Mafkura

Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. M. har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman M.lar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va mak,sadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday M. jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va shahrik. M. muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. M. oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga du-chor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor gʻoyalarga asoslangan M. ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga turtki boʻladi, maʼnaviyatnn yuksaltiradi, insonlarni ulugʻvor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik gʻoyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan M. bunyodkorlik xususi-yatiga ega boʻladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik gʻoyalari asosida shakllangan, millat va xa-lkdarni asoratga soladigan M. vayronkorlik xususiyatiga egadir.

M.ning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va boshqa koʻrinishlari bor. Aksari-yat rivojlangan mamlakatlar xalqdari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bagʻrikenglik kabi gʻoyalarga asoslangan M.ga tayanmoqda. Yana q. Milliy mafkura.

Adabiyot

  • Karimov I.A., Oʻzbekiston: milliy istiklol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-j., T., 1996;
  • Barkamol avlod orzusi, T., 1999.

Hiyom Nazarov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
1984 (roman)

«1984» (inglizcha: Nineteen Eighty-Four) ingliz yozuvchisi va publitsisti Jorj Oruellning antiutopiya janrida yozilgan romani. 1949 yil nashr etilgan. Roman 2018-yil Karim Bahriyev tomonidan oʻzbekchaga tarjima qilingan.

Falsafa

Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.

Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha philosophia soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.

F.ga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. F. haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. F.ga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar F.dan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. F.ni fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy F.ni "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian F.sida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.

F. Bekon va R. Dekart F.ni "tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan" deb hisoblashgan. X. Volf F.ni "barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan" desa, Kant F.ga "dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan" sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F.ga "qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat" deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni F. deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni F. deb atab, unga "oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan" sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash F.ning asosiy vazifasi deb bildi.

F.ning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik F.si, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq F.si, naturfalsafa, fan F.si, tarix va madaniyat F.si, siyosat F.si, din F.si, psixologiya va boshqa kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon F.sida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va boshqa anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi F. yoʻnalishlari vujudga kelmokda. F.ning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.

F. tarixi — inson tafakkuri tarakqiyoti tarixidir. F. tarixiga oid adabiyotlarda insoniyat tarixida xitoy F.si, hind F.si, Yevropa F.si ajratib koʻrsatiladi. Yirik diniy taʼlimotlar sifatida hinduiylik F.si, xristianlik F.si, buddaviylik F.si, islom F.sini koʻrsatish mumkin.

Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga "Qoʻshiqlar kitobi", "Bahor va kuz" kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng "Aforizm"larini, daosizmni kiritish mumkin.

Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.

Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, miloddan avvalgi 6—5-asrlardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va rimellinizm davrlariga boʻlinadi. Ellinistik F. davri sokratgacha davr (Milet maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) F.ni (Sokrat, Platon, Aristotel) oʻz ichiga oladi. Sokratgacha davr F.si kosmologik (gilozoistik) F. va antropologik davrlarni oʻziga qamrab oladi. Dastlabki kosmologik falsafiy taʼlimot Falesga tegishli. U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub. Ulardan soʻng borliq haqidagi taʼlimot bilan Ksenofan, Parmenid, Zenon (Eleyalik), Meliss shugʻullanganlar. Ular bilan birga Pifagor maktabi (Pifagor, Fillolay, Alkmeon, Arxit; miloddan avvalgi 6—4-asrlar) faoliyat koʻrsatgan. Bu davrda antropologik sofistika maktabi vakillari Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik ijod qilishgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda stoiklar (Zenon Kitionlik), epikurchilar (Epikur, Lukretsiy), neoplatonchilar (Plotin) yunon F.siga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel F.si yunon F.sining shuhratini oshiradi. Yunon F.sidagi asosiy qarashlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Makduniy)ning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.

Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy taʼlimotlar quyidagicha oʻrganiladi: ilk islom F.si (6—8-asrlar), sharqiy islom F.si (Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy taʼlimotlar), gʻarbiy islom F.si (Shim. Afrika va Ispaniyadagi falsafiy taʼlimotlar).

Ilk islom F.si davri yunon F.sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻʼtaziliylar bilan mutakallimlar oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom F.sida dunyoviy va islomiy gʻoyalarning , turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan. Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi (Xorazmiy sistemasi) bilan bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom F.si (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va boshqalar) va gʻarbiy islom F.si (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. F.ning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf F.si, tabiatshunoslik F.si, mantiq F.si va axloqiy taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va boshqalar). Shuni qayd etish lozimki, islom F.si oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom F.si rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va boshqa diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan.

Yevropa F.si esa oʻzidan oldingi barcha falsafiy fikrni ilmiy bilimlarni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish bilan bogʻlagan. Toʻgʻri, Yevropadagi diniysxolastik falsafiy gʻoyalar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Lekin, arab olimlarining tarjimalari tufayli antik davr fani va F.si, qadriyatlarini qoʻlga kiritgan yevropalik olimlar jamiyatni bamisoli qayta uygʻotishdi. Yevropa F.si sxolastik davri, Uygʻonish davri, yangi davr va nemis klassik F.si davrlariga boʻlinadi. Sxolastika davri sxolastika ravnaqi (Buyuk Albert, Foma Akvinskiy, R. Bekon) va sxolastika inqirozi (Dune Skot, tomizm, U. Okkam) davrlariga boʻlinadi. Uygʻonish davrida italyan gumanizmi, reformatsiya, tabiatshunoslik F.si, ijtimoiy xayoliy nazariyalar ilgari surilgan. Yangi davrda F. Bekon, R.Dekart, T.Gobbs, J.Lokk, Spinoza, Leybnits, X.Volf, J.Berkli, D.Yum, GT.Beyl, Sh.Monteskye, Volter, Russo, D.Didro, D’Alamber, J.Lametri, P.Golbax va boshqa faylasuflar ijod qilishgan. Nemis klassik F.si Gerder, Kant, Fixte, Shelling , Gegel, Feyerbax nomlari bilan bogʻlangan.

F. tarixidagi falsafiy maktab va oqimlar oʻzlari ilgari surayotgan falsafiy gʻoyaning mazmuniga qarab quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi: empirizm va ratsionalizm, nominalizm va realizm, materializm va idealizm, skeptitsizm va antiskeptitsizm, agnostitsizm va antiagnostitsizm, dogmatizm va relyativizm kabilar.

19—20-asrlardagi falsafiy oqimlar: Shopengauer F.si, O.Kont pozitivizmi, marksizm, empiriokrititsizm, neokantchilik, F. Nitsshening hayot F.si, pragmatizm, neopozitivizm, postpozitivizm, neotomizm, freydizm, ekzistensializm, germenevtika, strukturalizm, relyativizm, konstruktiv empirizm, fenomenalizm va boshqa 21-asrga kelib har bir mintaqa, davlat va millatning tafakkur tarzini oʻzida ifoda etuvchi falsafiy maktab va oqimlarning shakllanishidan tashqari jahondagi ijtimoiy jarayonlarning keskin va jadal oʻzgarib borishi, global miqyosga koʻtarilishi umumjahon miqyosidagi falsafiy muammolarni hal etish zaruriyatini tugʻdirmoqda. Bunday muammolar sirasiga ijtimoiy taraqqiyotning globallashuvi, tinchlik va urush muammosi, ekologik, energetik muammolar, xom ashyo, oziq-ovqat va chuchuk suv muammolari, demografiya, sogʻliqni saqlash, axborotlar muammosi, maʼrifat va maʼnaviyat tanqisligi muammosi va boshqa kiradi. Bu muammolarni yechish yoʻllarini koʻrsatish va tahlil etish 21-asr F.sining dolzarb vazifasidir. Oʻzbekiston F.si Sharq F.sining tarkibiy qismi, oʻzbek xalqining oʻziga xos boʻlgan tafakkur tarzining namoyon boʻlishidir. Uning tarixiy ildizlariga qad. Turon va Turkistondagi xalq ogʻzaki ijodiga oid hikmatlar, dostonlar, maqol va rivoyatlar, mutafakkirlarning falsafiy asarlari, Avestodagi ezgulik gʻoyalari, tariximizda oʻtgan moniylik, mazdakiylik, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik dinlaridan kirib kelgan hikmatlar, islom F.si, islomning muqaddas kitoblari, tasavvuf F.si, moturidiylik taʼlimoti, sunniylik oqimi, kubroviylik, yassaviylik, naqshbandiya tamoyillari, vatanparvarlik goyalari, maʼnaviyaxloqiy qadriyatlar kiradi. Bu F. jahon falsafiy merosi durdonalaridan oziq oladi. Oʻzbekiston F.si oʻzbek xalqining tafakkur tarzi sifatida 20-asrda shakllandi. Unda Oʻzbekistonda yashovchi turli millat va elat vakillari ishtirok etishgan. Uning namoyandalari Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Choʻlpon, Abdulla Krdiriy, Ishoqxon Ibrat, Soʻfizoda va boshqa Sharq F.si anʼanalarini, milliymaʼnaviy, axloqiymaʼrifiy qadriyatlarni shoʻrolar davrida ham saklab qolish va rivojlantirishga intilyshdi, lekin bu intilishlar ularning kommunistik tuzum qurboniga aylanishiga sabab boʻldi. Sovet tuzumini yoklagan ilm sohiblarigina qatagʻonlardan omon qolishdi. S.Ayniy va 3. V. Toʻgʻonlarning F. tarixiga oid bir qancha maqolalari bosilib chiqdi. Sovet davrida F. fani chuqur mafkuraviy inqirozga uchragan, kommunistik tuzumning xizmatkoriga aylantirilgan edi. Yozuvning arabcha grafikadan lotin grafikasiga, undan kirillcha grafikaga oʻtkazilishi milliy fan va F. taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Naim Sayd, K. Yerzin, Hakim Neʼmat, R. Xolmurodov (Mallin) singari olimlar F. sohasida faoliyat koʻrsatdilar. Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston FA tashkil etilishi ijtimoiy fanlar, xususan, F. fani taraqqiyotiga turtki berdi. Bu davrda S. Valiyev, J.M.Boboyev, H.Gʻ.Rasulov, AL.Ayupov, S.Azimov, I.Moʻminov, V. Zohidovlar F. faniga sezilarli hissa qoʻshishdi. Oʻzbekistonda F. tarixi (V.Zohidov, M.M.Xayrullayev, M. Baratov, h.F.Vohidov, A.Sharipov), tabiatshunoslik F.si va bilish nazariyasi (O.Fayzullayev, B.Ismoilov, J.Tulenov, K.Ivanova, M.Abdullayeva), mantiq (M.Xayrullayev, K.Haqberdiyev, M.X.Nurmatov, L.Ye.Garber), madaniyat F.si (K. Sodshov, S.Shermuhamedov, N.Gʻoyibov), din (S.Azimov, A. Ortitov, M.A.Usmonov, J.Bozorboyev), axloq (Y. Jumaboyev, XAliqulov, X.Shayxova), ijtimoiy F. va siyosatshunoslik (E.Yusupov, R.Abdushukurov, K.Valiyev, h.Pulatov, S.Tursunmuhamedov, Q.Xonazarov) yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib borildi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, F. fani oldida uni kommunistik mafkura asoratlaridan tozalash, jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini falsafiy tahlil etish, milliy istiklol gʻoyasining ilmiynazariy asoslarini ishlab chiqish, respublikada shakllanayotgan huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish xususiyatlarini ochib berish kabi vazifalar paydo boʻldi. Oʻzbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1998 yilda "Tafakkur" jur. bosh muharririning savollariga bergan javobda yangi jamiyatni bunyod qilishda milliy mafkura va u tayanadigan milliy F.ning roliga katta baho berar ekan, gʻoyaga qarshi faqat gʻoya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan bahsga kirishish kerakligini taʼkidladi.

Hozirgi davrda respublika faylasuflari oldida ijtimoiy voqelikning qonuniyatlarini tadqiq etish, mamlakatning istiqboli uchun xizmat qiluvchi gʻoyaviy zaminni yaratishdek muhim vazifalar turibdi.

Oʻzbekistonda F. boʻyicha i.t.lar oliy oʻquv yurtlari F. kafedralarida, Falsafa va hukuq institutida olib boriladi. OʻzMUda F. fakulteta mavjud. Respublikada Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyat koʻrsatmokda. F.ga oid i.t.lar "Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar" (Oʻzbekiston FA nashri), "Falsafa va huquq" (Oʻzbekiston FA falsafa va huquq instituti, Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyatining nashri), "Tafakkur" jur.larida chop etiladi.

Fan va turmush

„Fan va turmush“ — Oʻzbekiston FAning ilmiy-maʼrifiy, ommabop jurnali. Toshkent shahrida 1 yilda 6 marta nashr qilinadi. Dastlab „Sotsialistik ilm va texnika“ (1933—35), „Sotsialistik fan va turmush“ (1939—41) nomlari bilan chop etilgan. Muayyan sabablar tufayli 1941 yil iyulidan 1957 yil fevralgacha nashr etilmagan. 1957 yildan hozirgi nomda. Jur.ning qayta tiklanishida Oʻzbekiston FA akad.lari H. Abdullayev, T. QoriNiyoziy, jurnalist A. Yoqubovning xizmati katta. Jur.ga taniqli olimlar Otajon Hoshim (193337), T. QoriNiyoziy (1937, 194041, 195870), I. Islomov (193839), I. Muminov (1957), M. Urozboyev (1970—71), M. Homidxonov (1972), Yo. Toʻraqulov (197488), K. Zufarov (1988—92), M. Sharifxoʻjayev (1992—2001)lar muharrirlik qilishgan.

Oʻtgan davrlarda jur. sahifalarida ilmfanning barcha sohalari, ularning ayrim tarmoklari rivoji, jahondagi turli elelatlar haqida muntazam ravishda makrlalar chop etildi. Uzbekistonda fantast yozuvchilarning shakllanishida jur. muharririyati huzuridagi „Fantast yozuvchilar maktabi“ning xissasi katta boʻldi (H. Shayxov, M. Mahmudov, S. Abdullayeva, Gʻ. Jahongirov, X. Dustmuhamedov, O. Muminov, R. Obidov va boshqalar).

Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida jur. mamlakat xalqi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va tafakkurida milliy gʻoya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga hamda fanning sunggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga, xalqimizni yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli etish yoʻlida jahon kashfiyotlarini, oʻzbek olimlarining xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorligi natijalarini keng targʻib qilishga, buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyati xamda ilmiy merosidan xalqimizning bahramand boʻlishiga alohida eʼtibor berib kelmoqda.

2003 yildan jur.da maqolalar oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda. Muharriri Shuhrat Egamberdiyev (2002 yildan).

Huquqii ong

Huquqiy ong - ijtimoiy ong shakli; jamiyat aʼzolarining mavjud huquqiy munosabatlar va huquqni tushunishi, huquq-tartibot haqidagi tasavvurida oʻz aksini topadi. Huquqii ong nafaqat amaldagi huquq, balki uning tarixi, shuningdek boshqa jamiyatlardagi voqeliklarni bilishni ham oʻz ichiga oladi. Alohida shaxs, guruh va jamiyatning Huquqii ongi ajratib koʻrsatiladi. Huquqii ong huquqiy mafkura va huquqiy psixologiyadan tashkil topgan. Huquqiy mafkura — har xil huquqiy hodi-salar haqidagi nuqtai nazar, tushun-cha, gʻoya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iborat. Huquqii ongning huquqiy mafkura qismida aksini topgan huquqiy hodisalar huquqqa bagʻishlangan maxsus nazariy izlanishlarda oʻz rivojini topib, ilmiy darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy asarlarning mazmuni odamlar maʼnaviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohazalarni, eʼtiqod va kay-fiyatni olib kiradi. Huquqiy mafkura — shaxsning Huquqii ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, odamning huquqqa boʻlgan munosabatiga hal qiluvchi taʼsir qiladi. Huquqiy psi-xologiya — huquqiy hodisalarni his-siyot bilan anglashdir. Odam ijtimoiy hodisalarni, jumladan, huquqiy munosabatlarni nafaqat aql bilan, balki sezgi bilan ham tushunib yetadi.

Huquqii ong darajasi jamiyat aʼzolarining huquqiy maʼlumotlariga ham bogʻliqdir. Shunga koʻra, fuqarolarning huquqiy madaniyat darajasini koʻtarishga koʻmak beradigan huquqiy ax-borot tizimini tashkil qilishning ahamiyati katta. Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab, Huquqii ong 3 turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy Huquqii ong, odatda, oʻz-oʻzidan vujudga keladi va odamning shaxsiy tajribasi, huquqiy hodisalar bilan bogʻliq boʻlgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Bunga odamning ishga joylashuvidagi yoki oliy oʻquv yurtiga kirish qoidalari yo boʻlmasa yoʻl qoidasini buzganligi uchun javobgarligi haqidagi bilimlar misol boʻla oladi. Huquqii ong borliq haqidagi oddiy tushunchalar chegarasida qolib ketmaydi, doimo rivojlana borib, nazariy, ilmiy tushunchaga aylanadi. Ilmiy Huquqii ong ijtimoiy huquqiy haqiqatni u yo bu darajada toʻgʻri aks ettiruvchi bilimlar tizimini oʻz ichiga oladi. Kasbiy Huquqii ong esa yuridik oliy oʻquv yurtlaridaoʻqish natijasida shakllanadi, soʻngra, huquqiy amaliyot jarayonida sayqallanadi. Huquqiy fanlar vakillari, huquqshunos amaliyotchilar uning subʼyektlari hisoblanadi.

Huquqii ong jamiyat hayotining ijtimoiysiyosiy sharoitlari, uning madaniyHUQUQIY, demokratik yoki avtoritar anʼanalari bilan belgilanadi.

Nurali Javliyev.

Islom

Islom (arab. – boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan ( buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("sadoqatli"; koʻpligi "muslimun") deb ataladi. "Muslim", "muslimun" soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda – musalmon, oʻzbeklarda – musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda – musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.

Jahonda qariyb 1,2 mlrd. kishi Islomga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20% idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi – Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80% dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80% igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan ). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar ( Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar – Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va Gersegovina, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.

Islom 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad Sallollohu alayhi vassallamdir.Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb uqtiriladi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga oʻzining kalomi – Qurʼon nozil qildi. Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo – Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim ( a.s) Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohim (a.s) ga nozil bo'lgan dinidir.

Muhammadga, 40 yoshida(milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning koʻpchilik aholisi, ayniqsa, quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammadni yolg'onchiga chiqarib judda katta zulm ko'rsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga hijrat qilishdi, Yasribdagi banu Avs va banu Xazraj qabilalarining vakillari 622-yimda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammadni payg'ambar va Allohni yagona deb tan olishdi. Hijrat nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Koʻchib oʻtgan kishilar muxojirlar (koʻchib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka oʻrtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi (qarang Badr jangi, Uxud jangi, Xandaq jangi va boshqa). 628-yilda Makka zodagonlari Muhammad bilan kelishishga majbur boʻldilar (qarang Hudaybiya sulhi). 630-yilda musulmonlar qoʻshini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi (rasuli) deb eʼtirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Kaʼba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad vafot etgan 632-yilda Arabiston yarim oroli toʻla birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil boʻlib xizmat qildi.

Muhammad vafotidan soʻng Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon Ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib paygʻambarning oʻrinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar 7–8 asrlarda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli, Shimoliy Hindistonni fath qilishdi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkazortidan Hind okeanigacha boʻlgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar (qarang Arab xalifaligi).

Islomning muqaddas kitobi Qurʼondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilingan soʻzi deb tushuniladi. Islomning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy meʼyorlari, cheklash va ta’qiqlari Qurʼon bilan birga uning tafsirlarida, hadis toʻplamlari va shariat qoʻllanmalarida, shuningdek, 8–12-asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini topgan.

Islomning asosiy aqidasi – "Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli". Islom ilohiyotining ilk shakli – kalom boʻlib, 8-asrda Arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.

Islom dini 5 "asos" yoki "ustun" (arkon ad-din al-islomiy)ga ega:

1) Kalimai shahodat;

2) Namoz oʻqish;

3) Roʻza tutish;

4) Zakot berish;

5) imkoniyat topilsa haj qilish.Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb eʼtirof etilgan. Imon 7 aqidani – Allohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, paygʻambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan boʻlishi)ga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonishni oʻz ichiga oladi. Islomda roʻza hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlid kabi oʻziga xos diniy marosim va bayramlar tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda Islomgacha mavjud boʻlgan urf-odatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sigʻinish ham Islom marosimchiligiga moslashib ketgan. Bu narsa, ayniqsa, Markaziy Osiyo musulmonlari orasida hali hanuz saqlanib qolgan. Aslida, Islom aqidasiga koʻra fol ochish va fol ochdirish harom qilingan, yaʼni taʼqiqlangan.

Islomda ilk davrdan paydo boʻlgan eng birinchi yirik muammo – oliy hokimiyatni egallashga paygʻambardan keyin kim haqliroq, degan masala boʻldi. Ali tarafdorlari "shia" nomini olib, Islomda birinchi boʻlinishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa Usmon aynan shu boʻlinishning qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf – sunniylik va shialik oʻrtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yoʻnalish ham paydo boʻldi. Ammo Islom tarixi uzra sunniylik asosiy yoʻnalish boʻlib keldi. Oʻrta asrlarda hukmronlik qilgan abbosiylar, saljuqiylar, ayyubiylar, mamluklar, usmonli turklar, temuriylar sulolalari sunniylikda edilar. Hozirgu kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq koʻpchiligi (93%)ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat – Eronda shialik rasmiy diniy yoʻnalish sifatida qabul qilingan. Iroq, Livan, Shimoliy Yaman, Ozarbayjon va Afgʻonistonda shialarning yirik jamoalari mavjud. Ummon va Shimoliy Afrikada xorijiylarning baʼzi toifalari saqlanib qolgan.

Musulmon huquqshunosligi – fiqhda 4 sunniy (hanafiylik, shofiʼiylik, molikiylik, hanbaliylik) va 1 shia (jafariylik) mazhablari shakllangan. Mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Firqalar, asosan, geografik va iqlimiy omillar hamda Islomni qabul qilgan xalqlarning oldingi madaniyati, anʼanalari va diniy tasavvurlari taʼsirida vujudga kelgan. Ularning aksariyati shia yoʻnalishiga mansub boʻlib, eng yiriklari – imomiylar, ismoiliylar va zaydiylardir. Islomda ilk davrlardan shariat (barcha toʻla rioya kdpishi kerak boʻlgan qonunchilik) bilan tariqat (faqat ayrimlar Alloh xayrixohligiga muyassar boʻlishi mumkinligi) yonma-yon rivojlanib kelgan. Tariqat asoschilari – murshidlarning "valineʼmati" asrlar osha hozirgi avlodgacha yetib keladi, degan tushuncha bor. 8–9-asrlarda Islomda diniy-falsafiy oqim – tasavvuf paydo boʻldi. Sharqda eng mashhur boʻlgan tasavvuf tariqatlari – naqshbandiylik, qodiriylar, shoziliylardir.

Islom dinining muhim xususiyatlaridan biri – uni qabul qilgan xalqlar vakillari uchun Islom aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganidadir. U oʻziga xos 3 taraqqiyot bosqichi yoki davrni oʻtadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qurʼon davri deb atash mumkin. Qurʼoni karimda oʻz aksini topgan Arabiston aholisining diniy ongi darajasini ifoda etuvchi diniy-siyosiy va ijtimoiy qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar butun musulmon olami uchun hozirgacha shak-shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. Deyarli 4 asr davom etgan ikkinchi davr Islomda umumislomiy ahkomlar hukmronligi ostida turli fikrlar yoʻl qoʻyilgani bilan ajralib turadi. Islomdagi yoʻnalishlar, mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo boʻldi. Musulmonlarning diniy birligi hal qilib boʻlmaydigan muammo boʻlib qoldi. 10–11-asrlarda anʼanaga sodiq sunniylar bilan imomiy shialar, muʼtaziliylar hamda ashʼariylar oʻrtasida munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketdi. Xalifa Qodir (991 – 1031) anʼanaviy Islomni qonun asosida barcha uchun majburiy boʻlgan davlat dini deb qaror toptirishga urinib koʻrdi. Shu maqsadda anʼanaga sodiq ilohiyotchilar imzolagan "Dinning qodiriy ramzi" eʼlon qilindi. Unda "haq din" deb eʼlon qilingan anʼanaviy diniy taʼlimotning asosiy qoidalari mufassal bayon qilib berildi, undan chetga chiqish jazolashga loyiq eʼtiqodsizlik deb qaraldi. Biroq bu tadbir ham Islomda diniy birlik oʻrnatilishiga olib kelmadi. Gʻoyaviy kurash keyingi asrlarda ham davom etdi. Bu kurashda sunniylar ilohiyotchisi Ibn Taymiya ayniqsa ajralib turdi. U ilk islomni tiklashga, "haq din" asosida diniy birlikni oʻrnatishga astoydil harakat qildi. Islomdagi uchinchi taraqqiyot bosqichi musulmon dunyosi "chekka" oʻlkalarining ahamiyati va oʻrni ortganligi bilan bogʻliqdir. Batamom oʻzga madaniy anʼanalarga ega boʻlgan xalqlar musulmon dunyosining maʼnaviy hayotiga qoʻshilgach, Islomga oʻz diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy meʼyorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Eron, Shimoliy Afrika, Hindiston, Indoneziya kabi yirik tarixiy-madaniy mintaqalarda Islom oʻziga xos xususiyatlar kasb etadi.

Islomning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar katta hissa qoʻshdi. Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan hadislar toʻplami – "Al-Jomiʼ as-Sahih" Islom dinida Qurʼoni karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning safdoshlari Islom ilohiyotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha muhim tadqiqotlar qildilar. Jumladan, Islom nazariyotchiligida yuqori baholanadigan "Ilal ashshariat va Xatm ul-Asliyot" risolasini taʼlif etgan Hakim Termiziy, Islom huquqshunosligini oʻrganishning asosiy qoʻllanmasi hisoblangan "Hidoya"ning muallifi Burhoniddin Margʻinoniy, Islom aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy (qarang Moturidiylik), buyuk faqih Abu Lays Samarqandiy, musulmon dunyosining eng eʼzozli muxaddislaridan Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda oʻziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mahdumi Aʼzam, Najmiddin Kubro, Soʻfi Olloyor, Xoʻja Ahror, Abduxoliq Gʻijduvoniy va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ular musulmon eʼtiqodini xalq dunyoqarashi bilan uygʻunlashtirganliklari tufayli Oʻrta Osiyoda madaniy hayotning adabiyot, meʼmorlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi.

Islom dini musulmon mamlakatlari sanʼatida oʻz izini qoldirdi. Meʼmorlik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari (masjid, minora, xonaqoh, Madrasa va boshqa)ning paydo boʻlishiga hamda keng tarqalishiga sabab boʻldi. Islom dini paydo boʻlgan davrda avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida Muhammad suratkashlikni qattiq taʼqiqlab qoʻygan edi. Shu asosda Islomning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy sanʼatning bu turini taʼqiqlangan ishlar qatoriga qoʻshganlar. Bundan ular amaliy sanʼat turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va oʻsimliklar suratini istisno qilishgan. Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiqlanishiga asosiy sabab – paygʻambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sigʻinib ketish xavfining mavjudligi boʻlgan. 15-asrga kelib Alisher Navoiy kabi taraqqiyparvar olim va mutafakkirlar musulmonlar qalbida Allohga boʻlgan imon va eʼtiqod mustahkamlanib, suratparastlikka mutlaqo moyillik qolmaganini eʼtiborga olib, endilikda inson suratini chizishga ruxsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada Behzod, Maxmud Muzahhibga oʻxshash miniatyura sanʼatini rivojlantirgan yetuk musavvirlar yetishib chiqqan, Hirot miniatyura maktabi, Buxoro miniatyura maktabi kabilar rivojlangan. 20–21-asrlarga kelib, Islom dunyosi ulamolarining bu sanʼatga munosabatlariga yana bir karra aniqlik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sigʻinishi maqsadida inson rasmini chizish mumkin emasligi eʼtirof etildi. Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh bolalar uchun yasalgan odam shaklidagi qoʻgʻirchoklar ta’qiq doirasiga kirmaydi. Ulamolarning bergan fatvolariga koʻra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni ifoda etuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy sanʼat turlari taqiqlanmaydi. Islomning musiqaga munosabati haqida Diniy musiqa maqolasiga q.

