Kazaklar

Kazaklar (turkiycha — dovyurak, botir, erkin odamlar) — rus va b. xalqlar tarkibidagi etnik guruh. RFda umumiy soni 5 mln. kishiga yaqin (20-asr oxiri). Dindorlari — pravoslavlar. Hoz. vaqtda Don va Ural havzalari, Volgaboʻyi va Kubandan tortib Zabaykalye, Ussuri, Irkutsk, Yenisey va Yettisuv atroflarigacha boʻlgan ulkan hududda yashaydilar. 15-asrda temuriy shahzodalarning qozoqlik qilib yurishi va qozoq xalqining nomlanishida K. soʻzining lugʻaviy maʼnosiga nisbatan muayyan darajada yaqinlik bor.

K. dastlab oʻrta asrlarda Dashti Qipchoqda yashagan qipchoqlar tarkibida erkin tabaqani tashkil qilganlar. Moʻgʻullar yurishidan keyin ularning turmushida muayyan oʻzgarishlar yuz berdi. 15— 17-asrlarda Rus podshosi mamlakat chegaralarini himoya qilishda ulardan keng foydalandi. Shu paytdan boshlab K. oʻz turkiy xususiyatlarini yoʻqota boshlab, slavyan xalqlari bilan aralashib ketdi. Keyinchalik Rus podsholari ularni ustalik bilan oʻz turkiy birodarlariga qarshi kurashga yoʻlladi. Dastlabki kazak qoʻshinlari Zaporojye Sechi, Terek, Yoyiq va b. joylarda harbiy jamoalar shaklida 16-asrning 1-yarmida vujudga keldi.

K. harbiy xizmatga oʻz kiyim-kechagi, oziq-ovqati, qurol-yarogʻi va ot-ulovi bilan borgan. Ularga hukumat tomonidan maosh toʻlangan, umrbod foydalanish uchun chekka hududlardan yer ajratilgan. Kondratiy Bulavin va Yemelyan Pugachyov boshchiligidagi qoʻzgʻolonlarda K. faol qatnashgan. 18-asrdan boshlab to 1917 y.gacha K. Rossiya imperiyasining umumiy qurolli kuchlari tarkibidagi harbiy tabaqa hisoblanib kelgan. 1750 y. Astraxon va 1755 y. Orenburg kazak qoʻshinlari tuzilib, ulardan noʻgʻaylar, qalmoqlar, qozoqlar va boshqirdlarga qarshi kurashda foydalanildi. 1787 y. Novorossiyskda Qora dengiz kazak qoʻshinlari tashkil qilindi. Dunay ortini Rossiya bosib olgach, 1828 y. Azov kazak qoʻshinlari ham tuzildi. 19-asrda Sibir va b. mintaqalarda ham koʻplab kazak qoʻshinlari tashkil qilindi. 20-asr boshlarida Rossiyada 11 ta kazak qoʻshinlari (Don, Kuban, Terek, Astraxon, Ural, Orenburg , Yettisuv, Sibir, Zabaykalye, Amur, Ussuri) mavjud edi. 1916 y. K. soni 4.434 ming kishi boʻlib, ulardan 480 ming kishi harbiy xizmatni oʻtagan. K. ixtiyorida 63 mln. desyatina yer boʻlgan. Birinchi jahon urushiga K. 300 ming askar joʻnatgan. Barcha kazak qoʻshinlari hamda viloyatlari harbiy va maʼmuriy jihatdan kazak qoʻshinlari bosh boshqarmasiga boʻysungan. Har bir qoʻshin boshida ataman turgan.

K. Rossiya olib borgan urushlarda, xususan, Yetti yillik urush (1756—63), Fransiya-Rossiya urushi (1812), Qrim urushi (1853—56), Rossiya-Turkiya urushi (187778) da muhim rol oʻynagan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida harbiy texnikaning taraqqiy etishi bilan otliq kazak qoʻshinining urushdagi mavqei birmuncha pasayib qoldi.

