Shimol


Shimol, shimol nuqtasi — ufqning toʻrtta asosiy tomonidan biri. Tush chizigʻi bilan haqiqiy ufq doira chizigʻi kesishgan va Shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan nuqta. Quyosh chiqadigan tarafga qarab turganda chap tomonda. Sh. yoki N (North) harfi bilan belgilanadi.


Shimol - dunyo tomonlaridan biri.

CompassRose16 white
Dunyo tomonlari
  Shimol  
Gʻarb Kompass Sharq
  Janub  
Arktika

Arktika – Yerning eng shimoliy nuqtasida joylashgan qutbiy mintaqa. Arktikaga Shimoliy Muz okeani hamda Kanada, Rossiya, Daniya (Grenlandiya), Norvegiya, AQSh (Alaska), Shvetsiya, Finlandiya va Islandiya davlatlarining bir qismi kiradi. Odatda Arktikaning janubiy chegarasi Shimoliy Qutb doirasiga deyarli tug‘ri keladi. Umumiy maydoni taxminan. 21,3 mln. km², shundan 14,2 mln. km² suv yuzasiga to‘g‘ri keladi. Arktikaning quruklik qismi Rossiya, Kanada, AQSHning Alyaska shtati, Daniya (Grenlandiya) va Norvegiya (Shpitsbergen) hududlarining bir qismini o‘z ichiga oladi. Tabiiy xususiyatlariga ko‘ra, Arktika orollarining ko‘proq (Shimol) qismi Arktika muz zonasiga, materik qismi va janubiy orollar tundra zonasiga kiritiladi. Rossiya Arktikasining Shimol qismini o‘zlashtirishda shu yerdan o‘tadigan Shimoliy dengiz yo‘li katta rol o‘ynagan.

Bugʻuchilik

Bugʻuchilik — chorvachilik tarmogʻi, shimol va pant bugʻularini yetishtirish va xoʻjalik maqsadlarida foydalanish bilan shugʻullanadi. Shimol B.da xonakilashtirilgan shimol bugʻulari goʻsht, teri, sut olish uchun hamda ulov tarzida foydalanish maqsadlarida, pant B.da olachipor bugʻu, maral, izyubr shoxi (pant) olish, shuningdek goʻshti va terisi uchun boqiladi. Shimol bugʻuchiligi Chekka Shimol qishloq xoʻjaligining eng muhim tarmogʻi. Bugʻular podalari (1500—1800 bosh) yaylovdan yaylovga koʻchib — bahor va yozda ochiq tundrada, qishda oʻrmon tundra (tayga)da oʻtlatib boqiladi.

3—5 oylik buzoqlari (25–30 kg goʻsht beradi) va katta yoshdagi bugʻular goʻsht olish uchun soʻyiladi. Urgʻochi bugʻulardan sogʻim davrida 40–50 kg (ayrimlaridan 85 kg gacha) sut sogʻib olinadi (yogʻlilik darajasi 17— 19%). Bugʻu terisidan sifatli charm (zamsha, xrom) tayyorlanadi, issiq kiyimlar, palatkalar tikiladi. Shimol bugʻulari Chekka Shimolning asosiy transport vositasi, ulardan minish, yuk tashish va boshqa maqsadlarida ham foydalaniladi. Asosan Rossiya, Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya, AQSH (Alyaska), Kanadaning tundra va oʻrmon (tundra) zonalarida tarqalgan. Jahonda 5 mln. boshdan ortiq shimol bugʻulari boqiladi. Ularning yarmidan koʻprogʻi Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi. Pant B. Rossiyaning Oltoy, Krasnoyarsk, Primorye oʻlkalari, Qozogʻistonda rivojlangan boʻlib, hayvonlar maxsus fermalar (B. xoʻjaliklari)da boqiladi. Shuningdek, Xitoy, Koreya, Mongoliyada ham pant B. bor.

Dunyo tomonlari

Dunyo tomonlari (ufq tomonlari) — ufq (gorizont)ning 4 asosiy nuqtasi: shimol (Sh. yoki N), janub (J., S), sharq (Sh., O yoki Ye), gʻarb (F., W). Baʼzan ufqning tegishli choragi (shim., jan., sharqiy va gʻarbiy) tomonlarini ham D. t. deyiladi. Shimolni Qutb yulduzi orqali aniqlasa ham bo'ladi.

