Kulolchilik

Kulollik, Kulolchilik — hunarmandlikning loydan turli buyumlar (terrakota, sopol idish, qurilish materiallari va boshqalar) tayyorlaydigan turi. Kulolchilikda asosiy xom ashyo — tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi turlicha boʻlgan tuproqlardan turli xil kulollik buyumi yasash jarayoni.

Tayyorlanishi

Kulolchilik mahsulotlari tayyorlanadi. Loy qancha koʻp pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi boʻladi. Kulolchilikda asosiy qurol kulollik charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi. Idishlarning turlariga koʻra, xumdonlar ham turlicha (katta-kichik) boʻlishi mumkin. Sirlanadigan idishlar sirlanganidan soʻng yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Odatda, kulollar maʼlum idishlar ishlab chiqarishga boʻyicha ixtisoslashgan boʻladilar (masalan kosagar, koʻzagar, koshinpaz, tandirchi va boshqalar).

Tarixi

Qadimgi tarix

Inson kulolchilik bilan neolit davridan shugʻullangan. Maxsus loydan buyumlar qoʻlda yasalgan, quritib olovda qizdirilgan. Kulolchilikda ishlatiladigan tuproq jahonning hamma yerlarida mavjudligi deyarli hamma xalqlarda kulolchilikning keng tarqalishini taʼminladi. Kulolchilik bilan dastlab ayollar shugʻullangan, kulollik charxining paydo boʻlishi bilan erkaklar ham bu ishga jalb qilingan. Idishlar maxsus oʻchoq va xumdonlarda pishirilgan. Kulolchilikning sodda usullari Osiyoning togʻliq hududlarida yashovchi xalqlarda hozir ham mavjud. Neolit davriga oid qarorgohlarning qazib topilgan qoldiqlari oʻsha davrda idishlarning tagi uchli qilib tayyorlanganligini koʻrsatadi (idishlar yerga suqib qoʻyilgan). Eneolit davrida Sharq mamlakatlarida, Yunonistonda vafis sopol idishlar tayyorlash, sopoldan meʼmorlikda foydalanish avj oladi. Sirlash usullari kashf etilgach, kulolchilik buyumlarining badiiy qimmati osha bordi.

Oʻrta asrlar

Afrosiyob va Oʻrta Osiyoning boshqa yerdarida topilgan arxeologik qazilmalar 9—12-asrlarda kulolchilik bu yerlarda ancha rivojlanganligini koʻrsatadi, 13-asrda moʻgʻullar hujumlari oqibatida nisbatan sekin rivojlangan kulolchilik 14—16 asrlarda ancha taraqqiy etdi. Oʻrta Osiyoning boʻlinib ketishi oʻzaro aloqalar susayishini keltirib chiqardi, lekin hunarmandchilik (ayniqsa, kulolchilik) rivojlanishda davom etdi. Turli joylarda kulolchilikning turlicha uslublari vujudga keldi. Xalq ustalari koʻplab idishlar tayyorlash bilan birga ularni yuksak did bilan bezadilar. Rossiyadan koʻplab chinni mahsulotlar keltirilishi Oʻrta Osiyo kulollari bozorini birmuncha susaytirdi. Biroq arzon sopol idishlarga boʻlgan talab, ayniqsa, meʼmorlikda kulolchilik mahsulotlarining keng qoʻllanilishi kulolchilikning uzluksiz rivojlanishini taqozo etdi.

Oʻrta Osiyoda, ayniqsa, oʻzbeklar va tojiklar yashaydigan joylarda kulolchilik taraqqiy etdi. Qoratogʻ, Panjakent, Samarqand, Kitob, Shahrisabz, Gʻijduvon, Xorazm, Toshkent, Gʻurumsaroy, Rishtonda sopol idishlarni sirlab bezatishning oʻziga xos uslublari vujudga keldi. Bu markazlarda tayyorlangan kulolchilik buyumlari pishiq, chiroyli, nafis siri, koʻrkam naqshlari bilan diqqatni tortadi.

XX asr

20-asrning 20-yillaridan kulollar mexnatini tashqil etishga eʼtibor berildi. Toshkentda tajriba kulollik, Samarqandda kulollik ustaxonalari ochildi, Toshkentda oʻquv ishlab chiqarish, badiiy kti ishga tushdi (1932), qisqa muddatli kurslar tashkil qilindi, kulollar tayyorlash, ularning malakalarini oshirish yoʻlga qoʻyildi. T. Miraliyev (Toshkent), R. Egamberdiyev, A. Hazratqulov (Shahrisabz), Muhammad Siddiq, Usmon Umarov (Gʻijduvon) singari kulollar yoshlarga taʼlim berdi. Kulolchilikni tadqiq etish, rivojlantirish hamda yoshlardan kulollar tayyorlashda Oʻzbekiston xalq rassomi Muhiddin Rahimovning xizmatlari katta.

Arxeologik materiallar kulolchilik mahsulotlarining asrlar davomida takomillashib borganini koʻrsatadi. Davr kulolchilik mahsulotlariga, uning turi va bezaklariga katta oʻzgarishlar kiritdi. Oʻtmishda tayyorlangan shamdon, qorachiroq, sarxona, jomashov, xum singari sopol idishlarga ehtiyoj qolmadi. Guldon, tovoq, lagan kabi sopol idishlar va buyumlarga ehtiyoj katta. Meʼmorlikda ham kulolchilik mahsulotlari (koshin, parchin va boshqalar) keng koʻllanilmoqda.

Sopol lagan (10-asr, Afrosiyob). Budrochtepadan topilgan sopol idishlar (Surxondaryo). Kulollik buyumlari (20-asr).

Hozirgi kunda badiiy bezatish usuli, shakli va tayyorlanish usullariga koʻra quyidagi kulolchilik maktablari mavjud: Fargʻona (asosiy markazlari — Rishton, Furumsaroy), Buxoro-Samarqand (asosiy markazlari — Samarqand, Urgut, Gʻijduvon, Uba), Xorazm (asosiy markazlari — Madir, Kattabogʻ qishloqlari), Toshkent. Har bir maktab oʻzining rivojlanish va ijodiy tamoyillari, yetakchi markaz va ustalari, oʻzigagiva xos xususiyatlariga ega boʻlish bilan birga asosiy badiiy umumiylikni ham saqlagan.

Fargʻova (Rishton)da kulolchilikning anʼanaviy badiiy va ishlab chiqarish usullari qayta tiklandi, ishkrrli sir tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. M. Ismoilov, I. Komilov, U. Ashurov, U. Qosimov, Sh. Yusupov, A. Vazirov, M. Saidov va boshqa ustalar yaratgan buyumlar (lagan, kosalar, don mahsulotlari uchun katta xumlar) shakl jihatidan ham, bezak jihatdan ham rangbarangdir.

Gʻurumsaroy kulolchilik buyumlariga bezakning mahobatli oydinligi va soddalik xosdir, bu maktab vakili usta M. Turopov sir tayyorlashdan tortib to naqsh chizishgacha boʻlgan barcha ishlarni faqat anʼanaviy usulda bajargan, bu anʼanani uning shogirdi V. Buvayev va boshqalar davom ettirmoqda, yangi ijodiy yangiliklar yaratishda izlanmoqda (jumladan, mahobatli laganlar hajmini kichraytirish va boshqalar).

Buxoro-Samarqand kulolchilik maktabi buyumlarining jarangdor nafisligida qoʻrgʻoshinli sir va sargʻish-yashil, jigarrang boʻyoqlar muhim oʻrin tutadi. "Afrosiyob sopoli" anʼanalariga asoslanib tayyorlanilgan buyumlar bezagida oʻsimliksimon naqshlar yetakchilik qiladi, handasiy naqshlar, hayvonlar tasvirlari kam ishlatiladi. Ular, asosan, Gʻijduvon kulolchiligida qoʻllaniladi. Gʻijduvon, Shaxrisabz ustalari moʻyqalamda ishlasalar, Urgut, Denov ustalari chizma naqshlarni koʻp qoʻllaydilar. Gʻijduvonlik aka-uka Alisher va Abdulla Narzullayevlar anʼanalarni saqlash, rivojlantirish va vorislarga yetkazishda samarali mehnat qilmoqda. Ustalar idishlar tubiga hayvonlarning soddalashtirilgan shakli yoki ayrim qismlarini joylashtiradilar ("dumi burgut", "murgʻi safid", "boyqush", "guli tovus" va boshqalar), bu shakllar gulsimon naqshga oʻxshab ketishi bilan diqqatga sazovor. Narzullayevlar yaratgan buyumlarda yangilikni his qilish, anʼanaviy shakllarga erkin munosabatda boʻlish kabi xususiyatlar aniq koʻzga tashlanadi. Buxoro-Samarqand kulolchilik maktabi boshqa maktablardan sopol xushtak oʻyinchoйlar ishlanadigan markazining borligi bilan ajralib turadi. H. Raximova anʼanalarini uning oʻgʻillari va shogirdi K. Boboyeva davom ettirmokda, ularning ijodida anʼanaviylikni saqlagan holda oʻziga xos mahorat ham kuzatiladi, bu ranglarda, shakl mujassamotida, yechimning mukammalligi va oʻlchamlarning barqarorligida namoyon boʻladi.