Musulmon Sharqi 8– 11-asrlarda taraqqiyotda Gʻarbdan oldinda edi: gʻarb olimlari musulmon faylasuflari va tabiblaridan saboq olishgan; gʻarb savdogari Islom dunyosidagi savdoning koʻlamiga havas bilan qaragan; sharq tovarlari gʻarbda zeb-ziynat mollari hisoblangan. Sharq shaharlarining boyligi va hashamati gʻarb uchun afsonadek tuyulgan. Bularning barchasida asosiy mafkura vazifasini bajargan Islomning ijobiy xizmati buyuk, albatta. Ammo 12–13-asrlardan keyin musulmon dunyosi dastlab turgʻunlik, soʻng tanazzulga yuz tuta boshladi. Baʼzilar konservativ (qotib qolgan) din sifatida Islom taraqqiyotga toʻsiq boʻldi, deya unga katta ayb qoʻymoqchi boʻladilar. Aslida soʻnggi oʻrta asrlarda yuz bergan musulmon dunyosining tushkunligi juda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bogʻliq boʻlib, oʻsha davrdagi Islomning oʻzi ana shu tushkunlikning muayyan shaklidagi ifodasi edi.

19-asr boshidan 20-asrning 2-yarmigacha oʻtgan bir yarim asrlik davr Islomning rivojlanishida muhim burilish bosqichi boʻldi. Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishidagi oʻzgarishlar yangi sinf – milliy burjuaziyaning vujudga kelishi, milliy ozodlik qarakatining avj olishi – bularning hammasi Islomning jamiyatdagi mavqeiga boʻlgan qarashlarda ham, ijtimoiy hayotdagi yangiliklarni Islom nuqtai nazaridan baholashda ham oʻzgarishlar yasadi. Islom diniy-falsafiy va huquqiy meʼyorlarining yangi tarixiy sharoitga moslashish jarayoni 19-asr oʻrtalaridan boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Bu jarayonni koʻpgina tadqiqotchilar "Islom islohotchiligi" deb ataydilar, u xristian reformatsiyasidan tubdan farq qiladi. Bu tafovut, birinchidan, shundan iboratki, mazkur jarayonlar turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda roʻy berdi. Ikkinchidan, "Islom islohotchiligi" dunyoviy hayotning turli jihatlarini diniy nuqtai nazardan qayta baholashda namoyon boʻldi va sof ilohiyotga doir masalalarga daxli boʻlmadi. Uchinchidan, Islomda xristianlarnikiga oʻxshash cherkov bilan ruhoniylarni bogʻlab turuvchi tizim boʻlmaganidan Islomdagi islohotlar xususiyatiga jiddiy taʼsir qildi.

Oʻrta asrlarda tarkib topgan musulmon sudlov tizimida katta oʻzgarishlar yuz berdi. Musulmon huquqi tizimining oʻzi ham muayyan darajada oʻzgardi: shariat sudlari huquqi asta-sekin cheklana bordi; 19-asr oʻrtalariga kelib, Usmoniylar imperiyasi hududida shariat sudlari va dunyoviy sudlarning vakolati butunlay chegaralab qoʻyildi. Bir qancha mamlakatlarda shariatda koʻzda tutilmaydigan jinoyat kodekslari va boshqa huquqiy hujjatlar joriy qilindi. Misrda Muhammad Alining islohotlari va usmoniylar imperiyasidagi tanzimat siyosati (islohotlar) tufayli Islomning ijtimoiy hayotdagi mavqeida muayyan oʻzgarishlar roʻy berdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish talablari musulmon ilohiyotchilari va huquqshunoslarini Islomning bir qancha anʼanaviy qoidalarini yangicha talqin etishga majbur eta boshladi. Biroq, bu jarayon oson kechmadi va uzoqqa choʻzilib ketdi. Bu, jumladan, musulmon mamlakatlarida bank tizimini yaratish joizmi (yoki gunohmi) degan masala yuzasidan boshlangan munozarada oʻz aksini topdi. 1899-yilda mufti Muhammad Abdu bank omonatlari va ulardan foiz olish sudxoʻrlikka kirmaydi, binobarin, u man qilingan ribo hisoblanmaydi, degan fatvo chiqardi. Bu fatvo mavjud moliya tizimini milliy sarmoyadorlar manfaatiga moslashtirdi. Musulmon mamlakatlarida tadbirkorlikning avj olishi shariat qoidalarini ham, musulmonchilikdagi boshqa anʼanaviy tamoyillarni ham yangicha talqin qilishga olib keldi. Ijtimoiy ong sohasida roʻy bergan oʻzgarish juda muhim rol oʻynadi. Bu, avvalo, milliy oʻzini anglash jarayoniga taalluqlidir. Shu jarayon davomida Islomning barcha musulmonlarning birligi toʻgʻrisidagi anʼanaviy qoidasi yangicha maʼno kasb etdi. Jamoliddin al-Afgʻoniy musulmonlarning birdamligi gʻoyasini koʻtarib chiqdi. M. Abdu, J. Afgʻoniy, Rashid Rizo va boshqaning gʻoyalari milliy ozodlik harakatlariga turtki bulib koʻpchilik musulmon davlatlarining siyosiy mustaqilligiga erishuvida ijobiy rol oʻynadi. Ayni vaqtda Islom birdamligi gʻoyasiga asoslangan xalqaro Islom harakati shakllana boshladi: 1926-yilda birinchi xalqaro musulmon tashkiloti – Islom olami kongressi (Muʼtamar al-alam al-islomi) tashkil qilindi. Shuningdek, Islomning goʻyo Muhammad zamonidagi "asl" tamoyillariga qaytishga daʼvat etishga turli fundamentalistik oqimlar (qarang Vahobbiylik) va ularning tarkibida oʻz gʻoyalari uchun kurashda terror usuliga tayanuvchi guruhlar, ekstremistik toʻdalar paydo boʻldi. 20-asrning 2-yarmida jamiyatda ijtimoiy adolat oʻrnatish masalasida ham Islom omilidan foydalanishga qaratilgan urinishlar sodir boʻldi (Eron islom inqilobi, Liviya Jamohiriyasi va boshqa).

Bir qator mamlakatlar (MAP, Kyvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Afgʻoniston va sh. k.)da Islom davlat dini (yoki rasmiy din) sifatida tan olingan. Ayrim mamlakatlarda "Islom" soʻzi davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom respublikasi, Pokiston Islom respublikasi, Afgoniston Islom respublikasi, Mavritaniya Islom respublikasi va boshqa Osiyo, Afrika qitʼasidagi baʼzi mamlakatlarda Islomning tarqalishiga musulmon partiyalari taʼsir qilmoqda, ular koʻpincha siyosatda muhim rol oʻynamoqda. Erondagi Islom respublikasi partiyasi, Indoneziyadagi Birlik va taraqqiyot partiyasi, Malayziyadagi Panmalayziya islom partiyasi, Hindiston va Pokiston Jamoati islom partiyasi bunga misol boʻla oladi. Bir qancha mamlakatlarda diniy-siyosiy tashkilotlar (shu jumladan, qonundan tashqaridagi tashkilotlar – "Musulmon birodarlar", Islom ozodligi partiyasi) tarqalgan, koʻpgina diniy bilim yurtlari (qorilik maktablari, Madrasa, musulmon universitetlari), islom jamiyatlari, missionerlik tashkilotlari, tijorat korxonalari (islom banklari, sugʻurta kompaniyalari) ishlab turibdi.

Musulmon sud ishlarini olib borish tizimi saqlanib qolmoqda. 19-asrning 70–80-yillaridagi shariatning ilgari amaliyotda bekor qilingan baʼzi bir qoidalarini tiklashga urinib kurildi (masalanPokistonda; Sudanda prezident J. Nimeyri davrida, arab monarxiyalarida jinoiy ishlar uchun tan jazolari berish).

Oʻtgan asr 70-yillarining oxiri – 80-yillarining boshida xalqaro ishlarda hukumat darajasida yoki nohukumat darajasida ish olib boruvchi xalqaro musulmon tashkilotlari muayyan mavqega ega boʻla boshladi. Bunday tashkilotlardan eng nufuzlisi Islom konferensiyasi tashkiloti (Munazzamat al-muʼtamar al-islomi) boʻlib, u 1969-yilda tuzilgan, unga 55 mamlakat (Oʻzbekiston Respublikasi 1996-yildan) aʼzo. Xalqaro nohukumat musulmon tashkilotlari orasida Islom olami uyushmasi, Islom olami kongressi, Islom olami tashkiloti, Yevropa islom kengashi, AQSH Oliy islom kengashi va boshqani koʻrsatish mumkin. Ular, asosan, Islomni targʻib qilish va yoyish, diniy arboblarning xalqaro uchrashuvini tashkil qilish, turli mamlakatlardagi Islom jamoalariga yordam berish bilan shugʻullanadi.

Islom Turkiston mustamlakachilik davrini boshdan kechirgan paytda, ayniqsa, shoʻrolar davrida turli taʼqib va har tomonlama cheklashlarga duch keldi, ulamolarning taqdiri ayanchli boʻldi. Islomga oid bebaho kitoblar yoʻqotildi, muborak yodgorlik va qadamjolar oyoqosti qilindi, din peshvolari eng xavfli yov, muxolif sifatida mahv etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin, Islom dini hayotda munosib oʻrnini egallay boshladi. Musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarni ado etishlari uchun sharoit yaratib berildi. Qurʼoni karim 2 marta oʻzbek tilida chop etildi (1992, 2001 yillar), hadis toʻplamlarining tarjimasi, Islom ulamolarining yuzlarcha kitoblari yana xalqqa yetkazildi. Hozirgi paytda Qurʼoni Karimning oʻzbek tilidagi beshta jumladan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ("Tafsiri Hilol", 1992-2005), Oltinxon Toʻra, Alouddin Mansur ("Qurʼoni karim"ning oʻzbekcha izohli tarjimasi (Toshkent, 1991)), Shayx Abdulaziz Mansur ("Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri", 2004), muftiy Usmonxon Alimov ("Tafsiri Irfon") kabi oʻzbek olimlari tomonidan tayyorlangan maʼnolar tarjimalari va tafsirlari nashr etilgan. Islom tarixi manbalari va marosimlarini har tomonlama, ilmiy, xolisona oʻrganishga kirishildi, mutaxassis kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Shu maqsadda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida islomshunoslik kafedrasi ochildi (1992), deyarli barcha viloyatlarda diniy oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsata boshladi, Toshkent Islom universiteti tashkil qilindi (1999), uning tarkibida Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi ishlab turibdi.

Islom tarixi, manbalari, aqidalari, marosimlari, Qurʼoni karim, Muhammad hayoti va faoliyati, paygʻambar hadislarini oʻrganish, tadqiq qilish Islomshunoslik fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu sohadagi tadqiqotlar Islom tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda Islom va uning yozma manbalari paydo boʻlgandan buyon olib boriladi. Musulmon dini tarixi va Qurʼonni oʻrganish Amerikada (G. Grunebaum, X. Gibb, M. Vott va boshqa), Yevropada (I. Goldsiyer, L. Kaetani, A. Masse, R. Sharl), jumladan, Rossiyada (A. E. Shmidt, V. V. Bartold, I. A. Krachkovskiy va boshqa) 19-asr oʻrtalaridan keng tus oldi. Shoʻrolar davridagi tadqiqotlarda Islomga, asosan, yagona marksistik mafkura nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshildi. Islomning insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini ommaga tushuntirishda, Turon zaminida yetishib chiqib islomiy ilmlar xazinasini boyitgan ulugʻ allomalarning merosini xalqqa yetkazishda Eshon Boboxon Abdumajidxon oʻgʻli, mufti Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Alixontoʻra Sogʻuniy, marhum shayxlar Ismoil Maxdum (1893 – 1976), Abdugʻani Abdullo (1928–1999) va Yusufxon Shokirov (1926–2000)larning xizmati kattadir. 20-asr oxirlaridan boshlab mamlakatimizda Islom boʻyicha obʼyektiv tadqiqotlar olib borish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekistonlik olimlar Islom manbashunosligi, Qurʼon tarjimasi va tafsiri, Islomdagi mazhablar, oqimlar, mashhur muhaddis va faqihlar, xalqaro Islom tashkilotlari, diniy bagʻrikenglik, diniy ekstremizmga oid bir qancha asarlar yozdilar (marhum M. A. Usmonov, shuningdek, N. Ibrohimov, H. Karomatov, A. Mansurov, A. Hasanov, Z. Husniddinov, Z. Islomov, U. Uvatov, B. Eshonjonov, B. Abduhalimov, A. Juzjoniy, A. Moʻminov, A. Azimov, R. Obidov va boshqalar).

Oʻzbekiston musulmonlari idorasida "Movarounnahr" nashriyoti faoliyat koʻrsatadi, "Islom nuri" gazetasi, "Hidoyat" jurnali nashr etiladi.

Kosmopolitizm

Kosmopolitizm (yunon. Κόσμος, kosmos — olam va Πολίτης, polites — fuqaro) — „jahon fuqaroligi“ deb atalgan gʻoyani targʻib qiluvchi mafkura. Iskandar (Aleksandr) yurishlari davrida paydo boʻlgan. Uygʻonish va Maʼrifatchilik davrlarida jahon fuqaroligi ideali olgʻa surilib (Dante, Kampanella), individning zamindor boylar zulmidan ozod boʻlish gʻoyasini (Lessing, Gyote, Shiller, Kant, Fixte) ifodalagan. Kosmopolitizm milliy anʼana va madaniyatdan, vatanparvarlikdan voz kechishga — bevatanlikka daʼvat etadi.

Madaniyat

Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi.

Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "M." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat M.i, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "M." atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.

"M." arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.

Oʻrta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va boshqa shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Mac, Forobiy fikricha, har bir inson oʻz tabiatiga koʻra, "oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi", bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Uning taʼkidlashicha, "madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday boʻladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-xunarda ozod, hamma babbaravardir, kishilar oʻrtasida farq boʻlmaydi, har kim oʻzi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shugʻullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod yashaydilar". Alisher Navoiy yetuk axloq, maʼrifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga, maʼnaviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik gʻoyalariga muvofiqlikni tushundi.

