Keramika

Keramika (yun. keramos — tuproq) — tuproq (gil, kaolin) yoki anorganik moddalarni yuqori t-ralarda pishirish yoʻli bilan olinadigan nometall materiallar va buyumlar. Barcha sohalarda: uy-roʻzgʻorda (idish-tovoqlar), qurilishda (gʻisht, cherepitsa, quvurlar, koshinlar, devorlarni bezash buyumlari), texnikada (radiotexnika, elektrotexnika, kosmonavtika), t. y.da, suv va havo transportida, haykaltaroshlik va amaliy sanʼatda K. keng tarqalgan. Tuzilishiga koʻra, dagʻal (notekis tarqalgan yirik zarralardan tashkil topgan, gʻovakligi 5 — 30%) va nafis (tekis tarqalgan mayda zarralardan tashkil topgan, gʻovakligi 5% gacha) turlarga boʻlinadi. D agʻal K.gakoʻpchilik qurilish materiallari, mas, gʻisht va koshin, nozik K.ga sopol, chinni, fayans, pyezo va segnetokeramika, ferritlar, kermetlar, baʼzi olovbardosh materiallar, yarim chinni va mayolika kiradi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, K. oksid, karbid, nitrid, silitsid, optik va b. turlarga boʻlinadi.

Oksid K. elektr qarshiligi yuqoriligi (10" — 1013 Om-sm), qisilishga mustahkamligi (5 GPa gacha) va yuqori t-rada oksidlovchi muhitda barqarorligi bilan tavsiflanadi; baʼzilari, mas, ittriy-bariyli K. yuqori t-ralarda oʻta oʻtkazuvchanlik xossalarini namoyon qiladi (qarang Ittriy). Chinni, fayans, kulollik buyumlari, kaolin paxta, izolyasiya materiallari, raketa, kosmik apparatlar, yadro reaktorlarining qismlari, radiotexnika detallari, xotira qurilmalarining qismlari va b. tayyorlashda keng qoʻllanadi. Karbid K.ga karborund (SiC) asosida olingan karborund K., shuningdek, titan, (Ti), niobiy (Nb), volfram (W) karbidlari asosida olingan materiallar kiradi. Karbid K.ning elektr va issiqlik oʻtkazuvchanligi yuqori, kislorodsiz muhitga chidamli (karborund K. oksidlovchi muhitda 1500° gacha barkaror). Konstruksion materiallar, elektr pech qizdirgichlari, olovbardosh materiallar va b. tayyorlashda qoʻllaniladi. Nitrid K.ga bor nitrid (BN), alyuminiy nitrid (A1N), kremniy nitrid (Si3N4), (U, Pu) N asosida, shuningdek, tarkibida kremniy (Si), alyuminiy (A1), kislorod (O), azot (N) yoki ittriy (Y), sirkoniy (Zr), O va N boʻlgan birikmalarni qizdirish yoʻli bilan olingan materiallar kiradi. Bunday K. kukun holidagi modda yoki birikmalarni azot atmosferasida 100 MPa bosim ostida yuqori t-ralarda (1700—1900°) qizdirib, issiq holatda presslab olinadi. Nitrid K. dielektrik xossalarining barqarorligi, mexaniq mustahkamligi, issiqbardoshligi, turli muhitlarda kimyoviy mustahkamligi va b. xossalari bilan tavsiflanadi. Metall i. ch. sanoati uchun asbob-uskunalar, baʼzi yarimoʻtkazgich materiallarni eritish uchun tigellar, izolyatorlar va b. i. ch.da qoʻllaniladi. Si3N4 ga kobalt (So), nikel (Ni), xrom (Sg), temir (Gʻe) lar qoʻshib tayyorlanadigan K. issiqbardosh qotishmalar oʻrniga ishlatiladi. Silitsid K.ning eng koʻp tarqalgan turi molibden disilitsid (MoSi2) asosida olingan K.dir.U elektr qarshiligining pastligi (170—200 mkOmsm), oksidlovchi muhitlarga (1650° gacha), metall eritmalari va tuzlar taʼsiriga chidamliligi bilan tavsiflanadi. Oksidlovchi muhitlarda ishlatiladigan elektr qizdirgichlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Baʼzi metallarning ftoridlari, sulfidlari, fosfidlari va arsenidlaridan tayyorlangan optik K. infraqizil texnikada ishlatiladi.

Keramik buyumlar tayyorlash uchun avval tuproq, kaolin, kum, dala shpati, metallurgiya va baʼzi sanoat chiqindilari sharli tegirmonda kukun holiga keltiriladi, suv qoʻshib aralashtiriladi; olingan oquvchan qolatdagi qorishma aralashtirgichli hovuzchalarga quyiladi; qoliplash usuliga qarab uni filtr-presslar yoki maxsus purkash qurilmalarida maʼlum miqdorgacha suvsizlantiriladi. Soʻngra namligi 6 — 12% boʻlgan kukun holidagi qorishmalardan presslar yordamida, 15—25% li qorishmalardan yoyish, bosish yoki kulollik charxit shakl berish yoʻli bilan buyumlar tayyorlanadi. Tarkibida 25—45% suvi boʻlgan qorishmalar esa gips, gʻovak plastmassa va metall qoliplarga quyish yoʻli bilan qoliplanadi. Qoliplangan buyumlar quritilib maxsus pechlarda 900° dan (qurilish K.si uchun) 2000° gacha (olovbardosh K. uchun) qizdirib pishiriladi. K.ning baʼzi turlariga pishirilgandan soʻng qoʻshimcha mexaniq ishlov va pardoz beriladi. Sopol, chinni, fayans va nafis K.ning boshqa turlaridan ishlangan buyumlarga suv va gaz oʻtkazmaydigan shishasimon qatlam hosil qiladigan sir qoplanib, 1000 — 1400° da qayta pishiriladi. Issiqlikni saqlovchi gʻovak materiallar tayyorlashda loyga yuqori t-rada yonib ketadigan yonuvchan qoʻshimchalar (koʻmir, qipiq, organiq moddalar) qoʻshiladi, koʻshimchalar yonib ketgach, oʻrnida qolgan kovaklar gʻovaklikni hosil qiladi.

