Samariya

Samariya (yahudiycha — Shomron) — Falastindagi kds. shahar. Isroil podshohligi poytaxti. Mil. av. taxminan 880 yilda barpo qilingan. Mil. av. 1-asrningoxirlarida podshoh Irod I tomonidan nomi Sebastu (hozirgi Sebastiya) deb oʻzgartirilgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Abu tohirxoja samarqandiy

Abu tohirxoja samarqandiy (Mir Abu Tohir ibn Qozi Abu Sa’id Sadr Samarqandiy) (7–1874) – tarixchi. Axloqqa oid "Axloqi Muzaffariy" ("Muzaffar axloqi") asari Buxoro amiri Muzaf-farga bag‘ishlangan. Unda Muzaffarning axloqiy qarashlari va yurish-turishlari bayon qilingan. "Samariya" asarida Samarqandning qadimgi davrdan to 19-asr gacha bo‘lgan tarixi tasvirlangan.

Bibi-Xonim masjidi

Bibixonim jome masjidi - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1399—1404). Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan qurilgan. Masjidni kurgan usta va meʼmorlarning nomlari nomaʼlum. Masjid hovlisining sahni 63,8x76,0 m boʻlib, toʻrt tomondan ravoq va peshtoklar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167x109 m, burchaklarida baland minoralar boʻlgan. Zilzilalar taʼsirida astasekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shimoli-gʻarbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. Poydevori harsang toshdan, devorlari pishiq gʻishtdan ishlangan (qalinligi 4,5 m).

Masjidning bir-biri bilan bogʻlangan 6 ta meʼmoriy boʻlaklari saqlanib qolgan. Bular hovlining toʻrida mehrobli va baland peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shimoli-gʻarb tomonda minoradir. Ilgari bu boʻlaklar 3 qator oq marmar ustunli, yengil ravoqli bostirmaayvonlar bilan birlashgan va ular tepasida gumbazchalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligʻi 3,5 m) boʻlib, tagkursili, tanasi oʻyma naqsh, tepasi kalla muqarnaslar bilan bezalgan (ular tuproq ostiga kumilib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda kosachalardan iborat muqarnasli ustun qoshi topilgan). Hovlining har ikki yonida tashqi darvozaga ega bulgan turtta peshtokli darvozaxonasi bor. Masjidning hovli sahniga marmar toshtaxtachalar yotqizilgan. Hovli oʻrtasida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh (Qurʼon oʻqiladigan maxsus kursi) bulib, u dastlab asosiy bino ichida turgan (1875 yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli oʻrtasiga chiqarib qoʻyilgan). Atrofiga nafis hoshiyalar chizilgan, muqarnaslar, oʻsimliksimon nakshlar va yozuvlar bilan bezalgan lavh Amir Temurning nabirasi Ulugʻbek farmoniga binoan 15-asr urtalarida yasalgan. Unga "Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, dindiyonat homiysi, Xanafiya mazhabiningposboni, aslzoda sulton, ibni sulton, amiri moʻʼminin Ulugʻbek Koʻragon", deb bitilgan.

Masjidga kiraverishdagi peshtoqning yuqori qismi 1897 yilgi zilzila paytida qulagan (qolgan qismining balandligi 33 m, kengligi 46 m). Peshtoq mahobatli boʻlib, oʻrtasida kengligi 18,8 m li ravoq bor. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland. Peshtoqning ichki tomonida kichikroq (ikkinchi) ravoq oʻrnashgan. Unda oʻyma marmar hoshiyali darvoza boʻlgan. Uning ustidagi lavhada masjidning qurilgan yili va Amir Temur shajarasi yozilgan (1897 yilgi zilzilada katta peshtoq ravogʻi qulab tushgan). Qoʻsh tabaqali darvoza yetti xil metall qotishmasi— "hafti jush"dan yasalgan (keyinchalik yoʻqolib ketgan). Peshtoqning yon qanotlarida ikkita aylanma zina boʻlgan. Zinadan yuqoriga—kungura ravoqli maydonchaga chiqilib, undan minoraga oʻtilgan. Peshtoqning keng yuzasi jilvali koshinlar, rangbarang, qalqon shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan (hozir peshtoqning koshinlari tushib ketgan. Peshtoqning saqlanib qolgan qismi yorilib, devordan ajralib qolgan). Masjidning asosiy (mehrobli) binosi Amir Temur zamonasining meʼmoriy uslublari haqida toʻliq tasavvur beradi. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Agar osmon gumbazi boʻlmaganda masjid gumbazi olamda yagona boʻlar edi", degan mubolagʻasi bejiz emas. Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita koʻp qirrali minora bor. Peshtoq orqasidagi xona oddiy, ammo salobatli handasiy shakllar yigʻindisi (kubsimon prizma, xonaning sakkiz qirrali qismi ustiga tushgan poygumbaz va gumbaz)dan iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi boʻlib, tomonlari 14,6 m ga teng. Uning ustida xona devorlari boʻylab oʻtuvchi ravoqlardan iborat 8 qirrali prizma bor. Gumbazning doirali asosiga poygumbaz tutashtirilgan. Poygumbaz sirtiga Qurʼon oyatlari bitilib, usti feruza koshinlar bilan pardozlangan gumbaz bilan berkitilgan (qoldigʻi koʻrinib turibdi). Uning kirish tomonlari ham bosh peshtoq kabi rangbarang koshinlar bilan qoplangan, sopol gʻishtchalar yotiq, sirlangan rangli gʻishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shakllari tiniq, lojuvard gʻishtchalardan terilib, ularning oraligʻi zangori gʻishtchalar, oq toshlar bilan tuldirilgan. Oddiy handasiy shakllar va pechak kabi chirmashib ketgan yozuvlar bino bezagining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mehrobli binoning baland minoralari sathi 4 burchakli kichik namoyonlarga boʻlingan. Handasiy shakl va islimiy naqshlar (turli ranglarda) namoyonlarni bezagan. Ular koshinkorlik uslubida ishlangan. Peshtoq devorining yuzasi kesma koshin bilan qoplangan. Koshinkor bezakning har bir boʻlagi, gullarning oʻzaklari, kosachalari, poyalari, gunchalari va barglari maxsus zaminkoshinlar parchasidan alohida kesib olingan, sopolchalar oraliq qoddirmay bir-biriga moye joylashtirilgan. Bu koshinlar (ayniqsa koʻk ranglilari) tiniq shisha kabi yaltirab turadi. Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning asosan kichik hajmdagi takrori boʻlsada, nakshlarning soddaligi va gumbazning kungiradorligi bilan farqlanadi. Masjidning ichki qismini pardozlashda naqqoshlik bezaklari qatorida zarhal boʻrtma naqshlardan keng foydalanilgan. Masjiddagi koʻp qirrali yulduzlar, 3 qavatli xatlar oʻyilgan lavhalar jajji muqarnaslar bilan bezalgan, hoshiyalar oq toshdan yoʻnilgan. Tarixnavis Ibn Arabshohning shahodat berishicha, Jome masjidi mahobatidan hayratga kelgan zamondoshlari "Obidalarimiz avlodlarga bizning kimligimizdan darak beradi", deb gʻurur bilan jar solishgan ekan.

