Maydon

Maydon — ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi. Oʻtmishda Ossuriya, Bobil, qad. Misrdagi saroy va ibodatxonalar majmuasi tarkibida dabdabali hovli — Maydonlar boʻlgan. Ularning meʼmoriy anʼanalarini yunonlar (agara) va qad. rimliklar (form) davom ettirgan. 12— 14-asrlarla Yevropa shaharlaridagi savdo-sotiq qilinadigan Maydonlarbosh Maydon hisoblangan. Uyyunish davriyaa Maydonlar shahar hayotida katta ahamiyatga ega boʻlib, Maydonga yigilgan xalqqa zʼlon va farmoyishlar oʻqilgan. vaʼz aytilgan. Barokko, klassitsizm uslubida doirasimon, koʻpburchami, murakkab shakldagi Maydonlar shaharsozlikning tarkibiy qismiga aylantirilgan.

Oʻrta Osiyo shaqarlarila 14—16-asrlarda savdo-sotiq qilinadigan gavjum joylardagi Maydonlar (mas, Registon. Chorsu) shaharsozlikning noyob namunasi sifatida diqqatga sazovordir.

Zamonaviy shaharsozlikla Maydonlarning 2 turi (transport va piyodalar uchun) keng tarqalgan. Transport Maydon transport harakatiga koʻproq ixtisoslashgan, aniq maqsalga moʻljallangan boʻladi; vokzal oldi Maydon stadion, sport majmualari, sanoat korxonalari yonidagi transportlar qoʻyiladigan Maydon va boshqa Piyolalarga moʻljallaigan Maydonlar namoyishlar oʻtadigan bosh Maydon, teatr, bozor. memorial (mashhur shaxslar yoki tarixiy sanalar nomi bilan atalaligan) Maydonlarga boʻlinali. Bunday Maydonlar monumental sanʼat asarlari, yirik va goʻzal bi-nolar, kichik meʼmoriy shakllar, meʼmoriy ansambllarni tashkil etadi. Ularda har xil namoyish, miting , ommaviy sayil va boshqa oʻtkaziladi (qarang Mustaqillik maydoni).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Akimbek (Qadamjoy tumani)

Akimbek (qirgʻizcha: Акимбек) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumaniga qarasli qishloq. Maydon ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Amir Temur bogʻlari

Amir temur bogʻlari – Amir Temur Samarqand atrofida bunyod ettirgan bogʻlar. A.Amir Temur bogʻlari xususidagi dastlabki maʼlumotlar oʻtmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, A.Amir Temur bogʻlari Oʻrta asrlar rassomlari miniatyuralarida ham tasvirlangan.

A.Amir Temur bogʻlari tuzilishiga koʻra 2 turga boʻlingan: 1) chorbogʻlar – geometrik (toʻrtburchak, toʻgʻri toʻrtburchak) shaklda boʻlib, har tomoni taxminan 1 km masofaga choʻzilgan. Sahnidan oʻtgan ariqlar ularni teng 4 qismga ajratib turgan. Atrofidagi baland paxsa devorlarning har burchagida minora boʻlgan. Markazda saroy joylashgan. Bunday bogʻlarning darvozalari shahar tarafga qaratib qurilgan; 2) tuzilishi geometrik shaklda boʻlmagan, tabiiy daraxtzor va chakalaklar bagʻrida barpo etilgan bogʻlar. Bunday bogʻlar hukmdor shikor (ov) qilishi uchun moʻljallangan boʻlib, asosiy qismi tabiiy, qoʻl tekkizilmagan holda saqlangan. Ularning kichik bir qismigagina dam olish uchun saroy, koʻshk va chodirlar qurilgan, hovuzlar qazilib, favvoralar oʻrnatilgan. Bu turdagi bogʻlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy boʻlgan.