Fayans olish va sirkorlik sirlari qadimda misrliklarga mil. av 15-asrdayoq maʼlum boʻlgan Ular milodning 3— 4-asrlarida Xitoyda yana kashf qilindi, 9—10-asrlarda Yaqin Sharq mamlakatlarida, oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda, 16-asrda Fransiyada, 18-asrda Germaniya, Angliyada, 19—20-asrlarda Rossiyada rivojlangan. K. taraqqiyotining jahon tarixida Xitoy chinnisi va fayansi muhim oʻrin tutgan. U Yevropa va Osiyoning koʻpgina mamlakatlarida K. rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Oʻrta Osiyoda, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, arab mamlakatlarida binolarni bezashda, qabariq terrakotani qoʻllashda, idish-tovoqlar yasashda K.ning ahamiyati beqiyos boʻlgan. 10—15-asr meʼ-morligida Xiva, Samarqand, Buxoro, Qoʻqon, Toshkentda qurilgan binolarning polixrom mozaika koshinkorlik qoplamlari meʼmorlik sanʼatining eng yuqori yutuqlari hisoblanadi (qarang K. mahsulotlarini pishirish texnikasi va texnologiyasi koʻp asrlar mobaynida oddiy gulxandan xumdongacha, oddiy oʻchoqdan mexanizatsiyalashtirilgan pechlargacha boʻlgan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Hozir turli mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda K. ustaxonalari, xumdonlar, zavodlar faoliyat koʻrsatmokda. Toshkent, Samarkand, Quvasoy chinni zavodlari, Angren va Rishtondagi keramika zavodi, Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida xumdonlar bor (2002).

Ad: Avgusti n n i k A.I., Keramika, 2 izd., L., 1975; Vidrik G.A., Solovyova T.V., Haritonov F.Ya., Prozrachnaya keramika, M., 1980; Balkevich V.L. Texnicheskaya keramika, 2 izd; M., 1984; Strel o v K.K., Teoreticheskiye osnovi proizvodstva ogneupornix materialov, M., 1985.

Rustam Maʼrupov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Asmera

Asmera (Asmara) – Eritreyaning poytaxti. Dengiz sathidan 2300 m balandlikda. Aholisi 344 ming kishi (1989). Mamlakatning yirik savdo-sanoat va transport markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Avtomobil yo‘llari tuguni. Kimyo, oziq-ovqat, to‘qimachilik, keramika, metallsozlik korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Universitet bor.

Bezash sanʼati

Bezash sanʼati — bezak sanʼati sohasi. Koʻcha, maydon, korxonalar hududini, jamoat binolari, parklarni bayramlarda yoki biror munosabat bilan vaqtincha, maʼlum muddatga moʻljallab bezatish, namoyishlarga, sayillarga, turli xalq tantanalariga badiiy ruh berish; shuningdek ekspozitsiya, vitrina, stend va shahri k.ni bezatish. B. yeda meʼmorlik, tasviriy sanʼat, teatr sanʼati, fotografiya, yorugʻlik texnikasi vositalaridan foydalanib, sanʼatlar uygʻunligining eng ommaviy namunalari yaratiladi. Mahobatli sanʼatda bezak mustahkam xom ashyolar (tosh, metall, keramika, temir-beton)dan doimiy qilib ishlansa, B. yeda vaqtinchalik, lekin estetik taʼsir koʻrsatadigan darajada imkon boricha jozibali, be-jirim qilib tayyorlanadi. B. yeda har bir asar, har bir koʻrinish oʻziga xos tak-rorlanmas boʻlishi kerak.

Yevropa mamlakatlarida, Sharqning ayrim mamlakatlari (ayniqsa, Xitoy, Yaponiya)da Bezash sanʼati sanʼat sohasi sifatida xalq sayillari, diniy marosimlar, turli tantanalar va namoyishlar tari-xi bilan bogʻliq ravishda shakllandi, ri-voj topdi. Yevropada Uygʻonish da vridan bezatuvchilarning roli ortdi (Leonardo da Vinchi, P. Rubens kabi atoqli rassomlar Bezash sanʼati soxasida ham samarali ijod kdlganlar). Rossiyada Pyotr I davridan saroy tantanalariga maxsus bezatuvchi rassomlar jalb qilindi. Fransuz inqilobi va Parij kommunasi tantanalarida Bezash sanʼati siyosiy tashviqot vositasiga aylandi. 20-asrda B. yeda texnikaning roli ortdi, ayniqsa, elektrotexnikadan keng foydalaiiladigan boʻlindi, muzey va koʻrgazma eks-pozitsiyalarida bezash usullarini takomillashtirishga alohida eʼtibor qilindi. B. sdan koʻproq tijorat maq-sadlarida foydalaniladi, u tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va demokratiya uchun kurash vositasi sifatida xizmat qilmoqda.

Oʻzbekistonda Bezash sanʼati qadimdan mavjud. Tarixiy manbalar, qoʻlyozma kitoblardagi maʼlumotlarga koʻra, katta saroylar devorlari mahobatli rasmlar bilan bezatilgan boʻlib, bu rasmlar ham bezak, ham targibot vazifasini bajargan. Oʻrta asrlarda ham Oʻzbekiston hududida Bezash sanʼati yuksak taraqqiy etgan. Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa meʼmorlik yod-gorliklarida shu sanʼat ruhi saqpangan. Oʻzbekiston Bezash sanʼati ustalari milliy anʼanalarni rivojlantirib, zamonaviy bezash uslublaridan samarali foydalanmoqda (mas, Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni, Navroʻz bayrami va boshqalar).

Neʼmat Abdullayev.

Brazzavil

Brazzavil — Kongo Respublikasining poytaxti. Kongo daryosi quyi oqimining oʻng sohilida. Mamlakatning eng yirik port shahri. Brazzavil Kongoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 650 ming kishi (1997).