19-asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan demokratikmaʼrifatparvarlik harakatining namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Ahmad Donish, Avaz Oʻtar, Komil Xorazmiy va boshqa xalqni M.li qilishning omili ilmmaʼrifatni egallashda deb bildilar. Ular oʻrta asr jaholatiga qarshi xalq oʻrtasida ilmmaorif va M.ni zoʻr ehtiros bilan targʻib qildilar. Mas, Furqat fikricha, ilmfan bir mashʼ-al boʻlib, insoniyatning baxt-saodat yoʻlini yoritib turishi kerak.

19-asrning oxiri va 20-asrning boshida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati namoyandalari, Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy va boshqa oʻzlarining maʼrifatparvarlik ishlari bilan M. rivojiga muhim hissa qoʻshdilar. Ular turli gaz. va jur.lar chiqardilar, nashriyot va bosmaxonalar tashkil etdilar, kutubxonalar, teatrlar, yangicha maktablar ochdilar, oʻtmish madaniyatimizni, tariximizni targʻib qildilar, dunyoviy bilimlarni chuqur egallashga daʼvat etdilar. Maʼrifatchilikning keng quloch yoyishi samarasi oʻlaroq, xalqning umummadaniyati yuksala bordi.

Yevropada "M." deyilganda dastlab insonning tabiatga koʻrsatadigan maqsadga muvofiq taʼsiri, shuningdek, insonga taʼlimtarbiya berish tushunilgan (lot. cultura — yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi "kultura" soʻzi ham shundan olingan). M. faqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini ragʻbatlantirishni ham oʻz ichiga olgan. M.ga bunday ikki yoqlama yondashuv har qanday jamiyatga xos (mas, Qad. Xitoyda jen, Hindistonda dharma). Ellinlar "madaniyatsiz" varvarlardan oʻzlarining asosiy farqini "paydey", yaʼni "tarbiyalanganlik"da deb bilganlar. Qad. Rimning soʻnggi davrlarida "M." tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va oʻrta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi.

Yevropada Maʼrifatchilik davrida M. va sivilizatsiyaning "tanqidi" vujudga keldi (J.J.Russo). Bunda "madaniy" millatlarning buzilganligi va axloqiy tubanlashganligiga taraqqiyotning patriarxal bosqichida boʻlgan xalqlar axloqining soddaligi va sofligi qarshi qoʻyildi. Nemis faylasuflari bu ziddiyatli holatdan chiqishning yoʻlini "ruh" doirasidan, axloqiy (I. Kant), estetik (F. Shiller, romantiklar) yoki falsafiy (G. Gegel) ong doirasidan qidirdilar. Ular bu ong sohalarini haqiqiy M. va inson taraqqiyotining omillari deb bildilar. 19-asr oxiridan boshlab "lokal sivilizatsiya" (O. Shpengler) degan qarash yuzaga keldi. Bu gʻoya sivilizatsiyani muayyan jamiyat taraqqiyotining soʻnggi bosqichi sifatida olib qaradi.

Fan-texnika taraqqiy topgan sharo-itda koʻpgina sotsiologlar va madaniyatshunoslar M.ning yagona gʻoyasini izchil amalga oshirish mumkin emas, degan qoidani ilgari surdilar. Bu politsentrizm, Gʻarb bilan Sharqning azaldan qarama-qarshiligi va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa umumiy qonuniyatlarini inkor etuvchi nazariyalarida oʻz ifodasini topdi.

M.ning ilmiy, tarixiy konsepsiyalariga qarama-qarshi oʻlaroq, marksistik nazariya ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining oʻzaro munosabati haqidagi qoidalardan kelib chiqib, antagonistik jamiyatlarda M.ning sinfiy harakteri haqidagi qoidalarni ilgari surdi. Antagonistik formatsiyalarda har bir milliy M.da ikki M. borligi haqidagi lenincha qarash "hukmron ekspluatatorlik" M.iga "progressiv demokratik" va "sotsialistik" M. elementlarini qarama-qarshi qoʻydi. Ana shu qoidadan kelib chiqib, mustabid sovet tuzumi davrida amalga oshirilgan "madaniy inqilob" natijasida koʻpgina xalqlar M.ining ajoyib durdonalari yoʻq qilinib, madaniy merosning milliy ildizlari barbod etildi.

M. — umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning oʻzigina yaratgan sof M. boʻlmaydi va boʻlishi ham mumkin emas. Har bir milliy M.ning asosiy qismini shu millat oʻzi yaratgan boʻlsada, unda ja-hon xalqlari yaratgan umuminsoniy M.ning ulushi va taʼsiri boʻladi, albatta. M. hech qachon sinfiy hodisa boʻla olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi. Mas, sanʼat va adabiyot durdonalari, meʼmorlik obidalari, maqomlar, fan yutuqlari va boshqa barchaga tegishlidir.

M. kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalari (mashinalar, texnik inshootlar, sanʼat asarlari, huquq, axloq normalari va h.k.)ni emas, shu bilan birga, kishilarning mehnat jarayonida voqe boʻladigan subʼyektiv kuch-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va koʻnikmalari, ishlab chiqarish va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi oʻzaro muomalalari)ni ham oʻz ichiga oladi.

Madaniyatning 2 asosiy turi — moddiy va maʼnaviy ishlab chiqarishga qarab M.moddiy va maʼnaviy M.ga boʻlinadi. Moddiy M. moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Maʼnaviy madaniyatga ong , maʼnaviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, taʼlimtarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, sanʼat, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar).

Har bir jamiyat oʻz M. tipiga ega. Jamiyatlarning almashinishi bilan M. tipi ham oʻzgaradi, biroq bu hol M. taraqqiyoti uzilib qolganini, eski M. yoʻq boʻlib madaniy meros, oʻtmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat oʻzidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravishda meros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boʻlganidek, M. sohasida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham M.ning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanishga utishi milliy M.ga sinfiy yondashishdan, uni sunʼiy tarzda "yagona umummadaniyat"ga aylanishdan saqlab qoldi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, mustaqillikkacha boʻlgan soʻnggi yetmish yil davomida M. hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida Gʻarb M.iga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinchidan, milliy M.ning boy oʻtmishi bir yoklama oʻrganilib, uning koʻpgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra boʻlib keldi. Oʻzbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda M.ni yuksaltirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Xalqimizning maʼnaviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urfodatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. "Davlat tili toʻgʻrisida"gi (1989 yil 21 okt.) qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy da-sturi" (1997 yil 29 avg .)ning qabul qilinishi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi (1997 yil), Oʻzbekiston davlat kon-servatoriyasi (2002 yil), Oʻzbek milliy akademik drama teatri (2002 yil), estrada musiqasini rivojlantirish toʻgʻrisidagi va boshqa bir qancha qaror va farmonlarning qabul qilinishi, bir qancha mutafakkir va allomalarimizning muqaddas nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng ni-shonlanayotgani davlatimiz tomonidan M.ni rivojlantirishga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikning amaliy ifodasidir.

Meʼmorlik

Meʼmorlik, arxitektura — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish sanʼati. Meʼmor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi bilan avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat bilan bunyod etadi. M. asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uyjoylar, meʼmoriy majmualar, maydonlar, shaharlar, ulardagi monu-mentlar, usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Aholi yashaydigan manzillar — qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish bilan M.ning jamlovchi, eng murakkab sohasi — shaharsozlik shugʻullanadi. Tabiat manzaralari bilan bogʻliq muhitni bunyod etish, bogʻlar yaratish sohasi bogʻsozlik (bogʻ-park) sanʼatidir.

M. asari amaliy xizmati, vazifasidan tashqari maʼlum gʻoyaviybadiiy mazmunni, oʻz davrini ifodalovchi meʼmoriy qiyofa — obrazni mujassam etadi, moddiy madaniyatning eng ma-hobatli va eng koʻp harajatli, tarkibiy qismini tashkil qiladi; ayni vaqtda mahobatli sanʼat sifatida namoyon boʻladi. M. boshqa turli xil sanʼat namunalarini (haykaltaroshlik, oʻymakorlik, ganchkorlik kabi) oʻzida’ mujassam etishi bilan sanʼatlar onasiga, fazoviy shakllar oʻzaro mutanosib, hamohang boʻlishini nazarda tutib meʼmoriy kadimiyat yodgorliklari toshda qotib qolgan musiqaga oʻxshatiladi. Binoning mustahkam, inson uchun kerak va goʻzal boʻlishi M.ning ilk taraqqiyoti davridan hozirgacha asosiy omili hisoblanadi. Qad. dunyo tarixida mashhur boʻlgan yetti moʻʼjizatpk hammasi inson dahosi bilan yaratilgan meʼmoriy sanʼat asarlari boʻlgani bejiz emas.

Oʻtmish davru davronlar toʻfonida juda koʻp mahobatli binolar nomnishonsiz toʻzib ketgan. Lekin asrlar osha yetib kelgan buyuk meʼmoriy meros yodgorliklari zamirida M.ning yuksalish samara va marralarini kuzatish mumkin. Ayniqsa, moddiytexnika imkoniyatlari kengayishi, badiiy tarixiy tajriba ortishi natijasida M.ning uslubiy oʻzgarishlari paydo boʻldi. Qad. Sharq va Misrda M.ning hali tarix bilmagan, odamlarni hayratda qoldiradigan mahobatli ehrom (piramida), zikkurat kabi ilohiy mafkura bilan bogʻliqulkan inshootlari qad. koʻtardi. Hozir ham Misr exromlarini hayrat bilan ziyorat etadilar. Yunonistonda bunyod etilgan antik, klassik davrlar uslubida (miloddan avvalgi 7-asr), oʻrta asrlar Yevropa meʼmorligidagi roman (10—12-asrlar), gotika (12—15-asrlar) uslublarida ulkan binolar, xususan, ibodatxonalar bunyod etildi. Afina Akropoli tepasidagi mahobatli Parfenon, doriy kolonnalari qatori, ajoyib re-lyefli haykallari bilan hozirgacha klassik M.ning mashhur ramziga aylangan maktab, teatr, stadion, ibodatxona kabi yangi taqliddagi binolar qurildi. Gotika uslubiga xos choʻziq ravoklar, nayzasimon shakllardagi bezaklar Gʻarbiy Yevropa shaharlarining muqaddas ziyoratgohlariga aylangan. Reymsdagi Notr-Dam sobori (Fransiya, 13—14-asrlar) Uygʻonish davri — Renessans (15-asr oxiri — 16-asr boshlari) uslubi asosini qad. davr klassik meʼmorligi shaklu-shamoyilini yangi davr talab va im-koniyatlari zamini bilan bogʻlab qayta tiklash va rivojlantirish mahsulidir.

Klassik orderlar — ustunlar tizimi asosida keng koʻlamda murakkab meʼmoriy ansambllar, majmualar, katta shaharlar bunyod etildi. Klassik M. qonunqoidalari yangi zamon sharoitida noyob va nafis kompozitsiyalar yaratish im-koniyatiga keng yoʻl ochib berdi.

Oʻrta asrlar meʼmorligida 16-asr urtalaridan boshlab barokko uslubi keng tarqaldi. Binolar har jihatdan bezakdor boʻlishiga alohida eʼtibor berildi. Keyinroq (17—19-asrlar) hashamatli bezaklardan qaytib, yangi davr uslubini topish izlanishlari yaxshi natija berdi. Klassik va Renessans meʼmorligi tamoyillari erishgan yutuklaridan ijodiy foydalanish natijasida klassitsizm uslubi paydo boʻldi. Ayniqsa, Gʻarbiy Yevropa shaharlarida klassitsizm ruhidagi ajoyib meʼmoriy ansambllar yaratildi. 19-asrning 1-yarmi va 20~a.ning boshlarida sanoatning rivojlanishi yangi tipdagi meʼmoriy inshootlar qurilishiga olib keldi. Fka, zavod, elektrostansiya, vokzal, elevator kabi sanoat binolari paydo boʻldi. Ayniqsa, metall, temir-beton konstruksiyalari va boshqa yangi qurilish materiallari (maxsus oyna, plastmassa va boshqalar) M. imkoniyati ufqlarini baland koʻtardi, uslubiy izlanishlar ajoyib natijalar berdi. Qurilish maydoniga nihoyatda qudratli texnika va industriya kirib keldi. Bu esa osmonoʻpar baland, koʻp qavatli binolar tiklash imkonini yaratdi. Binolar standart va takrorlanuvchi (tipovoy) qismlar asosida yigʻilib, ni-hoyatda tez fursatda kurila boshladi. Yangi material, texnika, yangi talab va imkoniyatlar M.da yangi oqimlarni tez yuzaga chiqardi. Funksionistlar (AQSh da F. Rayt va boshqalar) binoning goʻzalligi, uning shakli va funksiyasining uzviyligi, konstruksiyaning nafis, materiallarini tabiiy boʻlishiga bogʻliq deb taʼkidlasalar, boshqa bir guruh meʼmorlar (Germaniyada V. Gropius va boshqa, "Bauxauz" ijodiy markazi) umuman yangi zamon meʼmorligida bezakdorlikka oʻrin yoʻq, deb eʼlon qilishdi. Qurilish texnikasi yutuq va imkoniyatlariga koʻproq eʼtibor berib, M.ning gʻoyaviybadiiy, hatto goʻzallik sifatlarini inkor etish holatlari natijasida konstruktivizm oqimi paydo boʻldi. Ijodiy okimning koʻpligi M. obʼyektlari koʻrinishida oʻz ifodasini topdi. Keyingi yarim asr davomida dunyoning har tomonida ham shaharsozlik sanʼati misli koʻrilmagan miqyosda oʻsib ketdi, ajoyib, goʻzal, zamonaviy shaharlar tarixan qisqa muddatda bunyod topmoqda. Hozirgi zamon M.gida ilgari tarix bilmagan badiiy xususiyatlar sezilmoqda, yaʼni meʼmoriy sanʼatda chegara bilmas baynalmilal ruh va shaklushamoyil aniq sezilib qoldi. Shuning uchun ham M.da milliylik muammosi yana diqqat eʼtiborni tortmoqda. Binobarin M., shaharsozlik, bogʻsozlik sanʼatlari sohasida i. t. ishlari ham butun dunyo meʼmoriy merosini oʻrganishga qaratilgan, ilgʻor meʼmorlik tajribalar ijodkor meʼmor, rassom, talabalar saviyasini oshirish uchun xizmat qilmoqda. M. olamidagi odatga koʻra, tarixiy kitoblar, asosan, qad. dunyo — Misr, Yunoniston, Rim va oʻrta asrlardagi Yevropa davlatlari M.gini kengroq taxlil etadi. Osiyo davlatlari, Xitoy, Hindiston, Arabiston kabi qad. madaniyat markazlari M.gi nisbatan kam oʻrganilgani uchun, ularning xalqaro taʼsiri bir oz cheklanganday koʻrinadi. Jumladan, Markaziy Osiyo M.gi, xususan, Oʻzbekiston M.gi ham mutaxassislar tadqiqotida endigina yuz ochmoqda.

