Kitob

Kitob —axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, K. deyish qabul qilingan.

K. ishi K.ni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish bilan bogʻliq katta jarayonni oʻz ichiga oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan matbaada koʻpaytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. K.ni koʻplab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatiaa olib boriladi. K.larni toʻplash, saqlash, oʻquvchilar oʻrtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi (qarang Kutubxona, Kutubxonashunoslik). K. va boshqa bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan oʻquvchilarga maʼlumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir va h.k.

K.ning paydo boʻlish tarixi yezuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan oʻzviy bogʻliq. Yozuvningtoʻzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining oʻziga xos tomoni va boshqa maʼlum darajada K. tuzilishini qam belgilab berdi. Qad. Misr, Rim, Yunoniston va Oʻrta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va boshqa materiallarga yozib fikr izxrr etganlar. Har bir K. oʻnlab shunday materiallardan tayyorlangan plitalardan iborat boʻlib, ogʻirligi bir necha kg boʻlgan. Yozuv materiali sifatida papirus usimligi ishlatilishi (miloddan avvalgi 4—3 ming yilliklarda) bilan oʻrama K.lar paydo boʻldi. Bunday K.larning oʻzunligi oʻrtacha 10 m atrofida boʻlib, ingichka, yumaloq tayoqlarga oʻralgan va maxsus charm yoki yogʻoch gʻiloflarda saqlangan. Sharq mamlakatlari, Qad- Rim va Yunonistondagi koʻpgina nodir asarlar papirusga bitilgan. Miloddan avvalgi 2-asrga kelib K. materiali sifatida pergament (teri)dan foydalanish keng rasm boʻldi. Dastlab bunday K. oʻrama holda saqlangan. Ayrim maʼlumotlarga Qaraganda, Oʻrta Osiyoda, xususan, Xorazmda miloddan avvalgi 1-mingyillikning 1-yarmida vujudga kelgan zardoʻshtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Avestoning qad. nusxasi ham 12 ming mol terisiga bitilgan. Arablarning Oʻrta Osiyodagi istilosiga qadar (8—10-asrlar) u yerda koʻp nodir K.lar saqlangan kutubxonalar boʻlgan. Lekin ularning koʻpi bosqinchilik urushlari natijasida yoʻqotib yuborilgan. 2—4-asrlardan boshlab Qad. Rimda xuddi hozirgi K.larning varaqalari singari buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga biriktirilgan, muqovali K.lar — kodeks paydo boʻldi. Ular dastlab papirus, soʻng pergamentga yozilgan. Bunday K.lar ogʻir va besunaqay edi. 6-asrdan boshlab kodeks shakli asosida hozirgi koʻrinishdagi K.lar paydo boʻldi. Teriga ishlangan noyob K.lardan biri — Mus-hafi Usmon Kurʼonidir. Qurʼoni karimning bu nusxasi 644—656 yillarda xalifa Usmon koʻrsatmasi bilan Muhammad (sav)ning kotiblari Zayd ibn Sobit, Amir ibn alOʻs va Hishom ibn Hakimlar tomonidan kufiy xatida yozilgan. Mazkur qoʻlyozma K. Amir Temur tomonidan Samarqandga olib ke-lingan. Jami 353 varaq, hajmi 68x53x22 sm. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.

Qogʻozning kashf qilinishi K. tarixida yangi davr ochdi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, 650 yillardayoq Samarqandda qogʻozli K.lar boʻlgan. 13-asrdan Yevropada qogʻoz asosiy yozuv materiali boʻlib qoldi. Qogʻoz K.ning koʻpayishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. K. bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, Oʻrta Osiyoda oʻrta asrlarda xattotlik sanʼati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning koʻp avlodlari K. tayyorlash usulini — materiallar, siyoh, xat koʻchirish texnikasini takomillashtirib bordilar.

10—12-asrlarda Movarounnahrda muayyan soxa sifatida shakllangan kitobat sanʼati 14—15-asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga kutarildi. Har bir K. qogʻozidan tortib muqovasigacha, siyoxdan to buyoqlari-yu zarhaligacha maʼlum meʼyordagi modda, reja va qoida asosida tayyorlanadi, hatto K.dan xushboʻy hid anqib turishi uchun baʼzan siyohga gulob yoki anbar qoʻshilardi. Qoʻlyozmalar nafis husnixat, zarafshon (tilla suvi sochish), suvli buyoqlar bilan hoshiyaga nafis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. 15—16-asrlarda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvoh va saxdoflar (Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va boshqalar) yetishdi. Hirot xattotlariga ustozlik qilib, kitobat sanʼati ravnaqiga ulkan hissasini qoʻshgan xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Saʼdiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqalarning asarlarini koʻchirib shuhrat qozondi. Sultonali tomonidan koʻchirilgan 50 dan ziyod K. bizning davrimizgacha yetib kelgan. Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar oʻrta asrning oʻziga xos hunarmandchilik korxonasi boʻlib, ularda qoʻlyozma K.larni toʻplash va saqlash bilan birga K. sozlik bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutubxonalarining boshliklari „kutubxona dorugasi“ yoki „kitobdor“ deb atalgan. Ularning qoʻl ostidagi koʻplab xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar K. yaratishga doyr turli vazifalarni bajarishgan. Mas, 15-asrning 1-yarmida Hirotda Ulugʻbekning ukasi Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh qoʻlyozma asarlardan nusxalar koʻchirish va ularni bezash bilan band boʻlgan. Har bir qoʻlyozma K. bir necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. 1425—29 yillarda Jaʼfar Boy-sunquriy tomonidan Abulqosim Firdavsiyning mashhur „Shohnoma“ asari koʻchirilib, 20 ta turli mazmundagi rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan. Noyob sanʼat asari sifatida bu K. Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham oʻz davrida mashhur boʻlgan. Navoiy badiiy qoʻlyozma sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Uning bevosita koʻmagi bilan Behzod, Sultonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi oʻnlab K.soz ustalar yetishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va anʼanalari keyingi yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini tashkil etdi. Turkistonda xattotlik yoʻli bilan K. tayyorlash oʻzoq vaqt davom etdi. Hatto K. bosish kashf qilingandan keyin ham, dastlabki vaqtlarda K.lar qoʻlyozma yoʻli bilan koʻpaytirilar edi.

K. nusxalarini ommaviy koʻpaytirish yoʻlidagi izlanishlar natijasida ksilografiya paydo boʻldi. 15-asrning 40-yillarida Germaniyada Iogann Gutenberg tomonidan K. bosish ixtiro qilinishi K. taraqqiyotida yangi davr ochdi. K. bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa mamlakatlarda ham tarqala boshladi (qarang Kitob bosish, Bosmaxona).

Turkistonda bosma usuli bilan K. chiqarish Oʻrta Osiyo Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin tarqaldi. 1868 yil Toshkentda Turkiston harbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi va sayyohi N.A.Seversovning „Chu va Norin tizmalari etagidagi togʻli oʻlka toʻgʻrisida lavhalar“ (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma K.dir. Oʻzbek tilidagi birinchi bosma K. Shohimardon Ibrohimovning 1871 yil Xivada bosilgan „Kalendar“idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Boʻlardan Otajon Abdalov (Xivada), Semyon Laxtin (Toshkentda), Gʻulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyalari mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi.

Oktyabr toʻntarishidan soʻng sovet tuzumi davrida K. bosish ishi birmuncha rivojlanib, ommaviy K.lar yaratish ishiga katta ahamiyat berildi. Lekin K.ga, boshqa ommaviy axborot vositalari kabi, KPSS va Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu maqsadda juda koʻp nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy siyosiy, badiiy, ilmiy K.lar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20—30-yillarda, Oʻzbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qoʻlyozma K.lar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi K.lar, keyinroq katagʻonga uchragan oʻzbek yozuvchilarining asarlari yoʻq qilina boshlandi: oʻtda kuydirildi, suvga tashlandi.

Istiqloldan keyingi yillarda K. mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin oʻzgarish boʻldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli K.lar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qurʼoni karimning oʻzbek tilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi (1991 yil, „Choʻlpon“ nashriyotida; 2001 yil, Toshkent Islom un-ti nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli „Hadis“lari (1991—96 yillar, Komuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui bilan bogʻliq oʻnlab K.lar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli toʻla asarlari (1998 — 2002, Oʻzbekiston FA „Fan“ nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulugʻbek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va boshqalarning asarlari, 33 jildli „Xotira“ K.i chiqarildi. „Oʻzbekiston“ nashriyotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997—2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talabehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, ommabop, darslik va boshqa tur K.lar nashr etmoqdalar. K.larning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormokda (yana q. Noshirlik).

K.larning toʻzilishi va turlari. Hozirgi K.lar oʻquvchilar talabi va estetik didiga koʻra muayyan shaklga ega. K. sahifalarga ajratilib, oʻrtasidan tikiladi va muqovalanadi. Muqovaning K. sahifalari bilan biriktirilgan qismi forzats deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygiziladi. K.ning bosh qismida sarvaraq (titul list) boʻladi. Unda muallif ismsharifi, K.ning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va boshqa yoziladi. Sarvaraq qoʻsh sahifada boʻlishi mumkin; bu holda u K.ning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq maʼlumotlarining ayrimlari K.ning l-sahifasi — peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qoʻyiladi. Baʼzi hollarda sarvaraq oʻrnida sarrasm (frontispis) boʻladi. Matnning mazmuniga karab, K.da turli usulda sarlavhalar qoʻyiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada beriladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmutstitul) deyiladi. K.ning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolonsifr)lari undan foydalanish ishini osonlashtiradi. Shuningdek, K.da mundarija, muqaddima, xotima, annotatsiya, ilova, izoh, turli koʻrsatkichlar, bibliografik roʻyxatlar ham boʻlishi mumkin. K. sahifasining hajmi uning nashr bichimi bilan belgilanadi (qarang 7a-bok).

K.lar qanday oʻquvchilar ommasiga moʻljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. Oʻquvchilarga koʻra, K.lar ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi boʻlishi mumkin. Maqsadiga koʻra, rasmiy, ilmiy, ilmiyommabop, oʻquv, adabiy-badiiy, maʼlumotnoma va boshqa xil K.larga boʻlinadi. Ilmiy K.lar ichida monografiya keng tarqalgan. Oʻquv K.lari darslik, oʻquv qoʻllanmasi, oʻquv metodik qoʻllanma va boshqa turlarga ajratiladi. Maʼlumotnomalar esa lugʻat, ensiklopediya, kalendar, yoʻl koʻrsatkichlar qabilarga boʻlinadi[1].

Adabiyot

  • Katsprjak Ye.I., Istoriya knigi, M., 1964;
  • Sidorov A.A., Kniga i jizn, M., 1972;
  • Lyublinskiy B.C., Kniga v istorii chelovecheskogo obshestva, M., 1972;
  • Rustamov M., Oʻzbek kitobi, T., 1968;
  • Murodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971;
  • 3iganshina N. A., Musavvir va kitob, T., 1987.

Manbalar

  1. Murodjon Aminov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Abu Ali ibn Sino

Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī; arabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا) Oʻrta Osiyolik olim, faylasuf. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur.

Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, I. S. lar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas I.S. Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. I. S.ning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi I.S.ni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. I. S.ning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻliga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.

I. S. ning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh al Qumriyning xizmati katta boʻldi. I. S. undan tabobat darenii olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999 y. da vafot etdi.

I. S. 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga I. S. saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. I. S. bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining , xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati I. S. ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning "Metafizika"ning maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina I. S. metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, I. S. zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abu-lhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga ko'ra, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi")ni yozdi.

Qoraxoniylar 999 y. Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini agʻdarganidan keyin I. S. hayotida tashvishli, notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002 y. uning otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005 y. gacha davom etib, oxiri krraxoniylarning butkul gʻalabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda Buxoroda ortiq qolib boʻlmas edi. Shu bois I. S. oʻz yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch boʻlib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan oʻlka edi. Xorazm-shohlar Ali ibn Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilm fanga eʼtiborli hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da zamonasining koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Irok, (1034 y. v. e.), atoqli tabib va faylasuflar Abu Saql Ma-sihiy (1010 i. v. e.), Abu-l-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005 y. I. S. ham kelib qoʻshildi. Xorazmda I. S, asosan, matematika va astronomiya bilan shugʻullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan boʻlgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. I. S. ning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. I. S. Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi boʻlganidan, I. S. u bilan doʻstlashadi va unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Eliksir haqida risola") nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa choʻzilmaydi. Sharqda qudrati ortib borayotgan Gʻazna hukmdori sulton Mahmud Gʻaznaviy bu oʻlkaga koʻz tikadi. U, avval, Maʼmunga saroydagi bir guruh olimlarini Gʻaznaga joʻnatib yuborishni soʻrab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abul-Hammor Gʻaznaga ketadilar. I. S esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 y. larda yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzoqda hayot kechirishga majbur boʻladi. Masihiy bilan I. S Jurjonga — Masihiyning vataniga yoʻl oldilar. Lekin yoʻldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob boʻlib, vafot etadi. Natijada, I. S azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, soʻng Obivard, Tus, Shiqqon va Hurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy dengizining janubi sharqida joylashgan Jurzkon amirligiga yetib keladi. I. S. Jurjonda 1012—1014 y. larda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — Abu Ubayd Jurjoniy bilan uchrashuv va bir umrga doʻstlashuv sodir boʻladi. U I.S.ga nafaqat shogird, balki sodiq doʻst ham edi. U I.S. bilan olimning soʻnggi damigacha, 25 y. davomida birga boʻladi. I. S. tarjimai holining yozilib qolishi, koʻpgina asarlarining taʼlifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Jurjoniyning xizmati katta.

Jurjondalik vaqtida I. S. ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014 y. olim Jurjonni tark etib, Rayga kuchdi. I. S. Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan boʻlmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda I. S. savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani da-voladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud Gʻaznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois I. S. Rayni tark etib, nisbatan kuchlirok, boʻlgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) huzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bo'lib ishlaydi, so'ng vazirlik mansabiga ko'tariladi. Davlat ishlari bilan band bo'lishiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yaratadi. "Tib qonunlari"ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur falsafiy qomusi — "Kitob ash-shifo" ni ham shu yerda yozishga kirishadi. "Tib qonunlari" ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.

I. S Hamadonda 1023 y. gacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga ko'ra, shu yili Isfahonga joʻnab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda oʻtkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashgʻul boʻlib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ash-shifo" ning qismlari, fors tilidagi "Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular jumlasidan.

Jurjoniyning yozishicha, I. S. garchi, jismoniy juda baquvvat boʻlsada, biroq, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor taʼqib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy taʼsir etdi. U qulanj (Колит) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida I. S. qattiq betobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yo'lda dardi qoʻzgʻab olimning tamomila madori quriydi va oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga 1952y. maqbara ishlangan (meʼ-mori X. Sayxun). Makbara I. S.ga ba-gʻishlangan muzey xonalarini ham oʻz ichiga oladi.

Zamondoshlari I. S. ni "Shayx arrais" ("donishmandlar sardori, allomalar boshligʻi"); "Sharaf al-mulk" ("O'lka, mamlakatning obroʻsi, sharafi"), "Hujjat alhaqq" ("Rostlikka dalil"); "Hakim al-vazir" ("Donishmand, tadbirkor vazir") deb ataganlar. Jahon fani tarixida I. S. qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u oʻz davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shugʻullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim asarlarini oʻsha davrda Yaqin va Oʻrta Sharqning ilmiy tili boʻlgan arab tilida, baʼzilari (sheʼriy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid boʻlib, qolganlari mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, mat., musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bagʻishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda oʻrganilgan emas. I. S. ning koʻproq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning koʻpgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa koʻp asarlari hali qoʻlyozma holida oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.

I. S. ning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, yaʼni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga boʻlish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin I. S asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va eʼtibori koʻproq falsafa va tibga qaratilganini koʻramiz. Garchi, uni "Avitsenna" sifatida Gʻarbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, "Tib qonunlari" boʻlsada, "Shayhar-rais" nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga ishoradir.

Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari "Kitob ash-shifo" dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq — 9 boʻlakka boʻlingan:

almadhal — mantiqqa kirish;

al-maqulot — turlari;

al-iborat — interpretatsiya;

al-qiyos — sillogizm;

al-burhon — isbot, dalil;

al-jadal — tortishuv, dialektika;

as-safsata — sofistika;

alxitoba — ritorika;

ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati);

2) tabiiyot (bu yerda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida alohida boʻlimlarda gapiriladi; 3) riyoziyot — 4 fanga boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa (geometriya), astronomiya va musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan.

I. S. ning yana bir falsafiy asari "Kitob annajot" "Kitob ash-shifo" ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana "Al-ishorat vattanbihot" ("Ishoralar va tanbihlar"), "Hikmat almashriqiyn" ("Sharqchilar falsafasi"), "Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat" ("Mantiq va falsafaning ishoralari"), fors tilida yozilgan "Donishnoma" ("Bilim kitobi") va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda "Tayr qissasi", "Salomon va Ibsol", "Hayy ibn Yaqzon", "Yusuf qaqida qissa" kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan. I. S. ning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari taʼsirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud boʻlgan aql, jon, jism, ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi substansiya (javhar) boʻlib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yoʻqolmaydi. Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan oʻzgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi boʻlgan 4 unsur yoʻqolmaydi, abadiy saklanadi. I. S. fikricha, avval togʻ-toshlar, soʻng oʻsimlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shugʻullanish insongagina xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsa hodisalarning ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini abstraksiyalashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi. Inson aqli turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. I. S. tushunchasida bilimlarni chuqur oʻrganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy musulmon boʻla oladi, deb tushunadi. I. S. mantiqni ilmiy bilishning , mavjudotni oʻrganishning ilmiy usuli deb biladi. "Mantiq, — deb yozadi I. S. — insonga shunday bir krida beradiki, bu krida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi". U mantiqiy usullar, taʼriflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur oʻrgandi, mantiq fanini Forobiydan soʻng bilishning toʻgʻri metodi sifatida rivojlantirdi.

