Mustye madaniyati

Mustye madaniyati, m ustye davri — ilk paleolit davriningeng soʻnggi madaniyati (mil. av. 150—40 ming yillik). 19-asrning 60-yillarida fransuz arxeologi G. Mortilye Fransiyaning janubi-gʻarbidagi Le-Mustye (Le Moustier) gʻoridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar ne-andertallar nomi bilan fanga kirgan. Mustye madaniyati uchun gardishsimon nukleus va 3 burchakli tosh parrakchalar xos boʻlib, ular yogʻoch yoʻnish, ishlash, kiyim va qurol tayyorlashda ishlatilgan. Mustye davrida nayzasimon tosh qurol, oʻroq, randa, qumtosh yoki ohaktoshdan yasalgan sharlar, Mustye madaniyatining oxirida esa keskich asboblar — qirgʻich, pichoq hamda suyak qurollar paydo boʻlgan. Mustye davrida odamning jismonii qiyofasi takomillasha borgan. Qad. odam (pitekantrop va sinantrop) oʻzgarib, hozirgi tipdagi odamga yaqinroq boʻlgan neandertal shakliga kiradi. Bu odam miyasida nutq markazi yuzaga keladi hamda uning jismonii qiyofasi oʻzgara boradi, bu uning ish vaqtida erkin harakat qilishini taʼminlaydi. Olovni saqlab qoʻyishdan uni ishqalash yoʻli bilan hosil qilishga oʻtilishi Mustye davrining muhim yutugʻidir. Toshni ishlashda levallua texnikasidan foydalanilgan. Mustye madaniyatida gʻor va ochiq manzil-gohlarda neandertal odamlar yashab, mamont, ayiq, shimoliy bugʻusi kabi hayvonlarni ovlab, isteʼmol qilishgan hamda terimchilik bilan shugʻullangan. Mustye davri qarorgohlarida oʻchoq, kuygan suyak va kabrlar uchraydi. Qabrlar va ulardan topilgan buyumlar dafn marosimlarida diniy eʼtiqodlar turila boshlaganini koʻrsatadi. Mustye madaniyati yod-gorliklari Yevropa, Afrika, Yaqin Sharqda, Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda topib tekshirilgan. OʻzbekistondaSurxondaryo (Teshiktosh gʻori), Samarqand (Omonqoʻton gʻori, Qoʻtirbuloq ma-koni, Zirabuloq, Xoʻjamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat gʻori, Koʻlbuloq makoni, Xoʻjakent makoni, Paltov), Fargʻona vodiysi (Qalʼacha makonlari, Soʻx daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut)da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.

Adabiyot

  • Oʻzbekiston xalqlari tarixi, 1-j., T.. 1992.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Naxichevan Avtonom Respublikasi

Naxichevan, Naxichevan Muxtor Respublikasi (1920-1923 yillarda — Naxichevan Sovet Sotsialistik Respublikasi, 1923-1924 yillarda — Naxichevan Avtonom Viloyati, 1924-1990 yillarda — Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, 1990 yildan boshlab hozirgi vaqtgacha Naxichevan Avtonom Respublikasi) — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi avtonom mamlakat. Shimol va Sharqdan Armaniston Respublikasi bilan chegaradosh (chegara chizigʻi uzunligi 246 km ni tashkil qiladi), Gʻarbda Turkiya Respublikasi (chegara chizigʻi uzunligi 15 km ni tashkil qiladi) Janubdan esa Eron Islom Respublikasi bilan chegaradosh (chegara chizigʻi uzunligi 204 km ni tashkil qiladi).

Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi 1924 yilning 9 fevralida tashkil etilgan. Naxichevan ARning Armaniston bilan tabiiy chegaralarini Zangezur va Daralayaz tizmasining suv soʻqmoqlari tashkil etadi, Turkiya va Eron bilan chegaralarni esa Araz daryosi tashkil etadi. Shimoli — gʻarbiy hududi Janubi — sharqqa 158 km masofaga choʻzilgan. Naxichevan Avtonom Respublikasining eng shimoliy nuqtasi — Saraybulag tizmasining Sharur tumani hududidagi Kyormulu togʻidir (2064 m), eng janubiy nuqtasi esa — bu Araz stansiyasi. Shimoldan janubga boʻlgan eng katta masofa 75 kilometrga teng.