Usta A. Muxtorov ishidan namuna (1978, Samarqand).

Xorazm kulolchilik maktabi oʻziga xos badiiyligi, bezaklar rangi va ishlanish uslubi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi; uning milliy shaklli oʻziga xos buyumi bodiyadir; naqsh mujassamoti handasiy va oʻsimliksimon naqshlardan iborat, buyumning markaziy qismiga arabeska girih tushirish ushbu maktabga xos uslublardan. Usta R. Matchonov (Madir qishlogʻi) buyumlarga toʻq rang ishlatgan, buyum bezagida havo rang yoki rangning oʻziga xos toʻq tusi ustunlik qiladi. S. Otajonov (Kattabogʻ qishlogʻi) oq angobdan koʻproq foydalanadi.

20-asrning 80-yillarida kulolchilik markazlarida ishlar birmuncha susaydi. 1990-yillarda Oʻzbekistonda anʼanaviy qadriyatlarga eʼtiborni qaratilishi bu sohaning rivojlanishini taʼminladi. Oʻzbekiston Respublikasida anʼanaviy amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmasi (Respublika yarmarkasi)ga asos solindi. 1995 yildagi 1-Respublika yarmarkasida (BMTning 50 yilligiga bagʻishlandi) barcha kulolchilik maktabining vakillari ishtirok etdi. Ustalardan R. Zuhurov (Denov), M. Turopov (Gʻurumsaroy), I. Komilov (Rishton), Alisher va Abdulla Narzullayevlar (Gʻijduvon), Namoz va Noʻmon Oblokulovlar (Urgut), R. Matchonov (Xorazm), A. Raximov (Toshkent) maxsus tayyorlangan "Usta guvohnomasi"ga sazovor boʻldi.

Oʻzbekistonda mustaqillikdan soʻng

1997 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatni yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni barcha sohalar qatorida kulolchilik anʼanalarini rivojlanishiga samarali turtki boʻldi.

Adabiyot

  • Razvodovskiy V., Opit issledonaniya goncharnogo i nekotorix drugix kustarnix promislov v Turkestanskom kraye, T., 1916;
  • Raximov M. K., Varodnie traditsii v sovremennoy xudojestvennoy keramike Oʻzbekistova, T., 1964;
  • Pugachenkova G. A., Rem pel L. I., Ocherki iskusstva Sredney Azii, M., 1982;
  • Oʻzbekiston sanʼati, T., 2001.
Binkat

Binkat — Shosh (Choch) tarixiy viloyatining markaziy shaqri (9 — 12-asrlar). Harobasi hozirgi Toshkentiiit eski shahar qismidagi binolar ostida saqlangan. 10-asr tarixiy maʼdumotlariga koʻra, B.ning uzunligi ham, kengligi ham 1 farsaxdan boʻlib, koʻhandiz (ark), shahriston (madina), ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan tashkil topgan. Arkning mudofaa devori, 2 darvozasi boʻlib, ulardan biri shahristonga, ikkinchisi ichki rabodga olib chiqqan. Arkda oʻrda, zindon va jome masjidi joylashgan. Shahristonning ham alohida devori va 3 darvozasi boʻlgan. Bu yerda hunarmandlar ustaxonalari va savdo doʻkonlari joylashgan. Ichki rabodning ayrim maʼlumotlarga koʻra 8 ta, yana boshqa maʼlumotlarga qaraganda, 10 ta darvozasi boʻlib, unda asosan bozorlar joylashgan. Tashqi rabodda 7 ta darvoza boʻlib, paxsa, guvala va xom gʻishtdan qurilgan uy-joylar joylashgan. B. obodonligi va bahavoligi bilan sharkda shuxrat qozongan. Shahardan koʻplab suv tarmoklari oʻtgan, koʻchalariga tosh yotqizilgan. Tashqi rabodda bogʻ va tokzorlar koʻp boʻlgan.

B. Toshkent arxeologiyaekspeditsiyasi(V. A. Bulatova, L. L. Rtveladze, D. P. Varxotova, M. I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan; shaharning taxminan plansxemasi ishlab chiqilgan. Tadqiq etilgan madaniy qatlamlar asosida shahar chegarasi belgilapdi. Shahriston va ark taxminan hozirgi Zarqaynar, Navoiy koʻchalari, Chorsu va Eski Juva maydonlari hamda shu yerdagi bozor bilan chegaradosh Gulbozor tepaligini egallagan. Ark Registon va Jangob (Janggoh) ariqlari oraligʻida joylashgan. Topilgan turli uyroʻzgʻor buyumlari, ayniqsa nozik did bilan ishlangan bejirim sirlangan sopol idishlar B. kulollarining yuksak mahoratga ega boʻlganliklarini koʻrsatadi. Tarixiy manbalar (Makdisiy va boshqalarning asarlari)da ham B. kulolchilik mahsulotlarining "tengi yoʻq"ligi haqida qayd etilgan. Shahriston hududidan 11 — 12-asrlarga oid bir necha kulolchilik xumdonlarining qoldiqlari topildi. Rabodlar hududida kulolchilik, temirchilik, shishasozlik ustaxonalari va gʻisht xumdonlari boʻlganligi aniklandi. B. Shosh viloyatining madaniy, savdohunarmandchilik markazi boʻlganligini qadimda shahar atrofida joylashgan qishloqlar hududida olib borilgan arxeologik qazishlar ham tasdiqladi. Topilmalar har bir qishloq aholisi alohida kasb bilan shugʻullanganligini koʻrsatdi. B. 10 — 11-asrlardan Toshkent nomini olgan.

Ld..Mukminova R. G., Oʻzbekistonning oʻrta asr shaharlari tarixidan lavhalar, T., 1973; Burya kov Yu. F., Toshkent vohasining qadimiy karvon yoʻllari, T., 1978; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 1988. Abdulahad Muhammadjanov.

Chechenlar

Chechenlar (oʻzlarini noxchiy deb atashadi) — asosan, Checheniston va Ingushiyadagi xalq (734,5 ming kishi). Rossiya Federatsiyasida jami — 899 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Chechen tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Ch. qardosh ingushlar kabi Shimoliy Kavkazning tub aholisi hisoblanadi. 7-asr arman manbalarida naxchamatyan nomi bilan qayd etilgan. Ch.ning anʼanaviy mashgʻuloti — pasttekisliklarda dehqonchilik, togʻlarda chorvachilik. Anʼanaviy hunarmandchilik (kulolchilik, qurol yasash, zargarlik) taraqqiy etgan.

Chechenlar — (noxchilar, naxcho), oʻzbek tilida — chechen. Chechen tilida gaplashadilar. Hozirgi kunda Shimoliy Kavkazning ktta millatlarining biridir.

Dili

Dili — Timor oroldagi shahar, Sharqiy Timorning maʼmuriy markazi. Aholisi 60 ming kishidan koʻproq (1990-yillar oʻrtalari). Parfyumeriya, kulolchilik buyumlari, kofega ishlov berish korxonalari bor. Yirik port; chetga kopra, kofe, kauchuk, paxta, jun, teri va b. chiqariladi.

Forslar

Forslar (oʻzlarini eroniy deb atashadi) — Eronning tub xalqi. AQSH, Iroq, Afg'oniston, GFR, Avstriya, Fransiya, Buyukbritaniya, MDH davlatlari, va boshqa davlatlarda yashashadi. Umumiy soni 67-million kishi. Antropologik tarafidan evropoid irqining hind-oʻrtayerdengiz guruhiga kiradi. Fors tilida gaplashadi. Islom dinining shiyit tarmogʻiga mansubdir. Qadimgi Eron qabilalari Markaziy Osiyodan miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida janubi-gʻarbiy tomonlariga joylashgan. Ular Midiya davlatida, Axemen avlodi qurgan davlatda asosiy roʻl oʻynadi. 7-asrlardagi arab bosqinchiligidan keyіn forslar orasida islom dini keng etak yoya boshladi. Forslarning etnik tarixida arablardan soʻng turklar (11 — 12 asrlar, saljuqlar), turk-moʻgullar (13 −14 asrlar, Xulagʻu sulolasi) oʻz izlarini qoldirdi. 16-asrning boshlanishida forslar eronlik Sefevi sulolasiga tobe boʻlsa, 19 — asrning oʻrtalarida ularga qadjarlar oʻz hukmdorligini oʻrnatdi. 19-asrning oʻrtasida millat boʻlib shakllanishi nihoyasiga etdi. Forslar qadimdan dehqonchilik bilan shugʻullanishadi; bugʻdoy, tariq, guruch, pahta, arpa, choy, v.b. sholi oʻsimliklar ekai, qoʻy boqdi. Shaharlarida kulolchilik bilan savdo-sottiq rivojlandi. Fors ustalari toʻqigan gilamlari, keramik. idishlar, zargarlik buyumlar koʻp davlatlarda mashhur boʻldi. Uylari soz bolchiqdan, gʻishtdan qurilib, tomi qamish bilan bekitildi. Zadagon forslar hovlisiga hovuz (basseyn) qurdirdi. Milliy kiyimlari: erkaklari matodan tikilgen koʻylak, shim, qoʻy terіsіdan tіkіlgen kurtkacha, boshiga salla oʻraydi. Ayollarining asosiy kiyimi — koʻylak, kofta, dambal, butkul gavdasini yopib turadigan chadra boʻldi. Milliy taomlari guruchdan, goʻshtdan va sutdan tayyorlanadi.

