Tosh davri

Tosh davri — insoniyat taraqqiyotidagi eng qad. davr. Bu davrda mehnat qurollari hamda qurolyarogʻlar, asosan, tosh, yogʻoch va suyakdan yasalgan. Tosh davri qad. (paleolit), oʻrta (mezolit) va yangi (neolit) davrlarga boʻlinadi. Tosh davri bundan taxminan 2 mln. yil oddinroq boshlanib, Oʻzbekistonda 4 ming yil burun tugagan (ayrim hududlarda uzoqroq davom etgan). Tosh davri odamlari terimchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullangan; neolit davrida motiga bilan dehqonchilik qilish va chorvachilik paydo boʻlgan. Ijtimoiy munosabatlar "ibtidoiy odamlar toʻdasi"ga, soʻngra ibtidoiy urugdoshlik tuzumiga xos boʻlgan. Tosh davrining qad. davri — paleolit 3 davrga boʻlinib oʻrganiladi: quyi paleolit, oʻrta paleolit, yuqori paleolit. Quyi paleolit davri ilmiy xulosalarga koʻra, odam ilk bora mehnat qurollarini yasagan vaqtlardan boshlangan. Bu jarayon yer sharining turli joylarida turli vaqtlarda sodir boʻlgan (mas., Afrikada bu jarayon 3 mln. yil avval boshlangan, Yevropaning jan. va Osiyoda taxminan 2 mln. yil avval). Ammo qayerda va qachon boshlanganidan qatʼi nazar, kuyi paleolit insoniyatning eng uzok, davom etgan tarixini aks ettirgan. Tosh asri texnikasining takomillashuvi natijasida disk shaklidagi (rapidasimon) nukleuslarnya vujudga kelishi va ulardan oʻtkir uchli uchburchaksimon uchirindilarni yuzaga kelishi bilan kuyi paleolit oʻrnini oʻrta tosh davri, yaʼni mustye davri (qarang Mustye madaniyati) oladi. Mustyedan soʻng yuqori paleolit davri boshlanadi. Yevropaning jan.da, Osiyoda, jumladan, bizning Oʻrta Osiyoda oʻrta paleolit hozirgi kunimizdan 200 ming yil avval boshlanib, oʻrta hisobda 160 ming yil davom etadi va oʻrnini 50 ming yil avval progressivroq boʻlgan yuqori paleolit davriga boʻshatib beradi. Yuqori paleolit davrida, asosan, realistik sanʼat rivojlanadi. Oʻsha davr odamlari hayvonlarni ovlash jarayonini qanday koʻrgan boʻlsalar, shunday ravishda gʻor devorlariga rasmlar chizganlar. Chizganda ham kizil va kora tabiiy ranglarda chizganlar. Bu narsa odamlarning ongini rivojlanganligini koʻrsatadi. Mexnat kurollarini yasash texnikasi boʻyicha quyi va oʻrta paleolitta nisbatan juda yuksak koʻtarilgan yuqori paleolit davri, oʻz navbatida, bundan 12—10 ming yil avval progressivroq boʻlgan mezolit davri bilan almashdi. T.D.ning soʻnggi bosqichi boʻlgan neolit bundan 5—4 ming yil avval jez davri bilan almahdi.

Oʻtkir Islamov.

Albaniya

Albaniya (Shqipëria), Albaniya Respublikasi (Republika e Shqipërisë) – Bolqon yarim orolining janubi-g‘arbidagi davlat. Adriatika va Ioni dengizlari sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 36 retaga bo‘lingan. Poytaxti alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Maydoni 28,7 ming km2. Aholisi 2 831 741 kishi (2011). Poytaxti Tirana shahri.

