Mustabidlik

Mustabidlik, despotiya — yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odatda, zoʻravonlik, bosib olish, baʼzan esa, qonuniy hokimiyatni agʻdarib tashlash natijasida oʻrnatiladi. M. miloddan avvalgi 7—6-asrlarda Yunoniston shahardavlatlari (polislar)da mavjud boʻlgan (mas, Afinada mustabid Pisistrat). Bunday davlatda huquqiy, axloqiy asoslar boʻlmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning oʻzi juda kam boʻladi. U zoʻravonlik, baʼzan esa terror va genotsid asosiga quriladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. M. tuzumida har bir odam uning zarbiga uchraydi. Oʻrta asr Shim. va Oʻrta Italiya shahardavlatlaridagi siyosiy tuzum shakli ham M.ning namunasi edi. Bunda fuqarolik va harbiy hukumat toʻlaligicha yagona hukmdor — sinor qoʻlida jamlangan. M. rejimi insoniyattaraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xos boʻlsada, ayrim hozirgi zamon davlatla- . rida ham uning oʻziga xos jihatlarini koʻrish mumkin.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Mafkura

Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. M. har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman M.lar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va mak,sadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday M. jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va shahrik. M. muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. M. oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga du-chor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor gʻoyalarga asoslangan M. ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga turtki boʻladi, maʼnaviyatnn yuksaltiradi, insonlarni ulugʻvor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik gʻoyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan M. bunyodkorlik xususi-yatiga ega boʻladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik gʻoyalari asosida shakllangan, millat va xa-lkdarni asoratga soladigan M. vayronkorlik xususiyatiga egadir.

M.ning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va boshqa koʻrinishlari bor. Aksari-yat rivojlangan mamlakatlar xalqdari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bagʻrikenglik kabi gʻoyalarga asoslangan M.ga tayanmoqda. Yana q. Milliy mafkura.

Suqrot

Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan. Oʻz taʼlimotini ogʻzaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarta qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni oʻz oldiga maksad qilib qoʻygan. Atrofiga koʻplab iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda boʻlgan. S.ni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa, tanqid qilgan. S. taʼlimotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S. yoshlarni yoʻldan adashtirganlik, fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va oʻlim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan. S.ning falsafiy taʼlimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni unga zamondosh va shogird boʻlgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. S. faqirona kun kechirib, doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurardi. Uning turmush tarzi ham, soʻzlari va suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uygʻotardi. Faylasuf koʻp vaqtini odam gavjum maydonlarda, xiyobonlarda oʻtkazgan. Oʻzining suhbatidan bahramand boʻlish niyatida yurgan istalgan kishi bilan savoljavob qilgan. Ushbu muloqotlarning uslubi va harakteri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida oʻz ifodasini topgan. S. oʻz falsafiy tadqiqotlariga axloqiy masalalarni asos qilib olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini oʻrganish zaruratini rad etib, bu masalalarni yechishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. S. taʼlimoti ga koʻra, falsafaning maqsadi oʻz-oʻzini bilish boʻlib, bu esa chin ezgulikka erishish yoʻlidir; ezgulik — bilim yoki donolikdir. S. insonda 1dan, oʻrta miyonalik, moʻʼtadillik (yaʼni. ehtiroslarni jilovlay bilish)ni, 2-dan, dovyuraklik (yaʼni, xavfxatarni yenga bilish)ni, 3dan, adolat (yaʼni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan. Zamondoshlari va shogirdlarining guvoxlik berishicha, S. oʻzining chuqur dialektik fikrlashi, yaʼni predmetga oid nomukammal tushunchalardagi ziddiyatlarni ochish orqali oʻsha predmetni bilish sari yetaklay olish sanʼati, induktiv taʼlimotdan foydalanish mahorati bilan katta taassurot uygʻotgan. S. taʼlim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Taʼlimning maʼruza oʻqish shaklidan voz kechib, suhbat va munozaralar orqali haqiqatni izlab topishni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai nazarlarning hech biriga qoʻshilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama qilishga intilgan. Ped.da majburlashdan, zoʻravonlikdan voz kechish tarafdori boʻlgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi — ishontirishdir. S. nomi keyingi davrlar uchun donishmand timsoli boʻlib qolgan.