Gʻijduvon

Gʻijduvon — Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidat shahar (1972 yildan), tuman markazi. Buxoro shahridan 49 km shim.-sharqda, Buxoro vohasining yuqori qismida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qiziltepa (17 km). Aholisi 38,6 ming kishi (2003). Gʻijduvon toponimining kelib chiqishi haqida mahalliy aholi orasida turli rivoyatlar mavjud. Shulardan "Kish tuvon" ("kish" tojikcha ekin ekuvchi, "tuvon" — manzil), yaʼni ekin ekadigan dehqonlar manzili yoki "Gʻujudehon" — koʻp qishloklardan tashkil topgan joy maʼnosida izohlaydilar. Shahar hududi va uning atrofi qad.dan dehqonchilik rivojlangan hudud hisoblangan.Gʻijduvon manbalarda qishloq sifatida 10-asrlardan boshlab tilga olinadi. 15—18-asrlarda Gʻijduvon bekligining markazi boʻlgan. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ham Gʻijduvon yirik iqtisodiyijtimoiy markazlardan hisoblangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Gʻijduvonda 15 ta masjid, 55 xusu-siy maktab va madrasa, 3 ta hammom, 300 dan ortiq savdo doʻkonlari, 24 juvozxona faoliyat koʻrsatgan. Shaharda paxta tozalash, meva-sabzavot konserva, gʻisht, pivo va yaxna ichimliklar zavodlari, "Buxoroteks" toʻqi-machilik korxonasi, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, gilam toʻqish, poyabzal f-kalari, milliy kulolchilik, qandolatpazlik, kulolchilik, novvoyxonalar. dehqon bozori, madaniy savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Gʻijduvon Buyuk ipak yoʻli yaqinida joylashganlngidan .\unar-mandchilik qadimdan rivojlangan. Shahar kulolchilik. temirchilik, zargarlik, kashtachilik buyumlari. holvapazlik mahsudotlari bilan mashhur.Umumiy taʼlim maktablari. linei, qurilish va tibbiyot kasb-hunar kollejlari. tuman markazin kugubxonasi, madaniyat uylari, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogi. muzeylar bor. Stadion. sport saroyn va boshqa sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, ayellar konsultatsiyasi. dorixona va boshqa tibbiy muayesasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.Gʻijduvon muhim transport yoʻllari yoqasida joylashgan. Buxoro va viloyatning boshqa yirik shaharlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharla 10 dan ziyod tarixiy meʼmoriy obidalar bor. Shulardap Abduxoliq Gʻijluvoniy masjidi va maqbarasi (12-asr). Ulug-bek madrasasn (1432 — 33). Toshmasjid va Dehqonobod xoiaqosi (15 —16-asrlar), Xoja Soktare masjidi (17-asr), Chorsu masjidi va boshqa mashhur.

Jez davri

Jez davri (miloddan avvalgi 2— 1-ming yillik) — ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat qurollari ishlangan tarixiy bosqich. Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan yasab keldilar. Miloddan avvalgi 4-ming yillikning boshlariga kelib, ayrim joylarda (Oʻzbekiston yerlarida miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikda) turli zeb-ziynat bezaklarini, baʼzi mehnat qurollarini misdan yasay boshlaydilar. Bu davrda misdan yasalgan mehnat qurollari moʻrt va yumshoq boʻlganligidan mustahkamroq qotishma olish uchun izlanish davom etgan va maʼlum davrdan soʻng qalayni misga qorishtirib jez (bronza) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi koʻpaydi, jezdan keskirroq tigʻli qurol-yarogʻlar, roʻzgʻor va kosmetika buyumlari, maʼbudalar, naqshdor muhrlar yasala boshladi. Ovchilik va terimchilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda oʻzining dastlabki ahamiyatini yoʻqotdi. Ot, eshak, tuya va hoʻkizdan transport vositasi sifatida foydalanildi. Hayvonlarga qoʻshiladigan aravalar vujudga keldi.

Bu davrda xoʻjalikning , asosan, yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. Amudaryo va Zarafshonning quyi qismi, Fargʻona vodiysining shimoli-sharqiy qismi va jan. Surxon vohasi tabiiy geografik jihatdan qad. dehqonchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi uchun qulay boʻlgan. Atrofdagi choʻl va dashtlarda, asosan, chorvador qabilalar yashagan. Bu davrda Oʻzbekiston janubiy va Afgʻoniston shimolida rivojlangan Baqtriya (Amudaryo boʻyi) dehqonchilik madaniyati vujudga keldi. Oʻzbekistonda uchta asosiy dehqonchilik vohasi — Sherobod, Shoʻrchi va Bandixon shakllangan. Bu joylarda qad. ilk shahar madaniyati shakllana boshlagan. Jez davriga mansub Sopollitepa, Mirshodi, Moʻlali, Jarqoʻton kabi urugʻ jamoasining turar joylari — qishloq qoʻrgʻonlari, ilk shaharlari va qabrlar topilgan. Ularning baʼzilari qalʼali, mustaxkamlangan va ayrimlari mustahkamlanmagan. Dehqonlar vohalarda bugʻdoy, arpa, suli, paxta yetishtirganlar. Uylardan don omborxonalari, yorgʻuchoqlar, ketmoncha, hovoncha dastalari topilgan. Kulolchilikda charxdan foydalanganlar. Sopollitepadan topilgan ashyolar aholining oʻsha davrdagi hunarmandchiligi, turmushi, sanʼati haqida boy material berdi. Bu yerda murakkab va oʻziga xos 3 qatorli mudofaa devori boʻlgan, maydoni qariyb 1 ga kvadrat shakldagi qoʻrgʻon qazib ochildi. Qoʻrgʻondagi mahallalar koʻchalar bilan boʻlingan. Uylarda moʻrili oʻchoq, ayrim xonalarda sandal oʻrni, ganch suvoq qoldiqlari topildi. Topilmalar hunarmandchilik, xususan, metallurgiya (mehnat va mudofaa qurollari, idishlar, bezak, koʻzgu), kulolchilik, toʻqimachilik (ip va ipakdan toʻqilgan mato qoldiqlari), yogʻochsozlik (qurilish konstruksiyalari, uy jihozlari) va boshqa yuksak rivojlanganligini koʻrsatdi. Qalʼada 20 dan ziyod kulolchilik xumdoni ochib oʻrganildi. Kulolchilikda yuqori sifatli nafis idishlar (qadah, koʻza, xum, choynak, piyola, kosa, lagan va h.k.) tayyorlangan.

Xorazmda miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Jez davrining Tozabogʻyop madaniyati mavjud boʻlgan. Bu madaniyat Burgut shalʼa vohasidagi Tozabogʻyop kanali yaqinidan topilgan. Dehqonchilik va irrigatsiya tarmoqlari ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi (Ongqa-2, Qavat-3 makonlari, Koʻkcha-3 va boshqa mozorqoʻrgʻonlar). Aholi, asosan, choʻl, zonalarida tomi qamish bilan yopilgan kulba va yarim yertoʻlali chaylalarda yashagan, xonaki chorvachilik, zaxkash va nam yerlarda obikor dehqonchilik bilan shugʻullangan. Bu davrda metall quyish texnikasi yuksak boʻlgan. Yassi tubli chizma boshoqsimon naqshlangan idishlar topilgan. Jez metallurgiyasi keng rivojlangan. Xorazmda soʻnggi jez — ilk temir davriga Suvyorgan (miloddan avvalgi 2-ming yillik) va Amirobod (miloddan avvalgi 1-ming yillik boshi) madaniyatlari mansub. Suvyorgan madaniyati qabilalari yogʻoch ustunli toʻgʻri burchakli chaylalarda yashagan. Oʻchoq atrofidan sirti qizilga boʻyalgan sopol idishlar topilgan. Topilmalar ichida mikrolitlar koʻp uchraydi. Bu madaniyat 3 bosqichni (Qamishli, Bozor, qalʼa, Qovunchi) oʻtgan. Urugʻ jamoalari ovchilik, podachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Ijtimoiy hayotda dastlab ona urugʻi anʼanalari kuchli boʻlgan, lekin keyingi ikki bosqichda erkaklarning jamoadagi mavqei ortgan. Ayollar erlarga iqtisodiy jihatdan karam boʻla bordi. Katta oila jamoalarida ota huquqi qaror topib mustahkamlandi. Endi qarindoshlik otaga qarab belgilandi, urugʻlar ichidagi munosabatlar otaning iqtisodiy va ququqiy hukmronligi asosida qurilib, bolalar ota mulkiga merosxoʻr boʻla boshladi. Amirobod madaniyati odamlari yarim yertoʻla uylarda yashagan, uylarning markazida katta oʻchoq boʻlgan. Sopol idishlari tagi yassi, dagʻal ishlanib, boshoqsimon naqsh berilgan. Aholi urugʻ jamoalariga birlashib dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Sugʻorish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yakkaporson-2 dan jez igna, oʻroq, suyak dastali bigiz, oʻq-yoy paykonlari topilgan.

