Savdo

Savdo — 1) tovar muomalasining bir turi, mehnat mahsulotlari va xizmatlarni oldisotdi yoʻli bilan ayirboshlash shakli. Bunda tovar haridi miqdori, tovar sifati, sotishdan oddin yoki keyin xizmatlar koʻrsatish, sotib olingan tovar yoki xizmat haqini hisobkitob qilish tartibi va boshqa shartlashiladi; 2) sotuvchilar va haridorlar oʻrtasidagi qiymat almashuviga doir munosabatlar. Tovar ishlab chiqarish paydo boʻlishi bilan tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, yaʼni Savdo vujudga kelgan. Xalqxoʻjaligining ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ajralib chiqqan va tovarlarni olishsotish va ular bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishda vositachilik faoliyatini amalga oshiradigan tarmogʻi. Ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlaydi, tovarlarni soʻnggi isteʼmolchi (aholi)ga yetkazishni taʼminlaydi. Ulgurji va chakana savdoga boʻlinadi. Ulgurji Savdo — tovarlarni ishlab chiqarish isteʼmoli yoki qayta sotish uchun yirik partiyalarda sotib oladigan yoki saklaydigan, ularni chakana Savdoga, isteʼmolchi yoki boshqa savdo tashkilotlariga sotadigan muassasalarmajmui. Chakana Savdo — bevosita isteʼmolchining pul daromadlariga ayirboshlash yoʻli bilan yakka yoki kichikroq miqdordagi tovarlarni sotib oxirgi isteʼmolchiga xizmat koʻrsatadi. Savdo ichki va tashqi Savdoga boʻlinadi. Ichki Savdo bir mamlakat doirasida tovar muomalasiga xizmat koʻrsatadi. Tashqi Savdo mamlakatlararo tovar muomalasini qamraydi. Sugʻurta, turizm, fraxt, bank faoliyati "koʻrinmas" (joriy harakatlar boʻyicha sezilmas) S.ga kiradi (yana q. Marketing).[1]

Wojciech Gerson - Gdańsk in the XVII century
Gdańsk
Accarias de Sérionne - Intérêts des nations de l'Europe, dévélopés relativement au commerce, 1766 - 5790093
Intérêts des nations de l'Europe, dévélopés relativement au commerce, 1766

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
.km

.km — Komor orollari uchun yuqori darajali milliy domen.

2000

2000

2004

2004 yil — "Mehr va muruvvat yili"1 yanvar. Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi faoliyat koʻrsata boshladi.

27 yanvar — "Mehr va muruvvat yili" davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.12 mart — Xorazm viloyati Hazorasp tumanida Amudaryo ustida bunyod etilgan koʻprik foydalanishga topshirildi.18 mart — Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida Oʻzbekiston —Turkiya "YADEM tekstil" qoʻshma korxonasining tantanali ochilish marosimi boʻldi.23 mart — Toshkentda buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy haykalining ochilish marosimi boʻldi.25 mart — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Xoja Ahror tavalludining 600 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qildi.26 mart — Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashkil topdi.27 mart — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashkil etildi.30 mart — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti asosida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tashkil etildi.3 aprel — Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasini tashkil etishga qaror qilindi.5 aprel — Toshkentda "Taʼlim — kelajakka yoʻnaltirilgan sarmoya" mavzuida mintaqaviy konferensiya boʻlib oʻtdi. Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari taʼlim vazirliklari rahbarlari ishtirok etdilar.29-30 aprel — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida", "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida"gi qonunlar qabul qilindi.21 may — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2004—2009 yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni eʼlon qilindi.17 iyun — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti boʻlib oʻtdi.7 iyul — Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi tashkil etildi.13 iyul — Liviya poytaxti Tripoli shahrida yakunlangan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida oʻzbek shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov jahon chempioni unvoniga sazovor boʻldi.Avgust — Xorazm viloyatida "Bogʻottekstil" va "Shovotteks" qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.26 avgust — Afinadagi Olimpiada musobaqalarida oʻzbekistonlik kurashchi Aleksandr Dokturishvili yunon-rum kurashi boʻyicha, Artur Taymazov esa (28 avgustda) erkin kurash boʻyicha 28-Olimpiada oʻyinlari chempioni boʻldi, Magomed Ibragimov (29 avgustda) kumush medal bilan taqdirlandi.31 avgust — Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi foydalanishga topshirildi.27 sentyabr — Madaniyat ishlari vazirligi va Davlat sport qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil etildi.11 oktyabr — Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi tashkil etildi.15 oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, xaritagrafiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tashkil qilindi.25 oktyabr — Samarqand shahrida Jahon sayyohlik tashkilotining "Buyuk ipak yoʻli" deb nomlanuvchi vakolatxonasi ochildi.28 oktyabr — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.26 dekabr (va 2005 yil 9 yanvar) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlar boʻlib oʻtdi.2004 — "Sen yolgʻiz emassan" jamgʻarmasi tashkil etildi.