Brazzavilga 1880 yil fransuz sayyohi va mustamlakachisi Pyer Savornyan de Brazza asos solgan. Brazzavil 1910—58 yillarda Fransiya Ekvatorial Afrikasi federatsiyasi va Oʻrta Kongoning maʼmuriy markazi. Ikkinchi jahon urushi davrida general de Goll boshchiligidagi "Ozod Fransiya" harakatining asosiy tayanch punktlaridan biri boʻlgan. 1958—60 yillar Muxtor Kongo, 1960 yildan Kongo Respublikasi poytaxti.

Brazzavil mamlakatning transport, asosiy savdo-sanoat va moliya markazi. Dare porti. Brazzavil va shosse orqali dengiz porti PuentNuar bilan bogʻlangan. B.da ip yigirish, toʻqimachilik, kimyo (plastmassa buyumlar, sunʼiy matolar, boʻyoq ishlab chiqarish), sigareta, gugurt fabrikalari, oziq-ovqat sanoati va boshqa korxonalar, xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan aeroport bor. Baliq quritiladi va dudlanadi. Kema tuzatish korxonalari ishlab turibdi. Hunarmandchilik (yogʻochdan turli buyumlar yasash, badiiy keramika) rivojlangan. Shahar yakinida GES qurilgan. Markaziy Afrika tadqiqot instituti, Paster instituti, universitet, milliy muzey bor.

Chimboy

Chimboy — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimbry tumanidagi shahar (1974 yildan), tuman markazi. Amudaryo deltasida, Kegeyli kanalining har ikkala sohilida, Nukus temir yoʻl stansiyasidan 56 km. Aholisi 46,2 ming kishi (2004).

CH. 17-asrda baliqchilar va chorvadorlar qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1976—77 yillarda shahar hududida qoraqalpoq arxeologlari tomonidan oʻtkazilgan qazishma ishlari natijasida bu yerdan 7—8-asrlarga oid ashyolar topilgan. Taryxiy manbalarda Ch. dastlab’ Shoxtemir deb yuritilgan. 1643 yilda bu qalʼa Xiva xonligining Orol dengizi jan. sohilidagi hududlarining markazi boʻlgan. 1740 yilda Xivaga kelishda poruchik Gladishev Shoxtemirdan oʻtgan. 1741 yil geodezist Muravin tuzgan xaritada ham Shoxtemir koʻrsatilgan.

1890 yilda Ch.da rustuzem maktabi va tibbiy punkt ochilgan. 20-asrning 1choragida bu yerda 80 ta savdo doʻkoni boʻlgan. Chimboylik savdogarlar Orenburgdan matolar va boshqa mollarni olib kelishgan. 1907—08 yillarda beda urugʻi va boshqa turli mahsulotlar Rossiya, AQSH, Germaniyaga eksport qilingan. Shu davrda Ch.da paxta tozalash, yogʻmoy, koʻnteri zavodlari qurilgan; 1913 yilda beda urugʻini tozalash zavodi ishga tushirilgan. 1916 yilda Ch. aholisi rus podsho hukumatining mahalliy aholini mardikorlikka olishga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 1919 yilda Chimboyda yangi maktablar ochilgan. 1920 yilda Amudaryo viloyati tuzilib, u ikki uyezdga (Shoʻraxon va Chimboy) boʻlingan. Oʻsha yili Ch.da bolalar internati faoliyat koʻrsata boshlagan. Ch.ga 1927 yilda shaharcha maqomi berilgan. 1980 yil temir yoʻl oʻtkazildi.

CH.da paxta tozalash, yogʻmoy, keramika, asfaltbeton zavodlari, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti, naslchilik styasi, umumiy taʼlim maktablari, ped. kasbhunar kolleji, kutubxonalar, klub muassasalari, madaniyat uylari, oʻquvchilar madaniyat saroyi mavjud. Kasalxona, tugʻruqxona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.Chimboy shahri Nukus shahridan 56 km uzoqlikda joylashgan. Aholi soni 39 571 kishi istiqomat qiladi (2009).

Helsinki

Helsinki, Helsingfors - Finlandiya poytaxti. Usima lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 551,1 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Fin qoʻltigʻi sohilidagi port. Malmi aeroporti xalkdro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim iqgisodiy, moliya va madaniyat markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (asosan, kemasozlik, elektrotexnika, koʻtarish kranlari va sellyulozaqogʻoz sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish). Toʻqimachilik, kimyo va keramika, koʻnpoyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Intlar, Musiqa akademiyasi, opera va milliy teatrlar, milliy, shahar, badiiy, tarixetnografiya muzeylari, zool. va botanika bogʻlari, yirik konsert zallari bor. Metropoliten kurilgan.

X.ga 1550 yilda VantaYoki daryosining quyilish joyida asos solingan va dastlab Gamelstat deb atalgan. Finlandiya Rossiyaga qoʻshib olinib (1809) Buyuk Finlandiya knyazligi tuzilgach, 1812 yilda mamlakat poytaxti Turku (Abo) shahridan X.ga koʻchirildi. 1917 yil dekabrda mamlakat mustakllligi eʼlon kilingach, X. Finlandiya Respublikasi poytaxti. X.da xalqaro uchrashuv, sʼyezd, konferensiya va kengashlar boʻlib oʻtadi, Jahon Tinchlik kengashi kotibiyati joylashgan.

X. — zamonaviy shahar. Shahar markazida Shved teatri binosi, Sokos univermagi, Parlament binosi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, universitet binosi, prezident saroyi, ratusha, Shahar dumasi uyi va boshqa saqlangan. X. — turizm markazi.

Helsinki (fin. Helsinki; shved. Helsingfors) — Finlandiyaning poytaxti va katta shahri. Mamlakatning janubida, Fİn koʻrfazi qirgʻogʻida joylashgan.