Arxeologiya

Arxeologiya – (grek. ἀρχαίος – qadimgi va λόγος – soʻz, oʻrgatish) – qadimshunoslik – qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik ja-miyati o‘tmishini o‘rganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxo-nalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda o‘tmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai bo‘lib, ularni chuqur ilmiy o‘rganish asosida o‘tmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli Arxeologiya tarix fanining bir tarmog‘i hisoblanadi. Arxeologiya so‘zini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar maʼnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kash-fiyotlar davri bo‘lib, Arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi, 19-asr Lei asosan 4 ki-yemga bo‘linib o‘rganilar edi; Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarini o‘rganuvchi mumtoz Arxeologiya, ibtidoiy Arxeologiya, 662-o‘rta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganuvchi umumiy Arxeologiya va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular birlashib, keng maz-munli hozirgi zamon Arxeologiyasi shakllandi.O‘zbekistonda arxeologik tekshi-rishlar 19-asrning oxirgi choragida, Turkistonni Rossiya bosib olganidan so‘ng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkistonning o‘tmishi, xalqining urf-odati, qadimgi qo‘lyozmalarini o‘rganish orqali o‘lkada o‘zining mustamlakachilik rejimini mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini o‘rganishni dastavval rus Arxeologiya havaskorlari va o‘lkashunoslari boshlab berdi. 1895 yil V. V. Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi tuzilib, Arxeologiya ishlari shu to‘garak nazoratida olib boriladi. O‘sha davrda o‘tkazilgan Arxeologiya tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning xizmati katta bo‘ldi. Ammo arxeologik yod-gorliklarni hali har tomonlama, keng o‘rganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. Shunday bo‘lsa ham 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridagi Turkistonda olib borilgan arxeologik izlanishlar O‘zbekiston tarixshu-nosligida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganishda dastlabki qadamlar qo‘yildi. Mahalliy xalq o‘rtasida o‘z vatanining o‘tmish yod-gorliklari bilan qizi-quvchi Akram pol-von Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni to‘plovchi havaskor o‘lkashunoslar paydo bo‘ldi. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida bo‘lib turli xil (ko‘proq numizmatikaga doir) topilmalarni to‘plashdan ibo-rat bo‘lgan. Afrosiyob, Ulug‘bek rasadxonasi va Poykand haro-balarida dastlabki qazishmalar olib borilgan. O‘zbekistonda Arxeologiya fani 20–30-yillarda shakllandi. V. L. Vyatkin Afrosiyob harobasini (1925; 1929–30), B. P. Denike qadimgi Termizni (1926–27), M. Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925– 28), Ayritom harobalarini (1932–33) qazib o‘rgandilar. 30-yillarda keng ko‘lamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 – 38), V. A. Shishkin Tali Barzuda (1936 – 39), Varaxshaaya (1937 – 39), S P. Tolstov, Ya. F. G‘ulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 – 50), A. P. OkladnikovTeshiktosh va Machay g‘orlarida (1938 – 39), V. V. Grigorev Qovunchitepa harobalarida (1934–37) olib bordilar. To‘plangan arxeologik materiallar O‘zbekiston tarixini davrlashtirishda muhim manba bo‘ldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor, Tozabog‘yop, Qovunchi madaniyatlari va boshqalar) o‘rganilib, fanga kiritildi. Teshiktosh g‘oridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi O‘zbekiston arxeologiyasida buyuk kashfiyot bo‘lib, dunyo olimlarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O‘rta Osiyo davlat universitetida arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), O‘zFA Arxeologiya bo‘limining tashkil etilishi (1943) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Arxeologik yodgorliklarni rayonnlarga bo‘lib o‘rganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir-Olay va Pomir-Farg‘ona ekspeditsiyalari katta rol o‘ynadi. 50-yillarda O‘zbekiston arxeologiya ekspedisiyasi otryadlari Toshkent vodiysida mozorqo‘rg‘onlarni (T. Aʼzamxo‘jayev), Zamonbobo jez davri qabristonini (Ya. G‘ulomov), Bolaliktepa yodgorligini (L. I. Albaum) va boshqalarni o‘rganishga kirishdi. 