1868 yilda podsho Rossiyasi qoʻshinlari Samarqandni qamal qilganda Bibixonim jome masjidi m. toʻp oʻqidan vayron boʻlgan. Vayrona holda boʻlsa ham masjidning meʼmoriy shakllari serhashamligi, bezaklarining nafisligi bilan kishi diqqatini jalb qilib kelgan. Undagi rangbarang naqshlarda oʻsha davr xalq ustalarining nozik didi va yuksak mahoratidan darak beradi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan oʻtmishimizning boshqa meʼmoriy yodgorliklari qatori Bibixonim jome masjidi m. ni tiklashga alohida eʼtibor berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash" haqidagi qarori (1994 yil 29 dekabr)ga binoan meʼmoriy majmuada taʼmir ishlari olib borilmoqda.

Hazrati Xizr masjidi

Hazrati xizr masjidi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr oʻrtalari); afsonaviy oʻlmas shaxs Hazrati Xizr nomi bilan bogʻliq. Bino Shohizinda J majmuasi qarshisidagi tepalikda joylashgan qad. masjid poydevori ustiga qurilgan (mehrobdagi yozuvga koʻra 1855 y.). Masjid xonaqoh, uning 2 yonida hujralar, qoʻshimcha xonalar, omborxona, minoradan iborat; keyinchalik binoga qoʻshimcha ayvon (1899), darvozaxona (1919) qurilgan. Bosh tarzidagi’ tik zinapoyadan darvozaxonaga chiqiladi, undan uncha katta boʻlmagan xonaga kiriladi. Darvoza peshtoqgumbazli, peshtoqning 2 burchagiga qubbasi qovurgʻali guldasta-minoralar ishlangan; peshtoqning chap tomonida ravoqli, oʻymakori bezatilgan 5 ta yogʻoch ustunli peshayvon jozibador naqshlar bilan serhasham bezatilgan, qirma usulidagi ganch bezaklar mahorat bilan ishlangan. Peshayvondan baland gumbaz bilan yopilgan xonaqohga utiladi. Tashqarisi piltavor gumbaz 8 qirrali poygumbazga oʻrnatilgan, oraligʻi muqarnaslar bilan ziynatlangan. Peshtoq hamda qafasali minora koshinkori bezatilgan, peshtoq poy-gumbaziga ravoqli darchalar ishlangan. Bino 20-asr 90-yillarida qayta taʼmirlandi.

Isroil podsholigi

Isroil podsholigi - Shim. Falastinda mil. av. taxminan 928—722 y.larda mavjud boʻlgan davlat. IsroilYahudiya podshoxligi parchalanib ketgach, rivoyatlarga koʻra, 12 ta isroilyahudiy qabilasidan 10 tasining birlashtirilishi natijasida tashkil topgan. Poytaxtlari: Sixem (hoz. Nablus), 876 y.dan keyin — Samariya. Ossuriya podshosi Sargon II tomonidan bosib olingan.

