Kvadrat kilometr

Kvadrat kilometr (km², kv. km) — kvadrat metrga karrali boʻlgan maydon oʻlchov birligi.

Bir kvadrat kilometr teng:

  • 1 000 000 ;
  • 100 gektar;
  • 0,878 687 kvadrat versta;
  • 0,386 102 kvadrat milya;
  • 247,105 381 akr.

Oʻz navbatida:

  • 1 m² = 0,000 001 km²;
  • 1 gektar = 0,01 km²;
  • 1 kvadrat milya = 2,589 988 km²;
  • 1 akr = 0,004 047 km².

Qiziqarli haqiqatlar

  • Misr maydoni 1 mln km² (1,001450×106 km²) biroz koʻproq hududni tashkil etadi.

Shuningdek qarang

Aholi zichligi

Aholi zichligi birlik maydon yoki hajmdagi aholi miqdoridir. Muhim geografik tushunchalardan biri. Har qanday tirik organizmlar uchun tushunilishi ham mumkin, biroq aholi zichligi deganda asosan faqat odamlar joylashuvi nazarda tutiladi.

Aholi zichligi – muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mam-lakat yoki biror hudud (viloyat, tu-man) aholi sonini shu joy maydoniga (odatda 1 km² ga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi. Odam yashaydigan quruqlikda o‘rtacha Aholi zichligi 1 km² ga qariyb 39 kishiga to‘g‘ri keladi (1990-yillar boshi), mas, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Belgiyada 300 dan ziyod, Monakoda 15539,5 kishi, Avstraliyada Aholi zichligi juda past – 1 km² ga 2,3 kishi, Mongoliyada – 1,4 kishi (1992). Cho‘l va baland tog‘larda 0,01 dan 1 kishigacha. Rossiya Federatsiyasi da A.3.1 km² ga 8,7 kishi (1990). O‘zbekistonda A.Z. bir km² ga 54,7 kishi to‘g‘ri keladi (1998). Umuman olganda dunyoning aholi zich yashaydigan rayonlarda, qariyb 7% maydonini egallagan quruqlikning odam yashaydigan qismi (oykumena)da Yer kurrasidagi jami aholining 70% ga qadar aholisi mujassamlashgan.Jahon aholisi 7 milliarddan oshiq, Yerning jami maydoni (suv va quruqlik bilan birga) – 510 million kvadrat kilometr. Demak, butunjahon aholi zichligi 7 milliard ÷ 510 million = 13,7 kishi/km2. Agar faqat quruqlik hisobga olinsa (150 million km2), unda butunjahon aholi zichligi – 46,6 kishi/km2 (117.2 per sq. mile). Bunda Antarktida ham hisobga olingan; Antarktidasiz hisoblansa, koʻrsatkich yana oshadi – 50 kishi/km2. Yer yuzining yarmidan ortigʻi (choʻl, togʻ va hk) odamlar yashashi uchun juda noqulay boʻlgani va odamlar asosan suv havzalari yonida yashagani uchun, bu raqamlardan amaliy naf yoʻq.

Baliqchi tumani

Baliqchi tumani, Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.-gʻarbiy qismida. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Namangan viloyatining Norin tumani va Andijon viloyatining Izboskan, Shahrixon, Oltinkoʻl, Boʻz, Ulugʻnor tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,34 ming km2. Aholisi.150 mingdan ziyod. Baliqchi tumanida 1 ta shahar (Baliqchi) va 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Alimbek, Boʻston, Guliston, Oxunboboyev, Siza, Xoʻjaobod, Eski Haqqulobod, Oʻrmonbek) bor. Markazi — Baliqchi shahri.

Havo massasi

Havo massasi deb tayinli harorat va suv bugʻi miqdori bilan farqlanuvchi havo hajmiga aytiladi. Havo massalari yuzlab va minglab kvadrat kilometr maydonni qoplab, taglaridagi yer yuzi xarakteristikalariga mos xossali boʻladi. Havo massalari kenglik va manba mintaqalariga binoan tasniflanadi. Sovuq havo massalari qutb yoki arktik, issiq massalar esa tropik deyiladi.

Izboskan (tuman)

Izboskan tumani - Andijon viloyatidagi tuman; viloyatning shimolida joylashgan. 1926-yilning 29-sentabrida tashkil etilgan. Maʼmuriy markazi - Poytug shahri.

Kalbajar tumani

Kalbajar tumani (ozarb. Kəlbəcər rayonu) — Ozarbayjon Respublikasıdagi maʼmuriy hududlardan biri. Maʼmuriy markazi Kalbajar shahridir.

Kalbajar shahri 1930 yil 8 avqustda maʼmuriy rayon maqomini olgan. 1993-yildə Armaniston Respublikası Qurolli Kuchlari tomonidan ishgʻol qilingan.

Kvadrat metr

Kvadrat metr (m²) — Xalqaro birliklar tizimi (SI)da maydon oʻlchov birligi.

1 m² tomonlari 1 metrdan boʻlgan kvadrat maydoniga teng.

1 m² =

0,000 001 kvadrat kilometr (km²)

100 kvadrat detsimetr (dm²)

10 000 kvadrat santimetr (sm²)

1 000 000 kvadrat millimetr (mm²)

0,000 1 gektar

0,01 ar

1,195 990 kvadrat yard

10,763 911 kvadrat fut

1 550,003 1 kvadrat dyuym

Lachin

Lachin — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar, Lachin tumanidagi administrativ markaz . Ozarbayjon poytaxti Boku shahridan shosse yoʻli uzunligi 450 km., Xonkendi stansiyasi temir yoʻli uzunligi 60 km. Shimoldan Kelbadjar, sharqdan – Xodjali, Shusha hamda Xodjavend, janubdan esa Gubadlin tumanlari bilan, g’arbdan esa Armaniston Respublikasi bilan chegaradosh. Bu yerda dunyodagi eng qadimgi daraxt hisoblangan – temir daraxt, katta miqdordagi dorivor o’simliklar o’sadi, kobalt, uran, simob, oltin, temir, turli rangdagi marmar qatlamlariva konlari, shuningdek ko’pgina ma’danli suv manbalari mavjud.

Naxichevan Avtonom Respublikasi

Naxichevan, Naxichevan Muxtor Respublikasi (1920-1923 yillarda — Naxichevan Sovet Sotsialistik Respublikasi, 1923-1924 yillarda — Naxichevan Avtonom Viloyati, 1924-1990 yillarda — Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, 1990 yildan boshlab hozirgi vaqtgacha Naxichevan Avtonom Respublikasi) — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi avtonom mamlakat. Shimol va Sharqdan Armaniston Respublikasi bilan chegaradosh (chegara chizigʻi uzunligi 246 km ni tashkil qiladi), Gʻarbda Turkiya Respublikasi (chegara chizigʻi uzunligi 15 km ni tashkil qiladi) Janubdan esa Eron Islom Respublikasi bilan chegaradosh (chegara chizigʻi uzunligi 204 km ni tashkil qiladi).

Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi 1924 yilning 9 fevralida tashkil etilgan. Naxichevan ARning Armaniston bilan tabiiy chegaralarini Zangezur va Daralayaz tizmasining suv soʻqmoqlari tashkil etadi, Turkiya va Eron bilan chegaralarni esa Araz daryosi tashkil etadi. Shimoli — gʻarbiy hududi Janubi — sharqqa 158 km masofaga choʻzilgan. Naxichevan Avtonom Respublikasining eng shimoliy nuqtasi — Saraybulag tizmasining Sharur tumani hududidagi Kyormulu togʻidir (2064 m), eng janubiy nuqtasi esa — bu Araz stansiyasi. Shimoldan janubga boʻlgan eng katta masofa 75 kilometrga teng.

Qadimgi Ozarbayjon yerlari boʻlgan Zangezur, 1920 yilda sovet rahbarlari tomonidan Armanistonga berib yuborildi va buning natijasida Araz daryosiga choʻzilgan 44-45 kilometr kenglikdagi chiziq Naxichevan Avtonom Respulikasini Ozarbayjon Respublikasining boshqa hududlaridan ajratib qoʻydi. 1924 yilda Naxichevan ASSRda 3 uyezd va 12 okrug shakllantirildi, 1925 yilda uyezdlar tarqatilib, okruglar soni 8 gacha kamaytirildi: Bash Norashen, Givrag, Tumbul, Abragunis, Narimanov, Djulfa, Paraga va Ordubad okruglari. 1930 yilning birinchi yarimida Shaxbuz tumanini qoʻshilishi bilan Sharur, Naxichevan, Djulfa, Ordubad va Abragunis tumanlari tashkil topdi. 1948 yilda Abragunis tumanini tumanini Djulfa tumani bilan birlashtirilganidan soʻng, Naxichevan ASSR besh maʼmuriy tumanlarga boʻlindi: (Naxichevan (1978 yildan boshlab Babek), Sharur, Shahbuz, Djulfa va Ordubad). 1990 yilning 28 avgustida Ozarbayjon Oliy Soveti buyrugʻiga binoan, Turkiya bilan chegaradosh hududni ijtimoiy — iqtisodi rivojlanishini tezlashtirish va kuchaytirish maqsadida, hamda, hududning geostrategik holatini nazarda tutgan holda, Sadarak qishlogʻi va uning atrofidagi hududlar asosida Sadarak tumani tashkil etildi. 2013 yilda Babek va Sharura tumanlarining ayrim qishloqlari hisobiga Kangarli tumani tashkil etildi.

1929 yilning 18 fevralida Kavkaz orti Markaziy Saylov Qoʻmitasi totalitar maʼmuriy boshqaruv sharoitida, Naxichevan ASSRning olti qishlogʻi — Sharur okrugining Gurduglag, Shahbuz tumaning Xachik, Goradiz, Ogbin, Sultanbek, Aghchen, Almali Itgiran qishloqlari, Ordubad okrugining Gorchevan qishlogʻi, shuningdek, Kilit qishloqlarini, hududlarning ayrim qismlari va ekin yerlarini Armaniston SSRi bilan birlashtirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Kavkaz orti Markaziy Saylov Qoʻmitasi Naxichevan chegaralari masalasini Moskva bitimi (1921) va Gar bitimini (1921) imzolagan tomonlarning ishtirokisiz koʻrib chiqib, Naxichevan hududining bir qismini Armanistonga berib yubordi va bu bilan xalqaro huquq normalarini qoʻpol ravishda buzgan.2014 yilning 1 yanvarida Avtonom Respublikasi holatidan kelib chiqib, maʼmuriy sabablarga koʻra toʻrt tuman va Naxichevan shahri maʼmuriy hududiy okruglarga boʻlindi; ushbu maʼmuriy birliklarda 5 shahar (Naxichevan, Ordubad, Djulfa, Sharur va Shazbuz), 8 shahar tipidagi qishloqlar, 206 qishloq va 219 aholi yashash punktlari joylashgan. Avtonom Respublikasining Maʼmuriy markazi qadimiy shahar Naxichevan hisoblanadi.

Okean

Okean (yunoncha Ωκεανός (Okeanos)) yoki ummon dengiz suvidan iborat global jism boʻlib, gidrosferaning asosini tashkil etadi. Yer yuzasining taxminan 71%'ini (~361 million kvadrat kilometr) Dunyo Okeani egallagan. Bu okeanning yarmidan koʻpi 3,000 metrdan chuqur. Okean suvining oʻrtacha shoʻrligi 35 promille (3.5%).

Okean, Dunyo okeani (yun. Okeanos — Yerni aylanib oqadigan azim daryo) — Yerning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, Yer yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.

Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, Dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650 yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy Muz Okeanlariga boʻldi. 1845 yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-asrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz Okean Yer sharida Okean suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda Okean suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shimoliy kenglikdan shimolida Shimoliy Muz okeanida va janubiy kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida Okean suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan janubi-sharqda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan Okean atmosfera va Yer pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham Okeanning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va Yer poʻstiga bogʻliq.

Okean issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. Okean tufayli Yerda temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. Okean oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. Okean energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energi-yasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. Okean va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi Okean yoʻllari orkali amalga oshiriladi (qarang Dengiz transporti).

Okeanning insoniyat hayotidagi roli tez oʻsmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli sohalarida Okeandan foydalanish muammolari (kema qatnovi, baliq ovlash, Okean resurslaridan ratsional foydalanish, shelfni oʻzlashtirish, kontinentlararo kabellar yotqizish, suvni chuchuklashtirish, shuningdek, dengizlarni muhofaza qilish va ifloslanishining oldini olish va boshqalar) olamshumul ahamiyatga ega boʻlib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni hal qilish bilan bogʻliq.

Keyingi yillarda Okeanda olib borilgan tadqiqotlar shuni kursatdiki, Okean tubining relyefi murakkabligi jihatidan materiklar usti relyefidan qolishmaydi.

Tubining geologik tuzilishi va relyefi. Okean tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan. Okean tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari (eng yirik shaklari) Yer pusti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixiy rivojlanishidagi tafovutlarga qarab ajratiladi. Okean tubini eng yirik relyef shakllariga qarab 4 qismga boʻlish mumkin: 1) materiklarning suv ostida qolgan chekka qismlari; 2) Okean kaʼri; 3) materiklarning suv ostida qolgan chekka kismlari bilan Okean qaʼri oʻrtasidagi oraliq zona; 4) okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari.

Okean tubining materiklarga yondosh kismlarining Yer pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib, materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf, materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh Okean qaʼri uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami.

Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining Shimoli-sharqida, shuningdek, Karib va Skosha (Sko-tiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan Okean qaʼri oʻrtasida oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuq. 4000– 5000 m gacha), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan), chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; Okeanning eng chuqur joylari ana shu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi.

Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari Okean tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang siniklar, shuningdek, yirik vulkan massivlari uchraydi.

Oʻzbekiston geografiyasi

Oʻzbekiston Oʻrta Osiyo mamlakatlari sirasiga mansub va Turkmaniston va Afgʻoniston shimolida joylashgan. 447,000 kvadrat kilometr (taxminan Ispaniya yoki Kaliforniya maydonining o‘lchamlari) hududi bilan O‘zbekiston g‘arbdan sharqqa 1,425 kilometr (885 mil) va shimoldan janubga 930 kilometrga (580 mil) cho‘zilgan. Shuningdek, janubi-g‘arbda Turkmaniston, shimolda Qozogʻiston, janubda Afgʻoniston, janubi-sharqda Tojikiston va shimoli-sharqda Qirgʻiziston bilan chegaradosh.