Bu 4 nuqtani asosan lotincha nomining bosh harflari bilan ishlatiladi N, S, E, W. North (Shimol), South (Janub), East (Sharq), West (G'arb).

Gʻarb

Gʻarb — ufqning , dunyoning 4 asosiy tomonlaridan biri. Shim.ga qarab turgan quzatuvchining chap tomonida. Osmon soyerasida Gʻ. olam (osmon) ekvatori bilan haqiqiy ufq chizigʻi kesishgan ikkita nuktadan biri. Gʻ. yoki XV (\uye„1) bilan belgilanadi. Oʻrta asrlarda Gʻ. oʻrniga magʻrib atamasi ishlatilgan. Afrikaning shimoli-gʻarbiy qismi, Tunis, jazoir, Marokash Magʻrib deb, Atlantika okeani, Oʻrta dengiz Magʻrib dengi-zi, Sahroi Kabir, Sudan choʻllari Magʻrib choʻllari deb atalgan. Magʻribdan mashriqqacha deganda Afrikadan Xitoygacha boʻlgan hudud tushunilgan.

Gʻarb - dunyo tomonlaridan biri (Quyosh botadigan tomon).

Janub

Janub, janub nuqtasi — matematik (haqiqiy) ufq bilan osmon meridiani kesishgan nuqta. Ufqda dunyoning janubiy qutbiga eng yaqin joylashgan. Janub ufqning asosiy nuqtalaridan boʻlib, shimol nuqtasiga qarama-qarshi joylashgan. Oʻzbek tilidagi xaritalarda J yoki xalqaro xaritalarda S harflari bilan belgilanadi.

Magadan viloyati

Magadan viloyati – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. Uzoq Sharq iqtisodiy rayoniga kiradi. 1953 yil 3 dekabrda tashkil etilgan. Rossiya Federatsiyasining chekka shimoli-sharqiy qismida. Maydoni 461,4 ming km². Aholisi 232,8 ming kishi (2000). Asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus, tatar, evenk va boshqa ham yashaydi. 8 tumanga boʻlingan; 2 shahar, 28 shaharcha bor. Markazi Magadan shahri Magadan viloyati Sharkiy Sibir, Chukotka, Bering va Oxota dengizlari bilan oʻralgan. Viloyatning koʻp qismini Kolima togʻlari egallagan. Penjina qoʻltiqchasidan Anadir qoʻltigʻigacha keng Anadir pasttekisligi joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: oltin, qalay, volfram. Toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir konlari bor. Iklimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi salqin. Iyulning oʻrtacha temperaturasi Oxota dengizi sohillarida 1 G– 12°, Shimoliy Muz okeani sohillarida 3°– 6°, yanvarniki Oxota dengizi soxillarida –19° dan –23° gacha, Shimoliy Muz okeani sohillarida –24° dan –28° gacha. Magadan viloyatining ichki qismlarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 14°–16°, yanvarniki –38°. Yiliga 300–350 mm, Oxota va Bering dengizlari sohillarida 500–700 mm, yogʻin tushadi. Oxota dengizi sohillaridan boshqa hamma joylar zamini muzlab yotadi. Vegetatsiya davri 100–105 kun. Yirik daryolari: Kolima va Anadir. Tuproklari podzolli togʻ-oʻrmon va togʻ-tundra tuproklari. Magadan viloyati tundra, oʻrmonli tundra va taygada joylashgan. Dauriya tilogʻochi, yer bagʻirlab oʻsadigan kedr koʻp. Tiyin, oqtovushqon, qutb tulkisi, tulki, oq ayiq, qoʻngʻir ayiq, rosomaxa, latcha, shimol bugʻusi, los, qushlardan kaklik, oʻrdak, gʻoz bor. Da-ryolarda baliq, dengizlarda kit, morj, tyulen yashaydi. Mashinasozlik, metallsozlik, baliq sanoati rivojlangan. Arkagala GRES, Kolima GES bor. Sut-goʻsht chorvachiligi, darrandachilik, moʻynachilik bilan shugʻullaniladi. Viloyat hududiy Magadan qoʻriqxonasi, Talaya kurorti bor.

