Mamlakat

Mamlakat, tayinli milliy, iqlimiy, madaniy, tarixiy yoki siyosiy chegaralangan hudud hisoblanadi. Mamlakat oʻz davlat suverenitetiga ega boʻlishi yoki boshqa davlat qaramogʻida boʻlishi mumkin.[1]

Mamlakatni koʻpincha davlat bilan adashtirishadi. Ularning farqi shundaki, mamlakat hudud boʻlsa, davlat shu hududda oʻrnatilgan ijtimoiy-siyosiy boshqaruv instituti hisoblanadi.

Countries
Mamlakatlar

Qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

Afgʻoniston

Afgʻoniston — Afgʻoniston Islom Davlati — janubi-gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga binoan Oʻrta Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km2. Aholisi 25 mln. 782 ming kishi (2000). Poytaxti — Qobul shahri Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy tuzilishiga koʻra 31 viloyatga boʻlinadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137 km.

Brandenburg

Brandenburg — Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti — Potsdam. Maydoni 29 478,63 km2. 2 495 635 nafar aholi istiqomat qiladi (2011). Maʼmuriy markazi — Potsdam shahri B. markazida yer huquqiga ega boʻlgan alohida maʼmuriy birlik, mamlakat poytaxti — Berlin shahri joylashgan. B.da aholi zichligi boshqa yerlarga nisbatan kam. Oʻrta asrlarda B. oʻrnida aholisi asosan Gollandiya, Chexiya va Fransiyadan badargʻa qilinganlardan iborat nemis knyazligi boʻlgan. 1356 yildan kurfyurstlik (1415 yil dan Gogensollernlar boshqardilar; 1486 yildan ularning qarorgohi Berlin edi); 1618 yildan B. Prussiya davlatidagi Prussiya gersogligi bilan birlashdi. 1815—1945 yillarda Prussiya provinsiyasi, soʻngra Olmoniya yeri boʻlib, Ikkinchi jahon urushidan soʻng B.viloyatlarining katta qismi sovet okkupatsiyasi zonasiga kirdi, 1949 yildan GDR tasarrufida, 1990 yilda GDR va GFR qoʻshilgandan soʻng , birlashgan Olmoniya tarkibida.

B. Olmoniyaning yangi yerlari ichida maydoni jihatidan eng kattasi. Maydonining 35% oʻrmon. B.dan Xavel va Shpre daryolari oqib oʻtadi. Tabiat muhofazasiga eʼtibor kuchli. Tabiat parklari, qoʻriqxonalar va rezervatlar koʻp. B. industrialagrar rayon. Brandenburg va oʻrmonchilik B. iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Bushoy, javdar, kartoshka, qand lavlagi, moyli oʻsimliklar ekiladi, Berlin hamda Oderburx shaharlari atrofida sabzavot va meva yetishtiriladi. Transport mashinasozligi, stanoklar ishlab chiqarish, elektronika, energetika, oziq-ovqat va kimyo sanoati rivojlangan. Sanoatlashgan qismi — Ayzenxyuttenshtadt (poʻlat quyish) va Kotbus (qoʻngʻir koʻmir qazib olish, kimyo sa, noati va energetika). Berlindan jan.da, Lyudvigsfeldda tayyor qismlardan yuk mashinalari yigʻiladi. FrankfurtOderda elektrotexnika sanoati va priborlar ishlab chiqarish korxonalari bor. 13—15-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

Castilla y León

Castilla y León — Ispaniyaning avtonom-jamoati. Ma’-muriy jihatdan 9 provinsiya — Ávila, Burgos, Leon, Palencia, Salamanka, Segovia, Soria, Valladolid, Zamora bo‘linadi.

Davlat poytaxtlari roʻyxati

Asosiy maqola: Poytaxt.Bu roʻyxatda davlat poytaxtlari qitʼalar boʻyicha alifbo tartibida berilgan.

Eron

Eron Islom Respublikasi (fors. جمهوری اسلامی ایران - Jomhuri ye Eslāmi ye Irān), qisqacha Eron (fors. ایران - Irān) — Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti — Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 79 115 000 kishi (2016). Pul birligi — Eron riali. Maʼmuriy jihatdan 31 ta ustonga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mashhad, Karaj, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz.

Gʻarbdan Iroq (Kurdiston viloyati), shimoli-sharqdan Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya bilan, shimoldan Turkmaniston, sharqdan Afgʻoniston va Pokiston bilan chegaradosh. Eron hududi shimol tomondan Kaspiy dengizi, janubdan Hind okeanining Fors va Ummon koʻrfazlari bilan yuviladi.

