Til

Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli. Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi.

Odam tili unumdorlik, rekursivlik va siljuvchanlik xususiyatlariga ega ekanligi hamda ijtimoiy kelishuv va oʻrganishga butunlay asoslangani uchun unikaldir. Binobarin, uning murakkab tuzilishi hayvonlar muloqotiga nisbatan juda keng ifoda va qoʻllanishlar koʻlamini beradi. Til erta homininlar asta-sekin primat muloqot tizimlarini oʻzgartira boshlagan paytda, boshqa onglar nazariyasini shakllantirish qobiliyati va intensionallikni oʻrganayotganida yuzaga kelgan, deb taxmin etiladi.

Ushbu rivojlanish miya hajmi oʻsishiga mos kelgan boʻlishi mumkin; aksariyat tilshunoslar til tuzilishini tegishli muloqot va ijtimoiy vazifalarga xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli, xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy oʻzaro munosabat orqali oʻzlashtiradilar va oʻrtacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi boʻlib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega.

Tillar vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir boʻlishi uchun qanday belgilarga ega boʻlganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik oʻrganadi. Umumiy ajdoddan keluvchi tillar guruhiga tillar oilasi deyiladi. Bugungi kunda jahonda eng keng tarqalgan tillar, jumladan inglizcha, ispancha, portugalcha, ruscha va hindcha hind-yevropa tillari; mandarin xitoychasi va kantoncha esa sino-tibet tillari; arabcha, amharcha va ivrit esa semit tillari; suahili, zulu va shona esa bantu tillari oilasiga kiradi. Tilshunoslar fikriga koʻra bugun mavjud tillarning 50 dan 90 foizigachasi 2100-yilga kelib yoʻqolib ketadi.[1][2]

Til konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, ogʻzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boʻladi. Koʻplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud boʻlgan elementlar va ular oʻrtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (baʼzi manbalarda 3000—7000 oraligʻida) jonli til borligi maʼlum. Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy boʻlgan baʼzi universal struktur xususiyatlar koʻzga tashlanadi. Lisoniy tizim nuqtai nazaridan tilning bunday universal xususiyatlari sifatida barqarorlashgan koʻplab til belgilari — soʻzlarning va ulardan foydalanish boʻyicha umumiy (grammatik) qoidalarning mavjudligi; soʻzlar tarkibida tilning eng qisqa (kichik) tovush birliklari — fonemalarning ajratilishi kabilarni koʻrsatish mumkin. Ayrim olingan soʻz doirasida fonemalar bir yoki bir necha boʻgʻinga birlashadi. Tilning kamroq umumiy bulgan struktur xususiyati alohida soʻzlar doirasida yanada kichikroq fonetik-semantik qismlar — morfemalarning ajralishidir. Nutq jarayonida har qanday nutq hodisasining gaplar tashkil etishi har qanday tovush tilining universal xususiyati hisoblanadi. Umumiy xususiyatlar doirasida turli xil tillarda ularni tashkil etuvchi elementlarning cheksiz variantlashuvi va bu elementlarning nutq jarayonidagi oʻzaro munosabati kuzatiladi.

Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega boʻlib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.

Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari — soʻzlar, soʻz birikmalari va gaplar — moddiy shakllar boʻlib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha obʼyektiv tarzda oʻz aksini topadi. Shunday kilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud boʻlmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo boʻladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.

Tilning , dastlabki tilning paydo boʻlishi masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida koʻplab nazariyalar, taʼlimotlar paydo boʻldi. Lekin bu nazariya va taʼlimotlar tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzil-kesil hal qilib bera olgani yoʻq.

Qayd etilganidek, jahon tillari oʻz grammatik qurilishi, lugʻat boyligi va boshqa jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin shu bilan birga ular barcha tillar uchun mushtarak boʻlgan umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Til davr bilan, zamon bilan hamohang ravishda oʻzgarib boradi (oʻzbek tilining qadimgi turkiy til davri bilan hozirgi koʻrinishi chogʻishtirilsa, bunday oʻzgarishlar qay darajada boʻlganligi yaqqol seziladi) va baʼzan, turli ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar oqibatida, muomaladan chiqib ketishi ham mumkin. Masalan, oʻtmishda jahon madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan feklar va rimliklar soʻzlashgan qadimgi yunon va lotin tillari davrlar utishi bilan muomaladan chiqib, oʻlik tillarga aylanib qolgan.

Tildagi oʻzgarishlar tabiati hamda til taraqqiyotidagi yoʻnalishlar 2 ta boshqa boshqa omil — jamiyat hayotidagi tarixiy oʻzgarishlar hamda til taraqqiyotining muayyan bosqichida uning strukturasidagi konkret xususiyatlar bilan belgilanadi. Til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligi tilning ichki strukturasi oʻzgarishlarida (asosan, leksika va frazeologiya sohasida), shuningdek, muayyan tilning tarkalish miqyoslari oʻzgarishida (jumladan, uning funksional uslublari taraqqiyotida) va uning lahjalarga boʻlinishi (differensiatsiyasi) darajasida namoyon boʻladi. Fonetika va morfologiya sohalaridagi oʻzgarishlar ijtimoiy hayot voqea-hodisalari bilan bevosita bogʻliq emas. Til strukturasining jiddiy oʻzgarishlari tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi jarayonlariga bogʻliq boʻladi. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlarida tillarning lahjaviy farqlanishi darajasidagi tafovutlar til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligini belgilovchi xususiyat xisoblanadi. Jamiyatning ayrim hududiy qismlarga iqtisodiy va siyosiy parchalanishi jarayonlari iqtisodiy va siyosiy birlashish jarayonlaridan ustun boʻlganda, yaxlit, bir butun tillar hududiy lahjalarga boʻlinib ketadi. Aksincha, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy birlashish jarayonlari hududiy parchalanish jarayonlaridan ustunlik qilgan davrlarda, laxjaviy differensiatsiya bilan bir qatorda, adabiyotda adabiy til sifatida mustahkamlanib qoluvchi yagona umumxalq tilini yaratishga imkon paydo boʻladi. Umumxalq milliy tilning shakllanishi tegishli millatning shakllanishi davrida roʻy beradi.

Tepantitla mural, Ballplayer A (Daquella manera)
Teotiuakandagi ushbu devor rasmida (taxminan 200-yil) personaj ogʻzidan nutqni ifodalovchi oʻrogʻlik xat chiqib kelyapti.

Shuningdek qarang

Manbalar

  1. Austin & Sallabank (2011)
  2. Moseley (2010)

Adabiyotlar

  • Dmitriy Petrov Poliglot, 2012
  • Usmonov S, Umumiy tilshunoslik, T., 1972;
  • Budagov R. A., Chelovek i yego yazik, M., 1974;
  • Berezin F. M., Golovin B. N., Obsheye yazikoznaniye, M., 1979;
  • Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.
Austin, Peter K (2011). "Introduction", Cambridge Handbook of Endangered Languages. Cambridge University Press. ISBN 978-0-521-88215-6.
(2010) Atlas of the World’s Languages in Danger, 3rd edition.. Paris: UNESCO Publishing.
Aholi

Aholi – Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan – Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. Lekin Aholi rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsirni ijtimoiy-iqtisodiy omillar koʻrsatadi. Aholi muammolari odamlarning biologik xususiyatlari, insonlarning atrof muhit bilan oʻzaro alokasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bogʻliq. Chunki aholining mehnatga yarokli qismi jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir.