I. S. oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari "Kitob ash-shifo" ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Olimning baʼzi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vulqonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va zilzilalar bilan bogʻliq. Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobigʻining koʻtarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-sekin taʼsiri natijasida chuqur jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida balandlik hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga sabab boʻladi. Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan, zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining tosh-qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi.

I. S. mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmokli ishlar qilgan. U minerallarning original tasnifini taklif etdi. Unga koʻra, barcha maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif to 19-asr gacha deyarli oʻzgarishsiz saklanib keldi. I. S ning geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari uning "al-Afʼol va-linfiolot" ("Taʼsir va taʼsirlanish") asarida ham uchraydi.

I. S. boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shugʻullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan boʻlgani uchun ularda I. S. ning kimyoga boʻlgan munosabatining evolyusion oʻzgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari oʻsha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilgʻor edi. I. S. 21 yoshida, yaʼni ilmiy faoliyatining boʻsagʻasida metallar transmutatsiyasiga, yaʼni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari taʼsiri ostida "Ri-sola as-sanʼa ilalbaraqiy" ("Baraqiyga atab sanʼat (alkimyo) ga doir risola") nomli kichik asar yozgan. Pekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajribasi ortgan yosh olim bu sohadagi urinishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va "Risola aliksir" ("Iliksir haqida risola") asarida kimyoviy yoʻl bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan "Kitob ash-shifo" da esa kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda maʼlum boʻlgan har bir metall oʻzicha alohida bir modda boʻlib, kimyogarlar oʻylagandek bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab boʻlmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari oʻrta asr kimyosining ilmiy kimyoga oʻsib oʻtishida muhim rol oʻynadi.

I. S. botanika masalalari bilan ham juda koʻp shugʻullandi, chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati oʻsimliklardan olinadi. U "Kitob ash-shifo" ning "anna-bot" ("Oʻsimliklar") qismida oʻsimliklarning turlari, paydo boʻlishi, oziqlanishi, oʻsimlik aʼzolari va ularning vazifalari, koʻpayishi hamda oʻsish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham ish olib boradi.

I. S. yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saklangan. U 8 ta mustaqil risola hamda "Kitob ash-shifo" va "Donishnoma" ning riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni bagʻishlagan. Ptolemeyning "Almagest" ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya boʻyicha qoʻllanma yaratgan. I. S. Jurjon shaxrining geografik uzunligini oʻz davri uchun butunlay yangi boʻlgan usul — Oyning eng baland nuktasini kuzatish orqali aniqlab bergan. Beruniy "Geodeziya" asarida bu usulning toʻgʻriligi haqida gapirib, uni faqat I. S. nomi bilan bogʻlaydi. Bu usul Yevropada 500 y. dan keyin (1514 y.) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.

Matematika sohasida I. S. Yevklidnnnt "Negizlar" kitobini qayta ishlab, unga sharh va toʻldirishlar kiritdi, geometrik oʻlchamlarga arifmetik terminologiya qoʻlladi, "son" tushunchasi doirasini "natural son" dan ancha kengaytirdi.

Sheʼriyat sohasidaham I. S. sezilarli iz qoldirdi. U oʻzining ayrim tibbiy asarlari ("Urjuza") ni rajaz vaznli sheʼrda yozgan. Bundan tashqari, uning bir nechta falsafiy qissalari ham borki, ular keyinchalik fors-to-jik adabiyotiga chukur taʼsir koʻrsatdi. Olimning fors tilida yozgan bir necha gazal va qitʼalari, 40 dan ortiq ru-boiylari mavjud. Uning sheʼriy merosi qisman rus va oʻzbek tillarida nashr etilgan.

I. S. musiqa bobida Forobiyttt ilmiy yoʻnalishini davom ettirgan yirik nazariyotchidir. Musiqa haqidagi "Javomeʼ ilm ul-musiqiy" ("Musiqa ilmiga oid tuplam") asari "Kitob ash-shifo" ning bir qismi boʻlib, har biri bir necha bobli 6 boʻlimdan iborat. "annajot", "Donishnoma"larda musiqa haqida kichik boʻlimlar mavjud, "Tib qonunlari", "Risolai ishq" va boshqa da mu-siqaning ayrim masalalari haqida fikr yuritgan. Oʻz davri musiqasining barcha muammolarini bayon etgan: nagma. bo'd (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va h. k. Yevropada keyinchalik "sof tizma (tovushqator)" atalgan musiqaviy tuzilmani birinchi boʻlib asoslagan. I. S. musiqiy goʻzallik haqida mukammal taʼlimotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizim bilan bogʻliq holda qaraydi. Tabib sifatida u musiqani muhim tibbiy vositalar jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo boʻlganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. Oʻzining barkamol shaxsni tarbiyalash gʻoyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan.

I. S. ning tabobat da qilgan ishlari uning nomini bir necha joylarda shu fan sohasi bilan chambarchas bogʻladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u oʻzigacha oʻtgan turli xalq namoyandalari tomonidan ayerlar davomida tib ilmi sohasida toʻplangan maʼlumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni oʻz tajribalari bilan boyitgan holda maʼlum nazariya va qonunqoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning "Tib qonunlari" va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqei va krzongan shuhrati yorqin dalildir.

I. S. ning tabobat sohasida qilgan ishlari oʻsha davr tabobatini bir necha davrga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yakinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning , xususan Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning taʼlimoti ustuvor edi. I. S. ham oʻz tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy koʻrsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo, Sharq olimlarining hamda uz tajribalari va bilimlari asosida rivojlantirdi va bo-yitdi. I. S. ning daho tabib sifatida shuxrat qozonishining asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh suyagining tuzulishi, tishlarning tuzilishi toʻgʻrisida u Galenga ergashgan holda toʻgʻri fikrlagan. Uning koʻzning anatomiyasi, koʻrish jarayonining qanday sodir boʻlishi va unda koʻz qorachigʻining roli, koʻz muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi N. I. Pirogov I. S. ning izdoshi deyishga asos beradi.

I. S. oʻtkir diagnost edi. Uning baʼzi tashhis usullari hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Perkussiya (aʼzoga urish orqali diagnoz qoʻyish)ni, xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish orqali) qoʻllagan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan soʻng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur oʻrganib, ulardan tashhisda foydalangan. I. S. turli kasalliklarning differensial diagnosti-kasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta eʼtibor beradi. Mas, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashxis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand modsasi boʻlishini 1775 y. da ingliz olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida birinchi boʻlib I. S. vabo bilan oʻlatni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash kerakligini taʼkidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit mo-xov, zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini toʻgʻri tasvirlab bergan. Quturish kasalligining koʻrinishlari, uning yuqumli harakteri, bemorning bu kasallikdagi holatlarini juda toʻgʻri aniqlagan. 1804 y. da yevropalik olim Sinke quturgan hayvonlarning soʻlagi yuqumliligini tasdiqlagan. Psixik va asab kasalliklarini tavsiflash va davolashga ham olim koʻp yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u atrof muhitning , iqlimning , parhez va jismoniy mashqlarning taʼsiriga hamda bemor kayfiyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga katta ahamiyat beradi.

Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qoʻllash (qon olish, banka qoʻyish, zuluk solish, huqna va h. k.)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatlanish, yaʼni parhezni muhim omillardan deb hisoblaydi va har bir kasallik uchun oʻz ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida koʻproq mayiz, anjir, anor suvi isteʼmol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni hozirgi glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qadimgi koʻrinishidir. I. S. ning jarroxlik sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U oʻz tibbiy asarlarida zamonaviy jarroxlikda qoʻllanib kelayotgan ayrim usullarni bayon qiladi. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish, bavosir shishlarini tikish, tampon, oʻtkir modda yoki tikish bilan qon toʻxtatish, tomoqni kesib, nay qoʻyish (traxeotomiya) shular jumlasidandir. Yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha "Avitsenna usuli" deb ataladi. Umurtqaning qiyshayishini I. S. oʻzi ixtiro qilgan yogʻoch moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni 15-asr da fransuz tabibi Kalo qayta kashf etgan. Suyaklarni gipslash usuli ham I. S. tomonidan keng qoʻllangan, lekin u ham keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852 y. da amaliyotga yangi ixtiro sifatida qaytarilgan. Hozirgi koʻz jarroxligida qoʻllanayotgan usullarning qariyb barchasi I. S. ga maʼlum boʻlgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, qovuq toshlarini olish, istisqo, bavosirning operatsiyalari, bosh suyagining operatsiyasi va boshqa I. S. qoʻllagan muolaja usullaridandir. Jarrohlikda anesteziya (ogʻriqni sezdirmaslik) masalasiga ham I. S. katta eʼtibor bergan. Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va sh. k. narkotik taʼsirga ega boʻlgan dorilardan foydalangan. Kasallikni davolashda I. S. shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish yoʻli bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u tutqanoqni davolashda toʻrt kunlik isitma bilan ogʻrishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857—1940) shunday usulni qoʻllab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927 y. da Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.

I. S. dorishunoslik sohasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik olimlarning farmatsiyasi asosida musulmon Sharqida paydo boʻlgan yangi farmatsiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Tabobatda sano, kofur (kamfara), rovoch, tamrhindiy (hind hurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal oʻrnida koʻp dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham I. S. ning xizmatidir. Uning dorivor oʻsimliklarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir katorda I. S. birinchilardan boʻlib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. Kasallikning turiga qarab avval sodda, soʻng murakkab tarkibli dori bilan davolagan. Eng muhimi, u oziq-ovqatlarning shifo-baxsh taʼsiriga katta ahamiyat berib, davolashni shunday mahsulotlardan (meva, sabzavot, sut, goʻsht va h. k.) boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi (issiq, sovuq, hoʻl, quruq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini taʼkidlaydi. I. S. farmatsiyasi juda puxta oʻylangan farmakologik tadqiqot usuliga asoslanganligi bois oʻrta asr Yevropa farmatsiyasidan ancha oʻzib ketdi va zamonaviy dorishunoslikka yaqinlashdi. Olim ishlatgan dorilarning bir qanchasi hozirgi farmakopeyalardan mustahkam oʻrin olgan.

I. S. ning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan, ularning orasida "Qonun" kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan turli hajmdagi "Urjuza fi-ttibb" ("Tibbiy ur-juza"), "alAdviyat alqalbiya" ("Yurak dorilari"), "Dafʼ almadorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya" ("Inson badaniga yetishgan barcha zararlarni yoʻqotish"), "Kitob al-qulanj" ("Qulanj haqidagi kitob"), "Maqola fi-nnabz" ("Tomir urishi haqida makr-la"), "Risola fi-l-boh" ("Shahvoniy quvvat haqida risola"), "Risola fi tadbiri al-musofirin" ("Safardagilarning tadbiri haqida risola"), "Risola fi xifz as-sihha" ("Sogʻliqni saqlash haqida risola"), "Risola fi-s-sikanjubin" ("Sikanjubin haqida risola"), "Risola fi-lfasd" ("Qon olish haqida r.isola"), "Risola fi-lhindabo" ("Sachratqi haqida risola") kabi risolalar ham bor.

I. S. oʻz davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy eʼtibor bilan karadi va bu soqada "Aqsom al-ulum alaqliya" ("Aqliy ilmlar tasnifi") nomli asar yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qismlarga boʻldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga boʻlinadi: 1) quyi darajadagi ilm, yaʼni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2) oʻrta darajadagi ilm — mat. (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch kiyem (axloq, iqtisod va siyosat) ga boʻlinib, birinchisida bitta shaxs, uning feʼl-atvori qanday boʻlishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xoʻjalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday boʻlishi va uchinchisida shahar yoki oʻlka miqyosida kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday boʻlishi, davlatni idora qilish haqida ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Asarda 29 ilm tarmogʻi tilga olinadi, I. S. haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar oʻzaro yordam asosida yashashlari kerak deb taʼkidlaydi. Jamiyat kishilarning oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi. Jamiyat aʼzolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning oʻzi adolatsizlikka yoʻl qoʻysa, xalqning unga qarshi qoʻzgʻoloni toʻgʻri va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmogʻi kerak, deb hisoblaydi. Oʻzining axloq toʻgʻrisidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur axloqiy munosabatlarga, kamtarlik, izzathurmat, jasurlik, toʻgʻrilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida eʼtibor beradi.

I. S oʻzining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va Gʻarb madaniyatining rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, atTaftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulugʻbek, Bedil, Bahma-nyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari oʻz asarlarida I. S taʼlimoti va ilmiy gʻoyalarini davom ettirdilar. Yevropada allomaning asarlari 12-asr dan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, un-tlarda oʻqitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar I.S.ning ilgʻor fikrlaridan oʻz ijodlarida foydalandilar va uning nomini zoʻr hurmat bilan tilga oldilar.

I. S. ilmiy merosini oʻrganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi va natijada chet el hamda Oʻzbekistonda maxsus ilmiy yoʻnalish — sinoshunoslik vujudga keldi. "Tib qonunlari"ning lotincha tarjimasi toʻliq hodda 40 marta nashr etildi. Uning ayrim qismlari nemis, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilindi, olimning falsafiy va boshqa sohalarga oid asarlari ham jahonning bir necha tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi. Jahonning turli kutubxonalarida I. S asarlarining qoʻlyozmalari saklanadi, shujumladan, Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida ham alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qoʻlyozmasi mavjud. Yevropa olimlari Ye. Bishmann, Yu. Rus-ka Karra de Vo, X. Korbin, Kruz Xernandez, L. Garde, A. M. Guashon, X. Ley, P. Morividj, J. Saliba hamda arab, turk va eron olimlari M. U. Najotiy, A. N. Nodir, J. Sh. Qanavotiy, Said Nafisiy, Yahyo Maxdaviy, Umar Farrux, E. Ihsonoʻgʻlu, F. Rahmon, M. Muso, H. Gʻaraba, M. Shohvardiy va boshqa I. S ijodini oʻrganishga maʼlum hissa qoʻshdilar. Rossiyalik olimlardan Ye. E. Bertels, A. Ya. Borisov, I. S. Braginskiy, S. I. Grigoryan, B. A. Petrov, B. A. Rozenfeld, V. N. Ternovskiy, A. V. Sagadeyev, M. M. Rojanskaya, Tojikiston olimlaridan S. Ayniy, M. Dinor-shoyev, T. Mardonov, N. Rahmatullayev, A. Bahovuddinov, Yu. Nuraliyev bu yoʻnalishning rivojlanishiga xizmat qildilar. Oʻzbekistonda I. S. asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar S. Mirzayev, A. Murodov, A. Rasulov, U. I. Karimov, Yu. N. Zavadovskiy, A. A. Semyonov, M. A. Salye, P. G. Boʻlgakov, Sh. Shoislomov, E. Talabov, H. Hikmatullayevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. T. N. Qori-Niyoziy, I. M. Moʻminov, M. M. Xayrullayev, M. N. Boltayev, A. Axmedov, G. P. Matviyev-skaya, V. K. Jumayev, N. Majidov, O. F. Fayzullayev, M. B. Baratovning monografiya va maqolalarida I. S. ijodining turli qirralari tadqiq etilgan. Rus antropologi M. M. Gerasimov, bir necha tarixiy shaxslar qatori, I. S. ning ham kalla suyagi asosida haykalportretini yaratgan. Andijon tibbiyot in-ti xodimlari (Yu. O. Otabekov, Sh. H.Hamidullin, Ye. S. Sokolova) I. S.ning ilmiy asoslangan timsolini haykal-byustda tasvirladilar (1965). Oʻzbekistonlik rassom S. Marfin I. S. badiiy portretini ishlagan (1968). I. S. haqida "Oʻzbekfilm" studiyasi ijodkorlari (rej. E. Eshmuhamedov; O. Agishev, E. Eshmuhamedov ssenariysi) "Dahoning yoshligi" tarixiy-biografik badiiy filmini (1984) yaratdilar.

Oʻsimliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan mashhur shved botanigi Karl Linney (1707—78) doimo yashil boʻlib turuvchi bir tropik daraxtni I. S. sharafiga Avitsennia deb atadi. Oʻzbekiston yerida topilgan (1956) yangi mineral I.S. nomi bilan Avitsennit deb ataladi. Buxoro shaxar va Afshona qishlogʻida I.S.ga haykal oʻrnatildi, Belgiyaning Kortreyk shaxrida ham I. S. ga qoʻyilgan (2000) haykal bor. Afshonada I. S. muzeyi ochildi. Oʻzbekiston va Tojikistondagi tibbiy oliy va oʻrta bilim yurtlariga, nashriyotga (qarang Ibn Sino nomidagi nashriyot), sanatoriy, shifoxona, kutubxona, maktab, koʻcha, jamoa xujaliklari, turar joy mavzelariga I. S. nomi berildi. Tojikistonda fan sohasida katta yutuklarni taqdirlash uchun I. S. nomidagi respublika davlat mukofoti taʼsis etilgan. Oʻzbekistonda I. S. xalqaro jamgʻarmasi tuzildi (1999 y.), "Ibn Sino" va "Sino" nomli xalqaro jurnallar nashr qilinadi.

Al-Xorazmiy

Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva – 850, Bagʻdod) – matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa – „Bayt ul Hikmat“ („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813–833), soʻng al Moʻʼtasim (833–842), al Vosiq (842–847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.

Xorazmiyning bizgacha oʻntacha asari toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq koʻrsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni „Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri“, deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan beqiyos oʻrni sabab.