Fargʻona vodiysida soʻnggi Jez davriga mansub Chuyet madaniyati aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, chorvachilikdan iborat boʻlgan. Xom gʻishtdan uylar yasalgan, mudofaa inshootlari qad koʻtargan. (qarang Dalvarzintepa).

Quyi Zarafshonning Zamonbobo madaniyati soʻnggi Jez davrining Andropove madaniyatita juda yaqindir. Andronovo madaniyatining yuqori bosqichiga mansub yodgorliklar Xorazmda, Toshkentdagi Koʻkcha mozorida, Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida, Urgut tumanining Moʻminobod qishlogʻida, Chirchiq daryosi boʻyida — Achchiqkoʻl va Sergeli tepalarida topilgan. Toshkent vohasida soʻnggi jez — ilk temir davri Burganli madaniyatida aksini topgan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri shiddat bilan yemirilib, qabilalar oʻrtasida dastlabki sinfiy munosabatlar vujudga keldi.

Juda keng tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning birinchi choragida Oʻrta Osiyo hududida dastlabki qad. davlat tuzilmalarining paydo boʻlishi kuzatiladi. Qarnab choʻldan shu madaniyatga oid qad. maʼdan konini topilishi (1999) qad. Xorazmdagi davlatchilikning iqtisodiy negizlari kuchli boʻlganidan dalolat beradi.

Ahmadali Asqarov, Abdulahad Muhammadjonov.

Jizzax (shahar)

Jizzax — Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Sangzor daryosi boʻyida, 460 m balandlikda joylashgan. Toshkent–Samarqand temir yo'l va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Maydon 0,7 ming km2. Aholisi 132,5 ming kishi (2000; 1939 yil–9 ming, 1959 yil–15 ming, 1970 yil–35 ming kishi), asosan oʻzbeklar; rus, tatar, ukrain, eroniy va boshqalar ham yashaydi. Toshkentdan 203 km. Temir yoʻl stansiyasi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 1,5°, minimum temperatura –35°, iyulning oʻrtacha tempaturasi 28,5°, maksimum temperatura –46°.

Yunon solnomachilari Kiropol va Gazoni alohida tilga olishadi. Arxeologlar Gazo sh.ning oʻrnini aniq va asosli tayin etmasalarda, tarixiy manbalarda uni Samarqand va Toshkent oraligʻida joylashganligi aytiladi. Olimlar Gazoni kad. Jizzax deb taxmin qiladilar. Toponimist olimlar Jizzax nomini sugʻdiycha "Dizak" ("qalʼacha") soʻzi bilan bogʻlaydilar. Tarixda u Dizax nomi bilan yuritilgan.

Jizzax Oʻrta Osiyodan oʻtgan bir necha qad. karvon yoʻlining tutashgan joyida vujudga kelgan. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va sayyoxlaridan Ibn Havkal va Muqaddasiplarning asarlarida Ustrushonaning Faknon viloyatidagi shahar deb tilga olinadi. Shahar arablar istilosidan oldin ham mavjud boʻlgan.

Jizzax 9–10-asrlarda somoniylar, 11–13-asr boshida qoraxoniylar, Xorazm shohlar davlati, 14–15-asrlarda temuriylar davlati, 16–18-asr 1-yarmida Buxoro xonligi, 18-asr 2-yarmidan 1866 yilgacha Buxoro amirligiga tobe boʻlgan. Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan. 16–17-asrlarda aholi hoz. eski bozordagi Oʻratepaga koʻchgan. 19-asr 60-yillarida u ham harobaga aylangan. Keyinchalik yana tiklangan. 19-asr 2-yarmidan Turkiston general gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Jizzaxda tegirmon, juvozxona, temirchilik ustaxonalari, kulolchilik korxonalari va boshqalar ishlab turgan. Shahar 16–19-asrlarda koʻpgina tarixiy voqealarning guvohi boʻlgan. 1571 yilda Abdullaxonning Dashti qipchoq xoni Boboxon va Toshkent hokimi Darveshxon bilan Jizzaxdagi toʻqnashuvi shaharga koʻp talafot yetkazgan. 1866 yil 12–18 oktabrda Jizzax qalʼasi rus bosqinchilari tomonidan toʻpga tutilib, vayronaga aylantirilgan. 1916 yildagi Jizzax qoʻzyulonits, shahar rus mustamlakachilari tomonidan yana vayron qilinib, aholi shafqatsiz qirilgan.

Jizzaxda 1920 yillardan boshlab yangi korxonalar qurilgan. 1930 yil mahalliy xom ashyo bilan ishlaydigan ohak zavodi, 1932 yil shahar elektr stansiyasi, 1942 yilda paxta zavodi, 1943 yilda qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlaydigan zavod, 1949 yilda yogʻ-pishloq zavodi, 1960 yilda Oʻzbekistonda eng yirik binokorlik materiallari kombinati ishga tushdi. Mirzachoʻl va Qarshi choʻllarini sugʻorish uchun polietilen quvurlar va polixlorvinil mahsulotlari ishlab chiqariladigan kimyo kombinati (1969), elevator, un zavodi va aralash yem ishlab chiqariladigan sexdan iborat un kombinati qurildi (1970). 1971 yilda gʻisht zavodi va Toshkent trikotaj firmasi filialining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, non zavodi, tikuvchilik fabrikasi mahsulot bera boshladi.

Jizzaxda 30 dan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. Ular orasida badiiy kulolchilik buyumlari korxonasi, "Soʻgʻdiyona" firmasining tibbiyot markazi, sut-yogʻ, elektromexanika zavodi, qurilish materiallari kombinati, temir-beton plitalar ishlab chiqarish korxonasi, ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj, mebel fabrikalari bor. Jizzaxda "Sogplastmaskan" (Oʻzbekiston–Suriya), "Bazalt" (Oʻzbekiston–Ukraina), "Kumush" (Oʻzbekiston–Tojikiston), "Jibri" (Oʻzbekiston–Angliya) qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. 30 dan ziyod qurilish tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Shaharda istiqlol bogʻi, yopiq suv havzasi, maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, "Paxtabank", "Asakabank", "Gʻallabank", "Uy-joy qurilish sanoat banki", "Osiyo" bozori, "Baxmal" savdo uyi, Xotira xiyoboni, bolalar istirohat bogʻi kabi yirik inshootlar foydalanishga topshirildi. Shahar mahallalarida yashovchi aholi uchun Olmazor, Toshloq, Ulugʻbek, Zargarlik, Kimyogar, Bobur, Hamzaobod, Oʻratepalik, Hayrobod, Ravallik nomli zamonaviy mahalla guzarlari mavjud. Shahardagi 280 ga yaqin koʻchaning uzunligi qariyb 240 km ni tashkil qiladi. Jizzaxdan Toshkent sh.ga, shuningdek, respublikaning boshqa viloyat markazlariga avtobus qatnaydi. Shahar ichida trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Aholiga 600 dan ziyod savdo va bir qancha maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat qiladi.

Shaharda 2 oliy, 7 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 2 kasb-hunar, 3 akademik hamda biznes litseyi, gimnaziya, 30 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi bor. Musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatri, telemarkaz, 8 bolalar kutubxonasi (87 ming kitob), "Oʻzbeknavo" viloyat konsert boʻlimi, "Oʻzbekraqs" birlashmasining viloyat boʻlimi, 2 muzey, 2 musiqa, 4 sanʼat maktabi mavjud. 3 sport maktabi, markaziy stadion, 2 futbol maydoni, 2 suzish havzasi, tennis korti, 32 sport zali va bir qancha sport maydonlari faoliyat koʻrsatadi.

Oʻrda, Bobo Yak, Qaliyatepa, Nuriddin Hoji madrasasi kabi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar saqlanib qolgan.

Jizzaxda Ya.Gʻ. Gʻulomov (1951, 1960-61), H. Muhamedov (1956–59), M. Aminjonova (1964), S. Rahimov (1966–70), R. A. Badaxov (1980), Oʻ. Alimov (1982–84) va b. arxeologik qazishlar olib borganlar. Jizzax hududidagi Uchtepa mavzesidagi 3–4-asrlarga oid mozortepalardan turli sopol parchalari, tangalar topildi. Jizzax yaqinida 1955 yil Ya. Gʻ. Gʻulomov jez davriga oid tosh kursini topgan.

Jizzaxdan koʻpgina mashhur kishilar: davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov, shoir Hamid Olimjon, adib Sarvar Azimov, Oʻzbekiston xalq artisti Xosiyat Azimova, 1941–45 yillar urushi qaxramonlari J. Toʻrayev, Ye.I. Ivanin, G.M. Gubarkov, Mehnat Qahramoni B. Pirmatov va b. yetishib chiqqan. Shaharda "Jizzax ovozi" gaz. muntazam nashr etiladi (adadi 2000).