1917 y. fevral inqilobini K. xayrixohlik bilan kutib olishdi. Okt. toʻntarishidan keyin K. dastlab bolsheviklar va sovet rejimiga qarshi kurashdilar. Don, Kavkaz, Orenburg , Uralda kazak armiyalari tashkil qilindi. Xususan, K. Saritsin (hoz. Volgograd), Ural, Orenburg , Shim. Kavkazda faol harakat qilganlar. Sovet Rossiyasi rahbarlari VM.Lenin va Ya.M.Sverdlov buyrugʻi bilan K. ayovsiz qirgʻin qilindi. Leninning imzosi qoʻyilgan bitta telegramma olingandan keyin Donda qoʻzgʻolon koʻtargan oʻn minglab K. otib tashlandi. Shuningdek, K.ning katta qismi qizil armiya safida turib ok, gvardiyachilarga qarshi kurashgan. S.M.Budyonniy va O.I. Gorodovikov boshchiligidagi 1 va 2-otliq armiyaning ancha qismini K. tashkil qilgan. 1920 y. sovet rejimi tomonidan K. alohida harbiy tabaqa sifatida tugatildi.

1936 y. 20 aprelda K.dan harbiy xizmatga olishning cheklanganligi bekor qilindi va bir necha kazak diviziyalari tuzildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida generallardan L.M.Dovator, P.A.Belov va b. rahbarligidagi kazak qoʻshilmalari fashizmga qarshi kurashdilar. SSSRning parchalanishi natijasida 20-asr oxirlaridan K.ning madaniy anʼanalari va urf-odatlari qayta tiklandi, turli kazak tashkilotlari tuzildi.

Adabiyot

  • Murad Adji, Polin polovetskogo polya, M., 1994.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
26-oktabr

26-oktabr — Grigoriy taqvimida yilning 299- (kabisa yilida 300-) kuni. Yil yakuniga 66 kun qoladi.

Ataman

Ataman (qadimgi turkcha deb taxmin qilinadi) – qurollangan kazaklar ot-ryadining boshlig‘i. Xalq qo‘zg‘oloni boshliqlari ham A. deb atalgan (S. Raz-in va boshqalar). A.lar kazaklar tarixida katta o‘rin tutgan. Dastlab A. saylanar va turli vazifani o‘tardi. Zaporoje Sechi radasining hukmlarini A.lar ijro et-gan. A.lar lavozimiga saylash Zaporo-je Sechi tarqatib yuborilgunicha (1775) saqlangan. Don kazaklarida qo‘shin ata-mani, stanitsa atamani, qarorgoh ata-mani, poxod atamani bo‘lgan. 1917 yildan keyin A. unvoni bekor qilingan. 90-yillarda Rossiyada kazak otryadlari qaytadan tashkil qilindi va A.lar o‘zlarining inqilobdan oldingi mavqelariga ma’lum darajada ega bo‘la boshladilar.

Bogdan Xmelnitskiy

Bogdan (Zinoviy) Mixaylovich Xmelnitskiy (taxminan 1595–1657.6.8) — ukrain davlat arbobi, sarkarda, Ukraina getmani (1648–57), polyaklar zulmiga qarshi koʻtarilgan mustaqillik urushi rahbari (1648–54). 1637 – 38 yillardagi xalq qoʻzgolonlarida qatnashgan. 1640 yil oʻrtalarida polyaklarga qarshi qoʻzgʻolonga tayyorgarlik koʻrib, kazaklar qoʻshinini tuzgan. 1648 yil qamoqqa olingan, lekin koʻp oʻtmay Zaporojye Sechiga qochgan.

Ijtimoiy, diniymilliy zulmga qarshi qonli va uzoq davom etgan ozodlik urushlari 1648 yil yanvarda Xmelnitskiy boshchiligidagi milliy inqilobga aylangan. Bu urushlarda Qrim xonligi, Rossiya, Shvetsiya, Transilvaniya, Usmonli turk imperiyasi, Moldova va boshqa qatnashgan. Ukraina – Getmanlik mustaqil davlat boʻldi. 1654 yildan murakkab tashqi siyosat va harbiy vaziyat (Polsha qiroli katta armiya yuborgan) oqibatida Xmelnitskiy Moskva bilan davlatlararo harbiy ittifoqtuzgan. Xmelnitskiy mustaqil getmanlik hokimiyatini, cheklangan tashki siyosiy munosabatlar va kazak qoʻshinlarining 60 minglik tarkibini saklab qolish toʻgʻrisida taklif qilgan. Ukraina – Getmanlik xrkimiyatini tashki siyosatda tan olinishiga erishgan. Ukrainaga avtonom huquqi berilgan. Xmelnitskiy ukrain xalqini Polsha hukmronligidan ozod kilishda katta rol oʻynadi.