O‘zbekistonning iqlimi keskin kontinental hisoblanadi va o‘rtacha harorati yanvar oyida +3°C dan -10°C gacha, iyul oyida +26°C dan +32°C ni tashkil qiladi. Yog‘inlarning o‘rtacha yillik miqdori esa tekisliklarda 100-300 mmni, tog‘li rayonlarda 700-800 mmni tashkil etadi.

Pablo Escobar

Pablo Emilio Escobar Gaviria (Ispancha: Pablo Emilio Escobar Gaviria; 1949-yil 1-dekabr, Rionegro — 1993-yil 2-dekabr, Medelin) — Kolumbiyalik mashhur yirik narkobaron, qotil, terrorchi, oʻgʻri, siyosatchi va milliarder. Giyohvand moddalar savdosidan boyib ketgan. U tarixga “Kokain qiroli” nomi bilan kirgan. «Forbes» jurnalining 1989-yilgi sonida Escobarning boyligi 9 milliard dollardan ziyod ekanligi aytilgan. Boshqa manbalarda esa, uning umumiy boyligi 30 milliard dollardan ortiq ekanligi va AQShdagi 80 foiz kokainni aynan Escobar “ishlab chiqarayotganligi” aytilgan. Escobarning nomi nafaqat Kolumbiyada, balki butun dunyoda taniqli edi. U ayniqsa, aholining kambagʻal qismi, bekorchi va koʻchabezorilari orasida mashhur boʻlgan. “Doktor”, “Janob”, “Ruhoniy”, “Sehrgar”, “Podshoh” kabi laqablarga ega boʻlgan.

Shahrixon (tuman)

Shahrixon tumani - Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarbdan Boʻz, shim.dan Baliqchi, Oltinkoʻl, sharqdan Asaka, jandan Fargʻona viloyatining Quva tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming km². Aholisi 215,3 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shahrixon), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Abdubiy, Guliston, Nazarmahram, Naynavo, Paxtaobod, Toshtepa, Choʻja, Yuqori Shahrixon, Yangiyoʻl, Oʻzbekiston, Oʻrta Shahrixon, Haqiqat) bor. Markazi — Shahrixon shahri.

Tabiati. Tuman hududi Shahrixonsoyning keng yoyilmasida, QuvaAndijon adirlari bilan Qoradaryo oʻrtasidagi tekislikda joylashgan. Oʻrtacha bal. 400–680 m. Tekislikning ustki qismi toʻrtlamchi davr allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Markaziy Fargʻonaning ichki qismiga kirib boradi. Iqlimi kontinental; qishi yumshoq, yozi issiq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,5° dan —3,2° gacha, iyulniki 27°—29°, eng past temperatura —26°, eng yuqori temperatura 45°. Yiliga 300–350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 212—216 kun. Tuproqlari boʻz, oʻtloqi botqoq, oʻtloqi boʻz, baʼzi joylarda qumoq shoʻrxok tuproqlar. Oʻtloqi botqoq tuproqli joylarda yer osti suvi yuza (1–2 m). Yovvoyi oʻsimliklardan ajriq, qamish, qiyoq, yantoq, oqbosh, ituzum, semizoʻt, shoʻra, yalpiz, qirqboʻgʻim va gʻumay oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan faqat tulki, quyon uchraydi xolos; qushlardan olaqanot, chumchuq, qaldirgʻoch, bedana, qargʻa, laylak, hakka, zagʻizgʻon, musicha uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, rus, tatar, qirgʻiz, tojik, uygʻur, qozoq va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 652 kishi. Qishloq aholisi 154 ming kishi, shahar aholisi 61,3 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, taʼmirlash, toʻqimachilik, tikuvtrikotaj korxonalari va boshqalar faoliyat koʻrsatadi. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekiston—Koreya "Kosmo Elektroniks KOLTD", Oʻzbekiston—Xitoy "RivojTyanjin", Oʻzbekiston—Hindiston "RivojNorind", OʻzbekistonGermaniya "Interteks", Oʻzbekiston—Rossiya "Anteks" ishlab turibdi. Shahrixon (tuman)da 640 dan ortiq kichik korxona mavjud.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari paxtachilik va gʻallachilik. Pillachilik ham rivojlangan. 16 shirkat, 580 dan ziyod fermer, 2 oʻquvtajriba xoʻjaligi, 15 ta xususiylashtirilgan chorvachilik fermasi bor. Tumanda 16 ming gektar ekin maydonining 8,5 ming gektariga paxta, 6,5 ming gektariga bugʻdoy ekiladi. Shuningdek, sabzavot, poliz, ozuqa ekinlari va boshqalar mavjud. Meva, uzum yetishtiriladi. Shahrixon (tuman) jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 45,8 ming qoramol, 121,5 ming parranda, 300 ga yaqin yilqi boqiladi.

Transportning asosiy turi avtomobil transportidir. Tumanda mahalliy va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari uz. 400 km dan ortiq. Asakadan Shahrixongacha 15 km uzunlikda temir yoʻl oʻtkazilgan. Shahrixon (tuman)da 2004/05 oʻquv yilida 63 umumiy taʼlim maktabi va 4 litseyda 54,3 ming oʻquvchi taʼlim oldi (2004). 5 kasb-hunar kollejida 5 mingga yaqin talaba oʻqiydi. Bolalar musiqa va sport maktablari bor. Markaziy kutubxona va uning 46 ta tarmogʻi, muzey, madaniyat saroyi mavjud. 3 kasalxona (855 oʻrin) va boshqalar tibbiy muassasalarda 310 vrach (har 10 ming aholiga oʻrtacha 15 vrach) ishlaydi. Sanatoriy faoliyat koʻrsatadi. Tumandan S. Abdurasulov "Oʻzbekiston Qahramoni" (1996) unvonini olgan.

1982 yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand arxeologiya ilmiy tekshirish institutining olimlari tomonidan mahalliy olimlar bilan hamkorlikda tumandagi Kamoltepa tepaligida arxeologik qazishma ishlari oʻtkazildi. Natijada bu tepalik 1— 4-asrlarda kulolchilik shaharchasi boʻlganligi aniklandi. Tumanda hunarmandchilik (pichoqchilik, beshikchilik, doʻppidoʻzlik, misgarlik va boshqalar) qadimdan taraqqiy etgan. Shahrixon shahrida YUNESKO roʻyxatiga olingan Ponsod masjidi (1825) meʼmoriy yodgorligi saqlangan. Shahrixondan Andijon va boshqalar shahar va yirik aholi punktlariga avtobus qatnaydi. 1931 yildan "Yangi Hayot" tuman gaz. chiqariladi.

Shahrixon tumani - Andijon viloyati markaziy qismida joylashgan tuman. 1926-yil 29-sentabr kuni tashkil etilgan. Maʼmuriy markazi - Shahrixon shahri.

Shimoliy Muz okeani

Shimoliy muz okeani (avvalgi nomlari: Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi) — Dunyo okeanining bir qismi, Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikaning shim. qirgʻoqlari oraligʻida. Sh.Shimoliy Muz okeani boʻgʻozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. Maydoni boʻyicha okeanlar orasida eng kichigi, 14,75 mln. km², suvining hajmi 18 mln. km oʻrtacha chuq. 1220 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizining shim.sharqiy qismida). Qirgʻoqlari Yevrosiyoning gʻarbida nisbatan baland, fordli, sharqida delta va laguna tipli, Kanada Arktika arxipelagida ancha past, tekis. Norvegiya, Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka dengizlari — Yevrosiyo; Grenlandiya, Bofort, Baffin, Linkoln dengizlari va Gudzon qoʻltigʻi Shim. Amerika materigi qirgʻoqlariga tutash. Sh.Shimoliy Muz okeani orollari soni boʻyicha Tinch okeandan keyin 2-oʻrinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglar: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, FransIosif Yeri, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Novosibirsk, Vrangel.

Relyefi va geologik tuzilishi. Sh.Shimoliy Muz okeani tubi geologik tuzilishiga koʻra 3 qismga: okeanning eng chuqur qismini oʻz ichiga olgan Arktika havzasi, Shim. Yevropa havzasi (Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar) va okean hududining 1/3 qismini egallagan materik sayozligida joylashgan dengizlarga (Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Bofort, Baffin) boʻlinadi. Sh.Shimoliy Muz okeani boshqa okeanlarga nisbatan sayoz. Materik sayozligi juda keng , okean tubi maydonining 50,3% ni egallaydi. Yevrosiyo shelf zonasi tubi relyefida suv osti koʻtarilmalari, botiqlari va novlari boʻlgan tekisliklar mavjud. Alyaska qirgʻoqlari boʻylab abrazivdenudatsion shelf choʻzilgan. Sh.Shimoliy Muz okeanining materik yon bagʻirlari nisbatan keng , zinapoyasimon, suv osti kanʼonlari bilan parchalangan. Baʼzi joylarda kengligi 150–300 km ga yetadi. Eng tor va tik Kanada materik sayozligi grabenlarning murakkab tizimi bilan parchalab yuborilgan. Okeanning markaziy qismida Gakkel, Lomonosov va Mendeleyev suv osti tizmalari bilan ajralgan bir nechta chuqur soyliklar: Nansen, Amundsen, Makarov, Kanada, Gʻavvoslar va boshqalar mavjud.

Okean tubiga choʻkkan jinslarning qalinligi 1,5—2,5 km. Materik sayozligi terrigen, suv osti tizmalari va chuqur soyliklar gilli terrigen, materik yon bagʻri foraminifera mikrofaunali qumli balchiq choʻkindi jinslaridan iborat.

Gidrologik rejimi. Sh.Shimoliy Muz okeani iqlimi arktika iqlimiga mansub. Sh.Shimoliy Muz okeanining yuqori kengliklarda joylashganligi, doimiy muz qoplami, Atlantika va Tinch okeanlardan havo va suv massalarining kirib kelishi uning shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli oblast), yozda past bosimli oblast joylashadi. Gʻarbida yil davomida Islandiya minimumi, Grenlandiya ustida esa antitsiklon hukmron. Barcha mavsumlarda bu yerga Atlantika okeanidan siklonlar keladi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo temperaturasi markaziy qismida —28° dan —30° gacha, Atlantika boʻyida —16° dan — 18° gacha. Shamol tezligi 8–10 m/sek., baʼzan 20–25 m/sek.gacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo temperaturasi —10° dan —12° gacha, gʻarbiy chekka qismida qisqa muddat 6—8° gacha koʻtariladi. Bulutli kun koʻp boʻladi. Yogʻin, asosan, qor shaklida yogʻadi.

SH.Shimoliy Muz okeani yuzasidagi oqim shamollar, Atlantika va Tinch okeanlari bilan suv almashinishi, daryo oqimlari taʼsirida yuzaga keladi. Bu omillar yuza oqimlarning gʻarbiy yoʻnalishda harakatlanishiga va Chukotka dengizidan boshlanib, okeanni kesib oʻtuvchi va Shpitsbergen bilan Grenlandiya oʻrtasidagi boʻgʻozga chiquvchi Transarktika oqimining shakllanishiga sabab boʻladi. Sh.Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan Shim. Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Xatanga, Lena, Indigirka, Kolima, Makenzi va boshqalar yirik daryolar yiliga 5000 km³chuchuk suv olib boradi. Shu sababli, okean yuzasidagi suvning shoʻrligi 32%o, materik sayozligidagi dengizlarda 25—29%o. Yuza suvlarning temperaturasi qishda 1°, yozda 0—5°. Sovuq va chuchuk suvlar yuza oqimlar taʼsirida Atlantika okeaniga oqadi. Uning oʻrniga Atlantika va Tinch okeanlarning iliq va shoʻr suvlari oqib keladi. Suv qalqishi har yarim sutkada takrorlanadi, balandligi markaziy qismida 0,5—0,6 m, gʻarbida 1 m gacha, Barens dengizida 6 m gacha yetadi.

SH.Shimoliy Muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri uning qishda 9/10 qismining muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar boʻladi. Okeanning markaziy qismida 3–4 m qalinlikdagi qoʻp yillik muz (pak) maydonlari uchraydi.

Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Sh.Shimoliy Muz okeani oʻsimlik va hayvonot dunyosi Arktika va Atlantika oblastiga mansub. Fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shim. Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli tuman (2000 dan ziyod turi bor). Baliqlardan seld, treska, dengiz olabugʻasi, piksha va boshqalar koʻp uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi.

Iqtisodiy geografik ocherki. Sh.Shimoliy Muz okeanining noqulay iqlim sharoiti uning iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Okeanning jahon xoʻjaligidagi rolining oshishi uning materikka yaqin yerlaridagi tabiiy resurslardan keng foydalanish bilan bogʻliq. Okean dengizlarida baliqning 150 turi va sut emizuvchilarning 17 turi yashaydi. Baliqlardan tashqari okeandan dengiz hayvonlari ham ovlanadi. Oq dengizdan suvoʻtlar olinadi. Foydali qazilma konlarini razvedka qilish va qazib olish ishlari olib borilmoqda. Kanada Arktika arxipelagida qoʻrgʻoshinrux va temir rudalari, Skandinaviya sohillarida xromit, nikel, temir va boshqalar rudalar, Grenlandiya sohillarida molibden rudalari olinadi. Suv ostidan neftgaz olish rivojlanmoqda. Shpitsbergen arxipelagida toshkoʻmir qazib olinadi. Sh.Shimoliy Muz okeanining transport ahamiyati oshib bormoqda. Okean dengizlari orqali 3 asosiy yoʻnalishda suv yoʻllari oʻtadi: Atlantika okeanidan Norvegiya dengiziga, Shim. dengiz yoʻli — Barens va Oq dengiz portlaridan Bering boʻgozigacha, Arktika boʻylab turli marshrutlar. Ular Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya gʻarbiy sohildari va AQShning shim.sharqiy sohillaridagi aholi punktlarini oʻzaro bogʻlaydi. Muhim portlari: Murmansk, Belomorsk, Arxangelsk, Kandalaksha, Dikson, Tiksi (Rossiya), Tromsyo, Tronxeym (Norvegiya), Cherchill (Kanada), Valdiz (AQSH).