Meyn

Meyn - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Augusta shahri. AQSh ittifog`iga 15 mart 1820 yilda kirgan, undan oldin - Massachusetts. Meynning beshdan to’rt qismini yog’och qayta ishlovshi sanoati uchun juda muhim bo’lgan o’rmonlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham shtatning “yog’och shtat” va “sosna shtati” degan laqablari bor. Meyn Amerikada ba'zan “AQShning Shveysariyasi” va “Vacationland” ("Hordiq yeri") deb ham ataladi. Bu nomlarning kelib chiqishiga shtatning tog’li manzarasi va ko’p yog’adigan qori sababchi bo’lgan.

Qibris

Qibris, Oq dengizde orol. Davlatlar: Qibris Respublikasi va Shimol Qibris.

Kipr — Oʻrta dengizning sharqiy qismidagi orol; q. Kipr (davlat).

Qutb yogʻdusi

Qutb yogʻdusi yoki shimol yogʻdusi — atmosferaning yuqori siyrak qatlamida hosil boʻladigan yorugʻlanish. Shimoliy kengliklarda u aurora borealis (Qadimgi Rim mifologiyasida Avrora - shom maʼbudasi, yunonchada borealis - "shimoliy shamol") deyiladi. Aurora borealis koʻpincha sentabr-oktabr hamda mart-aprel oylarida kuzatiladi. Janubiy yarimshardagi qutb yogʻdusi esa aurora australis (lotincha australis - "janub") deyiladi.

Quva tumani

Quva tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy-gʻarbdan Fargʻona, shimoliy-gʻarb va gʻarbdan Toshloq tumanlari, shimol va sharqdan Andijon viloyatining Boʻz, Shahrixon, Asaka, Marhamat tumanlari, janubiy-sharq va janubdan Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 440 km². Aholisi: 187,5 ming kishi (2005), 220 ming kishi (2012). Tumanda 1 shahar (Quva), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Akbarobod, Baynalminal, Bahor, Dehqonobod, Ittifoq, Madaniyat, Namuna, Toshlon Muhitdinov, Turkravot, Yangiqishloq, Yangihayot) va 49 mahalla fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Quva shahri.

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati respublikada birinchi tashkil boʻlgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash.

Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.

Aholi soni—2016 yil 1 yanvar holatidagi doimiy

aholi soni 3 million 590 ming

kishi (o‘rtacha aholi 3mln 596,6 kishi).Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi.

Viloyat hududi 16,8 ming km² Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha Qoraqolpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 2 ta, bular (Samarqand va Kattaqoʻrgʻon.

Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924–1930-yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan.

Saxalin viloyati

Saxalin viloyati – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1932 yil 20 oktabrda tashkil qilingan. Rossiyaning eng chekka sharqiy qismida joylashgan. Tarkibiga Saxalin orol, Kuril, Moneron va Tyuleniy orollari kiradi. Oxota va Yapon dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 87,1 ming km². Aholisi 546,5 ming kishi (2002), asosan, ruslar (81,6%), shuningdek, ukrain, koreys, belorus, tatar, mordva; shimol xalqlari – nivx, oroch, evenk va boshqa yashaydi. Shahar aholisi 85,7%. Markazi – Yujno Saxalinsk shahri. Boshqa yirik shaharlari: Xolmsk, Korsakov. Viloyat tarkibida 17 maʼmuriy tuman, 18 shahar, 31 shaharcha bor.