Anqara

Anqara – Turkiya Respublikasining poytaxti, Anqara elining ma’muriy markazi. Aholisi 4 mln. kishi (shahar atrofi bilan, 1997). Shahar Anado-lu yassitog‘ligida, Anqara va Chubuk daryolari tutashgan joyda, dengiz sathidan taxminan. 890 m balandlikda. Anqara va avtomobil yo‘llari tuguni, xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo va madaniyat markazi. Anqara Kichik Osiyoning ko‘hna shaharlaridan biri; milloddan avvalgi 7-asrda Osiyoni Yevropa bilan bog‘lagan savdo yo‘llaridagi Rim imperiyasiga qarashli muhim savdo markazi sifatida ma’lum. 11-asrdan Anqara saljukiy turklar tasarrufida. 14-asr. 1-yarmidan usmonlilar saltanati tarkibidagi Anqara poshsholigining ma’muriy markazi. 1402 yil 20 iyulda Anqara yonida katta jang bo‘lgan (qarang Anqara jangi). 1864 yildan esa viloyat markazi. 1920 yil. 23 aprelda Anqarada Turkiya Buyuk Millat majlisi ochildi va unda yangi milliy hukumat tashkil etildi. 1923 yil 13 oktabrdan Anqara. Turkiya poytaxti, 1923 yil. 29 oktabrdan Turkiya Respublikasining poytaxti deb e’lon qilindi. Anqarada Turkiyaning asosiy harbiy sanoat (o‘qdori, qurol-aslaha, samolyot zavodlari), mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika, sement, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, oziq-571ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Anqarada bir necha universitet, konservatoriya, Otaturk nomidagi pedagogika instituti, Tasviriy san’at akademiyasi, oliy texnika maktabi, bir qancha hunar o‘quv yurtlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, kino-teatrlar va boshqa ilmiy-madaniy muassasalar bor. Shahar 2 qismdan iborat. Shimoliy yoki eski Anqarada o‘rta asr me’moriy yodgorliklari saqlanib qolgan. Anqara poytaxt bo‘lgach, uning janubiy qismida zamonaviy binolar qurilgan.

Auksion

Auksion (lot. auction) – maxsus kim-oshdi savdo bozorlari; tovarlarni talabgor haridorlarga sotish.

Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan roʻyxati boʻyicha, ommaviy sotuvga qoʻyish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Auksion eʼlon qilingan vaqtda va maʼlum davrda oʻtkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar roʻyxatda koʻrsatilgan tartibda savdoga qoʻyiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.

Auksionlarda sanʼat asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari maʼlum vaqtda oʻtkazilib, bu erda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi oʻrtasida yuz berib, unda bevosita isteʼmolchi qatnashmaydi.

Bagʻdod

Bagʻdod – Iroqning poytaxti (1921); Bagʻdod muhofazasining maʼmuriy markazi. Dajla daryosining har ikki sohilida; Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Oʻrta dengiz mamlakatlarini birlashtirib turuvchi yoʻllar chorrahasida. Mamlakatning eng katta shahri. Aholisi 4 mln. kishi (1990). Bagʻdodda arablar (aksariyat), kurd, arman, turk, yahudiy va forslar yashaydi. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10°, iyulniki 34°, yiliga oʻrtacha 163 mm yogʻin yogʻadi. Bagʻdodni 762 yil xalifa Mansur (754 – 775) Madinat as-Salom (Tinchlik shahri) nomi bilan bino qilib, Abbosiylar xalifaligi poytaxtiga aylantirgan. Bagʻdod etimologiyasi toʻgʻrisida bir necha rivoyatlar boʻlib, shulardan eng koʻp tarqalgani: Bogʻi Dod (Dodning bogʻi) va But (sanam) tuhfasi. 9-asrda Bagʻdod xunarmandchilik, savdo va oʻrta asr Sharq madaniyatining markazi boʻlgan. B.ni eronlik buvayhiylar (945), sal-juqiylar sultoni Toʻgʻrulbek (1055) va moʻgʻul xoni Hulokuxon (1258) bosib olgan. 1393 va 1403 yillarda Amir Temur saltanati tarkibiga kirgan. 1410 – 1508 yillarda Bagʻdod Qora qoʻyunli va Oq qoʻyunli koʻchmanchi turkman xonlari qoʻl ostida boʻldi. 1508 yilda Eron sa-faviylari egʻallagan, 1534 yil esa Usmonli turklar davlatiga qoʻshib olindi. 1623 yilda Bagʻdodni Eron shohi Abbos I boʻysundirgan. 1638 – 1917 yillarda Usmonli turklar tasarrufida boʻldi. 18-asrda B. Osiyodagi yirik savdo markazlaridai biriga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida Bagʻdodni Angliya qoʻshinlari bosib oldi (1917 yil mart), 1920– 21 yillarda Angliyaning mandatli hududi tarkibida. 1921–58 yillar Iroq qirolligining, 1958 yildan Iroq Respublikasining poytaxti.

Bagʻdod – mamlakatning transportsanoat, savdo-moliya markazi. Bagʻdod, avtomobil va havo yoʻllarining tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. Yirik daryo porti (chetga don. xurmo, jup, teri va boshqa chiqariladi). Mamlakatdagi sanoat korxonalari (asosan toʻqimachilik, koʻnchilik, tikuvchilik va oziq-ovqat)ning 25%i Bagʻdod Metallsozlik, kimyo, sement sanoati, elektrotexnika zavodi bor. Hunarmandchilikda roʻzgʻor asboblari, zargarlik buyumlari, gilam, poyabzal kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. B. yaqini (Dora)da neftni qayta ishlovchi yirik zavod bor. Shaharda koʻplab zamonaviy binolar qurilgan. Shaharning chap sohildagi qismida maʼmuriy muassasalar, parlament, xukumat binolari, oʻng sohilida ishlab chiqarish korxonalari va ustaxonalar joylashgan. Dajlaga bir necha yirik koʻprik qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Zubayda maqbarasi (13-asr), Xon Marjon karvonsaroyi (1358 – 59), Abbosiylar saroyi (12 -13-asrlar), Oltin masjid (16-asr) va boshqa saqlangan.

Bagʻdodda universitetlar, Fanlar akademiyasi, Nafis sanʼat instituti (1936), yuridik, savdo, tibbiyot, oʻqituvchilar kollejlari, koʻplab muzeylar, jumladan Iroq muzeyi, Arab osori atiqa muzeyi, ku-tubxonalar bor.

Bozor

Iqtisodiyotda bozor atamasi ostida bozor subyektlari (xaridorlar va sotuvchilar) orasidagi pul-mol almashinuvi tizimi tushuniladi.

Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.da sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.

B. oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol B.ga ajraladi. Erkin B.da sotuvchilar ham, haridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol B.da ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday B.lar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.

Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteʼmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) B.lari mavjud. B. oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon B.lariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq B., yopiq B. (ichki B.) singari turlari uchraydi. Oldisotdi miqdori, yaʼni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi B. vatorayuvchi B.ga boʻlinadi.

Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan B.lar mavjud. Stixiyali B.dan tartibli, rejali tashkil etilgan B.ga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz B. hukmron emas, aksincha boshqariladigan B. yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari B. turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, haridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, B.da sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.

2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. B.lar qad. Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat boʻlgan. B. maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat B.larining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq B.lar rivojlangan ("suq", "asvok", "chorsu"; Turkiya va Eronda "xon", "bediston" nomi bilan yuritilgan).

Yevropada B.lar maxsus reja asosida qurilgan (Parijdagi markaziy B., 1850 va boshqalar). Rossiyada ixtisoslashgan B. ("Gostiniy dvor")lar asosan, 1—2 qavatli, old tomoni koʻpincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma boʻlgan (SanktPeterburgdagi B., 1761— 85; Yaroslavldagi B., 1813—18 va boshqalar).

Oʻrta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chagʻoniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda koʻp yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar boʻlgan (Qarnob choʻl yoqasidagi, Narpay tumanidagi katta qishloq Tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi boʻlgan, uning timi saqpanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorrahachorsularda joylashgani uchun ham shaharning meʼmoriy qiyofasini belgilagan. Yengil yogʻoch tomli, ustunayvonli timlar ham koʻp boʻlgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-asr), Xiva (Olloqulixon timi), Buxoro (Abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand chorsu B.i atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsidoʻzlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi doʻkonlar joylashgan. Chorsu B.i gumbazli qilib qurilgan. Savdo doʻkonlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa hoʻl mevalar va anvoyi shirinliklar koʻp boʻlgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu B.i (1598—1602)ning toʻrt tomonida qoʻsh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari boʻylab toʻrt burchakli xonalar joylashgan. B.larda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga moʻljallangan. Baʼzan mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilib haridorlarga sotilgan. Maye, Buxoro zargarlar rastasi (Toqi Zargaron), Sarroflar rastasi (Toki Sarrofon), Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqa Oʻrta asrda Toshkentning markaziy B.ida 3 mingdan ortiq doʻkon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi Xiva B.ida 260 doʻkon, Urganchda 300, Qoʻngʻirotda 315, Xoʻjaylida 150 ga yaqin doʻkon boʻlgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta B.lar boʻlib, ularga butun Markaziy Osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. B.da savdogar, doʻkondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan.

B. doʻkonlarini eng boy savdogar va qunarmandlar egallagan. Bunday B.lardagi yirik karvonsaroylar va ombor (kappon)lar ulgurji savdo markazlari hisoblangan. Karvonsaroylarning soniga qarab hatto savdo-sotiqning hajmi belgilangan (mas, Toshkentda 45, Buxoroda 50 ga yaqin, Samarqandda 25, Xiva va Qoʻqonda 10 dan ortiq karvonsaroylar boʻlganini va ularda savdo-sotiq ancha rivojlanganligi yozma manbalardan maʼlum). Karvonsaroylarda va savdo rastalarida savdo ishlarida xizmat qiladigan qorovul, hammol, farrosh, yuk tashuvchi va joylashtiruvchi mardikorlar koʻp boʻlgan. Yirik savdogarlar maxsus mirzolarni saqlagan. Mirzolar barcha savdo ishlarini, ayniqsa ulgurji savdoni rasmiylashtirishda bevosita ishtirok qilgan. Hisobkitob ishlarini kosid boshqargan. Yirik savdogarlar maxsus jamoaga birikkan. Uni jamoa aʼzolarining eng obroʻli katta savdogarlar orasidan saylangan oqsoqol karvonboshi boshqargan. Jamoaga savdogarlar tabaqasining yirik namoyandalari kirgan. Oʻz navbatida ayrim savdo rastalari birikib shu rastadagi doʻkonlardan oʻzining oqsoqolini (baʼzi joylarda rais ham deyiladi) saylaganlar. Oqsoqol savdo tartiblari va qoidalariga amal qilinishini kuzatib, haridorlar va savdogarlar orasidagi mojaroning hal qilinishiga, baʼzan tashkaridan kelgan molning doʻkonlar orasida odilona tarqatilishiga bosh boʻlgan.

Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy temir yoʻl qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi Eski joʻva B.i karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi boʻlgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yoʻllar B.ga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, doʻkonlar va boshqa joylashgan. 19-asr 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar oʻz doʻkonlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Fargʻona vodiysida oʻzining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qoʻqon B.i alohida ajralib turadi. Oʻzining obodonligi va qulayligi bilan Buxoro Bozor mintaqada birinchi oʻrinda turgan. Ipak gazlamalari bilan butun Sharqda tanilgan Margʻilonda qatorqator tizilgan doʻkonlar (koʻcha boʻylab 2,5 km gacha choʻzilgan)da savdo-sotiq qilingan.