Krit

Krit — Oʻrta dengizning sharqiy qismidagi orol, Yunoniston hududi. Maydoni 8,3 ming km². Uzunligi gʻarbdan sharqqa 260 km, eni 12 km dan 55 km gacha. Shim. qirgʻoqlari qoʻltiqlar bilan parchalangan, jan. kam parchalangan, jarli. Relyefi togʻli. Togʻ massivlari (eng baland joyi 2456 m, Ida togʻi) ohaktosh va slanetslardan tuzilgan, karst hodisasi keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi, yozi quruq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 12°, iyulniki 26°. Togʻlarda qor may oyigacha saqlanadi. Yiliga 600 mm dan 1600 mm gacha (sohil qismida) yogʻin yogʻadi, asosan, qish oylarida. Oʻrta dengiz butalari (frigana) oʻsadi, togʻ tepalari yaylov. Tokzor va zaytunzorlar bor. Donli ekinlar, tamaki ekiladi. Aholi qoʻychilik, baliq ovlash bilan ham shugʻullanadi. Samariya milliy bogʻi tashqil etilgan (togʻ flora va fauvasi muhofaza qilinadi). Antik davr va oʻrta asrlarda qurilgan koʻplab meʼmoriy yodgorliklar (qalʼa, cherkovlar) saqlangan. Asosiy portlari: Iraqlion, Xanya.

K. — Yevropa madaniyatining eng qad. oʻchoqlaridan. Orolda miloddan avvalgi 3-ming yillikda ilk quldorlik davlatlari vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 20—15-asrlarda bu davlatlar juda rivojlangan. Miloddan avvalgi 1-asrda K. Yunonistoning siyosiy va madaniy hayotida muhim oʻrin tutgan. Miloddan avvalgi 67 yilda orolni rimliklar egallagan. Rim imperiyasi parchalanib ketgandan soʻng (395 yil) K. Sharqiy Rim imperiyasi, 823—961 yillarda arablar qoʻl ostida boʻldi, 961 — 1204 yillarda Vizantiya tarkibiga kirdi. 1669 yil dan Usmonli turk saltanati tasarrufida. Bolqon urushlarishn soʻng Yunoniston—Turkiya shartnomasi bilan tasdiklangan 1913 yildagi London sulh shartnomasiga asosan, K. Yunonistonga oʻtdi.

Novadon arigʻi

Novadon arigʻi - Samarqand shahrining eng qad. suv manbalaridan biri. Shahar hududini shim.dan jan-.ga kesib oʻtuvchi Novadon arigʻi buloq suvidan hosil boʻlgan. Abu Tohirxojaning "Samariya" asarida "Samar kazdirgan buloq" sifatida qayd etilgan. Man-balarda koʻrsatilishicha, Novadon arigʻidan chiqarilgan maxsus ariq orqali miloddan avvalgi 5—4-asrlarda Afrosiyo’bga suv olib kelingan. Ilk oʻrta asrlarda Novadon arigʻi "Chokardiza" nomi bilan mashhur boʻlgan. Undan suv shaharga Joʻyi Arziz orkali olib oʻtilgan. Ehtimol shu tufayli bu suv manbai — Novadon, yaʼni "Novali" nomini olgan.

Obimashad arigʻi

Obimashad arigʻi, Obimashhad arigʻi — Samarqand shahrining shim.sharqiy qismida joylashgan shu nomdagi bulokdan boshlangan ariq. Aslida Obimashad arigʻi Siyob anhorining irmoqlaridan boʻlib, Samarqanddan kesib oʻtgan No-vadon, Siyobcha, Jarariq kabi suv man-balari bilan bir qatorda shaharning suv taʼminoti va atrofidagi dehqonchilik va bogʻdorchilik yerlarini sugʻorishda muhim ahamiyat kasb etgan. Obimashad arigʻining suvi samarqandliklar oʻrtasida muqaddas sanalgan. Rivoyatlarga koʻra, Qusam ibn Abbos ibn Abdulmutallib (Muhammad paygʻambarning amakivachchasi) Obi-mashhad bulogʻining yoqasida shahid boʻlib, uning yaqiniga dafn etilgan. Shu boisdan uning mozori "Mashhad", yaʼni, shahid boʻlgan yer deb atalgan. Har yili Navroʻzda shahar aholisi Obimashad arigʻi so-hillarida toʻplanib "Qozon toʻldi", "Boy boʻldi" va "Gunoh toʻkildi" deb atalgan turli sayil va marosimlar oʻtkazganlar hamda uning suvi bilan ta-horat olib gʻusl etganlar. Obimashhad qadimda aslida "Obimaskat" shaklida talaffuz etilib, u "Katta qishloqning suvi" (yaʼni arigʻi) nomini anglatgan.

Salmanasar

Salmanasar — Ossuriyada hukmronlik qilgan shohlar nomi.

S. I — shoh (anʼanaviy sanaga koʻra, mil. av. taxminan 1280—60). Mitanni davlatiga qarshi otasi Adadnirari I tomonidan boshlangan urushni davom etgirgan. Mitanni qoʻshinlari va koʻmakchi xett va oromiy otryadlarini tormor qilib, amalda Mitannini yoʻq qilgan. S. I qoʻshinlarini Karxemishga yurishi xettlar va Misrga xavf tugʻdirgan. Bu Xett podshosi Xattusili III va Misr firʼavni Ramses II oʻrtasida sulh tuzilishini, shuningdek, XeggBobil ittifoqini qaytadan tiklanishini tezlashtirgan. Shim.da S. I Urartu qabilalari uyushmasini magʻlubiyatga uchratgan.

S III — shoh (mil. av. 859—825 yoxud 824). Ashshurnasirpal II (Ashshurnatsirapal)ning oʻgʻli va vorisi. BitAdini podsholigini (Frot daryosini oʻrta oqimi boʻylari) tobe etgan va Shim. Suriyadagi bir qator davlatlarga oʻlpon toʻlash majburiyatini yuklagan. S. III ning Damashq podsholigini egallash uchun qilgan harakati zoye ketgan. S. III Finikiyaning savdo shaharlari va Isroil podsholigidan oʻlpon olib turgan. Sharqda Midiya va Urartuga qarshi talonchilik yurishlari qilgan.