Eron qadimiy qoʻlyozmalarga koʻra qariyb besh ming yillik boy tarixga ega. Ushbu mamlakat hududidagi ilk davlat — Elam, eramizdan avvalgi 3-mingyillikda Eronning hozirgi Xuziston ustoni hududida vujudga kelgan.

Amaldagi konstitutsiyasi 1979 yil 2—5 dekabrdagi referendumda tasdiqlangan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiya boʻyicha davlatning oliy rasmiy shaxsi — Eron Islom Respublikasi Rahbari (1989 yildan Said Ali Xomanaiy). Undan keyingi oliy rasmiy shaxs — prezident (2005 yildan Mahmud Ahmadiy Najod). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Islomiy Kengash majlisi (parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Extremadura

Extremadura — Ispaniya avtonom-jamoati. Provinsiyalari: Cáceres, Badajoz.

Futbol

Futbol (ing . foot – oyoq, ball – toʻp) – sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90–120 x 45– 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpining ogʻirligi 410–450 g , aylana diametrining uz. 68–70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 min. (45 min.dan 2 boʻlim, 12–15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).

F.ga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848 yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari F.ning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863 yilda Angliya F. uyushmasi tuzilib, F. qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri – 19-asrning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham F. uyushmalari tashkil kilindi. 1896 yil F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904 yilda xalkaro futbol federatsiyasi –FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa F.chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.

Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy F. qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912 yilda Qoʻqonda birinchi F. jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham F. jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada F.ning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda F.chilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitalarda ham nom qozondilar.

1959 yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992 yilda (keyin 2001 yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992 yildan F. boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, F. jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida" (1993 yil 18 mart) hamda "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida" (1996 yil 17 yanv.)gi qarorlari F.dagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning "Neftchi" klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), "Paxtakor" klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. F. klublari qoshida 18 ta F. internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, F.ga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. F. universiada, "Barkamol avlod" va "Umid nihollari" musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan "Futbol gʻunchasi" musobaqalarida 692 jamoada 13840, "Futbolimiz kelajagi" musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning "Andijanka", Namanganning "Gulbahor", Qarshining "Sevinch" jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy F.chilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan F.chilar oʻrtasida Toshkentning "Matonat" jamoasi (hozirgi "Baynalmilal") jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta F. maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) F. bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). "Oʻzbekiston futboli" (Toshkent), "FutbolEkspress" (Andijon), "Asr futboli" (Namangan), "Inter futbol" (Kosonsoy), "Boks plyus futbol" (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek F. i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. F.ning turlaridan biri minifutbol (futzal) dir. Maydonining oʻlchami 28–40 x 16–20 m, darvozasining oʻlchami 3x2 m, toʻpining ogʻirligi 400–600 g , aylana diametrining uz. 60–62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40 min. (20 min.dan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan F.chini roʻyxatga kiritishadi, maydonga chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan F.chi (bittadan darvozabon) qatnashadi. MiniF. boʻyicha jahon chempionati 1989 yildan, Osiyo chempionati 1998 yildan boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston miniF. chempionati 1997 yildan boshlangan. Murabbiy R. Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston miniF. jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan (2001, Tehron). Ushbu jamoada A. Nurmatov, A. Korolyov, F. Qudratov singari F.chilar mahoratlarini koʻrsatishgan. Oʻzbekistonda 4244 ta miniF.ga moye maydon bor, 3235 kishi F.ning shu turi bilan shugʻullanadi (2004).

Futbol boʻyicha jahon chempionlariYil Chempion1930 Urugvay1934 Italiya1938 Italiya1950 Urugvay1954 GFR1958 Braziliya1962 Braziliya1966 Angliya1970 Braziliya1974 GFR1978 Argentina1982 Italiya1986 Argentina1990 GFR1994 Braziliya1998 Fransiya2002 BraziliyaFutbol buyicha Osiyo oʻiinlari chempionlariYil Chempion1954 Xitoy1958 Xitoy1962 Hindiston1966 Birma1970 Birma va Koreya Resp.