Miloddan avvalgi 6-asrdan milodiy 5-asrgacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4-asrga kelib inqirozga yuz tutdi. 415-yilda yunon fanining xazinasi boʻlgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan toʻxtab, xatto qoʻlga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshladi. 4–8-asrlarda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda Konstantinopol (Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning hozirgi Huziston viloyatida) jon saqlagan yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va nasroniy ruhoniylari omon qolgan yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima qilish, sharxlar bitish bilangina shugʻullangan, diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik kuzatuvlargina olib borilgan.

9-asrda Arab xalifaligi kuchayib, uning poytaxti Bagʻdod ulkan iqtisodiy-ijtimoiy markazga aylandi va bu yerga ilm ahli oqib kela boshladi. Al Hajjoj ibn Matar al Kufiy, Abu Zakariyya Yahyo ibn al Bitrik, Huaayn ibn Ishoq, Qusta ibn Luqo al Baalbakiy va boshqa yunon olimlarining asarlarini, Muhammad al Fazariy, Yaʼqub ibn Tariq va boshqa olimlar hind tilidagi kitoblarni arab tiliga tarjima qila boshladilar, arab tilida dastlabki sharxlar bitildi. Lekin fan yangi marralarni egallashi uchun uni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish lozim edi. Fan tarixchisi Adam Mets iborasi bilan „Musulmon renessansi“ deb atalgan fan tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda Xorazmiy nomi va ilmiy jasorati bilan bogʻliq.

Xorazmiy Bagʻdodda yunon fanining yutuqlarini oʻrganadi, hind va eron manbalari, hatto bevosita Bobildan kelgan ayrim faktlar hamda xitoy manbalari bilan ham tanishadi, ularni oʻzining muhim kashfiyotlari bilan boyitadi va fan tarixida abadiy iz qoldirgan fundamental asarlar yaratadi. Shuning uchun Xorazmiy oʻzigacha mavjud boʻlgan sivilizatsiya merosini sintez qilib, boyitib jahonga yoygan fan dahosi hisoblanadi.

Avesto

Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak – matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb atala-di) – zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. A. hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamo-alarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi. A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Chek-siz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin dav-ri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" 87kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylarning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrgo‘zaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Karimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39–40-betlar).O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999 yil noyabr). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000 yil 29 mart), "Avesto"ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga ko‘ra 2001 yilning oktabr oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirlari o‘tkaziladi.Ad: Kadirov M., Otrivki iz Avesti (perevod), Materiali po istorii obshe-stvenno-filosofskoy misli v Oʻzbekistane, T., 1976; Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960;Sagdullayev A.S.,Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1997.Muhammadjon Hodirov.«Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.

«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.

«Avesto» toʻrt qismdan iborat:

Yasna («Diniy marosimlar»),

Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),

Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»),

Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).

Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.

«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli.Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.

Buxoriy

Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — alDoxiliy, Muhammad ibn Salom alPoykandiy, Muhammad ibn Yusuf alPoykandiy, Abdulloh ibn Muhammad alMasnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. B. 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825 yil B. onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn alMunzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqa bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, B. Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rihlati 6 yil davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu ko‘shishlari bu vaqtda Buxoroda isoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. B. yaratgan „Kitob alfavoid“ („Foydali ashyolar haqida kitob“), „AlJomi’ alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Xalq af’ol alibod“, („Alloh bandalari ishlarining tabiati“), „AlMusnad alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Attafsir alkabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob alxiba“ („Xayrehson haqida kitob“) va boshqa asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor. B.ning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. B. asarlari musulmon dunyosining barcha Madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari B. asarlariga tayanib ish tutadilar.Istiqlol sharofati bilan B.ning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida“gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida B.ning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 i. 23 okt.da Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 750Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi (qarang Buxoriy yodgorlik majmui).B.ning boy maʼnaviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan Imom alBuxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyab.; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va B.ning „alJomi’ assahih“i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniyfalsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining maʼnaviymaʼrifiy, ilmiyadabiy „Imom alBuxoriy saboqlari“ jur.ini nashr eta boshladi. Jur. xalqimizni milliymaʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, liniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom in-tiga B. nomi berilgan. B.ning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitobalbom, 2 qismli film (1995), „Hadis ilmining sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.

Geografiya

Geografiya yoki joʻgʻrofiya (yunoncha Geo (γη) yoki Geya (γαια) - "Yer", hamda grafein (γραφειν) - "tasvirlamoq" yoki "yozmoq yoxud "xaritalamoq") — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini Geografiya soʻzi bilan ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194 yillarda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9— 10-asrlardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida "surati arz", "etti iqlim", "Kitob almasolik valmamolik" ("Mamlakatlar va masofalar kitobi") iboralari qoʻllanilgan. 19-asrda va 20-asr boshlarida oʻzbek tilida Geografiya arabcha talaffuz bilan "jugʻrofiya" shaklida yozilgan. Keyinroq Geografiya shakli rasmiy tus oldi. Hoz. davrda "Geografiya" oʻrniga "Geografiya fanlari sistemasi" iborasini qoʻllash ilmiy jihatdan toʻgʻriroqdir.

Geografiya fanlari sistemasi 3 asosiy tarmoqqa boʻlinadi: a) tabiiy, yaʼni tabiiy geografik fanlar — ularga tabiiy geografiya (umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani oʻz ichiga oladi), geomorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyatsiologiya, geokriologiya, tuproklar Geografiyasi va biogeografiya kiradi; b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va regional iqtisodiy Geografiya, xoʻjalik tarmoqlari Geografiyasi (sanoat Geografiyasi, qishloq xoʻjaligi Geografiyasi, transport Geografiyasi va b.), aholi Geografiyasi, siyosiy Geografiya; v) haritagrafiya. Undan tashqari Geografiyaga mamlakatshunoslik, tibbiy Geografiya, rekreatsiya va harbiy Geografiyaham kiradi. Keyingi yillarda, koinotni oʻrganish rivojlanishi bilan selenografiya (Oy Geografiyasi), kosmos yershunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik kemadan turib Yer yuzasining suratini olish va haritasini tuzish usullari ham yaratildi. Geografiya eng qadimgi fanlardandir. Odamzod paydo boʻlgandan keyin muayyan davr oʻtgach, tabiiy muhit bilan jamiyatning oʻzaro munosabatlari natijasida, ovchilik, yerni ishlash va savdo-sotiq ehtiyojlariga koʻra yaqin-uzoq masofalarga borib kelish, tevarak-atrofni bilish va turli-tuman xalklar oʻrtasida oʻzaro muomala qilish boshlangan. Odamlar ilmiy-amaliy maqsadlarda dengiz yoʻllarini va joylarning tabiatini, xoʻjaligi va xalqlarini oʻrganib turganlar. Shu yoʻllar bilan geografik maʼlumotlar toʻplangan, devor va toshlarga bitilgan, qogʻozga yozilgan. Mil. av. qadimgi dunyoning madaniyat markazlarida (Turon, Shimoliy Hindiston, Xitoy, Bobil va Ossuriya, Misr va Yunonistonda) dastlabki ilmii xulosalarga erishildi. Doira 360 gradusga boʻlindi, sutka 24 soat deb belgilandi, geografik kenglik va uzunlik ifodalari yuzaga keldi. Yer shar shaklida degan fikr maydonga keldi (yunon olimlari Fales, Pifagor, Eratosfen va Aristotel), dastlabki globus va ibtidoiy harita yasaldi (Anaksimandr), dunyo qitʼalariga nom berildi. Iskandariyalik matematik va geograf Eratosfen (mil. av. 3-asrda) Yer aylanasining uzunligini oʻlchab koʻrgan va Yer meridianining (hoz. oʻlchov birligida) 39816 km ligini aniqlagan. Bu esa haqiqiy uzunligiga ancha yaqindir. Yer yuzida issiq, moʻʼtadil va sovuq mintaqalar borligi, yaʼni geografik zonallik tushunchasi ham qadimgi dunyo Geografiyasining nazariy yutuqlaridandir. Oʻsha davrda baʼzilar Yer yuzida suvlik koʻp desalar, boshqalar, aksincha, quruqlik koʻp der edilar. Shuningdek, Quyosh bilan Yerning munosabati xususida ham ikki mulohaza boʻlgan. Ayrim olimlar (ayniqsa Ptolemey) olamning markazini Yer hisoblab, Quyosh va sayyoralar esa uning atrofida aylanadi (geotsentrik nazariya) desalar, boshqa olimlar geliotsentrik nazariyani ilgari surdilar, yaʼni olamning markazi Quyoshdir, Yer va b. sayyoralar uning atrofida aylanadi deganlar. Aleksandr (Iskander Makduniy)ning Eron, Turon va Hindistonga yurishlari hamda finikiyaliklarning Oʻrta dengiz va Afrika tevaragidagi suzishlari geografik tasavvurlarni birmuncha kengaytirdi. Umuman, yunon olimlari Sharqdagi ilm-fan markazlarining yutuqlaridan xabardor boʻlganlar va ulardan oʻz asarlarida foydalanganlar. Strabon (mil. av. 63 yil — mil. 21 yil) dunyo Geografiyasidan 17 jildli kitob yezdi (2 jildi umumiy Geografiya, 8 jildi — Yevropa, 1 jildi — Afrika, 6 jildi — Osiyo), Klavdiy Ptolemey (90—168 yillar) Geografiya va haritagrafik proyeksiyalarga doyr 8 jild kitob yezdi. Turonlik va eronliklarning muqaddas kitobi Zend Avestoda ayrim geografik maʼlumotlar bor. Unda dunyodagi mamlakatlar — Eronvej, Sugd, Muru (Marv), Baxdi (Baqtriya), Nisoim (Jan. Turkmenistan), Hoʻruyu (Xirot), Hafta Hendu (Yetti Hindiston) va b. tilga olingan, baʼzilari taʼriflangan .

Oʻrta asrlarda vizantiyalik Zemarx (6-asr) Sharqiy Dashti Qipchoqqa sayohat qildi, normanlar (skandinaviyaliklar) 9—10-asrlarda Atlantika okeanining shimolida suzib, Islandiya, Grenlandiya va Shimoliy Amerikagacha safar qildilar, rus pomorlari Shimoliy Muz okeanidagi ayrim orollarni oʻzlashtira boshladilar. 13-asr oʻrtalarida Fransiya qiroli Lyudovik IXning elchisi sifatida Oʻrta Osiyoga Rubruk kelib ketdi, italiyalik Plano Karpini Mongoliyagacha yetib bordi. Oʻrta asrlarda yevropaliklarning geografik tasavvurlariga eng katta taʼsir etgan voqea — Marko Poloning 25 yil davom etgan Xitoy sayohati (13-asr oxiri) boʻldi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida madaniyatning yuksalishi, bir qancha mustaqil davlatlarning barpo etilishi, savdo-sotiq avj olishi natijasida Turkiya, Iroq, Eron, Hindiston va Movarounnahrda Geografiya fani ancha rivoj topdi. Uning eng yirik namoyandalaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy (8-asr oxiri — 9-asr oʻrtalari) Geografiyaga doyr "Surat ul-arz" kitobini yezdi. Unda dunyodagi 537 shaharning koordinatalari va qisqacha izohi berilgan. Aslida bu kitob kattagina bir geografik atlasning izohnomasi boʻlgan. Xorazmiy bu kitobini yozishda Ptolemeyning "Geografiya" asaridan qisman foydalangan. Bu bilan qadimgi dunyo Geografiyasining merosi saqlab qolindi. 9-asrdan eʼtiboran arab va fors tillarida yaratilgan barcha geografik asarlar Xorazmiy kitobiga asoslangan. Shunday qilib, Xorazmiy butun Sharq Geografiyasining asoschisi boʻlib qoldi. Ahmad Fargʻoniy (9-asr) va Abu Abdulla Jayxoniy (9—10-asr)lar ham geografik asarlar yaratishdi. Fargʻoniy Misrdagi Nil daryosi suvining sathini kuzatish uchun Qohira shahri yonida "miqyos jadidi" — nilometrni yaratganini alohida taʼkidlash lozim. Bundan tashqari Quyosh tutilishi, Yerning yumaloq shaklda ekanligini isbotlagan. Yerning oʻlchamlari toʻgʻrisida hoz. zamon maʼlumotlariga juda ham yaqin boʻlgan kattaliklarni ishlab chiqqan. Abu Zayd ibn Sahl Balxiy (850—934) "Suvor ulaqolim" ("Iqlimlar surati") geografik asarini yozib, unga koʻpgina haritalarni ilova qildi, Abu Zayd asarini eronlik Istahriy va Ibn Havqal yana kengaytirib, "Kitob almasolik valmamolik" asarini yozdilar. 10-asrda yashagan arab geograflari Masʼudiy va Muqaddasiylar, 12-asr olimi Idrisiy oʻz zamonasi ahdini dunyo Geografiyasi bilan tanishtirishda katta xizmat qildilar. Sharq Geografiyasi faniga Beruniy va Ibn Sinoning taʼsiri juda katta boʻldi. Beruniyning barcha yirik asarlari ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mineralogiya", "Geodeziya", "Maʼsud qonuni") koʻp jihatdan Geografiyaga taalluqli. Beruniy Sharqda birinchi boʻlib globus yasadi, "Maʼsud qonuni" kitobida 603 joyning geografik koordinatalarini aniqlab yozdi, boshqa bir kitobiga dunyo haritasini ilova qildi. Beruniy Hindistonda turib, Yer aylanasining uzunligini oʻlchadi. "Geodeziya" kitobida Amudaryoning oqimi oʻzgargani va Qoraqum choʻlining paydo boʻlishini tasvirladi va h. k. U nazariy jihatdan ilk bor gʻarbda, Atlantika okeani ortida katta quruqlik mavjudligini taʼkidlagan. 5 asrdan soʻng yevropaliklar bu quruqlikning Amerika qitʼasi ekanligini kashf etganlar. 11-asrda balxlik Nosir Hisrav 7 yil davomida sayohat qilib, 15 ming km yoʻl bosdi — Movarounnahrdan Afrika shim.gacha, Arabiston va Hindistongacha sayohat qilib, "Safarnoma" kitobini yozdi. Maxmud Koshgʻariy Markaziy Osiyodan Kichik Osiyo yarim orolgacha kezib, turkiy qabilalarning tili, urf-odatlari, shaharlari, daryo-koʻllari, togʻyaylovlarini tasvirlagan "Devonu lugʻotit turk" asarini yozib qrldirdi. Kitobga dunyo haritasi ham ilova qilingan. 13-asr boshida Marv sh.da (hoz. Turkmanistonning Mari sh.dan 30 km sharada) yashagan Abdulla Yoqut Hamaviy "Mujam ul-buldon" geografik lugʻatini yozgan. Shimoliy afrikalik (marokashlik) arab Ibn Battuta 14-asrning eng mashhur sayyohidir, u 25 yil mobaynida 100 ming km dan ortiq masofani kezib chiqdi — Arabiston ya. o., Hindiston, Xitoy, Sumatra o., Movarounnahr, Janubiy Yevropa va Sahroi Kabirni sayohat qildi. 15-asr boshlarida Samarqand rasadxonasida temuriy hukmdor Mirzo Ulugʻbek rahbarligida astronomik va geografik jadvallar tuzi l di. Ali Qushchi Samarqandda va Istanbulda geografik asarlar yozdi. 16-asr boshida Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga kelib, mashhur tarixiy-geografik asar — "Boburnoma"ni yaratdi. 15-asr oʻrtasi — 17-asrda Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida deyarli barcha materiklarning shakli belgilandi, yer yuzasining katta qismi tadqiq qilindi, nomaʼlum mamlakatlarning tabiati va xoʻjaligi haqida maʼlumotlar olindi. 17-asrning 1- yarmida yashagan gollandiyalik geograf B. Vareniusning "Umumiy geografiya" kitobi oʻsha davrning eng yirik geografik asari boʻldi. Varenius birinchi boʻlib Yer haqidagi bilimlar sistemasidan umumiy geografiya va xususiy regional geografiyani ajratdi. 16—17-asrlarda haritagrafiya boʻyicha katta muvaffaqiyatlarga erishildi, haritagrafik proyeksiyalar ishlab chiqildi (Geografiya Merkator). 18-asr oxiri va 19-asr davomida Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliyaning ichki rayonlarida geografik tadqiqotlar olib borildi. 19—20-asrlarda Markaziy Osiyoda ilmiy tadqiqotlar qilindi.

Tabiiy geografiya. Oʻzbekistonda, bu-tun Oʻrta Osiyodagi kabi, oʻlkaning ta-biiy sharoiti hamda tabiiy resurslarini kompleks tadqiq etish va geografik gʻoyalarning bu jarayon bilan bevosita bogʻliq holda rivojlanishi 4 asosiy ilmiy yoʻnalishda amalga oshib, takomillasha bordi. Bular: qiyosiy-tasviriy, tabiiy-tarixiy, ekologik-geografik va regional landshaftshunoslik yunalishlaridir .

Oʻrta Osiyoda tabiiy-geografik tadqiqotlarning qiyosiy-tasviriy (tasviriy geografiya) yoʻnalishi 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshida vujudga keldi. Turli hududlarning geografik tasvirini yaratishda P. P. Semyonov-Tyanshanskiy, I. V. Mushketov, A. P. Fedchenko. V. A. Obruchev, V. I. Masalskiy va L. S. Berg kabi rus tabiatshunoslari hissa qoʻshdilar. Bu yoʻnalish N. L. Korjenevskiyning qiyosiy-tasviriy geografik tadqiqotlarida oʻz ifodasini topdi. Respublikada bu ilmiy yoʻnalishda N. G. Mallitskiy, O. Yu. Poslavskaya, N. D. Dolimov, M. Q. Qoriyev, O. A. Moʻminov koʻp yillar ilmiy faoliyat koʻrsatib, oʻlkaning turli qismlari va butun Oʻzbekistonni tabiiy geografik tasvirlashga munosib hissa qoʻshdilar.