A.Amir Temur bogʻlaridan eng mashhurlari quyidagilar;Bogʻi Baland. Amir Temur Samarqandning shimolidagi Choʻponota maqbarasi yaqinida nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Uni barpo qilishda Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar bogʻchilik sanʼati ustalari hamda meʼmorlari qatnashgan. Bogʻ oʻrtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr boʻlib, uning atrofidagi uzumzor, anjirzor va olmazorlar boqqa goʻzal bir tarovat baxsh etib turgan.

Bogʻi Behisht. Amir Temur Samarqandning gʻarbida suyukli xotini Tuman ogʻa (Xayrunniso)ga atab qurdirgan (1378). Yozma manbalarda "Bogʻi Jannat" nomi bilan ataladi.Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, bogʻ oʻrtasidagi atrofi xandak bilan muhofaza etilgan sunʼiy tepalik ustida Tabriz oq marmaridan kurilgan hashamatli saroy boʻlgan. Saroyga bir necha koʻtarma koʻpriklar orqali kirilgan. Saroyning bir tarafida hayvonot bogʻchasi ham boʻlgan.

Bogʻi Davlatobod. Amir Temurga Hindiston yurishidan qaytgan kuni (1399 yil 22 aprel) hadya kilingan. Arxeologik tadkikotlar (I. A. Suxarev, 1936 va Oʻ. Alimov, 1967)ga koʻra, u Samarqanddan 13 km janubida, Katta Oʻzbekiston traktining chap tomonida boʻlgan. Amir Temur bu bogʻda zafarli yurishlardan qaytgach, dam olgan, tantanali marosimlar oʻtkazgan, elchilarni kabul qilgan. Arxeologik kazishlar natijasida bogʻning 1350x900 m maydonini egallagani, atrofi baland paxsa devor bilan oʻralgani va unda ariqlar, 4 hovuz (biri 62x28 m, ikkitasi 25X25 m, yana biri 32x32 m) hamda saroy (poydevori 70x70 m) boʻlgani aniqlandi. Saroy sunʼiy tepa (bal. 12 m) ustiga qurilgan, atrofi xandaq (eni 20 m) bilan oʻralgan. Unga 2 ta koʻtarma koʻprik orqali kirilgan.

Bogʻi Dilkusho (Koʻngil ochuvchi bogʻ). Amir Temur xotinlaridan biri – Toʻqalxonim sharafiga qurdirgan (1397). Samarqanddan 5 km sharqda, Panjakent yoʻlining oʻng tomonida (qadimgi Hinduvon qishlogʻi oʻrnida) joylashgan. Har tarafi 900 m uzunlikdagi baland paxsa devor bilan oʻralgan, 4 darvozasi, markazida hashamatli saroy boʻlgan. Saroy uch qavatli boʻlib, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Amir Temur olib borgan urushlardan lavhalar chizib qoʻyilgan. Amir Temur Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixoni ana shu bogʻda qabul qilgan. Bu bogʻ oʻrnida hozir Dilkusho qishlogʻi joylashgan.

Bogʻi Jahonnamo (Jahon koʻzgusi). Amir Temur Samarqanddan 7 farsax (42 km) narida, Zarafshon togʻi etagida qurdirgan (1398). Unda saroy va qalʼa boʻlgan. "Zafarnoma"da yozilishicha, bu bogʻning hududi benihoyat katta boʻlib, yoʻqolib qolgan ot 6 oydan soʻng topilgan ekan.