60-yillarda Moxondaryo arxeologik otryadi Ya. G‘ulomov rahbarligida Zarafshonning quyi oqimida miloddan avvalgi 4– 2-ming yillikka mansub 60 dan ortiq neolit va jez davriga oid manzilgohlar, Uch-tut chaqmoqtosh konlari (A. Askarov, M. Qosimov, O‘. Islomov va T. Mirsoatov), Mo‘minobod qabristoni (A. Askarov), Samarqand makoni (D. N. Lev, M. 663Jo‘raqulov), Chust jez davri qishlog‘i harobasi (V. Sprishevskiy), Dalvarzintepa (Yu. A. Zadneprovskiy), Xolchayon (G. A. Pugachenkova) va boshqa arxeologik obidalarda keng ko‘lamda kazishlar olib bordi. Tuproqqal’a, Varaxsha, Bolalik-tepa, Afrosiyob, Quva podshoh saroylari va ibodatxonalarining o‘rganilishi, Samarqand va Mug‘ tog‘ida qadimgi Sug‘d, Xorazmda xorazmiy yozuvlarining topilishiO‘zbekiston madaniyatining yuqori darajaga ko‘tarilganini ko‘rsatadi.O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining tashkil etilishi (1970) O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlarni yanada kengaitirishga imkon berdi. 70–80-yillarda institut jamoasi tomonidan O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida keng qamrovli arxeologik kuzatuv va qazishlar o‘tkazilib, o‘tmishning eng qadimgi davri – tosh asridan to so‘nggi o‘rta asrlarga mansub ko‘plab nodir yodgorliklar topildi. Mas, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Farg‘ona, Samarqand viloyatlarida Teshiktosh, Amir Temur, Omonqo‘ton, Obirahmat, Xo‘jakent, Qapchig‘ay, Obishir, Qoratog‘, Xo‘jamazgil (M. Qosimov, O‘. Islomov, N. Toshkenboyev, R. Sulay-monov, M. Xo‘janazarov) kabi qadimgi tosh davri g‘or makonlari hamda Xorazm cho‘llarida yangi tosh (neolit) va jez davri makonlari (A. Vinogradov, M. Itina) o‘rganilishi diqqatga sazovordir. Bu yodgorliklardan topilgan ashyoviy materiallar O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri manzarasini tiklashda asosiy manba bo‘lib xizmat qildi. Ayniqsa O‘zbekistonning janubiy tumanlarida qadimgi dehqonchilik madaniyatiga tegishli ko‘plab yodgorliklarning (So-pollitepa, Jarqo‘ton, Kuchuktepa, Mir-shodi) topilishi va o‘rganilishi (A. Askarov, T. Shirinov, Sh. Shaydullayev) qadimgi Baqtriya madaniyatining genezisi, taraqqiyot bosqichlari va bu yerlarda ilk shahar madaniyatining shakllanish jarayonini kuzatish imkonini berdi. Maxsus tadqiqotlar Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Farg‘ona vodiysi, Qoraqalpog‘iston hududidagi qadimgi shaharlarni o‘rganishga bag‘ishlandi. Ayniqsa qadimgi shaharlar – Yerqo‘rg‘on (R. Sulaymonov, M. Isomiddinov), Qanqa (Yu. Buryakov), Eski Termiz (Sh. Pidayev, T. Annayev), Dalvarzintepa (E. Rtveladze, B. Turg‘unov), Shoshtepa va Oqtepa (M. Filanovich), qadimgi Buxoro va Poykend (A. Muhammadjonov, Jez davriga oid sopol buyumlar (miloddan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalari). J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov), Axsikat va Pop (A. Anorboyev, B. Matboboyev), Afrosiyob (X. Oxunboboyev, M. Isomiddinov), Xiva (M. Mambetullayev), Mizdahqon (V. Yagodin) kabi yod-gorliklarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar samarali bo‘ldi. Xorazm va Zarafshon vodiysida Ya. G‘ulomov, B. V. Andrianov, A. R. Muhammadjonov va boshqalarning qadimgi irrigatsiya va dehqonchilik vohalarining vujudga kelishi jarayonlarini o‘rganish borasida olib borgan arxeologik va etnografik izla-nishlari alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.Bu davrda Zarafshon vodiysi, Xorazm, Surxondaryo va Sirdaryo vohalari hamda Farg‘ona vodiysida olib borilgan ar-eologik va antropologik izla-nishlar tufayli O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston yerlarida yashovchi aholining asosiy antropologik tiplarga bo‘linganligi ularning shakllanish tarixini yoritish imkonini berdi; o‘zbek etnosining o‘ziga xos xususiyatlari, tub etnik elementlarning ularga kelib qo‘shilgan etnoslar bilan qorishib ketish jarayoni kuzatildi. Bu masalaga oydinlik kiritishda T. Xo‘jayov, K. Shoniyozov va boshqa hissasi salmoqli bo‘ldi. Shu asnoda A. fanining turli davr va yo‘nalishlari bo‘yicha il-miy maktablar tarkib toddi. Ularga Ya. G‘ulomov, S. P. Tolstov, A. P. Okladnikov, M. Ye. Massoy va G. A. Pugachenkova kabi olimlar asos soldi. Yirik asar va risolalar nashr etildi.Mustamlaka davrida O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston hududidan topil-gan eng nodir arxeologik topilmalar, 664qo‘lyozma asarlar talon-taroj etilib Moskva, Sankt-Peterburg, shuningdek boshqa xorijiy mamlakatlarga tashib ketildi. Mas, mashhur Amudaryo xazi-nasi Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan.Arxeologik izlanishlar maqsadi va natijalarini o‘zbek xalqi tarixi bilan bog‘lash tom maʼnoda mustaqillik yillaridan boshlandi. O‘zbekiston Arxeologiyasi o‘z tadkiqotlarining samarasi bilan jahon ilmiy darajasiga ko‘tarildi. Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Polsha bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg) olimlari bilan ilmiy aloqalar mavjud.