Oʻzbekistonda geografik tadqiqotlarningtabiiy- tarixiy yoʻnalishi 20- a. boshida oʻlkani ruslar tomonidan oʻrganish jarayonida shakllandi. Bu ilmiy yoʻnalish turli hududlar tuproq va oʻsimlik qoplamini landshaftlar fonida majmuali oʻrganish metodikasi va metodologiyasiga asoslangan va uning yirik markazi Oʻrta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika instituti edi.

Ekologik-geografik yoʻnalish 1920—30yillarda shakllandi.

Bu yoʻnalishning vakillari ekolog va geograflar D. N. Kashkarov (1878— 1941)va Ye. P. Korovin (1891-1963) edi. Oʻrta Osiyo choʻllari va baland togʻlari oʻziga xos tabiiy kompleks va "hayot makoni" sifatida qiyosiy ekologik va geografik jihatdan oʻrganildi. Bu maktabning ilmiy gʻoyalarini yangi yuqori bosqichga koʻtarishda Oʻzbekiston akademiklari zooekolog T. 3. Zohidov va botanik-geograf hamda ekolog Q. 3. Zokirovlar salmokli hissa qoʻshdi. T. 3. Zohidov choʻllar ekologik biotsenologiyasi, Q. 3. Zokirov esa Oʻrta Osiyo fitoekologiyasi, oʻsimlik qoplamini ekologik toifalashtirish hamda integral balandlik mintaqalari (choʻl, adir, togʻ, yaylov)ni ajratish masalalari boʻyicha oʻz yoʻriqnomalarini yaratdilar .

Regional landshaftshunoslik yoʻnalishi yuqoridagi uch kompleks yoʻnalish va koʻplab tarmoq geografik yoʻnalishlarning sintezi sifatida vujudga keldi. Bu yoʻnalishga doyr ilk tadqiqotlar 1929—30 yillarda olib borildi. Oʻrta Osiyo kompleks tabiiy-tarixiy rayonlashtirildi va ayrim yirik hududlarning landshaft haritalari tuzildi. 1943 yil Oʻrta Osiyoning ekologik tamoyillar asosida majmuali geografik rayonlashtirish konsepsiyasi va sxemasi yaratildi. 1950-yillar oxiridan Oʻrta Osiyoni tabiiy rayonlashtirish va landshaft haritalarini yaratish bilan Oʻrta Osiyo davlat universitetining geograf olimlari shugʻullandilar. 1960—70 yillarga kelib, Oʻzbekistonda mahalliy landshaftshunos olimlarning safi shakllandi. Ular Moskva (P. B. Baratov, A. A. Rafikov, M. U. Umarov, P. N. Gʻulomov, A. Mamatov, B.O. Baxriddinov, O. Raxmatullayev, S. Abdullayev, I. Abdugʻaniyev), Sankt-Peterburg (A. Saidov, M. Rasulov, Sh. Ergashev, T. Rahimov, Yu. Sultonov), Lvov (L. Alibekov, T. Jumaboyev), Voronej (A. Abdulqosimov), Boku (S. A. Nishonov), Ashxobod (I. Nazarov), Qozon (T. Ollonazarov) va Toshkent (Sh. S. Zokirov, I. A. Hasanov, A. Zayniddinov, A. Soatov) landshaftshunoslik maktablariga mansubdirlar. Ularning har biri muayyan hududlarni rayonlashtirish va landshaft xususiyatlarini tahlil qilish, tabiiy resurslarni baholash bilan shugʻullandilar. Meliorativ geografiya (A. A. Rafiqov, I. A. Hasanov), rekreatsiya geografiyasi (3. Mahamatillayev, A. Zokirov), landshaftlar rekultivatsiyasi (H. Vahobov) va geokimyosi (I. N. Stepanov, Oʻ. Abdunazarov, H. Maʼsudov) boʻyicha ham tadqiqotlar oʻtkazdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tarkibidagi Geografiya ilmiy tadqiqot boʻlimi 1958 yildan boshlab geografik tadqiqotlar olib bordi.

Tabiiy geografiya, landshaftshunoslik va ekologiyaga doyr tadqiqotlar Toshkent sh.dan tashqari Samarkand (L. Alibekov, A. Abdulkrsimov. O. Rahmatullayev), Jizzax (S. A. Nishonov), Fargʻona (O. Yu. Sultonov, A. Maqsudov, I. Abdugʻaniyev), Buxoro (I. Nazarov), Qarshi (A. Mamatov, S. Abdullayev) va b. shaharlarda ham olib boriladi.

Geomorfologiya. Oʻzbekistonda geomorfologiya va u bilan bogʻliq toʻrtlamchi davr shakllanishi geomorfolog Yu. A. Skvorsov va geolog N. P. Vasilkovskiylar nomi bilan, Respublika geomorfologiyasining keyingi yutuqlari geograf-geomorfologlardan — O. Yu. Poslavskaya, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin, M. M. Mamatqulov, E. D. Mamedovlarning koʻp yillik tadqiqotlari bilan bogʻliq.

Meteorologiya va iqlimshunoslik. Bu soha boʻyicha respublikada mumtoz iqlimshunoslik (klimatografiya), sinoptik meteorologiya va dinamik iqlimshunoslik, mikroiqlimshunoslik, agrometeorologik hamda agroiqlimshunoslik, bioiqlimshunoslik va shahar iqlimshunosligi ilmiy yoʻnalishlari vujudga keddi.

Mikroiqlimiy va agrometeorologik tadqiqotlar 20-yillarda Mirzachoʻlda voha iqlimini oʻrganishga doyr ishlar bilan boshlandi. 1950- yillardan Oʻrta Osiyo davlat universitetida agrometeorologiya, yerga yaqin havo qatlamlari fizikasi boʻyicha muntazam tadqiqotlar olib borildi va unda L. N. Babushkin, A. T. Muqminova, M. A. Orifxonova kabi koʻplab meteorolog hamda iqlimshunoslar ishtirok etdi. Agrometeorologik va agroiqlimiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga S. A. Sapojnikova, F. A. Muminov, D. Matmurodov, A. S. Hasanov, A. Abdullayev kabi tadqiqotchilar ham munosib hissa qoʻshdilar .

Sinoptik meteorologiya va dinamik ikdimshunoslikka doyr ishlar Toshkentda V. A. Jorjio, V. A. Bugayevlar faoliyati (1930—60 yillar) bilan bogʻliq.

B. A. Ayzenshtat Oʻrta Osiyo landshaftlari, xususan qumli choʻllarning balansini oʻrganish bilan shugʻullandi.

Gidrologiya. Oʻrta Osiyo gidrologiyasi bilan E. M. Oldekop va L. K. Davidovlar, 1950—70 yillarda togʻ gidrologiyasi bilan V. L. Shuls shugʻullandi. U Oʻrta Osiyoni geografik-gidrologik tamoyillar asosida rayonlashtirdi va oʻlka suv oqimining asosiy qonuniyatlarini bayon etdi. V. L. Shulsning rahbarligida L. I. Shalatova, I. R. Alimuhamedov gidrolog tadqiqotchilar yetishib chikdi.

Oʻrta Osiyo gidrologiyasi boʻyicha ilmiy ishlar O. P. Shcheglova va uning shogirdlari G. Ye. Glazirin, A. R. Rasulov, R. S. Saidova, F. Hikmatov va b.ning faoliyati bilan bogʻliq.

Respublikada sel oqimlarini geografik va gidrologik oʻrganish bilan F. K. Kocherga, P. M. Karpov, T. Mustafaqulov, R. G. Vafin, V. P. Pushkarenko, S. Toʻlaganov va A. Saidovlar shugʻullandilar.

Gidrologik tadqiqotlar majmuida daryo oʻzanidagi dinamik jarayonlarni oʻrganish S. T. Altunin va A. M. Muhamedov rahbarligida amalga oshirildi .

1960-yillardan R. A. Alimov, A. 3. Zohidov, V. P. Svetitskiy, N. I. Zudina va b. obikor yerlar suv balansi va tuz rejimini oʻrganish boʻiicha ishlar olib bordilar .

Xoʻjalikka xizmat koʻrsatish nuqtai nazaridan gidrologik bashorat boʻiicha oʻtkazilgan tadqiqotlar P. M. Mashukov va 3. V. Jorjiolar nomi bilan bogʻliq. Gidrologik jarayonlarni modellashtirish muammolari boʻyicha Yu.N. Ivanov, Yu. M. Denisovning tadqiqotlari diqqatga sazovor. Obikor dehqonchilik bilan bogʻliq gidrologiya muammolari ham olimlarning diqqat markazida boʻldi (G. N. Trofimov, N. K. Lukina, Ye. M. Vidineeva, Q. Domlajonov va b.).

N. L. Korjenevskiy 1930 yil Oʻrta Osiyo muzliklarining katalogi (jadvali)ni yaratdi va koʻpgina togʻ muzliklarini birinchi boʻlib tavsifladi. Keyinchalik Oʻzbekistonda G. Ye. Glazirin, V. G. Konovalov, V. F. Suslov, A. S. Shchetinnikov, V. Nozdryuxin, A. A. Kreyter, M. A. Nosirov, A. Akbarov kabi glyatsiolog mutaxassislar yetishib chiqdi.

Oʻrta Osiyo koʻllarini oʻrganishga olimlardan N. L. Korjenevskiy, L. A. Molchanov, N. G. Mallitskiy, A.M. Nikitin va b. hissa qoʻshdilar.

Oʻzbekistonda gidrometeorologik tadqiqotlarning asosiy markazlari V.A. Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo regional gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituta (Toshkent), Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Geologiya va geofizika hamda Suv muammolari institutlaridir.

Ilmiy va amaliy gidrologik tadqiqotlar asosan gidrometriya, suv eroziyasi va oʻzan jarayonlarini oʻrganish (A. R. Rasulov, T. Joʻrayev, S. R. Saidova, M. Mirziyotov, F. Xikmatov), gidrokimyo (E. Chembarisov, K. Domlajonov), gidroekologiya (A. Nazarov, A. Abdurahmonov, 3. Sirliboyeva), gidromelioratsiya (Sh. Yunusov, E. Joʻrabekov) va irrigatsiya tarixi (A. Razzoqov), suv resurslarini oʻrganish (Sh. Murodov, S. Karimov, U. Tursunov), muzlikshunoslik (M. A. Nosirov, A. Akbarov), koʻlshunoslik (O. Nuriddinov) kabi yoʻnalishlar boʻyicha muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Tuproqlar geografiyasi. 1920 yil Oʻrta Osiyo universiteti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika institutida tuproqshunos N. A. Dimo rahbarligida tuproq qoplami geografik landshaftlarning tarkibiy qismi va koʻzgusi, ayni vaqtda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosi hamda resursi sifatida oʻrganildi.

Regional tuproqshunoslikning xilmaxil muammolari ustida A. M. Rasulov, A. Maksudov, H. Maqsudov va A. Neʼmatov, J. S. Sattorov va L. Tursunovlar tadqiqotlar olib borgan.

Oʻzbekistonda geografik tuproqshunoslik Oʻrta Osiyo tuproqlarini geografik, ekologik va geokimyoviy jihatdan oʻrganish asosida rivojlandi (Oʻ. Abdunazarov, H. Maʼsudov, L. Kamolov va b.).

Biogeografiya. Biogeografik tadqiqotlar maktabining asoschilari zoolog D. N. Kashkarov bilan botanik Ye. P. Korovindir .

Oʻzbekistonda biogeografik tadqiqotlar ayni vaktda ularning ikki asosiy tarmogʻi — botanik geografiya va zoogeografiya yoʻnalishlarida ham shakllandi. 1920—40 yillarda oʻlka oʻsimliklari va hayvonoti geografik-ekologik oʻrganildi (M. P. Popov, R. I. Abolin, Ye. P. Korovin, P. A. Baranov, I. A. Raykova, M. M. Sovetkina, I. I. Granitov).

Oʻzbekistonda botanik geografiyaning rivojlanishi va milliy ilmiy kadrlarni yetishtirishda akademik K- 3. Zokirov va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi I. I. Granitov salmoqli hissa qoʻshdilar.

1950-yillardan boshlab oʻsimliklar geografiyasi, ekologiyasi va fiziologiyasi boʻyicha oʻzbek botaniklaridan — M. M. Orifxonova, P. Q. Zokirov, X.

M. Oxunovning ilmiy asarlari bosilib chiqdi. Shuningdek, botanik-geografik ilmiy tadqiqotlar rivojiga D. K. Saidov, M. M. Nabiyev, T. A. Odilov, O. X. Hasanov, A. I. Usmonov, Oʻ. Pratov, S. S. Soatovlar ham muayyan hissa qoʻshdilar.

Hayvonlar geografiyasiga doyr tadqiqotlarni Oʻzbekistonda zooekolog D. N. Kashkarov va zoogeograf N. A. Bobrinskiylar olib bordi. Oʻzbekiston zoogeografiyasining keyingi rivoji T. 3. Zohidov, I. I. Kolesnikov, R. N. Meklenbursev, H. Solihboyev, Gʻ. S. Sultonov, V. P. Kostin, G. I. Ishunin va b.ning ilmiy faoliyati bilan bogʻliq.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. Respublikada iqtisodiy va demogra-fik tadqiqotlar 1920-yillardan boshlangan. Iqtisodchi hamda geograflar G. N. Cherdansev, N. N. Kojanov, N. K. Yaroshevich, Yu. I. Poslavskiy, A. I. Golovin va b. iqtisodiy rayonlashtirishning nazariy va amaliy muammolari, Oʻrta Osiyo ishlab chiqaruvchi kuchlarini hududiy joylashtirish hamda ri-vojlantirish masalalari, aholi va qishloq aholi turar joylarini mufassal oʻrganish muammolari bilan shugʻullandilar .

50-yillarda 3. M. Akramov, K. N.Bedrinsev, K. I. Lapkinlar qishloq xoʻjaligini iqtisodiy tahlil qildilar.

50—60-yillarda Oʻzbekistonning hududiy ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish, majmuali rivojlantirish, rayonlashtirish hamda bashorat qilish uch asosiy ilmiy yoʻnalish — qishloq xoʻjaligi geografiyasi, aholishunoslik, aholi geografiyasi va ijtimoiy geografiya yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borildi.

Iqtisodiy rayonlashtirish va majmuali iqtisodiy geografik tadqiqotlar. Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish masalalariga 40-yillarda Toshkentda yashagan geograf V. M. Chetirkin katta eʼtibor berdi. Keyinchalik uning asosiy fikr va gʻoyalari Z.M. Akramov, K. N. Bedrinsev, A. K. Bedrinsev, I. K. Narziqulov va b.ning ijodiy izlanishlarida ri-vojlantirildi.

Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini majmuali oʻrganishga doyr yirik tadqiqotlar 1950-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi (SOPS) tomonidan boshlab berildi. Iktisodiy geografik va majmuali geografik tadqiqotlarni olib borishda 1958 yil tashkil etilgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Geografiya boʻlimi katta rol oʻynadi.

Qishloq xoʻjaligi geografiyasi. Oʻzbeki ston qishloq xoʻjaligini majmuali oʻrganish va bashorat qilish, tabiiy sharoit va resurslariga qishloq xoʻjaligi nuqgai nazaridan baholashga doyr tadqiqotlar olib borildi (K. I. Lapkin). Oʻzbekistonning chorvachiligini (qarang A. Abirqulov), agrar-sanoat majmuini (A. R. Roʻziyev va A. M. Sodiqov), Fargʻona vodiysining qishloq xoʻjaligini (O. Abdullayev) oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar amalga oshirildi. Oʻzbekistan qishloq xoʻjaligini turli regionlar va tarmoqlar boʻyicha tashkil etish muammolari oʻrganildi (R. A. Xodiyev, T. E. Egamberdiyev, T. Tojimov, S. S Saidkarimov, T. Jumasv, K. K. Qurbonov, Sh. Azimov, R. U. Usmonov).

Aholishunoslik va aholi geografiyasi. Aholishunoslik muammolarini ilmiy oʻrganish N. V. Smirnov, T. I. Raimov, O. B. Otamirzayev, A. S. Soliyev, A.A. Qayumovlarning tadqiqotlarida oʻz ifodasini topdi.

1960-yillarda Toshkent universitetining geografiya ilmiy tadqiqot boʻlimida M. K. Qoraxonov rahbarligida majmuali aholishunoslik muammolari turli yoʻnalishlarda tadqiq etildi, ayni vaqtda qishloq joylarini oʻrganish boshlandi (R. Valiyeva, G. R. Asanov, E. Safarov).

1972 yil Toshkent Davlat Universitetida Aholishunoslik muammolari ilmiy tadqiqot laboratoriyasi ish boshladi.

Yirik poytaxt shaharlar (T. I. Raimov, E. Toshbekov) va shahar aglomeratsiyalarini (O. B. Otamirzayev, N. X. Mamatqulov) hamda umuman regiondagi aholi punktlari tizimlari, urbanizatsiyaning rivojlanishini (T. I. Raimov, O. B. Otamirzayev, A. S. Soliyev, X. S. Salimov va b.) oʻrganish ham geograflarning diqqat markazida boʻldi.

Oʻrta Osiyoda qishloq aholi turar joylarining shakllanishi, hududiy taqsimlanishi va rivojlanishi masalalari tadqiq qilindi (G. R. Asanov, A. B. Botirov, A. A. Kayumov, T. D. Jumasv, T. Mallaboyev, E. S. Safarov, M. Ya. Yangiboyev va b.). Aholining migratsiyasi (S. N. Kononenko), tabiiy oʻsishi (M. Boʻriyeva, A. Gʻaniyev), demografik rivojlanishi (A. Saʼdullayev) masalalari ham oʻrganildi. Ijtimoiy geografiyaning ilmiy-nazariy asoslari ham tadqiq etilmoqda (A. A. Kayumov). Respublikada sanoat geografiyasi (S. Zokirov, N. Sultonov va b.), transport geografiyasi, maishiy xizmat geografiyasi, geoekologiya va ijtimoiy ekologiyaning iqtisodiy geografik jihatlari boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Geografiya tarixi. Oʻrtaosiyolik oʻrta asr geograflari va sayyohlari ilmiy merosini oʻrganish bilan H. H. Hasanov shugʻullandi. Oʻrta Osiyo tabiatini 17— 18-asrlarda oʻrganish tarixi bilan A. V. Pankov va R. L. Yugay shugʻullandilar. 19-asrning 2-yarmidagi geografik tadqiqotlar tarixini A. A. Azatyan, 3. N. Donsova. N. I. Leonov, A. M. Ochilov oʻrgandilar.