Katmandu

Katmandu — Nepal poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Baghmati daryosi sohilida, 1360 m balandlikda joylashgan. Iklimi mussonli, tropik togʻ iklimi, iyulning oʻrtacha temperaturasi 24,5°, yanvarniki 18,3°. Yillik yogʻin 1400 mm. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Aholisi shahar atrofi bilan 420 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari).

K.ga 724 yilda asos solingan, dastlab Kantipur deb atalgan. K. nomi 16-asr oxirida qurilgan Kastamandap ibodatxonasi nomidan olingan. K. 12—18-asr oʻrtalarigacha hozirgi Nepal xududida mavjud boʻlgan turli knyazliklarning poytaxti boʻlib keldi. 1769 yildan Nepal davlatining poytaxti.

K. — transport yoʻllarining muhim tuguni. Havo yoʻllari orqali Nepalning boshqa shaharlari, shuningdek, Hindiston, Bangladesh, Myanma, Tailand bilan bogʻlangan. Yengil va oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxona koʻp, hunarmandchilik korxonalari va ustaxonalar ham bor. Badiiy oʻymakorlik va zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, remont-mexanika, kulolchilik korxonalari, gʻishtcherepitsa zavodi va b. mavjud. Universitet, kollejlar, Qirollik akademiyasi, Milliy, Markaziy kutubxonalar, Milliy teatr va muzey, gospital va boshqa bor.

K. — Buddizm dini markazlaridan. Meʼmoriy yodgorliklari: Katx Mandir (Kastamandap) pagodasi (1596), saroy va ibodatxonalar majmui (15—18-asrlar), saroy (20-asr), Bhismena minorasi (1834) va b. Shahar yaqinida Bodxnatx stupasi va Svayambxunatx meʼmoriy-skulptura majmuasi (mil. av. 3-asr), Pashupatinatx ibodatxona majmuasi (13-asr) saqlangan.

Kattaqoʻrgʻon

Kattaqoʻrgʻon – Samarqand viloyatidagi shahar. Zarafshon vodiysida, Narpay kanalining chap sohilida, 485 m balandlikda. Kattaqoʻrgʻon tumani hududida, temir yoʻl stansiyasi. Samarqand sh.dan 88 km shim.-gʻarbda. Yanv.ning oʻrtacha tempaturasi –2°, iyulniki 27,2°. Yillik yogʻin 282 mm. Aholisi 76,3 ming kishi (2002).

Koʻpgina arxeologik qazilmalar qad. Kattaqoʻrgʻonning boy madaniyatidan darak beradi. 1908 y.da oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar vaktida ossuariy (sopol tobut)lar topiladi. Ossuariylarda odam suyaklari va dafn marosimlaridagi diniy urf odatlarni tasvirlovchi rasmlar saqlanib kolgan. 1958 y.da Kattaqoʻrgʻondan 7 km gʻarbdagi kondan yogʻoch sandiq qoldiqlari chiqdi. Sandiqning mis bezaklarida qad. shahar madaniyatini aks ettiruvchi rasmlarni koʻrish mumkin. Jezdan ishlangan qorachiroq va ayollar taqinchoqlari topilgan. Makedoniyalik Iskandar Samarqandni vayron qilgandan keyin, Kattaqoʻrgʻon ancha muddat Sugʻdning siyosiy markazi boʻlib turgan. Kattaqoʻrgʻondan bir oz gʻarbrokda qad. madaniyat oʻchogʻi boʻlgan Rabinjon sh. qoldiqlari aniqlandi. 12-asrda uni Xorazmshoh El Arslon egallagan. Hozirgi Kattaqoʻrgʻon (eski shahar qismi) 17-asr ning soʻnggi choragida barpo etilgan. 18-asrda Kattaqoʻrgʻon ancha katta shahar boʻlgan (170 ga joyni egallab, 25 guzarga boʻlingan). Shahar paxsa devor bilan oʻralib, 4 darvozasi boʻlgan. Masjidlar va diniy maktablar faoliyat koʻrsatgan. Aholi gʻisht pishirish, kunjut va paxta yogʻlari i.ch., paxta tozalash, zargarlik, kosibchilik va b. hunarlar bilan shugʻullangan. Kattaqoʻrgʻon adabiy muhitiga mansub shoirlardan Shavqiy, Nodim, Xiromiy. Eshonxoja Vola, Miriy, Vidodiy, Dust va b. ijod qilgan. Q.ni rus bosqinchilari egallagunga kaDaR (1868) shahar Buxoro amirligi tasarrufida boʻlgan. 19-asr oxirida Krasnovodsk (hoz. Turkmanistondagi Turkmanboshi sh.)– Samarqand temir yoʻl qurilishi bilan shahar sanoati rivojlana boshladi. 1890 y. bugʻ dvigateli bilan ishlaydigan paxta tozalash va 1896 y. pressli yogʻ zavodlari ishga tushdi.

Kattaqoʻrgʻonda yogʻ-moy, goʻsht, sut-moy, non, un kombinatlari, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqaradigan "Paxtamash" zavodi, gʻisht, paxta tozalash zavodlari, meva konservalash, qandolatchilik, mahalliy sanoat korxonalari, ohak, mebel, badiiy kulolchilik sexlari, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi.

Shaharda bir qancha qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar, 18 umumiy taʼlim, musiqa maktablari, pedagogika, tijorat va tibbiyot kollejlari, transport, kasb-hunar va milliy hunarmandchilik litseylari, teatr, 6 madaniyat uyi, klublar, 15 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, muzey, kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika va dorixonalar xizmat koʻrsatmokda. Kattaqoʻrgʻondan Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Zarafshon vodiysining boshqa shaharlari, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonga avtobuslar qatnab turibdi. Toshkent – Nukus, Andijon – Dushanba temir yoʻl yoʻnalishlari shahar orqali oʻtadi. Kattaqoʻrgʻon yaqinida Kattaqoʻrgʻon suv ombori qurilgan.

Kitob (shahar)

Kitob — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Qashqadaryo bilan Okdaryo oraligʻidagi Shaqrisabz-Kitob botigida, oʻrtacha 685 m balandlikda joylashgan. Qarshi — Kitob temir yoʻl shoxobchasining oxirgi — Kitob st-yasidan 4 km, viloyat markazi — Qarshi shahridan 130 km. Aholisi 34,9 ming kishi (2000).

Shahar nomi forscha kift — yelka, ob — suv soʻzlaridan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. K. oʻrta asrlarda Gʻarb bilan Sharq mamlakatlarini birbiriga bogʻlagan yirik kar-von yoʻli yoqasida, Samarqand va Shahrisabz (Kesh)ga yaqin joylashganligi uchun yirik shaharga aylangan. Maydoni 40 ga, shahar arki 1 ga dan koʻproq joyni egallagan. Ark harobalari hozir Qalandartepa deb yuritiladi. Shahar devorining qalinligi 7,5 m. Bu devor taxmi-nan miloddan avvalgi 3-asrda qurilgan. Oʻtmishda K.ning jan.-gʻarbiy tomonida kulolchilik mahallalari joylashgan. Arxeologik qazishlar natijasida ochilgan madaniy qatlamlardan katta marmar plitalar, bino qoldiqlari, turli shakldagi rangli sopol idishlar, mayda haykalchalar va boshqa buyumlar topilgan. Shahar bir qancha vaqt tushkunlikka tushib, 6—7-asrlarda qayta tiklangan. Arkdan tashqarida 2,5 ga yerga qalʼa-qarorgoh qurilib, qalin devor bilan oʻrab olingan. 9—17-asrlarda shahar avvalgi mavqeini yoʻqotgan. 18-asrda K. beklik markaziga aylangach, birmuncha tiklangan. Oʻsha davrda K.da 6 shahar darvozasi, bir necha oʻn guzar, 2 karvonsaroy, bozor, hammom, 4 qabriston boʻlgan. iHoz. K. Qashqadaryo viloyatining yirik madaniy va iqtisodiy markazlarilan. Paxta tozalash, vino z-dlari va boshqa korxonalar mavjud. K. kenglik st-yasi jahondagi 5 ta shunday st-yaning biridir (qarang Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi). K.da tuman hokimiyati binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, madaniyat uyi, umumiy taʼ-lim maktablari, avtostansiya, madaniyat va istirohat bogi, stadion va tennis korti, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.