Irkutsk viloyati

Irkutsk viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937 yil26 sentabrda tashkil etilgan. Sharqiy Sibirning janubiy qismida. Maydon 767,9 ming km2. Aholisi 2748 ming kishi (2000), asosan, ruslar, shuningdek, ukrainlar, belorus lar, tatarlar, chuvashlar, buryatlar, evenklar, tofalar yashaydi. Viloyat tarkibida UstOʻrda Buryatlari muxtor okrugi bor. I. v. 31 rayonga boʻlingan. 22 shahar, 60 shaharcha mavjud. Markazi – Irkutsk shahri.

Viloyat hududining aksari qismini Oʻrta Sibir yassitogʻligining janubi-sharqiy qismi egallagan. Shimoli-sharqida Shimoliy Baykal va Patom togʻliklari joylashgan. I. v.da kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Iqlimi kontinen-tal. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 15° (Baykal sohilida) dan – 21° (Irkutskda)gacha va – 33° (Bodayboda). Qor qoplami 160–170 kun saqlanib turadi. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 17°–19°. Yiliga 400 mm dan 800 mm gacha yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 116–127 kun. Shimoliy va togʻlik joylarida toʻngib yotgan yerlar bor. Asosiy daryolari: Angara, Quyi Tunguska, Lena va uning irmoqlari. Tuprogʻi, asosan, podzol tuproq. Hududining 80% oʻrmon. Tilogʻoch, qaragʻay, kedr, qoraqaragʻay, oqqaragʻay oʻsadi.

Oʻrmon, kimyo va neft kimyosi sanoati, energetika, rangli metallurgiya yetakchi oʻrinda. Mebel, tikuvchilik, poyabzal, trikotaj, koʻnchilik, goʻsht-sut, konditer, pivo, spirt va baliq sanoati tarmoqlari bor. Konchilik sanoatining asosiy tarmoklari: oltin (Bodaybo atrofi), slyuda (Mama-Chuya atrofi), talk (Onot koni), temir rudasi (Korshunove kombinati), tuz (Usolye-Sibirskoye), marmarsimon ohaktosh ("Pereval" koni), gips (Zalari koni) qazib olish. Mashinasozlik Irkutsk–Cheremxovo sanoat rayonida boʻlib, kon, neft-kimyo va metallurgiya sanoatlari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Yogʻoch tayyorlash korxonalari Angara, Ilim va Lenaning oʻrta oqimlarida joylashgan. Baykal va Bratsk sellyuloza zavodlarida kord sellyuloza ishlab chiqariladi. "Baykal" fanera-gugurt kombinati (Usolye-Sibirskoyeda), sement, keramika, gips zavodlari (Angarskda), shisha (Tulunda), yigʻma temir-beton, gʻisht-beton, gʻisht zavodlari, Irkutskdachoy qadoklash fabrikasi, Usolyeda tuz zavodi, Irkutskda yogʻ-moy kombinati mavjud.

Gʻalla (bugʻdoy, grechixa, arpa, suli va boshqalar) yem-xashak ekinlari, kartoshka va sabzavot yetishtiriladi. Chorvachilik sut-goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Shimolida bugʻuchilik, moʻynachilik, darrandachilik bilan shugʻullaniladi. Baykal, Angara va Lenada baliq ovlanadi. Asosan, Angara, Lena, Vitim daryolari va Baykal koʻlida kema qatnaydi. I. v.da Baykal Amur temir yoʻl magistralining boshlangʻich punkti (Ust-Kut) joylashgan. 8 oliy oʻquv yurti, 6 teatr, 5 muzey bor.

Kobalt

Kobalt (Cobaltum), Co — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, atom massasi 58,9332. Kobalt metalini ilk bor 1735 yilda shved kimyogari Yu. Brand rudalardan ajratib olgan. Uzoq, vaqtgacha Kobaltni rudadan ajratib olish mumkin boʻlmagan, shuning uchun Kobold deb atalgan (nem. Kobold togʻ va konlarda yashaydigan jin demakdir; metall Kobalt nomi shundan olingan).

Tabiatda 2 ta barqaror izotopdan tashkil topgan: 59Co (99,83%) va 57Co (0,17%). Oksidlanish darajasi +2 va +3, goho +1, +4 va +5. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,9; atom radiusi 0,125 nm. Kobalt massa jihatidan yer poʻstining 4-10~3% ini tashkil qiladi, okean suvlaridagi miqdori 0,005 mg/l. 30 ga yaqin minerallari bor. Eng muhimlari: karrolit CuCo2S4, linneit Co3S4, kobaltin CoAsS, safflorit (CoFe)As2, skutterudit CoAs3, shmaltin CoAs2, absolin Co3O4-mMnO2 pN2O, eritin Co3(AsO4)2-8H2O, sferokobaltit CoCO3va h.k. Sof kobalt rudalari juda kam. Kobalt, asosan, mis, nikel, kumush, temir, margimush, marganets bilan birikma holida uchraydi. Kobalt — kumushsimon oq, qizgʻishochsariq rangda tovlanadigan metall. Suyuqlanish temperaturasi 1494°, kaynash temperaturasi 2960°, zichligi 8,90 g/sm³. Ferromagnit xossasiga ega. Brenel boʻyicha qattiqligi 470—1230 MPa. Zichjoylashgan Kobalt havo taʼsiriga chidamli, 300° da oksid parda bilan qoplanadi, kukun holdagi Kobalt havoda oʻz-oʻzidan alangalanadi. Suv, ishqor, karbonat kislota bilan reaksiyaga kirishadi. Ftorid kislota hatto qizdirilganda ham unga taʼsir qilmaydi, tutunlanuvchi nitrat kislota Kobaltning faolligini susaytiradi (oksidlaydi). Oddiy haroratda galogenlar (Gʻ dan tashqari) bilan birikmalar hosil qiladi. Oʻyuvchi ishqorlar Kobalt eritmalariga taʼsir ettirilganda havorang Co(OH)2 choʻkmaga toʻshadi, havo taʼsirida esa u Co(OH)3 ga oʻtadi. Kobalt anorganik va organik birikmalar bilan 2 va 3 valentli kompleks birikmalar, koʻpgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kobalt metalini Kobalt rudalaridan ajratib olish uchun dastlab rudalarni oksidlovchi sharoitda maxsus pechlarda kuydirib eruvchan holga oʻtkaziladi. Kobaltni boshqa metallardan tozalash uchun kimyoviy va gidrometallurgiya usullaridan foydalaniladi. Oxirgi mahsulot sifatida Co3O4 olinadi. Uni koʻmir, vodorod, SO kabi qaytaruvchilar ishtirokida qaytarib yoki alyumotermiya va elektroliz usullari bilan metall holidagi Kobalt olinadi.