Suqrot yoki Sokrat (yun.: Σωκράτης taxminan mil. av. 470–mil. av. 399) qadimgi yunon faylasufi boʻlgan. U falsafada toʻntarilish yasagan Suqrot metodi muallifidir. Xususan, Suqrot pedagogiyaga ham falsafiy yondashuv olib kirgan, bunda muallim oʻquvchining oʻzi eng yaxshi javobga kelishi uchun uni yoʻnaltiruvchi savol-javobga tutadi. Suqrot Gʻarb falsafasiga hamda uning asoschilari - Aflotun va Arastuga katta taʼsir oʻtkazgan, deb hisoblanadi.

Émile Zola

ZOLYA (Zola) Emil (1840.2.4 — Parij — 1902.29.9) — fransuz yozuvchisi. Ilk ijodi romantizm ruhida: "Ninon ertaklari" (1864), "Klodning tavbasi" (1865), "Marhumning vasiyati" (1866) va b. 60-y.larda naturalistik ruxdagi "Oʻliklar vasiyati" (1866), "Tereza Raken" (1867), "Madlen Fera" (1868) kabi romanlar yezdi. "Rugon-Makkarlar" 20 jildli romanlar turkumida (187193) Napoleon davridagi siyosiy tuzum qoralangan ("Rugonlarning ulgʻayishi", 1871; "Tor-mor", 1893), jamiyatdagi moliyaviy hiyla-nayranglar fosh etilgan ("Oʻlja", 1872; "Pul", 1891), kiborlarning axloqsizligi koʻrsatilgan ("Nana", 1880), amalparast, maʼnaviy qashshoq kimsalar kalaka qilingan ("Parij qurtlari", 1873), nasroniylarning teskarichilik harakatlari fosh etilgan ("Plassanning zabt etilishi", 1874). 3. bir qator romanlarida oddiy mehnatkashlarning olijanob timsollarini yorqin boʻyoqlarda tasvirlagan. Xususan, "Qopqon" (1877) romanida kosib va hunarmandlar hayoti, "Hamal" (1885) romanida esa ishchilarning turmush tarzi aks ettirilgan. "Tereza Raken" (1873 y.da sahnalashtirilgan) dramasi va "Rauberden vorislari" komediyasi yozuvchining eng yaxshi sahna asarlaridir. 3. ijodida ijtimoiy mav-zular ustuvor mavqega ega. "Uch shahar" trilogiyasi ("Lurd", 1894; "Rim", 1896; "Parij", 1898), tugallanmay qolgan "Toʻrt injil" tetrologiyasi ("Hosildorlik", 1899; "Mehnat", 1901; "Haqiqat", 1903) bunga misol boʻladi. 3. ijtimoiy hayotga ham faol aralashgan va 19-asr oxirlarida Fransiyada juda katta shov-shuvga sabab boʻlgan "Dreyfus ishi" (boshqa millat vakilining soxta ayb bilan qamalishiga qarshi) boʻyicha Fransiya Respublikasi Prezidentiga "Men qoralayman!" (1898) nomli ochiq xat bilan murojaat qilgan. Respublika hukumati 1898 y. 23 fevralda yozuvchini qamash haqida hukm chiqaradi. 3. chet elga qochadi (1899 y.da Vataniga qaytadi). 3. xalq uchun teatr yara-tishni orzu qilgan edi. "Fransiyaning olgʻa yurishi" turkumidagi dramalarida inqilobiy shior ostida mustabidlik ruhini yashirgan Uchinchi respublikaga qarshi kurashni davom ettirishni maqsad qilgan edi. Lekin bu maqsadini amalga oshirolmadi. 3. ro-manlarida garchi qaltis ijtimoiy ziddiyatlar tasvirlangan boʻlsa ham, u maʼlum siyosiy tuzumga dastyorlik qilishni or deb bilgan. U har doim oʻzi tanlagan tamoyilga — haqqoniyat ta-moyiliga sodiq qoladi. Uning romanlarini oʻqib butun bir davr haqida tasavvurga ega boʻlish mumkin. 3. ning "Hikoyalar" (1937), "Tegirmon qamali" (1942) va "Hamal" (1981, tarjimon Xayrulla Ergashev) asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.