Oʻzbekiston M.gi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqateʼtiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi eng qad. madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yod-gorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda (Sopollitepa, Qoʻyqirilgan qalʼa, Tuproqqalʼa, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend, Qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, Tosh-kent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon kabi koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari (Somoniylar maqbarasi, Magʻoki Attori, Chashmai Ayyub, Poyi kalon majmui, Labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori masjidmadrasa va boshqalar) bilan dunyoga tanilgan. Oʻzbekiston M.gi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi Amir Temur va temuriylar davri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uni Uygʻonish — Sharq Renessansi sifatida taʼriflash odat boʻlib qolgan, "er yuzining sayqali" Samarqand, "bilim va odob gumbazi" Kesh — Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur saʼyehtimoli, meʼmoriy vayu-yati (valiylikning koʻpligi) va karomati tufayli tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Koʻksaroy koʻshklari, Dor us-Siyodat madrasasi, Koʻk gumbaz, Jomeʼ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʻtardi. Shohizinda kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʻldi. Koʻhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy bogʻistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʻlandi. Samarqand atrofida paydo boʻlgan marjon bogʻlar halqasi toʻrida Dilkusho koʻshki — Ishratxona, Chilustun koʻshki, kichik Oqsaroy koʻshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʻzal Bogʻi Dilkusho, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Shamol, Bogʻi Chi-nor kabi bogʻlar umuman meʼmoriy bogʻsozlik sanʼati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bogʻsozlik sanʼati temuriyzoda Zahiriddin Bobur bilan kirib kelganini hind sanʼatshu-noslari eʼtirof etishadi. Hatto oʻrta asrlardagi Yevropa bogʻ-parklariga te-muriy bogʻlari taʼsiri borligi sir emas. Xuddi shu davrda M. bilan bogʻliq ilm-fan risolalari yaratilgani eʼti-borni tortadi. Agar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Birjondiy kabi allomalar asarlarida M.dagi garmoniyaga oid jihatlar mat. orqali asoslangan boʻlsa, Ulugʻbek atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, M.ka doir risolalar yozishgan, bogʻsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. 16-asrda Buxorodagi xalq meʼmorlari dastxati bilan yaratilgan nodir meʼmoriy chizmalar saqlangan (OʻzFASHI fondida). Hozirgi zamon M.gida keng qoʻllanilayotgan modul tizimi oʻzbek meʼmorligida miqyos nomi bilan qadimdan maʼlum.

Oʻzbekiston M.gi tarixini oʻrganish yoʻlida anchagina samarali tadqiqotlar bajarildi. Ayniqsa, M. bunyodkori xalq meʼmorlari ijodini oʻrganish natijasida qad. zamonlardayoq unut boʻlgan baʼzi meʼmoriy qonunqoidalar siru asrori ochildi. Hatto uzoq Misrdagi piramidaehromlar loyihasi haqidagi keyingi ikki asr davomida olimlar bahs etib kelayotgan muammo oʻzbek xalq meʼmorlari amalida saqlanib qolgan meʼmoriy alqonun-ulgutarh orqali oson yechimini topdi.

Oʻzbekiston M.gining asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼ-analari, qonunqoidalari 19-asr—20-a, boshlaridagi mustamlaka davrida keskin zarbaga uchradi. M. ijodkorlari maʼmuriyat talabi ostida ishlashga majbur boʻldi. M.da baʼzi yangiliklar qatori qorishiq (eklektika), turli uslublar (rus, yevropa va boshqalar) kirib kelayotgan kapitalistik talablar bilan hamohang boʻldi.

Xalq meʼmorligi ikkinchi keskin zarbaga Sovet tuzumi davrida uchradi. M. davlat monopoliyasiga uchragani uchun meʼmorlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy binokorlik cheklab qoʻyildi, oqibatda tajribali xalq meʼmorlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. M. ijodi Moskva normativlari asosida bajarilishi milliy M.ni soʻndirib qoʻydi. "Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik arxitektura" shiori 20-asrning 2-yarmidan boshlab baʼzi ijodiy izlanishlarga yoʻl ochdi (Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri binolari kabi). Oʻsha davrda yaratilgan diqqatga sazovor bi-nolarda xalq ustalari ishtiroki bilan ijobiy natijalarga erishildi.

Mustaqil Oʻzbekiston M. sohasida toʻgʻon boʻlgan gʻayri talablarga barham berdi, M. ravnaqi uchun keng ijod ufqi ochildi. Toshkent va Samarqandda maxsus Arxitektura-qurilish institutlari malakali meʼmorlar tayyorlab bermoqda. Maxsus oʻquv yurtlarida rassom, haykaltarosh, ganchkor, naqqosh kabi mutaxassislar tayyorlanadi. Oʻzbekiston M.gi keyingi oʻn yillik (1991—2001) ichida katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, poytaxt Toshkent qiyofasi oʻzgarib, yanada obod boʻldi, mahobatli binolar qad koʻtardi ("Turkiston" saroyi, Oqsaroy, Toshkent hokimiyati, Oliy majlis binolari, Oʻzbek milliy teatri rekonstruksiyasi, Oʻzbekiston konser-vatoriyasining yangi binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur va Alisher Navoiy haykallari va h. k.).

Milliy mafkura

Milliy mafkura — muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud boʻlishi va rivojlanishini asoslab beruvchi gʻoyalar va qarashlar tizimi. Koʻp hollarda Milliy mafkurani bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tushunilmaydi, u muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy mafkurasi maʼ-nosini ham anglatadi. Chunki "milliy" sifati "millat" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, faqat muayyan etnik birlikni emas, balki muayyan "jamiyat" yoki "davlat" maʼnosini ham ifodalashi mumkin. Milliy mafkura tushunchasi ham Oʻzbekistonda yashab, faoliyat koʻrsatayotgan barcha millat vakillariga tegishlidir. Milliy mafkuraning oʻzagini Oʻzbekistondagi turli millat va elat, din va eʼtiqod vakillarini mamlakatimizda ozod va obod vatan barpo etish uchun birlashtirish, xalqlarni oʻzaro hurmat va hamkorlikka chorlash, olijanob maqsadlarni koʻzlash kabi umuminsoniy tamoyillarga aylangan gʻoyalar tashkil etadi. Milliy mafkura oʻzligimizni, muqaddas anʼ-analarimizni anglash tuygʻularini, xa-lqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qoʻyilgan oliy maqsad va vazi-falarni ifoda etadi. Milliy mafkura har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlardan xolidir. U jamiyatimizdagi har qanday insonning eʼtiqodi va dunyoqarashidan qati nazar, ularning barchasini yagona maqsad atrofida birlashtiradigan; xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni buyuk istiqbol sari chorlaydigan maʼnaviy omildir. Milliy mafkura haqida gapirganda yana shuni ham nazarda tutish kerakki, OʻzR Konstitu-siyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini toʻliq taʼminlaydi. OʻzR Konstitutsiyasining 12moddasida "Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas", deyilgan. Mafkurada boʻshliqqa yoʻl qoʻymay, Milliy mafkurani xalqimiz ongiga singdirish zamon talabidir (yana. q. Istiqlol mafkurasi).

Murid

Murid (arab.— ergashuvchi) — pir yoki eshon (murshid)ga qoʻl berib, sufiylik yoʻliga kirgan shaxs. Tasavvufda tariqat murshidlaridan dars oluvchi shogird maʼnosida ishlatiladi. M.-murshidlik munosabatlari M.ning oʻz piriga soʻzsiz itoat etishi, xizmat qilishi va uning izidan borishini taqozo qilgan. Umuman, M. atamasi sufiy va hatto oddiy musulmon maʼnolarini ham anglatadi. MURIDIYLIK, muridizm — tasavvufnkng Kavkazda tarqalgan shakli. U tasavvuf taʼlimotining zohidlik, murshidlik va imomlik gʻoyalariga asoslangan. M. 19-asrning 20-yillarida bagʻdodlik yirik sufiy Xolid Sulaymon, shirvonlik shayx Ismoil va buxorolik ulamo Xos Muhammad orqali Shim. Kavkazga tarqaldi. Mahalliy qozi Kurali Muhammad (Muhammad Yarogskiy) va Jamoliddin uning nazariy asosini yaratishdi. Keyinchalik Shomil uni yaxlit tariqat shakliga koʻtardi. M. Dogʻiston va Chechenistonda tashkil topgan davlat — imomlik (imomlar: Gʻozi Muhammad, Hamzatbek, Shomil)ning diniysiyosiy va harbiy asosini tashkil qilib, Kavkaz urushlari davrida togʻliklarning Rossiya imperiyasiga qarshi olib borgan kurashlarida gʻoyaviy mafkura sifatida xizmat qildi. Lekin togʻliklarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Chor va sovet Rossiyasi davrida M. diniy mutaassiblikka asoslangan reaksion taʼlimot deb qoralandi.

Mutaassiblik

Mutaassiblik - (arab. متعصب va grek. Φανατισμός tarj. fanatizm) - maʼlum bir mafkura va qarashlarga, ayniqsa, diniy-falsafiy, milliy va siyosiy sohalarda haddan ziyod, koʻr-koʻrona va hissiyotlarga berilib ergashish va ularga amal qilish. Qandaydir tushunchalarga, eʼtiqodga yoki dunyoqarashga sodiqlikning eng soʼnggi darajasi.

Mutaassiblikning eng keng tarqalgan koʻrinishi bu - diniy mutaassiblik. Mutaassiblik, fanatizm - biron eʼtiqodga yoki dunyoqarashga oʻta berilganlik, boshqa har qanday qarashlarga toqat qila olmaslik (mas, diniy M.).

Nigilizm

Nigilizm (lotincha nihil — „hech nima“) olamning, ayniqsa insoniyatning obyektiv qiymati yoʻq, deb uqtiruvchi falsafiy oqimdir. Nigilistlar quyidagilarni taʼkidlashadi:

obyektiv axloq mavjud emas;Nigilizm (lot. nihil — hech nima) — mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish. Ijti-moiy-tarixiy taraqqiyot inqirozga uchragan davrlarda ayniqsa keng yoyildi. N. terminini birinchi marta nemis faylasufi F. G. Yakobi (1743—1819) qoʻllagan. Rossiyada bu termin I. S. Tur-genevning "Otalar va bolalar" (1862) romani nashr etilganidan keyin keng tarqaldi. 19-asrning 2-yarmida krepostnoylik anʼanalarini va dinni inkor etgan raznochinshestidesyatniklarning radikal oqimi vakillari nigilistlar deb atalgan. Keyinchalik N. ter-mini inqilobiy mafkura va demokratik harakatni tahqirlash uchun ishlatilgan.

biror amal boshqasidan ustun qoʻyilishiga obyektiv sabab yoʻq;

mavjudlikdan maʼno va maqsad yoʻq;

boshqaruvchi yoki yaratuvchi kuchning (masalan, xudoning) borligiga empirik dalil yoʻq;

agarda shunday kuch mavjud boʻlsa ham, unga itoat qilish axloq jihatdan majburiy emas.Nigilistlarga koʻra, obyektiv (yaʼni umumiy, hamma mavjudotlar uchun yagona) axloq yoʻq, har qanday axloq tizimi kimningdir nuqtai nazariga mos boʻladi. Lekin muayyan shaxs hissiy yoki jamoat bosimi tufayli tayinli amalni bajaradi. Masalan, qiyin ahvolga tushgan odamga achinib, shu achinish hissi bosimi tufayli unga yordam koʻrsatadi; doʻkon rastalariga qoʻyilgan mollarni oʻgʻirlashdan esa uni din va/yoki qonun prinsiplari (jamoat bosimi) tiyib turadi.

Biror amalning boshqasidan ustun qoʻyilishiga obyektiv sabab yoʻqligini bunday misol bilan izohlash mumkin: ikki xil amal tanlovi bor — choʻkayotgan odamni qutqarish yoki qutqarmaslik. Nigilistga koʻra, ikkala amal oqibatida ham oʻsha choʻkayotgan odam vafot etadi (uzoq kelajakda yoki oʻsha damning oʻzida). Yaʼni bu amallarning ikkalovi ham abadiyat miqyosida hech nimani oʻzgartirmaydi.

Mavjudlikdan maʼno va maqsad yoʻqligi avvalgi iddaolardan kelib chiqadi. Biror individ mavjudligi, hayoti faqat vaqtinchalik ahamiyatga ega boʻlishi mumkin, biroq obyektiv jihatdan maʼnosizdir.

Xudoning mavjudligi borasidagi bahslar hozirgi kungacha faqat demagogik xarakterga ega boʻlib kelmoqda. Bu xususda jiddiy empirik dalillar mavjud emas.

Nigilizmga koʻra, agar xudo mavjud boʻlsa ham, unga itoat etish, boʻysunish faqat uning bosimi tufayli (jazosidan qoʻrqib, mukofotidan umidvor boʻlib) amalga oshirilishi mumkin. Xudoga itoat etish, boshqa har qanday amal kabi, maʼnosizdir.

Panturkizm

Panturkizm (pan... va turk) -turkiy xalqlarni birlashtirish gʻoyasiga Rossiya va Angliya imperiyalari, shuningdek, SSSR tomonidan berilgan rasmiy nom.