SH.Shimoliy Muz okeani dastlab mustaqil okean sifatida 1650 yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va oʻsha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845 yilda uni London geogr. jamiyati Sh.Shimoliy Muz okeani deb atadi. Tadqiq qilinish tarixini Arktika maqolasidan qarang .

Shimoliy muz okeani - Yer yuzidagi okeanlar orasida eng kichigi. U avvallari Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi deb ham yuritilgan. Okean Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qirg‘oqlari oralig‘ida joylashgan. Ushbu ummon bo'g'ozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. U Dunyo okeanining 2,8 foizini tashkil etadi. Maydoni — 14,75 million kvadrat kilometr. Suv hajmi — 17 million kub kilometr. O‘rtacha chuqurligi — 1220 metr. Eng chuqur joyi — 5527 metr (Grenlandiya dengizining shimoli-sharqiy qismi) Shimoliy muz okeani orollar soni bo‘yicha Tinch okeanidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglari: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, Franss-Iosif Yeri, Yangi Yer, Shimoliy Yer, Novosibirsk, Vrangel. Ushbu okean mustaqil ummon sifatida 1650-yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o'sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845-yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi.

Termiz Arxeologik Muzeyi

Termiz arxeologiya muzeyida Termiz viloyatida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar saqlanadi. Viloyat Arxeologiya muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12 yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida" gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi "Muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida" gi 98-sonli va 1999 yil 27 dekabrdagi "Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida" gi 545-sonli qarorlari asosida tashkil etildi.

Arxeologiya muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 oktyabrdagi 08-10-168 sonli majlis bayonnomasiga muvofiq Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi va Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 10-231 sonli buyrugʻiga asosan vazirlik tizimiga kiritildi (endilikda Madaniyat va sport ishlari Vazirligi).

Arxeologiya muzeyining tematik-ekspozitsion rejasi 2001-yil 14 fevraldagi "Oʻzbekmuzey" jamgʻarmasining arxeolog olimlar ishtirokidagi kengaytirilgan majlisida tasdiqlanib, Madaniyat ishlari vazirligining muzey ishlari boshqarmasi tomonidan qayta tahrir oʻtkazilib, Madaniyat ishlari vazirligiga taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 231-sonli Buyrugʻiga asosan "Arxeologiya" muzeyining fondini yangi eksponatlar bilan boyitish ustida talay ishlar qilindi.

Arxeologiya muzeyining binosi "Oʻzqishloqloyiha" institutining ilmiy xodimlari tomonidan 100 ming eksponatlarni oʻz zahiralarida saqlash imkoniyatiga ega bino sifatida loyihalashtirilgan.

Muzeyning kadrlar boʻlimi uz faoliyatini 2001 yil boshlagan boʻlib, hozirgi kunda muzeyda 65 kishidan iborat shtatlar jadvaliga muvofiq 54 kishi ishlab kelmoqda.

Muzey direktori - tarix fanlari nomzodi, dotsent, "Do'stlik" ordeni sohibi Ismoil Botirovich Temirov

MUZEYNING ILMIY BO'LIMLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR.

Arxеologiya muzеyining ilmiy yoʻnalishi tanlangan.

2005 yilgacha uzoqqa moʻljallangan kontsеptsiya ishlab chiqilgan.

Mualluf Maqola nomi Nashr nomi, soni, qachon

I.Botirov

«Buyuk ipak yoʻli». A.Tеmur muzеyi ilmiy toʻplami. Toshkеnt FA nashriyoti, 2003.

Tеrmizda buddizm. Buddism in Termez. Pokiston, Laxor, Arxеologiya dеpartamеnti, 2003.

«Buyuk ipak yoʻli». TеrDU ilmiy toʻplami. Termiz, 2002.

T.Annaеv Основные этапы развития Байсуна. В сб. "Бойсун бахори" Ташкент, 2003.

Этнография и топонимы Байсуна. Там же.

Surxon vohasi jahon madaniyati chorrahasida. 2004.

Sopolli madaniyatining pеktografik bеlgi-yozuvlari Toshkent, 2003.

Sh.Shaydullaеv Jarqoʻton. 2002.

Unterchungen zur fruher Eisenzeit in Nordbaktrien. 2003.

Sh.Rahmonov "Железная ворота" 2003.

Z.Xoliqov, H.Dеdjimuratov Tеrmiz va Chagʻaniyonning oʻrta asrlardagi tarixiy gеografiyasi 2004.Ilmiy xodimlar tomonidan yozilgan ilmiy yoʻnalishdagi maqolalar jurnal va roʻznomalarda chop qilib borilmoqda. Jumladan, 2004 yil mobaynida I.Botirov tomonidan yozilgan «Qadimgi Tеrmizda budda ta'limoti» maqolasi "Surxon tongi" roʻznomasida, «Fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari» maqolasi "Tеrmiz oqshomi" roʻznomasida, I.Botirov va ilmiy xodim J.Jumaqulovlar tomonidan «Kim valiy boʻla oladi?» maqolasi "Tеrmiz oqshomi" roʻznomasida, «Abulhasan Hujviriy (Julobiy)» maqolasi "Surxon tongi" roʻznomasida, "Xonliklar davri" boʻlimi katta ilmiy xodimi Z.Xoliqov va ilmiy xodim H.Dеdjimuratovlar tomonidan «Tеrmiz va Chagʻoniyonning oʻrta asrlarda tarixiy gеografiyasi» maqolasi «Moziydan Sado» jurnalida, «Tеrmiz yirik hunarmanchilik shahri», «Arxеtikturada islom madaniyatining aks etishi» maqolasi Tеrmiz Davlat Univеrsitеti profеssor-oʻqituvchilarning 2004 yil fеvral oyidagi ilmiy toʻplamida,

«Mustaqillikning 13 yilligi, ma'naviyat va ma'rifat», R.Boltaеva tomonidan yozilgan «Yaponiya oliy ta'lim tizimi», «JICA koʻmagi bilan» maqolalari, ilmiy xodim J.Jumaqulov tomonidan «Misgarlik san'ati» maqolasi "Surxon tongi" roʻznomasida chop etildi. Bundan tashqari, I.T.Botirov, T.Annaеv tomonidan 2002 yilda oʻzbеk tilida «Sharq» nashriyotida chop qilingan «Surxondaryo viloyati Arxеologiya muzеyi» dеb nomlangan risola Germaniyaning Konrad Adеnaur fondining Toshkеntdagi vakolatxonasi homiyligida nеmis tilida chop qilindi.

Ilmiy xodimlarning tarixiy davrlar boʻyicha tayyorlagan buklеtlarning baʻzilarini koʻrsatib oʻtamiz:

Annaеv T. "Surxon vohasi jahon madaniyat chorrahasida".

Gʻulomov O.,

Xudoybеrdiеva N. "Surxon vohasi Tosh davri yodgorliklari" II qismli).

"Surxon vohasida Bronza davri madaniyati" II qismli).

Tеmirova D. "Ellinizm madaniyatining Arxеologiya muzеyi zallarida koʻrinishi",

«Yunon Baqtriya podsholigi"

Annaеv R "Shimoliy Toxariston dеvoriy suratlari", "Ilk oʻrta asrlarda Bojxona inshootlari".

Dеdjimurodov H. "Tеrmiz va Chagʻoniyonning oʻrta asrlarda tarixiy gеografiyasi", "Tеrmiz

yirik xunarmanchilik shahri IX-XI asr", "Arxеtikturada islom madaniyatining ask etishi", "Mis kosadagi bitiklar", "Buxoro

xonligi", "Xiva xonligi", "Qoʻqon xonligi".

Choriеv. M.

Boltaеv F. "Mis shokasadagi bitiklar", "Qadimda pul muomalasi"

Jumaqulov J. "Abulhasan Hujviriy va uning Kashf ul-Mahjub asari haqida", "Muzеy qanday joy, u qachon paydo boʻlgan?», Abu al-Hasan Hujviriyning "Kashf ul-Mahjub" asarining

"Tasavvuf haqida", "Turli mamlakatlardagi oxirgi sufiylar", "Hakimiya tariqati", "Valiylik va karomat haqida" boblari boʻyicha bukletlar.

Oʻzbеkiston-Chеxiya xalqaro ekspеditsiya boshligʻi sifatida "Tosh va bronza davri" boʻlimi katta ilmiy xodimi Sh.Shaydullaеv Shеrobod tumanida joylashgan kushonlar davriga oid Jondavlattеpa yodgorligida

qazishma ishlarini olib bordi (2004, sеntyabr-oktyabr). Natijada, yodgorlikning ark qismida "Saroy" oʻrni ochildi. U kvadrat shaklda boʻlib, 29x29 m, hozirgacha saroyning mudofaa dеvorlari ochildi. Yodgorlikning shahriston qismida shahar darvozasi ochildi. U burjlar (mudofaa istеhkomlari) bilan mudofaa qilingan. Baqtriya arxеologiyasida antik davr uchun bu birinchi marta uchraydi, shu vaqtgacha antik davr shaharlari darvozasi oʻrnatilmagan edi.

Yangi Shvabiya

Yangi Shvabiya (nem. Neu-Schwabenland yoki Neuschwabenland) — Antarktida hududidagi 20° sharqiy uzunlik va 10° gʻarbiy uzunlik orasida joylashgan, 1939-yil 19-yanvardan, 1945-yil 8-mayga qadar Germaniya daʼvogarlik qilgan hudud.

Yangi Shvabiya hududi Qirolicha Mod Yerida joylashgan. Ushbu hududga 1938-yildan to shu kunlarga qadar Norvegiya ham daʼvogarlik qiladi.

„Yangi Shvabiya“ (Uchinchi Nemis) ekspeditsiyasi 1938-yil 17-dekabridan 1939-yil fevraliga qadar Alfred Risher rahbarligida olib borilgan. Ekspeditsiyaning maqsadi Antarktidadagi nemis kit ovlovchi stansiyalarini himoya qilish boʻlgan. Lyuftvaffe uchuvchilari qariyb 600 ming kvadrat kilometr masofani (bu hozirgi Germaniya hududiga deyarli ikkita keladigan masofa) uchib oʻtib, har 25-30 kilometr masofada vimpellar tashlab oʻtishgan. 350 ming kvadrat kilometr masofa suratga olingan, 11 mingdan ortiq fotosuratlar tayyorlangan.

Yangi Shvabiya va Gamburg oʻrtasida „Shvabiya“ qidiruv kemasi orqali doimiy aloqa boʻlib turgan.

Yangiqoʻrgʻon tumani

Yangiqoʻrgʻon tumani — Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabr da tashkil etilgan. Gʻarbdan Kosonsoy, janubidan Namangan va Uychi tumanlari, shimoliy gʻarb, shimoliy va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi, Chortoq tumani bilan chegaradosh. Maydon 0,54 ming km². Aholisi 166,7 ming kishidan ziyod (2005). Tumanda 1 shaharcha (Yangiqoʻrgʻon), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Bekobod, Birlashgan, Zarbdor, Zarkent, Istiqlol, Navkent, Navroʻzobod, Nanay, Paromon, Sharq Yulduzi, Qorapolvon) bor. Markazi — Yangiqoʻrgʻon shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi Chatqol tizmasining janubiy etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan iborat. Balandligi janubiy dan shimoliga 300 m dan, oʻrta qismida 1500 m gacha, shimolida 1500 – 2000 m. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan qurilish materiallaridan shagʻal, ohaktosh, gil tuproqlar bor. Iqlimi kontinental: yozi issiq va quruq, qishi sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvar da — 1° dan —4" gacha, iyulda 25° — 26". Eng past temperatura qishda —29°, eng yuqori temperatura yozda 40°. Yillik yogʻin 300 – 400 mm. Vegetatsiya davri 175 kun. Togʻlardan kattakichik soylar oqib tushadi. Ularning baʼzilari yozda qurib qoladi. Eng yirik soylari: Chortoqsoy, Namangansoy (yuqori qismda Pochchaotasoy), Quruqsoy (Changach). Soylardan bahorda baʼzan kuchli sel keladi va xoʻjaliklarga katta zarar yetkazadi. Ayrim joylarda selxonalar qurilgan. Soylar suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi, asosan, tipik boʻz tuproq, eng shimoliy chekkasida qisman toʻq tusli boʻz tuproq. Shimoliy sharqiy qismida qumlichaqir yerlar bor. Yangiqoʻrgʻon tumani ga yaroqli yerlar oʻzlashtirilgan. Tabiiy oʻsimliklar, asosan, adirlarda saqlangan. Efemer oʻtlar va butalar oʻsadi. Adir oʻsimliklarini oʻrganish va ularni boyitish boʻyicha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutining tajriba uchastkasi faoliyat koʻrsatadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, ular va boshqalar yashaydi. Suvlarida har xil baliqlar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qirgʻiz, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 309 kishi. Shahar aholisi 16,1 ming kishi, qishloq aholisi 150,6 ming kishiga yaqin.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligi ga ixtisoslashgan. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, gʻisht, vino zavodlari, tiquvtrikotaj fabrikasi, atlas toʻqish sexlari, qurilish tashkilotlari, MTP, avtokorxona, non kombinati, dehqon bozori, savdo, madanits va maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari bor. 300 ga yaqin yirik, oʻrta biznes, kichik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 3 qoʻshma korxona mavjud.

Q. xning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Sabzavotchilik, gʻallakorlik va chorvachilik, meva yetishtirish ham rivojlangan. 628 fermer, 12 shirkat xoʻjaligi ishlab turibdi. Ekin maydonlariga paxta, bugʻdoy, makkajoʻxori, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari ekiladi. Mevazor va tokzorlar bor. 60 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sport maktablari, 2 litseyinternat, kasb-hunar kollejlari mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi, 17 klub muassasalari, madaniyat uylari, sport majmuasi ishlab turibdi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona, 2 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq vrachlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan respublika ahamiyatidagi Chortoq — Nanay avtomobil trakti oʻtgan.