Aholini ilmiy va muntazam oʻrganish oʻrta asrlardan boshlangan. Ani hisobga olish Yevropa va Amerikada 19-asrda, qolgan regionlarda 20-asrning dastlabki choragida yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekistonda aholi haqidagi statistik maʼlumotlar 19-asr 2-yarmidan boshlab mavjud. Respublikada aholi muammolarini oʻrganish 1960–1970-yillardan boshlab tez rivojlandi. AHOLIni ifodalovchi asosiy koʻrsatkichlar qatorini – uning takror barpo qilinishi (tugʻilish, oʻlim, nikohga kirish, ajralish, tabiiy oʻsish), joylanishi, urbanizatsiyasi, migratsiyasi, yosh jinsiy tarkibi va oilaviy holati, maʼlumot darajasi, irqiy, til, etnik, diniy tarkibi tashkil etadi. AHOLIning ijtimoiy-iqgisodiy tarkibini ifodalovchi koʻrsatkichlarga uning bandligi, iqtisodiy faolligi, kasb-hunari va boshqa kiradi.

Jahon aholisining soni uning joydan joyga tabiiy koʻchishi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar tabiiy Aholisining soni esa tabiiy koʻpayish koʻrsatkichlar id an tashqari migratsiya jarayonlariga ham bogʻliq. Jahon Aholisining soni, uning koʻpayish surʻati har bir mamlakatda oʻziga xos xususiyatga egadir va bu xususiyat muayyan davlatning ijtimoiyiqgisodiy tuzumi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar Aholisining soniga tabiiy koʻpayishdan tashqari migratsiya jarayoni ham taʼsir etadi. Yer shari Aholisining soni va uning oʻsish surʻatlari umuman uzluksiz ravishda ortmoqdAholi Faqat ayrim joylarda va baʼzi bir davrlarda urushlar, epidemiyalar, tabiiy ofatlar natijasida aholi oʻsish surʻatlarining vaqtincha pasayishi, uning mutlaq sonining esa qisqarishi kuzatilgan.

Arab tili

Arab tili – Somiy tillar guruhining janubiy tarmog‘iga mansub til. Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika shim.586dagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Arab tilida 200 mln. dan ortiq aholi gaplashadi (1997). Qadimiy Arab tili miloddan avvalgi 5 – 4-asrlarga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab tilining paydo bo‘lishiga zamin bo‘lgan. Mumtoz Arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri (5 – 7-asrlar) shoirlarining og‘zaki ijodlarida namoyon bo‘la boshlagan. Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada go‘zallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. 8 – 9-asrlarda mumtoz Arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan o‘lkalarda rasmiy va ilmiy til bo‘lib qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va boshqa ilmiy asarlarini ana shu tilda yozganlar. Mumtoz Arab tili leksik jihatdan bir oz o‘zgargan holda, hozirga qadar arablarning adabiy tili bo‘lib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosini birlashtirib turuvchi Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va boshqa mo‘’tabar manbalardir. Arab dunyosidagi vaqtli matbuot, nashrlar, radio va televideniye hozirgi shu tilda. Arab so‘zlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi, fonetik va leksik jihatdan birbiriga o‘xshamaydi. Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Mag‘rib, Xasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga bo‘linadi. Ushbu lahjalar asosan 3 sababga ko‘ra yuzaga kelgan: 1) arab adabiy tiliga quraysh qabilasi (Makka) shevasida nozil bo‘lgan Qur’oni Karim tili asos bo‘lgan, zero o‘sha vaqtlardayoq Arabiston yarim orolda yashovchi qabilalarning tillarida turli tafovutlar bor edi; 2) hozirgi arab dunyosining aksar qismi kelib chiqishi arab bo‘lmagan xalqlardir. Ular islom taʼsirida arablashgan. Ularning hozirgi so‘zlashuv tilida islomgacha mavjud bo‘lgan ona tillari unsurlarining bo‘lishi, tabiiy; 3) arab dunyosining aksar qismi g‘arb istilochilari hukmronligi ostida bo‘lganligi hududiy lahjalarning jiddiy farqlanishiga olib kelgan. Turkiston, xususan hozirgi O‘zbekiston hududi Arab xalifaligi tomonidan bo‘ysundirilgach va islom mahalliy aholi tomonidan qabul qilingach, Arab tili hamda arab yozuvi mazkur hududda ilmfan tili va yozuviga aylandi. Shu bilan bog‘liq holda arabshunoslik vujudga keldi.Ad.: Sharbatov G. Sh., Sovremenniy arabskiy yazik, M., 1961; Talabov E., Arab tili, T., 1993.Sarvar Abdullayev.

Davlat tili

Davlat tili (rasmiy til) - biror davlat yoki boshqa ma`muriy hududda shu hududdagi tillar orasidagi eng yuqori huquqiy o`ringa ega til.

Davlat tili — muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til. Odatda, koʻp millatli mamlakatlarda, mas, Hindiston, Kanada, Shveysariyada qaysi til yoki tillar rasmiy ekanligi konstitutsiyalarida belgilab qoʻyilgan. Davlatlarning koʻpchiligida rasmiy til bilan D.t. aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til maqomi D.t. maqomidan farqlanadi. Mas, Shveysariyada konstitutsiyaga binoan nemis, fransuz, italyan tillari — rasmiy til; nemis, fransuz, italyan va retoroman tillari — D.t. sanaladi.

Oʻzbekistonda shoʻrolar hukmronligi paytida D.t. haqida umuman gapirish ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek tilining ijtimoiy xdyotda qoʻllanilishi tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish maʼnaviy poklanishni boshlab berdi. Uning natijasi oʻlaroq "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonun qabul qilindi (1989 y. 21 okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda D.t.— oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi. Natijada 1995 y. 22 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining D.t. haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida D.t. sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va b. qonunlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida D.t.ni oʻrganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit yaratiladi hamda millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularning rivojlanishi taʼminlanadi. D.t.ni oʻqitish bepul amalga oshiriladi (4-modda). D.t.ga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar (24-modda). Mamlakatda demokratik, baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har bir millat va elatning erkin rivojlanishi, ularning til mustaqilligi va tengligi taʼminlangan. Taʼlimtarbiya ishlari oʻzbek tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys, turkman, qirgʻiz tillarida ham amalga oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati uchun yetarli imkoniyat yaratilgan. Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va anʼanalariga qarab biror imtiyoz berish yoki shu vajdan huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab boʻladi.