Hududining katta qismini Saxalin orol egallaydi. Aniva, Terpeniye qoʻltiklari, Shmidt, Terpeniye, ToninoAniva, Krilin orollari bor. Soxil boʻylab Gʻarbiy Saxalin togʻlari (bal. 1330 m gacha, Onar togʻi) va Sharqiy Saxalin togʻlari (eng baland joyi Lopatin togʻi, 1609 m), shimolida Shimoliy Saxalin togʻlari joylashgan. Foydali kazilmalardan neft, gaz, toshkoʻmir, oltin va boshqa bor. Iklimi moʻʼtadil, mussonli iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –6° dan (janubida) –24° gacha (shimolida), avgustniki 19° dan (janda) 10° gacha (shimda). Togʻlarda yiliga 1200 mm gacha yopsh tushadi (tekisliklarda 600 mm gacha). Asosiy daryolari – Tim va Poronay. Koʻl va botqrkdik koʻp. Tuproklari podzol, botqoq va allyuvial tuproqyaar. Togʻlarda qoraqaragʻay, oqqaragʻay, tosh qayin, kedr, tilogoch oʻsadi, shuningdek (janubi-gʻarbida), lianali keng bargli oʻrmonlar (aktinidiya, limonnik, uzum) uchraydi. Hayvonlardan ayiq, tulki, rosomaxa, Sibir suvsari, olmaxon, burunduq, shimoliy bugʻusi; qushlardan kayra, toporka, qoravoylar va boshqa mavjud. Dengiz hayvonlaridan sivuch, dengaz mushugi; daryolarda losos baligʻi bor. Poronay qoʻriqxonasi tashkil qilingan (Saxalin viloyati tarixi haqida Saxalin, Kuril orollari maqolalariga qarang).

Sanoatining yetakchi tarmogʻi – baliq va dengiz hayvonlarini ovlash va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash. Oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. Kumir ("Saxalinugol"), neft va gaz qazib olinadi. Saxalin issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: YujnoSaxalinsk, Korsakov, Nevelsk, Xolmsk, Oxa, Uglegorsk, Shaxtyorsk shahlari, Nogliki shaharchasi.

Saxalin viloyatida kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Goʻshtsut chorvachiligi, parrandachilik, darrandachilik; shimolida bugʻuchilik rivojlangan. Dengiz portlari: Korsakov, Xolmsk, Nevelsk, Uglegorsk, Poronaysk, Aleksandrsk, Saxalinsk va boshqa Transport yoʻli uzunligi 957 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 1813 km (2002). Pedagogika instituti, drama teatri, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Sinegorsk mineral suvi (YujnoSaxalinsk shahrida), Goryachiy Plyaj (Kunashir orolda) kurortlari bor.

Sayram (tuman)

Sayram tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi eng katta tumanlarning biri hisoblanadi. Maydoni 1760,4 km² (viloyatning 1,4 %). 56 millatga mansub kishilar istiqomat qiladi. Aholisi 295 843 kishi. Aholi zichligi 1 km²-ga 135 kishidan toʻgʻri keladi (viloyatdagi aholisi eng zich tumanlardan biridir). Katta qishloqlari: Oqsuvkent (34.5), Qorabuloq (42.8), Sayram (41.2), Qorasuv (10.9), Bozorqopqa (6.2), Koʻlkent (12.2), Mankent (29.2), Qoramurt (15). Tuman markazi — Oqsuvkent. Oqsuv daryosining yoqasida joylashgan, yuz yildan ortiq tarixi bor. Barcha avtomabil va temir yoʻllari shu markazda kesishadi.

Tumanning sharqiy tarafida Mashat oʻzani, markazida Oqsuv daryosi, shimol tarafida Oris daryosi oqib oʻtadi.

Sharq

Sharq, sharq nuqtasi — ufq (dunyo tomonlari)ning toʻrt asosiy nuqtasidan biri, shim.ga qarab turgan kuzatuvchining oʻng tomonida. Oʻzbek tilidagi xaritalarda Shq., nem. O (Ost) yoki ing. Ye (East) harfi bilan belgilanadi. Tengkunlik paytida Quyosh Sh. nuqtasiga yaqin yerdan chiqadi. Osmon sferasida Sh. nuqtasi haqiqiy ufq (gorizont) bilan osmon ekvatori kesishadigan ikkita nuqtaning biridir.

Sharq - dunyo tomonlaridan biri (Quyosh chiqadigan tomon). Agar shimolga qarab turgan bo'lsangiz, unda o'ng tomoniz sharq bo'ladi.