Sobiq Sovet Ittifoqi davrida tuman nafaqat agrar sohalarda balkim sanoat sohasida ham qator ijobiy natijalarga aylanganligi tufayli viloyatning industrial-agrar markazlaridan biri hisoblanadi.

Yer

Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Ye.da hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Ye.ni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Ye.dagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (qarang Yerdan tashkaridagi sivilizatsiyalar).

Hoz. zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Ye. Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 mlrd. yil muqaddam paydo boʻlgan. Ye. tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Ye.ning ichki qismi asta-sekin qizib, Ye. moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Ye.ning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Ye. ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Ye. ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Ye. ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.

Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.

E. yuzasining katta qismini Dunyo okeani egallaydi (361,1 mln. km2 yoki 70,8 %), quruqlik 149,1 mln. km2 (29,2 %)ni tashkil etadi (quruqlik olti katta materik va koʻpdan-koʻp orollardan iborat). Yevrosiyo materigi ikki qitʼaga: Yevropa va Ocueʼra boʻlinadi, Shim. va Jan. Amerika materiklari esa bir qitʼa hisoblanadi, baʼzan Tinch okean orollari Okeaniya deb ataladi va odatda uning maydoni Avstraliya bilan qoʻshib qisoblanadi.

Materiklar Dunyo okeanini Tinch, Atlantika, Hind va Shim. Muz okeanlariga ajratib yuborgan, baʼzi tadqiqotchilar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining Antarktida yonidagi qismlarini Jan. okean deb alohida ajratadilar.

E.ning Shim. yarim shari, asosan, qitʼalardan (quruqlik 39 %), Jan. yarim shari — okeanlardan (quruqlik atigi 19 %) iborat. Gʻarbiy yarim sharning koʻp qismi suv, Sharqiy yarim sharning koʻp qismi esa quruqlikdir.

E.ning eng baland nuqtasi bilan eng past nuqtasi orasidagi farq qariyb 20 km ga yetadi, dunyodagi eng baland Jomolungma (Everest) choʻqqisi (Hi-molay togʻlarida) 8848 m boʻlsa, eng chuqur Mariana suv osti botigʻi (Tinch okeanda) 11022 m dir.

E. gravitatsion (tortish), issiklik, magnit va elektr maydonlariga ega. Ye.ning gravitatsion kuchi Oy va sunʼiy yoʻldoshlarni Ye. orbitasida tutib turadi. Ye.ning sferik (dumaloq) shaklda boʻlishi, Ye. usti relyefining koʻp xususiyatlari, daryolar oqimi, muzliklar siljishi va b. jarayonlar ham gravitatsion maydon oqibatidir.

Magnit maydoni Ye. yadrosi va mantiyadagi turli jarayonlardan kelib chiqadi (qarang Yer magnetizmi). Ye.ning elektr maydoni ham magnit maydoni bilan chambarchas bogʻliq (qarang Atmosfera elektri). Atmosfera va magnitosferada birlamchi kosmik omillar katta oʻzgarishga uchraydi. Kosmik nurlar, quyosh shamoli, quyoshning rentgen, ultrabinafsha, optik va radio nurlari yutiladi va b. oʻzgarishlarga uchraydi, bu esa Ye. yuzasidagi jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Magnitosfera, xususan, atmosfera elektromagnit va korpuskulyar radiatsiyaning koʻp qismini tutib qolib, tirik organizmlarni uning halokatli taʼsiridan saqlaydi.

E. Quyoshdan 1,7-1017 J/s miqdorida nur energiyasi oladi, lekin uning atigi 50 % Ye. yuzasigacha yetib keladi va Ye. yuzasidagi koʻp jarayonlarning energiya manbai bulib xizmat qiladi.

E. yuzasi, gidrosfera, shuningdek, atmosfera va Ye. poʻstining yer yuzasiga yaqin qatlamlari geografik qobiq yoki landshaft qobigʻi degan umumiy nom bilan ataladi. Hayot geografik qobiqqa paydo bulgan. Tirik modda ayni paytda geologik kuch ham boʻlib, geografik qobiqni tubdan oʻzgartirib yuborgan. Ye.ning hayot va bio-gen mahsulotlar tarqalgan sohasi biosfera deb ataladigan boʻldi.

E., uning shakli, tuzilishi va Koinotda tutgan oʻrni toʻgʻrisidagi hoz. bilimlar uzoq davrlar davomidagi izlanishlar jarayonida tarkib topdi. Qadimda (mil. av. 7-asr, Fales) Ye.ni — suv bilan oʻralgan yassi jism deb, keyinroq (mil. av. 6-asr, Anaksimandr) silindrik shaklda deb va, nihoyat, mil. av. 6-asr 2-yarmida (Pifagor) shar shaklida deb tasavvur qiddilar. Mil. av. 4-asr da Aristotel Oyning Ye. soyasiga kirish (Oy tutilishi) hodisasini oʻrganib, Ye.ning shar shakldaligini birinchi boʻlib isbot qildi. Ye.ning diametrini mil. av. 3-asr da aleksandriyalik Eratosfen yetarlicha katta aniqlikda oʻlchadi. 9-asr da Xorazmiy va Ahmad al-Fargʻoniy Ye. meridiani yoyini oʻlchash asosida Ye. diametrini yanada aniqroq oʻlchashga erishdilar. Ye. radiusi uzunligini va G uzunlikni qiyalik burchagining pasayishi yordamida oddiy usulda oʻlchagan olim Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi.

Uzoq yillar Ye. — Koinot markazi deb qaraldi. Faqat 16-asrga kelib, sayyoralarning yulduzlar fonidagi sirt-moqsimon harakatlarini tushuntirish asosida polyak astronomi N. Kopernik Ye. Quyosh atrofida aylanuvchi oddiy sayyoralardan biri ekanligini isbot qildi.

17-asr boshlarida nemis astronomi I. Kepler tomonidan sayyoralar qarakati qonuni kashf etilib, 1687 y. da I. Nyuton tomonidan Butun olam tortishish konuni isbot qilinganidan soʻng geliotsentrik sistema nazariyasi uzil-kesil karor topdi. „Qattiq“ Ye. tuzilishi, asosan, 20-asr da seysmologiya yutuklari tufayli aniqlandi.

Elementlarning radioaktiv parchalanishi hodisasi kashf etilgach, koʻpgina fundamental konsepsiyalarni qayta koʻrib chiqishga toʻgʻri keldi. Jumladan, Ye. eng avval suyuq olov edi, degan tushuncha oʻrniga Ye. qattiq sovuq zarralardan vujudga kelgan degan nazariya paydo boʻldi (qarang Shmidt gipotezasi). Togʻ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashning radioaktiv metodlari ishlab chiqildi. Bu esa Ye. tarixi qancha davom etganini, yer yuzasi va bagʻridagi jarayonlarning tezligini aniqlashga imkon berdi.

20-asr 2-yarmida raketa va sunʼiy yoʻldoshlardan foydalanib, atmosferaning yuqori qatlamlari va magnitosfera haqida tasavvurlar shakllandi.

E.ning massasi 5976–6021 kg, bu esa Quyosh massasining 1/330000 qismiga teng . Quyoshning tortish kuchi taʼsirida Ye. Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar kabi, Quyosh atrofida doiradan juda oz farq qiladigan elliptik orbita boʻylab aylanadi. Quyosh Ye.ning elliptik orbitasi fokuslaridan birida turadi. Shuning uchun ham Ye. bilan Quyosh orasidagi masofa yil davomida 147,117 mln. km dan (perigeliylya) 152,083 mln. km gacha (afeliyaa) oʻzgarib turadi. Ye. orbitasining 149,6 mln. km ga teng katta yarim oʻqi Quyosh sistemasi doirasida masofalarni oʻlchashda birlik deb qabul qilinadi (qarang Astronomik birlik). Ye.ning orbita boʻylab qiladigan harakat tezligi, oʻrta hisobda, 29,765 km/s boʻlib, 30,27 km/s dan (perigeliyda) 29,27 km/s gacha (afeliyda) oʻzgarib turadi. Ye. Quyosh bilan birga Galaktika markazi atrofida ham aylanadi, galaktik aylanish davri 200 mln. yilga yaqin vaqtga teng, harakatning oʻrtacha tezligi 250 km/s. Eng yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh Ye. bilan bir-galikda Gerkules yulduzlar turkumiga tomon ~ 19,5 km/s tezlikda harakat qiladi.

E.ning Quyosh atrofida aylanish davri yil deb ataladi va Ye. harakati osmon jismlarining qaysi biriga va osmon gumbazining qaysi nuqtasiga nisbatan olinishiga qarab yil har xil ataladi. Quyosh markazining bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikki marta ket-ma-ket oʻtishi uchun ketgan vaklta tropik yil deb ataladi. Tropik yil Quyosh taqvimlari uchun asos qilib olingan va u 365,2422 oʻrtacha quyosh sutkasiga teng (qarang Taqvim).

Boshqa sayyoralarning tortishi taʼsirida ekliptika tekisligining holati va Ye. orbitasining shakli mln. yillar mobaynida sekin oʻzgaradi. Bunda ekliptikaning Laplas tekisligita ogʻishganligi 0° dan 2,9° gacha, Ye. orbitasi ekssentrisiteti esa 0 dan 0,067 gacha oʻzgaradi. Hoz. ekssentrisitet 0,0167 ga teng bulib, yiliga 4-10~7 dan kamaya boradi. Olam Shim. Qutbidan turib Ye. shariga qaralsa, Ye.ning orbita buylab soat miliga teskari yunalishda aylanayotganini koʻrish mumkin boʻlar edi. Gravitatsiya, Ye.ning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida yuzaga keladigan markazdan qochma kuch, shuningdek, relyef hosil qiluvchi ichki va tashqi kuchlar taʼsirida Ye. murakkab shaklga kirgan. Gravitatsion potensialning sath yuzasi (yaʼni hamma nuqtalarda shoqul yoʻnalishiga perpendikulyar (tik) boʻlgan va okean sathiga toʻgʻri keladigan yuza) taqriban Ye. shakli deb qabul qilingan (bunda okeanlarda toʻlqin, suv koʻtarilishi, oqim va atmosfera bosimi taʼsirida suv sathining oʻzgarib turishi eʼtiborga olinmaydi). Bu geoid shakl deb ataladi. Ana shu yuza bilan chegaralangan qajm Ye. qajmi deb h.isoblanadi (qitʼalarning dengiz sathidan yuqori joylashgan qismlari hajmi bunga kirmaydi). Geodeziya, haritagrafiya va b. da bir qancha ilmiy va amaliy masalalarni hal qilish uchun Ye. shaklining ellipsoid yuzasini Ye. shakli deb qabul qilinadi. Ye. ellipsoidi parametrlarini, Ye.dagi holatini, shuningdek, Yerning gravitatsion maydonini bilish, sunʼiy kosmik jismlarning harakat qonunlarini oʻrganadigan astrodinamikada katta ahamiyatga ega (qarang Geodeziya, Gravimetriya).

E. shar shaklida deb hisoblansa, ekvatordagi har bir nuqta 462 m/s, sr kenglikdagi nuqtalar esa 463 cos f (m/s) tezlik bilan harakatlanadi. Aylanish chizikli tezligining, binobarin markazdan qochma kuchning kenglikka bogʻliqligi turli kengliklarda ogʻirlik kuchi tezlanishining turlicha boʻlishiga olib keladi.

E.ning aylanish oʻqi ekliptika tekisligiga tushirilgan perpendikulyardan 23°26,5’ ogʻishgandir (20-asr urtalarida); hozir bu burchak yiliga 0,47" dan kichrayib bormoqda. Ye. Quyosh atrofida orbita boʻylab harakat qilganda aylanish oʻqi fazoda doimiy yoʻnalishini deyarli sakdaydi. Bu esa pil fasllarini hosil qiladi. Ye.ning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida kun va tun hosil boʻladi. Ye.ning oʻz oʻqi atrofida bir marta aylanish davri sutka deyiladi. Oy, Quyosh va b. sayyoralarning gravitatsion taʼsirida Ye. oʻqi qiyaligi va orbitasi ekssentrisitetining uzok, davom etadigan davriy oʻzgarishlari yuzaga keladi, bu esa, oʻz navbatida, iklimning koʻp asrlar davomida qisman oʻzgarib borishiga sabab buladi.

Oy va Quyoshning tortishi taʼsirida Ye.ning aylanish davri muntazam ravishda ortib bormoqda. Oyning tortishi atmosfera, suv qobigʻi va „qattiq“ Ye.da ham deformatsiyalanishni yuzaga keltiradi. Oy tortishi natijasida Ye. poʻstidagi koʻtarilish-pasayish amplitudasi 43 sm ga, ochiq okeanda koʻpi bilan 2 m ga yetadi; atmosferada esa bosim bir necha yuz N/m2 (bir necha mm sim. ust.)gacha oʻzgaradi. Koʻtarilish-pasayish harakatida roʻy beradigan ishqalanish taʼsirida Ye.-Oy sistemasi energiya yoʻqotadi va harakat miqdori momenti Ye.dan Oyga oʻtadi. Oqibatda Ye.ning aylanishi sekinlashadi, Oy esa Ye.dan uzokdashadi. Ye.ning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bir asrda oʻrtacha bir necha m/s ga ortib bormoqda (500 mln. yil oldin sutka 20,8 soat boʻlgan). Ye.ning aylanish tezligi havo massalari va namlikning mavsumiy almashinib turishi natijasida ham yil davomida oʻzgarib turadi. Ye. qutblari botiq (ekvator atrofi massasi kattaroq) bulganligi va Oy orbitasi Ye. ekvatori tekisligida yotmaganligidan Oyning tortishi pretsessiyami vujudga keltiradi, yaʼni Ye. oʻqi fazoda ekliptika oʻqi atrofida sekin burilib boradi va 26 ming yil deganda bir marta toʻliq konus sirt chizadi. Bu harakatga oʻq yoʻnalishining davriy tebranishlari — nutatsiya ham qushilib ketadi (asosiy davri 18,6 yil). Aylanish uqining Ye. tanasiga nisbatan holati davriy ravishda ham (bunda qutblar urtacha holatdan 10–15 m ogadi), asrlar davomida ham oʻzgarib turadi, Shim. qutbning Urtacha holati Shim. Amerika tomonga yiliga −11 sm dan surilib boradi (k,. Geografik qutblar).