Bulavin qoʻzgʻoloni

Bulavin qoʻzgʻoloni — Don, Soʻl qirgʻoq va Sloboda Ukrainasi va Oʻrta Volgaboʻyida Don kazagi K. A. Bulavin (taxminan 1660—1708) rahbarligida chor hukumatiga qarshi koʻtarilgan dehqonlar va kazaklar qoʻzgʻoloni (1707—09). Qoʻzgʻolonchilar Cherkassk, Saritsin va boshqa shaharlarni qoʻlga oldilar. V. V. Dolgorukiyning jazo armiyasi tomonidan ular bir necha marta magʻlubiyatga uchragach, boy kazaklar qoʻzgʻolondan chetlashishgan. K. A. Bulavin xoin yasovul S. Ananin tomonidan Cherkasskda oʻldirilgan (1708). Oʻrta va Quyi Volgada qoʻzgʻolon 1709 yil boshigacha davom etgan.

Buxoroda 1910 yil yanvar voqealari

Buxoroda 1910 yil yanvar voqealari — Buxorodagi qonli fojia (9—11 yanvar). Shaharning shia mazhabidagi aholisi 9 yanvar kuni Oʻgʻlon darvozasi yaqinidagi sarbozxonada oʻzlarining motam marosimlari — "shaxseyvaxsey" (qarang Ashuro) oʻtkazayotganliklarida sunniy mazhabidagi mullavachchalar ularning bu holidan kuladilar. Bundan gʻazablangan shialar bir mullavachchani oʻldiradilar va uchtasini qamattiradilar. Sunniylarning vakillari amirning Arkiga kelib qushbegi Ostonaquldan gunohkorlarni jazolash va qamalganlarni ozod qilishni talab qiladilar. Qushbegi yigʻilganlarni haydab yuboradi. Shundan soʻng aholi Registon maydoniga toʻplanib yana oʻz talablarini qoʻyadi. Oʻzi shialardan boʻlgan qushbegi yigʻilganlarga qarshi sarbozlarni yuboradi va ikki oʻrtada jang boshlanadi. Bozorda ham sunniylar bilan shialar oʻrtasida janjal koʻtariladi. Sunniylar qoʻlga tushgan narsalar bilan qurollangan edi. Xiyobon madrasasi atrofida shialarning hujumi toʻgʻrisida xabar keladi, yigʻilgan olomon oʻsha tomon yoʻl oladi. Sarbozlar olomonning yoʻlini toʻsadi. Sodir boʻlgan jangda sunniylardan 240 kishi oʻldirilgan. Shundan soʻng sunniylar butun shaharga tarqalib, duch kelgan shialarni qira boshlaganlar. Bu xunrezlik 10 va 11 yanvar kunlari davom etadi. Qushbegi Rossiyaning siyosiy agentligiga yordam soʻrab murojaat qiladi. 11 yanvar da Samarqand va Kattaqoʻrgʻondan polkovnik Panov rahbarligida oʻqchi rota, kazaklar sotnyasi 4 pulemyot bilan keladi. Fojia haqidagi xabar Rossiya poytaxtigacha boradi, P. A. Stolipinning buyrugʻi bilan xunrezlikni oldini olish uchun I Turkiston armiyasi korpusi shtabining boshligʻi generalmayor Liliyental yetib keladi. Karmanada yashayotgan amir Abdulahad Buxoroga oʻzi kelishga jurʼat qilolmay oʻgʻli (taxt vorisi) Said Olimxonni joʻnatadi. Sunniy xalq qushbegi Ostonaqulni, Said Olim va Mirob Olim toʻqsobalarni hamda xalqqa jabrzulm oʻtkazgan bir qator shia amaldorlarini vazifasidan chetlashtirish, bundan soʻng ularni davlat ishlariga aralashtirmaslikni talab qiladi. Bu talablar qondiriladi.