Bu harakat ildizlari ancha chuqur boʻlsa ham, biroq u 19-asr oxirlari — 20-asr boshlarida Usmonli turk sultonligi va chor Rossiyasining turkiy xalqlar yashaydigan hududlarida keng tapkalgan. Yosh turklarncht partiyasi "Ittihod va taraqqiy" bu qarashni oʻz gʻoyasi sifatida qabul qilgan. Keyinchalik Turkistondagi jadidchilik hara-katining namoyandalari, Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar ham uni oʻz dasturiy qarashlari sifatida eʼtirof qilishgan. Turkistonda podsho Rossiyasining zulmiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻolonlari, turli norozilik chiqishlarini mustamlakachi maʼmurlar P. va panislomizm oqimlari taʼsirida uyushtirilgan, deb daʼvo qilishgan. Birinchi jahon urushi davrida Usmonli turk sultonligining Germaniya tomonida turib urushga kirishi Rossiyaning rasmiy doiralarida bu harakatga qarshi kompaniya kuchayishiga olib kelgan. Chorizm maʼmurlari Turkiston va Kavkazdagi milliy ozodlik harakatlarining ishtirokchilariga P. tamgʻasini bosishgan. Xususan, Rossiyada Oktyabr toʻntarishidan soʻng sovet rejimi va kommunistik mafkura bu qarashni bu-tunlay soxtalashtirgan. Rossiya kommu-nistlarining yetakchilari oʻz nutklarida turkiy xalqlarni birlashtirish gʻoyasini "panturkizm" qabilida notoʻgʻri talqin qilib, bolsheviklarni unga qarshi barcha vositalar bilan kurash olib borishga toʻxtovsiz chaqirib turgan.

Qoʻchqor Xonazarov

Qoʻchqor Xonazarovich Xonazarov (1922.27.1, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), falsafa fanlari doktori (1963), professor (1967). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—44). Moskva xalqaro munosabatlar institutini tugatgan (1950), KPSS MK huzuridagi Marksizmleninizm instituti (1953—59; 1971 — 1980), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti (1959—63)da katta ilmiy xodim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi falsafa kafedrasi mudiri (1964), Til va adabiyot instituti direktori (1964—71), Falsafa va huquq instituti direktori (1980—86), boʻlim mudiri (1995—98). Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh muxarriri (1986—88). Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kafedra mudiri (1993-95; 1998-2003).

Ilmiy faoliyati milliy va jahon tillari munosabatlari, milliy munosabatlar, maʼnaviyat, mafkura, madaniyat masalalariga bagʻishlangan. "Mehnat shuhrati" ordeni (2002), "Shuhrat" medali (1995) bilan mukofotlangan.

Sanʼat

Sanʼat — ijtimoiy ong va inson faoliyatining oʻziga xos shakli. S. qadimiy tarixga ega boʻlib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bogʻliq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy S.ning dastlabki izlari soʻnggi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40—20ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali S. inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki maʼnaviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning oʻsishi natijasida S. alohida soha sifatida astasekin ajrala bordi.

S. odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, oʻz taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat aʼzolarini maʼlum ruxda tarbiyalash, ularni akliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, histuygʻu, manfaat, ideallarini ifoda etgan. S. ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan oʻzining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. S insonning moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida S. narsa va hodisalarni qanday boʻlsa shunday aks ettirish va hayotni goʻzallik qonunlari asosida badiiy ifodalash gʻoyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, maʼnaviy, milliy dunyosi S. predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga maʼlum ijtimoiyestetik ideal nuqtai nazardan munosabat bildiradi va oʻz estetik bahosini beradi.

S.ni tushunish, uning kiplutar hayotidagi oʻrnini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida jiddiy bahslarga sabab boʻlgan. Shunga koʻra, S. mazmuni obʼyektiv va subʼyektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. S.ning ijtimoiyestetik vazifalari juda keng va xilmaxil. S. — inson uchun estetik zavqshavq manbai; inson hayotiga goʻzallik baxsh etadi; odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi; hayotni kuzatish, oʻrganish va bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga oʻzgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi goʻzallikdan ilhrmlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar s, orasidagi maʼnaviy koʻprik, muloqot ! vositasi; odamlarning badiiyestetik didini tarbiyalaydi, ularda maʼlum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. S. jamiyat maʼnaviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) bilan maʼlum darajada bogʻlikdir. S.ning maqsadi dunyoni badiiy oʻzlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni maʼnaviy boyita oladigan asarlar yaratish yoʻli bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. S. asarlarining diqqat markazida insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va oʻzaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham S. asarlari beradigan maʼrifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan maʼlumotlardan farqqiladi. S.ning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir oʻquvchi, tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarni uygʻotishidadir.

S turli koʻrinishlari bilan oʻziga xos badiiyestetik qadriyatlarni toʻplash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatiga ega boʻlgan estetik tizimni tashkil etadi. S. tasviriy sanʼat, meʼmorlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va boshqalarni oʻz ichiga oladi. S.ning turlari oʻz predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan birbiridan farq qiladi. Mac, adabiyotda asosiy ifoda vositasi boʻlib til xizmat qiladi; tasviriy S.da boʻyok/iap orqali konkrethissiy obraz gavdalantiriladi; teatrda pyesa qaxramonlarining siymosi aktyorlarda oʻz aksini topadi. S. barcha ijtimoiy ong shakllari singari oʻz taraqqiyot qonuniyatlariga ega. Bu qonuniyatlar S.ning oʻz ichki xususiyatlaridan kelib chiqsada, ijtimoiy taraqqiyot bilan bogʻliq boʻlgan xalq, millat, elat, mamlakat va jahon sivilizatsiyasi darajasi bu qonuniyatlarda oʻz ifodasini topadi. S. qonuniyatlarini estetika, sanʼatshunoslik oʻrganadi.

Kuchma maʼnoda — faoliyatning barcha sohalariga xos yuksak mahorat "S." deb tushuniladi. Mas, bahs yuritish S. i, urush olib borish Si, rahbarlik Si., notiqlik Si va h.k.

Sionizm

Sionizm (Quddusdagi Sion tepaligi nomidan olingan; Bibliya rivoyatlariga koʻra, bu yerda Dovud podshoning qarorgohi va xudo Yaxvaning uyi boʻlgan) — yahudiylarni Fachastinga kelishini ragʻbatlantirish va u yerda yahudiylar davlatini tuzish orqali yahudiylarning oʻz-oʻzini anglashini tiklashga qaratilgan mafkura. 19-asr oxirida vujudga kelgan. 1948 yildan keyin Isroilni dunyo miqyosida har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Sotsialistik va liberal oqimlardan tortib to shovinistik ruhda boʻlgan bir qancha oqimlarni oʻz ichiga oladi. Sionistik tashkilotlar 60 dan ortiq mamlakatda ish olib boradi. Yetakchisi — Jahon sionistlar tashkiloti (1897 yilda tuzilgan), qarorgohi Isroil va AQShda.

Tarbiya

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. T. insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. T.siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar T. tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.

Pedagogik adabiyotlarda "T." atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda T. inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda T. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi T. tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.

Tor maʼnoda T. shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi T. ichiga kirmaydi. Lekin har qanday T. taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.

T. har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining T.si bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish. toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.

T. jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxdab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura T.ga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda T. faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning T.si bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq ped.si tajribasi T.ning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiki tufayli T.da ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.

Shoʻrolar ped.sida T. orkali xar kanday odamni istagan ijtimoiy kiyofaga solish mumkin degan karash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining T.ga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida T. maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, Bu hol T.ning samarasizligiga olib keldi. Chunki T.ning asosiy obʼyekta boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib takaladi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, T. va unga bogʻliqjarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. T.ning milliyligiga alohida eʼtibor karatilmoqda. Buning uchun xalq ped.si boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayotir. Natijada, Oʻzbekiston ped. fani va amaliyotida oila T.sining ham, ijtimoiy T.ning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, T.da irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida T.ning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol T.ga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.

Qozoqboy Yoʻldoshev.

Tarix

Tarix oʻtmish voqealar haqida axborot ochish, yigʻish, tartiblashtirish va namoyish etish bilan shugʻullanuvchi fandir. Tarix bilan shugʻullanuvchi olimlar tarixchilar, deb ataladi. Tarix fani voqealar ketma-ketligini tahlil etadi va ularning sabab va samaralarini tizimlashtiradi. Tarixchilar tarix tabiati va foydasi ustida bahs olib borishadi. Bunda ushbu fanning oʻzi ham oʻrganiladi va zamonaviy muammolarni uning yordamida hal qilishga uriniladi. Biror madaniyatga oid, biroq tashqi manbalarga asoslanmagan hikoyalar (masalan, Alpomish haqida asotirlar) tarixiy mavzu emas, balki madaniy meros sanaladi.Tarix — 1) tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu maʼnoda olamning yaratilish T.i, Yer T.i, barcha fanlar T.i va boshqa tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli boʻlgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar oʻtmishi taraqqiyoti jarayonini oʻrganuvchi fan.

T. fani — insoniyatning butun oʻtmishi davomida jamiyat hayotida sodir boʻlgan voqea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda oʻrganadi. T. fani ijtimoiygumanitar fanlar (falsafa, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, sanʼatshunoslik va boshqalar) tizimining tarkibiy qismi. T. fanining bu guruhdagi oʻrni uning tadqiqot predmeti va usullari bilan belgilanadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini oʻrgansa, T. fanining tadqiqot obʼyekti — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining oʻtmishi va hoziri haqidagi faktlarni yigʻish, taxlil qilish, toʻplangan bilimlarni maʼlum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. T. fani oʻtmishda sodir boʻlgan jarayon va hodisalar orasidagi oʻzaro bogʻliklik, ularning ildizi, T.ni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantigʻi va maʼnosini koʻrish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar T. tadqiqotlari natijalarigatayanadi. Fanlararo yondoshuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, oʻtmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini koʻra bilishdek muhim vazifani xal qiladi.

T. fanida, boshqa fanlarda boʻlganidek, muqarrar ixtisoslashuv amalga oshmoqda. Hozirgi zamon T. fani alohida boʻlimlar va sohalardan tashkil topgan bilimlar majmuidir. Ixtisoslashish darajasiga koʻra, ularni bir necha guruhga ajratish mumkin. Birinchi gurux,ni jamiyatning (jahon T.i) butun va alohida tomonlarini oʻrganuvchi boʻlim va sohalar tashkil qiladi. Insoniyat T.ining ayrim hodisalari alohida oʻrganiladi. Jahon T.i ibtidoiy jamiyat T.i, oʻrta asrlar T.i, yangi va eng yangi T.ga boʻlinadi. Hududiygeografik tamoyilga koʻra, tarixan bir-biri bilan bogʻliq yirik rnlar (Yevropa va dunyoning boshqa qismlari, Qad. Sharq, Oʻrta Osiyoning baʼzi regionlari) va alohida mamlakatlar hamda xalklarga ajratiladi. Kompleks muammolarni tadqiq qilish bir guruh mamlakat va xalqlar T.ida roʻy bergan bosqichiy davrlarni va hodisalarni (Uygʻonish davri, Reformatsiya T.i va boshqalar) oʻrganish zaruratidan kelib chiqadi. Jahon T.iga global yondashuv bilan bir qatorda mikro tarix (shahar va qishloklar, alohida shaxslar, kundalik maishiy turmush) ham oʻrganiladi. T.ning alohida tomonlarini oʻrganish T. fanining alohida sohalarini ajratishni taqozo qildi (mas., harbiy T., siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, din, fan, xotinqizlar T.i va tender tadqiqotlari, sanʼat, intellektual, madaniyat, diplomatiya T.i va boshqalar).

Ikkinchi guruhni yordamchi va maxsus T. fanlari tashkil qiladi. Ularni alohida T. fanlariga ajratilishi va rivojlanishi T. fanining xususiy tadqiqot usullarini ishlab chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Antropologiya, arxeologiya, etnografiya mustaqil oʻringa ega. Yordamchi T. fanlariga — manbashunoslik, arxeografiya, paleografiya, geraldika, numizmatika kiradi. Maxsus guruh — boshqa fanlar ehtiyojidan kelib chiqadi (mas., tabiiy fanlar T.i, texnika T.i, davlat va huquq T.i). T. fanining tarixini tarixshunoslik fani oʻrganadi.

Oʻzbekistonda T. fani. T. fani asrlar davomida qoʻlyozma asarlarda ifodalangan maishiy hayot, voqea-hodisalar, tarixiy personajlar va shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyantarixiy kontekstda tarixiy hayot yoʻlining shakllanishi, bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yoʻlni bosib oʻtdi.

Oʻzbekistonning eng qadimgi T.i haqida moddiy madaniyat yodgorliyutri va arxeologik topilmalar maʼlumot beradi. Mil. av. 1mingyillikkaoidyozma manbalar, zardushtiylarning muqadsas Avesto kitobida, axomaniylar davri kitobalarida (Bihistun, Naqshi Rustam va boshqalar) Turon va Movarounnahrning tabiati, xalklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Oʻzbekistonning qadimgi T. i haqida Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Polibiy, Diodor, Strabon, Kursiy Ruf, shuningdek, xitoy, arman, arab mualliflari yaratgan yozma manbalarda maʼlumotlarni uchratish mumkin. Asrlar davomida Oʻzbekiston siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy xayoti T.i haqidagi maʼlumotlar saroy yilnomachilari, tarixchilar, xonlar, podshohlar tomonidan yozilgan qoʻlyozma manbalar shaklida jamlana bordi. Oʻrta asrlar tarixnavisligida sulolaviy T.ga bagʻishlangan Bayhaqiyning "Tarixi Bayhaqiy", Nasaviynnng "Siyrat asSulton Jalol adDin Mankburni", Nizomiddinning "Zafarnoma", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Fazlulloh ibn Ruzbexonning "Mehmonnomai Buxoro", Hofiz Tanish alBuxoriyning "Abdullanoma", Muhammad Yusuf munshiyning "Tarixi Muqimxoniy", Muhammad Amin Buxoriynmng "Ubaydullanoma" kabi asarlari yaratildi.

Yaʼkubiyning "Kitob albuldon" ("Mamlakatlar xaqida kitob"), Tabariyning "Tarixi Tabariy", Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"; maʼlum bir xudud tarixiga oid — mintaqaviy uslubdagi Narshaxiynpng "Tarixi Buxoro", Nasafiynshsh "Kitob alqand fi tarixi Samarqand" ("Samarkand tarixi haqida qanddek kitob") kabi nodir qoʻlyozma manbalarda Oʻrta Osiyo mamlakatlarining geografik holati, yirik shaharlari va aholisi, ularning turmush tarzi va mashgʻulotlari, karvon yoʻllari, urushlar, gʻalayonlar, ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy hayotiga doyr turli maʼlumotlar bayon etilgan.

