, istehkomlar, sharsharalar, suv omborlari barpo etildi (Qayruvondagi Sidi Oqba masjidi, 9-asr, Tunisdagi Bab alJadid, Bab alMinora tosh darvozalari, 13-asr). 11 — 15-asrlarda meʼmorlik ispanmagʻrib, 16—19-asrlarda turk sanʼati oqimida rivojlandi. 20-asrda shaharsozlikka fransuz meʼmorlari boshchilik qildi, ular mahalliy binokorlik anʼanalarini Yevropa ratsionalizmi tamoyillari bilan uygʻunlashtirishga intildi. Mustaqillik yillarida yetishib chiqqan O.K. Kakub, X. Amara va boshqa tunislik meʼmorlar zamonavii konstruksiya va materiallar (temirbeton, shisha, metall, plastmassa va yogʻoch)dan foydalanib uyjoy va jamoat binolarining loyihalarini tuza boshladilar. Tunis shahridagi yangi turar joy binolari, "Dyu Lak", "Afrika" mehmonxonalari, Monastir shahridagi "Palma" mehmonxonasi, ayniqsa, muvaffaqiyatli chiqqan.

Tunis zamonavii tasviriy sanʼatiga 12-asrning 90-yillarida asos solindi. 20-asrning 20—30-yillarida Yaxyo Turkiy, Hodi Hayoshiy, Amar Farhod kabi musavvirlar shaklan mukammal, mazmunan milliy sanʼat asarlari yaratdilar. Hozirgi zamon tasviriy sanʼatida realistik va modernistik oqimlar mavjud. Realizm yoʻnalishidagi rassomlardan Ali bin Salim, Hodi Turkiy, Hotam Mekkiy, grafikami Ibrohim adDaxak, modernizm oqimidagi haykaltarosh Hodi Selmiy, rangtasvirchi va grafik Zubayr Turkiy va boshqa mashhur. T. zamonavii amaliy bezak sanʼatining asosiy turlari gilam toʻqish, kashtachilik, toʻr toʻqish, kulolchilik, zargarlik va kandakorlikdan iborat.

Musiqasi

Musiqasi uzoq yillar davomida finikiy, yunon, rim, ayniqsa, arab va turk madaniyati taʼsirida rivojlanib keldi. T.musiqasi Magʻrib mamlakatlari madaniyatida alohida ahamiyatga ega. Badaviylar anʼanalari negizida marosim va mehnat qoʻshiqlari, shoirbaxshilar ijodi rivoj topdi. Mumtoz musiqasi Andalusiya (Ziryob) maktabi taʼsirida qaror topgan. Turkumli janr nuba muayyan maqam (lad)larga asoslanib, cholgʻu badihaviy muqaddima (istiftax), maʼlum usullarda ijro etilayotgan vokal (avʼyat, btayxi, baruel, taushiyya, dardj va boshqalar) hamda cholgu (msaddar, dxoul kabi) qismlardan iborat. 24 mumtoz nubadan hozirda T. da 13 tasi saklangan. Qasida, muvashshax, shuningdek, diniy musika shakllari — zajal, zikr, turk madaniyati taʼsirida bashraf (cholgu kuy)lar keng oʻrin olgan. Milliy sozlari: ud, torlikamonli rabab, qonun, naysimon kasba, zurna (surnay turi), doirasimon tar va bendir, toʻrtburchak daf, darbuka, tbala (baraban turlari). Mustaqillikka erishilganidan soʻng musiqa madaniyatiga eʼtibor kuchaydi. 60-yillarda simfonik orkestr, milliy ansambllar tashkil etildi. Tunis folklor ansambli, Bizerta mumtoz musiqa ansambli, "Rashidiya" jamiyati orkestri (hozirgi radio orkestri) ishlay boshladi. Anʼanaviy musiqa bilan birga musiqa madaniyatining yevropalashgan shakllari yoyila bordi. Musiqa kadrlari oliy va oʻrta musiqa oʻquv yurtlari, jumladan, Tunisdagi Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sfaksdagi konservatoriyada tayyorlanadi. Bastakor, ijrochi va musiqashunos Saloh alMahdiy, bastakor va udchi M. alJamusiy, xonandalar U. Karim, Sh. Alaviy, Abdulhaq Tarialar mashhur. Har yili oʻtkaziladigan Karfagen musika festivali folklor sanʼatining jahon markaziga aylandi.