Deesen

{{Bilgiquti aholi punkti

| oʻzbekcha nomi = Deesen

| mavqe = kommuna

| mamlakat = Olmoniya

| mintaqa turi = Olmoniya yerlari|Yer

| mintaqa = Rheinland-Pfalz

| jadvalda mintaqa = Rheinland-Pfalz

| tuman turi = tuman

| tuman = Westerwaldkreis (tuman)

| jadvalda tuman = Westerwaldkreis (tuman)

| jamoat turi =

| jamoat =

| jadvalda jamoat =

| qaram =

| gerb = Wappen von Deesen.png

| bayroq =

| lat_dir = N | lat_deg = 50 | lat_min = 30 | lat_sec = 39

| lon_dir = E | lon_deg = 7 | lon_min = 42 | lon_sec = 0

| CoordAddon =

| CoordScale =

| mamlakat xaritasi oʻlchami =

| mintaqa xaritasi oʻlchami =

| tuman xaritasi oʻlchami =

| mamlakat xaritasi =

| mintaqa xaritasi =

| tuman xaritasi =

| ichki bolinishi =

| rahbar turi = Burgomistr

| rahbar = [[Franz Bendel

| asos solingan =

| ilk eslatilishi =

| avvalgi nomlari =

| qachondan beri =

| maydon = 3,40

| balandlik turi =

| AP markazi balandligi = 220

| iqlim =

| rasmiy til =

| aholi = 679

| sanalgan yil = 2010

| zichlik =

| aglomeratsiya =

| milliy tarkib =

| konfessiyaviy tarkib =

| etnoxronim =

| vaqt mintaqasi = +1

| DST = bor

| telefon kodi = 02626

| pochta indeksi = 56237

| pochta indekslari =

| avtomobil kodi = WW

| identifikator turi = Maʼmuriy birlik identifikatsiyasi raqami|Rasmiy kodi

| raqamli identifikator = 07 1 43 009

| Commons turkumi =

| sayt = http://www.deesen.de/

| sayt tili = de

}}

Deesen Olmoniyaning Rheinland-Pfalz yerida joylashgan kommunadir. Westerwaldkreis tumani tarkibiga kiradi. Maydoni – 3,40 km2. 679 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).

Fors tili

Fors tili yo Forscha, forsiy — xindevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy tarmogʻiga mansub til; asosan, Eronda (Eron Islom Respublikasining rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili), shuningdek, Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston, Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, AQShda, Kavkazorti va Oʻrta Osiyo respublikalarida ("eroniy" deb ataladi) tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni, oʻtgan asr oxirlaridagi maʼlumotlarga koʻra, 26 mln. kishidan ortiq. Fors tili tarixida 3 davr farqlanadi: qad., oʻrta va yangi. Xoz. Fors tili tojik hamda Afgʻonistondagi dari (forsi kobuliy) tillari bilan birgalikda qad. fors (axomaniylar sulolasi shohlarining miloddan avvalgi 6—4-asrlarga mansub mixxat yodgorliklaridan maʼlum), oʻrta fors (milodiy 3—7-asrlar yodgorliklari) va mumtoz yangi fors (9— 14-asrlar yodgorliklari) davrlarining genetik vorisi hisoblanadi. Fors tili oʻrta asrlarda Ozarbayjon va Hindistonda ham adabiy til sifatida qoʻllangan.

Fors tilining koʻplab lahja va shevalari boʻlib, tehron lahjasi ularning eng asosiysi va eng koʻp oʻrganilganidir. Bu lahja hozirgi adabiy Fors tiliga asos boʻlgan. Fonetik xususiyatlari: 6 ta monoftong , 2 ta diftong , 22 ta undosh fonema mavjud. Chuqur til orqa va boʻgʻiz undoshlari bor, urgʻu, odatda, oxirgi boʻgʻinga tushadi. Morfologik qurilishi analitik xususiyatga ega, kelishik va jins kabi grammatik kategoriyalar mavjud emas. Otlar son, aniklik va noaniklik kategoriyalariga, feʼllar shaxs, zamon, nisbat va mayl kategoriyalariga ega. Feʼl yagona tuslanish turiga ega va tuzilishiga koʻra sodda va qoʻshma feʼllarga ajraladi. Gapdagi soʻzlar aloqasida izofali tuzilmalar keng kullanadi. Kesim, asosan, ran oxirida, ega esa ran boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Leksikasining asosini sof eroniy soʻzlar tashkil etadi, lekin arabcha oʻzlashmalar ham juda koʻp (barcha leksikaning 50% igacha), shuningdek, turk, fransuz, ingliz va boshqa tillardan kirgan soʻzlar ham bor.

Fors tili qad. yozuv anʼanalariga ega, unda boy adabiyot mavjud. Dastlabki yodgorliklari 9-asrning 1-yarmiga mansub. Yozuvi arab alifbosi asosida, unga fors tiliga xos tovushlarni ifodalovchi 4 xarf qoʻshilgan holda shakllantirilgan.

Fransuz tili

Fransuz tili — xindevropa tillari oilasining roman guruxiga mansub til; Fransiya, Fransiya Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, BurkinaFaso, Gabon, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Kirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg , Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili xududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Fransiyaning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Asosiy lahjalari: frans (hozirgi Fransuz tilining tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, vallon va boshqalar), gʻarbiy (anjuy, gallo va boshqalar), jan.gʻarbiy (puatevin), markaziy, jan.sharkiy (burgund, franshkont), sharkiy (lotaringiya, shampan), frankprovansal.

Fransuz tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. Fransuz tili tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (5—8-asrlar), eski fransuz (9—13-asrlar), oʻrta fransuz (14—15-asrlar), ilk yangi fransuz (16-asr), yangi fransuzklassik (17—18-asrlar) va hozirgi fransuz (19-asrdan). Oʻrta asrlarda umumfransuz yozma tili maydonga keladi, 16-asrda milliy til (1539 yildan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-asrda adabiy til meʼyori barqarorlashadi. 20-asrda adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-asrlarga mansub.

Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urg`uning asosan soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urg`u ta`sirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Fransuz tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). So`zlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir kancha fammatik ma`nolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qo`llanadi. Fe`l sohasida 4 mayl, 3 nisbat va keng tarmokdi zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan sakdanib qolgan so`zlardan tashqari franklar tilidan sakdanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Fransuz tili rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar o`zlashgan.

Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. Fransuz tili Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega.Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.

Fransuz tili (français) asosan Fransiya, Belgiya, Luksemburg va Shveytsariyada kelib chiqqan, bugungi kunda esa dunyoning 54 mamlakatidagi 300 million odam uchun ona tili yoki ikkinchi til bo`lmish roman tildir.

Gerkules (yulduz turkumi)

Gerkules — osmonning Shim. yarim sharidagi yulduz turkumi; Ajdar, Hoʻkizboqar, Shimoliy toj, Ilon, Ilon eltuvchi, Burgut, Oʻq yoy, Tulki va Lira turkumlari orasida. Quyosh sistemasi G.ga tomon harakatlanadi. Oʻzbekistonda yoz va bahor paytlarida yaxshi koʻrinadi (qarang Yulduzlar haritasi).