Oʻrta Osiyoni 20-asrda geografik va ekologik oʻrganish tarixi masalalarini R. U. Rahimbekov oʻrgandi. Oʻrta Osiyo geografiyasi tarixining ayrim masalalari (I. Inogʻomov, A. M. Ochilov, U. Obidov va b.) oʻrganildi .

Haritagrafiya. Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonning umumiy geografik haritalarini tuzish bilan geograf N. L. Korjenevskiy shugʻullandi. Ye. P. Korovin 1933 yil tuzib, "Urta Osiyo va Kozogʻiston oʻsimliklari" monografiyasiga ilova qilgan geobotanik harita muhim biogeografik, ekologik va geografik ahamiyat kasb etdi. 1920-yillarda haritagrafiya bilan R. I. Abolin, 1930—50 yillarda I. I. Granitov shugʻullandi. 1940—50 yillarda Oʻzbekistonning geografik jihatdan muhim ahamiyatga molik tuproq va tuproq-iqlim haritalari nashr etildi. 1960-yillarda "Uz-Giprozem" instituti ishlab chiqarish hamda oʻquv maqsadlarida 1:1000000 va 1:1500000 masshtabli 10 dan ortiq qishloq xoʻjaligi haritasini va landshaftlar haritasini nashr etdi. Usha yillarda Oʻzbekiston barcha viloyatlarining tabiiy-oʻlkashunoslik oʻquv haritalari chop etildi (T.M. Mirzaliyev).

Oʻzbekistan haritagrafiyasining ilmiy markazlari Oʻzbekistan Millim universitetining Geodeziya va haritagrafiya kafedrasi va Oʻzbekistan Fanlar akademiyasining Seysmologiya i-ti tarkibidagi Geografiya boʻlimidir. Toshkent Davlat Universiteti haritashunoslari (T. M. Mirzaliyev, Ye. G. Brodskiy, A. E. Egamberdiyev, L. M. Qoʻziboyeva, L. G. Soliyeva) tashabbusi va ishtirokida 1981 yil Oʻzbekistonning birinchi oʻquv maʼlumotnomali atlasi rus va oʻzbek tillarida nashr etildi.

Geografiya boʻlimi 1981—2000 yillarda Oʻzbekistonning 70 bosma taboqdan ziyod akademik atlasi, Toshkent shahrining atlasi, paxtachilik va tibbiy-geografiya atlaslari, "Turkiston — umumiy uyimiz" albom atlasi, Oʻzbekistonning ekologik haritasidan tashqari tabiatii muhofaza qilish, choʻllashish va landshaft haritalarini nashr qildi. L. X. Gʻulomova haritagrafik tadqiqotlarda kosmik usullardan foydalanish boʻyicha, M. Asomov, Sh. Buzrukov, A. Bozorboyev, J. Koraboyev, T. Qoraboyevalar haritagrafiyaning turli yoʻnalish va mavzulari boʻyicha tadqiqotlar olib bormoqdalar.

Geografiya boʻlimi respublika hududini majmuali tabiiy va ijtimoiyiqtisodiy geografik oʻrganish, tabiiy muhitni muhofaza qilish muammolari va tabiatiing inson taʼsirida oʻzgarishini bashorat qilish, mavzuli va hududiy atlas va haritalar tuzish masalalari bilan shugʻullanadi. Boʻlim tarkibida oʻlkani majmuali geografik bashoratlash, atrof muhit muhofazasi, haritagrafiya va masofadan tadqiq etish laboratoriyalari faoliyat koʻrsatmoqaa. Boʻlimda hozirgacha 8 ta doktorlik va 50 dan ziyod fan nomzodligi dissertatsiyalari himoya qilindi. Boʻlim Rossiya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va MDH davlatlari Fanlar akademiyasi larining ilmiy tadqiqot muassasalari bilan ijodiy hamkorlik qilmoqda. Oʻzbekistonda geografik tadqiqot ishlari va geograf kadrlar tayyorlash ishlari bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston millim universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarkand davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat ped. universiteti, viloyat universitetlari shugʻullanadi.

Amaliy geografiya hoz. zamon geografik tadqiqot yoʻnalishlaridan biri. Asosiy maqsadi geografik ilmiy va amaliy bilimlarni yanada chuqurroq taxlil qilish, tabiat va jamiyatdagi mavjud hamda vujudga kelayotgan turli tabiiy-geografik, geoekologik hamda ijtimoiy va iqtisodiy-geografik muammolarni hal qilishdan iborat. Bu soha tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geogr. hamda haritagrafiya fanlariga tegishli. Yana q. Amaliy geografiya.

Geografiya taʼlimi. Oʻzbekistan hududida Geografiya 18—19-asrlarda madrasalarda umumiy holda, 19-asrning 80-yillarida rus-tuzem maktablarida, 1900 yildan yangi usul maktablarida dastur boʻyicha oʻqitildi. 19-asr 90-yillaridan Geografiyadan birinchi oʻquv qoʻllanmasi — "Yer xususida ilmdan olingan soʻzlar" oʻzbek tilida nashr etildi. 1880-yillarda Hoji Yusuf Hayʼatiy (1842—1924) geografik globus yasadi. 1905 yilda yangi usul maktablari uchun "Turkiston va unga yondosh mamlakatlarning haritasi" nashr qilindi.

20-asrda Turkistonda geografiya taʼlimi rivojlandi. M. Behbudiyning "Qisqacha umumiy geografiya" (1902), "Aholi geografiyasiga kirish" (1903), Fotih Karimning "Geografiya" (1914), Muhammad Aminkarimiyning "Jugrofiyai riyoziy" (1914), Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlining "Yer yuzi" (1915), N.I. Balashovning "Turkiston geografiya oʻqumligi" (1922) darsliklari nashr etildi. 1930 yildan1990 yilgacha umumiy taʼlim maktablarida faqat Oʻzbekiston tabiiy va iqtisodiy geogr.si mahalliy mualliflar yozgan darslik va qoʻllanmalar asosida oʻqitildi. G.ni oʻqitish metodikasi boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, darsliklari nashr qilindi. Geografiyaga oid O. Ibrohimovning "Geografiya terminlari" (1935), M. Bektemirov va Saidrasulovning "Qisqacha ruscha-oʻzbekcha geografiya terminlari lugʻati" (1940), N, Dolimov va b.ning "Geografik terminlarning qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻati" (1953), H.H. Hasanovning "Geografik terminlar lugʻati" (1964), S. Qorayev, P. Gʻulomov, R. Rahimbekovning "Geografik terminlar va tushunchalar izohli lugʻati" (1979) yaratildi. Bu davrda oliy geog. taʼlimi ham ancha rivojlandi. davlat universitetlari va pedagogika institutlarida Geografiya fakultetlari ochildi. Oliy maktablar uchun Geografiyadan darslik va oʻquv qoʻllanmalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi hamda yangilari yozildi. Geografiya taʼlimining yangi davlat standarti, oʻquv dasturlari ishlab chiqildi. Bir qancha yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, geografik terminlar lugʻati va haritalar yaratildi.

Imomi Aʼzam

Imomi Aʼzam, Abu Hanifa Noʻʼmon ibn Sobit al-Koʻfiy (699, Koʻfa — 767, Bagʻdod) — hanafiylik mazhabi asoschisi. Ilohiyotchi, faqih, muhaddis. "Abu Hanifa" uning kunyasi, "Imomi Aʼzam" ("Ulugʻ imom") ulugʻligining eʼtirofi oʻlaroq berilgan unvon. Asli fors boʻlib, oʻziga toʻq, zodagon oiladan. Olim va fozil insonlar orasida voyaga yetdi. Otasidan qolgan katta boylikni ilm yoʻlida sarf etdi. Yoshlikdan Qurʼonni yod oldi. Kalom ilmi va mantiqni oʻrgandi. 22 yoshida iroqlik ilohiyotchi Hammod ibn Abu Sulaymonga shogird tushib uning taʼlimini oldi. Keyin Kufa va Basraning eng obroʻli faqihi boʻlib yetishdi va oʻzi shogirdlar tarbiyaladi. Kamtar, mehribon, taqvodor inson sifatida hurmat qozondi. Uning 55 marta haj qilganligi haqida rivoyat bor.

I. A. 747—48 y.larda Iroq hokimi ibn Hubayra taʼqibidan qochib Makkaga ketadi. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib, ulamolik faoliyatini davom ettiradi. Xalifa almansur (754—775) unga yangi poytaxt Bagʻdodda qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavozimini egallashni taklif qiladi. Biroq I. A. bu taklifni rad etadi. Shunda Mansur uni qamab turli qiynoqlarga solgan, kaltaklatgan. Mansur I. A.ga zahar ichirgan va u zot shu sababdan shahid boʻlgan, degan rivoyat ham bor.

I. A. islom ulamolari orasida eng yetuk olimlardan edi. U odamlarga qulay, toliblarga yengil boʻladigan yoʻlni topishga muvaffaq boʻldi: sharʼiy ilmni birinchi boʻlib tasnif qilib, uni boblarga ajratib, tartibga soldi va kitob shakliga keltirdi. I. A.ning ilmi kalom, fiqx, hadis, sarf ilmlariga oid bir necha kitoblari mavjud: "Kitob as-salot" ("Namoz ahkomlari kitobi"), "Kitob almanosik" ("Haj kitobi"), "Kitob ash-shurut" ("Shartnomalar haqida kitob"), "Kitob alfaroiz" ("Meros ilmi haqida kitob"), "Kitob al-olim val-mutaallim" ("Us toz va shogird haqida kitob"), "Kitob al-fiqx al-akbar" ("Katta fiqh kitobi"), "Kitobi al-vasiya" ("Vasiyatnoma kitobi") va b. I.A.ning bulardan tashqari hadis sohasida ham asarlari mavjuddir.

I. A. faqihlarning ustozi. Oʻrta asr faqihi Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Xorazmiy I. A. musnadlarini jam qilib, kitob shakliga keltirgan, u 1326 hijriy (mil. 1907/08) yilda Misrda chop etilgan.

I. A.dan taʼlim olgan shogirdlar zamonasining yetuk peshvolari boʻlib yetishgan. Ana shunday shogirdlardan biri Abu Yusuf boʻlib, Horun ar-Rashid davrida qozilik vazifasida ishlagan. Ikkinchi shogirdi imom Muhammad ibn Hasan oʻz navbatida ustozidan olgan barcha ilmini imom Shofiʼiyga oʻrgatgan. Hadislarni saralashga mohir boʻlgan, har bir masalani dalillay oladigan Zufar ibn Xuzayl ham I. A.ning koʻzga koʻringan ashoblaridandir. Yana bir shogirdi Hasan ibn ZiyodI. A.ning "Adab al-kadi" ("Qozining odobi"), "Annafaqot" ("Nafaqalar"), "Faroiz" ("Meros ilmi") kabi kitoblarini yozib tugatdi. I. A.ning oʻgʻli Hammod va nabirasi Ismoil ham sharʼiy ilmlar borasida yetuk allomalar edi, ular turli shaharlarda qozilik mansabida ishlashgan. Hurosonda birinchi boʻlib hadisni yozib olgan Abdulloh ibn Muborak ham I. A.dan taʼlim olgan.

Dunyoning koʻpgina joylarida, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida musulmonlar I. A. mazhabi qoidalari asosida ibodat qilib kelmoqdalar.

Kitob (shahar)

Kitob — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Qashqadaryo bilan Okdaryo oraligʻidagi Shaqrisabz-Kitob botigida, oʻrtacha 685 m balandlikda joylashgan. Qarshi — Kitob temir yoʻl shoxobchasining oxirgi — Kitob st-yasidan 4 km, viloyat markazi — Qarshi shahridan 130 km. Aholisi 34,9 ming kishi (2000).

Shahar nomi forscha kift — yelka, ob — suv soʻzlaridan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. K. oʻrta asrlarda Gʻarb bilan Sharq mamlakatlarini birbiriga bogʻlagan yirik kar-von yoʻli yoqasida, Samarqand va Shahrisabz (Kesh)ga yaqin joylashganligi uchun yirik shaharga aylangan. Maydoni 40 ga, shahar arki 1 ga dan koʻproq joyni egallagan. Ark harobalari hozir Qalandartepa deb yuritiladi. Shahar devorining qalinligi 7,5 m. Bu devor taxmi-nan miloddan avvalgi 3-asrda qurilgan. Oʻtmishda K.ning jan.-gʻarbiy tomonida kulolchilik mahallalari joylashgan. Arxeologik qazishlar natijasida ochilgan madaniy qatlamlardan katta marmar plitalar, bino qoldiqlari, turli shakldagi rangli sopol idishlar, mayda haykalchalar va boshqa buyumlar topilgan. Shahar bir qancha vaqt tushkunlikka tushib, 6—7-asrlarda qayta tiklangan. Arkdan tashqarida 2,5 ga yerga qalʼa-qarorgoh qurilib, qalin devor bilan oʻrab olingan. 9—17-asrlarda shahar avvalgi mavqeini yoʻqotgan. 18-asrda K. beklik markaziga aylangach, birmuncha tiklangan. Oʻsha davrda K.da 6 shahar darvozasi, bir necha oʻn guzar, 2 karvonsaroy, bozor, hammom, 4 qabriston boʻlgan. iHoz. K. Qashqadaryo viloyatining yirik madaniy va iqtisodiy markazlarilan. Paxta tozalash, vino z-dlari va boshqa korxonalar mavjud. K. kenglik st-yasi jahondagi 5 ta shunday st-yaning biridir (qarang Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi). K.da tuman hokimiyati binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, madaniyat uyi, umumiy taʼ-lim maktablari, avtostansiya, madaniyat va istirohat bogi, stadion va tennis korti, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.

K. Katta Oʻzbekiston trakti orqali Shahrisabz, Samarqand va boshqa shahar hamda tumanlar bilan bogʻlangan.

Kitob tumani

Kitob tumani - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoli-sharqida. 1926 yil sentabrda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Shahrisabz tumani bilan birlashtirilgan. 1968 yil 25 dekabrda qayta toʻzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 1,75 ming km². Aholisi 178,9 ming kishi (2000). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob) va 12 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bektemir, Beshterak, Bogʻbon, Makrid, Palandara, Paxtaobod, Sivaz, Toʻpchoq, Qaynarbuloq, Katorbogʻ, Quynoqboy, Jilisuv) bor (2000). Markazi — Kitob shahri Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (balandligi 1788 m) esa respublika janubini shimoliy viloyatlar bilan bogʻlaydi.

Tabiati. Hududining katta qismini shimoliy va sharqiy chegaralar boʻylab choʻzilgan baland Hisor va Zarafshon togʻlari (4000 m) egallagan. Baland togʻlar tuman hududini sovuq havo oqimidan toʻsib turgani uchun tuman iqlimi viloyatda eng moʻʼtadil. Oʻrtacha temperatura yanvar da 0,8°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 545 mm yogʻin toʻshadi. Yogʻinning 85% ba-hor va qish fasllariga toʻgʻri keladi. Tuman hududidan Kashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, Jinnidaryo, Oqsaryo oqib oʻtadi. Tuprogʻi Shahrisabz-Kitob botigʻida tipik boʻz, daryo boʻyida allyuvial boʻz, togʻlarda qoʻngʻir tuproq. Efemer oʻsimliklar hamma joyda uchraydi. Suv boʻylarida qamish, yulgʻun oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, bodom, doʻlana, olma, tol, yongʻoq, pista, zarang daraxtlari va xilma-xil butalar oʻrmon hosil qilgan. Togʻ yon bagʻirlari chorva mollari uchun yozgi yaylov. Tulki, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, ayiq, qobon, togʻ echkisi, arhar; sudraluvchilar; kaklik, chil, bulbul va boshqa yashaydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va boshqa ham yashaydi. Axrlining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 102 kishi. Shaharliklar 34,9 ming kishi, qishloq aholisi 144 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi. Kitob tumani qadimdan muhim savdo yoʻllarining ustida joylashganligi va Samarqand, Buxoro hamda Shahrisabzga yaqinligi uchun dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan hududlaridan biri boʻlgan. Tuman xoʻjaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qiladi. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 18,7 ming ga, shu jumladan, 3,3 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga don ekinlari, qolgan yerlarga sabzavot-poliz, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. 5,0 ming ga yaqin maydon bogʻ va tokzor. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Paxta tozalash va vino zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda 90 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey-internat, 2 kasbxunar kolleji, 53 kutubxona, 15 qishloq klubi, Shon-shuhrat muzeyi, stadion va tennis kortlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, 79 qishloq feldsher-akusherlik shohobchasi, 15 qishloq vrachlik amboʻlatoriyasi, 75 qishloq vrachi punkti, dorixonalar mavjud boʻlib, 2300 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1935 yildan "Kitob tongi" tuman gaz. chiqadi (adadi 1000). Tumanda Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.

Kutubxona

Kutubxona (arab. kutub - "kitoblar", fors. xona - "uy") axborot yigʻiladigan joydir. Bunda axborot kitob, gazeta, jurnal, video- va audiotasma, optik disk va hk shaklda boʻlishi mumkin. Kutubxonalar tashkilot (jamoat) yoki jismoniy shaxs (shaxsiy kutubxona) tomonidan tashkil etilishi mumkin.