Teatri

Xalq oʻyinlari va bayramlarida, sayyor qiziqchilarning sanʼatida teatr unsurlari boʻlgan. 13-asrdan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari yoyildi. 1826 yil Italiyadan kelgan truppa tunislik tomoshabinlarni Yevropa teatri bilan tanishtirdi. 1860—75 yillarda dastlabki teatr binolari qurildi. 1893 yil livanlik dramaturg Shukri Gʻanimning "Antara" spektakli sahnalashtiriddi. 1908 i. Sulaymon alKardaxiy birinchi T. teatriga asos soldi, 1913 yil u "AshShaxama alArabiya" va "Aladab" jamoalariga boʻlinib ketdi. 1921—22 yillarda misrlik rejissyor Jorj Abyad "Arab teatri"ni tashkil etdi. 1955 yil ish boshlagan Munitsipal teatri doimiy truppa va katta repertuarga ega edi. Mustaqillikka erishilgach (1956), 1959 yil tashkil etilgan teatr maktabi (rahbari Hasan Emerli) tez orada Drama markazi (rahbari Muhammad Aziza)ga, 1982 yil Drama sanʼati intiga aylantirildi. 1960—70 yillardan Sus, Sfaks, Bizerta, AlQof, Qayruvon, Qafsa shaharlarida teatrlar ishlay boshladi. 1960 yildan Monastir shahrida Magʻribdagi barcha teatrlarning festivallari, Hammomotdagi teatr markazida (1964 yil tashkil etilgan) va koʻhna Karfagen xarobalarida Xalkaro teatr festivallari oʻtkaziladi.

Kinosi

1897 yil Sh. Shikli dastlabki kinoseanslarni tashkil etdi. 1907 yil doimiy kinoteatr ochildi. 1922 yil Sh. Shikli qisqa metrajli "Zuhra", 1924 yil esa toʻliq metrajli "Ohu koʻzlari" filmlarini suratga oldi. Mustamlakachilik davrida gʻaroyibsarguzasht filmlar — "Etikdoʻz Maʼruf" (1921, rejissyor R. Dessor), "Yasmina" (1926, rejissyor A.Yugon), "Kayruvonlik telba" (1939, rejissyor J.A. Krezi, arab tilidagi birinchi film), "Bim" (1949, rejissyor A. Lamoris) va boshqa yaratildi. 1946—54 yillarda Tunisda "Afrika" kinostudiyasi ishladi. Mustaqillik koʻlga kiritilganidan keyin T. filmlar ishlab chiqarish. va prokat qilish aksiyadorlik jamiyati tuzildi (1957), qisqa metrajli xronika filmlari bilan bir qatorda milliy ozodlik kurashiga va ijtimoiy masalalarga bagishlangan "Tong" (1966), "Qoʻzgʻolonchi" (1967), "Fallohlar" (1970) kabi badiiy filmlar yaratildi. 70—80-yillarda yaratilgan filmlar orasida ishchilar hayoti va kurashini tasvirlovchi "Sejnan" (rejissyor A. Bin Ammar), Fransiyadagi arab muhojirlari takdiriga oid "Elchilar" (rejissyor N. Xtariy), kichik qishloq hayotining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi "Sirtlon quyoshi" (rejissyor R. Baxiy), tunislik ayollar hayotidan olingan "Aziza" (rejissyor A. Bin Ammar), shuningdek, "Kechuv" (rejissyor M.B.Mahmud), "Farishtalar" (rejissyor R. Baxiy) kabi filmlar bor.

.tn

.tn — Tunis uchun yuqori darajali milliy domendir.

2011

2011-yil (MMXI) shanba kuni boshlangan oddiy (yaʼni kabisa emas) yildir. 3-ming yillik va 21-asrning 11-yilidir. Oʻzbekistonda Kichik biznes va tadbirkorlik yili deb eʼlon qilingan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2011-yilni Xalqaro kimyo yili, Xalqaro afrikaliklar yili, Xalqaro oʻrmonlar yili va Xalqaro yoshlar yili deb atagan.