Heimborn

{{Bilgiquti aholi punkti

| oʻzbekcha nomi = Heimborn

| mavqe = kommuna

| mamlakat = Olmoniya

| mintaqa turi = Olmoniya yerlari|Yer

| mintaqa = Rheinland-Pfalz

| jadvalda mintaqa = Rheinland-Pfalz

| tuman turi = tuman

| tuman = Westerwaldkreis (tuman)

| jadvalda tuman = Westerwaldkreis (tuman)

| jamoat turi =

| jamoat =

| jadvalda jamoat =

| qaram =

| gerb = Wappen von Heimborn.png

| bayroq =

| lat_dir = N | lat_deg = 50 | lat_min = 42 | lat_sec = 46

| lon_dir = E | lon_deg = 7 | lon_min = 45 | lon_sec = 19

| CoordAddon =

| CoordScale =

| mamlakat xaritasi oʻlchami =

| mintaqa xaritasi oʻlchami =

| tuman xaritasi oʻlchami =

| mamlakat xaritasi =

| mintaqa xaritasi =

| tuman xaritasi =

| ichki bolinishi = 3 osttuman

| rahbar turi = Burgomistr

| rahbar = [[Wilfried Schneider

| asos solingan =

| ilk eslatilishi =

| avvalgi nomlari =

| qachondan beri =

| maydon = 3,74

| balandlik turi =

| AP markazi balandligi = 220

| iqlim =

| rasmiy til =

| aholi = 289

| sanalgan yil = 2010

| zichlik =

| aglomeratsiya =

| milliy tarkib =

| konfessiyaviy tarkib =

| etnoxronim =

| vaqt mintaqasi = +1

| DST = bor

| telefon kodi = 02688

| pochta indeksi = 57629

| pochta indekslari =

| avtomobil kodi = WW

| identifikator turi = Maʼmuriy birlik identifikatsiyasi raqami|Rasmiy kodi

| raqamli identifikator = 07 1 43 236

| Commons turkumi =

| sayt = http://www.hachenburg-vg.de/08_gemeinden/heimborn

| sayt tili = de

}}

Heimborn Olmoniyaning Rheinland-Pfalz yerida joylashgan kommunadir. Westerwaldkreis tumani tarkibiga kiradi. Maydoni – 3,74 km2. 289 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).

Ivrit

Ivrit (עברית) (ibroniy tili) — Afro-Osiyo til oilasiga mansub Semit tildir. Som-xom tillari oilasiga kiradi. Ivritda Isroil va dunyoning boshqa burchaklaridagi yahudiy jamoatlaridagi yetti milliondan ortiq odam soʻzlashadi. Isroilning oʻzida arab tili bilan bir qatorda rasmiy til hisoblanadi. Yozuvi qadimgi yahudiy alifbosi asosida.

Jahon tillari

Dunyo tillari yoki jahon tillari — Yer sharida yashovchi (yoki avval yashagan) xalqlarning tillari. Ularning umumiy soni 2500-dan 5000 gacha. Koʻp tarqagan dunyo tillarining safiga (million kishi hisobi bilan 1985-yilgi maʼlimot boʻyicha) kiruvchi tillar: xitoy (1 mlrd-dan ziyod), ingliz (420), hind, o'nga yaqin urdu (320), ispan (300), rus (250), indoneziya (170), arab (170), bengal (170), portugal (150), yapon (120), nemis (100), fransuz (100), pendjav (82), italyan (70), koreys (65) tillari. Bu hisobga ularni gapiruvchilari bilan birga millatlararo, xalqlarolik aloqa sifatida foydalanuvchilar ham kiradi. Barcha dunyo tillari yaqinligiga qarab tilli oilalarga boʻlinadi. Ularning har biri yaqin dialektlari guruhidan chiqqan, qadimgi zamonlarda bir tilning dialektlari boʻlgan yoki bir tilli ittifoqqa kirgan.

Jahon tillari - yer yuzida hozirgi yashayotgan va qad. yashab oʻtgan xalqlarning tillari. J. t. umumiy soni turli manbalarda 2500 dan 5000 va undan ortiq deb koʻrsatiladi (bularning aniq sonini belgilash juda murakkab, chunki tillar oʻrtasidagi va bir tilning dialektlari orasidagi farqlar nihoyatda shartlidir). J. t. ichida keng tarqalganlari (soʻzlashuvchilar soniga koʻra) quyidagilar: xitoy, ingliz, rus, ispan, hind va urdu, indonez, arab, bengal, portugal, yapon, nemis, fransuz, italyan, panjob, telugu, koreys, maratxa, tamil, ukrain va b. Qardoshligiga koʻra J. t. tillar oiyaasita birlashadi. Bulardan eng keng tarqalgani hind-eepona tillari oilasiga mansub tillardir. Mazkur tillar taraqqiyoti tarixida qad. hind davri — vedalar, sanskrit tili, oʻrta hind davri— pali va prakriti tili, soʻnggi hind davri — hozirgi hind va unga yaqin boʻlgan urdu, bengal, maratha, panjob, gujorat, oriy sindxi, nepal, singal va b. alohida ajralib turadi. Eron tillari genetik jihatdan hind tillariga eng yaqin tillar hisoblanadi. Bular orasida qad. eron tili — kad. fors, ovasta, skif tillari; oʻrta eron — oʻrta fors (pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazm va b.; soʻnggi eron — fors, pushtu (afgʻon), kurd, osetin, pomir, tojik va b. tillar alohida ajratib koʻrsatiladi. Bu tillar vakillari mil. av. 3-ming yillikda Gʻarbiy Osiyo va Shim. Qora dengiz va Kaspiy boʻyi hududlariga tarqay boshlaydi. Qad. hind tilidagi matnlarning dastlabkilari mil. av. 1-ming yillikda yozilgan boʻlib, prakriti tillari ulardan rivojlanib, ajralib chiqqan, oʻz navbatida bu tillardan soʻnggi hind tillari — hind, urdu, bengal, maratha, panjob, rajastxon, gujorat, oriy va b. tillar vujudga kelgan. Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab Yevropada hind-yevropa tillarining gʻarbiy guruhiga mansub tillardagi yozuv yodgorliklar maʼlum. Bular ulik italiy tillar boʻlib, lotin, falisiy, osk, umbars va b. shu guruhga mansub. Lotin tilining mahalliy turidan roman tillari tarkib topadi: bular — ispan, portugal, fransuz, katalon, provansal, italyan, sardin, reto-ro-man, rumin, moldovan va b. tillardir. Kelt tillari ham italiy tillariga yaqin turadi va hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Buning tarkibiga hozirgi breton, val (uels-breton), irland, shotland, gel, mena, shuningdek, ulik galla va kornuel (korn) tillari kiradi. Qad. hind-yevropa tillari oilasi guruhiga german tillari ham kiradi. Xoz. german tillari quyidagi guruhchalarga boʻlinadi: 1) shim. german (yoki Skandinaviya) guruhchasi. Buning tarkibiga shved, norveg , dan, island va fareriya tillari kiradi; 2) gʻarbiy german guruhchasi. Buning tarkibiga ingliz, nemis, niderland (golland), friz, idish va afrika tillari kiradi. Sobiq sharqiy german guruhchasiga kirgan tillar (got va b.) ulik tilga aylangan. Hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi baltlar va slavyan tillari guruhlari bir-biriga yaqin turadi. Boltik, tillari tarkibiga hozirgi latish, litva, shuningdek, ulikpruss va b. tillar kiradi. Slavyan tillari guruhida: sharqiy slavyan — rus, ukrain va belorus; gʻarbiy slavyan — polyak, chex, slovak, lujitsa va ulik polab tillari; jan. slavyan tillari guruhida esa serb-xorvat, Sloveniya, bolgar, makedon, shuningdek, eski slavyan tillari bor. Grek, arman va alban tillari hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Xet tili, tohar tili, frigiy, frakiy, illiriy va b. tillar koʻhna hind-yevropa tillaridan hisoblanadi.