Qadimgi Ozarbayjon yerlari boʻlgan Zangezur, 1920 yilda sovet rahbarlari tomonidan Armanistonga berib yuborildi va buning natijasida Araz daryosiga choʻzilgan 44-45 kilometr kenglikdagi chiziq Naxichevan Avtonom Respulikasini Ozarbayjon Respublikasining boshqa hududlaridan ajratib qoʻydi. 1924 yilda Naxichevan ASSRda 3 uyezd va 12 okrug shakllantirildi, 1925 yilda uyezdlar tarqatilib, okruglar soni 8 gacha kamaytirildi: Bash Norashen, Givrag, Tumbul, Abragunis, Narimanov, Djulfa, Paraga va Ordubad okruglari. 1930 yilning birinchi yarimida Shaxbuz tumanini qoʻshilishi bilan Sharur, Naxichevan, Djulfa, Ordubad va Abragunis tumanlari tashkil topdi. 1948 yilda Abragunis tumanini tumanini Djulfa tumani bilan birlashtirilganidan soʻng, Naxichevan ASSR besh maʼmuriy tumanlarga boʻlindi: (Naxichevan (1978 yildan boshlab Babek), Sharur, Shahbuz, Djulfa va Ordubad). 1990 yilning 28 avgustida Ozarbayjon Oliy Soveti buyrugʻiga binoan, Turkiya bilan chegaradosh hududni ijtimoiy — iqtisodi rivojlanishini tezlashtirish va kuchaytirish maqsadida, hamda, hududning geostrategik holatini nazarda tutgan holda, Sadarak qishlogʻi va uning atrofidagi hududlar asosida Sadarak tumani tashkil etildi. 2013 yilda Babek va Sharura tumanlarining ayrim qishloqlari hisobiga Kangarli tumani tashkil etildi.

1929 yilning 18 fevralida Kavkaz orti Markaziy Saylov Qoʻmitasi totalitar maʼmuriy boshqaruv sharoitida, Naxichevan ASSRning olti qishlogʻi — Sharur okrugining Gurduglag, Shahbuz tumaning Xachik, Goradiz, Ogbin, Sultanbek, Aghchen, Almali Itgiran qishloqlari, Ordubad okrugining Gorchevan qishlogʻi, shuningdek, Kilit qishloqlarini, hududlarning ayrim qismlari va ekin yerlarini Armaniston SSRi bilan birlashtirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Kavkaz orti Markaziy Saylov Qoʻmitasi Naxichevan chegaralari masalasini Moskva bitimi (1921) va Gar bitimini (1921) imzolagan tomonlarning ishtirokisiz koʻrib chiqib, Naxichevan hududining bir qismini Armanistonga berib yubordi va bu bilan xalqaro huquq normalarini qoʻpol ravishda buzgan.2014 yilning 1 yanvarida Avtonom Respublikasi holatidan kelib chiqib, maʼmuriy sabablarga koʻra toʻrt tuman va Naxichevan shahri maʼmuriy hududiy okruglarga boʻlindi; ushbu maʼmuriy birliklarda 5 shahar (Naxichevan, Ordubad, Djulfa, Sharur va Shazbuz), 8 shahar tipidagi qishloqlar, 206 qishloq va 219 aholi yashash punktlari joylashgan. Avtonom Respublikasining Maʼmuriy markazi qadimiy shahar Naxichevan hisoblanadi.

