Munitsipalitet


Munitsipalitet (nem. Munizipalitat, lot. municipium — oʻzini oʻzi idora qiluvchi jamoa) — bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va oʻzini oʻzi boshqaruvchi saylab qoʻyiladigan organlarning majmui. Ayrim mamlakatlarda (mas, AQSH, Buyuk Britaniya) shahar boshqaruv organlarigina M. deb ataladi. Moskva shahrida mahalliy oʻzini oʻzi boshqaruvchi organ M. deb ataladi, u munitsipal yigʻilish va mahalliy maʼmuriyat boshligʻi (M. rahbari)ni oʻz ichiga oladi. M. tegishli maʼmuriyhududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga konstitu-siyaviy huquqda xalqhuquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, M. mer, burgomistr va shahrik. boshchiligidagi saylab qoʻyiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat boʻladi. M. munitsipal korxonalar, turar joy fondi va boshqa mulklar egasi boʻlishi mumkin; u davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy politsiya, bir qancha mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy taʼminot boʻyicha turli muassasalarni boshqaradi. M.ning asosiy daromad manbai aholidan yigʻiladigan mahalliy soliklardir.[1]

Munitsipalitet (nem. Munizipalität, Fransuzcha: municipalité, Lotincha: municipiumdan) — aniq belgilangan hududga va unda yashovchi aholisiga ega oʻzini-oʻzi boshqaruvchi maʼmuriy-hududiy birlik (odatda aholi punktlari guruhi, shahar, shahar tipidagi qishloq yoki qishloq).

Odatda, har xil davlatlarda ikki xildagi maʼmuriy birlikni munitsipalitet deb ataydilar:

  • Shahar munitsipalitetlari — (odatda yirik) shahar va oʻsha darajadagi mavjud boʻlgan asosan qishloq tumanlarini oʻz ichiga oluvchi maʼmuriy birliklar. Bunday holatda boshqaruv organlari odatda mer va shahar kengashi (yoki munitsipal kengash) hisoblanadi.
  • Ayrim mamlakatlarda yagona aniqlangan darajadagi (odatda 2- yoki 3-) maʼmuriy birlik, undagi shaharlarning mavjudligi va ularning soniga qaramasdan munitsipalitet deb hisoblanadi. Koʻpchilik bunday mamlakatlarda munitsipalitet — saylov organlari tomonidan boshqariladigan eng kichik maʼmuriy birlik.

Boshqa mamlakatlarda

Munitsipalitet quyidagi mamlakatlar maʼmuriy birligi hisoblanadi:

2-daraja

  • Ozarbayjon munitsipalitetlari (ozarb. bələdiyyə(lər))
  • Angola munitsipalitetlari (port. município(s))
  • Braziliya munitsipalitetlari (port. municípios)
  • bermud munitsipalitetlari (Inglizcha: municipalities) — 2 shahar
  • Venesuela munitsipalitetlari (Ispancha: municipios)
  • Gvatemala munitsipalitetlari (Ispancha: municipios)
  • Gonduras munitsipalitetlari (Ispancha: municipios)
  • Gruziya munitsipalitetlari (gurji: მუნიციპალიტეტი)
  • Dominika Respublikasi munitsipalitetlari (Ispancha: municipios)
  • Indoneziya shahar munitsipalitetlari (Indonezcha: kota)
  • Kamboja munitsipalitetlari (kxmer. ក្រុង, кронг) — shaharlar

3-daraja

  • Argentina munitsipalitetlari (Ispancha: municipio(s))
  • Boliviya munitsipalitetlari (Ispancha: municipios)
  • Zimbabve munitsipalitetlari (Inglizcha: municipalities)
  • Ispaniya munitsipalitetlari (Ispancha: municipios)

Sifat

Munitsipal sifati shuningdek Rossiya, Ukraina va boshqa Sovet davridan keyingi mamlakatlarda davlat mulkchiligi obʼyektlariga nisbatan qoʻllaniladi.

Sh. qarang

  • Nomunitsipal hudud
  • Mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish

Havolalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Andoza:State-stub Andoza:Geo-term-stub

Aguaskalentes

Aguaskalentes - Meksikaning markaziy qismidagi shtat, San-Pedro daryosidan sug‘oriladigan platoda. Mayd. 5,5 ming km2. Aholisi 720 ming kishi (1990). Maʼmuriy markazi — Aguaska-lentes sh. Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi (bug‘doy, makkajo‘xori, loviya, sabzavot, meva yetishtirish, chorvachilik) yetakchi o‘rinda. Konchilik sanoati ham bir muncha rivoj-langan. Polimetall rudalari qazib oli-nadi.