Som-xom tillari (anʼanaga koʻra afrika-osiyo tillari oilasi deb ham ataladi) tarkibiga som tillari (ulik akkad, eblait, koʻhna xanaan, qad. yahudiy, qad. oromiy, efiop va b. tillar, shuningdek, xoz. ivrit, arab, amhara, tikrika va b. tillar), barbaraliviya, chad (bular orasida eng koʻp tarqalgan — xausa), kushit (somali, galla va b.), allaqachon ulik tilga aylangan misr tili, undan kelib chiqqan kott tili kiradi.

Finugor tillari, bir tomondan, ugor tillari (venger, xanti va mansi tillari)ga, ikkinchi tomondan, 4 guruhchaga: perm (udmurt, komiziryan va komipermyak) tillari, volga (mari va mordva) tillari, boltiq boʻyifin (fin, eston, kenel va b.) tillari va suomi tillariga boʻlinadi.

Turk, oʻzbek, ozarbayjon, tatar, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, chuvash, boshqird, saxa, gagauz, qorayim va b., shuningdek, bir qator ulik tillar turkiy tillar oilasink tashkil etadi. Bu tillar quyidagi guruhlarga birlashadi: 1) bulgʻor (chuvash tili shunga mansub); 2) jan.-gʻarbiy (turk, ozarbayjon, turkman va b. tillar); 3) shim.-gʻarbiy (tatar, boshqird, qorayim, qumiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq, qozoq tillari va oltoy tillariga birlashib qirgʻizqipchoq guruhini tashkil etuvchi qirgʻiz tili); 4) jan.-sharqiy (oʻzbek va uygʻur tillari); 5) shim.-sharqiy (Saxa Respublikasi, Sibir va Oltoydagi boshqa tillar, shuningdek, ulik turkiy tillar, yaʼni qad. turkiy yozuvdagi Urxun-Yenisey va b. yozuv yodgorligi bitilgan tillar).

Buryat, hozirgi moʻgʻullarning oʻz tili va bularga yaqin qalmoq, oyrot va b. tillar moʻgʻul tillarini tashkil etadi. Tungusmanjur tillari tarkibiga manjur, even va b. tillar kiradi. J. t. orasida yapon tili (unga qardosh boʻlgan ryukyusi tili) aniq oʻz oʻrniga ega emas. Baʼzi olimlar bularni (koreys tilini ham) oltoy tillari guruhiga qoʻshadilar. Dravid tillari tarkibiga telugu, tamil, kannada, malayalam, tulu, gondi va b. tillar, shuningdek, bularga qardosh elam tili kiradi. Baʼzi ilmiy farazlarga koʻra, hindevropa, som-xom, kartvel, oʻrol, oltoy, dravid tillari yagona ulkan tillar oilasini tashkil etadi.

Kartvel (jan. Kavkaz) tillari tarkibiga gruzin, zan (yoki mergelochan) va svan tillari kiradi. Shim. Kavkaz tillari 3 guruhdan — abxaz, adigey, nax va dogʻiston tillari guruxidan iborat. Xitoy-tibet tillari tarkibida xitoy, tibet-birma (tibet, birma, ulik tangut, kachin), shuningdek, himo-lay, nevar va b. tillar bor. Baʼzi tasniflarga koʻra, avstronez tillari alohida oilani tashkil etadi va monkxemer, palaungva, Vyetnam, malakka, munda, myao-yao va b. tillarni oʻz ichiga oladi. Malayya-polineziya tillari (qarang Malayya tili va Polinez tillari) koʻpchilik olimlar tomonidan bir oilani tashkil etadi deb hisoblanadi. Uning tarkibi, anʼanaga koʻra, 4 guruhga bulinadi: indonez tillari, melanez tillari, polinez tillari va mikronez tillari. Osiyo qitʼasidagi tillar orasida kelib chiqishiga koʻra,turlicha boʻlgan paleoosiyo tillari aloxida oʻrin tutadi. Paleoosiyo tillari va ulib borayotgan ayna tilida Shim. Amerika indeyslari tillariga xos xususiyatlar uchraydi. Avstraliya tillari bitta oilani tashkil etadi. Garadye, narinyeri, mudura, aranda, vadyug va b. qabilalarning tillari shu oilaga mansub. Hind-Tinch okean (shu jumladan, koʻp sonli papuas tillari) va andaman tillarining bir-biriga qardoshligi aniqlangan. Afrika tub aholisining tillar tasnifi tugal ishlangan emas. Oʻz tarkibiga eng kup tillarni nigerkordofan yoki kongo-kordofan oilasi birlashtirgan (qarang Niger-kongo tillari). Bu oilaga mande, kva, bantu (shulardan eng kup tarqalgani suaxili), gur va b. tillar guruhi kiradi. Afrika xalqlari tillari orasida koysan tili (gottentot va baʼzi b. tillar) alohida oʻrinni tutadi. Indeys tillari tugal tadqiq etilmagan, uzaro genetik aloqalari xususida aniq, ilmiy maʼlumotlar yoʻq. J. t.ning anchaginasi haqidagi maʼlumotlar bizgacha saqlanib qolgan qad. yozuv yodgorliklaridan maʼlum, koʻpgina tillar esa izsiz yoʻqolgan. Jan,-Sharqiy Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tillarining tasnifi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun insoniyatning til tarixi hozirgi fanda uncha toʻliq yoritilgan emas.

Nemis tili

Nemis tili (nem. Deutsch) — Hind-Yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhiga mansub til. Idish tiliga yaqin. GFR, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi (qisman), Lyuksemburg Gersogligi (qisman), Belgiya Qirolligining rasmiy tili. Rossiya Federatsiyasida, Shim. va Jan. Amerikaning bir kancha mamlakatlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 110 mln. kishidan ortiqrokdir. Nemis tili frank, saks, turing , alemann, bavar singari gʻarbiy german kabilalari shevalari asosida tarkib topgan va quyi nemis, oʻrta nemis va jan. nemis lahjalariga, har bir lahja guruhi esa gʻarbiy va shar-qiy guruhchalarga ajraladi. Nemis tilining taraqqiyot tarixida milliy tilgacha boʻlgan (16-asrgacha) va milliy til (18-asrdan) davrlari farqlanadi; 16—17-asrlar oʻtish davri hisoblanadi. Hozirgi ada-biy til meʼyorlarining shakllanishi asosan 18-asr oxirida tugallanib, bu davrda grammatik tizim va imlo barqarorlashgan.

Hozirgi Nemis tili fonologik tizimida monoftong va diftonglar 45 foizni tashkil etadi (16 unli fonema va 3 diftong); undoshlar tizimi 18 undosh fonema va 2 qorishiq tovushdan iborat. Barcha fonemalar hosil boʻlish oʻrni, usuli va talaffuzi jihatidan oʻzaro farqdanadi, muayyan oʻziga xosliklarga ega. Gramatik qurilishi analitiksintetik xususiyat bilan ajralib turadi. Mas, otlarda jins va kelishik shakllari, asosan, analitik tarzda, son kategoriyasi esa sintetik tarzda ifodalanadi. Bu holat boshqa soʻz turkumlaridagi shakllar ifodasida ham ku-zatiladi. Gapning asosiy turi feʼl markazli ran. Yasama, qoʻshma feʼllardan ifodalangan kesim qismlarining ran tarkibida distant holatda qoʻllanishi Nemis tilining aloqida xususiyati hisoblanadi.