Bogʻi Maydon. Amir Temur Samarqandning shimolida, Choʻponota tepaligi etagida qurdirgan. Tarixiy manbalarga Karaganda, bogʻda hashamatli bir ayvon (koʻshk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt boʻlgan. Mirzo Ulugʻbek bu bogni yanada obod qilgan. Bobur shu haqda bunday deb yozadi: "Bu bogʻning oʻrtasida (Ulugʻbek) bir oliy imorat qilibdur. Chil(qirq) sutun derlar, du (ikki) oshyona (kavat), sutunlari tamomi toshdin. Bu imoratning toʻrt burchida toʻrt manordek burjlar qoʻporibturlarkim, yuqorigʻa chiqar yoʻllar bu toʻrt burjdindur. Oʻzga tamom yerlarda toshdin sutunlardir. Baʼzini morpech xiyora (burama, koʻpqirrali) qilibturlar. Yuqorigi oshyonaning toʻrt tarafi ayvondir, sutunlari toshdan. Oʻrtasi chordora uydir. Imorat kursisini tamom toshdan farsh qilibdirlar". Bu bogʻ oʻrni hozir ham Bogʻi Maydon deb ataladi.

Bogʻi Nav (Yangi bogʻ). Amir Temur Samarqandning janubida qurdirgan (1404). Lolazor qishlogʻi oʻrnida joylashgan. Bu bogʻ toʻrtburchak shaklda boʻlib, atrofi baland paxsa devor bilan oʻralgan, har burchagida minora qad koʻtarib turgan. Markazida boshqa bogʻlardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida hovuz boʻlgan.

Bogʻi Chinor. Amir Temur Samarqandning sharqida (Konigilning janubi-gʻarb tarafida, hozirgi "Qoʻsh tamgalik" tepaligi oʻrnida) barpo qildirgan (1404). Unda chinorlar koʻp boʻlgan. Markazida xochsimon tarxli saroy joylashgan.

Bogʻi Shamol. Amir Temur 1397 yil nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Samarqandning gʻarbida boʻlgan. Undagi saroy toʻrtburchak shaklda boʻlib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yogʻoch va fil suyagidan ishlangan. Bu bog joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham "Bogʻi Shamol" deb ataladi.

Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bogʻlar boʻlgan. Chunonchi, Bogʻi Boʻldu, Bogʻi Zogʻon, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Amirzoda Shohrux, Bogʻcha, Bogʻi Dilafroʻz, Bogʻi Sheron, Gulbogʻ, Lolazor, Bedana qoʻrugʻi, Chumchuqlik, Gʻozxona va boshqa shular jumlasidandir. Amir Temurning bogʻ qurish anʼanasini temuriylardan Shohrux, Ulugʻbek, Bobur va boshqa ham davom ettirishgan.

Aragon (viloyat)

Aragon — Ispaniyaning shimolisharqidagi tarixiy viloyat. 9-asrda Rekonkista jarayonida Aragon grafligi barpo etilgan. 1035 yildan Aragon qirollik, 1137 yil shaxsiy uniya asosida Barselona grafligi bilan birlashgan. 1164 yil Barselona graflari Aragon qirollari bo‘lganlar hamda Kataloniyaning barcha yerlarini qirollik tarkibiga qo‘shib olganlar. 13 — 15-asrlarda A. qo‘shinlari Balear orollari, Valensiya, Sisiliya, Sardiniya, Neapolni bosib olgan. Aragon va Kastiliyaning 1479 yildagi sulolaviy uniyasi, yagona davlat — Ispaniyani barpo etilishiga olib kelgan. Maydon 47,7 ming km2. Aholisi 1,2 mln. kishi (1991). Aragon Ispaniyada aholi eng siyrak yashaydi-gan viloyat.Tog‘larida qo‘ng‘ir ko‘mir, temir rudasi, uran, boksit, oltingugurt, marganes konlari mavjud. tog‘ daryolariga qator GESlar qurilgan. Qo‘ng‘ir kumir bilan ishlaydigan issiqlik elektr markaz-lari bor. Qo‘ng‘ir kumir qazib chiqarish jihatidan (yiliga taxminan 1 mln. t) Aragon Ispaniyada 1-o‘rinda turadi. Oxos-Negros temir ruda havzasi Aragon iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Aragonning birdan-bir sanoat markazi Saragosa shahar. Bu yerda oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birgalikda metallsozlik va kimyo sanoati korxona-lari mavjud. Aholining 2/3 qismi qishloq xoʻjaligida ishlaydi. Viloyatda zaytunzorlar, tok-zorlar, qand lavlagi va donli ekinlar yetishtiriladi. Saragosa — havo yo‘llarining yirik tuguni. Ma’muriy jihatdan 3 provinsiya — Huesca, Teruel, Zaragoza bo‘linadi.