Kutubxona — bosma va ayrim qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari bilan shugʻullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish K.ning asosiy faoliyati boʻlib, qolgan barcha faoliyatlar (kitob fondini butlash va uni tashkil etish, fond mazmunini yoritish, uni kitobxonlarga yetkazish qabilar) asosiy faoliyat uchun xizmat kiladi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning asosiy maqsadi ularni axborot va adabiyotga boʻlgan talablarini imkon boricha toʻliq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iborat. Har bir K. oʻz turiga koʻra kitobxonlarni tabaqalarga boʻlib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat koʻrsatishni tashkil qiladi. Adabiyotlar targʻibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talabini imkon qadar toʻliq va tezkorlik bilan qondirishga qaratiladi.

Yozuvning paydo boʻlishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qoʻlyozma va keyinchalik bosma kitoblarning koʻpayishi K.larning yuzaga kelishi va rivojlanishiga sharoit yaratdi. K.lar yozma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-ming y.likda sopol bitiklari saqlangan K.lar boʻlgan. Miloddan avvalgi 7-asr oʻrtalarida Sharqdagi koʻp saroylarda, Qad. Misr va Rim ibodatxonalari qoshida K.lar boʻlgan. Qad. davrdagi K.lardan eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kushubxonasidir.

Gʻarb. Yevropada ilk oʻrta asrlarda movastr va ibodatxonalar qoshida K.lar tashkil etilgan. Kitob bosishning ixtiro qilinishi K.lar rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Sarbonva, Geydelberg universitetlari qoshida, shuningdek, Vatikan K., Parijdagi Kirollik K. kabi K.lar paydo boʻla boshladi.

Oʻzbekiston hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikning soʻnggi asrlarida dastlabki K.lar paydo boʻlgan. Dastlabki K.lar hukmdorlar saroylarida va ibodatxonalarda tashkil etila boshlangan. Turon xalqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qoʻshni boʻlgan xalqlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan, oʻsha davrlardagi mavjud qoʻlyozmalar bilan ham tanish boʻlgan. Oʻzbekiston xalqlarining qad. yozma yodgorliklari saqlanmagan. Beruniyning xabar berishicha, kitob xazinalari va ularni saqlovchilar turli istilolar davri (7—9-asrlar)da yoʻq qilib yuborilgan. 9—10-asrlarda Oʻrta Osiyoda fan va madaniyat rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch va boshqa yirik shaharlar hukmdorlari saroylarida K.lar barpo etildi. Ayniqsa, Buxoroda koʻp K.lar mavjud boʻlganli-gi haqida maʼlumotlar bor. Ulardan eng mashhuri, eng boy va yirigi Somoniylar sulolaviy K.si edi. Madrasa va masjidlar qoshida ham K.lar boʻlgan. Moʻgʻullar istilosi arafasida Marv shahrida 10 ta yirik K. boʻlganligi haqida maʼlumotlar bor. 13-asrda Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Balx va boshqa shaharlar madaniyat markazlari, olimlar toʻplanadigan joy boʻlib, ularda yirik K.lar mavjud edi.

14-asrning 2-yarmidan Oʻrta Osiyoda madaniy hayotning yangidan yuksalishi K.larning qayta tiklanishida ham namoyon boʻddi. 14-asr oxirida Shayx Muhammad Porso umum uchun ochgan maskan vaqf K.si tarzida 19-asr 40-yillarigacha faoliyat koʻrsatgan. Buxoro, Samarqand, Qarshi, Xiva va boshqa shaharlardagi katta madrasalarda K.lar boʻlgan, ularning fondlari madrasaning qad. va nufoʻziga qarab turlicha boʻlgan. Baʼzi tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Beruniy, Ibn Sino, Firdavsiy, Zamaxshariy, Umar Xayyom qabilarning shaxsiy K.lari, Alisher Navoiyning qimmatbaho qoʻlyozmalarga boy yirik K.si, Abdurahmon Jomiyning shaxsiy K.si mashhur boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Buxoroda 3 ta eng boy shaxsiy K. boʻlib, ulardan qozi Muhammad Sharif Sadr Ziyoning K.si bizgacha toʻliq saqlanib qolgan. 20-asr boshlarida mahalliy oʻzbek va rus ziyolilari general Joʻrabek, Dukchi Eshon nomi bilan mashhur Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli, V. L. Vyatkin, vrach G. M. Semenov, Abdurauf Fitrat va boshqalarning shaxsiy K.lari boʻlgan.

20-asr 10—20-yillari Turkiston hududida 2 ta xalq K. si, bir necha shahar K.lari va boshqa mavjud boʻlgan. Mahalliy aholi vakillari milliy yoʻnalishdagi 2 ta K. va madrasalar huzuridagi K.lardan foydalangan. Shu K.lar oʻz davrida davlat K.sini tashkil etishda asosiy negiz boʻlib xizmat qildi. Hozirda ommaviy, ilmiy va maxsus K.lar tizimi shakllangan va faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

OʻzRda K.ning ommaviy, ilmiy va maxsus turlari bor. Ommaviy K.lar adabiyotlarni saralash va keng kitobxonlar ommasiga yetkazish, faoliyatida turli kitobxonlar guruhlariga moʻljallangan kitoblarni targʻib qilish va oʻqishni boshqarishda faol va taʼsirchan usullarni qoʻllaydi. Bu guruhga Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi shahar va qishloq K.lari, kasaba uyushmalarining korxonalardagi K.lari, klublar, madaniyat uylaridagi K.lar kiradi.

Ilmiy va maxsus K.lar fan, iqtisodiyot va madaniyatning turli tarmoqlaridagi olimlar va mutaxassislarga xizmat koʻrsatadi, shuningdek, oliy va maxsus oʻquv yurtlari talabalarining ehtiyojlarini qondiradi. Ilmiy K.larga yirik davlat, akademiya, universitet va tarmoqlar K.lari; maxsus K.larga texnika K.lari, muassasalar, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlari va h.k.dagi K.lar kiradi. Saqlanayotgan adabiyotlar tarkibiga qarab K.ni universal, koʻp sohali va soha K.lariga ajratish mumkin. K.lar oʻz navbatida, faoliyati, mintakaviy darajasiga, mansubligiga qarab yana turlarga boʻlinadi (milliy K., davlat K.si, viloyat K.si, oʻsmirlar K.si, qishloq xoʻjaligi K.si va boshqalar). Fantexnika taraqqiyoti sharoitida alohida K.kitobxonlarning talablarini qondirishga qodir emas. Shuning uchun K.larni birgalikda faoliyat koʻrsatish jarayoni koʻzatilmoqda. Bu K. tarmoqlarini markazlashtirishda namoyon boʻlmoqda.

Har qanday K.ning asosiy vazifasi kitob fondini jamlash, joylashtirish hamda kitobxonlarga xizmat qilishdan iborat. Kitob fondini jamlash uchun ushbu K.ga kerakli nashrlar muntazam kuzatib boriladi, aniqlanadi va ularni K.ga olish kutubxona kol-lektori orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yirik K.lar bosma nashrlarning toʻliq yoki qisman nazorat nusxasini olish xuquqiga ega, shuningdek, ular uchun mamlakat ichida va chet mamlakatlardan kitoblar sotib olish imkoni yaratiladi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish darajasi K. fondini toʻliq toʻplashga birmuncha bogʻliq.

Kitob fondini toʻgʻri tashkil qilish (hisobga olish, joylashtirish, saqlash va kitobxonga yetkazish) kitobxonga adabiyotdan foydalanishni, kutubxona-chiga esa kitobxonga tez xizmat koʻrsa-tishni, fondni ijtimoiy mulk sifa-tida saqlashni taʼminlaydi.

Kitobxonga xizmat koʻrsatishning turli yoʻllari mavjud: kitobxonga abonement, qiroatxona hamda koʻchma K. orqali kitob berish; ayrim kitobxon va korxonalarga kitob tanlashda yordam berish; kutubxona katalogi tizimi orqali kitob fondini yoritish; turli xil axborot-bibliografiya qoʻllanmalari tuzish va h.k.

Zavonaviy ilmiy texnika taraqqiyoti K.lar ishini murakkablashtirmoqda. Koʻgtlab bosma asarlarni ishlab chiqarishning beqiyos darajada oʻsishi K.lar oldiga koʻp hajmdagi nashrlarni tanlash, saralash va oqilova saqlash, kompyuterdar vositasida izlab topish va tezda kitobxonga yetkazish masalalarini koʻndalang qoʻyadi.

K.lar faoliyati sharoitidagi oʻzgarishlar avvalgi sermehnat anʼanaviy K. texnikasini mexanizatsiyalash va av-tomatlashtirish bilan almashtirish vazifasini dolzarb qilib qoʻymokda. 50— 60- yil lardan K.larni texnika bilan taʼminlash birmuncha oʻsdi. Ayrim K. ichki jarayonlari (yirik K.larda koʻp kitoblarni harakatlantirish) konveyer va koʻtargichlar yordamida amalga oshiriladi, kitob fondlaridan birgalikda foydalanishda zavonaviy uslublarni qoʻllash, eng yangi texnika (jumladan, EHM)dan foydalanish va boshqa qoʻllanilmokda. Yangi K. anjomlari joylardan unumli foydalanishni, kutubxonachi mehnatining unumdorligini oshirishni taʼminlamoqda, kitobxonlarni adabiyotlar ustida ishlashini yengillashtirishga yordam bermoqda hamda ishlab chiqarish estetikasi talablariga toʻliq javob beradi.

Zavonaviy texnika kutubxonachini qoʻl mehnatidan ozod etib, uni asosiy vazifasi — kitobxonlar bilan madaniy tarbiyaviy ishlar olib borishga koʻproq vaqt ajratishga imkon yaratmokda. Dunyodagi eng yirik K.lar: AQShning Kongress K.si (Vashington), Britaniya K.si (London); Fransiya, Avstriya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning milliy K.lari, Rossiyadagi Rossi davlat K.si (Moskva), Rossiya milliy K.si (Sankt-Peterburg) va boshqa, Oʻzbekistonda Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Oʻzbekiston FAning Asosiy kutubxonasi, Oʻzbekiston milliy universitetining Asosiy kutubxonasi, "Turon" kutubxonasi va boshqa

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (OʻzME) — Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 14 jildli universal milliy ensiklopediya. Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzME Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan. OʻzMEdagi aksar maqolalar Sovet davrida chiqariglan 14 jildli Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan.

Ensiklopediyaning barcha 12 jildi 2000-2006-yillarda nashr qilingan. O‘zMEda O‘zbekiston Respublikasi haqidagi materiallar bilan birgalikda umumbashariy maʼlumotlar ham berilgan. O‘zMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabog‘ini tashkil etgan qaryib 50 ming maqola berilgan. O‘zME har bir jildida 800-1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o‘rin olgan. Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. OʻzMEning 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekistonga tegishlidir.

Plakat

Plakat (nem. Plakat, frans. placard — eʼlon, afisha) — grafika turi; katta varaqqa ishlangan tasviriy sanʼat asari. Qisqa matn ilova qilinadi; tashviqot, reklama, informatsiya va oʻquvtaʼlim maqsadlariga xizmat qiladi. Zamonaviy P., odatda, rassom yaratgan asl nusxadan bosmaxonada koʻpaytiriladi. Olisdan koʻzga yaqqol tashlanishi, oʻta taʼsirchanligi, ommabopligi, tasvirining kinoyalarga boyligi, hammabop ramzlar ishlatilishi, turli hajmdagi shakllarni qiyoslash, umumlashma tasviriy shakllardan foydalanish kabi oʻziga xos badiiy vositalari bilan boshqa axborat manbalaridan farqqiladi. Bunda shrift va matnning joylanishi, shartli ranglar (yorqin bezaklar) qoʻllanilishi muxim rol oʻynaydy. Tasviriy vosita sifatida baʼzan fotografiya (mustaqil tarzda yoki rasm, rang-tasvir bilan) ishlatiladi.

19-asr 2yarmidan Gʻarbiy Yevropada reklama koʻrinishidagi P. yuzaga kelgan. Bungacha katta hajmdagi tashviqiy gravyura baʼzan P. deb atalgan. P. ijtimoiy- siyosiy hayot, xalq xoʻjaligi, madaniy vazifalar bilan bogʻliq xrlda rivojlandi. 1900-yillar boshlarida siyosiy P. yuzaga keldi, demokratik harakat va tinchlik uchun kurash soha-sida katta yutuklarga erishildi. 1910 yildan kitob-jur. grafikasidan uzokdashib, dastgoh grafikasiga yakinlashgan P. rangtasvir, grafika, foto sanʼati bilan koʻproq bogʻlandi. 20-asrda P. tashvi-qotning jangovar quroliga aylandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻta taʼsirchan vositaga aylangan boʻlsa, hozirgi kunda tinchlik uchun kurashda, jamiyat hayotida uch-rab turadigan kamchiliklarni bartaraf etishda va boshqalarda muxim rol oʻynamoqda.

Oʻzbekistonda P. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida paydo boʻldi, 20-asr 20-yillaridan keng tarqaldi. Dastlabki yillarda asosan qoʻlda ishlangan va koʻpaytirilgan P. va hajviy rasmlar keng qoʻllanilgan. Bosma P. 1923— 24-yillardan chop etila boshlandi. Us t a Nabi Hafizov, M.Kurzin, V.Ufimsev, V. Kaydalov va boshqa samarali ijod qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida P. yetakchi oʻrinni egalladi. P.chirassomlar uyushmasi tuzildi, OʻzTAG oynasi tashkil etildi (1941). P.da soʻnggi yangiliklar va muhim voqealar oʻz ak-sini topdi. 60—80-yillarda A.Balkanov, V.M.Gromiko, F.Kagarov, V.Yevenko, T.Tkachev va boshqa rassomlarning tinchlik, axloq, iqtisod, madaniy maʼrifiy mavzulardagi asarlari yaratildi. Jumladan, F.Kagarovning tinchlik mavzu-idagi P.lari xalqaro anjumanlarning ramziga aylandi. Rassomlarning ijo-diy izlanishlari tufayli P. Oʻzbekistonda tasviriy sanʼatning eng taʼsirchan ommabop turiga aylandi (A.A.Ziyoyev, T.A.Toxtarova, X.Hasanov, N.Hakimov, N. Husanov, I.Abdullayev, A.Nurqobilov va boshqalar).

Axborot texnologiyasining rivojlanishi, poligrafiya ishlarining yangilanishi hamda xayotga keng koʻlamda kompyuter grafikasining kirib kelishi P.ning yangi imkoniyatlarini izlashni talab qiladi.Plakat - (nem. Plakat fr. placard — e'lon, afisha plaquerdan — yopishtirish, yelimlash) — tomoshabinga tezda ta’sir etuvchi bir necha ranglar ishtirokidagi grafik tasviridir. Plakat san’ati tasviriy san’atning boshqa turlaridan mavzuning o’tkirligi, dolzarbligi va ranglar yorqinligi bilan ajralib turadi. Plakat san’ati grafika kabi refleks, «Poluton» qora bo'yoq va oq qog’oz bilan soya yorug’ni ifodalaydi, shakllanadi. Bunda asosan oq va qorani kontrastlar chiziq va kontur muhim rol o’ynaydi.

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning jangʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay togʻ sistemasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3088,8 ming kishi (3-o'rin) (2017). Tarkibida 13 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).

Qipchoq tili

Qipchoq tili - turkiy tillar oilasiga mansub oʻlik til; Dashti Qipchoq choʻllaridan Qora dengiz boʻyi choʻllarigacha boʻlgan ulkan hududda yashagan va musulmon manbalarida "qipchoq", "qifchoq", yevropa manbalarida "kuman", "koman", "kun", rus manbalarida "polovets" deb atalgan yirik qabilalar ittifoqining asosi hisoblangan qipchoqlar tili haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1052 yilga mansub.

Qipchoq tili yozma yodgorliklardagina saqlanib qolgan. Moʻgʻul bosqinigacha boʻlgan Qipchoq tili haqidagi maʼlumotlar oz boʻlib, ular Mahmud Koshgʻariy lugʻati materiallari, 13-asrgacha boʻlgan rus solnomalarida uchraydigan atoqli otlar va toponimlardan iborat. Moʻgul istilosidan keyingi yozma manbalar sifatida 13— 14-asrlarda Misrda tuzilgan, muallifi nomaʼlum turkiycha-arabcha lugʻatni ("Tarjumoni turki va ajami va mugʻali"), Abu Hayyonning "Kitob ul-idrok lilison ul-atrok" ("Turkiy tillarni oʻrganish kitobi", 1313), Jamoliddin Turkiyning "Kitobu bulgʻot ul-mushtoq fil-lugʻot it-turk val-qifchoq" ("Turk va qipchoq tillarini xohlovchilar uchun mukammal kitob", 14— 1 5-asrlar), nomaʼlum muallifning "Kitob attuhfat uzzakiyyata fil lugʻat it-turkiyya" ("Turkiy til haqida noyob tuhfa", 14-asr) kabi lugʻatlarni koʻrsatish mumkinki, ular Qipchoq tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Qipchoq tilining eng yirik yodgorligi — italyan va nemis monaxlari tomonidan tuzilgan va fanda "Kodeks Kumanikus" deb nom olgan, 2994 soʻzli lotincha-forscha-qipchoqcha lugʻat, "Yangi ahd"dan parchalar xamda duolar tarjimasi va 50 ta topishmoqdan iborat boʻlgan asardir. 1294 yil yaratilgan bu asarni 1880 yilda Budapeshtda G.Kun nashr ettirgan.

Qipchoq tili zamonaviy qorachoy-bolqor, qaraim, qrimtatar va qoʻmiq tillariga yaqin, oʻxshash boʻlgan. Shu bilan birga, fonetik va morfologik oʻziga xosliklarga ega, leksikasida arab, fors, grek tillaridan oʻzlashmalar mavjud boʻlgan.