K. Katta Oʻzbekiston trakti orqali Shahrisabz, Samarqand va boshqa shahar hamda tumanlar bilan bogʻlangan.

Moldavanlar

Moldavanlar (oʻzlarini moldoven deb atashadi) — Moldaviyada yashovchi xalq (2,8 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, Ukraina (324 ming kishidan ortiq), Rossiya (170 ming kishidan ortiq), Qozogʻiston (33 ming kishi) va boshqa mamlakatlarda yashaydilar. Moldavan tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — pravoslavlar.Moldavanlar (Moldavancha atalishi — moldoven) — millat. Moldova Respublikasining tub xalqi. Ummuiy soni 3,5 million kishi (2004). Antropol. tarafidan yevpoid irqiga mansub. Ruman tilining sharqiy guruhidagi moldavan tilida soʻzlashadilar. Alifbosi kirillcha. Masihiylik dinining pravoslavie tarmogʻiga mansub xalq. Frakiyalik qabilalarning asosida shakllandi. Oʻrta asrlarda sharqiy slovyanlarning bosqinchiligiga uchradi. Moldavanlar 12 asrlarda sharqiy Karpat dashtlarida millat boʻlib shakllana boshladi. Moldovanlarning milliy xoʻjaligi chorvachilik, dehqonchilik (bugʻdoy, makkajoʻxori), bogʻbonchilik. Asosiy kasb-hunarlari: toʻqimachilik (gilam toʻqish), kulolchilik, duradgorchilik. Birmuncha tumanlarida baliqchilik, ovchilik ham yahshi rivojlangan. milliy kiyimlari: erkaklar oq koʻylak bilan shim, nimcha. Ayollari asosan turli naqshlar bilan bezatilgan oq koʻylak kiyib, boshlariga roʻmol oʻraydi. Oyoq kiyimlari — teridan yasaladigan opinch. Milliy taomlarining koʻpchiligi asosan makkajoʻxori va undan tayyorlanadi. Ogʻzaki adabiyoti ertaklarga, afsonalarga, musiqalarga, maqollarga boy. Keng qamrov olgan milliy musiqa asboblariga: kobza, nay, chimpa, v.h. Milliy raqslari (xora, jok, moldovenyaska).

Nikosiya

Nikosiya, Lefkosiya — Kipr poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Orolning deyarli qoq markazida, Mesaoriya tekisligida joylashgan. Iklimi subtropik, oʻrta dengiz iklimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 360 mm yogʻin yogʻadi. Shahar oʻrmonsiz dasht zonadagi yashil voha koʻrinishiga ega. Aholisi 270,8 ming kishi (1999, shahar atrofi bilan).

Shaharga taxminan miloddan avvalgi 7-asrda asos solingan va dastlab Ledra, keyinroq Levkoteon deb atalgan. Miloddan avvalgi 58 yilda shaharni rimliklar bosib olgan va Rim imperiyasi, keyinroq Vizantiya tarkibiga kirgan. 1192—1489 yillarda Kipr salbchilari qirolligi poytaxti. 1570 yilda Usmonli turklar tasarrufiga oʻtgan. 1960 yildan Kipr Respublikasi poytaxti.

N. — transport yoʻllari tuguni. Aero-porti xalqaro ahamiyatga ega Toʻqimachilik, tamaki, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik (kulolchilik) rivojlangan. Turizm markazi. Arxeologiya muzeyi, Kipr tarixi va madaniyati muzeyi, Sulton Mahmud Nikosiya shahri. Arxiyepiskop saroyi.

II turk kutubxonasi, kartinalar galereyasi, oliy oʻquv yurtlari, teatr bor. Qalʼa devori bilan oʻralgan shahar markazida meʼmoriy yodgorliklardan Ayo Sofiya gotika sobori (hozirgi Salimiya masjidi), cherkovlar, Umariya masjidi, arxiyepiskop saroyi, Bediston yopiq bozori va boshqa saqlantan. Venetsiya qalʼasidan tashqarida koʻplab zamonaviy binolar qurilgan.

Nurota

Nurota — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (1976 yildan). Oqtogʻning etagida, 524 m balandlikda joylashgan. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Tinchlik (85 km). Nurota viloyat markazi (Navoiy shahri)dan 85 km. Aholisi 30,1 ming kishi (2003).

Nurota Oʻzbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. Shahar dastlab 10-asrda Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida "Hyp" shaklida (shu yerdagi mashhur "Hyp" chashmasi nomidan) tilga olingan. Mahalliy rivoyatlarda shaharning paydo boʻlishi Iskandar Makduniy davriga borib taqaladi. Keyinchalik shaqar bu yerda yashab oʻtgan mashhur Shayx Abulhasan Nuriy (9-asr) sharafiga "Nurota" deb atala boshlagan. Nurota ustidan Buyuk ipak yoʻlining bir tarmogʻi oʻtgan. U oʻtmishda harbiy-strategik ahamiyatga ega boʻlib, yirik savdo markazi ham hisoblangan. "Hyp" qalʼasi qadimdan Jizzaxdan soʻng Buxoro va Samarqand vohasiga kirish uchun ikkinchi darvozahisoblangan. Nurota (kad. "Hyp") Buxoroning shimolidagi chekka shahar boʻlib, madaniy oʻtroq aholi va koʻchmanchi xalqlar yashaydigan qudud che-garasida joylashgan. Oʻgʻuz turklari Nurota voxasidan avval Xuroson, soʻngra Kichik Osiyo yarim orolga borib oʻrnashgan va Saljuqiylar davlatiga asos solgan (11-asr). Qad. tosh yoʻli orqali Nurga koʻplab karvonlar kelib toʻxtagan. Chingizxon qoʻshinlari Buxoroga borishda xuddi ana shu yoʻldan (1220 yil yanv.) Nurga kirib kelgan. Shu bois tosh yoʻli "xon yoʻli" nomi bilan ham yuritilgan. Nurota Somoniylar, Abdullaxon davri (16-asr)va undan keyingi davrlarda ham muhim strategik is-tehkom hisoblangan. Nurotaning ulkan boyligi uning marmar konidir. Shahardagi "Nurotamarmar" sanoat korxonasi ushbu kon xom ashyosi asosida ishlayapti. Shuningdek, Nurotada non kombinati, tikuvchilik fabrikasi, "Nurbuloq", "Nu-robod" aksiyadorlik jamiyatlariga karashli korxonalar, bir necha bozor, savdo doʻkonlari, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 8 umumiy taʼlim maktabi, pedagogika, qishloq xoʻjaligi kasbhunar kollejlari, 7 ommaviy kutubxona, klub, "Chashma" oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi (2003). Nurotada 2 kasalxona, 10 dorixona va boshqa tib-biyot muassasalari mavjud.

Xalq amaliy sanʼat va hunarmandchiligi qadimdan rivojlangan. Nurota us-talari tomonidan tayyorlangan du-radgorlik, temirchilik, chilangarlik, quruvchilik, kulolchilik, miskarlik, kashtachilik, zargarlik mahsulotlari hamisha haridorgir boʻlib kelgan.

Nurotada antik davrda qurilgan Hyp qalʼasi qoldiklari (uni Iskandariya, Iskandar qalʼasi ham deyishgan), Piro-sta mudofaa devori qoldiqlari va qad. korizlar sistemasi (taxminan miloddan avvalgi 4—3-asrlar), "Chilustun" jome masjidi (9— 20-asr boshlari), Katta Gumbaz masjidi (1582 — 90 yillar), "Sayidota", "Okmas-jid", "Bargsoʻz" masjidlari (19-asr oxiri — 20-asr boshlari), Sudur Bobo hammomi (1928 yil) kabi meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan. Shaharda Mozori Sang Andoz (Paxlavon Ahmad Zamjoi), Shoi-ris (Bibisitam Tagalbos), Mozori bandikusho (Hoji Burhoniddin Jarroh), Chilla mozor (Xoja Ubaydullo Jarroh), qad. Hyp chashmasi kabi ziyoratgohlar mavjud.Nurota shahri tarixini shu joyda Nur qalʼasini qurdirgan Iskandar Zulqarnayn bilan bogʻlashadi. Nurotada Chashma bulogʻi bor, buloq shifobaxsh hisoblanadi. Diniy va turizm ahamiyati bor.

Payshanba (shaharcha)

Payshanba shahari — Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1989 yildan). Tuman markazi. 450 m balandlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (12 km), Samarqand shahrigacha 90 km. Aholisi 31 ming kishidan ziyod (2014).

P.dagi tepaliklari miloddan avvalgi 5—4-asrlardagi oid ostadonlarning topilishi u yerda qadimda aholi yashaganligi tasdiqlaydi. Qulay geografik mavqega ega boʻlgan P. ravnaq topib 18-asr oxirida mudofaa devori bilan oʻralgan 3 darvozali shaharga aylangan. 18—19-asrlarda P.da toʻqimachilik, chitgarlik, zargarlik, qandolatchilik, kulolchilik, misgarlik, attorlik, ganchkorlik, temirchilik kabi hunarmandchilik turlari rivojlangan. 1868 yildan Payshanba volostining markazi boʻlgan. P.da 1905—08-yillarda Rossiyaning mustamlakachilik zulmiga qarshi Namoz Pirimqul oʻgʻli boshchiligidagi xalq qurolli harakati boʻlib oʻtgan. Qadimda P.da masjid va madrasalar, karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan. Bulardan Odina masjidi (taxminan 17—18-asrlar) ulugʻvorligi bilan ajralib turgan, uni "Ona masjid" deb ham atashgan. 1791 yil P.da Muhammad Aminxoʻja Naqib Madrasa qurdirgan, 1902 yilda rus-tuzem maktabi binosi (hozirgi pochta) qurilgan. P.da tuman hokimiyati binosi, gʻisht zavodi, non k-ti, pilla qabul qilish korxonasi bor. Novvoylik, qandolatchilik, tikuvchilik, etikdoʻzlik, tandirchilik, baqqollik, duradgorlik, temirchilik bilan shutullanuvchi kichik korxonalar mavjud. 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar litseyi, bolalar sport, musiqa maktablari, oʻsmirlar futbol maktabi faoliyat koʻrsatadi. 3 muzey, 4 kutubxona, markaziy kasalxona (400 oʻrin), sil kasalliklari shifoxonasi (40), ambulatoriya va poliklinika, kattalar va bolalar, stomatologiya poliklinikalari ishlab turibdi. Bir qancha madaniy, maishiy, savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari, Qalandarxona jome masjidi bor.