Akri

Akri – Braziliyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi shtat. Jurua va Purus daryolari yuqori oqimida. Maydoni 154 ming km². Aholisi 417 ming kishi (1991). Maʼmuriy markazi – Riu-Branku shahri. Shtat yerlari nam tropik o‘rmon bilan qoplangan. Geveya o‘simligi sharbati, braziliya yong‘og‘i yig‘iladi. Ovchilik bilan shug‘ullaniladi.

Brussel (shahar)

Bu maqola munitsipalitet haqida. Brussels Poytaxt Regioni darajasidagi shahar haqida maʼlumot olish uchun Brussel maqolasiga qarang.

Brussel shahri (niderl. Stad Brussel; Fransuzcha: Bruxelles-Ville yoki Ville de Bruxelles) — Belgiyaning poytaxti va eng yirik shahri.

Brussel Poytaxt Regioni

Bu maqola Brussel Poytaxt Regioni haqida. Bu region ichidagi munitsipalitet haqida ma'lumot olish uchun qarang: Brussel shahri.Brussel Poytaxt Regioni (fra. Région de Bruxelles-Capitale, niderlandcha: Brussels Hoofdstedelijk Gewest) — Belgiyaning uch regionidan biri. Brussel Regioniga 19 munitsipalitet kiradi. Bular orasida mamlakatning rasmiy poytaxti Brussel shahri ham bor. Brussel Yevropa Ittifoqining poytaxi deb qaraladi. Brussel Senna daryosi boʻyida joylashgan.

Chiuaua

Chiuaua — Meksikaning shim. qismidagi shtat. Maydoni 247 ming km². Aholisi 3,1 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Chiuaua shahri Shtat Meksika togʻligining shim. kismida (eng baland joyi 1000–2000 m), togʻ tizmalari oqmas havzalarni ajratib turadi. Gʻarbida Gʻarbiy SyerraMadre togʻ sistemasi (eng baland joyi 2591 m) joylashgan. Iklimi tropik, quruq iklim, Urtacha oylik tralar 10—15° dan 25—30° gacha. Yillik yogʻin urtacha 500 mm. Yirik daryosi — Konchos (RioBravodelNorte daryosi havzasida). Dasht va choʻl oʻsimliklari usadi. Mamlakatning muhim konchilik va metallurgiya sanoati rni. Foydali qazilmalardan polimetall va uran rudalari, kumush, simob olinadi. Rangli metallurgiya, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Sugʻoriladigan yerlarda paxta ekiladi. Ch. orqali Markaziy Meksikani AQSH bilan bogʻlaydigan temir yoʻl oʻtgan.

Mer

Mer (frans. maire — katta, boshliq) — AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshka bir necha davlatlar munitsipalitetlarida oliy mansabdor shaxs. Odatda, M.ni munitsipalitetning oʻzi, baʼzi hollarda — bevosita aholi saylaydi, ayrim mamlakatlarda M. markaziy hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadi yoki tasdiqlanadi. M. munitsipalitet vakili boʻladi, uning majlislarida raislik qiladi. M. mahalliy byudjet tayyorlanishi va ijrosi uchun javob beradi, bir qancha munitsipal lavozimlarga odamlarni tayinlaydi, devon ishini yoʻnaltirib turadi. Buyuk Britaniyada va AQShning ayrim shaharlarida M., asosan, vakillik va raislik vazifalarini bajaradi. Rossiya Federatsiyasida M lavozimi 1991 yilda Moskva va boshqa ayrim shaharlarda joriy qilindi.

Mexiko

Mexiko — Meksikaning markazidagi shtat. Maydoni 21,5 ming km². Aholisi 13,08 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Toluka shahri Markaziy Mesa togʻligining jan. qismi, qisman Vulkanli Syerra togʻlarida joylashgan. Gʻarbda Toluka togʻ oraligi havzasi va sharqda Mexiko havzasini oʻz ichiga oladi. Vulkan harakatlari faol seysmik rayon hisoblanadi. Iklimi tropik, togʻli iqlim, oʻrtacha oylik temperaturalar 9—12° dan 15—18° gacha. Yillikyogʻin 500–1000 mm. Togʻlar oʻrmonlar bilan qoplangan, 4000 m dan baland yerlar yaylovlardan iborat. Xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Ekin maydonining 40% lalmikor yerlar (makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, arpa ekiladi), 9% sugʻoriladigan yerlardan iborat. Toluka shahri atrofida bugʻdoy ekiladi, sut chorvachiligi, shimoliy rayonlarda kuychilik rivojlangan. Asosiy sanoat korxonalari: avtomobilsozlik, kimyo, yengil sanoat, metallsozlik, sunʼiy oʻgʻitlar ishlab chiqarish

Mogadisho

Mogadisho (mahalliy nomi Hamar) — Somali poytaxti. Benadir viloyatining maʼmuriy markazi. Hind okeani sohilida joylashgan. Aholisi 900 ming kishi (1996). Iklimi subekvatorial iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 28°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 400 mm dan ziyod. Mamlakatning asosiy porti (chetdan sanoat xom ashyolari, mashina, jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi). Aeroporti xalq,-aro ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning eng yirik sanoat markazi, ishlab beruvchi sanoat korxonalarining 1/2 qismi shu yerda. Neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, sut mahsulotlari zavodlari, goʻsht va un tortish kombinatlari ishlamoqda. Koʻnpoyabzal, parfyumeriya, tamaki, gugurt, paxta tozalash fabikalari, kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan.