Austan (Qadamjoy tumani)

Austan (qirgʻizcha: Аустан) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumaniga qarasli qishloq. Maydon ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Gektar

Gektar (gekto- va ar) — tomonlari 100 m dan boʻlgan kvadrat maydoniga teng maydon metrik birligi: 1 ga = 10 000 m² = 100 ar = 100 sotix = 0,01 km².

Gektar (gekto... va ar) — metrik oʻlchov tizimida maydon oʻlchov birligi; yer sathini, baʼzan suv sathini oʻlchashda qoʻllaniladi, ga bilan belgilanadi. 1 ga har tomoni 100 m boʻlgan kvadrat yuzaga teng: 1 ga= 10000 m2=10 ar=0,915 desyatina = 107641 kv. fut = 12 tanob = 0,73 botmon (8 pud).

Illinoys

Illinoys - AQSH shim. dagi shtat. Markaziy tekisliklarning shim. qismida, Michigan koʻli bilan Ogayo va Missisipi daryolari oraligʻida. Maydon 146 ming km2. Aholisi 12,5 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Springfild shahri. Eng katta shahri va iqtisodiy markazi — Chikago. Illinoysdan muhim transkontinental yoʻllar va AQShning asosiy ichki suv yoʻllari oʻtgan. Illinoysning yer yuzasi sertepa tekislik (eng baland joyi 378 m). Tuprogʻi unumdor kora tuproqsimon. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Oʻrtacha oylik temperatura —3° dan 25°gacha . Yillik yogʻin 800–1000 mm.

Illinoys — rivojlangan industrial-agrar shtat, aholisining soni, sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda AQShda yuqori oʻrinlardan birini egallaydi. Illinoysda toshkoʻmir, neft qazib olinadi. Mashinasozlik, metallsozlik, metallurgiya, tikuvchilik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Sanoatining yetakchi tarmoklari: konchilik, radioelektronika, elektrotexnika, sanoat va qurilish uskunalari, qishloq xoʻjaligi asboblari ishlab chiqarish, vagonsozlik, qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, goʻsht konservalash. Illinoys hududining 85% i fermerlar qoʻlida. Asosiy ekinlari — makkajoʻxori va soya, shuningdek, bugʻdoy, suli, ut ham ekiladi. Tovar mahsulotining yarmini chorvachilik beradi.

Isfayram (Qadamjoy tumani)

Isfayram (qirgʻizcha: Исфайрам) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumaniga qarasli qishloq. Maydon ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Kanzas

Kanzas — AQShning markaziy qismidagi shtat. Maydon 213,1 ming km2. Aholisi 2,68 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Topika shahar. Sanoat markazlari — Kanzas-Siti va Uichito shaharlari. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik, Qoyali togʻlardan Missuri daryosiga tomon qiyalanib boradi. Markaziy qismida Smoki-Xils, Blu-Xils tepaliklari (bal. 862 m gacha) bor. Iqlimi moʻtadil kontinental iklim (oʻrtacha oylik temperaturaalar —3° dan 26° gacha). Yillik yogin 550–950 mm, yozi qurgʻoqchil. Asosiy daryolari — Kanzas va Arkanzas (yilning koʻp qismida kamsuv). Kanzas — AQShning qishloq xoʻjaligi rivojlangan shtatlaridan. Qishloq xoʻjaligida 2/3 tovar mahsulotini chorvachilik, asosan, goʻsht chorvachiligi beradi. Dehqonchilikda joʻxori (sorgo) va kuzgi bugʻdoy yetishtiriladi. Mamlakatda bugʻdoy hosili boʻyicha 1-, qoramol soni boʻyicha 4-oʻrinda. Oziq-ovqat (goʻsht-konserva, un tortish, yem ishlab chiqarish.) sanoati rivojlangan. Aviatsiya, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari bor. Neft, tabiiy gaz, geliy (AQShda 1-oʻrinda) olinadi.