Oʻrta Osiyoda mustaqil davlatlarning paydo boʻlishi xususiy mulkchilikni qayta tiklab, savdo erkinligiga keng yoʻl ochib berdi. Jumladan Oʻzbekistonda B. iqtisodiyotining hayotga tatbiq qilinishi anʼanaviy savdoni yangi zamonaviy uslub va vositalar bilan boyitib, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojiga katta yoʻl ochib berdi. Mustaqil Oʻzbekiston barcha chet el mamlakatlari bilan oʻz manfaatiga qarab erkin, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatdi va bu sohada yangiyangi yoʻllarni topishda tinmay izlanmoqda. OʻzRda B. faoliyatini rivojlantirish yoʻlida juda koʻp yangi savdo uyushmalari, konsern va firmalar paydo boʻlmoqda, davr talabiga javob bera oladigan isteʼdodli ishbilarmonlar safi koʻpaymoqda. B.lar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon kabi yirik shaharlarning markazida meʼmoriy yechimlari oʻziga xos milliy anʼanalar asosida yaratilmoqda. B.lar shaharni bogʻlab turuvchi asosiy shohkoʻchalar, yirik savdo inshootlari majmuasi va turar joy massivlari, temir yoʻl, avtovokzal yaqinida va mikrorayonlar markazida joylashtirilmoqda. B.lar anʼanaviy qator ustunli bostirmalar, gumbazli, toq va tim, soyabonsimon, oynaband uslubida barpo etilmoqda. Bularda sotuvchi va haridorlarga qulaylik yaratish maqsadida savdo rastalarining atrofida doʻkonlar, madaniymaishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mujassamlashtirilgan holda qurilmoqda. B. hududida koʻp tarmoqli savdo doʻkonlari, choyxona, dehqonlar mehmonxonasi, muzlatkichli omborxonalar, yuk koʻtargich, nonvoyxona va boshqa mavjud. Toshkentdagi "Eski joʻva", "Oloy", "Qoʻyliq" B.lari, Buxoro bozori, Samarqanddagi "Siyob", Urgutdagi "Urgut" va boshqa anʼanaviy va zamonaviy meʼmorlikni oʻzida mujassamlantirgan eng yirik B.lardan.

Hozir Oʻzbekistonda B. asosiy sotiladigan mahsulotlarga koʻra dehqon bozori (k x. mahsulotlari), buyum B.i, ulgurji B., mol (chorva mollari) B. kabi asosiy turlarga boʻlinadi.

Ad:. Toʻxliyev N., Osiyo va bozor, T., 1992; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997.

Ahmadjon Oʻlmasov, Muhammadamin Rasulov, Hamza Ubaydullayev.

Har bir kishi oʻz kapitalini koʻproq naf ketiradigan qilib ishlatishga harakat qiladi. Odatda u jamiyat foydasiga taʼsir koʻrsatishga harkat qilmaydi, lekin unga ancha taʼsir koʻrsatayotganini sezmaydi. U faqat oʻz manfaatini nazarda tutadi, faqat oʻz foydasini koʻzlaydi. Shunday boʻlsa-da, bunday sharoitda bozorning «koʻrinmas qoʻl» i uni maqsad sari yoʻnaltiradi, garchi bunday maqsad uning rejasiga kirmagan boʻlsa ham. Oʻz manfaatini koʻzlagan holda, jamiyatga ataylab foyda keltirishni niyat qilgan odamdan koʻra, u jamiyat manfaatlariga koʻproq xizmat qilib turadi. Adam Smith

Iqtisodiyot

Iqtisodiyot — yunoncha "ekonom" va "oykos" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "ekonomika" qishloq xoʻjalik asoslari haqida fan degan maʼnoni anglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda "iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi. Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni oʻrganuvchi fan.

Kanada

Kanada poytaxti — Ottava shahri. BMT va NATO aʼzosi hamda AQSh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi.

Kuala Lumpur

Kuala-Lumpur - Malayziyaning poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy, savdo-moliya va siyosiy markazi. Federal poytaxt hududining maʼmuriy markazi. Malakkaya.o.ningjanubi-gʻarbiy qismida, togʻlar bilan oʻralgan xushmanzara vodiyda, Klang va Gombak daryolarining qoʻshilish yerida joylashgan. Iqlimi tropik mussonli, nam iqlim (nisbiy namlik 96% gacha), yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga oʻrtacha 2440 mm) va yil davomida temperatura yuqori boʻladi (oʻrtacha yillik temperatura 28,2°). Aholisi 1,3 mln. kishi (2000).

Kuala Lumpur 19-asrning 80-yillarida shu atrofdan qalay qazib chiqaruvchi konchilar qishloqlari oʻrnida bunyod etilgan. 1880 yildan Salangor sultonligining poytaxti. 1896 yildan federatsiya qilib birlashtirilgan Malayya sultonliklarining maʼmuriy markazi. 1946 yildan Angliya mustamlakasi — Malayya ittifoqining, 1984 yildan Malayya Federatsiyasi (Malayya)ning markazi. 1957 yil avgustdan mustaqil Malayya Federatsiyasi, 1963 yildan Malayziya Federatsiyasining poytaxti.

Kuala Lumpur muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kuala Lumpur va shosse yoʻl orqali Malakka boʻgʻozi sohilidagi Port-Suettenem shahri bilan bogʻlangan. Muhim savdo-taqsimot punkti, kon sanoati va qishloq xoʻjaligi rayonining markazi. Toʻqimachilik, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo, sement, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati, temir yoʻl jihozlari ishlab chiqarish, avtomobil yigʻish korxonalari mavjud. Texnologiya universiteti, Malayziya universiteti, milliy muzey, kutubxonalar bor. Shaharning markaziy Femida hukumat maʼmuriy binolari, savdo firmalari, yirik banklar joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid, Mariammam ibodatxonasi va boshqa saqlangan.

London

London, Katta London — Buyuk Britaniya poytaxti, mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Temza daryosining quyi oqimida, Shimoliy dengizdan 64 km masofada, London havzasi deb ataluvchi tekislikning markaziy qismida joylashgan. Poytaxt atrofidagi shaharlar va Siti bilan maʼmuriy jihatdan alohida metropoliten grafligi qilib ajratilgan Katta L.ni tashkil etadi. Aholisi 7 mln. kishi (1999). Iqlimi qishi yumshoq, yozi unchalik issiq boʻlmagan dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5,3°, iyulniki 18,9°. Yillik oʻrtacha yogʻin 645 mm.