Polyaklar

Polyaklar — xalq, Polshaning asosiy aholisi (37,75 mln. kishidan or-tiq). Umumiy soni 44,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, RFda 94,6 ming kishi, Ukrainada 219,2 ming kishi, Litvada 258 ming kishi, Belorussiyada 417,7 ming kishi. Polyak tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Polyak elatining shakllanishida Xalqlarning buyuk koʻchishidai soʻng Polsha hududida qolgan gʻarbiy slavyan qabilalari muhim rol oʻynagan. Polsha davlati barpo i etilgan davrda polyak elati ham shakllangan (10—11-asrlar). Uning etnik asosini polyanlar, slenzanlar, vislyanlar, mazovshanlar, pomorliklar tashkil qilgan. Koʻp millatli Rech Pospolita davlati (1565 yil tashkil topgan) doirasida polyak millati uyushuvi jarayoni sodir boʻlgan. P.ning yar-midan ortigʻi shaharlarda yashaydi va koʻp tarmokli sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — gʻallachilik.

Polyaklar — millat, Polshaning tub xalqi. MDH davlarida, AQSh, Fransiya, Kanada, Belgiya, Braziliya, Argentina, v.h. davlatlarida yashashadi. Umumiy soni 60 million kishi. Slovyan tillarining gʻarb guruhiga kiruvchi polyak tilida gaplashadilar. Alifbosi Lotincha. Dini Masihiylik dinining katolik tarmogʻiga mansub. Polyaklarning etnik asosini qadimgi oʻrta asrlardagi polyan, slezan, vislyan, mazovshan, pomoryan slovyan qabilalari tashkil qilgan. Millat boʻlib 10 — 11 asrlarda Polyak davlati tashkil topgandan keyin shakllana boshladi. Asosiy qismini gʻarbiy slovyan qabilalari tashkil qildi. Polyaktarning koʻpchiligi shahar hududlarida yashashadi. Ular har hil sohadagi korxonalar va xalqqa hizmat koʻrsatish joylarida ishlashadi. Tabiiy oʻzgachaligi va tarixiy qismatlari har bir joyda oʻziga xos milliy xoʻjalik va madaniyatning shakllanishiga taʼsir qilgan. Malopolsha va Sileziya oʻxshash togʻli hududlarda chorvachiligi, Pomorening gʻarbi va sharqida dengiz kasbchiligi qadimdan rivojlangan. Milliy kiyimlari: ayollar yubka, koʻylak, sirtidan oltin va kumush zar bilan toʻqilgan korsaj; erkaklar yoqali koʻylak, yoʻl-yoʻl shim, koʻk kaftan, boshiga konfederatka kiyadi. Xalq orasida hunarmandchilikning koʻp turlari (toʻqimachilik, tikinchіlik, kulolchilik, duradgorlik, v.b.), ogʻiz adabiyotlari (kundalikdagi musiqalar, afsonalar, ertaklar, v.b.) saqlangan.

Rishton

Rishton — Fargona viloyati Rishton tumanidagi shahar (1977-yildan). Tumanning maʼmuriy markazi. Viloyatning gʻarbida, Soʻx daryosining oʻng sohilida, Qoʻqon — Fargʻona avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Furqat (12 km). Rishtondan Fargʻonagacha — 52 km. Aholisi 30,9 ming kishi (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Soʻx — Shohimardon, Jonobod kanallari va artezian quduqlardan suv oladi.

Rishton tumani

Rishton tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1959 y. 7 martda Soʻx tumani bilan birlashtirilgan. 1990 yil 27 fevralda Soʻx tumani ajralib chiqqan. Shim.dan Bagʻdod, jan.sharqsan Oltiariq, gʻarbdan Oʻzbekiston va Uchkoʻprik tumanlari, jan.dan Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,42,1 ming km². Aholisi 150.2 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Rishton), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshkapa, Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev, Boʻston, Yoyilma, Zoxidon, Mehnatobod, Oqoltin, Oqyer, Rishton, Toʻda, Qayragʻoch) bor. Markazi — Rishton shahri.

Xorazm

Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi Xorazm, Qadimgi Xorazm — Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qad. tarixiy oʻlka fanda 2 xil: Kdd. Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. X. haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitobalari, qad. yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va boshqalar) hamda ilk oʻrta ayerlarning arab geograflari asarlarida uchraydi.

"X." atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad. forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu oʻlka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "X." atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. X. tarixining bilimdoni SP. Tolstoye "X." atamasi talqinlari orasida eroncha "XurrXurshed" va "zmzem" soʻzlari asosida yuzaga kelgan nomning "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, X.ni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi oʻlkasi", "quyosh (xalqi) yeri" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, X. ayrimayrim 3 soʻzlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "er", "oʻlka", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan. Demak, "X." atamasi qanday shaklda qayd etilmasin, u "yaxshi qoʻrali yer", "ajoyib qalʼali oʻlka", "mustahkam qalʼalari bor diyor" degan maʼnoni anglatgan.

Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qad. Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shim. qismida Amudaryo etaklarida sonsanoqsiz sersuvli oʻzanlar, shim. va shim.sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning jan. qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan kattakichik daryojilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosiddor yerlar joylashgan.

Qadimgi X. mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qad. aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qad. madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan X.ning shim. qismi (Oqchadaryo deltasi)da mil. av. 4—3 ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, mil. av. 2myng yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va mil.av. 1-ming yillik boshlari (9—8-asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular X.ning qad. aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji X. aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.

X. ning jan. qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa mil. av. 6— 3ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda turli xildagi kattakichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa).

Mil. av. 2ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qad. sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va jan.sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi.

Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning bir qismi jan. tomon siljib to shim. Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi.

Miletlik Gekatey (mil. av. 6-asr) maʼlumotlari asosida Gerodot (mil. av. 5-asr) axomaniypar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining jan.sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shim. Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiradi.

Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axomaniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan.

Mil. av. 6—5-asrlarda X. Axomaniylar davlatining 16satraplik tarkibiga kirgan. Mil. av. 5-asr oxiri — 4-asr boshlarida esa, u aloxida satraplik hisoblangan. Mil. av. 3 — mil. 3-asrlarda X. Sirdaryo havzasining oʻrta qismida1. Qalʼaliqirdagi saroy xarobasi. Mil. av. 5—4asrlar; 2. Ayozqalʼa. 1-ming yillik oʻrtasi; 3. Tuproqqalʼa. Gipsdan ishlangan haykal parchasi. 3asr; 4. Tuproqqalʼa. Yogʻochga bitilgan qad. xorazmiy yozuvi. 3asr. tashkil topgan Qangʻ davlatining tarkibvda boʻlgan.

Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baktriyadan jan.da Areyadan sharkda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. Xorazmiylar). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farkdi oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, boxtariylar, areyaliklar, girkaniyaliklardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sutorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari— dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan.

Mil. av. 4-asrning 2-yarmida X.da mustaqil davlat qaror topadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, X. davlatiga afsonaviy qahramon Siyovush (Siyovaxsh) asos solgan. Mil. av. 328 y. bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun X. hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Fanda massagetlar konfederatsiyasi (turkumi) nomi bilan tilga olingan X. davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼaaya boʻlgan. Keyinchalik (305 y.) esa Kot shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi (beti)da tojdor xukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga mil. av. 1-asrga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar mil. 8-asrgacha zarb etilgan.

X. davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qad. davlatlardan biri boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi.

Demak, X. aholisining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tadrijiy rivojlanish uning shim. va jan. qismlarida, avval biri ikkinchisidan tubdan farqlanuvchi 2 turdagi madaniyatlar shakllangan. Soʻngra esa ularning qorishuvi oqibatida X.ning oʻziga xos yuksak darajadagi madaniyati yuzaga kelib, ravnaq topgan.

Qadimgi Xorazm madaniyati. Kadimdan Gʻarbiy Osiyo, xususan, shim.sharqiy Eron hududlari bilan bevosita aloqador boʻlgan X.ning qad. mushtarak madaniyatining koʻpgina jihatlari, xususan, badiiy madaniyati — aholisining tili, urfodatlari, uyjoylarining tuzilish tartiblari, roʻzgʻorbuyumlari, zebiziynatlarida oʻz ifodasini topgan. Mas, X.ning jan. kismi qadimgi obidalarida (mil. av. 6—3ming yillik) somonli guvaladan bino qilingan sahni, ganch aralash loy suvoqli bir xonali uylar ichida oʻchoq, supa, gʻalla uchun oʻra (toʻla) boʻlgan. Chaqmoqtosh qurollari qirgʻich, oʻroq, randa, pichoq; suyakdan yasalgan igna, bigiz; yarmatosh; somonli loydan yasalgan sopol idishlar, baʼzilarining sirtiga qizil rang (angob) berilgan; tosh va sopoldan yasalgan ayol va turli xil hayvon haykalchalar; tosh suyak va chigʻanoqlardan yasalgan tumor, munchoq kabi taqinchoklar uchraydi.