Ad:. Gruiin T. I., Dokumentm na polonetskom yazmke XVI v., M., 1967; Baskakov N. A., Vvsdsniye v izuchsniye tyurkskix ya zikov, 2-izd., M., 1969; Chschenov A. A., Yazj Ognosheniye k sovremennsh zapadno-kipchakskim yazmkam, M., 1979; Qoʻchqortoyev I.. Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T.. 1984.

Qipchoq tili — qipchoq qabilalari tili. Turkiy tillarga mansub. Umumiy dashti-qipchoq nomi bilan mashhur boʻlgan Yevroosiyo mintaqalarida tarqalgan boʻlgan. XIII asrdan boshlab Oltin Oʻrdada xalqaro muloqot tili boʻlgan; keyinchalik qozoq, tatar, boshqird, qorachoy-bolqor, qoʻmiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq va boshqa ayrim tillar asosiga kirgan. Qipchiq tilida Oʻrta asrlarda Kavkaz va Azovoldidan boʻlgan asir-qipchoqlarning avlodlari hisoblangan Misr mamluklari muloqot qilishni davom ettirdilar. Hozirgi paytda qipchoq qabilalari qozoq qabilalaridan biridir.

Qipchoq va qadimgi qirgʻiz (yenisey-qirgʻiz) qabilalari oʻzaro aloqalari natijasida yuzaga kelgan va IX asrlardanoq alohida til sifatida shakllangan sharqiy qipchoq nutq turi ham mavjud boʻlgan. Sharqiy qipchoq tili janubiiy oltoy (XI—XIV asrlar), fargʻona-qipchoq va qirgʻiz tili (XV asrdan boshlab) xronologik ketma-ketligida tarkibiy qismlarga ajraldi.

Qolgan gʻarbiy qipchoq areali xronologik ketma-ketlikda volga-qipchoq (XIII asrgacha), polovets-qipchoq (XI—XIII asrlar) va noʻgʻoy-qipchoq (XIV—XVI asrlar)ga ajraldi.

Gʻarbiy va sharqiy qipchoq tillarining oʻziga xos farqi au diftongi rivojlanishi hisoblanadi: gʻarbiy qipchoqlarda u saqlangan (tau — 'togʻ', masalan, qozoq tilida), sharqiylarda qadimgi darajada "ou"ga oʻzgargan, keyingi tortiluv bilan birga (qirgʻizcha too, janubiy oltoycha tuu, shevalarda tou).

Qizil kitob

Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.

1948 yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi.

Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974 yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi: 1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 2) yoʻqolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar; 4) muayyan vaqg davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga qoʻra yoki inson taʼsirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar. Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining oʻzgarishi, maxsus muhofaza choralari tufayli baʼzi turlar sonining tiklanishi, aksincha, yashash sharoitining oʻzgarishi va boshqalar omillar taʼsirida sonining kamayishi natijasida boshqa toifaga oʻtkazilishini yoritish maqsadida qayta nashr etiladi. Oʻzbekiston florasining yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan 301 turining hozirgi holatini tavsiflaydigan Qizil kitob 1998 yil da qayta bosmadan chiqdi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston faunasi turlari maqomini baholashga imkon beruvchi maʼlumotlar toʻplanib, yangi Qizil kitob 2003 yilda chop etildi. Qizil kitobning soʻnggi nashriga sut emizuvchilarning — 24, qushlarning — 51, sudralib yuruvchilarning — 16, baliqlarning — 18, halqali chuvalchanglarning — 3, mollyuskalarning — 15, boʻgʻimoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan.

Oʻzbekiston faunasi va florasining baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan. Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan boʻlib, unda mazkur oʻsimlik yoki hayvon turining oʻzbekcha, ruscha, lotincha (ilmiy) nomlari, ularning sistematik oʻrni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, koʻpayishi, areali va sonining oʻzgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan.

Qizil kitobga kiritiladigan hayvon va oʻsimlik turlari boʻyicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida oʻz arealini qaytadan tiklagan va yoʻqolib ketish xavfi tugʻilmaydigan oʻsimlik va hayvon turlari Qizil kitobdan chiqariladi. Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat qonuni asosida muhofaza qilinadi; uni buzgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Oʻktam Pratov, Elmurod Shernazarov.

Qurʼon

Qurʼon (arab. القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.

Rudyard Kipling

Rudyard Kipling (talaffuzi: Redyard Kipling) (1865.30.12, Mumbay — 1936.18.1, London) — ingliz yozuvchisi. Nobel mukofoti laureati (1907). Yoshligi Hindistonda oʻtgan. "Mahkama qoʻshiklari" (1886) sheʼriy toʻplami, "Togʻ hikoyalari" (1888) va "Uch soldat" (1888) novellalari, "Nur soʻndi" (1890), "Kim" (1901) romanlarida Britaniya harbiy kuchlari, ingliz-sakson sivilizatsiyasi madh etilgan.

Kazarma qoʻshiqlari“ (1892), "Yetti dengiz" (1896), "Besh millat" (1903) sheʼriy toʻplamlarida oddiy kishilar hayoti va fidoyiliklari tasvirlangan. Qoʻshiklari xalq ogʻzaki ijodi uslubiga yaqin. Bolalar haqidagi "Dovyurak dengiz sayyohlari" (1897), "Shunchaki ertaklar" (1902) qissalari, Mowgli (talaffuzi: Maugli) sarguzashtlariga bagʻishlangan "Jungli kitobi" (1-kitob, 1894; 2-kitob, 1895) keng tarqalgan. "Rikki-Tikki-Tavi" (1964),"Mowgli" (1974) va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Kipling asarlari asosida bolalar uchun multfilmlar yaratilgan.

Shahrisabz

Shahrisabz — Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926 yildan). Kitob—Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabz jan.dan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Urtacha bal. 658 m. Aholisi 90 ming kishi (2004). Sh. Oʻzbekistondagi qadimiy shaharlardan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shaharga mil. av. 1 ming yillikning oʻrtalarida asos solingan.Shahrisabz mil. boshlarida va ilk oʻrta asrlarda turli nomlar bilan atalgan (qarang Kesh). 13-asrdan Shahrisabz nomi ham urf boʻlgan.

Tibbiyot

Tibbiyot, meditsina, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

T. tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiybiologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologii fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini urganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. Odam kasalliklari, ularni davolash va oldini olishni oʻrganadigan klinik fanlar asosiy davolash usuliga koʻra, terapiya va xirurgiyaga boʻlinadi. T.ning ushbu qismlari ham, oʻz navbatida, maʼlum organ, sistemalar kasalliklarini atroflicha oʻrganishi, yoʻnalishi boʻyicha turli sohalarga boʻlinadi. Mac, terapiyada kardiologiya, revmatologiya, nefrologiya, gastroenterologiya, gematologiya, geriatriya, ftiziatriya, pediatriya, nevrologiya, psixiatriya, dermatologiya va venerologiya, kurortologiya, fizioterapiya, rentgenologiya, terapevtik stomatologiya; xirurgiyazya, umumiy xirurgiyadan tashqari, akusherlik va ginekologiya xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, anesteziologiya, reanimatologiya, neyroxirurgiya, onkologiya, urologiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya xlrurgiyalari ajratiladi. Klinik fanlarning har birida bemorni tekshirish va kasallik belgilari semiotikaschni aniqlash usullari boʻlimi bor.

Tashqi muhitning organizmga taʼsiri va aholi sogʻligʻini muhofaza qilish tadbirlarini oʻrganadigan tibbiyijtimoiy va gigiyen i k fanlarga ijtimoiy gigiyena hamda sogʻliqni sakdashni tashkil etish, umumiy gigiyena, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena, mehnat gigiyenasi, epidemiologiya va tibbiyot geografiyasi, shuningdek, tibbiyot etikasi va deontologiyasi kiradi.

T.ning bunday boʻlinishi shartli, chunki ijtimoiy jarayonlar barcha tibbiyot fanlariga, shuningdek, ilmiyamaliy sohalar (harbiy tibbiyot, kosmik tibbiyot, sport tibbiyoti, sud tibbiyoti va boshqalar)ga bevosita taalluklidir. Tibbiybiologik fanlar uchun xarakterli boʻlgan eksperimental usul esa klinik va gigiyenik T. sohasiga xam keng kirib bormoqda. T. tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo) va ijtimoiy fanlar hamda texnika bilan chambarchas bogʻlangan.

Tarixi. Zamonaviy T.ning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi koʻhna tarixning turli davrlaridagi dunyoqarashlarni oʻz ichiga oladi. Maʼlumki, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning tajriba va kuzatishlariga bogʻliq boʻlgan.

T.ning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga koʻtarilishida qad. Misr, Bobil tibbiyoti, Gippokrat va Lmenning muhim oʻrni bor. Gippokrat kasalliklarni aniklash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning taʼsirini oʻrganish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining oʻziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shugʻullangan. Galen esa birinchi boʻlib organizmdagi aʼzo va sistemalarning tuzilishi hamda funksiyalarini, asosan, hayvonlar (maymunlar) organizmida tajriba qilib oʻrgangan. Uning anatomiya va fiziologiyaga doyr asarlari to 16-asrgacha T.ning asosi boʻlib xizmat qildi.

Oʻrta Osiyo va umuman Sharqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Shu davrda yunon, sanskrit va boshqa qad. Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga doyr asarlarning koʻpchiligi, jumladan, Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. Galenning "K,ivo aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning quvvatlari") va Badigʻursning "AlAbdal aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning oʻrniga oʻtuvchilar") kabi kitoblari ilk bor mashhur tabib va tarjimon Hunayn ibn Ishoq alIbodiy (809— 877) tomonidan tarjima qilindi. Sharqda Abu Hanifa adDinavoriy (815 y. tugʻilgan) "Kitob finnabot" ("Oʻsimliklar qaqida kitob")ni yaratib, unda 482 xil oʻsimlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning "Kitob assaydana fittib" ("Tibbiyotda dorishunoslik") asari oʻsha davr T.ining eng katta yutugʻi hisoblanib, Oʻrta Osiyoda dorishunoslik ilmi — saydanaga asos boʻldi. Abu BakrarRoziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining rivojlanishi, boyishida gʻoyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot ensiklopediyasi xisoblangan 25 jildli "AlJomiʼ alkabir va qad urifa bilHoviy" ("AlHoviy nomi bilan tanilgan katta toʻplam") asari shu davrgacha Gʻarb va Sharq T.ida qadrli boʻlib keldi; 10 jildli "Tabobat kitobi" hamda "Chechak va qizamiq haqida"gi kitobi ham T.da mashhur edi.

Oʻrta asrda Abu Ali ibn Sino T.ning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning "al Qonun fittib" (qarang "Tib qonunlari") asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Bu asar T.ning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va boshqalarni qamrab olgan. Isitma, oʻlat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir koʻzga koʻrinmas jonivorlar qoʻzgʻatishi toʻgʻrisida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri "alAdviya alqalbiya" ("Yurak dorilari")dir. Unda olim yurak kasalligida qoʻllanadigan (oʻzi topgan) dorilar haqida yozadi.

Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid "Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada" ("Sodda dorilar haqida katta toʻplam"), "Risola dar iloji amrozi sadr" ("Koʻkrak kasalliklarining davosi haqida risola"), "Kitob gʻuno va muno" ("Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob") kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan.

Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Iloqiy ham kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniklash va davolashga oid koʻp bilimlar sohibi boʻlgan.

Oʻsha davrning yirik tabiblaridan biri Badriddin Samarqandiy Muhammad ibn Bahrom Qalonisiy har xil kasalliklarga qarshi murakkab dorilar tayyorlab tajribada sinab koʻrgan.

13-asrning mashhur tabiblaridan biri Abu Homid Muhammad ibn Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy "Agʻziyat almarzo" ("Kasallar isteʼmol qiladigan ovqatlar") nomli kitobida har bir kasallikda qanday taom isteʼmol qilinishi va qaysi ovqatlardan ehtiyot boʻlish lozimligi, shuningdek, ovqatlarning dorilik xususiyatlari haqida yozgan.

40 yildan ortik, tabobat ilmi bilan shugʻullangan Sulton Ali tabib Xurosoniy (15—16-asr) oʻz tajribalari asosida 2 asar yozgan. Ulardan biri "Dastur aliloj" ("Kasallarni davolash boʻyicha qoʻllanma")dir. 15— 16-asrlarda Hindistonda yashab ijod etgan xirotlik tabib Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Yusufiy alHiraviy tibbiy asarlari va amaliy ishlari bilan Oʻrta Osiyo, Xuroson va Hindistonda tabobatning yana ham taraqqiy etishiga oʻz hissasini qoʻshdi.

Abdulgʻozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy (1603 — 1664) muhim tibbiy asarlari, jumladan, eski oʻzbek tilida yozilgan "Manofiʼ alinson" ("Inson uchun foydali dorilar") nomli asari bilan mashhur.

18-asr ning 2yarmi va 19-asrning 1yarmida Xorazmda yashab ijod etgan oʻzbek tabibi Jaʼfarxuja ibn Nasruddinxoʻja alHusayniy alKarukiy Hazoraspiyning oʻzbek tilida yozilgan "Multaqiy attib" ("Tibbiy maʼlumotlar toʻplami") asari (1823) 67 bobdan iborat boʻlib, unda asosan, kishi aʼzolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolash usullari bayon kilingan.

Mashhur oʻzbek tabibi Mahmud Hakim Yayfoniy Hoʻqandiy (1851 yilda tugʻilgan) umrining koʻp qismini tabobatni oʻrganishga va kishilar sogʻligʻini saqlashga sarfladi. U oʻz davrigacha boʻlgan sharq tabobati qoʻlga kiritgan yutuqlarni jamlab hamda shaxsiy tibbiy tajribalari bilan boyitgan qolda "Qonun aliloj" ("Davolash krnuni") va "Tariq aliloj" ("Davolash usuli") kitoblarini yozib krldirgan. Ularning ikkinchisida oʻpka, yurak, sut bezi, meʼda, jigar, ichak, buyrak, qovuq va isitma kasalliklari, shishlar, toshmalar, moʻy va tirnoqqa oid xastaliklar, jarohat va yaralar; suyaklarning sinishi, zaharlar, zaharli hayvonlar chaqqanida davolash va baʼzi ruscha nomdagi dorilar keltirilgan.

Bositxon Zohidxon oʻgʻli oʻz ijodida Beruniy, Roziy, Ibn Sino, Iloqiy, Qumriy va Samarqandiylarning asarlaridan keng foydalangan. Bizgacha uning oʻzbek tilida yozilgan 3 asari yetib kelgan.

Oʻrta Osiyoda qadimdan dorivor oʻsimliklar va ovqatli moddalarning xususiyatlari, ularning kishi organizmiga yetkazadigan foyda va zararlari oʻrganilgan. Natijada xalq qoʻlida astasekin T.ga oid koʻpgina maʼlumotlar yigʻilib borgan. Ular esa keyinchalik tibbiy asarlar yaratishda muqim manbalardan biri boʻlgan.

Yevropada Uygʻonish davrida T. yangidan ravnaq topdi. 16-asrda koʻpgina fanlar, ayniqsa, T., fizika va kimyoning rivojlanishi kasalliklarni davolash, sababini bilishda bu fanlarning qonunlaridan foydalanish imkonini berdi. Xirurgiyada, ayniqsa, jarohatlarni davolashda yangi usullar joriy qilindi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi va organlar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz vrachi V. Garvey qon aylanish sistemasi haqida asar yaratib, T.da yangi boʻlim — fiziologiyaga poydevor qoʻydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida bu davrda mikroskop kashf etiddi va undan T.da foydalanila boshlandi. Gollandiyalik olim Antoni Levenguk tomonidan mikroskopiyaning rivojlantirilishi mikrobiologiya sohasining shakllanishiga sabab boʻldi.

17—18-asrlarda sanoatning rivojlanishi natijasida kasb kasalliklari haqidagi soha vujudga keldi. Bunday kasalliklar sababini dastlab rossiyalik olimlar oʻrganib, T.ga yangi — kasb kasalliklari hamda mex.nat gigiyenasi boʻlimlarini kiritdilar. Keyinchalik tabiiy fanlar va texnika soqasidagi tadqiqotlar doirasi yanada kengaydi. Tabiiy fanlarning yutuklari T. taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi, bemorni obʼyektiv tekshirish usullari (palpatsiya, perkussiya va boshqalar) va lab. diagnostika asoslari ishlab chiqildi. Klinik tekshiruv natijalarini, murdani yorib tekshirishda olingan maʼlumotlar bilan taqqoslash usuli (A.I. Polunin, N. I. Pirogov va nemis olimi R. Virxov va boshqalar) kasallik belgilari organ va toʻqima hamda hujayralarning tuzilishidagi oʻzgarishlarga bogʻliq ekanligini isbotlashga imkon berdi, bu tadqiqotlar natijasida keyinchalik T.ning yana bir yangi boʻlimi — patologik anatomiya va gistologiya sohalari vujudga keldi.

Energiyaning saklanish va oʻzgarish qonunlari kashf etilishi, organik moddalarning tuzilishi, oʻzgarish va almashinuv yoʻllarini oʻrgana borish biol. va T.ning taraqqiyotida muhim bosqich boʻldi, fiziologik hodisalarni tushuntirib bergan ilmiy yoʻnalish oʻsha qonunlarga asoslandi.

19-asrning 2yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, oʻlatnit qoʻzgʻatuvchilari va kasallik epidemiologiyasi oʻrganildi, chechak mikrobi aniklandi va unga karshi vaksina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vrachlar yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm boʻldi. Yuqumli kasalliklar sababi turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kashfiyot asosida kishilarni kuydirgi, quturish kabi yuqumli kasalliklarga karshi emlab, ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish imkoniyati tugʻildi. Shu davrda Yevropada bezgak, toshmali terlama (toshmali tif), qaytalama terlama va boshqa yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroblar topildi. I.I. Mechnikov immunitet haqidagi taʼlimotni yaratdi. Mikrobiologik kashfiyotlar asosida gigiyena fani shakllandi va yuksala bordi. Oʻsha davrda Rossiya va boshqa davlatlarda tashqi muhitning — havo, suv va tuproqning inson organizmiga, shuningdek, ijtimoiy omillar — mexnat, turmush tarzi va ovqatlanish sharoitlarining ishchilar sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish tufayli ijtimoiy gigiyena muammosi ilmiy asoslab berildi.