Arab xalifaligi

Arab xalifaligi (632 – 1258) – Arabiston yarim oroli. Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat.7 – 8-asrlarda tashkil topgan. Arab Xalifati asoschisi payg‘ambar Muhammad(sav)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr – Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633–715 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan "Xula-fo Ar-Rashidin" ("To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar") va umaviylar zamonida fath etildi.. Xalifa Umar davrida (634-644 –yillar) kuchli markazlashgan davlat va jangovar armiya tashkil topadi.

Ko‘p sonli arab qo‘shinlari o‘z zarbalarini Vizantiya va Eronga qarshi yo‘naltiradilar. Bir necha o‘n yilliklar mobaynida arablar Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani istilo qiladilar. Arablar Vizantiyaga kuchli zarba beradilar.

Jangari arablar g‘arbga va sharqqa tomon tobora ichkarilab boradilar. Arablar armiyasining asosiy zarbdor kuchini otliq qo‘shinlar tashkil qilardi. VII asr va VIII asrning birinchi yarmi mobaynida ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi. Damashq shahri uning poytaxtiga aylanadi. Lekin Abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar.Ichki ixtiloflar ta’siri ostida Arab Xalifati 8-asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi:788 yilda Mag‘ribning g‘arbiy qismida(hozirgi Ma-rokash) idrisiylar (788 – 985), uning sharqiy qismida (hozirgi Tunis) ag‘labiylar (800 – 909) hukmronligi o‘rnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa 9 asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy sulolalar: Tohiriylar(821 – 873), Safforiylar(867 – 903) va Somoniylar (875 – 999) bosh ko‘tarib chiqdilar. Ular Arab Xalifatiga nomigagina tobe bo‘lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab Xalifati 1258 yilda mo‘g‘ullar tarafidan tugatildi.

Arablar

Arablar, al-arab – G‘arbiy Osiyo va Shimoliy Afrikadagi arab mamlakatlarida yashovchi xalqlar guruhi. Umumiy soni 199 mln. kishi (1992). A., asosan Afrika va Osiyo mamlakatlarida: Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Livan, Suriya, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Yaman va boshqa yerlarda yashay-di, bu mamlakatlar aholisining qariyb 80% ini tashkil qiladi. Katta yevrope-oid irqiga mansub. Arab tilida suzla-shadi. A. ko‘pchiligi sunniylar. Bundan tashqari, A. ichida musulmon dinining bir qancha mazhablari mavjud; shialar – Iroq, Yaman, Suriya va Livanda; ibo-diylar – Shimoliy Afrikada; zaydiya va is-moiliylar – Shimoliy va Sharqiy Iroqda, Livanning tog‘li tumanlarida yashaydilar. Misr, Livan, Suriya va Iordaniyada yashovchi A.ning bir qismi xristian di-niga e’tiqod qiladi. Asl vatani Ara-biston yarim orol Miloddan avvalgi 1-ming yillikda va milodning dastlabki yillarida A. Su-riya, Iroq, Shimoliy Afrika yerlariga kelib joylashgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda dastlabki arab davlatlari – Palmi-ra (Tadmor), Nabateya va Lihyon vujudga kelgan. 5-asrda bir qancha arab davlatlari (G‘asson va Laxm; Shimoliy Arabistonda) paydo buladi. 6 – 7-asrlarda ayrim arab elatlari tashkil topdi. 7-asrda Arab xalifaligi barpo etildi. A.ning xalifalik hududidagi boshqa xalqlar bilan arala-shib ketishlari natijasida yangi elatlar va davlatlar (Falastin, Suriya, Livan (Lubnon), Iroq, Misr va Shimoliy Afrika davlatlari) yuzaga keldi.O‘rta Osiyo arablari – O‘rta Osiyo davlatlarida yashovchi, o‘zlarini arab deb yurituvchi etnik guruh. Ajdodlari 7 – 14-asrlar davomida kelib o‘rnashib qolgan. O‘zbek, turkman va tojik mil-latining tarkibiga kirgan. O‘rta Osiyo arablari asosiy qismi O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo vilo-yatlarida, shuningdek Farg‘ona vodiysi shimoli-sharqiy qismida yashaydi. 2 guruhga bulinadi: shayboniy va sanoniy. O‘rta Osiyo arablari o‘zlarining qadimgi madani-yatlari, urf-odatlarining ayrim belgilarini saqlab qolganlar. Arab tili ikkinchi til sifatida ayrim qishloqlarda hozirgacha qo‘llanib kelinadi. Bularning shevalarida yerlik xalqlar tilining ta’590siri juda kuchli.O‘rta Osiyo arablari xo‘jaligida chor-vachilik muhim o‘rin tutadi. Suvli yerlarda yashaydigan A. dehqonchilik qiladi. O‘zbekistonda A. nomi bilan bog‘liq ko‘plab joy nomlari mavjud.