Oʻrta asrlar tarixshunosligida Amir Temur va temuriylar davri T.i, ayniqsa, mufassal yoritilgan. Usha davrda yaratilgan "Temur tuzuklari", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"; Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlaʼ us saʼdayn va majmaʼ ulbahrayn" ("Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qoʻshilish oʻrni"); Mirxondnnng "Ravzat ussafo" asarlarida Amir Temur va temuriylar saltanatining tashkil topishi, ichki va tashki siyosati, mamlakatning ijtimoiyiktisodiy va madaniy hayotiga oid muhim maʼlumotlar keltirilgan.

Oʻrta asrlarda davlat ishlari, boshqaruv tizimi haqida maʼlumot beruvchi Forobiynmng "Fozil odamlar shahri", Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Nizomulmulkniit "Siyosatnoma", Xondamiriing "Dastur alvuzaro", Muhammad Boqirxonning "Muvazayi Jahongiriy" asarlari yaratildi.

Oʻrta Osiyoda 3 ta mustaqil — Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklari vujudga kelishi bilan, 17—19-asrlarda ularning T.iga bagʻishlab alohidaalohida asarlar yaratildi. Uziga xos uslub va anʼanalarga ega boʻlgan tarixnavislik maktablari shakllandi. Buxoro va Xiva xonliklari T. i Abulgʻozsh Bahodirxonning "Shajarayi turk" va "Shajarayi tarokima", Muhammad Amin Buxoriy, Muxammad Sharif, Mirzo Shams Buxoriy, Munis, Ogaxiy, Bayoniy asarlarida keng yoritilgan.

Muhammad Solih Toshkandiy, Muxammad Hakim, Avaz Muhammad, Niyoz Muhammad, Mulla Olim Maxdumhoji asarlarida Koʻqon xonligi T. i bayon etildi. Rossiya tomonidan Oʻrta Osiyo yerlarining bosib olinishi arafasidagi voqealar, janglar tafsilotlari, Rossiyaning mustamlakachilik siyosati, 19-asrning 2yarmi — 20-asr boshlarida Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy, Mirzo Salimbeklarning Buxoro T.iga oid asarlarida keltiriladi. Ushbu asarlarda oʻrta asr tarixnavisligi anʼanalariga koʻra, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy hayot, tashqi aloqalarga oid maʼlumotlar garchi muayyan bir tartibda berilmagan boʻlsada, jamiyat hayotining turli yoʻnalishlari boʻyicha qimmatli maʼlumotlarni koʻramiz.

Bu qoʻlyozma tarixiy asarlar oʻz davrining ilgʻor fikrli kishilari tomonidan yozilgan boʻlsada, oʻsha davrdagi hukmdorlar raʼyidan oʻtolmasdan, ularning manfaatlariga moye qilib yozilganligini, oʻz davri va muhiti, zamonasi tartiblari, taraqqiyot darajasi tafakkurining xos koʻrinishlari taʼsirini namoyon qiladi.

19-asrning 2yarmidan boshlab Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishga qaratilgan siyosati tufayli Rossiya hukumatining maxsus topshirigʻini bajarish uchun oʻlkaga kelgan rus harbiy mutaxassislari, diplomatlari, sayyohlari, savdogarlari oʻz memuarlari, sayohati xotiralari va hisobotlarida ushbu mamlakat va uning xalkdari T.i, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy ahvoli, moddiy boyliklariga oid maʼlumotlarni toʻplab, yozib qoldirdilar (mas., N. Muravyevning "Puteshestviye v Turkmeniyu i Xivu v 1819 i 1820 gg .", 1822; G. Meyendorfning "Puteshestviye iz Orenburga v Buxaru v 1820 godu", 1826; N. Xanikovning "Opisaniye Buxarskogo xanstva", 1843; N. I. Veselovskiyning "Ocherki istorikogeograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve s drevneyshix vremyon do nastoyahego", 1877; M. Terentyevning 3 jildli "Istoriya zavoyevaniya Sredney Azii", 1906; D. Logofetning "Buxarskoye xanstvo pod russkim protektoratom", 1911; va boshqalar).

Oʻrta Osiyo Rossiya mustamlakasiga aylantirilishi bilan mustamlakachilik tuzumi tartibotlari T. sohasidagi i.t. lar koʻlami va mavzusiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Rus tarixchilarining yuqorida zikr etilgan Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixiga oid asarlarining aksariyati oʻzining bir yoqlamaligi, metropoliya manfaatlariga xizmat qilishga moʻljallanganligi bilan ajralib turadi. Chor maʼmuriyati i.t. ishlari uning manfaatlariga xizmat qilishini nazarda tutib, maʼlum miqdorda mablagʻ ajratdi. Ayni paytda ilgʻor rus olimlari, sharqshunostarixchilarning fan manfaatlari uchun Oʻrta Osiyo tarixi tadqiqotlarini amalga oshirish tendensiyasini ham kuzatish mumkin. 1895 yilda Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkil etildi, u Oktyabr toʻntarishigacha faoliyat koʻrsatdi, tarix, arxeologiya, numizmatika, etn. masalalarini oʻrganishga salmoqli hissa qoʻshdi. Mahalliy millat vakillaridan sharqshunos havaskorlar, sharq qoʻlyozmalarini toʻplovchilar, qad. yodgorliklarni oʻrganuvchilar yetishib chikdi: Abu Said Mahzum, Mirzo Abdurahmon, Akrom polvon Asqarov va boshqa Toshkent davlat kutubxonasining tashkil etilishi (1870), oʻlkashunoslar va olimlar faoliyatida muhim turtki boʻldi. Ushbu kutubxona fondidan bibliograf V.I.Mejov tomonidan tuzilgan Oʻrta Osiyo va Turkiston T.iga oid maqolalar, asarlar, gaz. va jurnali materiallari toʻplangan "Turkiston toʻplami" (594 jilddan iborat) muhim joy oldi. Oʻzbekistonni tarixiymadaniy jihatdan oʻrganishga Peterburg untining sharq fakulteti maʼlum hissa qoʻshdi. Bu davrga kelib mahalliy tadqiqotchilar guruhi shakllandi. V. L. Vyatkin Samarqand yodgorliklarini oʻrganish jarayonida Ulugʻbek rasadxonasini ochdi. V. V. Bartold qad. qoʻlyozmalar maʼlumotlaridan foydalanib, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston tarixi haqida asarlar yaratdi ("Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya", 1898—1900; "Svedeniya ob Aralskom more i nizovyax Amudari s drevneyshix vremyon do XVII veka", 1902; "K istorii orosheniya Turkestana" va boshqalar).

20-asrning boshida milliy davriy matbuot "Sadoi Fartna", "Sadoi Turkiston", "Oyna", "Najot", "Hurriyat" sahifalarida Oʻzbekiston T.i muammolariga oid ilk makrlalar eʼlon qilina boshladi. Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyandalari boʻlib, ular mamlakat rivoji, millatning taraqqiysi, oʻzlikni anglashda T. fanining roliga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyatida T. muammolarini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etdi. Behbudiy komil inson boʻlib yetishishda va jamiyatni boshqarishda T. fanining oʻrni beqiyosligini taʼkidlaydi. U "Tarix va jugʻrofiya", "Turkiston tarixi", "Sart soʻzi majhuldir" kabi asarlarida faqatgina Vatan T.ini emas, Yevropa va jahon mamlakatlari T.ini bilish zarurligi haqida soʻz yuritadi. Uning "Moziy istiqbolning tarozisidir", degan xitobi T. tajribasida oʻzining hakligini isbotladi. Behbudiyning tarixiyilmiy qarashlari Oʻzbekiston T.ini va uni yaratish yoʻlida oʻziga xos ilmiy dasturdir.

Oktyabr toʻntarishi amalga oshishi bilan, Sovet tuzumining mohiyatidan kelib chiqqan holda, unga xos boʻlgan i.t.ning tashkil etishning shakl va usullarini, maqsad va vazifalarini, metodologiyasini ishlab chiqish ilgari suriddi. Kommunistik partiya mafkurasi asosiy eʼtiborni partiya T.i yoʻnalishiga qaratdi, tarixiy izlanish maktablari yoʻq qilib tashlandi, T. fanini jadallik bilan siyosatlashtirish va gʻoyalashtirish jarayoni yuz berdi, uslubiyatda "sinfiylik" "bir xillik" tamoyili yuzaga kelib "tarixni sinfning oʻzi yaratadi" degan qoida qaror topdi.

Totalitar tuzum ziddiyatlariga qaramasdan, shunday murakkab sharoitda oliy taʼlim tizimida T. taʼlimotining vujudga kelishi bilan mutaxassis tarixchi kadrlar tayyorlana boshlandi. T. fanining tashkiliy asoslari mustahkamlandi. Oʻrta Osiyo davlat unti, Samarqanddagi oliy ped. intida koʻlyozma kitoblar, vaqfnomalar va vasiqalar yigʻilib, ilmiy talqin qilindi.

T. fani rivojiga Abdurauf Fitrat salmokli hissa qushdi. Oʻzbekistonda agrar sugʻorish T.iga oid bir qancha vaqf hujjatlarini nashr k,ildi(mas, Tri dokumenta po agrarnomu voprosu v Sredney Azii, L., 1933; Kaziyskiye dokumentoʻ XVI veka, T., 1937).

Oʻzbekistonda T. fanining rivojida prof. Bulat Soliyevning oʻrni alohida. Bulat Soliyev milliy T. boʻyicha umumlashgan asar yaratishga uringan ilk tadqiqotchi edi. U qad., oʻrta asr, zamonaviy tarixchilarning turli xil va koʻplab asarlarini, sharq qoʻlyozmalari maʼlumotlarini jamlab, ulardan tanqidiy foydalanib, "Oʻzbekiston tarixi. XV— XIX ayerning birinchi yarmi", "Buxoro mangʻitlar sulolasi davrida" (1926), "Oʻrta Osiyo tarixi", "Oʻrta Osiyoda savdo kapitali" kitoblarini yezdi. Afsuski, uning asarlarining aksariyati NKVD tomonidan yoqib yuborilgan, uning oʻzi ham Oʻzbekiston ilgʻor milliy ziyolilarining katta qismi qatorida stalincha qatagʻon siyosati qurboni boʻldi. Bu siyosat T. fanining rivojlanishiga, albatta, salbiy taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina tarixchilar qatagʻon qilinganligiga qaramay, 40—60y.lar T. fanida maʼlum yutuklar yuzaga keldi.

1943 yilda SSSR FAning Oʻzbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti negizida Tarix institutining tashkil etilishi T. fani rivojida muayyan bosqich boʻldi, tadqiqotlarni maʼlum ilmiy yoʻnalishlar va reja asosida amalga oshirish yoʻlga koʻyildi. Mutaxassis ilmiy kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega boʻldi. Keyinchalik Tarix va arxeologiya instituti tarixiy tadqiqotlar boʻyicha ilmiy markazga aylandi. Bu intning tashkil topishi, Oʻzbekiston arxeologiyasi va T. fani rivojida 1oʻzbek mutaxassisarxeologi Ya. Gʻulomovnint oʻrni alohidadir. Ya. Gʻulomov eng qad. davrlardan Oʻzbekistonda sugʻorma deqqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida irrigatsiyaning ahamiyati; ilk shaharlarning vujudga kelishi va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyoti T.i, oʻrta asrlarda Oʻzbekistonning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti muammolari, qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalari T.ini tadqiq qildi (mas., "Xorazmning sugʻorish tarixi qadimgi zamonlardan hozirgacha", T., 1957, 1959). Ya. Gʻulomov koʻpgina ilmiy nashrlarga masʼul muharrirlik xam qildi, u shogirdlar tayyorlab, oʻz ilmiy maktabini yaratdi.

Tarix instituti tashkil etilgan dastlabki yillardanoq Oʻzbekiston T.ini yaxlit bir tarzda mujassamlashtirgan koʻp jildlik kitob yaratish ishlari boshlangan edi. Bu ish 1947 y. yakunlanib, 2 jildli "Oʻzbekiston xalklari tarixi" kitobi nashr etildi.

20-asrning 50—80y.larida Oʻzbekistonning oʻrta asrlardagi siyosiy hayoti, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar, yer va undan foydalanish, agrar munosabatlar, sunʼiy sugʻorish tizimi T.i haqida qoʻlyozma asarlar, hujjatli manbalar, arxeologik va etn. maʼlumotlar asosida yozilgan monografik tadqiqotlar vujudga keldi. T. fanining bu yoʻnalishini oʻrganishga A.A.Semyonov, Ya. Gʻulomov, S. Azimjonova, A. Asqarov, M. Abduraimov, R. G. Mukminova, O. Chexovich, A. Muhammadjonovlar salmoqli hissa qoʻshdilar.

Bu davrda Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi T.ini oʻrganishda Sovet mafkurasi rasmiy andozalaridan chetga chiqishga yoʻl berilmadi, T. fani nihoyatda siyosiylashtirilib, ilmiytarixiy tafakkur hukmron mafkura nazorati ostida boʻlganligi tufayli juda koʻp masalalarning asl mohiyatini koʻrsatib berish imkoni boʻlmadi, natijada T.ni soxtalashtirish kuchayib ketdi. 1958 yilda boʻlib oʻtgan "Oʻrta Osiyoni Rossiyaga qoʻshib olishning progressiv ahamiyati". mavzusidagi birlashgan ilmiy sessiyada Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasiga "ixtiyoriy qoʻshilish"i haqidagi uydirma fanga zoʻrlik bilan kiritildi. Bu mavzu tarixi bilan shugʻullangan tadqiqotchilarning muammoni xolisona, haqqoniy yoritish imkoniyatlari cheklab qoʻyildi. Biroq bunday cheklashlarga qaramay, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi ijtimoiyiqtisodiy hayot, boshqaruv tizimi, mustamlakachilik zulmi hamda unga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatlari kabi masalalarga doir koʻpgina arxiv materiallari oʻrganildi va ilmiy isteʼmolga kiritildi.