Arxeologiya instituti

Arxeologik tsdqiqotlar instituti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institu-ti – O‘zbekiston hududidagi moddiy madaniyat yodgorliklarini o‘rganuvchi ilmiy muassasa. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti negizida (1970 yil) Samarqandda tashkil etilgan. Arxeologiya instituti O‘zbekistonda olib boriladigan arxeologik tadqikotlarga ilmiy-meto-dik rahbarlik kiluvchi markaz bo‘lib, respublika hududidagi barcha moddiy madaniyat yedgorliklarida qazish ishlari olib borish uchun rux-satnoma beradi. Uz tadqiqotlarini UzMU, Samarqand Davlat Universiteti, O‘zbekiston Badiiyot akadimyasi San’atshunoslik instituti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Tarix instituti va boshqa il-miy muassa-salar bilan muvofiqlashtirib olib boradi. Arxeologiya instituti xalqaro ilmiy dasturga binoan respublikaning kator vilo-yatlarida Fransiya, Germaniya, Polsha, Italiya, Rossiya kabi mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorlikda arxeologik kazishmalar olib boradi (1984 yildan). Institutda tosh davri arxeologiyasi, Turon arxeologiyasi, Movarounnahr arxeolo-giyasi, ilmiy ishlab chiqarish bo‘limlari; tarixiy yodgorliklarning kimyoviy va texnolo-gik tadqiqoti hamda konservatsiya qilish laboratoriya., kutubxona (55 mingdan ortiq asar) bor; Toshkent, Xiva va Termiz arxeolo-giya bo‘limlari tuzilgan. 7 fan doktori (3 akademik), 35 fan nomzodi, jami 90 ilmiy xodim ishlaydi. Institut "O‘zbekiston mod-diy madaniyati tarixi" nomli yillik to‘plam nashr etadi (1959 yildan). U o‘z faoliyatida arxeologik tadqiqotlarga bag‘ishlangan 120 ta ilmiy monogra-fiya (5 tasi ajnabiy tillarda) va tur-li jurnal va to‘plamlarda mingdan ortiq maqolalar chop etdi. Arxeologiya institutida arxe-ologiyaning dolzarb masalalari buyi-cha bir necha xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi (1973, 1986, 1988, 1991, 1994, 1997). Institut xodimlaridan A. Asqarov, Yu. F. Buryakov, R. Sulaymonov, M. Iso-middinov, M. Filanovich, T. Xo‘jayov va 665G. Shish-kinalar O‘zbekiston hududida ilk shahar madaniyatining shakllanishi hamda uning taraqqiyot bosqichlari tari-xiga bag‘ishlangan 14 monografiya uchun Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar (1985). Institut qoshida aspirantura va doktorantura, arxeologiya mutaxassisligi bo‘yicha maxsus doktorlik ilmiy kengashi mavjud.

Arxeologiya yodgorliklari

Arxeologiya yodgorliklari – arxeologik tadqikotlarning ob’ekti bo‘lib xizmat qiluvchi, yerning usti va ostida saqlanib qolgan qadimgi inshootlar va buyumlar. Arxeologiya yodgorliklari moddiy tarixiy man-balar bo‘lib, ularni o‘rganish bilan kishilik jamiyatining o‘tmishi yoritiladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixga-cha bo‘lgan eng qadimgi davrini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Arxeologik davrlar bo‘yicha Arxeologiya yodgorliklari quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) tosh davri yodgorliklari; 2) jez davri yodgorliklari; 3) antik davr yodgorliklari; 4) qadimgi mudofaa insho-otlari; 5) qadimgi suv inshootlari; 6) qadimgi Mozor-mo‘la va o‘balar; 7) qadimgi me’morlik yodgorliklari; 8) qadimgi hujjatlar; 9) o‘rta asr shahar va rabotparnnnng harobalari; 10) zargarlik buyumlari va qadimgi pullarning xazinasi; 11) qadimgi va o‘rta asr pullari, turli arxeologik topilmalar.

Avstriya

Avstriya, Avstriya Respublikasi (nem. Österreich, MFA(olm.): Andoza:Audio-IPA) – Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning o‘rta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 83 ming 858 km2. Aholisi 8 460 390 kishi (2012). Poytaxti – Vena shahri.