Chaker Zouagi

Chaker Zouagi — (10 yanvar, 1985-yil; beja, Tunisda tugʻilgan) — Tunislik futbolchi, amplua boʻyicha yarimhimoyachi. Tunis milliy terma jamoasi aʼzosi.

Charles Nicolle

Charles Nicolle (1866.21.9, Ruan - 1936.28.2, Tunis) — fransuz mikrobiologi. De Frans kolleji professor (1932 yildan). 1903 yildan Tunisdagi Paster instituti doktori. Ilmiy ishlari, asosan, infeksion kasalliklar (teri va visseral leyshmanioz, toksoplazmoz, traxoma, skarlatina, gripp, Oʻrta dengiz isitmasi va boshqalar)ning qoʻzgʻatuvchilarini oʻrganishga hamda maxsus vaksina va zardoblar tayyorlash usullarini ishlab chiqishga bagʻishlangan. Toshmali terlama (tif)ning qoʻzgʻatuvchisi kiyim biti ekanligini tajribada isbotlab bergan (1909). Nobel mukofoti laureati (1928).

Davlat poytaxtlari roʻyxati

Asosiy maqola: Poytaxt.Bu roʻyxatda davlat poytaxtlari qitʼalar boʻyicha alifbo tartibida berilgan.

Davlatlar statistikasi - YaIM

Yalpi ichki mahsulot bo'yicha davlatlar reytingi.

Gʻarb

Gʻarb — ufqning , dunyoning 4 asosiy tomonlaridan biri. Shim.ga qarab turgan quzatuvchining chap tomonida. Osmon soyerasida Gʻ. olam (osmon) ekvatori bilan haqiqiy ufq chizigʻi kesishgan ikkita nuktadan biri. Gʻ. yoki XV (\uye„1) bilan belgilanadi. Oʻrta asrlarda Gʻ. oʻrniga magʻrib atamasi ishlatilgan. Afrikaning shimoli-gʻarbiy qismi, Tunis, jazoir, Marokash Magʻrib deb, Atlantika okeani, Oʻrta dengiz Magʻrib dengi-zi, Sahroi Kabir, Sudan choʻllari Magʻrib choʻllari deb atalgan. Magʻribdan mashriqqacha deganda Afrikadan Xitoygacha boʻlgan hudud tushunilgan.

Gʻarb - dunyo tomonlaridan biri (Quyosh botadigan tomon).

Juba

Juba — Janubiy Sudan poytaxti.

Kamol Murodov

Kamol Murodov (1974.29.11, Olot tumani) — kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, "Oʻzbekiston iftixori" (1999). M. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini (1997), Toshkent iqtisodiyot universitetni (2002) tugatgan. 1997 yildan Markaziy harbiy sport klubida xizmat qiladi. Dastlab dzyudo musobaqalarida muvaffaqiyatlarga erishdi. Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempioni (1994, 1995, 1997—2001), Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindori (1998, Bangkok), Osiyo chempionati kumush medali sohibi (2000, Osaka), Gran-Pri musobaqalari gʻolibi (1998, Myunxen; 1999, NyuYork; 2000, Tunis). Kurash boʻyicha Oʻzbekistonning mutlaq chempioni (1997), Oʻzbekiston Prezidenta sovrini uchun oʻtkazilgan xalq-aro musobaqada vazni 90 kg boʻlishiga qaramasdan 205 kg vaznlik ukrainalik Valentin Roslyakovni magʻlub etgan (1998, Toshkent), jahonning birinchi chempioni (1999, Toshkent).