Shimol bugʻusi

Shimol bugʻusi— bugʻusimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Juni qishda qalin va uzun, oqish rangda, tiviti yaxshi rivojlangan; yozda — kalta va siyrak, qoʻngʻir yoki kulrang . Erkagida ham, urgʻochisida ham shox bor. Tuyoqlari keng , qalin qorda va botqoqlikda yurishga moslashgan. Tanasining uz. 220 sm gacha, boʻyi yagʻrinidan 150 sm gacha, vazni 220 kg gacha. Yevrosiyo va Shim. Amerikaning qutb orollari, tundra pasttekisliklari va togʻli taygasida tarkalgan. Taymir ya.o.da Shimol bugʻusining soni 500 000 ga yaqin. Tundradan, Taygadan va yana orqaga mavsumiy migratsiya qiladi. Qishda lishayniklar (yagel) va shoxchalar, yozda barg va novdalar, meva va zamburugʻlar bilan oziqlanadi. Sent. — oktyabrda urchiydi. Boʻgʻozlik davri 220 kun, 1—2 ta bola tugʻadi. Erkaklari urchishdan soʻng , urgʻochilari bolalagandan keyin shoxlarini tashlaydi; avgustda yangisi oʻsib chiqadi. Poʻsti va terisi uchun ovlanadi. 2 ming yil ilgari xonakilashtirilgan, deb taxmin qilinadi.

Tomsk viloyati

Tomsk viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1944 yil 13 avgustda tashkil etilgan. Maydoni 316,9 ming km². Aholisi 1046 ming kishi (2002). Asosan, ruslar (88,2%), shuningdek, ukrain, tatar, nemis, belorus, chuvash, shimol xalklari (shu jumladan, selkup, xanti va boshqalar) yashaydi. Shahar aholisi 68,4%. Tarkibiga 16 maʼmuriy tuman, 6 shahar, 1 shaharcha kiradi. Markazi – Tomsk shahri. Boshka yirik shaharlari: Strejevoy, Asino.

Tomsk viloyati Gʻarbiy Sibirning janubi-sharqida, Ob daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Hududining asosiy qismini Gʻarbiy Sibir tekisligining yassi, kuchli botqoqlashgan hududlari egallagan. Faqatgina, janubi-sharqda viloyat hududiga Kuznetsk Olatovining (bal. 211 m gacha) shimoliy tarmoklari kirib borgan. Shimolidan 58° shu kabida relyefining muzlik shakllari – morena qator tepalari, koʻl–muzlik botiqlari va boshqa joylashgan. Ob daryosining keng vodiysi viloyat hududini botqoqlashgan Vasyuganye tekisligi va sal koʻtarilgan oʻng sohilga boʻladi. Foydali qazilmalardan temir rudasi, neft, gaz, qoʻngʻir koʻmir, qurilish materiallari konlari va boshqa topilgan. Torf, yer osti suvlari va issiq mineral suvlari zaxiralari koʻp.

Iqlimi kontinental. Qishi qattiq va davomli. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 19° dan –21° gacha. Yozi iliq, qisqa. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 17–18°. Yillik yogʻin 450–770 mm. Vegetatsiya davri 125 kunga yaqin. Asosiy suv tarmoqlari – Ob daryosi va uning irmoklari (Tom, Chulim, Ket, Tim, Chaya, Parabel, Vasyugan). Koʻl koʻp. Tomsk viloyati oʻrta va janubiy tayga va qisman aralash oʻrmonlar zonasida joylashgan.

Tuproqlari, asosan, chimlipodzol va torflibotqoq, janubi-sharqida boʻzoʻrmon tuproq. Oʻrmonlar (sibir kedri, oqqaragʻay, qaragʻay, qayin, togʻterak) viloyat hududining 54% ni egallaydi. Boʻri, silovsin, tulki, shimol bugʻusi, los, yelik, burunduq, olaxurjun yashaydi. Tiyin, sobol, ondatra ovlanadi.