T. fanida Sovet davri tarixini oʻrganish ham hukmron mafkura manfaatlariga moslashtirilganligi sababli, Oʻzbekistonda 1917 yilda Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi, uning oʻlkadagi siyosati, mahalliy aholining Sovet hokimiyatiga munosabati va unga qarshi kurashlari, bolsheviklarning amalga oshirgan ijtimoiyiqtisodiy tadbirlari va ularning oqibatlari, madaniyat sohasidagi siyosat, kolxozlashtirish tarixi kabi masalalarning mohiyati haqqrniy yoritilmadi. "Partiyaning rahbarlik va yaratuvchilik roli"ni koʻrsatish T. fanining eng muhim vazifasi deb belgilandi. Bunday yondashuv asosida yaratilgan tadqiqotlar Sovet hokimiyati siyosatini ulugʻlash maqsadlariga xizmat qildi. Sovet mafkurasining tazyiqiga, davr ziddiyatlariga qaramay, tarixchilar tomonidan juda koʻplab arxiv manbalarining ilmiy talqinini mujassamlashtirgan, jumladan, 4 jildli "Oʻzbekiston tarixi" (1967—70 yillar), 1 jildli "Oʻzbekiston tarixi" monografiyalari; Toshkent, Samarkand, Qoʻqon, Andijon, Xiva va Buxoro sh.larining eng qad. davrlaridan to 20-asr oʻrtalarigacha boʻlgan tarixiga bagishlangan ilk fundamental asarlar tayyorlandi. Ular Oʻzbekistonning qad. shaharlari tarixini umumlashtirilgan tarzda aks ettirgan tadqiqotlar sifatida qimmatlvdir.

80y.larning oxiridagi oshkoralik jarayoni T. fani sohasida taqiklangan, notoʻgʻri talqin qilingan muammolar atrofida munozara, yangi fikrlarni ilgari surish va tadqiqot olib borish imkoniyatini vujudga keltirdi. T. fanining eng dolzarb muammolari, ularni tadqiq qilish usuli va yondashuvlarini aniklab berishga qaratilgan ilmiy anjumanlar tashkil qilindi. Bu davrga kelib Vatan tarixi ning koʻplab yetilgan masalalariga yangicha baho berildi: ilgari "bosmachilik" deb atalgan milliy ozoddik harakatlari, Oʻrta Osiyoning Rossiyaga "qoʻshib olingan"ligi toʻgʻrisida qizgʻin bahsmunozaralar boʻlib oʻtdi; Oʻzbekistondagi jamoalashtirish va sanoatlashtirish tarixi qaytadan koʻrib chiqila boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, T. fani sovet mafkurasi va uning goyaviy qoliplaridan ozod boʻldi. Jamiyat hayotida amalga oshayotgan muhim ijtimoiy jarayonlar T. fani oldiga oʻzbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish, taraqqiyotning turli bosqichlarida jahon hamjamiyatida uning oʻrni va rolini aniqlash, tarixiy bilimlarni ommalashtirish va targib qilish orqali millatning maʼnaviyaxloqiy qadriyatlari, madaniyati, qad. anʼanalariga qaytish vazifalarini qoʻydi.

90y.larning oʻrtalariga qadar T. boʻyicha yangi nazariy yendashuvlar asosida bir qator maktab darsliklari tayyorlandi, 7 jildga moʻljallangan Oʻzbekiston tarixining 3jildi, K.Shoniyozov, R. Aminova kabi tadqikrtchilarning monografiyalari eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzurida "Oʻzbekistonning yangi tarixi" markazini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Mazkur markazda mamlakatimizning yetakchi olimlari ishtirokida 3 jildli "Oʻzbekiston tarixi" (Turkistonning Rossiya tomonidan istilo qilinishidan qoz. davrgacha) tayyorlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Oʻzbekiston FA Tarix instituta faoliyatini takomillashtirish" haqidagi 1998 y. iyul qarori T. fanining vazifalarini strategik jihatdan oʻzgartirdi. Tarix instituti respublikada T. tadqiqotlarini muvofiklashtiruvchi chinakam markaz maqomiga koʻtarildi. Intda oʻz atrofiga mamlakat tarixchilarini birlashtirib, ularning saʼyharakatlari bilan mustaqil davlat ehtiyojlariga moye yangi yoʻnalishlar zaruriyatidan kelib chiqqan Oʻzbekiston tarixiga oid tadqiqotlarni maʼlum bir tizimga soluvchi "Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi" konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatda T. fani sohasidagi i.t. lar ushbu konsepsiya doirasida amalga oshirilmoqda. Bu borada I. Karimovning tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan uchrashuvida bayon etgan "Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq" asari mugʻim rol oʻynadi. Unda prezidentimiz: "...tarixchilarimiz millatga uning haqqoniy tarixini koʻrsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix — xalq maʼnaviyatining asosidir; ... biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur", deb taʼkidlab, tarixchi.par oldiga anik, vazifalarni qoʻydi.

Sovet davrida oʻrganish taqiqlangan, notoʻgʻri talqin etilgan mavzular ilmiy xolislik asosida — milliy mustaqillik nuqtai nazaridan qaytadan oʻrganildi. Yangi SH1miy yoʻnalishlar tadqiq qilindi.

Oʻzbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini oʻrganish bugungi kunda T. fanining eng muhim muammosidir. Oʻzbek xalqi shakllanishining asosiy bosqichlari, ularning etnogenetik jarayonlarda qatnashuv darajasi, mintaqaning qadim avtoxton axoliyey bilan tarixiy vorisiyligi va genetik aloqalarini oʻrganishda K. Shoniyozovning "Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni" (T., 2001) monografiyasi ilk qadam boʻldi.

Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixiga bagʻishlangan "Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari"(T., 2001) kitobi (oʻzbek va rus tillarida) yangi ilmiy yoʻnalishdagi ishlarning natijasi boʻldi.

Maʼlumki, sovet davrida Respublikada davlatchilik terminini ishlatish ham mumkin emas edi. Mustaqillikdan keyin Oʻzbekiston davlatchiligi tarixining eng kadimdan to hozirgacha boʻlgan manzarasini aks ettirgan asarlar vujudga keldi (mas., Shoniyozov K., "Qarluq davlati va qarluqlar. Oʻzbek davlatchiligi tarixidan", T., 1999; Azamat Ziyo, "Oʻzbek davlatchiligi tarixi", T, 2000; Aʼzamxoʻjayev S, "Turkiston muxtoriyati. Milliydemokratik davlatchilik qurilishi tajribasi", T., 2000).

Qad. yozma manbalar talqinini amalga oshirish Oʻzbekistonning eng qad. tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Bu sohada jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi ("Qadimgi yozma yodgorliklar", A. Qayumov, M. Ishoqov, A. Otaxoʻjayev va boshqa, T., 2000; Avesto Yasht kitobi, T., 2001).

Oʻzbekistonning qad. davri moddiy madaniyati haqidagi asarlar yangi faktlar, dalilfarazlar va yangi xulosalarni takdim qildi. Oʻrta asrlar tarixini oʻrganishga doir ishlar oʻtgan tarixshunoslik bosqichlaridagi kamchiliklarni toʻldirmoqda (mas., Sulaymonov R., "Drevniy Naxshab", T., 2000; Naselennie punktoʻ Buxarskogo emirata (A. Muhammadjonov taxriri ostida), T., 1999; Anorboyev A., Islomov U., Matboboyev B., "Oʻzbekiston tarixida qadimgi Fargʻona", T., 2001; Mukminova R., Filanovich M., "Tashkent na perekryostke istorii. Ocherki drevney i srednevekovoy istorii goroda", T., 2001; Karimov E., "Yasaviya i xodjagannakshbandiya: istoriya deystvitelnaya i vimishlennaya", T., 2000; Aʼzamova G., "Soʻnggi oʻrta asrlar Oʻrta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va savdo", T., 2000).

Amir Temur va temuriylar davri tarixi faol, kompleks tadqiq qilingan muammolardan biri boʻldi. 1996 yilda Amir Temur yubileyining 660 yilligining nishonlanishi bu mavzuga doir tadqiqotlarning yanada kengayishida, Amir Temur shaxsi haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashda muhim voqea boʻldi. Respublika tarixchilari tomonidan mazkur mavzuga oid monografik, kollektiv tadqiqotlar, aloxdsa jihatlari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan maqolalar eʼlon qilindi.

Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi va uning salbiy oqibatlari haqida maxfiy arxivlar, yangi tarixiy dalillar, tamomila yangicha yendashuvlar asosida yozilgan asarlar va maqolalar vujudga keldi (H. Ziyoyev, "Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash". XVIII— XX asr boshlari, T., 1998).

20-asrdagi maʼrifatparvarlik xarakati — jadidchilik mohiyatini oʻrganish T. tadqiqotlarida yangi yoʻnalish boʻldi. Jadidchilikning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy zamini, jadidlarning maʼrifatparvarlik va islohotchilik gʻoyalari, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurashlari tarixi, jadidlar tafakkuri, milliy davlatchilik gʻoyalari yangi ilmiy dalillar asosida nazariy mushohada qilindi (Alimova D., Rashidova D., "Mahmudxoʻja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri", T.,i 1999 va boshqalar).

Oʻlkada milliy ozodlik harakatlari, mustaqillik uchun kurash tarixini yorituvchi jiddiy tadqiqotlar yaratildi. Mualliflar boy arxiv manbalarga tayanib, oʻlkadagi milliy ozodlik harakatining paydo boʻlishi, rivojlanishi va magʻlubiyatga uchrashi sabablarini keng ilmiy tahlil qildilar. Mavzu tadqiqotlariga xorij tarixshunosligi ham jalb qilindi, ular taxliliga xolislik mezoni asosida yondashildi. "Bosmachilik" harakatining asl mohiyatini aniklash, istiklolchilik harakati tarixini davrlashtirishga urindilar [mas., "Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti", T., 2000; Ziyoyeva D., "Turkiston milliy ozodlik harakati", T., 2000; Rajabov K,., "Buxoroga kizil armiya bosqini va unga karshi kurash: tarix haqiqati (1920—24 yillar)", T., 2002].

Sovet totalitar tuzumining asl mohiyati, siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari ilmiy xolislik bilan tadqiq etilmoqda. Okt. toʻntarishi tufayli zoʻrlik bilan Sovet davlatining tuzilishi, Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliyhududiy chegaralanishning nokrnuniyligi va uning salbiy oqibatlari, 30—50y.lardagi qatagʻonlar, majburiy jamoalashtirish natijasida q. x.ning izdan chiqishi, 80y.lardagi yangi qatagonlar — "oʻzbeklar ishi" mavzulari yangi arxiv maʼlumotlari asosida oʻrganiddi (mas., Alimova D., Golovanov A., "Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari". T., 2000; "Tarix shohidligi va saboklari. Chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida Oʻzbekiston milliy boyliklarining oʻzlashtirilishi", T., 2001; Shamsutdinov R., Qishloq fojeasi. T., 2003 va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasi mustakillik davri tarixi masalalarini tarixiy nuqtai nazardan oʻrganuvchi ilk tadqiqotlar vujudga keldi ("Mustaqil Oʻzbekiston tarixining dastlabki sahifalari", Davriy toʻplam, № 3, T., 2000; "Mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotining gʻoyaviy asoslari", T., 2001).

Hozir Oʻzbekistonning eng qad. davrlaridan boshlab to bugungi kunga kadar davrini qamrab oluvchi koʻp jildli fundamental tadqiqot ustida ish olib borilmoqda. Mustaqillikning asosini mustahkamlashda jamiyat tarixiy ongini hakllantirish zarurligi eʼtiborga olinib, tarixiy bilimlarni targʻib qilish yoʻlga qoʻyildi. Mustakillik davrida Oʻzbekiston tarixchilarining maxsus "Oʻzbekiston tarixi" jurnaliga asos solindi (1998). T. fanining eng dolzarb muammolarini muhokama etuvchi Yahyo Gʻulomov nomidagi "Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi" respublika muntazam ilmiy seminari tashkil etiddi. Oʻzbekiston Respublikasi tarixchilar jamiyati tuziddi (1999). Ilk marotaba "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ga koʻra, T. fanining taʼlim tizimi bilan hamkorligi amaliyeti yoʻlga qoʻyildi. Fan va taʼlim mushtarakligi maktab partasidan boshlab, tarixchi kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan. Mustakillik yillarida tarixchilarning xalqaro ilmiy hamkorligining keng imkoniyatlari vujudga keldi. Oʻzbekiston T. fanining aktual muammolari boʻyicha ilmiy anjumanlar oʻtkaziladigan markazga aylanib bormoqda. Oʻzbek olimlari xalqaro grantlarda, YUNESKO tomonidan nashr etilayotgan "Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi" nomli koʻp jildlik asarni tayyorlashda ishtirok etmoqdalar.

Ziyo koʻkalp

Ziyo koʻkalp, Goʻkalp (taxallusi; asl ismsharifi Mehmed Ziyo Tavfiq Afandi oʻgʻli) (1876, Diyorbakr — 1924, Istanbul) — faylasuf va sotsiolog . Turkiya Respublikasida milliy mafkura va sotsiologiya faniga asos solgan. Yoshligidan boshlab Turkiyada sultonlik tuzumiga qarshi kurashdi. "Yosh qalamlar" jur. ini nashr qildirdi (1908 i. dan). 3. K. barcha turkiy xalklarni turkchilik asosida birlashtirish tarafdori, turkiy dunyo birligi gʻoyalarini nazariy jihatdan ishlab chiqdi. Buning uchun Usmonlilar sultonligi tomonidan taʼqib va quvgʻinga uchradi, surgun qilindi va qamoqqa tashlandi (1918). Keyinchalik Mustafo Kamol Otaturk tomonidan Turkiya Respublikasining masʼul lavozimlariga tayinlandi. Yosh Turkiyaning milliy mafkurasini ishlab chikdi. Turkiyada 9 jildlik kulliyoti chop qilindi (1952—82). 3. K. ning tarixga oid asarlarida Turkiya va turkiy xalklarning demokratik va milliy mustaqillik, taraqqiyot yoʻliga oʻtishining tarixiy, siyosiy tafsilotlari, nazariy muammolari, tajribasi va eng muhimi, turkiy tamaddunning kelgusi taraqqiyot yoʻllari bayon etilgan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.