Soʻz yasash vositalari tizimi yaxshi rivojlangan; soʻz qoʻshish bilan ot (asosan, termin) yasalishi keng qoʻllanadi. Lugʻat tarkibida asl nemischa soʻzlar qatori lotin, fransuz, italyan, ingliz va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham koʻplab uchraydi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.

Adabiy Nemis tilining Avstriya va Shveysariyadagi variantlari Germaniyadagi variantidan adabiy tildan turlicha foydalanish va uning lahjalar hamda soʻzlashuv tiliga munosabati nuqtai nazaridan oʻzaro farqdanadi.

Nom

Nom (mantiqda) — til ifodasi. Predmet (atoqli N.) yoki bir guruh predmetlar (umumiy N.)ni anglatadi. Bunda predmet keng maʼnoda tushuniladi. Atoqli N.lar ayrim predmetlarning N.lari (Mas, "Bobur", "Oʻtgan kunlar" muallifi) hamda bir guruh predmetlarning umumlashgan N.lariga (Mas, "insoniyat") boʻlinadi. Guruhlar N.ini umumiy N. (Mas, "inson")dan farqlash lozim. Sodda yoki elementar N.lar va murakkab N.lar boʻladi. Sodda N.lar boshqa N.lardan yoki tilning boshqa maʼnoli ifo-dalaridan tuzilmaydi. Murakkab N.lar esa maʼno kasb etuvchi qismlardan tu-zilgan boʻladi ("insoniyat" — sodda N. boʻlsa, "xrzirgi insoniyat" murakkab N.). Formallashgan tillarda atoqli N.larning analogi konstantadir; predmetlarning atoqli N.lariga individ konstantalar, guruhlarnint atoqli N.lariga guruh konstantalar mos boʻladi. N.lar va ular bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar (avvalo N. bilan u ifoda etadigan predmet urtasidagi munosa-bat)ni mantiqiy semantika oʻrganadi.

Oʻzbek tili

Oʻzbek tili (Oʻzbekcha yoki Turkiy Oʻzbekcha) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi.

Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda takomillashtirildi.

Oʻzbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:

Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan.

XI—XIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lugʻatit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissai Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.

XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi oʻzbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi oʻzbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.

Oʻzbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi.

Eski oʻzbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.

Rus tili

Rus tili — rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, soʻng Rossiya Federatsiyasi va MDHda millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi. Ukrain va belorus tillari bilan birgalikda hindevropa tillari oilasiga kiruvchi slavyan tillarining sharqiy guruhini tashkil etadi. Oʻtgan asrning 80-yillaridagi maʼlumotlarga koʻra, Rus tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 mln. kishidan, jumladan, hozirgi Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida 185 mln. kishidan iborat. Bundan tashqari, mazkur hududlardagi 60 mln.dan ortiq kishi Rus tilida erkin soʻzlasha oladi.

Rus tili juda uzoq va murakkab rivojlanish tarixiga ega. Eng qadimgi rus adabiy tili Kiyev Rusida shakllangan boʻlib, u 14-asrgacha sharqiy slavyanlar uchun umumiy til hisoblangan. 14—15-asrlarda qadimgi Rus tili 3 tilga — velikorus (rus), ukrain va belorus tillariga boʻlinib ketadi. Shu davrdan boshlab Rus tili boshqacha aytganda, velikorus tili markazi Moskva boʻlgan Rus davlati hududida rivojlana boshlaydi.

Rus tili lahja va shevalari 2 ga: shimoliy velikorus ("o" lovchi) va janubiy velikorus ("a" lovchi) guruhlariga boʻlinadi; oʻrta rus shevalari mazkur har ikkala guruh xususiyatlarini oʻzida aks ettiradi. 16—17-asrlarda shimoliy va janubiy lahjalar chegarasida boʻlgan Moskvada oʻziga xos koyne (umumiy laxja) shakllanib, u namunali tilga aylanadi.

Qadimgi Rus tili xususiyatlarini saklab qolgan adabiy til bilan soʻzlashuv tili oʻrtasida sezilarli tafovutlar paydo boʻlib, 17-asrdan boshlab rus millati va rus milliy tili shakllana boshlaydi. 17-asr oxiri —18-asr boshidagi adabiy til boy va ifodali, koʻplab gʻarbiy yevropa oʻzlashmalariga ega esada, barqaror boʻlmagan. Uni tartibga solish va barqarorlashtirishda M. V. Lomonosovning xizmatlari katta boʻlgan. 19-asr boshlarida adabiy tilning xalqchilligi bosh muammo hisoblanib, bu muammoning yechimida I. A. Krilov, A.S. Griboyedov, ayniqsa, A. S. Pushkin ijodi alohida oʻrin tutadi. Ayni Pushkin ijodida umummilliy rus adabiy tilining shakllanishi yakun topadi. Pushkinning buyuk xizmati shundaki, uning ijodida adabiy Rus tilining umummilliy meʼyorlari ishlab chiqilgan va mustahkamlangan hamda bu meʼyorlar Pushkinning zamondoshlari va undan keyingi avlod tomonidan qabul qilingan.

Adabiy tilning boyishiga 19—20-asrlardagi rus adabiyotining mumtoz vakillari ulkan hissa qoʻshdilar; 19 a.ning 2-yarmidan boshlab uning rivojlanishiga yozuvchilar bilan bir qatorda jamoat arboblari, fan va madaniyat namoyandalari ham katta taʼsir koʻrsatib kelmokdalar. Oktabr toʻntarishidan soʻng oʻzgacha ijtimoiy tuzum hamda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli Rus tilida, ayniqsa, uning leksikasida sezilarli oʻzgarishlar paydo boʻddi, adabiy tilning umumiy demokratlashuvi kuchaydi.

Rus tili flektivsintetik tillardan boʻlib, unda 3 ta grammatik jins turkumsi, otlarning 3 xil turlanishi, feʼllarning 2 xil tuslanishi mavjud; koʻmakchilar predlog koʻrinishida, yaʼni oʻzi bogʻlanadigan soʻzlar oldidan joylashadi.

Hozirgi rus alifbosi Kirill yozuvi (kirillitsa)ga asoslangan (qarang Rus alifbosi). Unda bitilgan eng qad. yodgorliklar 11-asrga taalluklidir.

20-asr oʻrtalaridan boshlab butun jahonda Rus tilini oʻrganish keng tarqaladi. Rus tili dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatda oʻqitiladi. 1967 yilda Rus tili va adabiyoti oʻqituvchilarining xalqaro assotsiatsiyasi, 1973 yilda A. S. Pushkin nomidagi Rus tili instituti tashkil etilgan. Shoʻro davrida Oʻzbekistonda va MDHning bir qancha mamlakatlarida Rus tilini oʻqitishoʻrgatishga alohida eʼtibor berilgan, hatto bu jarayon majburiy asosda olib borilgan. Hozirgi paytda ham respublikamizda Rus tilini oʻrgatish, avvalgiday majburiy boʻlmasada, oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.