19-asrning soʻnggi choragida shakllangan biokimyo fani sogʻlom organizmda va patologik holatlarda moddalar almashinuvini oʻrganish, uning oʻzgarishini tekshirish natijasida kasalliklarni aniklash bilan fiziologiya va patofiziologiyani boyitdi va T.ga yangi, yuqori informativ va bajarilishi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar oʻrganildi, bu esa organizmda nerv sistemasi faoliyatining ahamiyatini aniqlashga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilishi va funksiyalari oʻrganildi. Rus olimlari S. P. Botkin, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov tadqiqotlari tufayli markaziy nerv sistemasi va butun organizmning faoliyat krnunlari materialistik nuktai nazardan taʼriflab berildi.

Umuman bu davrda eksperimental T. tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Bernar va rus patofiziologi V.V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya (keyinchalik A. A. Bogomolets va S.S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya)ning fan sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni chuqur oʻrganish xirurgiyada operatsiyalarning muvaffakiyatini taʼminladi.

20-asrda T. da misli koʻrilmagan yutuqlarga erishildi. Nemis olimi V.K. Rentgen iksnurlarni kashf etdi va T.da rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning kashf etilishi, yadro fizikasi sogʻasidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlarning tirik organizmga taʼsirini oʻrganuvchi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanishlar davolash va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nishonlangan atomlardan foydalanish imkonini berdi. T. texnikasi ham tez rivojlandi. T.ga elektronika yutuklarining tatbiq etilishi natijasida organizmdagi turli organ va sistemalar faoliyatini aniq belgilab beradigan usullar, sunʼiy yurak, sunʼiy buyrak va h.k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik oʻzgarishlarni, mayda mikroblarni aniqlashda zarur qurol boʻlib qoldi. T. kibernetikasi yordamida zamonaviy, ixcham va qulay protezlar yaratildi, shuningdek, operatsiya vaqtida bemorning nafas olishi va arterial bosimini meʼyorida saklab turadigan turli avtomatik sistemalar ishlab chiqildi, texnika taraqqiyoti, oʻz navbatida, T.ga yangi sohalar (aviatsiya tibbiyoti, kosmik tibbiyot)ni kiritdi. Irsiyat va organizmning oʻzgaruvchanlik qonuniyatini oʻrganadigan genetika fani T.ning rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Irsiy kasalliklarni oʻrganish tibbiyot genetikasining paydo boʻlishiga olib keldi. Immunologiyaning rivojlanishi immunologik oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oʻrganadigan immunopatologiyaga asos boʻldi. K. Landshteynerning izogemagglyutinatsiya qonuni (1900— 01), Ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan 4 guruhga boʻlinishi kashf etilishi (1907) T. amaliyotida qon quyishdan keng foydalanishga imkon berdi. Bu davrda T.ga Pirkening sil kasalligini anikdaydigan allergik reaksiyasi (qarang Pirke reaksiyasi) va allergiya termini kiritildi. 1939—40 yillarda mikroorganizmlarga qarshi kurashning kuchli vositalaridan boʻlgan antibiotiklar ixtiro qilindi va amalda qoʻllanila boshladi. Vitaminlar haqidagi taʼlimot ham rivoj topdi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi va funksiyasini oʻrganish tufayli endokrinologiya mustaqil fanga aylandi, u rivojlanib, gormonoterapiya va gormonal regulyatsiya masalalarini xam oʻrganishga kirishildi. Kimyoterapiya, gormonoterapiya va markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadigan preparatlarning qoʻllanilishi va turli sintetik preparatlarni olish usullarining kengayishi klinik T.ni tubdan oʻzgartirdi. Bu davrda yangi tibbiy jihozlar, jumladan, elektron apparatlar yordamida yurak faoliyatini klinik va eksperimental tekshirishlar amaliyotda keng qoʻllanishi natijasida kardiologiya sohasi ichki kasalliklar klinikasidan mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Miokard infarkti, qon ivishi, ateroskleroz va boshqa klinikasi taʼriflab berildi. Endilikda kardiologiya muammolarini terapevtlargina emas, balki xirurglar, fiziologlar, biokimyogarlar va boshqa xam oʻrganmoqdalar. Qon sistemasini oʻrganadigan fan — gematologiya xam rivojlandi. Urush xarakatlari chogʻida harbiy dala xirurgiyasi yuzaga keldi. Travmatizmning oʻsishi tufayli travmatologiya va ortopediya shakllandi. V.P. Fshshtovnnng plastik xirurgiya sohasidagi ishlari jahon T.ida yuksak baholandi, Amerikalik olim X.U. Kushing , rus olimlari A.L. Polenov, N.N. Burdenko va boshqa ning ishlari neyroxirurgiyaning shakllanishiga imkon berdi. Siydiktanosil aʼzolari kasalliklarini xirurgik usulda davolash yoʻlga qoʻyilishi tufayli urologiya sohasi qaror topdi. Narkoz berish usuli takomillashtiriddi. Rus xirurgi A. V. Vishnevskiy novokain eritmasi bilan mahalliy ogʻriqsizlantirish usulini ishlab chikdi (1923—30). Zamonaviy narkoz berish usuli va antibakterial terapiya yurak va oʻpka xirurgiyasining rivojlanishiga yoʻl ochdi, sunʼiy qon aylanish apparati va h.k. kashf etildi. Kardioxirurgiya xam yangi odimlar tashladi: tugʻma va revmatik yurak poroklari xirurgik yoʻl bilan davolana boshlandi. Yurak transplantologiyasiga asos solindi (Jan. Afrika xirurgi K. Barnard, 1967).

20-asr boshlarida oʻsmalar haqidagi fan — onkologiya shakllandi. Keyingi tadqiqotlarda oʻsmalarning , chunonchi rakning virusli va kanserogen shakl nazariyalari yuzaga keldi. Mikrobiologiya tez surʼatlar bilan rivojlandi: silga qarshi vaksina tayyorlandi (1921, A. Kalmet va Sh. Geren). Keyingi izlanishlar natijasida poliomiyelit, difteriya va boshqa infeksion kasalliklarni bartaraf qiladigan vaksina, zardoblar ixtiro qilindi; rikketsioz, leptospirozlar haqidagi taʼlimot ishlab chikidsi. D. I. Ivanovskiyning filtrlanuvchi viruslarni ixtiro qilishi (1892) va Niderlandiya botanigi M. Beyerinkning keyingi tadkiqotlari virusologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga olib keldi.

Zamonaviy tibbiyotning baʼzi muammolari. Ilmiy texnika rivoji, ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarish va muvaffaqiyatlar tufayli aholi sogʻligʻini saklashda kasalliklar tarkibida muhim ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi, oʻlim kamaydi, uzoq umr koʻruvchilar soni ortdi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda ilgari dunyoda keng tarqalgan oʻta xavfli epidemik kasalliklar (vabo, oʻlat, chechak va boshqalar) ga barham berildi. Kishilar sogligiga va xalq xoʻjaligiga katta zarar yetkazayotgan gripp, virusli gepatit, orttirilgan immun tanqisligi va boshqa virusli kasalliklarga qarshi kurash shu kunning muhim tibbiy muammolaridan boʻlib qolmoqsa.

Yuraktomir kasalliklaridan yurakning ishemik kasalligi (qarang Infarkt), ateroskleroz, gipertoniya kasalligi va boshqalarning oldini olish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Asabbuzarlik, tamaki chekish, jismoniy mehnat bilan kam shugʻullanish, meʼyoridan koʻp ovqat yeyish, spirtli ichimliklarga ruju kilish, giyohvandlik kabi illatlar bunday kasalliklarning koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Lekin bu kasalliklarni oʻz vaqtida aniqdash va davolashda zamonaviy T. anchagina muvaffaqiyatlarga erishdi.

Xavfli oʻsmalarning paydo boʻlish sabablarini aniqlash va davolash T.ning eng dolzarb masalasidir. Kimyoviy kanserogen moddalar va nurlanishning taʼsirini kamaytirish, oʻsmalar paydo qiladigan viruslarni topish va organizmning himoya mexanizmlarini oʻrganish muhim masalalardandir. Bu borada Oʻzbekiston Onkologiya markazi ham faol ish olib bormoqda.

Zamonaviy T.ning dolzarb masalalaridan yana biri asab va ruhiy oʻzgarishlarni oʻrganishdir, chunki bir qator mamlakatlarda bunga sogʻliqni saqlashning birinchi masalasi deb qarashmoqda.

Tashqi muhitni muhofaza qilish va sogʻlomlashtirish juda muhim ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Suv, havo, tuproqning ifloslanishi va biosferada ekologik muvozanatning buzilishi kishilar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ichimlik suv va tuproqning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish oʻta dolzarb masaladir. Tashqi muhitni sogʻlomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish uchun kurash xalqaro ahamiyatga molik boʻlib qoldi. Bu sohada keyingi yillarda respublikada shifokorlar, ayniqsa gigiyenist olimlar va maxsus i.t. institutlari jamoalari koʻpgina arzigulik ishlar qilishdi. Hozirgi zamon T.i oldida turgan eng muhim masalalardan yana biri vrach bilan bemor oʻrtasidagi munosabatlarning (qarang Tibbiyot deontologiyasi) samaradorligiga erishishdir. Organ va toʻqimalarni koʻchirib oʻtqazishdagi donorlik, toʻqimalar moye kelmasligini bartaraf qilish va ushbu muammoga bogʻliq bir qancha masalalar, mas., oʻzak hujayralardan davolash maqsadida foydalanish T.da muhim oʻrin tutmoqda.

Oʻzbekistonda tibbiyotning rivojlanishi. Toshkentda Turkiston unti taʼsis etilishi va uning tarkibida tibbiyot ftining ochilishi Oʻzbekistonda T.ning rivojlanishidagi mugʻim sanadir. Bu ft keyin (1931 y.) Toshkent tibbiyot intiga aylantirildi.

1918 yilda Toshkentda mikrobiologiya lab. (keyinchalik Epidemiologiya va mikrobiologiya i.t. instituta hamda vaksina va qon zardoblari i.t. institutlari), 1919 yilda N.A. Semashko nomidagi fizioterapiya instituti (hozirgi Tibbiy tiklanish va fizioterapiya instituti), 1924 yilda Buxoroda Tibbiyot parazitologiyasi va bezgak instituti (keyinchalik Samarqandga koʻchirilgan) tashkil etildi. T. xodimlarining kompleks ravishda olib borgan ishlari tufayli bezgak va rishta kabi kasalliklar tugatildi. Bunda olimlarimizdan L.M. Isayev, A.A. Askarov, T.X. Najmiddinov, I.K,.Musaboyev, G.N. Terexov va boshqalarning hissasi katta boʻldi.

Oʻzbekiston Sil i.t. institutida bemorlarni mehnat bilan davolash usuli ishlab chiqildi (Sh.A. Alimov). Respublika ftiziatrlari sil epidemiologiyasi, klinikasi, davolash va oldini olish masalalarini yoritib berishdi. A.N. Kryukov, I.A. Kassirskiy, Z.I. Umidova, M.S. Tursunxoʻjayeva, X.I. Yanbayeva va boshqalarning ishtiroki hamda rahbarligida Oʻzbekiston iqlimining yuraktomir tizimiga, organizmdagi moddalar almashinuviga va jigar xastaliklariga taʼsiri oʻrganildi. Issiq iqlimning organizmning fiziologik jarayoniga taʼsirini aniklashda N.V. Danilov, A.Yu.Yunusov, A.S.Sodiqov, A.H. Hoshimov, Z.R. Yunusovlar katta i.t. ishlari olib bordilar. Gastroenterologiya masalalari respublika iklimiga va mahalliy aholining turmush xususiyatlari va immun holatiga bogʻlab oʻrganildi, bu sohada respublikamiz olimlari A.A. Asqarov, E.I. Otaxonov, N.I. Ismoilov, E.Y. Qosimov va boshqalarning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. K.A. Zufarov rahbarligida meʼdaichak yoʻlini elektron mikroskopda oʻrganish ishlari olib borildi va bu soha boʻyicha noyob atlas yaratildi.

Buqoqning epidemiologiyasi, klinikasi, davosi va oldini olish gʻamda biokimyosi sohasida katta tadqiqotlar olib borildi (S.A. Masumov, Yo.H. Toʻraqulov va boshqalar). Keyingi vaqtda nazariy va eksperimental T.ning asosiy fanlaridan biri — patologik fiziologiya sohasida, chunonchi uning ovqat hazm qilish organlari, moddalar almashinuvi patologyaisi va allergologiya boʻlimlari boʻyicha ilmiyamaliy ahamiyatga ega boʻlgan bir qator tadqiqotlar olib borildi (N.H. Abdullayev, H.Yo. Karimov, M.M. Haqberdiyev).

Issiq iqlim sharoitida bolalarda x,azm aʼzolari kasalliklarining turli jihatlari oʻrganildi. Pediatriyada gemoterapiya, yurak glikozidlarini tatbik, etish va bolalar ovqatlanishi sohasida tadqiqot ishlari olib borildi (S.Sh. Shamshiyev, S.N. Yoʻldoshevavab.).

Oʻzbekistonda xirurgiya maktabining rivojlanishiga S.A. Masumov, H.Gʻ. Gʻofurov, V.V. Vohidov, Oʻ.O. Oripov, SM. Aʼzamxoʻjayev, M.A. Ashrapova, P.M. Nurmuhamedov, Sh.I. Karimov va boshqa katta hissa qoʻshishdi. Umumiy xirurgiya bilan bir qatorda uning tarmoqdari: neyroxirurgiya, ortopediya va travmatologiya (N.M. Shomatov, O.Sh. Shokirov, M.H. Qoriyev, Sh.Sh. Hamrayev va boshqalar), urologiya (O.M. Muxtorov va boshqalar), bolalar xirurgiyasi (K.X. Tohirov, A.S. Sulaymonov); bolalar yuqumli kasalliklari (Sh.H. Xoʻjayev, O.S. Maxmudov, T.O. Daminov) boʻyicha ham oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar yaxshi samaralar berdi. Respublikada otorinolaringologiya fani Q.J. Mirazizov va boshqa tomonidan ancha taraqqiy ettirildi. Koʻz kasalliklarini aniklash va davolash masalalari (M.K. Komilov), nafas organlarining profilaktikasi, tashhisi va davo usullariga taallukli yangiliklar qoʻlga kiritildi (A. M. Ubaydullayev, N. H. PTomirzayev). Gematologiya va qon quyish soqalarida kamqonliklarni barvaqt aniklash, samarali davolashda, komponent gemoterapiyani joriy etish buyicha ham muhim i.t. ishlari oʻtkazildi (X.A. Hakimov, S.M. Baxromov va boshqalar). Nafas, hazm va yuraktomir sistemasi kasalliklarini rentgenologik metod bilan aniqlash masalalari yoritib beriddi (J.M. Abdurasulov, J.N. Mahsumov, A. R. Mansurov, Sh. Mirgʻaniyev). Nerv sistemasining infeksion va tomir kasalliklariga oid tadqiqotlar oʻtkaziddi (A.R. Rahimjonov, X.Q. Salohiddinov. N.M. Majidov). Psixiatrlar pellagra va quturish kasalliklarida psixikaning buzilishini, shuningdek, psixozlarni davolash masalalarini oʻrganishdi (X. Olimov). Revmatizm va podagra kasalliklarining qay tarzda kechishi, bularning oldini olish, davolash (R.A. Qoraboyeva, T.S. Soliyev) joriy etiddi. Dermatovenerologlarning samarali ishlari yumshoq shankrni tugatish, zaxm, dermatomikozlar bilan kasallanishni kamaytirishga imkon berdi (A.A. Akovbyan, U. M. Mirahmedov, R.A. Kapkayev). Kurortologlar mahalliy kurort resurslarini oʻrganishdi.

Respublikamizda farmakologiya fanining tezlik bilan rivojlanishi natijasida 40 dan ziyod yangi dorilar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etiddi (I.K. Komilov, Oʻ.B. Zokirov va b .). T.ning asosiy tarmoqdaridan biri — tashqi muhitni oʻrganish, aholi yashaydigan joylarni sogʻlomlashtirish, sanitariyagigiyena sharoitini yaxshilash, shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi sohasida ham koʻp ishlar qilindi ( A3. Zohidov, Gʻ.M.Maqkamov, B.X. Maʼzumov, T.I. Iskanderov).

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saklash vazirligi tizimida koʻplab ilmiy tadqiqot intlari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari, jumladan, Toshkenpg farmatsevtika instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bor, ularda 3000 ga yaqin ilmiy xodim, shu jumladan, 2000 fan nomzodi va 250 dan ziyod fan doktori ishlab turibdi (2004).

Saidjshol Bahromov, Erkin Qosimov, Najiulla Shomirzayev.

Vikikitob

Vikikitob (viki va kitob soʻzlarining birikmasi) (Inglizcha: Wikibooks) — har kim tahrir qila oladigan erkin kitob toʻplamini tuzish uchun yaratilgan loyiha. Avval Erkin kitob Vikimedia loyihasi (Inglizcha: Wikimedia Free Textbook Project) va Vikimedia kitoblar (Inglizcha: Wikimedia-Textbooks) deb nomlangan.

Vikipediya singari Vikikitob ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan yaratiladi. Vikikitob ilk bor ingliz tilida 2003-yil 19-iyulda ish boshlagan. Loyihaning oʻzbekcha boʻlimi boʻlsa 2009-yil ochilgan, ammo deyarli tahrir qilinmagani uchun 2013-yil 24-iyulda yopilgan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.