Kanzas hududini yevropaliklar egallagunga qadar, u yerda indeys qabilalari yashagan. Yevropaliklar Kanzasga il k bor 1541 yilda kelgan. 1803 yildan AQSH bu shtatni Luiziana tarkibida Fransiyadan sotib olgan. 1854 yilda AQShga qarashli hudud maqomi berildi.

Karool (Qadamjoy tumani)

Karool (qirgʻizcha: Кароол) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumaniga qarasli qishloq. Maydon ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Kentukki

Kentukki - AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydon 104,6 ming km2. Aholisi 4,06 mln. kishi (2001), yarmidan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Frankfort shahri. Yirik shaharlari: Luisvill, Leksington. K.ning koʻp qismi Kamberlend platosida (bal. 200–450 m) joylashgan. Karst relyef shakli koʻp. Mashhur Mamont gʻori ham oʻsha yerda. Gʻarbiy va shim.-gʻarbiy qismlari tekislik. Ogayo, Kamberlend va boshqa daryolar kesib oʻtadi. Iqlimi moʻʼtadil nam iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura yanv.da 0,4°, iyulda 24,4°. Yillik yogʻin 1000–1250 mm.

Kentikki — industrial-agrar shtat. Kimyo (sintetik kauchuk, tola, plastmassa va boshqa), elektrotexnika (uy-roʻzgʻor asboblari) va umumiy mashinasozlik sanoati rivojlangan. Padyuka shahri. AKShdagi atom sanoati markazlaridan biri. Oziqovqat (vino, jumladan, viski tayyorlash) va tamaki sanoati korxonalari bor. Toshkoʻmir, tabiiy gaz, neft qazib chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida tamaki (hosili boʻyicha AKShda Shim. Karolina shtatidan keyin 2-urinda), makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, soya, bugʻdoy ekiladi. Goʻsht-sut va goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Ogayo daryosida kema qatnaydi.

Kerege-Tosh

Kerege-Tosh (qirgʻizcha: Кереге-Таш) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumaniga qarasli qishloq. Maydon ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Kvadrat kilometr

Kvadrat kilometr (km², kv. km) — kvadrat metrga karrali boʻlgan maydon oʻlchov birligi.

Bir kvadrat kilometr teng:

1 000 000 m²;

100 gektar;

0,878 687 kvadrat versta;

0,386 102 kvadrat milya;

247,105 381 akr.Oʻz navbatida:

1 m² = 0,000 001 km²;

1 gektar = 0,01 km²;

1 kvadrat milya = 2,589 988 km²;

1 akr = 0,004 047 km².

Maydon (Qadamjoy tumani)

Maydon (qirgʻizcha: Майдан) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumaniga qarasli qishloq. Maydon ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Pum (Qadamjoy tumani)

Pum (qirgʻizcha: Пум) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumaniga qarasli qishloq. Maydon ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Quv-Maydon (Novqat tumani)

Quv-Maydon (qirgʻizcha: Куу-Майдан) — Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati Novqat tumaniga qarashli qishloq. Kengash ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Tekislik (maydon)