Neandertallar

Neandertallar — qad. qazilma odamlar, paleoantroplarning bir guruhi. N. skelet qoldiklari (bosh miya qutisi, qovurgʻalarning boʻlaklari, yelka hamda son suyaklari va boshqalar). 1856 yilda Neandertal vodiysida (GFR ning Dyusseldorf shahri yaqinida; nomi shundan olingan), shuningdek, Osiyo, Oʻrta Osiyo (qarang Teshiktosh odami) va Afrikada topilgan. N. boʻyi uncha baland boʻlmagan (160 sm ga yaqin), miyasi yirik (1700 sm3), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan sodda tuzilgan, koʻzining ustida qalin boʻrtigʻi boʻlgan. N. bundan 200—35 ming yil avval — vyurm muzligi davrida Gʻarbiy Yevropada, odatda, gʻorlarda yashab, yirik hayvonlarni ovlashgan, qurollar yasashgan (Mustye madaniyati). Olov yoqishni va undan foydalanishni bilishgan, toʻda boʻlib yashashgan.

Tosh davri

Tosh davri — insoniyat taraqqiyotidagi eng qad. davr. Bu davrda mehnat qurollari hamda qurolyarogʻlar, asosan, tosh, yogʻoch va suyakdan yasalgan. Tosh davri qad. (paleolit), oʻrta (mezolit) va yangi (neolit) davrlarga boʻlinadi. Tosh davri bundan taxminan 2 mln. yil oddinroq boshlanib, Oʻzbekistonda 4 ming yil burun tugagan (ayrim hududlarda uzoqroq davom etgan). Tosh davri odamlari terimchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullangan; neolit davrida motiga bilan dehqonchilik qilish va chorvachilik paydo boʻlgan. Ijtimoiy munosabatlar "ibtidoiy odamlar toʻdasi"ga, soʻngra ibtidoiy urugdoshlik tuzumiga xos boʻlgan. Tosh davrining qad. davri — paleolit 3 davrga boʻlinib oʻrganiladi: quyi paleolit, oʻrta paleolit, yuqori paleolit. Quyi paleolit davri ilmiy xulosalarga koʻra, odam ilk bora mehnat qurollarini yasagan vaqtlardan boshlangan. Bu jarayon yer sharining turli joylarida turli vaqtlarda sodir boʻlgan (mas., Afrikada bu jarayon 3 mln. yil avval boshlangan, Yevropaning jan. va Osiyoda taxminan 2 mln. yil avval). Ammo qayerda va qachon boshlanganidan qatʼi nazar, kuyi paleolit insoniyatning eng uzok, davom etgan tarixini aks ettirgan. Tosh asri texnikasining takomillashuvi natijasida disk shaklidagi (rapidasimon) nukleuslarnya vujudga kelishi va ulardan oʻtkir uchli uchburchaksimon uchirindilarni yuzaga kelishi bilan kuyi paleolit oʻrnini oʻrta tosh davri, yaʼni mustye davri (qarang Mustye madaniyati) oladi. Mustyedan soʻng yuqori paleolit davri boshlanadi. Yevropaning jan.da, Osiyoda, jumladan, bizning Oʻrta Osiyoda oʻrta paleolit hozirgi kunimizdan 200 ming yil avval boshlanib, oʻrta hisobda 160 ming yil davom etadi va oʻrnini 50 ming yil avval progressivroq boʻlgan yuqori paleolit davriga boʻshatib beradi. Yuqori paleolit davrida, asosan, realistik sanʼat rivojlanadi. Oʻsha davr odamlari hayvonlarni ovlash jarayonini qanday koʻrgan boʻlsalar, shunday ravishda gʻor devorlariga rasmlar chizganlar. Chizganda ham kizil va kora tabiiy ranglarda chizganlar. Bu narsa odamlarning ongini rivojlanganligini koʻrsatadi. Mexnat kurollarini yasash texnikasi boʻyicha quyi va oʻrta paleolitta nisbatan juda yuksak koʻtarilgan yuqori paleolit davri, oʻz navbatida, bundan 12—10 ming yil avval progressivroq boʻlgan mezolit davri bilan almashdi. T.D.ning soʻnggi bosqichi boʻlgan neolit bundan 5—4 ming yil avval jez davri bilan almahdi.

Oʻtkir Islamov.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.