S V — shoh (mil. av. 727—722). Tiglatpalasar III ning oʻgʻli va vorisi. Ayni vaqtda Bobil podshosi (Ululay nomi bilan) boʻlgan. Tir va Isroil podsholigiga qarshi harbiy yurishlar qilgan. Muqaddas ibodatxonalar joylashgan shaharlarning (Ashshur, Sippar, Nippur va Bobil) dahlsizligini bekor qilgan, ular zimmasiga soliq toʻlash va turli majburiyatlarni yuklagan. 722 y. Samariya qamali chogʻida taxtdan agʻdarilgan.

Samariya (asar)

"SAMARIYA" — Abu Tohirxoja Samarqandiyning Samarqand sh. tarixiga oid asari. "S." 11 bob, muqaddima va xotimadan iborat boʻlib, Samarqandning bunyod etilish tarixi, shaharning Samarqand deb atalish sabablari, geografik holati, obhavosi va 19-asrninkZchoragiga qadar saqlanib qolgan osory atiqalari, shuningdek, mayejid va madrasalar, koʻshklar va mozorlar haqida maʼlumot beradi. Bundan tashqari, asarda mashhur tarixiy shaxslar, islomning koʻzga koʻringan namoyandalari va ularning hayotigaoid axborotlar ham koʻp. Asar oʻtgan asrning soʻnggi choragida V.L. Vyatkin tomonidan 1marta rus tiliga tarjima qilinib, 1898 yilda Samarqandda chop qilingan. N.I. Veselovskiy tomonidan asarning koʻhna qoʻlyozma nusxalari asosida 1904 y. Sankt-Peterburgda fors-tojikcha tanqidiy matni bosilgan. Veselovskiy "S."ning mazkur nashriga K.P.Kaufman amri bilan Nuriddin Basir (Qutbi chahordahoʻm nomi bilan mashhur boʻlgan, 1878 yilning avg . oyida portlatib yuborilgan) mozorining rasmi va loyihasini hamda mozorga vaqf qilingan yersuv va mulk haqidagi vaqfnomani ilova kilgan. Asar 1921 y. forschadan oʻzbek tiliga Abdulmoʻmin Sattoriy tomonidan tarjima kilingan. 1925 y. S.Ayniy taxriri bilan nashrga tayyorlanganicha qolib ketgan. 1991 y. "S."ning shu nusxasi (nashrga tayyorlovchilar B. Ahmedov, A. Juvonmardiyev) oʻzbek tilida Toshkentda nashr etilgan. Qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. (inv. №600).

Samariya (maʼnolari)

Samariya:

Samariya (yahudiycha — Shomron) — Falastindagi kds.

Samariya (asar) - "SAMARIYA" — Abu Tohirxoja Samarqandiyning Samarqand sh.

Samarqand

Samarqand — Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925—30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Sdan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qungʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariklaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25,9°, eng yuqori temperatura 40—42°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2°, eng past temperatura —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519,6 ming kishi (2016); 1975 yil 299 ming, 1970 yil 267 ming, 1959 yil 196 ming, 1939 yil 136 ming, 1897 yil 55 ming, 1865 yil 26 ming. S. shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud.

Shayboniylar daxmasi

Shayboniylar daxmasi - Samarqanddagi oʻrta asr meʼmoriy yodgorligi (16-asr). Shapboniyxon 1510 y. Eron shohi Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda halok boʻlgach, Samarqandga olib kelinib oʻzi kurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503—04 y. oʻldirilgan), Maxdiy Sulton, Hamza Sulton (1511 y. oʻldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511 y.v.e.), Qutlugʻ Muhammad Sulton (1545 y.v.e.), Abulxayr Sulton (1511 y. udsirilgan), Yodgor Sultonim (1526 y.v.e.), Shaxribonu xonim (1535 y.v.e.), Shoh Sulton xonim (1530 y.v.e.), Suyunch Muhammad Sulton (1586 y.v.e.) lar dafn etilgan.

Ulugʻbek (astronom)

Ulugʻbek (taxallusi; asl ismi Muhammad Taragʻay) [1394.22.3, Sultoniya sh., Eron Ozarbayjoni — 1449. 27.10, Samarqand] — buyuk oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Shohruxning oʻgʻli, Amir Temurnint nabirasi. Sohibqironning "besh yillik yurish"ida (1392—96) Irokdagi Mordin qalʼasini qamal qilish chogʻida tugʻilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib U.ning tugʻilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor boʻlishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qalʼasi qamalini toʻxtatib, uning xalqiga yuklangan toʻlovni bekor qiladi. Uning oʻz nabirasiga Muhammad Taragʻay va Ulugʻbek deb ism qoʻyganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bogʻlash mumkin.