Xoʻjaligining yetakchi sanoat tarmoklari–mashinasozlik va metallsozlik. Priborlar, elektrotexnika asboblari ("Sibelektromotor"), podshipniklar ("RolTom"), konchilik asbob uskunalari ("Tomskiy instrument"), ("Sibkabel") ishlab chiqariladi. Neft qazib olinadi, kimyo ("Nefteximicheskiy kombinat", "Polipropilen" va "Zavod rezinovoy obuvi"), oʻrmon va yogʻochsozlik ("Tomsklesprom", qalam fabrikasi) korxonalari bor. Oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari – Tomsk, Asino, Kolpashevo, Strejevoy; Samus shaharchasi.

Bugʻdoy, arpa, kartoshka, sabzavot, zigʻir, yemxashak ekinlari ekiladi. Chorvachilik (qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki), parrandachilik rivojlangan. Baliqchilik, moʻynali hayvonlarni ovlash va darrandachilik bilan ham shugʻullaniladi. Asosiy transport vositalari suv va avtomobil transporti. Ob, Tom, Chulim, Ket, Chaya, Parabel, Vasyugan daryolarida kema katnaydi. Transport yoʻli uzunligi 346 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 3,4 ming km. Havo transporti rivojlangan. 1 xalqaro va 6 mahalliy ahamiyatdagi aeroportlar mavjud. 6 oliy oʻquv yurti, 2 muzey, 2 teatr bor. 20 ga yaqin sanatoriykurort va dam olish muassasasi faoliyat koʻrsatadi.

Tulki

Tulki — itlar oilasi sutemizuvchilar bir nechta turining umumiy nomi. Ushbu guruhning faqat 11 ta turigina xususan tulkilar (Lotincha: Vulpes) turiga kiritiladi. Eng tanish va koʻp tarqalgan vakili — oddiy tulkidir (Vulpes vulpes). Tulkilar butun dunyo boʻyicha koʻpchilik xalqlarning oʻgzaki ijodida uchraydi.

Itlar filogeniyasi boʻyicha hozirgi zamon tasavvurlariga muvofiq ushbu maqolada foydalanilayotgan izohdagi tulkilar guruhi — polifiletik, shunday ekan, takson sifatida foydalanishga yaroqsiz.

Uchquduq

Uchquduq — Navoiy viloyati Uchquduq tumanilagi shahar (1978 yildan), tuman markazi. Viloyatning shimolida. Temir yoʻli stansiyasi. Uchquduqdan Navoiy shahrigacha 300 km. Aholisi 25,3 ming kishi (2004). 1961 yilda Muruntov oltin konining ishga tushirilishi munosabati bilan barpo etilgan. Uchquduqda oltin, oltingugurt, marmar ishlab chiqaruvchi kon sanoati korxonalari, jumladan, Navoiy konchilik ktiga qarashli Shim. kon boshkarmasi, Zarafshon kurilish boshqarmasi tasarrufidagi "Shimol" korxonasi, Koʻkpatos geologiya razvedka ekspeditsiyasi, 31 Qizilqumgeologiyarazvedka partiyasi, Oʻzbekiston—Rossiya "Promelektro" qoʻshma korxonasi, qurilish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va shoxobchalari, avtokorxona, 6 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, gimnaziya, konchilik kasbhunar kolleji ishlab turibdi. Madaniyat uyi, 3 kutubxona, klub muassasalari mavjud. Stadion, sogʻlomlashtirish punkti, suzish havzasi va boshqa sport inshootlari aholiga xizmat qiladi. Markaziy kasalxona, tibbiy sanitariya kismi, silga qarshi dispanser, poliklinika, ayollar va bolalar konsultatsiyasi, dorixona, ambulatoriya, 4 kasalxona, 2 vrachlik punkti, davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Shahar hududidan Navoiy—Uchquduq— Nukus yoʻnalishidagi katta avtotrassa oʻtadi. Uchquduq — Miskin yangi temir yoʻl tarmogʻi mavjud.

Yesik

Yesik — (qoz. Есік) Almati viloyati Yenbekshiqazaq tumanining markazi, shahar. Almati shahridan sharqqa tomon 43 km masofada, Ile Oaltovining shimol tomonida, dengiz sathidan 935 – 1040 m balandlikda joylashgan. Aholisi 36,928 kishi (2012).

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.