1974 Eron1978 KXDR va Koreya Resp.

1982 Eron1986 Koreya Respublikasi1990 Xitoy1994 Uzbekistan1998 Eron2002 Eron

Galisiya

Galisiya — Ispaniyaning shim.gʻarbiy qismidagi muxtor viloyat, Atlantika okeani sohilida. Mayd. 29,4 ming km2. Aholisi 3,15 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — La-Korunya. Bosh shahri — Santyago-de-Kompostela. Galisiya tarkibiga La-Korunya, Lugo, Orense, Pontevedra provinsiyalari kiradi.

Galisiyada qadimda galleklar qabilasi yashagan, keyinchalik viloyat ham kabila nomi bilan atalgan. 5-asr boshlarida Galisiyani svevilar, 8-asr boshlarida arablar egalladi. 718 yilda arablar magʻlubiyatga uchragach, Galisiyani Asturiya qirollari oʻzla-riga boʻysundirdilar. Galisiya 1065—72 yillarda mustaqil qirollik boʻlgan, 1072 yilda Kastiliyaga qoʻshib yuborilgan. 1936 yil Galisiyada referendum oʻtkazilib muxtor viloyat eʼlon qilindi.

Relyefi togʻlik, bal. 400–600 m, sharqida 1800 m gacha, tor dare vodiylari bilan oʻyilgan. Qirgʻoqlarida qulay tabiiy buxtalar bor. Iqlimi moʻʼtadil okean iqlimi, yiliga 2500 mm yogʻin yogʻadi. Keng bargli togʻ oʻrmonlari va butazorlar koʻp.

Galisiya asosan agrar viloyat. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi. Makkajoʻxori, javdar, kartoshka ekiladi. Baliq ovlash va oʻrmonchilik katta ahamiyatga ega. GES koʻp. Kemasozlik rivojlangan (mamlakat kemasozligining 1/2 qismi). Oziq-ovqat (baliq, ayniqsa sardina konservalari ishlab chiqarish) sanoati, avtomobil ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash va alyuminiy zavodlari bor.

Iqtisodiyot

Iqtisodiyot — yunoncha "ekonom" va "oykos" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "ekonomika" qishloq xoʻjalik asoslari haqida fan degan maʼnoni anglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda "iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi. Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni oʻrganuvchi fan.

Mongoliya

Mongoliya (Mongol Uls) yoki Moʻgʻuliston — Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakat. Maydoni 1565 ming km². Aholisi 2, 893 ming kishi (2013). Poytaxti — Ulan-Bator shahri Maʼmuriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga boʻlinadi. Ulan-Bator, Darxan va Er-denet shaharlari mustakil maʼmuriy birlik boʻlib, bevosita markaziy hokimiyat organlariga boʻysunadi.

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Oʻrta Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri boʻlib, davlat tili — oʻzbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978 km2. Aholi soni (2018) — ↗32.979.000. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, davlat mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat ham hisoblanadi. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega bo'lmagan besh mamlakat bilan, yaʻni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.

Oʻzbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrini bosishga asoslangan. 2017-yil sentabrida mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik korxonadir. Mamlakatda shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin koni mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va tabiiy gazni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.

Pokiston

Pokiston, Pokiston Islom Respublikasi (Islami Jamhyriya Pakistan) — Osiyo janubida, Hindiston yarim orolining shimoli-gʻarbidagi davlat. Maydoni 803,9 ming km2. Aholisi 193,238,868 kishi (2013). Poytaxti — Islomobod shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 provinsiya, federal poytaxt hududi va federal hukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga boʻlingan.

Allama Iqbal - Pokiston xalq shoiri. Vataniga qo'shimcha ravishda u Eron, Kürdistan va Iroqda ham mashhur bo'lib, u Iqbol-e Laxori.

Rossiya

Rossiya (Ruscha: Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika [Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya], 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000 yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi.

Valencialar mamlakati

Valencialar mamlakati — Ispaniya avtonom-jamoati. Ma’muriy jihatdan 3 provinsiyalari — Alicante, Castellón, Valencia bo‘linadi.

Vyetnam

Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam), BCP — Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolidagi davlat. Maydon 330 ming 991 km2. Aholisi 90 549 390 kishi (2011). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sahari.

Yalpi ichki mahsulot

Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi(angl. nominal and real GDP). YIM ushbu yildagi narhlarning oʻsishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi . YIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YIM darajasi yordamida aniqlanadi. YIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YIM imkoniyati — bu YIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi. YIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.