Dogʻlarja Fozil Husnu

Dogʻlarja Fozil Husnu (1914, Istanbul) — turk shoiri. Ilk kitobi "Havoga chizilgan dunyo" (1935). "Bola va Alloh" (1940) sheʼriy toʻplami D.ga shuhrat keltirgan. D. oʻz davrining eng sermahsul ijodkori hisoblanadi. 40 dan ortiq sheʼriy toʻplamlari nashr qilingan. Sheʼrlarida odamlarning ichki va tashqi dunyosini poetik ifodalashga alohida eʼtibor bergan ("Tosh davri", 1945; "Uch shahid dostoni", 1949). "Tuproq ona" (1950), "Istiqlol kurashi — Inonular" (1951), "ASU" (1955), "Chanaqqalʼa dostoni" (1965), "Gʻozi Mustafo Kamol Otaturk" (1973), "Yer yuzi bolalari" (1974), "Dildagi bilimsevar" (1992) va b. asarlarida gumanist shoir sifatida insonni ulugʻlaydi. Sheʼrlari Tilak Joʻra tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1980).

Fargʻona viloyati

Fargʻona viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2. Aholisi 3,317 ming kishi 2012. Tarkibida 15 tuman, 9 shahar (Beshariq, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Yaypan, Quva, Quvasoy, Qoʻqon, Hamza), 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Fargʻona shahri.

Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi

Janubiy turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) - Turkmaniston FA Prezidiumi qoshida prof. M. Ye. Massoy boshchiligida tashkil qilingan (1945). JTAKE tosh davri (Jabal makoni), neolit (Joytun madaniyati), eneolit (Anov, Namozgoh tepa, Goʻksur), jez (Oltintepa) va ilk temir (Yoztepa, Dahiston) davrlari, ayniqsa Parfiya madaniyati boʻyicha muhim arxeologik tadqiqotlar olib borib, yangi va eski Yaisodagi qazishmalar vaqtida jahon tarix fani uchun oʻta muhim ashyoviy dalillar topdi, ulardan ritonlar (fil suyagidan ishlangan) xususidagi maʼlumotlar (M. Ye. Massoy, G. A. Pugachenkova) Italiyada, Parfiya yozma hujjatlari (V. A. Livshits, I. M. Dyakonov) esa Angliyada nashr etildi. JTAKE shaharlar tarixiy topografiyasi va qad. karvon yoʻllarini oʻrganish borasida ham muhim i. t.lar olib bordi: Erk qala, Gabr qalʼa hamda Sulton qalʼa harobalaridan topilgan idish va buyumlarga tayanib, Marv tarixi davrlarga boʻlindi (3. I. Usmonova, M. I. Filanovich), Marv vohasida 11 — 12-asrda hunarmandchilik taraqqiy etganligi aniqlandi. JTAKE tomonidan Islomdan avvalgi davr (mazdakiylik, buddizm, xristianlik)ga oid yodgorliklar oʻrganildi (G. Ya. Dresvyanskaya). Jumladan Gabr qalʼa va Harobakoshuxdagi cherkov harobasi hamda Turkmaniston FAning 50-y.larda boshlangan (S. A. Yershova) va ayniqsa, JTAKE tomonidan 60-y.larda Marv atrofidagi nekropol toʻla tekshirildi. Marvda Islomga doyr arxeologik yodgorliklar (Marvdagi dastlabki masjid, Nomozgoh tepa) harobalarini qazib oʻrganmokda (T. Xoʻjaniyozov, B. D. Kochnev), turkman qabilalari etnogenezi (D. I. Ovezov), qad. meʼmorlik uslublari va antik oʻrta asr sanʼati boʻyicha i. t.lar (G. A. Pugachenkova) olib bormoqda. JTAKEning 860 dan ziyod ilmiy ishlari, "Trudi YUTAKE"ning 19 jildi, "JTAKE materiallari"ning 2 nashri va bir qancha monografiyalar nashr etilgan.

Kremen

Kremen — kristalli va amorf kremnezyom, yaʼni qumtuproq (opal, xalsedon yoki kvars)dan tashqil topgan mineral tuzilma. K. Yer poʻstida konkretsiya, gʻurra, linza va qatlam koʻrinishida keng tarqalgan, koʻpincha, ohaktoshlar va boʻr yotqiziqlari orasida muvofiq holda yotadi. Kimyoviy tarkibida SiO2 koʻproq. Qattiqligi minera-logik shkala boʻyicha 7. Rangi sariq, qoʻngʻir yoki qora. Choʻkindilarning diagenezi, togʻ jinslari katagenezi va nurash natijasida hosil boʻladi. Sinishi chigʻanoqsimon. Singanda chekkasi oʻtkir qirra hosil qilganligi uchun juda qadimdan temir davrigacha odamlar tomonidan tosh qurollar yasashda ishlatilgan (qarang Tosh davri). Fayans, emal, glazur va h.k. tayyorlashda foydalaniladi.