Shaharda osoyishtalik hukm sura boshlaydi, 15 yanvarda sunniy va shia mazhablari vakillarining yarashish uchrashuvi tashkil etiladi, shundan soʻng rus qoʻshinlari shahardan olib chiqiladi.

Bu xunrezlikda shahar hunarmandlari, ishchilar, mayda savdogarlar, mullavachchalar, ruhoniylar va boshqa qatnashadi. Xunrezlik haqidagi xabar amirlik tumanlaridagi aholini ham junbishga soladi. Yanv. fojialarida umumiy hisoblarga qaraganda mingdan ortiq kishi halok boʻlgan. Bu xunrezlik amirlik va mustamlakachi Rossiya maʼmurlarini vahimaga solib qoʻygan.

Eskadron

Eskadron (frans.) — 1) 20-asr oʻrtalariga qadar muntazam kavaleriyadagi taktik boʻlinma; 2—4 vzvoddan iborat boʻlgan; kazaklar otliq qoʻshinida sotnya deb atalgan. Turli davlatlar armiyalarida E. 120—200 kishidan tashkil topgan. 4—6 ta E.dan kavaleriya polki tuzilgan; 2) ayrim xorijiy davlatlar (mas, Buyuk Britaniya) qurolli kuchlarida tank polkidagi taktik boʻlinma (101 kishi); boshqaruv guruhi, 4 tank va xizmat koʻrsatish vzvodlaridan iborat. Tank polkida, shuningdek, shtab E.i (100 kishi) va xizmat koʻrsatish E.i (111 kishi) ham mavjud.

Fevral inqilobi

Fevral inqilobi (1917) -Rossiyada samoderjaviyega barham bergan inqilob. Fevral inqilobi harbiy magʻlubiyatlar va xoʻjalikdagi vayrongarchilik bilan bogʻliq ravishda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy tanazzulning keskin kuchayishi oqibati edi. Oziq-ovqat yetishmasligi tufayli 23 fevralda Petrogradda stixiyali tarzda urushga qarshi mitinglar boshlandi, u ish tashlashlar va namoyishlarga, kazaklar va politsiya oʻrtasidagi toʻqnashuvlarga, 24— 25 fevral da esa yalpi ish tashlashga aylanib ketdi. 26 fevral

da qoʻshinlarga qarshi janglar, 27 fevral

da yalpi ish tashlash qurolli qoʻzgʻolon darajasiga koʻtarildi, askarlar ommaviy tarzda qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻta boshladi. Qoʻzgʻolonchilar shaharning muhim joylarini, hukumat idoralarini egalladilar. Nikolay II taxtdan voz kechdi. Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi. Ishchi va soldat deputatlari Soveti saylandi. Muvaqqat komitet hukumat tuzdi. 1 mart kuni Moskvada, mart oyi davomida butun mamlakatda yangi hokimiyat oʻrnatildi. Fevral inqilobi Turkiston oʻlkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uygʻotishda, demokratik oʻzgarishlarga boshchilik kilmoqchi boʻlgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning oʻzagi boʻlishdi. Ular mintaqa tub xalqlarining taraqqiyoti va mustaqilligi toʻgʻrisidagi oʻz gʻoyalarini Fevral inqilobi shiorlari bilan bogʻlab, oʻzlari eʼlon qilgan prinsiplarni amalga oshirishga faol kirishdilar. Toshkentda "Shoʻroi Islom" 1917 yil 14 mart) tashkiloti tuzilib, Turkiston taraqqiyparvarlarining aksariyati uning atrofida birlashsi. Bundan tashqari, Toshkentda Ishchi deputatlari Soveti (1917 yil 2 mart) ham tuzil gan edi. Turkiston oʻlkasi generalgubernatori va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondoni general Kuropatkin, uning yordamchisi general Yerofeyev, okrug shtabining boshligʻi general Sivere oʻz vazifalaridan chetlashtirilib, 31 martda uy kemogʻiga tashlandi. Muvaqqat hukumat tomonidan 1917 yil 7 avgustda Turkiston oʻlkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteta (raisi — kadet N. N. Shchepkin) tuzildi. Shuningdek, Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi (1917 yil 17— 21 apr.) da Turkiston oʻlkasi musulmonlari Markaziy Kengashi (Kraymussovet) ham tuzilib, barcha milliy jamiyatlar, tashkilotlar va ittifoqlar birlashtirildi. 1917 yil bahorda Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham siyosiy vaziyat keskinlashdi. Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi boʻldi va Xivada Idorai mashrutiya (1917 yil 5 apr.) tashkil topdi. Yosh buxoroliklar va yosh xivaliklar bu xonliklar hududida demokratik islohotlar uchun kurashdilar.