Hozirgi ajratib olinayotgan Kobaltning taxminan 65%i maxsus qotishma va poʻlatlar, 10%i katalizatorlar, 10%i pigmentlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Kobalt birikmalari rangli shishalar, keramika, organik sintez uchun katalizatorlar olishda, neft va ammiakni tozalashda, moy boʻyoqlarni quritishda, chiroyli va turgʻun emal va boʻyoqlar, yarimoʻtkazgichlar (CoSb2, CoSb3) va oʻta kesgich asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Soʻnggi yillarda radioaktiv 60Co ("Kobalt lushkasi") tibbiyotda saraton kasalligini davolashda qoʻllanmokda. Hayvonlardagi anemiya kasalligiga qarshi kurashda ham Kobaltdan foydalaniladi.

Lyutetsiy

Lyutetsiy (lot. Lutetium), Lu -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tar-tib raqami 71, atom massasi 174,967; lantano-idlart kiradi. Lyutetsiyni 1907 yilda fransuz kimyogari Lyutetsiy Urben kashf etgan. Tabiiy Lyutetsiy ikkita izotopdan tashkil topgan. 175Lu (97,40%) va 176Lu (2,60%); l76Lu radioaktiv (T|/2=2,4-10-10 yil). Birikmalarida 3 valentli, Massasi jihatidan yer poʻstidagi miqdori 8-10 ‘%, dengiz suvlarida 1,210~6 mg/l. It-tiriy minerallari tarkibida uchraydi. Asosiy sanoat minerallari — ksenotim, evksenit, bastnezit. Lyutetsiy — kumush kabi oq, mexanik ishlovga oson beriladigan metall. Suyuqlanish temperaturasi =1660°, qaynash temperaturasi -3410°. Zichligi 9,85 g/sm3. Lyutetsiy birikmalaridan Lyutetsiy oksid Lu2O3, Lyutetsiy ftorid LuF3 va Lyutetsiy gidroksid Lu(OH)3 ahamiyatli boʻlib, ular issiqqa chidamli keramika, lazer materiallar va metall holdagi Lyutetsiy olishda qoʻllanadi.

Michigan

Michigan — AQShning shimoliy qismidagi shtat. Buyuk koʻllar sohilida, Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 151,5 ming km². Aholisi 10,05 mln. kishi (2002), shundan 70% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Lansing shahri; eng katta shahri, iqtisodiy markazi va porti — Detroyt. AQSh ittifogʻiga 26 yanvar 1837 yilda kirgan, undan oldin - Northwest Territory (Michigan Territory).

Michigan hududi Yuqori koʻl, Guron va Michigan koʻllari oraligʻidagi ikkita yarim orolda joylashgan. Yer yuzasi sertepa tekislik, eng baland joyi 604 m. Ikdimi moʻʼtadil iqlim, shim.da qish sovuq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —7°, iyulniki 21°. Yillik yogʻin 800 mm.

Michigan — AQShning sanoati rivojlangan shtati. Ishlab beruvchi sanoat korxonalarida iqtisodiy faol aholining 35% ishlaydi. Metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Detroyt va uning atrofida hamda Flint, Lansing va boshqa shaharlarda "Jeneral motore", "Ford" va "Kraysler" kabi yirik avtomobil zavodlari joylashgan. Maxsus poʻlat va tunuka ishlab chiqarish, qora va rangli metallardan buyumlarquyish, stanok, pribor, elektr uskunalari, lok-boʻyoq, rezina ishlab chiqarish av- . tomobilsozlik sanoati bilan bogʻliq. : Harbiy, kimyo, silikat-keramika, i oziq-ovqat, yogʻochsozlik, mebel, qogʻoz sanoatlari ham rivojlangan. Temir va mis rudalari, osh tuzi qazib chiqariladi.

Qishloq xoʻjaligi sut va sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Meva, uzum yetishtiriladi, qand lavlagi ekiladi. K-"- tovar mahsulotining 55% ni chorvachilik beradi. Turizm rivojlangan.

Nikel

Nikel (nem. Nikel, lot. Niccolum), Ni — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 28, atom massasi 58,69. Tabiiy Nikel 5 ta barqaror izotop 58Ni (67,88%), 60Ni (26,23%), 61Ni (1,19%), 62Ni (3,66%) va MNi (1,04%) aralashmasidan iborat. Eng uzoq mavjud boʻluvchi sunʼiy radioaktiv izotopi — 59Ni (T1/2 = 105 yil). Nikelni dastlab 1751 yilda shved kimyogari Nikel Kronstedt kashf qilgan va nom qoʻygan. "Nikel" nomi kupfernikel mi-nerali — Kupfernickel (NiAs) nomidan olingan (nem. Kupfer — mis. Nickel — jin). Bu mineral koʻrinishi bilan mis rudalariga oʻxshab konchilarni koʻp chalgitgani uchun shunday nom olgan. Ne-mis kimyogari Nikel Rixter 1804 yil ancha toza Nikel olishga muvaffaq boʻlgan.

19-asrning 80-yillariga qadar Nikeldan faqat zargarlikda va tanga pullar tayyorlashda foydalanilgan. Yangi Kaledoniyada va Kanadada Nikel rudalariga boy konlar ochilib, poʻlatga Nikel qoʻshilganida poʻlatning xossalari yaxshilanishi aniklanganidan keyin Nikel ishlab chikarish sanoati keng rivoj topdi. Massa jihatidan Yer poʻstining 8103%ini tashkil qiladi. Nikel tabiatda pentlan-dit (Fe, Ni)9S8, millerit NiS, nikelin NiAs, xloantin NiAs2, gerodorfit NiAsS, ulmanit NiAsSb nomli minerallar holida va boshqa metallarning sulfidlariga aralashgan holda uchraydi. Nikelning 50 dan or-tiq minerali maʼlum. Nikel ishlab chiqarishda, asosan, uning sulfidli mi-nerallari, sulfidli misnikel rudalari, garniyerit minerali (magniy va Nikelning oʻzgaruvchan tarkibli silikatlari) hamda magnitli kolchedan katta ahamiyatga ega.