Makon (arxeologiya)

Makon (arxeologi ya da) — tosh va jez davrida yashagan ibtidoiy odamlarning mavsumiy, vaqtinchalik boshpanasi yoki doimiy, davriy turar joyi. K,ad. tosh davri M.lari gor va ungurlarda (Teshiktosh, Obirahmat va boshqalar) buloq boʻylarida (Koʻlbuloq va boshqalar) joylashgan boʻlib, ular ajdodlarimizning uzok, muddatli boshpanasi hisoblanadi. Mezolit davridan boshlab tabiiy-geografik sharoitni oʻzgarishi bilan (buyuk muzliklar davridan soʻng) ajdodlarimizning M.lari dare va koʻl yoqalarida qad koʻtaradi va koʻproq mavsumiy harakter kasb etali, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik, birinchi navbatda, dehqonchilik kashf etilishi bilan M.lar oʻtroq qabilalarning doimiy turar joyiga aylangan va ular asosida keyinroq qishloq va shaharlar tarkib topgan.

Mezolit

Mezolit (mezo... va lithos — tosh) — oʻrta tosh davri; paleolitdan neolitta oʻtish davri (miloddan avvalgi 10—7ming yillik). Geologik pleyspgotsendan hozirgi golo-senga oʻtish davri. M.da hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos boʻlib hozirgi tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yoʻq boʻlib, yangilari paydo boʻlgan. Inson hayotida katta oʻzgarishlar sodir etilgan. M.da oʻq-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila boʻlib yashash imkoniyati tugʻilgan. Tosh, suyak, yogʻochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirgʻich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega boʻlishgan. Shu tariqa jamoa boʻlib yashashga barham berilgan. M. davri odamlari ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan shugʻullanganlar.

Oʻzbekiston hududida M. davriga oid eng qad. yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda M.ga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin.

Oʻtkir Islomov.

Neolit

Neolit (neo... va yun. lithos — tosh) — yangi tosh davri, tosh davrining soʻnggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib oʻrga-nilgan. N. davri osori atiqalarining aksariyati miloddan avvalgi 6—3-ming yilliklar bilan sanaladi. Tosh davrincht bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. N. davrida odamzodning tur-mush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub oʻzgarishlar sodir boʻladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashgʻulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarga asos solindi. N. odamining xoʻjalik hayotidagi taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan idish-tovoklar yasalib ilk kulollik, suyak va xayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiigina yogʻoch dastgoxlari yasalib, ip yigirish, baliq ovi toʻrlarini toʻqish va xonaki toʻqimachilik yuzaga keladi. Chakmoktoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (oʻq yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, oʻroq, oʻroqranda) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi. Tosh qurollardan keng foydalanildi. Tosh boltalarni parmalab dastaga oʻrnatish, silliqlab tigʻini chiqarish, singan sopol idishlarni chegalash, munchoq va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga oʻtkazib shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etildi. Tosh bolta, pona, oʻroq, oʻrokranda, arra, chop-qilar kabi xoʻjalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar joylar barpo etilib, qayiklar yasaladi. N. odamining mehnat faoliyatidagi oʻzgarishlar, xoʻjalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy boskich, fanda "N. inqilobi" deb ataldi. Bu bos-qich davomida ona urugʻdoshligi tizimlari kamol topdi. Ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilikka asos solindi, kulollik va toʻqimachilik kabi kasb-hunarlar kashf etilib, ota urugʻdoshligiga oʻtish uchun zamin yaratildi.

Biroq, tabiiy geografik sharoitlarning taqozosi bilan N. kabilalarining turmush tarzi turli mintaqalarda har xil kechdi. Shu boisdan har xilhududda oʻziga xos N. davrining turli xil madaniyati shakllandi. Ibtidoiy deqqonchilik va xonaki chorvachilikka asoslangan madaniy xayot Yaqin Sharq mamlakatlari (Misr, Irok, va Eron) hududlarida miloddan avvalgi 6—4ming yilliklardayoq qad. dehqonchilik oʻlkalarida tosh tishli qadama oʻroq, tosh hovoncha va suyakdan yasalgan kertma ketmonchalardan foydalanilib, arpa, jaydari ^ugʻdoy, tariq, loviya va sholi kabi bo-’ shokdi oʻsimliklar madaniylashtiril-di, guvalalardan uylar bino qilinib, avval qoʻlda, soʻngra qoʻl charxida gul-dor sopol idishlar va ayol haykalchalari yasaldi.