Amir Temur U. tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Klavixonmng qayd etishicha, U. bobosining xorijiy elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. 1404 y. Konigillya. oʻtkazilgan tantanalarda Amir Temur oltita nabirasining (jumladan, U.ning) nikoh toʻylarini oʻtkazgan. Toʻyda Sohibqiron U.ka Toshkent, Sayram, Yangi (hozirgi Taroz), Ashpara va Moʻgʻulistonni to Xitoy hududigacha suyurgʻol qilib bergan. Amir Temur Oʻtrorda vafot etgan chogʻda U. ham oʻsha yerda boʻlgan. [[Temuriylar oʻrtasida toju taxt uchun kurash boshlangan. Oʻtrordan qaytgan Shohrux farzandlari — U. va Ibrohim Sultonni amirlar poytaxt Samarqandga kiritmaydilar, ular Buxorodan panoh topishgan. Samarkand taxtini Xalil Sulton egallagan. Xurosonni boshqarib turgan Shohrux U.ka dastlab Andxoʻy bilan Shibirgʻonni, keyinchalik Xurosonning Tus, Xabushon, Kalot, Bovard, Naso, Yozir, Sabzavor va Nishopurdan iborat qismini boshqarishni topshirgan. 1410 y. Shohrux Movarounnahrni oʻz tasarrufiga kiritgach, uni idora eti sh ni Turkiston viloyati bilan birga U.ka topshirib, Sohibqiron vasiyatini qayta tiklagan. U. yosh (15 yosh) boʻlgani sababli amir Shohmalik unga homiy etib belgilangan. Lekin Shohmalikning raqibi — Oʻtrordagi Shayx Nuriddin va Muhammad Jahongirning Hisordagi voliylari 1410 y. bahorida U. va Shohmalikka qarshi chiqqanlar. Shu yilning yozida Shohrux ishtirokida boʻlgan jangda Shohmalik va U. gʻalaba qilganlar. 1411 y. sent.da Shohrux Samarqandga kelib, Shohmalikni oʻzi bilan Hirotga olib ketgan va keyinchalik Xorazmga hokim qilib yuborgan (1413). Shu vaqtdan boshlab U. Movarounnahrni mustaqil idora etishga kirishgan. Shohrux Movarounnahrda boshqa temuriy shahzodalarga ham mulk ajratgan edi. Chunonchi, Hisori Shodmonni Muhammad Sultonnpng oʻgʻli Muhammad Jahongir mirzoga, Oʻzgand viloyatini Umarshayxning oʻgʻli Amirak Ahmadga suyurgʻol qilgan edi. Biroq ular U.ka tobe edilar. 1414—15 y. ular oʻrtasida ixtilof chiqib, U. Amirak Ahmad ustiga qoʻshin tortgan va uni yenggan. Shohrux Amirak Ahmadni Xurosonga chaqirtirib olgan; Qashgʻar ham to 1428 yilgacha U.ka tegishli boʻlgan.

U. oʻz hukmronligi davomida 2 marta yirik harbiy yurish qilgan. Birinchisida 1425 y. Moʻgʻuliston xoni Shermuhammad oʻgʻlon (1421—25) oʻzini mustaqil xon deb eʼlon qilganda, U. unga qarshi yurish qilib zafar qozongan. U.ning 2yurishi Sigʻnoq sh. tomon boʻlgan. Sirdaryoning quyi havzasi U. tasarrufida edi. U. 1427 y. Sigʻnoq yaqinida uning mulkiga tahdid qilgan [[Ba[[roq oʻgʻlon (qarang [[Ba[[roq) bilan toʻqnashgan va magʻlubiyatga uchragan. Dushman U.ni taʼqib qilib, Samarqand ostonalarigacha kelgan.

Movarounnahr xavf ostida qolganligi tufayli Shohrux Xurosondan katta lashkar tortib kelib xavfni bartaraf etadi.

Shohrux vafoti (1447, 12 mart)dan keyin U.ning katta oʻgʻli Abdullatif voris sifatida [[Temuriylar hukmdori boʻlib qoladi. Lekin Shohruxning qattiqqoʻl xotini Gavharshod begim bu haqda oʻz fikriga ega edi. U Shohrux davrida [[Temuriylarning poytaxti boʻlib qolgan Hirot taxtiga marhumning 3oʻgʻli boʻlmish Boysungʻur mirzoning oʻgʻli va suyukli nabirasi Alouddavla mirzoni oʻtqazish tarafdori edi. Gavharshod begim Hirot taxtiga Alouddavlani oʻtqazganini U.ka nisbatan isyon deb qaralmogʻi kerak edi. Shuning uchun U. 1448 y. bahorida Abdullatif bilan birgalikda 90 ming askar bilan Xurosonga kelib, Hirot yaqinida boʻlgan jangda Alouddavlani tormor qiladi. Gʻalaba Abdullatifning shaxsiy shijoati va lashkarboshilik isteʼdodi tufayli erishilgan boʻlsa ham, U. Fathnomani kichik oʻgʻli Abdulaziz nomidan eʼlon qiladi. Undan tashqari, bobosi Shohrux tomonidan Abdullatifga vasiyat qilingan Hirotdagi Ixtiyoriddin qalʼasi va uning ichidagi boyliklarini ham U. Abdulazizga beradi. Shundan soʻng U. bilan Abdullatif oʻrtasidagi munosabat ochiq dushmanlik tusini oladi.

U. Samarqandda Abdulazizni qoldirib, lashkar bilan katta oʻgʻliga qarshi jangga yuradi. Abdullatif ham oʻz lashkari bilan Amudaryo yoqasiga kelib turadi. Ikkala lashkar ham daryoning 2 soxilida uzoq muddat turib, suvni kechib oʻtishga botinmaydi. Bu orada U., Abdulaziz lashkardagi amirlarning oilalarini taʼqib etayotir, — degan xabarni eshitib, Samarqandga qaytib kelishga majbur boʻladi va shahar aholisining Abdulazizga qarshi isyon koʻtarganining guvohi boʻladi. Tezda shaharni tartibga keltirib, yana Abdullatifga qarshi jangga yoʻllanadi, lekin Samarqand yaqinida undan magʻlubiyatga uchraydi.