Rimliklar bosib olgunga qadar (milodiy 40—60-yillar) xoz. L. oʻrnida keltlar qishlogʻi boʻlgan. Rimliklar hukmronligi davrida L. dastlab harbiy lager, soʻng dare va dengiz porti boʻlgan. 4-asr oʻrtalaridan Rim Britaniyasining muhim siyosiy markazi. Anglo-sakslar istilosi davrida (5—6-asrlar) shahar vayron qilingan va tezda qayta tiklangan. 7-asr boshlaridan muhim savdo va siyosiy markazga aylangan. 11-asr oxiri12-asr boshlarida L. Angliyaning rasmiy poytaxtiga aylandi. 16-asrda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan L.da yirik savdo kompaniyalari vujudga keldi; 1571 yilda London birjasi ochildi. Angliya savdosining 2/3 qismi oʻtadigan L. porti jahon ahamiyatiga ega boʻla boshladi. Sanoatning jadal rivojlanishi va Buyuk Brita-niyaning muhim sanoat, savdo va moliyaviy jihatdan qudratli davlatga aylanishi (18-asr oxirlari) L.ning du-nyodagi yirik dengiz porti, savdo va moliyaviy markaz sifatidagi ahamiyatini oshirdi. Birinchi jahon urushi va undan keyingi davrlarda L .da metallsozlik, mashinasozlik, jumladan, avtomobilsozlik, aviatsiya, elektrotexnika kabi yangi sanoat tarmoqlari rivojlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida L. nemis-fashistlar aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan. Oʻsha davrda harbiy sanoat, ayniqsa, aviatsiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlandi.

L. — Buyuk Britaniyadagi tinchlik uchun kurash markazlaridan. 1949 yildan boshlab, shaharda tinchlikni himoya qilish boʻyicha milliy kongress va konferensiyalar chaqiriladi. L. — diplomatik uchrashuvlar, majlis va xalqaro konferensiyalar oʻtkaziladigan joy. L. — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Temza daryosining Shimoliy dengizga quyilish yeridagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 60 mln. t). Xitrou va Gatuik aeroportlari xalqaro ahamiyatga ega. Katta L. mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining qismini beradi.

Shaharda poytaxt aholisi ehtiyojlarini taʼminlash, L. porti orqali keltiriladigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash bilan bogʻliq sanoat tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, aviasozlik, priborsozlik), shuningdek, elektrotexnika va radiotexnika sanoati korxonalari bor. Stanoksozlik va kema taʼmirlash ham muhim ahamiyatga ega. Chetdan keltiriladigan xom ashyo hisobiga rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Tikuvchilik, koʻn-teri, poyabzal, mebel, poligrafiya, farmatsevtika, sement, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Harbiy sanoat rivojlangan. L. porti orqali chetga sanoat mahsulotlari chiqariladi, chetdan neft, oziq-ovqat, oʻrmon mahsulotlari va boshqa keltiriladi. L.da dunyoda eng birinchi metropoliten qurilgan (1860—63). L.da turli moliyaviy, savdo, sugʻurta kompaniyalari, banklar, savdo va fond birjalari, nashriyotlar, gaz. tahririyatlari, xal-qaro va Britaniya monopoliyasi va xorij firmalari filiallari toʻplangan.

L. — mamlakatning muhim madaniy markazi. Bu yerda London universiteti, Siti universiteti, politexnika institutlari, Qirollik drama sanʼati akademiyasi, Qirollik musiqa akademiyasi, London Qirollik jamiyati, shuningdek, koʻpgina ilmiy jamiyatlar va muassasalar bor. Universitetlar qoshida yirik kutubxonalar mavjud. 30 dan ortiq muzey, jumladan, Britaniya muzeyi (1753), tabiat muzeyi, ilmiy muzey, geologiya muzeyi, L. muzeyi, Milliy galereya va boshqa, yirik konsert zallari, teatrlar ishlab turibdi.

L. yagona markazdan emas, balki mustaqil shaharchalar va aholi punktlarining sekin-asta qoʻshilib ketishidan tashkil topganligi bilan boshka yirik shaharlardan farq qiladi. Tari-xiy markazlari — Vestminster (siyosiy idoralar, Vestminster abbatligi, Bakingem va Sent-Jeyms saroylari, Yangi Vestminster sobori va boshqa joylashgan) va Siti (bank, birja, yirik monopoliya idoralari oʻrnashgan).

Qad. binolar orasida gotika uslubida qurilgan Sautuork sobori (13—15-asrlar), Xemptonkort saroyi (1515—36, 1689—94) diqqatga sazovor. Vestminsterdagi Uest-Endda mehmonxonalar, savdo koʻchalari, kollejlar, muzeylar, tomoshaxona-sayilgoxlar joylashgan. Klassitsizm, neoklassitsizm namunalari saqlangan. Zamonaviy uslubda koʻplab binolar qurilgan.

L.da 1908 yilda 4-Olimpiya oʻyinlari, 1948 yilda 14-Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan.

Maydon

Maydon — ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi. Oʻtmishda Ossuriya, Bobil, qad. Misrdagi saroy va ibodatxonalar majmuasi tarkibida dabdabali hovli — Maydonlar boʻlgan. Ularning meʼmoriy anʼanalarini yunonlar (agara) va qad. rimliklar (form) davom ettirgan. 12— 14-asrlarla Yevropa shaharlaridagi savdo-sotiq qilinadigan Maydonlarbosh Maydon hisoblangan. Uyyunish davriyaa Maydonlar shahar hayotida katta ahamiyatga ega boʻlib, Maydonga yigilgan xalqqa zʼlon va farmoyishlar oʻqilgan. vaʼz aytilgan. Barokko, klassitsizm uslubida doirasimon, koʻpburchami, murakkab shakldagi Maydonlar shaharsozlikning tarkibiy qismiga aylantirilgan.

Oʻrta Osiyo shaqarlarila 14—16-asrlarda savdo-sotiq qilinadigan gavjum joylardagi Maydonlar (mas, Registon. Chorsu) shaharsozlikning noyob namunasi sifatida diqqatga sazovordir.