Yerning tuzilishi. Magnitosfera. Yerning eng tashqi va eng kalin poʻsti Ye.ga eng yaqin fazo — magnitosfera, uning fizik xossalari Ye. magnit maydoniga va bu maydonning kosmik zarralar oqimi bilan oʻzaro taʼsirlashuviga bogʻliq. Kosmik zondlar va Yer sunʼiy yoʻldoshlari yordamida olib borilgan tekshirishlar Ye. doimo Quyoshdan keladigan korpuskulyar zarrachalar oqimi (quyosh shamoli)da turishini koʻrsatadi. Ye. orbitasi yaqinida bu zarralar oqimining tezligi 300 dan 800 km/s gacha yetadi. Quyosh plazmasida kuchlanganligi oʻrtacha 4,8-10~3 a/m (6- 10~5)ga teng magnit maydoni mavjud.

Quyosh plazmasi oqimi Ye. magnit maydoni bilan tuqnashganda zarba toʻlqini paydo boʻladi, uning Ye. markazidan uzokligi 13—14 Re ga teng (Rffi — Yer radiusi), shu toʻlqindan keyin 20 ming km qalinliqdagi qatlam (oraliq soha) keladi. Quyosh plazmasidagi magnit maydonida zarralar tartibsiz harakatlanadi. Bu maydonda plazma t-rasi 200 ming darajadan 10 mln. darajagacha koʻtariladi.

Magnitosferaga quyosh shamoli oraliq soha orqali utadi. Oraliq soha bilan magnitosfera chegarasi — magnitopauza quyosh shamolining dinamik bosimi Ye. magnit maydoni bosimi muvozanatlab turadigan joydan utadi. U Ye. markazidan 10—12 Rffi (70—80 ming km), qalinligi 100 km; magnitopauza atrofida magnit maydoni kuchlanganligi 8-10 2 a/m (10~3). Quyosh faolligi paydo boʻlishi natijasida magnitosfera oʻzgaradi. Quyosh faolligi tufayli quyosh shamoli va uning magnit maydonida sezilarli oʻzgarish yuz beradi, yaʼni magnit boʻroni paydo boʻladi. Magnit boʻroni tufayli atmosferaning yuqori qatlami qiziydi, zarralar ionlanishi ortadi, tezlashadi, qutb yogʻdusining yorqinligi kuchayadi, elektromagnit shovqinlari hosil boʻladi, qisqa toʻlqinli radioaloqa buziladi va h. k. Geomagnit maydon Ye.ning radiatsiya mintaqasini hosil qiladi, bu esa kosmik kemalarning uchishi uchun xavflidir.

Atmosfera. Atmosfera yoki Ye.ning havo qobigʻi deganda „qattiq“ Ye.ni oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan gaz muhiti tushuniladi. Atmosferaning massasi, zichligi, qatlami tuzilishi, atmosferadagi dissotsilanish, ionlanish va b. haqida atmosfera maqolasida yoritilgan.

E.ning geografik poʻstida yuz beradigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar uchun asosiy energiya manbai, yaʼni Quyoshdan tarqaladigan elektromagnit nurlar Ye. sirtiga atmosfera orqali oʻtadi. Atmosfera rentgen va gamma-nurlar (qisqa toʻlqinli nurlar) ni yutib, biosferani zararli taʼsirlardan saqlaydi. Atmosferada karbonat angidrid va suv bugʻlari boʻlgani uchun Quyosh nurlanishi energiyasining 48 % Ye. sirtiga yetib keladi. Atmosferada bugʻ, tomchi va muz kristallari koʻrinishida (1,3—1,5)1016 kg suv bor. Atmosfera boʻlmaganda Ye. sirtining yillik oʻrtacha t-rasi — 23° boʻlar edi (aslida bu temperatura 14,8° ga teng).

Atmosfera kosmik nurlarning maʼlum qismini ham ushlab qolib, Ye.ni meteoritlar zarbasidan saqlaydi. Quruqlik va dengiz ustida, turli balandlik va turli kengliklarda atmosfera turlicha qizigani uchun atmosfera bosimi ham turlicha taqsimlanadi. Shu sababli umumiy atmosfera sirkulyasiyasi vujudga keladi. Suvning aylanib yurishi, yogʻin-sochin va ularning oqishi atmosfera sirkulyasiyasi bilan bogʻliq. Issiqlik almashinuvi, suvning aylanib yurishi va atmosfera sirkulyasiyasi iqlimni vujudga keltiradigan asosiy omillardir. Quruklik sirtida va suv havzalarining yuqori qatlamlarida yuz beradigan turli jarayonlarda atmosfera muhim rol oʻynaydi. Ye.da hayotning rivojlanishida atmosferaning oʻrni beqiyos.

Gidrosfera. Suv qobigʻi Ye. shari yuzasini sidirgʻasiga qoplagan emas. Gidrosfera umumiy hajmining qariyb 94 % okean va dengizlardir; 4 % yer osti suvlariga, 2 % muz va qorlarga (asosan, Arktika, Antarktika va Grenlandiyada), 0,4 % kuruklikdagi suvlarga (daryolar, koʻllar, botqoqliklarga) toʻgʻri keladi. Atmosfera va organizmlarda ham suv bor. Ye. yuzasiga bir yilda yogʻadigan yogʻin miqdori quruklik va okeanlar yuzasidan bugʻlanadigan suv miqdoriga teng (qarang Gidrosfera).

„Qattiq“ Yer. „Kattiq“ Ye.ning tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari haqida, asosan, taxminan maʼlumotlargina mavjud, chunki Ye. poʻstining faqat eng ustki qisminigina bevosita kuzatish imkoniyati bor. Ye. qaʼrining eng chuqur qatlamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar esa turli xil bilvosita (asosan, seysmologiya, gravimetriya, geotermiya, magnitometriya, geofizika, Ye. tebranishi chastotasini oʻlchash va b.) tadqiqot usullari bilan olingan. Bulardan eng ishonchlisi — zilzila toʻlqinlarining Ye.da tarqalish yoʻllari va tezligini oʻrganishga asoslangan seysmik usuldir. Bu tadqiqotlar asosida Ye. 3 geosfera: Ye. poʻsti, mantiya va yadrodan tuzilganligi isbotlandi.

„Qattiq“ Ye.ning ustki qismi — Yer poʻsti tarkibi nihoyatda xilma-xil va eng murakkab sferadir. Olimlarning fikriga koʻra, Ye. poʻstining qalinligi quruqlikda 20–80 km, okeanlar tubida 5–10 km. Oʻrta Osiyoda Ye. poʻstining qalinligi tekisliklarda 35 km, togʻlik joylarda 50–80 km. Ye. poʻsti bir necha tipga boʻlinadi; ulardan koʻp tarqalganlari materik va okean osti Yer poʻstidir. Materik Ye. poʻsti 3 qatlamdan iborat: ustki — chukindi qatlam (10 km dan 20 km gacha), oʻrta — shartli ravishda „granit“ qatlam deb ataladigan qatlam (10 km dan 40 km gacha) va quyi — „bazalt“ qatlami (10 km dan 80 km gacha).

Okeanlarda choʻkindi qatlamning qalinligi aksari bir necha yuz m ni tashkil etadi. „Granit“ qatlami juda yupqa yoki butunlay bulmaydi. Uning urnida qalinligi 1—2,5 km cha bulgan va tabiati aniqlanmagan „ikkinchi“ qatlam uchraydi. „Bazalt“ qatlamining qalinligi 5 km chamasida. Ye. poʻstining asosiy tiplaridan tashqari yana „oraliq“ tuzilishiga ega bir necha tiplari uchraydi. Subkontinental (baʼzi bir arxipelaglar tagida) va subʼokean tiplari (qitʼa ichkarisida va chekka dengizlarning chuqur suvli botiqlarida) shular jumlasidandir. Subkontinental poʻstda „granit“ va „bazalt“ qatlamlari bir-biridan unchalik aniq ajralmagan va umumlashtirilib granit-bazalt qatlami deb yuritiladi. Subʼokean poʻsti okean osti Ye. poʻstiga yaqin, ammo undan umumiy qalinligi, shu jumladan chukindi qatlamining qalinligi bilan farq qiladi. Ye. poʻsti 95 % otqindi, 5 % chukindi va metamorfik jinslardan tuzilgan. Aksariyat foydali qazilma konlar Ye. poʻstila joylashgan. Ye. poʻstining ostida Ye.ning mantiya qobigʻi boshlanadi. Mantiyadan Ye. poʻsti Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan.

Mantiya 3 qatlamdan iborat bulib, 2900 km chuqurlikkacha choʻzilib, usha yerda Ye.ning yadrosi bilan chegaralanadi. Ikki qatlami yu qori mantiya (kalinligi 850–900 km)ni va 3-qatlam quyi mantiya (qalinligi 2000 km cha)ni tashkil etadi. 1-qatlamning bevosita Ye. poʻsti tagidagi ustki qismi substrat deyiladi. Ye. poʻsti substrat bilan birgalikda litosferami hosil qiladi. Yuqori mantiyaning quyi qismi uning xossalarini kashf etgan seysmolog nomi bilan Gutenberg kotlami (astenosfera) deb ataladi. Gutenberg qatlamida seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi undan yuqori va quyidagi qatlamlardagidan kichikroq. Astenosfera quyi mantiyadan Golitsin qatlami bilan ajralgan. Golitsin qatlamida seysmik toʻlqinlarning tezligi quyiga tomon orta boradi (boʻylama toʻlqinlar 8—11,3 km/sek, koʻndalang toʻlqinlar 4,9—6,3 km/sek ga yetadi) (qarang Yer mantiyasi). Hoz. zamo-naviy tasavvurlarga kura mantiyaning tarkibi tosh meteoritiga yaqin. Man-tiyada kislorod, kremniy, magniy, temir koʻp.

Yer yadrosi (urtacha radiusi 3,5 ming km cha) tashqi yadro hamda 1,3 ming km radiusli ichki yoki subʼyadroga bulinadi. Subʼyadroda seysmik toʻlqinlar deyarli bir xil tezlikda tarqaladi. Ularni bir-biridan kalinligi 300 km ga yaqin oraliq zona ajratib turadi.

„Qattiq“ Yerning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi. Ye. ichiga chuqur kirgan sari zichlik, bosim, ogʻirlik kuchi, moddaning elastikligi, qayishqoqligi va temperatura oʻzgarib boradi. Ye. Poʻstining oʻrtacha zichligi 2,8, choʻkindi qatlamniki 2,4—2,5, „granit“ qatlamniki 2,7, „bazalt“ qatlamniki 2,9 t/m3. Ye. poʻsti bilan mantiya chegarasida (Moxorovichich yuzasida) zichlik 2,9—3,0 dan 3,1—3,5 t/m3 gacha yetadi. Shundan soʻng zichlik asta-sekin orta boradi va yadroda birdaniga 10,0 t/m3 ga yetadi, keyin yana asta-sekin orta borib, Yer markazida 12,5 t/m3 ga teng boʻladi.

E. poʻsti va yuqori mantiyada temperatura chuqurlikka tomon koʻtarila boradi. Mantiyadan „qattiq“ Ye. ustiga tomon issiq oqim keladi; bu oqim Quyoshdan keladigan issiqlikdan bir necha ming marta kam.

Mantiyaning hamma joyida temperatura uning tarkibidagi materialning toʻla erish t-rasidan past. Materik Ye. poʻsti tagida temperatura 600—700° ga yaqin, Gutenberg qatlamida esa erish nuqtasiga yaqin (1500—1800°) boʻlsa kerak. Mantiyaning yanada chuqur qatlamlari va yadro haqida taxminan fikr yuritiladi. Yadroda temperatura 4000—5000° dan oshmasa kerak, koʻpchilik tadqiqotchilar fikricha yadro tarkibida temir va nikel metallari koʻproq, boshqalar fikricha mantiya va yadroning tarkibi bir xil, ammo ular xossalarining turliligi katta bosimda boʻladigan fazali oʻtishlarga bogʻliq.

Yuqori mantiyaning 700 km chuqurlikkacha boʻlgan qismida zilzila oʻchoqlari mavjudligi aniqlangan. Bu esa mantiyani tashkil etadigan materialning mustahkamligidan dalolat beradi; bundan ham chuqurroqa zilzila oʻchoqlarining yoʻqligi bu yerda moddaning u qadar mustahkam emasligidan yoki yetarli darajada mexanik kuchlanish yoʻqligidan darak beradi. Substratning elektr oʻtkazuvchanligi juda sust; Gutenberg (astenosfera) qatlaminiki esa kuchli, bu t-raning yuqori boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa kerak deb hisoblaydilar, quyi mantiyaniki, ehtimol, bundan ham kuchliroq. Ye. yadrosida oʻtkazuvchanlik juda kuchli, bu esa yadrodagi moddaning metallik xossalaridan darak beradi.

Hoz. kosmogonik farazlar sayyoralar, ularning yoʻldoshlari va meteoritlarning kimyoviy tarkibi Quyosh tarkibiga yaqin boʻlishi kerakligini koʻrsatadi (qarang Geokimyo).

E. poʻstining deyarli yarmi kisloroddan, toʻrtdan biridan koʻprogi esa krem-niydan tarkib topgan. Alyuminiy, magniy, kalsiy, natriy va kaliy ham anchagina. Kislorod, kremniy, alyuminiy Ye. poʻstida eng koʻp tarkalgan birikmalar — silikat angidrid (SiO2) va alyuminiy oksid (A12O3)ni hosil qilgan.