Nikel— kumush kabi oq, yaxshi yassilanuvchan yaltiroq metall. Birikmalardan ajratib olingan kukun holidagi Nikelning tusi qoramtir. Nikelning 2 ta modifikatsiyasi maʼlum: geksagonal pan-jarali holda kristallanadigan a-Nikel va kub panjarali r-Nikel a-Nikel 250—300° da R-Nikel ga aylanadi. Nikel 0°dan 1200° ga qadar, asosan, r-Nikel shaklida boʻladi. Nikelning suyuqlanish temperaturasi 1455°, qaynash temperaturasi 2900°, zichligi 8,9 g/sm1. Nikel xuddi temir va kobalt singari ferromagnit moddalar jumlasiga kiradi. Nikel kimyoviy xossalari jihatdan temir va kobaltga, mis x.amda asl metallarga oʻxshaydi. Valentligi 2 va 3 Nikelning juda koʻp kompleks birikmalari maʼlum.

Sanoatda boshqa metallar bilan qotishmalar holida ishlatiladi. Mis, temir, xrom va boshqa elementlarning nikelli qotishmalari korroziyaga chidamli yuqori mexanik, magnit, elektr xossalarga ega. Shuning uchun Nikel krtishmalari atom reaktorlari qurishda ishlatiladi. Nikelning talaygina miqsori ishqorli akkumulyatorlar, korroziyaga chidamli qoplamalar, quvurlar uchun ketadi. Kimyo sanoatida kimyoviy qurilmalar va katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi.

Nikel organizm uchun zarur mikroelementlardan hisoblanadi. Oʻsimlik tarkibida 5,010"5%, quruklikdagi hayvonlar organizmida l,0-10"6%, dengiz hayvonlari organizmida 1,6104% Nikel boʻladi. Nikel arginaza fermetini faollashtiradi va oksidlanish jarayoniga taʼsir koʻrsatadi.

Nikel birikmalari. Nikel galogenlar bilan birikib, asosan, digalogenidlar hosil qiladi.

Nikel diftorid, NiF2 — yashilsargʻish tetragonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1452°, zichligi 4,72 g/sm³. Suvda oz eriydi. NiO, NiCl2 yoki nikelning boshqa bi-rikmalariga ftor taʼsir ettirib olinadi. Kimyoviy reaksiyalarda katalizator, tok manbalarida katod, lazer ma-teriallarning komponenti sifatida qoʻllanadi.

Nikel triftorid, NiF3 — KHF2 eritmasini elektroliz qilishda pushti rangli qoldiq koʻrinishida hosil boʻladi. Kuchli oksidlovchi, suvda parchalanib, undan kislorod ajratib chiqaradi.

Nikel dixlorid NiCl2 — yashil rangli trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1009°, zichligi 3,54 g/sm³. Suvda yaxshi eriydi. Nikellashda, nikel kukuni olishda, katalizator sifatida, shuningdek, termosezgir boʻyoklar tayyorlashda ishlatiladi.

Nikel dibromid, NiBr2 — sargʻishjigarrang trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 963°, zichligi 5,45 g/sm³; gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Suvli erit-malaridan yashil rangli geksagidrat NiBr2-6H2O holida ajralib chiqadi.

Nikel diyodit, Nil2 — poʻlat kabi kulrang yoki qora rangli, trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 797°, zichligi 5,83 g/sm³, gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Geksagidrat Nil2 6N2O koʻk-yashil rangli kristall modda. Nikel bromid va nikel diyodit katalizatorlar va ter-mosezgir boʻyoqlar olishda qoʻllanadi.

Nikel oksidlaridan nikel monooksid, NiO toʻgʻrisidagina ishonchli maʼlumotlar bor. Olinish usuli va holatiga qarab NiO och-yashildan toʻq yashil ranggacha oʻzgaradi. a- va R-shakllari mavjud. Kuchsiz asos xossaga ega, suvda erimaydi. 2 valentli nikel tuzlarini 1000—1100° da qizdirish yoki nikelni kislorodli muhitda yoki havoda qizdirish yoʻli bilan olinadi.

Nikel karbonat, NiCO3 — yashil (zichligi 4,39 g/sm³) yoki sariq (zichligi 4,6 g/sm³) rangli kristallar. 300°dan yuqorida parchalanadi. Keramika va shisha ishlab chiqarishda pigment sifatida qoʻllanadi.

Nikel n i trat, Ni (NO3)2 — kub singoniyali yashil kristallar. Kizdi-rilganda avval 200—250° da Ni (NO2)2 gacha, soʻngra 300—350° da NiO gacha parchalanadi. Nikelli katalizatorlar olishda, metallarni nikellashda, rangli keramika ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Nikel sulfat, NiSO4— romb panjarali och sariq rangli kristall modda. Zichligi 3,65 g/sm³, suvda yaxshi eriydi. Havodan nam yutib asta-sekin yashil tusga kiradi. Suvdagi eritmalaridan romb panjarali zumrad tusli goʻzal kristall tuz — Nikel kuporosi NiSO4 7N2O holida ajralib chiqadi. Toza nikel olishda, galvano-texnikada, metallarni nikellashda ishlatiladi.

Nikel oltingugurt bilan NiS, NiS2, Ni2S2, Ni3S4, Ni6S5, Ni7S6 kabi sulfidlar hosil qiladi. Nikel-sulfidlari tabiatda millerit u — NiS. xizlevudit Ni3S2, godlevskit Ni7S6, polidimit Ni3S4, vo-esit NiS2, pentlandit Ni5 x Fe4+vS8 (0 Nyu-Jersi

Nyu-Jersi - Amerika Qoʻshma Shtatlaridan biri. Poytaxti - Trenton shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin.