Karfagen

Karfagen (finikiycha Kartadasht — yangi shahar) — Shim. Afrikadagi qad. shahar-davlat (hrz. Tunis sh. atrofi). Finikiylar tomonidan mil.av. 825 y.da barpo qilingan. K. mil. av. 3-asrning boshiga kelib Shim. Afrika, Sitsiliya (Sirakuzadan tashqari), Sardiniya va Jan. Ispaniyani bosib olgach, Oʻrta dengiz boʻyidagi qudratli davlatga aylangan, bu esa u bilan Rim oʻrtasidagi toʻqnashuvni keltirib chiqargan. Puni urushlari (mil.av. 264—146 y.)dagi magʻlubiyatdan keyin K. rimliklar tomonidan vayron qilingan (146), uning asosiy hududi Rimning Afrika viloyati tarkibiga kiritilgan, qolgani Numidiyaga berilgan. K. sanʼati va madaniyatiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari oz miqdorda saqlanib qolgan.

Magʻrib

Magʻrib (arab.) —l) dunyoning toʻrt tomonidan biri, gʻarb; 2) Afrikada Tunis, Jazoir, Marokashdan iborat region. Liviya, Mavritaniya va Gʻarbiy Sahroi Kabir M. bilan birgalikda katta M. yoki Arab Gʻarbi (Arab Sharqi — Mashriqdt ajratib) deyiladi. Oʻrta asrlarda musulmon Ispaniyasi (Andalusiya) va Arab xalifaligining Oʻrta dengizning gʻarbiy qismidagi boshqa mulklari (Balear o.lari, Sardiniya, Sitsiliya) ham M.ga qoʻshib aytilgan. Marokash va Tunis mustaqillikka erishgach (1956), Marokash qiroli Muhammad V va Tunis Bosh vaziri Habib Burgʻiba "Buyuk Arab Magʻribi" regional ittifoqini tuzish gʻoyasini ilgari surdilar. Birlashtirish masalasi boʻyicha Tanjer (1958) va Rabot (1963)da konferensiyalar oʻtkazildi. 1964 yil M. davlatlarining Doimiy maslahat qoʻmitasi tuzildi. Unga Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyaning moliya vazirlari kiradi. 1964—68 yillarda qoʻmita qoshida tarmoq komissiyalari tuzildi va M. davlatlari oʻrtasida iqtisodiyotning turli masalalari yuzasidan hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnomalar imzolandi. 1970 yildan Mavritaniya ham (kuzatuvchi sifatida) qoʻmita ishlarida qatnashmoqda. 1970 yil Liviya M.ning barcha regional tashkilotlaridan chiqsi.

Moroni

Moroni — Qamar Orollari poytaxti, Ngazidja orolda, vulkan etagida joylashgan. Aholisi 25 ming kishidan koʻproq. Dengiz porti. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Prezident qarorgohi, hukumat va maʼmuriy binolar joylashgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari mavjud. Vanil, kakao, kopra bilan savdo qilinadi. Meʼmoriy binolardan masjidlar (minoralari bilan) arab meʼmorligi uslubida qurilgan.

Rabot (shahar)

Rabot — Marokash poytaxti. Sale shahri bilan R.-Sale prefekturasini tashkil etadi. Atlantika okeani sohilida, unga Bu-Regreg daryosining quyilish yerida joylashgan. Aholisi 1,38 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Iqlimi subtropik, oʻrtacha temperatura yanvarda 12°, iyulda 22°. Yillik yogʻin 530 mm. Transport yoʻllarining muxim tuguni, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali mamlakatning boshqa yirik shaharlari, shuningdek, Jazoir va Tunis bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. R. — mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: toʻqimachilik va tikuvchilik, oziq-ovqat, metallsozlik, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, kimyo, poligrafiya. Mebel, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. R. — mamlakatning ilmiy va madaniy markazi: universitet (1957), konservatoriya, ilmiy tadqiqot muassasalari, milliy teatr, Udayya muzeyi, xalq sanʼati va boshqa muzeylar, kutubxonalar bor. Shaharda banklar, hukumat idoralari joylashgan.