Mantiya asosan magniy va temirga boy ogʻir minerallardan iborat. Ulardan SiO2 bilan birikmalar vujudga kelgan. Substratda, forsterit (Mg2Si04) eng koʻp, undan chuqurda fayalit (Fe2Si04) ulushi orta boradi. Quyi mantiyada yuqori bosim taʼsirida bu minerallar oksidlar (SiO2, MgO, GʻeO)ga parchalanib ketgan deb taxmin qilinadi.

E. ichki qismlaridagi moddalarning agregat holati Ye. qaʼridagi yuksak temperatura va bosimga bogʻliq; agarda yuqori bosim boʻlmaganda mantiya erib ketardi, shu sababli butun mantiya qattiq kristall holatdadir; faqat Gutenberg qatlamida t-raning taʼsiri bosimdan kuchli boʻlganligi sababli uni amorf yoki qisman erigan xrlatda deb hisoblaydilar. Tashqi yadro suyuq (erigan) holatda boʻlsa kerak, chunki suyuklikda tarqala olmaydigan koʻndalang seysmik toʻlqinlar tashqi yadrodan oʻtmay qoladi. Ye. magnit maydonining paydo boʻlishi suyuq tashqi yadro mavjudligiga bogʻliq deb faraz qilinadi. Subʼyadro har holda qattiq boʻlsa kerak (uzunasiga tarqaladigan toʻlqinlar subʼyadro chegarasiga yaqinlashganda unda koʻndalang toʻlqinlar hosil qiladi).

Geodinamik jarayonlar. Ye. geosferalarining moddasi doimiy harakatda va oʻzgarishda. Suyuq va gazsimon qobiqda bu jarayonlar tez oʻtadi. Ammo Ye. kurrasining rivojlanish tarixining asosiy magʻzini deyarli qattiq moddadan tuzilgan ichki geosferalarning ancha sekin harakatlari tashkil etadi. Ye. ichida va yuzasida sodir boʻlayotgan jarayonlar 2 asosiy guruhga ajratiladi: ichki energiya (asosan, radioaktiv par-chalanish) taʼsirida vujudga keladigan endogen jarayonlar va Ye.ga tushadigan quyosh nuri energiyasi vujudga keltiradigan ekzogen jarayonlar. Endogen jarayonlar, asosan, chuqur geosferalar uchun xos. Ye. poʻstining quyi qismlarida, yuqori mantiya va yanada chuqurroqsa juda katta hajmdagi jismlarning koʻchishi, kengayishi, siqilishi, bir fazadan ikkinchi fazaga oʻtishi, kimyoviy elementlarning koʻchishi (migratsiyasi), issiqlik va elektr toklarining sirkulyasiyasi va b. sodir boʻlib turadi. Ana shu jarayonlar taʼsirida yengil komponentlar ustki geosferalarda, ogʻir komponentlar chuqur geosferalarda toʻplana borgan. Endogen jarayonlar Ye. poʻstiga taʼsir etishi natijasida uning baʼzan qismlari vertikal hamda gorizontal yoʻnalishda siljiydi, Ye. poʻstining ichki tuzilishi deformatsiyalanadi va oʻzgaradi. Bularning hammasi tektonik jarayonlar boʻlib, bu jarayonlar namoyon boʻlgan joy tektonosfera deb ataladi. Tektonik jarayonlar bilan oʻzaro bogʻlangan holda magmatik jarayonlar ham sodir boʻlib turadi, bu jarayonlar natijasida magma pastdan yuqoriga koʻtariladi va lava xrlatida yoriqlardan Ye. yuzasiga oqib chiqadi (vulkanizm). Tektonik deformatsiyalar (dislokatsiyalar) va magmaning singishi natijasida togʻ jinslari metamorfizm jarayoniga uchraydi — yuqori bosim va temperatura taʼsirida mineral ochiq tarkibi va strukturasi oʻzgaradi.

E. yuzasi va poʻstining yuqori qatlamlariga ekzogen jarayonlar ham taʼsir etadi. Togʻ jinslarning nurashi, yemirilgan togʻ jinslarini shamol va oqar suvlar olib ketishi, yer yuzasining daryo-soylar, yer osti suvlari, muzliklar tomonidan oʻzgartirib yuborilishi, quruqlikdagi pastliklarda, dengiz va koʻllarda toʻplanib qolib, keyinchalik choʻkindi togʻ jinslariga aylanishi ekzogen jarayonlardir.

Endogen va ekzogen jarayonlarning yer yuzasiga taʼsiri bir-biriga qarama-qarshi. Endogen jarayonlar (asosan, tektonik harakatlar) katta pastbalandliklar xrsil qiladi, ekzogen jarayonlar esa koʻtarilgan joylarni parchalaydi, boʻlib-boʻlib yuboradi, yemirilgan mahsulotlarni pastqam joylarga eltadi, yaʼni yer yuzasini tekislab, muvozanatni saqlashga intiladi. Ichki va tashqi jarayonlarning oʻzaro taʼsiri natijasida yer yuzasida turli xil notekisliklar paydo boʻladi, natijada yer yuzasining relyefi tarkib topadi. Ichki va tashqi kuchlar nisbatining turlicha boʻlishiga qarab togʻlar, adirlar yoki tekisliklar hosil boʻladi.

Endogen jarayonlar taʼsirida Ye. ichidagi jinslar uning yuzasiga chiqib qolib, denudatsiya va akkumulyasiyaga uchraydi va choʻkindi jinslar hosil qiladigan asosiy manbalardan biriga aylanadi. Ye. poʻsti choʻkkanda choʻkindi jinslar Ye. ichiga kirib, endogen jarayonlar taʼsiriga tortiladi, baʼzan erib magmaga aylanadi va yana tektonik harakatlar taʼsirida Ye. yuzasiga chiqib qoladi.

Yer poʻsti strukturasining asosiy xususiyatlari. Ye. poʻsti — ichki geosferalar ichida bevosita oʻrganish imkoniyati boʻlgan yagona geosfera. Shuning uchun ham Ye. poʻstining strukturasini oʻrganish faqat Ye. poʻstini emas, balki umuman Ye.ning rivojlanishi tarixi toʻgʻrisida fikr yuritish uchun muhimdir. Ye. poʻsti 2 asosiy qism — materik Ye. poʻsti va okean osti Ye. poʻstidan iborat, shulardan materiklar Ye. poʻsti yaxshiroq oʻrganilgan. Materikdagi Ye. poʻstining eng qad. tarkibiy unsurlari qad. (tokembriy) platformalar — tektonik jihatdan kam harakat qiladigan (barqaror) keng quruqliklardir. Platforma hududlarining anchagina qismi geologik tarix davomida deyarli gorizontal yotgan choʻkindi jinslar bilan qoplangan plitalarga aylangan. Ularning ostida qad. burmalangan fundament joylashgan. Bunday fundament choʻkindi jinslar boʻlmagan qalqonlarda yer yuzasiga chiqib qolgan va burmalangan metamorfik jinslardan tashkil topgan, bularni asosan granit tarkibli chuqur magmatik intruziyalar yorib chiqqan. Qad. platformalar bir-biridan faol geosinklinal mintaqalar bilan ajralgan; geosinklinal mintaqalar bir qancha geosinklinal sistemalardan iborat. Geosinklinal]] mintaqalar uzunasiga oʻnlarcha ming km ga choʻzilgan, ularda Ye. poʻsti qalin, katta amplitudali vertikal qarakatlar sodir boʻlgan, togʻ jinslari kuchli burmalangan, vulkan harakatlari faollashgan va seysmik harakatlar shiddatli tus olgan.

Okean osti Ye. poʻsti kam oʻrganilgan va bu sohada koʻproq faraz qilinadi. Keng va nisbatan tekis boʻlgan okean tubida vulkanizm kam, seysmik harakatlar sust, Ye. poʻstining vertikal harakatlari sekin oʻtadi. Bunday maydonlar okean platformalari deb ataladi. Ayni vaqtda okean ostida tektonik harakatlar boʻlib turadigan zonalar ham bor, ular okean rift mintaqalari deb ataladi va butun okeanlar boʻylab oʻrtaliq togʻ tizmalari shaklida choʻzilib yotadi. Ularda vulkanizm, kuchli seysmiklik va Ye. qaʼridan keladigan issiklik oqimi katta. Tizmalari boʻylama ketgan yer yoriqlari bilan murakkablashgan shunday joylarda qator chuqur rift botiklari paydo boʻlgan. Materik va okean osti Ye. poʻstlarining oʻzaro strukturaviy nisbatiga koʻra ularning bir-biridan prinsipal farq qiladigan 2 tipini ajratish mumkin. Atlantika tipi deb ataluvchi birinchisi, asosan Atlantika, Hind va Shim. Muz okeanlariga xos. Bu yerda materik va okean chegarasi materik poʻsti strukturalarini koʻndalangiga kesib oʻtadi, undan okean osti Ye. poʻstiga oʻtishi esa keskin boʻlib „granit“ qatlamini materik yon bagʻriga kirib yoʻqolishidan amalga oshadi. Ikkinchi, yoki tinch okean tipi Tinch okean chekkalari, Atlantika okeanining Karib dengizi va orollari, Jan. Gebrid o.lari va Hind okeanining Indoneziya qirgʻoklariga tegishlidir. Bunga mezozoy va kaynozoy burmali sistemalari va hoz. zamon geosin-klinallarining kontinent chetiga parallel yotishi xosdir. Oʻtish zonasi tarkibida geoantiklinal koʻtarilmalar mavjud. Hoz. relyefda bular orollar yoyining togʻlik arxipelagi koʻrinishida namoyon boʻlgan. Bular bilan chekka dengizlarning chuqur suv osti botiklari va kambar uzun okean novlari koʻrinishidagi geosinklinal bukilmalar yonma yon joylashgan.

Tinch okean qirgʻoklarining bunday xususiyatlarini koʻpincha uning kadimiyligidan deb izoxlaydilar. Ayni paytda atlantika tipidagi okeanlarning nisbatan yosh ekanligiga shubha yoʻq. Tarixiy geol. maʼlumotlariga koʻra paleozoy erasining oxirida Jan. Amerika, Afrika, Avstraliya va Antarktida materiklari, Madagaskar o. va qad. Hind platformasi bilan birgalikda Gondvana deb atalmish yagona kontinental massivni tashkil etgan. Fakat mezozoy davomida u boʻlaklarga ajralgan, natijada xoz. Hind va Atlantika okeanlari botiklari paydo boʻlgan. Bu faktni hamma tomonidan yakdil tan olinishi uni turlicha talqin etilishini inkor qilmaydi. Baʼzi bir olimlar bu hodisani „okeanlanish“ natijasi, yaʼni materik Ye. poʻstini okean osti Ye. poʻstiga aylanishi deb hisoblaydilar. Ayni vaqtda okeanlar materik Ye. poʻsti bloklarining surilishi va tag substratning ochilib qolishidan hosil buladi degan fikrlar keng tarqalmoqda. Materiklar dreyfi toʻgʻrisidagi bunday fikrlar paleogeografiya maʼlumotlari asosida tasdiqlangan.

20-asrning 60-y.larida olgʻa surilgan mobilistik gipotezalardan „yangi global tektonika“ yoki „plitalar tektonikasi“ deb atalmish gipoteza keng tar-qaldi. Bu gipotezalar okeanlarda olib borilgan geofizik tadqiqotlarga aoslangan. Unda okean osti Ye. poʻstining okean oʻrtaliq tizmalaridan ikki tomonga qarab „oqishi“ va buning natijasida okean choʻkmalarining kengayishi taxmin qilinadi.

Yer relyefi. Ye.ning eng yirik (sayyoraviy koʻlamdagi) relyef shakllari Ye. poʻstining eng ulkan strukturali unsurlariga muvofiq keladi. Ularning morfologik tafovutlari Ye. poʻsti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixidagi farqqa hamda tektonik harakatlarning yunalishiga qarab bel-gilanadi. Ye. yuzi relyefining asosan ichki (endogen) jarayonlar taʼsirida paydo boʻladigan bu shakllari morfostrukturalar deb ataladi.

Sayyora masshtabidagi morfostrukturalar nisbatan kichikroq, lekin bari bir yirik morfostrukturalar — ayrim qirlar, togʻ tizmalari, platolar, botiklar va b. relyef shakllariga ajraladi. Bu morfostrukturalar ustida morfoskulpturalar deb ataladigan va aksari tashqi kuchlar taʼsirida vujudga kelgan xilma-xil mayda relyef shakllari joylashgan.

Morfostrukturalar Ye. yuzasidagi yirik past-balandliklar, materik doʻngliklari va okean botiqlarini hosil qiladi. Quruqlik relyefining eng yirik unsurlari — tekislik-platforma va togʻ (orogen) oblastlari.

Tekislik-platforma oblastlari kad. va yosh platformalarning tekislik qismlarini oʻz ichiga oladi va quruqlikning qariyb 64 %ini egallagan. Dastlabki tekislik yuzalari aksari maydonni egallagan, ular deyarli gorizontal yotuvchi choʻkindi jinslar qatlamlaridan iborat. Bu oblastlarning joylanishida simmetriyalik kuzatiladi: Shim. yarim sharda Shim. Amerika, Sharqiy Yevropa va Sibir tekisliklari, Jan. yarim sharda Jan. Amerika (Braziliya), AfrikaArabiston va Avstraliya tekisliklari joylashgan. Platforma tekisliklarida alohida pasttekisliklar va qirlar, plato, yassitogʻliklar va ancha baland togʻ massivlari bor. Tekislik-platforma oblastlari mutlak, bal. 100–300 m li past oblastlar (Sharqiy Yevropa, Gʻarbiy Sibir, Turon, Shim. Amerika) va Ye. poʻstining eng yangi harakatlari natijasida koʻtarilgan (400–1000 m) baland oblastlarga (Oʻrta Sibir yassitogʻligi, Afrika-Arabiston, Hindiston tekisliklari hamda Avstraliya va Jan. Amerika tekisliklarining ancha qismi) boʻlinadi. Quruklik relyefida baland tekisliklar aksariyatni tashkil etadi.