AQShning sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 20,16 ming km². Aholisi 8,6 mln. kishi (2002), 89% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Trenton sh. Yirik shaharlari: Nyuark, Jersisiti, N.-J.ning koʻp qismi Atlantika boʻyi pasttekisligida, shim. qismi Appalachi togʻlari etaklarida. Iqlimi moʻʼtadil, sernam. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi Gdan —5° gacha, iyulni-ki 22-24°.

Nyu-Jersi — AQShning aholisi eng zich va iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtatlaridan. Ishlab beruvchi sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik, rangli metallurgiya, silikat-keramika, ti-kuvchilik korxonalari bor. Bogʻdorchilik rivojlangan. Nyu-Jersi hududi orqali AQShning yirik shaharlarini bogʻlovchi transport yoʻli va avtomobil yoʻllari oʻtgan.

Oʻzbekiston (metro bekati)

«O’zbekiston» (ruscha: Узбекистанская) — Toshkent metropoliteni Oʻzbekiston yoʻlidagi bekat. Bir qubbali, bir platformali va ikki vestibyuldan iborat. Yoritkichlari paxta shaklida ishlangan, devorlarida daryolar tasvirlangan. Devorlariga granit, marmar, keramika, ganch, metall, shisha va boshqa materiallardan foydalanilgan.

Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari

Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari — Oʻzbekiston — Ispaniya oʻrtasida 15-asrdayoq aloqa oʻrnatilgani, 1404 yilda Kastiliya qirolining elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga kelgani va Amir Temur saltanati haqida esdaliklar yozgani tarixdan maʼlum.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Ispaniya bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari chogʻida hamkorlikning shartnomaviyhuquqiy negizini yaratuvchi bir qancha hujjatlar kelishib olindi.

Ikkala mamlakatning savdoiqtisodiy aloqalari Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari doi-rasida rivojlanayotir. Oʻzaro tovar aylanmasi 2000 yilda 1999 yilga nisbatan 1,9 baravar oshdi. Jumladan, OʻzRning Ispaniyaga eksporti 20,1 mln., importi 5,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Ispaniyaga paxta tolasi, gazla-ma, kalava ip eksport qilsa, undan elektrotexnika va mexanika asbob-uskunalari, dori-darmon, qora metallar, plastmassa, keramika mahsulotlari sotib oladi.

Ispaniya kompaniya va firmalari bilan hamkorlik sohasida Buxoro viloyati suv taʼminoti tizimini takomillashtirishga kirishildi. 15 mln. yevro qiyma-tiga ega boʻlgan bu loyiha Ispaniya hukumatining imtiyozli va tijorat krediti hisobidan amalga oshiriladi. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi bilan "Altiyeri Vinikola" firmasi Oʻzbekistonda vino ishlab chiqaradigan "YANIS" qoʻshma korxonasini barpo etdi. "Oʻzfarmsanoat" konserni bilan I.ning "Krupak" kompaniyasi bint va jarrohlik dokasi ishlab chikaradigan korxona barpo etish uchun 7,9 mln. yevro miqdorida pul sarfladi. OʻzRda Ispaniya sarmoyasi ishtirokidagi 11 korxona tashkil etilgan.

Oʻzbekiston FA institutlari bilan Ispaniya Milliy tadqiqot kengashi oʻrtasida quyosh energiyasini fotoelektr usulida oʻzgartirish, yarim oʻtkazgichli materialshunoslik sohalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. OʻzR Jahon tillari unti Ispaniyaning Granada, Madrid, Alkala de Enares va Malaga universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatgan. Toshkentdagi shu universitetda ispan tili va madaniyati markazi ochilgan. Granada va Buxoro universitetlarining hamkorlik qilishi haqida keli-shib olingan.

Praya

Praya — Kabo-Verde davlati poytaxti. Santyagu orolning jan. sohilida. Aholisi 62 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Atlantika okeani sohilidagi port (chetga apelsin, shakarqand, kofe chikariladi). Transatlantika dengiz yoʻllari tuguni. Baliq va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, temir-beton, keramika bu-yumlari zavodlari, mebel, tikuvchilik fabikalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Badiiy hunarmandchilik ustaxonalari, maishiy elektrotexnika buyumlarini yi-gʻish va taʼmirlash korxonalari ishlab turibdi. Moxov kasalligiga qarshi ku-rashish markazi. Shaharga 15-asr oxirlarida asos solingan.

Puebla

Puebla, Puebla-de-Saragosa — Meksikadagi shahar, Meksika togʻligining jan.da, oʻrtacha 2150 m balandlikda. Puebla shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,34 mln. kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Mamlakatning eng muhim toʻqimachilik (ip gazlama va jun) sanoati markazi. Koʻn-teri, sement, keramika, oziq-ovqat sanoati, metallsozlik korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligi rayoni (agava, shakarqamish, kunjut) markazi. Hunarmandchilik rivojlangan. Un-tlar, mu-zeylar bor. Shaharga 1531 yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 16—18-asrlarda qurilgan sobor, cherkov va boshqa saqlangan.

Saarland

Saar Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti - Saarbrücken. Maydoni - 2 568,7 km2. 1 030 324 nafar aholi istiqomat qiladi (2008).

Saar — Olmoniya yeri. Mamlakatning gʻarbiy qismida, Saar va Mozel daryolari havzasida. Fransiya va Lyuksemburg bilan chegaradosh. Maydoni 2570 km². Aholisi 1,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Saarbryukken sh. S. — mamlakatning sanoati rivojlangan yerlaridan. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ortigʻi sanoatda band. Yetakchi sanoat tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, toshkoʻmir, k,. Caap-Lotaringiya kumir havzasi) va metallurgiya. Shuningdek, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika, poʻlat va nikel konstruksiyalar i.ch., toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalari ham mavjud. Qora metallurgiya sanoatining asosiy markazlari: Felklingen, Nyoynkirxen, Saarbryukken sh.lari. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari ham rivojlangan. Avtomobil, vagonsozlik, oynasozlik, shisha, keramika korxonalari bor. Isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida donli, sabzavot va yem-xashak ekinlari ekiladi. Tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilikda kramol, choʻchqa boqiladi.