Shaharga 12-asrda arab va fors savdogarlari tomonidan asos solingan. Keyinroq Afrikaning sharqiy sohilidagi yirik savdo markazi boʻlgan. 12—17-asrlarda Mogadisho davlati poytaxti, 17-asrda Ummon sultonligi qoʻl ostida boʻlgan. 1905—60 yillarda Italiya Somalisining maʼmuriy markazi. 1960 yildan mustaqil Somali poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan shahar markazida minorali masjid (1238), Faxriddin masjidi (1269, qrldiqlari), munitsipalitet (1905) saqlangan. Yangi shahar qismida sanoat korxonalari, aeroport, port, sport va sogʻlomlashtirish zonalari joylashgan. Milliy teatr, Xalq saroyi, Milliy universitet, kollejlar, dengizda suzish va baliq ovlash maktabi, ilmiy tadqiqot muassasalari, tibbiyot va tropik gigiyena jamiyati, Milliy universitet kutubxonasi, Milliy muzey va boshqa bor.

Oaxaca

Oaxaca (toʻliq rasmiy nomi: Oaxaka Shtati; ispan tili: Estado de Oaxaca)- Meksika Shtatlardan biri. Poytaxti- Oaxaca de Juárez. Meksikai ittifogʻiga 21 dekabr 1823 yilda kirgan, undan oldin - Meksika shtatlari.

Quyi janubiy Kaliforniya

Quyi janubiy kaliforniya -Meksikadagi shtat, Kaliforniya ya.o.ning jan. qismida. Maydoni 73,7 ming km2. Aholisi 424 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — La-Pas shahri Tabiati haqida Kalifornsh (yarim orol) maqolasiga q. Xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Sugorib dehqonchilik qilinadi: paxta, bugʻdoy ekiladi, sitrus mevalar yetishtiriladi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — rangli metallurgiya. Shuningdek, oziq-ovqat, paxta tozalash sanoati korxonalari mavjud. Dengizdan marvarid olinadi, baliq ovlanadi.

Quyi shimoliy Kaliforniya

Quyi shimoliy kaliforniya — Meksikaning shim.-gʻarbiy qismidagi shtat. Asosiy qismi Kaliforniya ya.o.ning shim.da joylashgan. Maydoni 70,1 ming km2. Aholisi 2,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Mexikali shahri Iqtisodiyotida yetakchi tarmoq — qishloq xoʻjaligi Sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Chor-vachiligi goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Dengizdan baliq ovlanadi. Oziq-ovqat, sement, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Avtomo-bil yoʻllari shtatning shim.ni uning jan. qismlari bilan bogʻlaydi.

Sakatekas

Sakatekas — Meksikaning markaziy qismidagi shtat. Maydoni 75 ming km². Aholisi 1,3 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Sakatekas sh. S. Meksika togʻligida joylashgan. Iklimi togʻtropik, quruq iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 9—25°. Yillik yogʻin 500 mm gacha. Kserofit oʻsimliklar oʻsadi. Xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoq. Mevazorlar bor. Togʻ etaklarida chorvachilik rivojlangan. Polimetall ruda konlari bor. Rangli metallurgiya, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari ishlab turibdi. S. orqali Mexiko shahrini mamlakatning shim. shtatlari bilan bogʻlovchi temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtgan.

Sinaloa

Sinaloa — Meksikadagi shtat. Tinch okean sohilining markaziy qismida. Maydoni 58,09 ming km². Axoliyey 2,54 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kulyakan sh. Sohil boʻylab kambar payettekislik, sharqiy qismi Gʻarbiy SyerraMadre togʻlaridan (eng baland joyi 2192 m) iborat. Iklimi subtropik va tropik, shim.da quruq, jan.da sernam iqlim. Oʻrtacha oylik tra 18—26°. Chala choʻl oʻsimliklari usadi, togʻlarda sernam barg toʻkuvchi oʻrmonlar bor. Iqtisodiyotining asosini dehqonchilik va plantatsiya xoʻjaligi tashkil etadi. Paxta, shakarqamish, soya, sholi, bugʻdoy ekiladi. Eksportga pomidor, ertapishar sabzavotlar chiqariladi. Jan. da subtropik mevachilik rivojlangan. Kemasozlik, paxta tozalash sanoati korxonalari bor. Bosh porti — Masatlan.