Zamonaviy shaharsozlikla Maydonlarning 2 turi (transport va piyodalar uchun) keng tarqalgan. Transport Maydon transport harakatiga koʻproq ixtisoslashgan, aniq maqsalga moʻljallangan boʻladi; vokzal oldi Maydon stadion, sport majmualari, sanoat korxonalari yonidagi transportlar qoʻyiladigan Maydon va boshqa Piyolalarga moʻljallaigan Maydonlar namoyishlar oʻtadigan bosh Maydon, teatr, bozor. memorial (mashhur shaxslar yoki tarixiy sanalar nomi bilan atalaligan) Maydonlarga boʻlinali. Bunday Maydonlar monumental sanʼat asarlari, yirik va goʻzal bi-nolar, kichik meʼmoriy shakllar, meʼmoriy ansambllarni tashkil etadi. Ularda har xil namoyish, miting , ommaviy sayil va boshqa oʻtkaziladi (qarang Mustaqillik maydoni).

New York (shahar)

New York (talaffuzi: Nyu York) — AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manxattan o.da joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim; yanvarning oʻrtacha temperaturasi G, iyulniki 23°. Yillik yogʻin 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) 953 km². Aholisi 8 mln. kishi (2001). New Yorkning amalda qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km², aholisi 19 mln. kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15 % qoratanlilar, 14 % kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12 % puertorikanlar va boshqalardan iborat. New York 5 ta shahar r-niga boʻlingan. Shaharni mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 yil ga saylanadi. Ilk bor Manxattan o.ga 1613 yilda gollandlar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625 yilda asos solingan. 1626 yildan Yangi Amsterdam deb atalgan. 1664 yilda Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, gersog Yorkskiy sharafiga New York deb ataganlar. 1785—90 yillarda New York AQShning muvaqqat poytaxti. Shaharda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.

New York — AQShda eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan 3 marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi New York orqali oʻtadi. Shaharda fond birjasi, bank, sugʻurta jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uz.

370 km) va yoʻlovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868 yildan metropoliten ishlab turibdi.

New Yorkda 6 universitet, 40 dan ortiq kollej, FA va boshqa akademiyalar, institutlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, Filarmoniya zali, konservatoriya, konsert zallari va boshqa bor.

New Yorkda italyanlar, yahudiy, xitoy va boshqa millatga mansub aholining koʻcha va kvartallari mavjud. Shahar 19-asr boshidan toʻgʻri burchakli reja asosida shakllana boshladi. 19-asr oʻrtalariga kelib, ulkan shaharga aylandi. Eng katta koʻchalardan biri — Brodvey (uz. 29 km). 19—20-asrlarda koʻp qavatli baland binolar qurila boshlandi. 20-asr oʻrtalariga kelib New York uz. 200 km keladigan va birbiri bilan tutashib ketgan ulkan shaharlar toʻdasiga aylandi. 17—18-asrlarda qurilgan binolardan ratusha (1803—12), Triniti-Chyorch cherkovi (1839—46), katta muhandislik insho-otlaridan Bruklin koʻprigi (1869—83) va boshqa saqlangan. Koʻp qavatli binolardan Empayr steyt bilding (102 qavat, 1930—31), BMT shtabkvartirasi binosi (1947—52), Xalqaro savdo markazi (2 ta 110 qavatli minora, balandligi 412 m; 1971—73; 2001 yil 11 sentabr da terrorchilar tomonidan portlatilgan) va boshqa Yirik koʻpriklari: Jorj Vashington va Verratsano-Norrous. Muhim yodgorliklari: Ozodlik haykali, Vashington arki.

Oʻzbekiston — Meksika munosabatlari

Oʻzbekiston — Meksika munosabatlari — Garchi Oʻzbekiston bilan Meksika oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida hukumatlararo bitim tuzilmagan boʻlsa ham, oʻzaro savdo-sotiq aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston bilan Meksika. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1998 yilda 1855,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi. "Savdoiqtisodiy hamkorlik" va "Investitsiyalarni ragʻbatlantirish hamda oʻzaro himoya qilish" toʻgʻrisida shartnomalar tuzish masalasi koʻrib chiqilayotir.

Parij

Paris — Fransiyaning poytaxti. Mamlakatning eng muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Dunyodagi eng katta va goʻzal shaharlardan. Il-deFrans tarixiy viloyatining bosh shahri. Sena daryosi sohilida. Ikdimi yumshoq, moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3,4°, iyulniki 18,8°. Yillik yogʻin 645 mm. Aholisi 2,2 mln. kishi (2013). Atrofidagi shaharlar bilan Katta P.ni tashkil etadi (aholisi 8,7 mln. kishi).

Miloddan avvalgi 1-asrda hozirgi P. oʻrnida gallar qabilasi boʻlgan pariziylarning Lyutetsiya qishlogʻi bor edi; rimliklar davrida yirik savdo markazi, milodiy 3—4asrlarda Pariziya deb atalgan (Parij nomi shundan olingan). 497 yildan frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida — faflik markazi. 885—886 yillarda P. normannlar qamaliga bardosh bergan. 987 yildan P. fransuz qirolligi poy-taxti. 14—15-asrlarda P. bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337—1453) P. inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436 yilgacha ular qoʻlida boʻlgan. 16-asrdagi diniy urushlarda P.ning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-asrning oʻrtalarida, ayniqsa, 18-asrda P. Yevropaning mada-niy markaziga aylangan. Fransiya— Prussiya urushi (1870—71) davrida P.ni nemis qoʻshinlari bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida P. gitlerchilarga qarshilik koʻrsatishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar 1944 yil 19—25 avgustda ulardan ozod qilindi.

P. mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi. Sanoatning yetakchi tarmoklari: mashinasozlik (xususan, avtomo-bilsozlik, elektrotexnika va elektropika) va metallsozlik. Samolyotsozlik, stanoksozlik, aniq mexanika va optika buyumlari ishlab chiqarish, harbiy sanoat ham salmoqli oʻrin egallagan. Kime sanoatida rezina, dori-darmon, fotomateriallar ishlab chiqariladi. P.da tayerlangan galantereya va parfyumeriya hamda zargarlik buyumlari, tayyor kiy-imlar, safar anjomlari, turistlar uchun esdalik buyumlari dunyoga mashhur. Tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Turistlar koʻp keladi.

P. — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Shahardan I tomonga radial ketgan temir yoʻllar 2 qator xalqa yoʻl bilan birlashtirilgan. 3 ta yirik aeroport bor. P.da 1900 yildan metropoliten ishlamoqda.

Shahar radial-halqasimon qilib planlashtirilgan. Bir-biriga bogʻlanib ketgan, shaklan oʻziga xos ansambllar sistemasi sha-har qiyofasiga alo-hida husn bagʻishlaydi. Shaharning qad. markazi Site o. boʻlgan. Bu yerda gotika uslubida qurilgan Bibi Maryam ibodatxonasi (Notr-Dam, 1163—1257), Sent-Shapel butxonasi (1243—48) kabi yodgorliklar saqlangan. 16—17-asrlarda P. salo-batli poytaxt qiyofasiga kirgan. Koʻchalar, maydonlar plan asosida qurilgan. Luvr (1546—19-asr oʻrtalari), Lyuksemburg saroyi (1615—21), Sorbonna universiteti va uningcherkovi (1629—53), Nogironlar uyi (1671—76), Nogironlar sobori (1680—1706), Vogezlar maydoni (1606—12), Val-degras monasti-ri(1645—71) bunyod etilgan. 18-asr va 19-asr boshlarida P. markazida ulkan may-don barpo etildi. U Luvr maydonini, Karusel (1806) maydonidagi arkni yangi Rivoli koʻchasi, Tyuilri bogʻi, Yelisey maydoni, de Goll maydonidagi Zafar darvozasi (1806—37) bilan birlashtiradi. Shu rayonning gʻarbida turar joy kvartallari joylashgan. U Bulon oʻrmoniga borib taqaladi. Daryoning chap sohilida Panteon (1758— 90), Burbonlar saroyi (18—19-asrlar), Grand-Opera teatri binosi (1860—75), Eyfel minorasi (1889) qad koʻtargan. 20-asrda P.da zamonaviy meʼmorlik uslubida Mars maydoni (1908—28), Shayo saroyi (1936), 60-yillarda va 70-yillarning boshlarida YUNESKO binosi va boshqa yangi majmualar bunyod etildi. Sena daryosiga 60 dan ziyod koʻprik qurilgan.

P.da mamlakatning yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlari joylashgan. Parij (Sorbonna) universiteti (13-asr), Fransiya kolleji, konservatoriya, konchilik, sanʼat maktablari, qishloq xoʻjaligi instituti, Fransiya instituti (tarkibida 5 akademiya mavjud), muzeylar (Luvr muzeyi va boshqalar), 60 dan ziyod teatr (jumladan, "GrandOpera", "Komedi Fransez"), konsert zallari, yirik ku-tubxonalar, kosmosni tadqiq qilish markazi, telemarkaz va boshqa bor. Shaharda sanoat va savdo birlashmalari, yirik mahalliy va xorijiy banklar, davlat maʼmuriy-boshqaruv idoralari, siyo-siy partiyalarning rahbarlik organlari va h.k. joylashgan. Har yili P.da savdo yarmarkalari oʻtkaziladi. P.da 1900 va 1924 yillarda 2- va 8-olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan. Shahar atro-fida oʻrmonlar saqlangan.

Salerno

Salerno — Italiyaning jan. qismidagi shahar. Tirren dengizining Salerno qoʻltigʻi sohilidagi port. Salerno provinsiyasi va Kataniya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 144 ming kishi (2001). Dengiz kurorti. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. universitet bor. Shahar qoʻlyozmalarda mil.av. 197 yildan tilga olingan. Shahar 11—13-asrlarda oʻzining tibbiyot maktabi (9-asr, Yevropada birinchi dunyoviy tibbiyot maktabi) bilan mashhur boʻlgan. 12—13-asrlarda savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan.

Sevilla

Sevilya — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyati va Sevilya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 702 ming kishi (1998). Gvadalkvivir daryosi boʻyidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, kemasozlik va aviasozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo va neft kimyosi sanoatlari korxonalari mavjud. Arxeologiya, nafis sanʼat muzeylari, universitet (1502) bor.

Sevilla qadimda Gispalis deb atalgan. 3-asrda rimliklar, 712 yilda arablar bosib olgan. 1248 yilda Kastiliya va Leon qirolligiga qoʻshilgan. 15-asrda Sdan Kolumbning 1ekspeditsiyasi yoʻlga chiqqan. 15—17-asrlarda S. Yevropada eng yirik savdo shaharlaridan edi. Meʼmoriy yodgorliklaridan AlQasr saroyi (12-asr oxiri), gotika cherkovi (13—14-asrlar), kafedrali sobor (sobiq Jome masjidi), "La Xiralda" qoʻngʻiroqxonasi (12, 16-asrlar) va boshqa saqlangan.Sevilla Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Sevilla provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 141,31 km2. Aholisi – ▲ 703 206 kishi (2009).

Shahar

Shahar nisbatan katta va doimiy aholi punktidir. Koʻp shaharlarga mahalliy qonunchilik alohida maʼmuriy, qonuniy yoki tarixiy mavqeʼ beradi.

Masalan, Oʻzbekistonning Toshkent shahri viloyat va viloyat markazlaridan alohida mavqeʼga ega. Yevropada esa tarixan shahar sifatida oʻz sobori bor har qanday aholi punkti qaralgan.