Tekislik — qurukliklarda, dengiz va okeanlar tubidagi yassi yoki biroz oʻrqir boʻlgan katta maydonlar. Quruqlikda dengiz sathidan past boʻlgan botiq T. (mas., Kaspiyboʻyining shim. va sharki), bal. 0 dan 200 m gacha boʻlgan payettekislik (Gʻarbiy Sibir), 200 dan 500 m gacha boʻlgan baland (Ustyurt) va 500 m dan ziyod yassitogʻliklarga (Eron togʻligining ichki qismlari) boʻlinadi. T. yuzasining yotiq (Betpakdala choʻlining gʻarbiy qismi), qiya (togʻ oldi shleyflari) va botiq (Qashqar tekisligi) shakllari mavjud. Mezorelyefiga koʻra yassi, pogʻonasimon, toʻlqinsimon, sertepa, oʻydimchuqur va h.k. T.lar farq qilinadi. T.larning kelib chiqishi, geologik strukturasi va rivojlanish tarixi turlicha. Ekzogen jarayonlarning taʼsir etishiga koʻra denudatsion (dastlabki togʻlarning yemirilishidan hosil boʻlgan) va akkumulyativ (choʻkindi jinslar toʻplanishidan yuzaga kelgan) T.larga boʻlinadi. T.lar Yer yuzasining katta qismini egallaydi. Quruqlikdagi T.larda katta daryo havzalari, koʻllar joylashgan, ularning inson tomonidan oʻzlashtirilishi qulay. Eng yirik tekisliklar: Shim. Amerikadagi Buyuk va Markaziy tekisliklar, Jan. Amerikadagi Amazonka va Gviana pasttekisliklari, Yevropadagi Sharqiy Yevropa, Osiyodagi Gʻarbiy Sibir, Turon, Buyuk Xitoy, HindGang T.lari, Afrikadagi Sahroi Kabir va Sudan, Avstraliyadagi Markaziy pasttekisliklar.

Vermont

Vermont — AQShning shimolisharqidagi shtat. Maydon 24,9 ming km2. Aholisi 575 mingdan koʻproq kishi (1990 yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Montpiler sh. Hududining koʻp qismi togʻli (eng baland joyi 1338 m). Yirik daryosi — Konnektikut. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —9°, iyulniki 19°. Yiliga 750 – 1000 mm yogʻin yogʻadi.

Vermont — Yangi Angliyaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan va shaharlari kam shtatlaridan. Vermont hududining 1/5 qismi ekinzor, katta qismi oʻr.mon, qisman yaylov va yaroqsiz yerlar. Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar faqat torgina daryo vodiylaridagi pasttekisliklarda boʻlsada, iqtisodining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining 75% i sut chorvachiligidan keladi. Ekin maydonning 90% iga yem-xashak ekinlari ekiladi. Yogʻochsozlik, toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat, qogoz sanoati korxonalari bor. Asbest, marmar, granit, mis rudasi qazib olinadi. Vermontni shimolidan janubga Monreal—Boston va Monreal — NyuYork temir yoʻl kesib oʻtgan. Konnektikut daryosi va Shampleyn koʻlida kema qatnaydi. Turistlar koʻp keladi. Yirik shahri — Berlington.

Yuta

Yuta — AQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydon 219,9 ming km². Aholisi 2,31 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Solt Leyk Siti (Salt Lake City) shahri. AQSh ittifogʻiga 4 yanvar 1896 yilda kirgan. Hududining katta qismini togʻ tizmalari (eng baland joyi 4123 m) va chuqur daralar bilan kesilgan choʻl landshaftli yassitogʻlik egallaydi. Sharqda Qoyali togʻlarga tutashib ketgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2° dan —4° gacha, iyulniki 17—20°. Yillik yogʻin 250–400 mm. Asosiy daryosi — Kolorado. Koʻl koʻp; eng yirigi — Katta Shoʻr koʻl. Aholi, asosan, vohalarda yashaydi. Xoʻjaligida konchilik va qishloq xoʻjaligi yetakchi. Yuta mahsulotlarining 75%ni chorvachilik beradi. Sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, sabzavotlar yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis, polimetallar, oltin, temir va uran rudalari qazib olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: rangli va qora metallurgiya. Neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat, radioelektronika sanoati korxonalari mavjud. Raketa, qishloq xoʻjaligi jihozlari ishlab chiqariladi.

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.