Oradan koʻp oʻtmay, U. Abdullatif buyrugi bilan qatl etiladi. Uning jasadi Goʻri Amir maqbarasiga dafn etilgan (qarang Amir [[Temur maqbarasi).

U. otasi Shoxrux davrida siyosiy hukmdor sifatida ichki va tashqi siyosat bobida birmuncha mustaqil boʻlgan. Boshqa davlatlar bilan bevosita savdo va elchilik munosabatlari olib borgan. U. davrida Samarkand sh. yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, meʼmorlik, adabiyot, umuman ilmfan yuksaldi, savdo taraqqiy etdi. Buxoroda (1417), Samarqandda (1420), Gʻijduvonda (1432—33) madrasalar va Marvda xayriya muassasalari qurildi. Madrasalarda diniy fanlar bilan birga dunyoviy fanlar ham oʻqitildi, koʻproq aniq fanlarga ahamiyat berildi. Bibixonim masjidi, Amir [[Temur maqbarasi, Shohizinda va Registon majmualari qurilishlari poyoniga yetkazildi. Bundan tashqari, mamlakatda koʻplab jamoat inshootlari (karvonsaroy), tim, chorsu, hammomlar va boshqa ham bunyod etilgan (U. davridagi Movarounnahrdagi ichki va tashki siyosat, elchilik aloqalari, pul islohotlari, iqtisodiy, madaniy holat haqida q. [[Temuriylar).

Ilmiy va madaniy merosi. U. Oʻrta Osiyo xalqiari ilmfani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng buyuk ishi — Samarkand ilmiy maktabini oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy edi. U.ning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrtaosiyolik mashqur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Abul Abbos alJavhariy, Ibn Turk alXuttaliy, Xolid alMarvarrudiy, Ahmad alMarvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi. U. Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi (qarang Ulugʻbek rasadxonasi).

U. akademiyasidagi yirik olim — Ali Qushchshsh U. "Ziji"ning soʻzboshisida "farzandi arjumand", yaʼni "aziz farzandim" deydi. Aslida u U.ning sadoqatli shogirdi boʻlib, "Zij" ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan.

U. Samarqandda 2 ta Madrasa: biri — Registon ansambli tarkibida va 2si Goʻri Amir ansambli tarkibida barpo qilgan. Boshqa yirik olimlar qatorida U.ning oʻzi ham bu madrasalarning har birida haftada bir marotaba maʼruza oʻqigan. Boshqa vaqtini koʻproq astronomik kuzatishlarga, "Zij" ustida ishlashga va davlat ishlariga bagʻishlagan. (qarang Ziji Koʻragoniy).

U.ning yana bir matematik asari "Risolai Ulugʻbek" deb ataladi va uning 1nusxasi Hindistonda Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi, hali oʻrganilmagan. Balki u ham hisoblash matematikasiga aloqadordir.

U. merosini oʻrganish. Fan va madaniyat tarixida soʻnmas iz qoldirgan U.ning ilmiy merosi uning "Zij"idir. Bu asar sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va unda qoʻllanilgak matematik usullari boʻyicha oʻrta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali boʻlganligi uchun avvalambor u musulmon mamlakatlaridagi olimlarning diqqatini jalb qilgan. "Zij"ga ilk sharhni U.ning shogirdi Ali Qushchi "Sharhi Ziji Ulugʻbek" nomi bilan yozgan.

Usha 15-asrning oʻzida qohiralik munajjim Shamsiddin Muhammad asSufiy alMisriy "Tashil Ziji Ulugʻbek" ("Ulugʻbek "Zij"ini osonlashtirish") nomli asar yozib, unda U. jadvallarini Qohiraning geografik kengligiga moslashtirdi. AlMisriy oʻzining "Taqvim alkavokib assabʼa" ("Yetti sayyoraning taqvimlari") va "Jodavil almahlul assani ala usul Ulugʻbek" ("Ulugʻbek usuliga koʻra ikkinchi yechimlar jadvali") nomli yana 2 asarida U. "Zij"iga murojaat qiladi.

Suriyalik olim Zayniddin alJavhariy asSolihiy (15-asr) "AdDurr annozil fi tashil attaqvim" ("Taqvimni soddalashtirishda nozil boʻlgan durlar") nomli asarida U. "Zij" ini qayta ishlagan.

U. "Zij"iga yozilgan eng mukammal sharh Samarqand ilmiy maktabining eng soʻnggi namoyandasi Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiyning (1525 y.v.e.) 1523 y. yozib tugatilgan "Sharhi Ziji Ulugʻbek" asaridir. Birjandiy oʻz "Sharh"ida mufassal va aniq raqamlar bilan bayon qilib, "Zij"ning sirlarini ochadi. U.ning koʻplab jumlalarini u chizmalar bilan tushuntirib isbotlagan.

Samarqandlik 2 buyuk olim — Qozizoda Rumiy va Ali Qushchining nabirasi Miram Chalabiy (1525 y.v.e.) "Zij"ga sharh yozib, uni "Dastur alamal va tashih aljadval" ("Amallar dasturi va jadvallarning tuzatilishi") deb atagan.