Oʻtgan asrlarda S. hududida faflik boʻlgan. 1815 yildan S. Prussiya (1871 yildan Olmoniya imperiyasi) tarkibida. 1919 yilda Millatlar Ligasi komissiyasi boshqaruvi ostiga oʻtgan. 1935 yildan yana Olmoniyaga qoʻshilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin S. Fransiyaning Olmoniyadagi okkupatsiya zonasi edi. 1956 yildagi Fransiya va Olmoniya oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, 1957 y. 1 yanv.dan yana Germaniya tarkibida.

San-Salvador

San-Salvador — El Salvador poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Amakas daryosi vodiysida, SanSalvador vulkani etagida, 700 m balandlikda joylashgan. Iklimi tropik iqlim, oʻrtacha oylik tralar 22—24,6°, yillik yogʻin 1700 mm. Aholisi 423 ming kishi (shahar atrofi bilan 1,5 mln. kishi, 1990 yillaroʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat, toʻqimachilik, metallsozlik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, keramika sanoati korxonalari bor. Kimyoviy oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. S.da untlar, Salvador akademiyasi, Salvador Tarix akademiyasi, texnika instituti, milliy kutubxona, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Shahar 1525 yilda ispanlar tomonidan indeyslarning Kuskatlan shahri oʻrnida bunyod etilgan. 16— 19-asr boshlarida Gvatemalaning Salvador generalkapitanligi maʼmuriy markazi. 1834—39 yillarda Markaziy Amerika birlashgan provinsiyalari federatsiyasi. 1841 yildan Salvador Respublikasi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan cherkov (1783), sobor, milliy teatr binosi, saroy (1902—07) va boshqa saqlangan.

Sopol

Sopol — maxsus loy (tuproq, suv, qisman qum va toʻzgʻoq aralashmasi)dan ishlanib olovda qizdirib tayyorlanadigan magʻsulot; kulollik buyumlari. Loy 2 xil usulda — koʻlda hamda kulollik charxi yordamida shaklga solib yasaladi, soʻng gulxan (xumdon)da qizdirib S. tayyorlanadi. Roʻzgʻorda (piyola, kosa, lagan, koʻza, oftoba, xum va boshqalar), meʼmorlik (koshin, sopolak, parchin va boshqalar) hamda sanoat (utga chidamli qoliplar va boshqalar)da S. buyumlari keng qoʻllanadi; bolalar oʻyinchoqlari, ayrim bezak buyumlari (haykalcha, yirik haykallar) ham shu usulda tayyorlanadi. Foydalaniladigan loy tarkibiga qarab S.ning rangi turlicha (och sariq, qizgʻish, kulrang va boshqalar) boʻladi. Angob (loya)ga chayib olingan S. soyada quritilib, yana xumdonda pishiriladi. Sta bezak ishlash ham turlicha: boʻrtma, oʻyma naqshlar uning hoʻlligida, qirma gullar S. angobga chayib olingandan soʻng ishlanadi; xumdonga bir bor kirib chiqqan buyumlar gullar ishlangandan keyin yana bir bor xumdonda qizdiriladi. S. buyumlar 2 xil — sirlangan S. hamda sirlanmagan S. (terrakota)ga boʻlinadi. S. neolit davridan maʼlum boʻlib, sirlanmagan S. kadimiydir. Sirlangan S. buyumlar ishlab chiqarish. Oʻrta Osiyoda 10—12-asrlardan yuksak taraqqiy etdi. Oʻzbekiston hududida S. buyumlar ishlab chiqarish. keng yoʻlga qoʻyilgan; S. buyumlarni bezatilishi jihatidan birbiridan farqlanuvchi kulollik maktablari shakllangan (yana q. Keramika).

Turingiya

Tyuringiya, Tyuringiya Respublikasi (nem. Thüringen) — Olmoniya yeri. Poytaxti - Erfurt. Maydoni - 16 251 km2. 2 378 000 nafar aholi istiqomat qiladi. Mamlakatnig markaziy qismida, Tyuringiya soyligi atrofida, Tyuringiya Oʻrmonlarida joylashgan. Tyuringiya 5 ta federal yer bilan chegaradosh. Maydoni 16,2 ming km². Axoliyey 2,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Erfurt sh.

Tyuringiya — Olmoniya hududidagi tyuringlarning qad. viloyati. 1130 yildan landgraflik, 16-asr oʻrtalaridan Saksoniya qirolligi va bir qancha knyazliklar tarkibida boʻlib keldi. 1918 yilda knyazliklar barham topib. Tyuringiya yeri tashkil etildi. 1945 y. fashistlar Olmoniyasi parchalanib, Tyuringiya Sovet Ittifoqi okkupatsiya zonasiga oʻtdi. 1949 yildan Olmoniya Demokratik Respublikasi tarkibida 3 okrugga ajratildi. 1990 yilda Olmoniya birlashgach, okruglari ham birlashtirilib, Tyuringiya Respublikasi tashkil etildi.

Tyuringiyani muhim transport yoʻllari kesib oʻtganligi sababli, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi uchun sharoit kulay boʻlgan. Tyuringiya qadimdan hunarmandchilikning , ayniqsa, ov va sport qurollari ishlab chiqarish. markazi edi. Konchilik, elektrotexnika, keramika, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Chinni va shisha buyumlar, oʻyinchokdar ishlab chiqariladi. Stanoksozlik, optikamexanika, avtomobilsozlik korxonalari mavjud. Tyuringiyada 3 unt, bir nechta maxsus oliy oʻquv yurti, 50 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituta va texnik markazlar bor. Qishloq xoʻjaligida donli ekinlar, raps, kartoshka, qand lavlagi ekiladi. Tyuringiya — I.V.Gyo’te, I. Bax va boshqa mashhur shaxslar vatani.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.