Sonora

Sonora — Meksikadagi shtat, Tinch okean sohilida. Maydoni 184,9 ming km². Aholisi 2,21 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Ermosilo sh. gʻududining katta qismi past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlardan iborat. Sharqida Gʻarbiy SyerraMadre togʻlari bor. Iklimi subtropik, quruq ikdim. Yillik yogʻin 200–600 mm. Chala choʻl va choʻl oʻsimliklari usadi. S. — Meksikaning rivojlangan shtatlaridan. Eskport uchun paxta, pomidor va erta pishar sabzavotlar yetishtiriladi. Goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Mis, grafit, surma qazib olinadi. Rangli metallurgiya, oziqovqat, ip gazlama sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Bosh porti — Guaymas.

Tabasko

Tabasko — Meksikaning jan.sharkiy qismidagi shtat, Meksika qoʻltigʻi sohilida. Maydoni 24,7 ming km². Aholisi 1,89 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Vilyaermosa. Relyefi tekislik, hududining katta qismi botqoqlashgan. Iqlimi tropik, issiq (oʻrtacha oylik tralar 23—27°) va sernam (yillik yogʻin 2000–5000 m). Suv toshqinlari xoʻjaligiga katta zarar keltiradi. Iqtisodiyoti neftgaz sanoati va plantatsiya xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sholi, kakao ekiladi, mevachilik rivojlangan. Transport yoʻli va shosse yoʻllari T.ni mamlakatning boshqa hududlari bilan bogʻlaydi.

Tamaulipas

Tamaulipas — Meksikaning shim.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 79,8 ming km². Aholisi 2,75 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — SyudadViktoriya sh. Yirik shaharlari: Matamoros, Reynosa, Tampiko va boshqa T. sharqiy qismining relyefi lagunali dengizboʻyi pasttekisligi, gʻarbi bal. 1300–1800 m li togʻlardan iborat. Eng baland joyi 4054 m. Iklimi qurgʻoqchil subtropik iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 15—30°. Yillik yogʻin shim.da 800 mm dan, jan. da 800–1000 mm gacha. Katta maydonlar chala choʻl yaylovlaridan iborat. T. — mamlakatning yirik neftgaz sanoati rni. Tampiko sh. yaqinida yirik neft konlari bor. Qishloq xoʻjaligida paxta, shakarqamish ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Paxta tozalash korxonalari bor.

Tlaskala

Tlaskala — Meksikalat shtat. Maydoni 3,9 ming km². Aholisi 962,6 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Tlaskala sh. Meksika togʻligining jan.da joylashgan. Relyefi bal. 2000—4000 mli vulkanik platodan iborat. Shtatning jan.sharqida Malinche soʻngan vulkani (4461 m) bor. Iqlimi togʻ tropik, qurgʻoqchil iklim, yillik yogʻin 600 mm chamasida. Oʻrtacha va oylik tralar 10—12° dan 16—18° gacha. Kserofit oʻsimliklar oʻsadi. T. iqtisodiy jihatdan nisbatan qoloq shtatlardan. Qishloq xoʻjaligida makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, sabzavotlar ekiladi, echki va qoʻy boqiladi. Transport yoʻli orqali Mexiko va Puebla sh.lari bilan bogʻlangan.

Verakrus

Verakrus — Meksika shtati, mamlakatning jan.-sharqida, Meksika qoʻltigʻi sohilida. Mayd. 71,7 ming km2. Aholisi 6,2 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Xalapa sh. Sharqiy Serra-Madre togʻlari yon bagʻriga tutashgan dengiz boʻyi pasttekisligida joylashgan. Tropik plantatsiya xoʻjaliklari (kofe, shakarqamish, apelsin, banan, ananas, kakao va b.) bor. Meksikaiing asosiy neft sanoati r-ni. Neft (Tampiko, Posa-Rika, Tuspana r-nlari) va tabiiy gaz (PosaRika) olinadi va qayta ishlanadi. Qora metallurgiya (Berakrus sh.) rivojlangan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.

Xalisko

Xalisko — Meksikadagi shtat, Meksika togʻligining jan.gʻarbiy qismida. Maydoni 80,1 ming km². Aholisi 6,3 mln. kishi (2000). Maʼmuriy va muhim sanoat markazi — Gvadalaxara sh. Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Makkajoʻxori va dukkakli ekinlar, sugoriladigan yerlarda yer yongʻoq ekiladi. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Chapala koʻlidan baliq ovlanadi.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.