Miloddan avvalgi 6—3-ming yilliklarda Oʻrta Osiyoda istiqomat qilgan qabila va jamoalar 2 yoʻnalishda rivoj topdi. Mas, uning jan.-gʻarbiy hududlarida N. davri jamoalari ilk dehqonchilik va xonaki chorvachilik (echki, qoʻy va qoramol) bilan shugʻullangan boʻlsalar, uning shim. va shim.-sharqiy hududlarida esa bu davrda odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechiradilar.

N. davrining oʻtrok, ilk qishloq harobalari dastlab Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida topilgan. Bunday yodgorliklar Joytun madaniyati nomi bilan atalgan. Qadama tishli oʻroq, pi-choq, suyakdan yasalgan igna, bigiz hamda turli rangli tasvirlar tushi-rilgan sopol idish boʻlaklari topilgan. Bu ilk ziroatkor qishlokda 150-180 nafar dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan kun kechirgan oʻtroqqishloqjamoasi yashagan. Xoʻjalikda ayollar, ayniqsa, onalarning mavqei kuchli boʻlgan. Chunki, bu davrda ona urugʻdoshligi munosabatlari kengayib, undan kichik juft oilalar ajralib chiqa boshlagan tarixiy bosqich qaror topgan.

Oʻrta Osiyoning jan. hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zaraf-shon xavzalari va ulardan shim.da yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy krldiklari dastlab qad. Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati no-mini olgan. Jonbos 4 yodgorligidan ul-kan chayla qoldiklari kavlab ochilgan. Uningmayd. 300 kv.m gateng . Unda 100— 120 nafarli urugʻ jamoasining baliqchiovchilari istiqomat qilgan. Qayd etilgan yogʻoch va qamish qoldiqlariga qaraganda chayla koʻp ustunli, yapaloq-roq shaklda boʻlib, tomi qamish bilan yopilgan. Unda bitta katta va uning at-rofida 20 dan ortiq maydaroq oʻchoq oʻrinlari qayd etilgan. Oʻchokdar gir-didan va chayladan baliq, toʻngʻiz, jay-ran, bugʻu, qush suyaklari, tuxum poʻchoqlari hamda tosh qurollar, sopol parchalari topilgan.

Kaltaminor madaniyatiga mansub yodgorliklar Zarafshon vodiysining quyi oqimidan ham topib oʻrganilgan. Darvozashrliklar chaplasi nomi bilan yuri-tilgan bu yodgorlikdagi chayla toʻgʻri burchakli toʻrtburchak shakdda qurilgan. Sahnining uz. 11,6 m, kengligi 7 m, maydoni 81,5 kv.m ga teng . Unda 30—35 nafardan iborat ovchi va baliqchilar jamoasi istiqomat qilgan. Chayla tashqarisida bir qancha oʻchoq oʻrinlari qayd qilinib, undan chaqmoqtosh qurollar (oʻq-yoy paykonlari, oʻroq, randa, keskich, qirgʻich, teshgich, soʻzan, parma va bolta), sopol idish boʻlaklari, baliq, parranda va yovvoyi hayvon suyaklari topiladi.

Dehqonchilik va chorvachilik xoʻjaliklari hamda oʻtroq hayot bilan bogʻliq turli xildagi kasb-hunarlarning kengayib borishi oqibatida chaqmoqtoshga boʻlgan talab oshadi. Shu boisdan togʻ va togʻ oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida togʻlardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo boʻladi. Xom ashyo, dastavval togʻ yuzasiga chiqib qolgan tosh harsanglaridan sindirib olingan, soʻngra qazib chiqarilgan. Buning uchun oʻra va lagʻmlar kavlanib, konlar barpo etilgan. Bunday shaxtali N. davri konlaridan biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlogʻi yaqinida topib tekshirilgan (miloddan avvalgi 5—3-ming yilliklarga mansubdir.). Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekiston hududida bundan 5—7 ming yil muqaddam ilk bor kon sanoatiga asos solingani maʼlum boʻldi. N. davri shaxtalari Angliya, Fransiya, Keniya, Shvetsiya, Germaniya va Belorussiya kabi hududlarida ham oʻrganilgan. N. davrining oxirida odamlar metalldan, dastlab misdan har xil taqinchoqlar, buyum va qurollar ishlashni oʻrganib oladilar.

Ad:. Asqarov A., Oʻzbekiston tarixi, T., 1994; Massoy V. M., Poseleniye Djeytun, L., 1971; Gulyamov Ya. G., Islamov U., Askarov A., Pervobitnaya kultura i vozniknoveniye oroshayemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana, T., 1966; Tolstov SP., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.