Togʻli (orogen) oblastlar quruqlikning 36 % ga yaqinini egallaydi. Bular ikki tipga boʻlinadi: dastlab kaynozoy geosinklinal sistemalari rivojlanishining orogen bosqichida paydo boʻlgan yosh yoki epige-osinklinal (Yevrosiyo jan.dagi, Shim. va Jan. Amerikaning gʻarbidagi) togʻlar va qaytadan vujudga kelgan yoki epiplatforma togʻlari; ular Ye. poʻstidagi qad. burmali oblastlarning tekislangan yoki yarim yemirilgan joylarida keyingi harakatlar natijasida yosharishi va kaytadan paydo boʻlishidan bunyodga kelgan (mas, Tyanshan, Kunlun, Jan. Sibir va Mongoliya shim.dagi togʻlar, Shim. Amerikadagi Qoyali togʻlar va b.).

Okeanlarning tubi quyidagi qismlarga ajraladi: materiklarning suv osti chekkalari, orol yoylari zonasi (yoki oraliq zona), okean tubi va okean oʻrtaliq tizmalari. Materikning suv osti chekkasi (Yeryuzasining 14 % chasi) materik sayozligi mintaqasining tekis qismi (shelf), materik yon bagʻri va 2500 dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan materik etaginsh oʻz ichiga oladi. Materik yon bagʻri va materik etagini okean qaʼri deb ataladigan okean tubining ayeosiy qismidan quruqlik va shelfdan tashkil topgan materik doʻngliklari ajratib turadi.

Orollar yoyi zonasi. Okean qaʼri Ye. kurrasining hamma oblastlarida ham materik etaklari bilan chegaradosh boʻlavermaydi. Geosinklinal]] rejimi ho-zirgacha saqlangan Tinch okean gʻarbiy chekkalari, Malay arxipelagi oblasti, Antil o.lari, Skosha dengizi va b. hududlarda materik bilan okean qaʼri oraligʻida oʻtuvchi zona joylashgan. Bu zona okean tubi qismlarining kengligi va koʻtarilgan hamda chuqur choʻkkan joylarining keskin almashishi bilan farq qiladi. Bu xududlarda orollar yoyi arxipelaglari, chekka dengizlar havzalari (mas, Bering , Oxota va b. dengizlar), ular hududida togʻlar va kutarilmalar, shuningdek, chuqur suv osti novlari joylashgan. Orollar yoylari (Kuril, Zond, Antil o.lari va b.) qator orollar koʻrinishida suv sathidan koʻtarilgan; chuqur suv osti novlari — okean tubining 7–11 km chuqurlikdagi uzun va kambar botiqlaridan iborat.

Asl okean qaʼri ning koʻp qismi (Ye. yuzasining 40 % gacha) okean platformalari (talassokraton)ga toʻgʻri keladigan chukur suv osti (oʻrtacha chuq. 3—4 ming m) tekisliklari bilan band. Yassi (subgorizontal), kiya va bal. 1000 m gacha boʻlgan doʻng tekisliklar mavjud. Okean qaʼridagi tekisliklar oralaridan alo-hida joylashgan koʻp sonli suv osti togʻliklari (vulkanlar) koʻtarilib turadi.

Suv osti relyefining eng yirik unsuri okean oʻrtaliq tizmalari dir (Ye. yuzasining 10 % gacha). Ularning umumiy uz. 60 ming km dan koʻproq. Ular nishabli balandliklar boʻlib, kengligi bir necha oʻn km dan ming km gacha, qoʻshni havzalar tubidan 2–3 km koʻtarilib turadi. Tizmalarning ayrim choʻqqilari okean sathidan vulkan orollari shaklida koʻtarilgan (Tristan-da-Kunya, Buve, Santa-Yelena va b.).

E. yuzasining tuzilishida Ye. poʻstini butunlay kesib oʻtadigan va koʻpincha mantiyagacha boradigan chuqur Ye. yoriqlari muhim rol oʻynaydi. Ular Ye. poʻstini relyefda yaxshi ifodalanib turadigan katta boʻlaklarga ajratib turadi. Yirik Ye. yoriqlari okeanlar tubida kenglik va subkenglik boʻyicha 1000 km gacha choʻzilgan. Bunday Ye yoriqlari okean oʻrtaliq tizmalarini kesib oʻtgan, ularni biri ikkinchisiga nisbatan 10–100 km ga siljigan segmentlarga ajratib yuborgan va relyefda tepalik, kambar botiqlar va ular ustidan koʻtarilgan togʻ tizmalari shaklida namoyon boʻlgan.

Morfoskulpturalar. Morfoskulpturalarning shakllanishida dare va vaqtincha oqar suvlarning roli katta. Suv keng tarqalgan flyuvial (erozion va akkumulyativ) shakllarni (daryo vodiylari, soyliklar, jarlar va b.) hosil qilgan. Muzlik shakllari ham koʻp. Ular xoz. va kad. muzliklar faoliyati bilan bogʻliq. Osiyo va Shim. Amerikada koʻp yillik muzloq qatlamli jinslar tarqalgan joylarda turli shakldagi muzlagan yerlar (kriogen) relyefi rivojlangan. Choʻl va chala choʻl oʻlkalarda fizik nurash, shamol va vaq-tincha okar suv oqimlari tufayli yuzaga kelgan arid relyef shakllari keng tarqalgan.

Biosfera]]. Tarkibi, tuzilishi, energetikasi tirik organizmlar faoliyati bilan chambarchas bogʻlangan biologik qobiq, yaʼni biosferaning mavjudligi Ye.ning sayyora sifatidagi oʻziga xos eng muhim xususiyatidir. Biosfera]]ga Ye.ning faqat hoz. hayot tarqalgan ustki qismigina emas, balki boshqa geosferalarning tirik modda kirib boradigan hamda uning faoliyati taʼsirida qachonlardir qaytadan oʻzgargan qismlari ham kiradi. Shu sababdan biosfera tirik organizmlarning faqat hoz. yashash muhitini emas, balki kad. muhitini ham oʻz ichiga oladi. Turli maʼlumotlarga koʻra, Ye.da 2,5 mln. turga yaqin tirik organizmlar tarqalgan. Shundan faqat 1/5 qismini oʻsimliklar tashkil qiladi. Hayvonlar orasida turlar soni jihatidan boʻgʻimoyoqlilar birinchi (1500000 turdan ortiq), mollyuskalar — ikkinchi (130000 tur), xordalilar (40000 tur) uchinchi, oʻsimliklardan yopiq urugʻlilar birinchi (350000 tur), zamburugʻlar (100000 tur) ikkinchi oʻrinda turadi. Biroq turlar soni individlar soniga har doim mos kelavermaydi, chunki oʻsimlik va hayvonlar ayrim sistematik guruhlarining turlari kam boʻlgani holda individlar soni haddan tashqari koʻp bulishi mumkin. Shu sababdan oʻsimliklar va hayvonot dunyosini taʼriflashda biomassa va biologik mahsuldorlik tushunchalaridan foydalaniladi. Tarkibi jihatidan biosfera moddasi tirik (organizmlar), biogen (tirik organizmlar barpo etgan mahsulotlar), biokos (biologik va anorganik jarayonlarning birgalikdagi taʼsiri natijasida ham hosil boʻlgan) va kos (anorganik) moddalarga boʻlinadi (qarang Biosfera]]).

Geografik qobiq (landshaft qobigʻi) qiyosan qalin boʻlmasa ham, Ye.ning oʻziga xos xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Bu sferada 3 geosfera atmosferaning qismlari, gidrosfera va Ye. poʻsti bir-biri bilan tutashadi va oʻzaro munosabatda boʻladi. Landshaft sferasi Quyosh nuri energiyasining asosiy qismini yutadi va b. kosmik taʼsirlarni qabul qiladi. Unda Ye. ichidagi radioaktiv parchalanish va b. jarayonlar taʼsirida paydo boʻladigan tektonik harakatlar roʻy beradi, minerallar qayta kristallanadi va h. k.

Turli xil manba (asosan, Quyosh) energiyalari landshaft sferasida issiqlik, molekulyar, kimyoviy, kinetik, potensial, elektr energiyaga aylanadi va natijada bu yerda Quyoshdan keladigan issiklik toʻplanib, tirik organizmlar uchun xilma-xil sharoit yaratiladi (qarang Geografik qobiq).

Geologik tarix va yerdagi hayot evolyusiyasi. Yerning geologik tarixi Ye. poʻstining geologik tuzilishi va togʻ jinslari majmuasini oʻrganish asosida aniqlangan. Ye.dagi eng qad. togʻ jinslarining mutlaq yoshi 4,5 mlrd. yildan koʻproq, sayyora shaklidagi Ye.ning yoshi esa qariyb 4,7 mlrd. yilga teng . Ye.ning paydo boʻlishi va dastlabki rivojlanishi uning geologik tarixidan oldinoq kechgan. Ye.ning geologik tarixi bir-biriga teng boʻlmagan 2 bosqichga boʻlinadi: Yer tarixining taxminan 5/6 qismini oʻz ichiga olgan tokembriy (3 mlrd. y.dan ortiq) va soʻnggi 570 mln. yilni oʻz ichiga olgan fanerozoy (qarang Fanerozoy eoni). Tokembriy arxey va proterozoyga boʻlinadi. Fanerozoy esa paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarini oʻz ichiga oladi (qarang Geoxronologiya).

E. poʻsti materik qismining tarixi yaxshiroq oʻrganilgan, ana shu qismda qad. (tokembriy) platformalar bundan 1500—1600 mln. yilcha oldin tarkib topgan; bular Yevropadagi Sharqiy Yevropa, Sibir (Rossiya); Xitoy-Koreya, Jan. Xitoy va Hindiston, Afrika, Avstraliya, Jan. Amerika va Shim. Amerika (Kanada), shuningdek, Antarktida platformalaridir. Materiklar Ye. poʻsti tarixi geosinklinal sistemalardan iborat geosinklinal mintaqalarning tarkib topish tarixidan iborat (qarang Geosinklinal]]).

Fanerozoy geosinklinal sistemalarining koʻpchiligi tektonik sikllar davomida vujudga kelgan. Tektonik sikllardan har birining boshlanishi va oxiri turli hollarda oʻnlarcha mln. yil farq qilsa ham, bu sikllar materik Ye. poʻsti strukturasi umumiy evolyusiyasining tabiiy bosqichlari hisoblanadi. Bulardan ikkitasi — kaledon va gersin sikli paleozoy erasiga toʻgʻri keladi (bundan 570—248 mln. yil oldin oʻtgan). Mana shu sikllar oxirida tugagan kaledon va gersin burmalanishi eng katta epipaleozoy yosh platformalarining fundamentlarini hosil qilgan. Bundan keyingi tektonik tarix koʻpincha yagona alp sikli deb qaraladi (qarang Alp burmalanishi). Birok, bu sikl ham Ye. sharining muayyan qismlari taraqqiyotida mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan bir qancha kichik sikllarga ajraladi (mezozoy sikli, haqiqiy alp sikli, kaynozoy sikli).

Butun tektonik sikl davomida vertikal harakatlarning davriy takrorlanib turishi (sikl boshida yerning koʻproq choʻkishi va sikl oxirida koʻproq koʻtarilishi) har safar Ye. yuzasi relyefining oʻzgarishiga, transgressiya va regressiya boʻlib turishiga olib kelgan. Bu davriy harakatlar choʻkindi jinslar tabiatiga, shuningdek, iklimga taʼsir etgan, oqibatda iklim davriy ravishda oʻzgarib turgan. Paleozoyda Braziliya, Jan. Afrika, Hindiston va Avstraliyani vaqti-vaqti bilan muz bosgan. Shim. yarim sharning bir qancha joylarini oxirgi marta antropogenda muz qoplagan.

Har bir tektonik siklning birinchi yarmida materiklarni koʻproq dengiz bosgan — platformalar va geosin-klinallarning koʻproq qismi suv ostida qolgan. Dengizlarda dastlab koʻproq qumgillar choʻkkan, dengizlar maydoni kengaygan sari ohaktoshlar toʻplanishi koʻpaya borgan. Sikl oʻrtalariga kelib Ye. poʻsti tobora koʻtarila borgach dengiz chekingan, quruqlik va geosinklinallarda togʻlar paydo boʻlgan. Tektonik sikl oxirlarida deyarli hamma joyda materiklar dengiz havzalaridan xoli boʻlgan. Botiklarda paydo boʻladigan choʻkindi jinslar ham oʻzgargan. Dastlab dengiz choʻkindilari qum, gillardan iborat boʻlgan, sayoz va berk dengiz havzalarida esa suvning bugʻlanib ketishidan xemogen laguna yotqiziqpari (tuz, gips) hosil boʻlgan. Choʻkindi hosil boʻlish sharoiti davriy oʻzgarib turganidan, turli tektonik sikllarning bir xil bosqichlarida hosil boʻlgan choʻkindi formatsiyalari bir-biriga oʻxshaydi. Bu esa bir qancha hollarda choʻkindi foydali qazilma konlarining hosil boʻlishiga olib kelgan. Mac, eng katta toshkoʻmir konlari gersin va alp sikllarining endigina Ye. poʻsti koʻtarila boshlagan bosqichlarida vujudga kelgan. Tektonik sikllarinng oxirlarida osh va kaliy tuzining yirik konlari hosil boʻlgan.

Platformalarda geologik tarix davomida tektonik harakatlar bir necha bor kuchaygan. Bu neogen oxirida ayniqsa yaqqol namoyon boʻlgan — kaledon yoki gersin sikllari oxirlarida paydo bulgan va tekislanib qolgan togʻlar (mas, Tyanshan, Oltoy, Sayan togʻlari va b.) bu paytda platformalarda yana baland koʻtarilib qolgan; xuddi ana shu davrda yirik grabenlar — rift sistemalari (Baykal riftlari, Sharqiy Afrika grabenlari) vujudga kelgan.

Tashqi va ichki kuchlarning oʻzaro taʼsiridan Ye. yuzasining tabiati butun geologik tarix davomida oʻzgarib turgan. Relyef, materik va okeanlarning qiyofasi, iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi bir necha bor oʻzgargan. Organik dunyo taraqqiyoti Ye. taraqqiyotining asosiy bosqichlari bilan chambarchas bogʻliqdir; ana shu bosqichlar orasida nisbatan tinch davom etgan uzok, davrlar bilan birga Ye. poʻsti hamda yuzasidagi tabiiy sharoit qisqa vaqt davomida uzgarib ketgan davrlar ham boʻlgan.