Spiral galaktikalar

Spiral galaktikalar - tashki koʻrinishi spiralni eslatuvchi gigant yudduz sistemalari. Teleskopda kuzatilganda katta ravshan yadrosi koʻrinadi, uning atrofini yadrodan boshlanuvchi spiralsimon bir necha shoxobcha oʻrab turadi. S.g . koʻpincha bir tomonga oʻralgan ikki shoxobchadan iborat boʻladi. Baʼzan daraxt shoxchalariga oʻxshash erkin shoxobchali S.g . kuzatiladi. Hatto bitta tarmokli S. g . mavjud. Hamma shoxobchalar deyarli bir tekislikda, yaʼni Galaktikaning aylanish tekisligida joylashgan. Andromeda tumanligi ham, bizning Galaktika ham S.g . (Somon yuliijj ayrim qismlari ikkiga ajralgan holda koʻrinadi) hisoblanadi. Astronomik kuzatishlardan Quyosh sistemasi spiral tarmoklar orasidagi oralikda joylashganligi anikdangan. Ayrim S.g . (mas, NGC 1300) da tarmoklar yadrodan emas, balki u bilan "koʻprik" vositasida bogʻlangan va undan bir necha oʻn parsek masofadan boshlanadi. Bunday S.g . uzilgan S.g . deb ataladi. S.g . oʻz oʻqi atrofida aylanadi. Aylanish tezligini oʻlchab, galaktikalarning massasini taxminan hisoblab chiqarish mumkin (yana q. Galaktika, Galaktikalar).

Tojik tili

Tojik tili — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining janubi-gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Shimoliy Afgʻonistonda, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. Tojik tilida jami 10 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 4 mln.dan, Oʻzbekistonda 1 mln.dan ortiq, Afgʻonistonda 4 mln.ga yaqin) kishi soʻzlashadi (2001). Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor.

Adabiy Tojik tili qad. forstojik tili (9— 15-asrlar)ga — fors, tojik va dari tillarida soʻzlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib takaladi. 20-asrda adabiy tilning soʻzlashuv tili bilan yaqinlashuvi natijasida unda, ayniqsa, leksikada, jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi.

Tojik tilidagi ilk yozma yodgorliklar 9-asrga mansub. Tojikiston Respublikasidagi Tojik tilida 1929 yil gacha arab, 1940 yilgacha lotin, 1940 yildan rus grafikasi asosidagi yozuvdan foydalaniladi.

Tojik tili (toj. забони Тоҷикӣ) Tojikiston, O‘zbekiston, Eronning shimoliy-sharqiy qismi, Afg‘onistonning shimoliy qismi, Turkmanistonning janubiy qismi hamda Xitoyning shimoliy qismida yashaydigan aholining so‘zlashuv tili hisoblanib, dunyoda 6 milliondan ziyod kishi bu tilda gaplashadi. Tojik tili eroniy tillarining pahlaviy tili oqibatida vujudga kelgan. Milodiy 8-9 asrlarda Yaqin Sharq va O‘rta Osiyoda fan va madaniyat tili darajasiga ko‘tarilib, forsii dariy sifatida davlat tili maqomiga erishgan. 9-15 asrlarda she‘riyat tili sifatida nash‘unamo qilib nodir asarlar yaratildi. Misol sifatida bir "Layli va Majnun" dostonining o‘zi 88 shoir tomonidan turlicha talqinda yozildi. Rudakiy, Abu Ali ibn Sino, Firdasiy, Xayyom, Rumiy, Saʼdiy, Hofiz, Jomiy, Bedil dek allomalar ushbu tilda ijod qilishdi.

O‘zbekistonda bu til asosan Samarqand va Buxoro, qisman esa Andijon, Namangan, Fargʻona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va juda kam miqdorda Sirdaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlarida yashovchi aholining so‘zlashuv tili hisoblanib, O‘zbek tilidan keyin ikkinchi tarqalgan til sifatida eʼtirof etiladi.

Turk tili

Turk tili (Turkcha: Türkçe) — soʻzlashuvchisi eng koʻp bolgan turkiy til. Turk tilida gaplashuvchilar asosan Turkiyada yashashadi. Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Oʻzbekiston ,Olmoniya, Niderlandlar kabi davlatlarida ham turk tilida gaplashuvchilar bor.

Turk tili — turkiy tillarpgm biri. Asosan, Turkiyada, shuningdek, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Kipr oroli, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkiya Respublikasining va Kipr Respublikasining (grek tili bilan birga) rasmiy tili hisoblanadi. Oʻtgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 55 mln. ga yakin (Turkiyaning oʻzida 50 mln. dan ortiq) kishini tashkil etgan. Dialektal jihatdan Turkiyada Sharqdagi, ayniqsa, Anatoliya shim.sharqidagi mintaqa ozarbayjon tiliga oʻxshashlik belgilari bilan ajralib turadi. Anatoliyaning boshka qismi hamda sharqiy frakiya shevalari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi Turk tili lahjalari oʻzaro unchalik farq qilmaydi.

Turk tilining fonetik oʻziga xosliklari: soʻz boshidagi va oʻrtasidagi j undoshining qarindosh turkiy tillardagi boshqa oʻxshash tovushlarga toʻgʻri kelishi, soʻz boshidagi rv, td, kg jarangeizlari va jaranglilarining farqlanishi va singarmonizmning mavjudligi, bir qancha soʻzlarda portlovchi v oʻrniga sirgʻaluvchi v undoshining kelishi; boshqa turkiy tillardagi "vo1" feʼlining "ol" tarzida qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilaridan mis shaklli sifatdoshning qipchoq va boshqa bir qancha turkiy tillardagi gan shaklli sifatdosh bilan vazifadoshligi; dik shaklli qad. harakat nomi va uog shaklli aniq hozirgi zamon feʼlining faol qoʻllanishi va boshqa ni koʻrsatish mumkin.

Adabiy Turk tili hozirgi shaklida 19-asr oʻrtalaridan shakllana boshlaydi. Bu davrda oʻrta asr adabiy tili (eski turk yoki usmonli turk tili) arabcha, forscha elementlarga boy boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridagi islohotlardan soʻng adabiy til umumxalq soʻzlashuv tili bilan yaqinlashdi. Eski Turk tili ning arab yozuvida bitilgan yodgorliklari 13-asrdan boshlab mavjud. Dastlabki yodgorliklarda sharqiy turkiy (qoraxoniyuygʻur) adabiy tilining sezilarli taʼsiri bor. Hozirgi yozuvi 1929 yildan lotin grafikasi asosida.

Turkum

Turkum (genus) —1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi T. ga toʻgʻri keladi. Mac, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) doʻlanalar T. iga birlashtiriladi. T.ning ilmiy nomi bitta lotincha soʻz bilan yuritiladi. T.lar bitta, bir nechta, oʻnlab, hatto yuzlab turlardan tashkil topadi. Har bir T. (urugʻ) biror oila tarkibiga kiradi. 2) zoologiyada hayvonlar sistematikasidagi taksonomik kategoriya, bir necha oilani birlashtiradi. Sistematikada koʻpincha T. sinflarga bevosita emas, balki oraliq kategoriyalar (ustturkum, infra sinf, kenja sinf) orqali birlashtiriladi.