Eronlik olim Gʻiyosiddin Mansur alhusayniy ashShiroziy (1542 y.v.e.) "Zij"ga "Risola dar taʼniq Ziji Ulugʻbek" ("Ulugʻbek "Zij"ini aniklashtirish haqida risola") nomli sharh yozgan.

16-asrning 2yarmi va 17—18-asrlardagi qator musulmon olimlari "Zij"ga sharxlar yozdilar va uni qayta ishlab oʻz zamonlari va makonlariga moslashtirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin ashShomiy (1526—85), Mazhariddin alQori (16-asr), misrlik Abdulqodir alManufiy ashShofiʼiy (16-asr), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589 y.v.e.), Muhammad Boqir alYazdiy (1637 y.v.e.), hind Farididdin Dehlaviy (1629 y.v.e.), turk Muhammad Chalabiy (1640 y.v.e.), misrlik Rizvon arRazzoq alMisriy (1710 y.v.e.), Dogʻistonlik Damodon alMuhiy (1718 y.v.e.) kabi olimlarning sharhlari shular jumlasidandir.

Bular orasida hind daapat arbobi va olimi Savay Jay Singhning faoliyati alohida oʻrin tutadi. U Hindistonning Boburiy sultoni Muxammadshohning (1719—48) farmoni bilan U. rasadxonasidagi jihozlarning taʼriflariga koʻra, Dexli, Banoras, Jaypur, Ujjayn va Muttrada rasadxonalarini barpo qiladi. Soʻng u homiylik qilgan sultonga atab "Ziji Muxammadshohiy" asarini yozgan va unda U.ning baʼzi jadvallarini tayyorligicha qabul qilgan. T.N. QoriNiyoziy va dushanbelik G. Sobirovlar Savay Jay Singhning asari bilan U. "Zij" orasidagi bogʻliqlikni oʻz ishlarida koʻrsatganlar.

U.ning nomi Yevropada va umuman Gʻarb mamlakatlarida buyuk bobosi Amir Temurning shuhrati tufayli ancha ilgari maʼlum boʻlgan. Yevropa Amir Temur va uning oila aʼzolari haqida 1boʻlib Samarqaidga 1403—05 yillar sayohat qilgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixodan eshitgan. Klavixoning "Kundaliklar"i 1582 y. Sevilyada va 1607 y. Parijda nashr etilganidan soʻng yevropaliklar darhol Amir Temur va uning oila aʼzolari bilan qiziqqanlar. U. nomi 17-asr boshidanoq (1601 yildan) Amir Temurga bagʻishlangan dramatik asarlarda eslatiladi.

Bevosita U.ka bagʻishlangan Yevropadagi 1nashr ingliz astronomi Jon Grivs (1602—52) qalamiga oid. Uning 1648 y. nashr etilgan asarida U. yulduzlar jadvalining bir qismi (98 ta yulduz) ilova qilingan. 1665 y. yana bir ingliz olimi Tomas Xayd (1636—1703) Grivs bilan bogʻlanmagan holda "Zij"dagi yulduzlar jadvalini forsiy va lotincha tarjimada nashr etgan.

1690 y. Gdanskda polyak astronomi Yan Geveliy chop ettirgan "Yulduzlar osmonining atlasi"dagi ikkita gravyurada oʻsha davrning mashhur astronomlari orasidan U.ka faxrli oʻrin bergan, unda U.ning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Richchioli, Vilgelm IV va oʻzining jadvallari bilan solishtirgan. 1711 y. Oksfordda U.ning geografik jadvali 3marta nashr etilgan. 1807 y. oʻsha yerda bu jadval yangi grek tilida ham nashr etilgan. 1725 i. ingliz astronomi D. Flemetid (1646—1719) U.ning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Vilgelm IV, Yan Geveliy va oʻzining jadvallari bilan birga nashr etgan. 1767 y. ingliz G. Sharp U. yulduzlar jadvalining T. Xayd nashrini kayta nashr qilgan. 1843 y. ingliz F. Beyli (1774—1844) shu nashrni yanada takomillashtirib, 3nashrni amalga oshirgan. Fransuz sharqshunosi L .A. Sediyo (1808—76) 1839 y. U. "Zij"idagi astronomik jadvallarning bir qismini nashr etgan. 1917 i. amerikalik olim E. B. Nobl U. "Zij" idagi yulduzlar jadvalini 27 qoʻlyozma asosida tanqidiy matnini , 1927 y. K. Shoy "Zij"ning trigonometrik jadvalini nashr etgan. U. "Zij"i Rossiyada va sobiq Sovet Ittifoqida ham alohida tarixga ega boʻldi. 18-asrning 1yarmida Peterburg akademiyasida U. "Zij"i maxsus muhokamada boʻlgan va olimlar J.N. Delil (16881768), G. Ya. Ker uni tarjimasiga kirishganlar, lekin ish oxiriga yetkazilmagan.

1908—09 yillar V.L. Vyatkin U. rasadxonasining xarobalarini va uning asosiy asbobi — kvadrantini kavlab topgandan soʻng , Samarkand olimlarining faoliyatiga yangidan qiziqish boshlanadi. Natijada 1918 y. V. V. Bartoldiint "Ulugʻbek va uning davri" asari nashr etilgan.