Organik dunyoning rivojlanish tarixi. Ye.da hayotning paydo boʻlishi va uning dastlabki taraqqiyot davri toʻgʻrisida turli gipotezalar mavjud. koʻpchilik olimlarning fikriga koʻra, biologik evolyusiyadan oldin suv xavzalarida aminokislotalar, oqsillar va b. organik birikmalar paydo boʻlishi bilan bogʻliq, uzoq davom etgan kimyoviy evolyusiya boʻlib oʻtgan. Dastlabki atmosfera tarkibida kislorod boʻlmagan. Atmosfera, asosan, metan, karbonat angidrid, suv bugʻi va vodoroddan tashkil topgan boʻlib, kislorod birikkan holda boʻlgan. Evolyusiya tufayli dastlabki murakkab organik birikmalardan asta-sekin ibtidoiy organizmlar vujudga kelgan. Ular oqsil va nuklein kislotadan tarkib topgan va irsiy oʻzgarish qobiliyatiga ega boʻlgan (qarang Mutatsiya). Tabiiy tanlanish taʼsirida koʻproq takomillashgan va organik moddalar bilan oziqlangan ibtidoiy organizmlargina yashab qolgan (qarang Geterotrof organizmlar). Keyinroq anorganik moddalardan kimyoviy sintez va fotosintez yoʻli bilan organik moddalarni sintez qila oladigan organizmlar paydo boʻlgan (qarang Avtotrof organizmlar). Fotosintez tufayli hosil boʻladigan erkin kislorod atmosferada toʻplana borgan. Avtotrof organizmlar kelib chiqishi bilan oʻsimlik va hayvonlar evolyusiyasi uchun keng imkoniyat tugʻilgan.

Hayot tarixi togʻ jinslarida saqlanib qolgan hayvon va oʻsimliklarning tosh qotgan qoldiqlari va ular faoliyatining izlariga qarab oʻrganiladi. Pekin bu maʼlumotlar toʻla emas, chunki koʻpgina organizmlar, xususan skeletsiz organizmlar butunlay yoʻqolib ketgan.

Organizmlar hayot faoliyatining eng qad. izlari bundan 2,6—3,2 mlrd. yil va undan ham oldinroq paydo boʻlgan arxey jinslarida saqlangan; ular bakteriya va koʻk-yashil suvoʻtlar qoldiqlaridan iborat. Proterozoy jinslarida to-pilgan organik moddalar ancha xilma-xildir. Quyi proterozoydan aksari suvutlar (stromatolitlar) va bakteriyalar (jumladan, temir rudasi konlari hosil qilgan temir bakteriyalari) hayot faoliyati mahsulotlari topilgan. Pro-terozoyda dastlabki koʻp hujayrali hayvonlar paydo bulgan, chunki proterozoy oxiridagi yotqiziklarda skeletsiz bir qancha hayvonlar — bulutlar, meduzalar, marjonlar, chuvalchang va b. baʼzi organizmlarning izlari va yadrolari aniqlangan. Meduzalar qoldigʻi koʻp topilganidan proterozoy oxirini „meduzalar asri“ deb atashadi. Proterozoyda boshqa organizmlar ham boʻlgan, chunki ilk paleozoy yotqiziklaridan butun hayvonot olamining deyarli barcha tiplari vakillarining qoldiqlari va izlari topilgan.

Ilk kembriy va fanerozoy chegarasida organik yoki mineral skeletli organizmlarning dunyoga kelishi organik dunyo taraqqiyotida juda muhim voqea boʻldi. Fanerozoy yotqiziklaridagi koʻpdan-koʻp organik qoldiqlar organik dunyo taraqqiyot tarixining qanday kechganini bilib olish bilan bir qatorda uni muayyan bosqichlarga (eralar, davrlar va b.) boʻlishga, paleogeografik rekonstruksiya qilishga (dengiz va kontinentlarning, iklim zonalarining chegaralarini aniqlashga, dengiz havzalari va materi klar tarixini bilib olishga, oʻtmishda organizmlarning qanday qilib va qaysi sharoitda yashaganini aniqlashga) imkon beradi.

Evolyusiya muhitga moslashish jarayoni tarzida borgan va irsiy oʻzgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish uning asosiy omili boʻlgan. Baʼ-zan organizmlar juda katta sifat uzgarishlariga uchragan (mas, issiq qonli organizmlar paydo boʻlgan). Evolyusiya, odatda, oddiy shakldan murakkab shaklga oʻtishdan iborat boʻlgan; bir xil organizmlarning rivojlanishi muhitga uncha moslashmagan ikkinchi bir xil organizmlarning xalok boʻlib yoʻq boʻlishiga olib kelgan.

Organik dunyoga qarab aytiladigan boʻlsa, paleozoy erasi ikki bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqich (kembriy, ordovik va silur)da dengiz organizmlari ustun turgan. Ordovikda dastlabki umurtqalilar paydo boʻlgan. Silur oxirida jagʻ suyakli chinakam baliklar vujudga kelgan. Ikkinchi bosqich — oʻrta paleozoyda quruqlikda yashaydigan oʻsimlik va hayvonlar paydo boʻlib, keng tarqalgan. Devon boshida birinchi hasharotlar va quruklikda yashaydigan xelitseralilar (chayonlar, urgimchaklar va kanalar) paydo boʻlgan. Devonda, ayniqsa, baliklar tez taraqqiy etgan, shuning uchun baʼzan devon davrini „baliklar asri“ deb atashadi.

Paleozoy oxirida (karbon va perm) turli organizmlar, avvalo usimliklar quruklikni ham egallay boshlagan. Daraxtlar paydo boʻlib koʻpaygan. Oʻrta va kechki karbonda 3 botanik-geografik oblast: tropik, shim. (Angara) vajan. (Gondvana) oblastlari paydo boʻlgan. Oʻsimliklar bilan bir qatorda quruklikda yashaydigan koʻpgina hayvonlar, birinchi navbatda boʻgʻimoyoqlilar (hasharotlar) koʻpaygan, dastlabki sudraluvchilar vujudga kelgan. Perm davrining oʻrtalarida dengizlarning hajmi kichraygan, materiklar maydoni kengaygan. Ochiq urugʻlilar — ignabarglilar keng tarqalgan.

Mezozoy erasining boshlarida suvda yashovchi sudraluvchilar — toshbaqalar, timsohlar, ixtiozavrlar; quruqlik hayvonlari — birinchi dinozavrlar, ibtidoiy sut emizuvchilar (triko-nodontlar) paydo boʻlgan. Trias davri oxirida qirqquloklar, ignabarglilar va b. koʻpaygan. Yura davri oxirida sudraluvchilardan qad. qushlar (arxeopteriks) kelib chiqqan.

Boʻr davrida tishli qushlar tarqalib, bahaybat dinozavrlar paydo boʻlgan. Boʻr davri oxirida koʻp organizm guruhlari qirilib ketgan va oʻzgargan.

Kaynozoy erasining boshiga kelganda organik dunyo yanada murakkablashgan. Bir qancha qushlar va sut emizuvchilar paydo bulgan; miyasi murakkab issiq qonli qushlar tashqi muhitga nisbatan ancha mustaqil boʻlib, hayotga koʻproq moslashgan. Baʼzi sut emizuvchilar quruklikda, boshqalari dengizda yashashga, bir xillari uchishga moslashgan. Tropik, subtropik va muʼtadil botanik-geografik oblastlar yaqqol ajralgan; tropik va subtropik oblayetlarda doimiy yashil palma va daraxtsimon qirqquloq (paporotnik) koʻpchilikni tashkil etgan. Moʻʼtadil oblastda ignabargli va kengbargli oʻrmonlar tarqalgan.

Paleogenning oxiri va neogenning boshida hoz. hayvonlarga oʻxshab ketadigan umurtqasizlar rivojlanishda davom etgan. Amfibiyalar va sudralib yuruvchilar yanada taraqqiy etgan; qushlar kengroq hududlarga tarqalgan. Neogen boshida uch panjali otlar, karkidonlar, mastodontlar, jirafalar, bugʻular, yirtqichlar (qilich tishli yoʻlbarslar, sirtlonlar), Gʻarbiy Yevropada tundra, tayga oʻsimliklari tarkib topgan. Yevropa va Shim. Amerikada oʻtloq oʻsimlikli tekisliklar paydo boʻlgan. Antropogen davrida hoz. flora va fauna rivojlanishda davom etgan. Shim. yarim sharning hayvonot va oʻsimlik dunyosi katta muzliklar bosgan davrda juda ham oʻzgarib ketgan. Oʻziga xos baʼzi hayvonlar (mamont, uzun junli karkidonlar) pay-do boʻlib, yana qirilib ketgan. Odamning paydo boʻlishi bu davrdagi eng muhim voqea edi.

Inson va Yer. Maʼlumotlarga qaraganda, eng qad. odamlar bundan 2 mln. yil oldin (baʼzi olimlarning fikricha, 1 mln. yil oldin) paydo boʻlgan. Odamning paydo boʻlgan joyi haqidagi masala hali uzil-kesil hal etilmagan. Baʼzi olimlar odamning dastlabki makoni Afrika boʻlgan deyishsa, boshqalari — Yevrosiyoning jan. hududlari, uchinchilari — Oʻrta dengiz oʻlkalari deb hisoblashadi. Ilk paleolit davridayoq (yana q. Tout acpu) odam Markaziy va Jan. Yevropa. Afrika va Osiyoning koʻpgina joylarida yashagan; yuqori paleolit davriga kelib jismoniy jihatdan hoz. zamon tipidagi odam (Homo Sapiens — „akdli odam“) shakllandi, shu davrning oʻzidayoq urugʻ jamoalari ham vujudga kelgan boʻlsa kerak (qarang Antropogenez, Ibtidoiy jamoa tuzumi). Yuqori paleolit davrida odamlar yana kengroq yerlarga tarqala boshlagan, jumladan Yevropa va Osiyoning muzdan boʻshagan kattakatta hududlariga oʻrnashgan; Osiyoning shim.-sharqiy chekkalariga yetib, Shim. Amerikaga qam kirib borgan. Jan. Osiyodan Avstraliya va Yangi Gvineyaga odam oʻta boshlagan. Mezolit davrida Shotlandiya va Skandinaviya, Boltik, dengizi sohillari, Shim. Muz okeani sohillarining bir qismiga odam joylashgan. Neolit davrida Yaponiya orollari va Okeaniyaga oʻrnashgan.

Ijtimoiy i. ch. jarayonida odam tevarak-atrofdagi muhitga taʼsir etadi, uni oʻzgartiradi. Kishining tabiatga taʼsir etish shakllari turlicha. Bu taʼsir natijasida suv resurslari qayta taqsimlanadi, mahalliy iqlim oʻzgaradi, re-lyefning baʼzi xususiyatlari boshqa qiyofaga kiradi. Inson taʼsirida geografik landshaft komponentlaridan birining oʻzgarishi boshqa komponentlarning ham oʻzgarishiga olib keladi. Tabiiy sharoit xoʻjalik faoliyati yoʻnalishiga va madaniyatning koʻpgina unsurlariga (uyjoy, kiyim-kechak, oziq-ovqat va b.) katta taʼsir koʻrsatadi, lekin bu taʼsir hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmaydi. Tabiatdan oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va vaqshiylarcha, ayovsiz foydalanish yoʻllari bor. Birinchi usulda tabiiy boyliklar muhofaza qilinadi, maqsadga muvofiq oʻzgartiriladi. Ikkinchi munosabat esa tabiatni qashshoqlashtiradi, fazilatini pasaytiradi.

Ilmiy-texnika inqilobi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish jadal surʼatda olib borildi. Tabiiy boyliklar tiklanmaydigan (mas, foydali qazilmalar) va yangilanadigan (mas, tuproq, oʻsimliklar, hayvonlar) resurslarga boʻlinadi. Shu sababli insoniyat oldida tabiiy muhitni yoʻq boʻlib ketishdan saklab qolishdek muhim vazifa turibdi.

Hoz. paytda tabiiy muhitni ifloslanishdan saqlash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi; tabiiy muhit, asosan, korxonalar, elektr st-yalar, avtotransport ajratib chiqaradigan chang, sulfit angidrid, karbon §-oksid, kul va shlak, metall birikmalari, ishlatilgan suvlar, tuproqqa haddan tashqari koʻp beriladigan zaharli dorilardan iflos boʻladi. Muhitning radioaktiv moddalardan zararlanishi ayniqsa xavfli. Tabiatni qoʻriklash va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish masalalari BMT va YUNESKO tomonidan chaqiriladigan xalqaro konferensiyalarda muhokama qilinadi.

Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tiklash masalalariga muhim xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan ish deb qaraladi. Respublikada tabiatni qoʻriqlash toʻgʻrisida aholida qonunlar qabul qilingan (qarang Tabiat boyliklari va tabiatni qoʻriqlash).

Aholi sonining oʻsishi bilan tabiiy resurslarning kamayib borishi insoniyat oldida turgan eng dolzarb masala hisoblanadi. Milod boshida yer yuzida 200 mln. kishi bor edi. 1000 y.da yer yuzidagi aholi 275 mln., 17-asrda 500 mln. 1950 y.da 2,5 mlrd., 1970 y.da 3,6 mlrd., 2000 y.da 6 mlrd.ga yetdi. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida aholi soni ayniqsa tez oʻsmoqda. Bu esa oʻsha mamlakatlar oldiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalasini qoʻymoqda. Aholini oziq-ovqat bilan toʻla taʼminlash uchun ekin maydonlarini kengaytirish, ayniqsa, hosildorlikni tobora oshirib borish, chorvachilik mahsulotlarini koʻpaytirish zarur. Dengiz va okean resurslari ham oziq-ovqat manbai boʻlishi mumkin. Shuning uchun suvlarni toza saqlash insoniyatni suv bilan taʼminlash masalasi qoz. dolzarb masalalardan biri hisoblanadi (qarang Suv resurslari).

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.