Yalpi ichki mahsulot (YIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda 2003 yilda amaldagi narxlarda 9964,1 mlrd. soʻmlik YIM ishlab chiqarildi. Bu 2002 yilga nisbatan 4,4 % ga koʻp demakdir. Yaratilgan YIMning tarmoq tuzilmasi quyidagicha: uning 48,5% tovarlar ishlab chiqarish (uning 15% sanoatda, 28,8% qishloq xoʻjaligida, 4,5% qurilishda) va 38,1% xizmatlar koʻrsatish (uning 8,5% traneport va aloqada, 9,4% savdo va umumiy ovqatlanishda, 20,2% bozor va nobozor xizmatlarda)ga, 13,4% mahsulot va eksportimport operatsiyalari sof soliqlariga toʻgʻri keldi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daromad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin. Mas, AQSH va Yaponiyada YIM emas, balki YMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMT ning milliy hisoblar tizimida YIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.

Nurislom Toʻxliyev.

Yodgorlik

Yodgorlik — 1) keng maʼnoda — mamlakat, xalq madaniy merosining bir boʻlagi; uning tarkibiga muzeylarda namoyish etiladigan tarixiy va madaniy Yo.lar hamda qoʻzgʻalmas (bino va b.) Yo.lar kiradi. Umumiy xususiyatlariga koʻra, arxeologik, tarixiy, meʼmoriy va mahobatli sanʼat Yo.lariga boʻlinadi, shuningdek, tarixiy badiiy qimmatga ega boʻlgan yozma Yo.lar ham unga taalluklidir. Tarixiy va madaniy Yo.larni saqlash vazifasi umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlib, u maʼnaviy tarbiyaning asosiy qismini tashkil kidali; 2) tor maʼnoda — maʼlum sana, voqea va shaxslarni abadiylashtirish maqsadida yaratilgan sanʼat asari (xaykal, maqbara, qabrtoshi, ehrom, zafar toki va h. k.); ularga faol ijtimoiy taʼsir etish xos boʻlib, bu ularning gʻoyasida, qoʻyilishi va shakliy talqinida namoyon boʻladi. Yo. umum omma diqqatiga moʻljallangan hamda atrof muhitni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Qad. kishilik jamoalarida yaratilgan dafn inshootlari (megalit va qoʻrgʻonlar), keyinroq obelisk, ehrom va h. k. Yo.ning ilk namunalaridir. Keyingi davrlarda maqbara va qabrtoshlar koʻpincha Yo. vazifasini oʻtagan, ularda dafn va liniy vazifadan koʻra memorial Yo. vazifasi ustunlik qilgan. Mujassamotli Yo.lar antik sanʼatda yaratila boshlangan: maʼjoziy yoki portret, haykal va haykallar guruhi, chavandozlar haykallari, stela, zafar toki va zafar ustunlari katori va b. Yo.lar muqaddas qisoblangan joylarda, mil. av. 6-asrdan shahar markazlarida bunyod etilgan. Koʻp mamlakatlarda ulugʻ ishlar diniy inshootlarda abadiylashtirilgan. Dunyoviy Yo.lar yaratish anʼanasi Italiyada Uygʻonish davrida vujudga kelgan. Barokko va klassitsizm davrida shaharsozlikda muhim oʻrin tutgan, ampir davrida meʼmoriy Yo. barpo etish keng tarqalgan. 18-asr 2yarmidan jamoat arboblari va buyuk shaxslarga Yo. oʻrnatila boshlandi, 19-asr oxiri va 20-asr boshida bir qator yirik koʻlami bilan diqqatga sazovor monumentlar yuzaga keldi. 20-asrda meʼmoriy va meʼmoriy haykaltaroshlik Yo. majmua (memorial inshoot)larp alohida dolzarbligi bilan ahamiyat kasb etdi. Maʼjoziy va portret shakllaridan xoli mayda meʼmoriy shakllarga yaqin yangi tasviriy boʻlmagan Yo. turi paydo boʻldi, Yo.lar mamlakat tarixiy solnomasining obrazli talqinini hosil qildi. Dastlab shakl jihatdan kichik boʻlgan Yo.lar dastgoh haykaltaroshligiga yaqin boʻlgan, 30y.lardan shahar ansambli va atrof muhit manzarasi bilan uygʻunlikni yuzaga keltiradigan mahobatli qoʻshimcha obrazlar yordamida asosiy gʻoyani ifodalovchi koʻp shaklli mujassamotli Yo. yaratila boshlandi.

Zaragoza (provinsiya)

Zaragoza — Ispaniya provinsiyasi.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.