Mil. av. 4—2ming yilliklarda esa turar joylar maydoni nihoyatda kengayib xom gʻishtli koʻp xonali uylardan iborat qishloqqa aylangan. Ularning girdi mudofaa devori bilan oʻralib, otashgoh, hovlilar, tor koʻchalar va markazida maydon paydo boʻlgan. Qurollarining aksariyati tosh va suyakdan, qisman misdan yasalgan, qoʻlda yasalgan sopol idishlar sirtiga qora rangli geometrik va jimjimador (gilam nusxa) naqshlar, hayvon va parranda tasvirlari tushirilgan. Soʻngra kulolchilik charxi kashf etilib, bikonik nusxa idishlar, qadah va vazalar paydo boʻlgan. Binokorlikda monumental imoratlar [ibodatxona, miyonsaroy (zal) va boshqa] qad koʻtarib, qishloqlar esa ilk shahar shaklini ola boshlagan.

X. shim. qismining moddiy madaniyat obidalari (mil. av. 4—3ming yillik), asosan, ovchi va baliqchi qabilalarning ulkan chaylalari chaqmoqtoshdan qadama (mikrolit) qurollar, tagi tuxumsimon sopol idishlar, chigʻanoq va jilvir toshlardan yasalgan taqinchoqyaardan iborat. Mil. av. 2ming yillikda garchi sugʻorma dehqonchilik xonaki chorvachilik va podachilik paydo boʻlib, turli zot (mayda va yirik shoxli hayvonlar) bilan bir qatorda ot, tuya xonakilashtirilib, yilqichilik ancha rivoj topgan boʻlsada, turar joylar yarim yer toʻlabostirma shaklida boʻlgan. Taqinchoklari (uzuk, bilaguzuk, isirgʻalar) jez yoki mis kabi maʼdan boʻlsada, qurollarining aksariyati chaqmoqtoshlardan yasalgan. Bu davrda X.ning shim. qismida shubhasiz, na misdan yasalgan qurol va na guvala yoki xom gʻishtlardan bino qilingan turar joy mavjud edi.

Xorazmiylarning jan.dan shim.ga Amudaryo quyi oqimi tomon siljishi, ularning mahalliy qabilalar bilan qorishuvi oqibatida, tubdan yangi madaniyat shakllanadi. Amudaryo adogʻi (deltasi) oʻzlashtirilib, oʻlkada bir nechta monumental binolar (Koʻzaliqir va Qalʼaliqir kabi) qad. koʻtaradi. Mil. av. 4—3-asrlarda X. iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib, yirik sugʻorish kanallari (60–70 km. eni 30– 40 m li sayoz) barpo etilib, yangi shaharlar, qoʻrgʻonqalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa) quriladi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo hamda sanʼat rivoj topib, poytaxt (Tuproqqalʼa) barpo etiladi. X. qalʼa va shaharlari toʻgʻri toʻrtburchakli va doirasimon shakllarda aniq reja asosida qurilgan. Ular qalin va baland mudofaa devor bilan oʻralib, tashqarisidan keng (10–15 m) va chuqur xandaq qazilgan. Qalʼa va shaharlarning mudofaa qudratini strategik jihatdan kuchaytirish maqsadida ularning tashqi devorlari bir yoki ikki qator shinak (nishon, tuynuk)lari, darvoza ogʻzi esa, gʻulomgardish (labirint) — ihota istehkomi bilan mustahkamlangan. Bunday mudofaa inshootlari majmui, shubhasiz, aniq rejalar asosida strategik jihatdan nihoyatda mustahkam qilib barpo etilgan. Mac, toʻrtburchakli qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa) devorlari boʻylab 2 qatorli shinaklardan nishonga 4 tomondan oʻq uzish uchun moʻljallangan boʻlsa, doira shakldagi qalʼa (Qoʻyqirilgan qalʼa)dan qamal vaqgida shinaklardan bir yoʻla 360 daraja yoʻnalishda oʻq uzilgan. Bunday uslub, harbiy taktikada doira boʻylab markazdan oʻqqa tutish deb yuritiladi.

X.da shaharsozlik sanʼati, ayniqsa, monumental meʼmorlik mil. av. 1-ming yillik oʻrtalaridan to mil. 8-asr boshlarigacha oʻtgan davr ichida keng rivojlangan. Yirik qalʼalar, xususan, poytaxt shahar (Tuproqqalʼa, Kot) oʻlka ibodatxonasi (Hazorasp), maqbaralar (Chirikrabot) va boshqa turdagi jamoat binolari qad. koʻtargan. Tuproqqalʼada 3 minorali qarorgoh, muhtasham shohona saroy (sahni 280 kv.m), markaziy koʻchalar boʻylab joylashtirilgan hunarmandchilik turar joylari va bozor oʻrin olgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari: kulolchilik, temirchilik, misgarlik, qurolsozlik, zargarlik, binokorlik va toʻqimachilik yuksak darajada rivoj topgan. Tuproqqalʼa xarobalaridan topilgan turli xildagi ashyolar, xususan, tasviriy sanʼat asarlarining ayrim boʻlaklari, loydan ishlangan haykallar, devoriy rangli tasvir (chiltor chalayotgan ayol, qoʻlida anor tutgan maʼbuda Nohid), tabiat manzaralari va sopol haykalchalar, badiiy yuksak darajada yasalgan. Yogʻoch va charmga qad. xorazmiy yozuvida bitilgan hujjatlar oʻlka aholisi maʼnaviyatini asosi boʻlgan savodxonlik darajasidan dalolat berardi.

Ilk oʻrta (4—8-asrlarda) meʼmorlik yanada rivoj topib, qalʼa, qasr va koʻshklar (Burgutqalʼa, Uyqalʼa, Qumbosgan qalʼa va boshqalar) kvadrat yoki toʻrtburchak shaklda bino qilinib, burchaklari doirasimon burjlar bilan mustahkamlanadi. Bu davrda bunyod etilgan qalʼa va koʻshklar orasida meʼmoriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqalʼa va Yakka Porson diqqatga sazovordir.

X.da badiiy sanʼat ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma (temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar toʻqilgan. Mil. av. 6—5-asrlarda roʻy bergan yuksalish mil. 3-asr oxiri va 4-asr boshida tushkunlikka uchrab, xarobaga aylangan qator shaharu qalʼalar 5— 6-asrlarda yana jonlangan (Kavat qalʼa, Guldursun qalʼa, Kot va b), 10-asr oxirlarida Shimoliy X.da Urganch shahrining ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad koʻtargan. Binokorlikda paxsa, xom gʻisht bilan bir qatorda pishiq gʻishtdan foydalana boshlangan (Koʻhna Urganch; Sulton Takashning maqbarasi, Faxriddin arRoziyning maqbarasi va boshqa shular jumlasidandir).

Yunonlar

Yunonlar (oʻzlarini hellenes deb ataydilar) — xalq, Yunoniston va Kiprning asosiy aholisi. Umumiy soni 12,5 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Jumladan Yunoninstanda 9,7 mln. kishi, Kiprda 570 ming kishi, AQShda 550 ming kishi, Olmoniyada 300 ming kishi, Kanadada 150 ming kishi, Rossiya Federatsiyasida 92 ming kishi va boshqa Yunon (yangi yunon) tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan pravoslavlar. Yevropeoid irqiga mansub.

G. koʻp ayerlik tarixga ega xalq (qarang Yunoniston). Qad. yunon elati mil. av. 2-ming yillikning boshlarida Bolqon yarim orolga qad. grek qabilalari — axeylar va ioniylar, mil. av. 12-asrda esa — doriylar koʻchib kelib, mahalliy tub aholi (pelasglar va boshqalar) bilan qoʻshilib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Yunon kolonizatsiyasi davrida (mil. av. 8—6-asrlar) ular oʻzlarini "ellinlar" deb atay boshlaganlar. Oʻrta asrlarda ellinlar negizida va valaxlar, slavyanlar (6—7-asrlar), albanlar (13—15-asrlar) ishtirokida yangi yunon xalqi shakllandi. G. dehqonchilikda asosan uzum, tamaki, zaytun, sitrus mevalari, gʻallachilik, togʻlik tumanlarda chorvachilik, dengiz boʻylarida baliqchilik bilan shugʻullanadilar. Kustar hunarmandchilik (gilam toʻqish, zardoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik) rivojlangan. G.ning katta qismi sanoat, savdo va transportda band. G.ning tarixi, iqtisodi va madaniyati haqida Yunoninstan maqolasiga qarang.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.