Xitoy tili

Xitoy tili — xutoy-tibet tillari oilasiga mansub tillardan biri. XXRning rasmiy davlat tili. Unda XXRning 92% aholisi — 1 mlrd. 292 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi (2003 y.). Xitoy tili, shuningdek, Indoneziya, Kambodja, Laos, Vyetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlarida tarqalgan (30 mln.dan ortiqkishi soʻzlashadi). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Xitoy tilida asosan, 7 lahja guruhi farqlanadi: 1) shim. (bu lahjada 70% kishi soʻzlashadi va u hozirgi adabiy Xitoy tiliga asos boʻlgan); 2) u; 3) syan; 4) gan; 5) xakka; 6) yue; 7) min. Bu lahjalar fonetik va leksik jihatdan oʻzaro katta farq qiladi, hatto lahjalarning vakillari bir-birlarini tushunmay qoladilar; biroq ularning grammatik qurilishi va lugʻat tarkibi yagonadir. Lahjalar muntazam tarzdagi tovushiy mosliklar orqali oʻzaro bogʻlangan. Xitoy tilining fonetik meʼyorlari Pekin sh. talaffuziga asoslanadi.

Xitoy tili ga oid qad. yozma yodgorliklar (tosh, bronza, suyak va boshqalarga yozilgan yozuvlar) mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga oid. Qad. adabiy yodnomalar — "Shutszin" ("Tarix kitobi") va "Shitszin" ("Qoʻshiqlar kitobi") mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmiga oid. Oʻsha davrdagi jonli lahjalar asosida qad. adabiy Xitoy tili — venyan vujudga kelgan. Keyinchalik u ogʻzaki jonli tildan uzokdashib, mil. 1-ming yillikda xalq tushunmaydigan til boʻlib qolgan. Shu sababli mil. 1-ming yillikda yangi (sodda) yozma til — bayxua vujudga keladi; shim. bayxua tili keyinroq umumxalq Xitoy tili — putunxua (umumxalqqa tushunarli til) uchun asos boʻldi. 20-asrning 1-yarmida putunxua qad. Xitoy tili — venyanni tamoman siqib chiqarib, yagona milliy til boʻlib qoldi.

Xitoy tilidagi morfema va sodda soʻzlar odatda bir boʻgʻinlidir. Boʻgʻin tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar (ularning soni haqida hanuz yagona fikr yoʻq) maʼlum bir tartibda joylashadi. Mas, bir necha undosh tovush ketmaket kelishi mumkin emas, biroq unlilar ketmaket, oʻzaro birikib kelishi mumkin. Toʻliq tarkibli xitoy boʻgʻinida birinchi oʻrinda hamisha undosh tovush turadi, ikkinchi oʻrinda 1unli, undan keyin 2unli, oxirida esa yarim (kuchsiz) unli yoki burun tovushi joylashadi. Qatʼiy tartibga qaramasdan Xitoy tilida boʻgʻin tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xitoy boʻgʻinlarining miqdori chegaralangandir. Putunxuada 414 boʻgʻin, ton (ohang—musiqiy ovoz) variantlarini hisobga olganda, 1324 boʻgʻin bor. Xitoy tilida ton (ohang), tovushga oʻxshab, maʼno farqlash vazifasini bajaradi (qarang Tonal tillar). Agar bir boʻgʻin 4 xil ton bilan talaffuz etilsa, 4 ta har xil maʼnoli soʻz hosil boʻladi.

Xitoy tilida bir boʻgʻinli soʻzlarga nisbatan ikki boʻgʻinli soʻzlar koʻproq. Terminologiyaning rivojlanishi natijasida ikkidan ortiq boʻgʻinli soʻzlar ham koʻpaymoqda. Soʻz yasalishi soʻz qoʻshish, affiksatsiya va konversiya (bir soʻz turkumidan boshqa soʻz turkumiga oʻtish) orqali amalga oshadi. Soʻz yasash qoliplari soʻz birikmalari qoliplariga oʻxshash boʻlganligidan baʼzan yasama, qoʻshma soʻzlarni soʻz birikmalaridan ajratib olish qiyin.

Xitoy tilida deyarli oʻzlashma soʻzlar yoʻq. Oʻziga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega. Xitoy tili, asosan, amorf tillardan boʻlsada, ayrim hollarda agglyutinativ belgilar ham uchraydi. Xitoy tili iyeroglifik yozuvdan foydalanadi (qarang Xitoy yozuvi).

LA.Torelov V. I., Prakticheskaya grammatika kitayskogo yazika, M., 1957; Solnsev V . M., Ocherki po sovremennomu kitayskomu yaziku, M., 1957; Yaxontov S. Ye., Drevnekitayskiy yazik, M., 1965; Hidoyatova Sh., Karimov A., Aminov E., Xitoy tili grammatikasi (fonetika va iyeroglifik yozuv), T., 2004.

Akramjon Karimov.

Xitoy tili (汉语/漢語, pinyin: Hànyǔ; 华语/華語, Huáyǔ; yoki 中文, Zhōngwén) - Xitoy-Tibet oilasiga kiruvchi til. Xitoy Xalq Respublikasi,Tayvan, Gang Kong, Makau va Singapurning rasmiy tili. Bugun Xitoy tilida 1.136 milyard kishi soʻzlashadi.

Yunon tili

Yunon tili (yunon. Ελληνικά [ɛliniˈka]) — yunon tili tarixidagi dastlabki bosqichda — mil. av. 14— 12-asrlardan mil. 1 —4-asrlargacha amalda boʻlgan (hoz. oʻlik) til; greklarning qadimiy tili (yana q. Yunon tili). Hindevropa tillari oilasida qadimiy makedon tili bilan birgalikda alohida yunon guruhini tashkil etadi. Yunon tili taraqqiyoti tarixi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: 1) eng qadimiy (arxaik) davr (mil. av. 14—12-asrlar — 8-asr); 2) klassik davr (mil. av. 8—7-asrlardan 4-asrgacha); 3) ellinistik davr (umumyunon tilining shakllanish davri — mil. av. 4—1-asrlar); 4) soʻnggi yunon davri (mil. 1—4-asrlar). Yunon tilida quyidagi lahja guruhlari farqlanadi: ioniyattik (ioniyaattika), arkadkipr, eoliy va doriy. Klassik davrning boy adabiyoti ioniy lahjasida — Gesiod, Gerodot; attika lahjasida — Esxil, Sofokl, Yevripid (tragediya), Aristofan (komediya), Platon va Aristotel (falsafa), Fukidid va Ksenofont (tarix), Demosfen (notiklik, stilistika); eoliy lahjasida — Alkey, Sapfo (lirik sheʼrlar, qoʻshiqlar) va boshqalar tomonidan yaratilgan. Homer dostonlarining tilida (mil. av. 8-asr) bir necha lahjalarning unsurlari kuzatiladi. Mil. av. 5-asr oxirlarida attika lahjasi Yunonistonning adabiy tiliga aylanadi. Ellinistik davrda attik va ioniy lahjalar asosida 2 xil: adabiy va soʻzlashuv koʻrinishlariga ega boʻlgan umumyunon tili shakllanadi. Keyingi davrda adabiy til bilan soʻzlashuv tili oʻrtasidagi farqlar kuchayib, ular mustaqil holda rivojlana boshlaydi.

YU.t. leksikasi juda boy boʻlib, uning tarkibida sof yunoncha qatlamdan tashqari som tillari, fors va lotin tillaridan kirib kelgan soʻzlardan iborat oʻzlashma qatlam ham bor. Yunon tili leksikasi, lotin tili leksikasi bilan birga, hozirgi ilmiy va ilmiytexnikaviy terminologiyaning manbai boʻlib qoldi.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.