Sovet davrida U.ning xayoti va ijodi bilan mamlakat jamoatchiligini tanishtirish boʻyicha T.N. QoriNiyoziy koʻp saʼyharakat qilgan. U. ijodini targʻib qilishda Gʻ. Jalolov va V. P. Shcheglovlarning nashrlari ham diqqatga sazovordir. 20-asrning 80-yillari boshiga kelib U. "Zij"ining toʻliq va mukammal holda, ilmiy izoxlar bilan taʼminlangan tarjimasini A. Axmedov 1994 y. amalga oshirib, nashr ettirdi.

Yaqin yillargacha U. faqat astronom va matematik deb hisoblanardi. Lekin 20-asr oxirida uning ijodi serqirra boʻlib, u tarix, sheʼriyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi.

Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar "Tarixi Rashidiy" asarida "Mirzo Ulugʻbek tarixnavis donishmand (va) "Toʻrt oʻlus" (tarixi)ni (ham) yozib qoldirgan edi", deb yozgan. U.ning turkiyda yozgan "Tarixi arbaʼ ulus" ("Toʻrt ulus tarixi") asari Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning 13— 14-asr lar 1yarmidagi siyosiy hayotini oʻrganishda muhim manbadir.

Mashhad binolarining birida U. qalamiga mansub ushbu bayt topilgan:Harchand mulki husn ba zari nigin tustShoʻxi makun ki chashmi bidon dar kamintust.

Maʼnosi:Harchand husn mulki sening hukmingda boʻlsa ham,Shoʻxlik qilmagilki sen uning nazari ostidasen.

Navoiyning "Majolis unnafois" va Abu Tohirxojaning "Samariya" asarlarida ham uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida koʻpgina asarlar arab va fors tilidan eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U. tashkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli kitob boʻlgan.

Alisher Navoiy "Xamsa" asarida U. ni uluglab, shunday yozgan edi: Temurxon naslidan Mirzo Ulugʻbek, Ki olam koʻrmadi sulton aningdek, Ki davr ahli biridin aylamas yod, Aning obnoyi jinsi boʻldi barbod. Valek ul ilmi sari topdi chun dast, Koʻzi oldinda boʻldi osmon past. Rasadkim bogʻlamish — zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur, Bilib bu nav ilmi osmoniy, Ki ondin yozdi "Ziji Koʻragoniy".

Uzoq va yaqin oʻtmish mualliflari (Darvishali Changiy, Fitrat va boshqalar)ning taʼkidlashicha, U. yoshligidan oʻzga fanlar qatori musiqa ilmidan saboq olib, bir qator kuy va usullar yaratgan, bu sohaga oid risola ham yozgan.

U. tavalludining 600 yilligi 1994 y. aprelda Parijda, okt.da Toshkent va Samarqandda tantanali ravishda nishonlandi va xalqaro konferensiyalar oʻtkazildi. Shu yili Toshkentda U.ka haykal oʻrnatildi.

U. siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferenszallarida dunyodagi mashhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda U.ning memorial muzeyi tashkil etilgan. Toshkentda Oʻzbekiston milliy universiteti, tuman, planetariy, koʻcha, mahalla, metro stansiyasi, istirohat bogʻi, shaharcha U. nomi bilan ataladi. Fargʻona pedagogika universitetiga, Samarqand arxitekturaqurilish institutiga, Kitob xalqaro kenglik stansiyasiga, qishloq, maktab va boshqalarga U. nomi berilgan.

U.ning hayoti va faoliyati haqida pyesa (M. Shayxzoda, "Mirzo Ulugbek" tragediyasi), roman (O. Yoqubov, "Ulugbek xazinasi"; S. Borodin, "Samarkand osmonida yulduzlar"), opera (A. Kozlovskiy, "Ulugʻbek"), poema (M. Boboyev, "Ulugbek"), balet (M. Bafoyev, "Ulugbek burji"), film (Rej. Latif Fayziyev, "Ulugʻbek yulduzi", 1965) va boshqa yaratilgan.

Xoja Doniyor maqbarasi

Xoja doniyor maqbarasi - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (20-asr boshlarida qurilgan). Afrosiyob qoʻrgʻonining kunchiqar tomonida, Siyob arigʻi yoqasida. Avliyo Xoja Doniyor qabri ustida qurilgan. Choʻziq (15 m ga yaqin) toʻrtburchak tarhli, peshtoq, besh gumbazli xonadan iborat. Peshtogʻi (shim. tomonda) hamda uning ikki yonidagi qubbali, koʻzasimon kursili guldastalari ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, yon tomonlariga ham ravoqlar ishlangan. Maqbara ichida choʻzinchoq daxma bor. Maqbara yaqinidagi buloq aholi orasida tabarruk hisoblanadi. Abu Tohirxojaning "Samariya" asarida yozilishicha, Xoja Doniyor (Doniyol) Kusam ibn Abbosning safdoshlaridan boʻlgan.

Yalangtoʻsh Bahodir

Yalangtoʻshbiy Bahodir, Yalangtoʻshbiy, Yalangtoʻshbiy otaliq (15-sentabr 1578, Buxoro, Buxoro xonligi — 1656, Samarqand, Buxoro xonligi), Ashtarxoniylar davridagi harbiy mulkdor zodagonlarning yirik vakili. Oʻzbeklarning Olchin qabilasidan bo‘lib, 1626-yildan Samarqand hokimi vazifasini ham bajargan. Yalangtoʻsh Bahodir Buxoro xoni Abdullaxon II huzurida tarbiya topgan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.