Abdulahad Muhammadjonov.

Oshxona

Oshxona:

Oshxona (xona) — ovqat tayyorlash uy

Oshxona (tosh davri manzilgohi) — soʻnggi mezolit davri manzilgohi

Oshxona (tosh davri manzilgohi)

Oshxona — soʻnggi mezolit davri manzilgohi. Sharqiy Pomirdagi Mirkansuv daryosining oʻng irmogʻi havzasida, Uysu muzligi (Tojikiston)dan 12 km uzoqlikda (dengiz sathidan 4100 m balandlikda) joylashgan. Tosh qurol ishlaydigan ustaxona va manzilgoxdan iborat. 1957 yil V. A. Ranov boshchiligidagi Tojikiston FA arxeologik otryadi oʻrgangan.

O.dan mezolitdan ilk neolitga oʻtish davrini kamrab oluvchi 4 ta madaniy qatlam ochilgan. O. materiallari kvars va chaqmoqtosh qurollarga arxaik paleolit usuli bilan ishlov berilganli-gini va mikrolitlgf, nukleuslar paydo boʻlayotganligini koʻrsatadi.

Oʻtkir Islomov

Islomov Oʻtkir (1932.22.11, Toshkent) — arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), tarix fanlari doktori (1978). Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya intida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1964-70). 1970 yildan shu institutning Toshkent boʻlimida arxeologiya va tosh davri boʻlimi mudiri. Ilmiy asarlari, asosan, mezolit davriga bagʻishlangan. U mezolit davrini tarixiy davr sifatida Urta Osiyoda birinchi bor ochib berdi; arxeologik manbalarga asoslangan izlanishlari bilan insoniyatning Oʻzbekiston xududida 1 mln. yil mukaddam vujudga kelganligini ilmiy ravishda isbotladi.

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning jangʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay togʻ sistemasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3088,8 ming kishi (3-o'rin) (2017). Tarkibida 13 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).

Qishloq xoʻjaligi

Qishloq xoʻjaligi - aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini etqazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xoʻjalik xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xoʻjaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari, mehnatkashlar farovonligini oshirish koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajasiga bogʻliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir.

Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I.Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday xoʻjalik qurilishi boʻlishi mumkin emas deb taʼkidlagan

Qishloq xoʻjaligi - moddiy ishlab chiqarish ning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Moddiy ishlab chiqarishning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda Qishloq xoʻjaligi juda katta may-donlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qx.ning asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa; chorvachilikda — qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va boshqalar); Oʻz navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi.

Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.

Jahon Qishloq xoʻjaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 mln. kishi) band. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. ga, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999 yilda jahon Qishloq xoʻjaligida 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi.

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938 yil 15 yanvda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2,4 mln. kishidan ziyod (2004). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Toshkent shahri.

Viktor Vasnesov

Vasnesov Viktor Mixaylovich [1848. 3(15).5, Lopya qishlogʻi, hozirgi Kirov viloyati — 1926.23.7, Moskva) — rus rassomi, Peterburg BA haqiqiy aʼzosi (1893). Peterburg BAda taʼlim olgan (1868—75). 1880-y.lardan milliy tarixiy mavzularda, ertaklar mazmuniga oid asarlar yaratdi. Epik asarlarida xalq gʻoyalari va yuksak vatanparvarlik tuygʻularini aks ettirishga intildi, qad. rus amaliy va bezak sanʼati anʼanalarini rivojlantirdi: "Igor Svyatoslavichning qipchoqlar bilan jangidan soʻng" (1880), "Alyonushka" (1881), "Boʻriga mingan shahzoda Ivan" (1889), "Bahodirlar" (1881—98), "Shoh Ivan Vasilevich Grozniy" (1897) va b. 1880—90 y.lardagi ishlari teatr bilan bogʻliq, bu davrda yaratilgan asarlari rus teatr dekoratsiyasi sanʼati rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Tarix muzeyi uchun "Tosh davri" mahobatli namoyonini yaratdi (1883—85), Kiyevdagi Vladimir sobori devoriy rasmlari (1885—96) 19-asr 2-yarmida inqirozga yuz tutgan anʼanaviy cherkov mahobatli rang tasviri tizimiga ruhiy mazmun va joʻshqinlik kiritdi. Koʻplab portretlar yaratgan. V. rasmlari asosida cherkov va afsonaviy "Tovuq oyogʻidagi uycha" (1883, Abramsovoda) bunyod etilgan, Tretyakov galereyasi fasadi qurilgan (1902).

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.