Shaharlar odatda murakkab sanitariya, yoʻl va koʻcha, turar-joy hamda transport tizimiga ega boʻladi. Aholisi soni milliondan oshadigan shaharlar megapolis, deyiladi; shahar oʻsib, boshqa shaharlarga yetsa va ularni oʻziga qoʻshib olsa, bu shahar megalopolisga aylanadi.

Shahar — aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band boʻlgan yirik aholi manzilgohi. Shahar — bevosita qishloq xoʻjaligi bilan band boʻlmagan aholi toʻplangan markaz. Shahar atrofidagi tumanlar uchun maʼmuriy va madaniy markaz boʻlibgina qolmay, balki ularning joylashishi va oʻsishiga ham katta taʼsir koʻrsatuvchi omil hamdir. Aholi punktlariga Shahar maqomi berilishi uchun aholi soni, bajaradigan funksiyasi: sanoat ishlab chiqarish, tashkiliy-xoʻjalik, madaniy-siyosiy, maʼmuriy va h.k. bosh mezon boʻlib hisoblanadi. Aholi manzilgohlarini Shahar toifasiga oʻtkazish maʼlum qonuniy tartibda amalga oshiriladi va chegarasi belgilanadi. Turli mamlakatlarda Shahar maqomini olish mezoni turlicha, mas, Daniya va Ispaniyada aholi soni 250 kishi, Gruziya va Turkmanistonda 5 ming, Tojikiston va Qirgʻizistonda 10 ming, Rossiyada 5—12 ming, Yaponiyada 25 ming kishi boʻlishi kerak. Oʻzbekistonda 7 mingdan yuqori boʻlishi talab etiladi. Aholi soniga koʻra, Shaharlar kichik (50 minggacha), oʻrta (50—100 ming) va katta (100 mingdan ortiq) boʻladi. Oʻzbekistonda 120 shahar, 113 ta shaharcha bor. Shundan 17 tasi katta shaharlar (Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Qoʻqon, Fargʻona, Nukus, Qarshi, Urganch, Olmaliq, Angren, Chirchiq, Navoiy, Margʻilon, Termiz, Jizzax), 16 tasi oʻrta va qolganlari kichik shaharlar. Shaharlar bajaradigan vazifalariga koʻra — poytaxt, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya, din, fan va ilmiy tekshirish markazlariga boʻlinadi. Shuningdek, respublikaga boʻysunuvchi, muxtor respublika, viloyat, tumanlarga boʻysunuvchi Shaharlarga ajratiladi.

Shahar aholisi butun jahon aholisining 47,5% dan ortigʻini tashkil etadi. BMTda qabul qilingan terminologiyaga muvofiq, 8 mln. va undan ortiq aholisi boʻlgan Shaharlar — megashahar deb yuritiladi. Bunday Shaharlar Yer yuzida 1950 yilda 2 ta, 1995 yilda 22 ta, hozirgi kunda 25 dan ortiq. Bir yoki ikki Shahar atrofida Shahar va shaharchalarning zich joylashishi Shaharlar aglomeratsiyasi deyiladi. Eng yirik Shahar aglomeratsiyalari: Tokio, Nyu-York, Mumbay, Shanxay, Mexiko, San-Paulo va boshqalar Oʻzbekistonda Toshkent, Fargʻona — Margʻilon, Samarqand, Andijon, Namangan va boshqalar Shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Bir necha Shahar aglomeratsiyalari qoʻshilib, megalapolis yoki megapolislarni tashkil qiladi. Hozirgi Bosvash, Tokaydo va boshqalar megapolislar bor. Baʼzan yirik Shaharlar yonida yoʻldosh shaharlar vujudga keladi.

Turingiya

Tyuringiya, Tyuringiya Respublikasi (nem. Thüringen) — Olmoniya yeri. Poytaxti - Erfurt. Maydoni - 16 251 km2. 2 378 000 nafar aholi istiqomat qiladi. Mamlakatnig markaziy qismida, Tyuringiya soyligi atrofida, Tyuringiya Oʻrmonlarida joylashgan. Tyuringiya 5 ta federal yer bilan chegaradosh. Maydoni 16,2 ming km². Axoliyey 2,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Erfurt sh.

Tyuringiya — Olmoniya hududidagi tyuringlarning qad. viloyati. 1130 yildan landgraflik, 16-asr oʻrtalaridan Saksoniya qirolligi va bir qancha knyazliklar tarkibida boʻlib keldi. 1918 yilda knyazliklar barham topib. Tyuringiya yeri tashkil etildi. 1945 y. fashistlar Olmoniyasi parchalanib, Tyuringiya Sovet Ittifoqi okkupatsiya zonasiga oʻtdi. 1949 yildan Olmoniya Demokratik Respublikasi tarkibida 3 okrugga ajratildi. 1990 yilda Olmoniya birlashgach, okruglari ham birlashtirilib, Tyuringiya Respublikasi tashkil etildi.

Tyuringiyani muhim transport yoʻllari kesib oʻtganligi sababli, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi uchun sharoit kulay boʻlgan. Tyuringiya qadimdan hunarmandchilikning , ayniqsa, ov va sport qurollari ishlab chiqarish. markazi edi. Konchilik, elektrotexnika, keramika, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Chinni va shisha buyumlar, oʻyinchokdar ishlab chiqariladi. Stanoksozlik, optikamexanika, avtomobilsozlik korxonalari mavjud. Tyuringiyada 3 unt, bir nechta maxsus oliy oʻquv yurti, 50 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituta va texnik markazlar bor. Qishloq xoʻjaligida donli ekinlar, raps, kartoshka, qand lavlagi ekiladi. Tyuringiya — I.V.Gyo’te, I. Bax va boshqa mashhur shaxslar vatani.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.