Shaharga 1150 yilda muvahhidlar tomonidan asos solingan. 17-asrda R.ga Andalusiyadan musulmon hunarmand va savdogarlarining koʻchib kelishi munosabati bilan shahar tez rivojlandi. 1627— 66 yillarda mustaqil Rif respublikasi poytaxti. 19-asrda R. siyosiy va iqtisodiy markazga aylandi. 20-asr boshlarida fransuz bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik kurashi markazi. 1912—56-yillarda Fransiya protektoratining maʼmuriy markazi. 1956 yildan mustaqil Marokash davlatining poytaxti.

R.ning tarixiy markazi Bu-Regreg daryosi boʻyidagi qoya ustida joylashgan. Shaharning eski qismi 12-asr oxirida baland devor bilan oʻralgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid (14-asr), Hasan masjidi (12-asr), maqbaralar, Qirol saroyi (1775) va boshqa saqlangan. Shaharning janubida yangi zamonaviy binolar qurilgan.

Tombuktu

Tombuktu, Timbuktu - Malidagi shahar, Niger daryosining chap sohilida. Transport yoʻllari tuguni. Tuz, tamaki va xurmo savdosi markazi. Hunarmandchilik korxonalari mavjud. Issiqlik elektr styasi qurilgan. Oʻlkashunoslik muzeyi, arab yozma manbalarini oʻrganuvchi institut bor. Shaharga karvon yoʻlidagi manzil sifatida 11-asrda asos solingan. 13—16-asrlarda Mali oʻrta asr davlatining iqtisodiy va madaniy markazlaridan boʻlgan. 13— 15-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari (mayejid, maqbaralar) saqlangan.

Tunis (shahar)

Tunis — Tunis poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Tunis viloyatining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengizning Tunis buxtasi gʻarbiy sohilida joylashgan. Iqlimi subtropik dengiz iqlimi, oʻrtacha oylik tralari yanvarda 10,2°, iyulda 25,6°. Yillik yogʻin 450 mm chamasida. Aholisi 702,3 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik port, chetga temir rudasi, fosforit, vino, mevasabzavotlar chikariladi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik, kimyo, sement, oynashisha, poligrafiya, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Tunis unti, Milliy konservatoriya, ilmiy tadqiqot muassasalari, institutlar, kutubxona, teatr, Bardo muzeyi, Islom sanʼati muzeyi va boshqa bor.

T. Karfagen shahrining yoʻldosh shahri sifatida mil. av. bunyod etilgan. 7-asr oxiri — 8-asr boshlarida Karfagenni arablar egallaganidan soʻng, T. Shimoliy Afrikaning yirik iqtisodiy va madaniy markazi sifatida rivojlandi. 13—16-asrlarda Xafsidlarning sharqiy magʻrib davlati poytaxti. 1535 yilda ispan qoʻshinlari tomonidan egallanib, xonavayron kilingan. 1574y.dan Usmonli turk saltanati tarkibida. 1891—1956 yillarda Fransiya protektorata maʼmuriy markazi. 1956 yil 20 martdan mustaqil Tunis poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan Katta Masjid (Jome azZaytuna; 8-asr), AlQasr masjidi (12-asr), 17—19-asrlarda qurilgan saroylar, T. shahridan 12 km shimoli-sharqyaa, dengiz sohilida Karfagen shahrining xarobalari saklangan.

Tunis boʻgʻozi

Tunis boʻgʻozi, Sitsiliya boʻgʻozi — Oʻrta dengizdagi boʻgʻoz. Sitsiliya oroli bilan Tunis qirgoqlari oraligʻida. Eng tor joyining eni 148 km, boʻgʻozni shim.gʻarbdan jan.sharqqa kesib oʻtuvchi novidagi chuq. 300–800 m, eng chuqur joyi boʻgʻozga kiraverish qismida, 1000–2000 m. Sayozlik koʻp. Tunis boʻgʻozida Pantelleriya o. bor.

Yamusukro

Yamusukro — Kot-d’Ivuar Respublikasi poytaxti. Abidjan shahridan 260 km shimolida joylashgan. Aholisi 189 ming kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Prezident qarorgohi, "Partiya uyi" Ya.da joylashgan. Shahar atrofida kofe, kakao, yams, banan plantatsiyalari bor va boshqalar qishloq xoʻjalik ekinlari ekiladi.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.