Getman

Getman (polyakcha hetman, nem. Hauptmann — boshliq soʻzidan) — 1) Ukrainada 16—17-asr 1-yarmida kazaklar rahbari, 1648 y.dan Ukraina hokimi va kazak qoʻshinlari boshligʻi; bir qator dehqon-kazak koʻzgʻolonlari rah-bari; 2) Polshada 15—16-asrlarda yollanma qoʻshinlar qoʻmondoni, 16—18-asrlarda butun armiya (barcha qoʻshinlar) qoʻmondoni.

GETTERLAR(ing . getters),gaz yutuvchilar — kimyoviy oʻzaro taʼsir yoki adsorbsiya natijasida gazlarni (inert gazlardan tashqari) bogʻlash xossasiga ega moddalar. G. boshqa gazlar bilan taʼsiri, kimyoviy faolligi, ularni eritish (absorbsiya) yoki sirtida ushlab qolish xossalari bilan farqlanadi. G. vakuum asboblarida inert gazlarni qoldiq gazlardan, qoʻshimchalardan va bugʻlardan tozalashda ham qoʻllaniladi. Sanoatda bugʻlanadigan va bugʻlanmaydigan G. ishlatiladi. Bugʻlanadigan G. gazlarni asbob devorlarida metalli koʻzgu hosil qilib bogʻlaydi. Bunday G. temir, nikel yoki mis sim yuzasidagi bariydan tashkil topgan boʻlib, tegishlicha (feba, niba, kuba) nomlanadi. Bugʻlanmaydigan G. — tantal, titan, sirkoniy, niobiy, toriy, shuningdek lantan, seriy va b. nodir elementlar — asosan gazlarning erish yoki adsorbsiyalanishi natijasida bogʻlaydi. Bunday G. asboblarga kukun holida joylashtiriladi yoki ulardan shu asboblarning ayrim qismlari yasaladi.

Ivan Bolotnikov

Ivan Isayevich Bolotnikov (? 1608) – Rossiyadagi qoʻzgʻolon (1606–07) rahbari. U yoshligida boyar Telyatevskiyning qaroli (xolopi) boʻlgan, keyinchalik kazaklar tomoniga qochgan, tatarlar uni tutib olib, turklarga qul qilib sotishgan. Bolotnikov Turkiya harbiy kemasida eshkakchi boʻlib ishlagan. Qullikdan qochib Rossiyaga qaytgan. Rossiyaningjan. hududlari, Moskva atrofi, Kaluga, Tulada qoʻzgʻolonchi qoʻshinlar tashkilotchisi. Qoʻzgʻolon bostirilgach, Bolotnikov Kargopolga surgun qilingan (1607 yil oktabr), ikkala koʻzi oʻyilib, suvga choʻktirilgan.

Lev Tolstoy

Lev Nikolayevich Tolstoy (Лев Николаевич Толстой, 28 avgust (9 sentabr), 1828, Yasnaya Polyana, Tula guberniyasi — 7 (20) noyabr, 1910, Astapovo stansiyasi, Tambov Guberniyasi) — keng ommaga mashhur rus yozuvchisi, publitsist va diniy namoyonda, tolstovchilar harakatining ideologi.

Tolstoy Lev Nikolayevich [1828. 28.8(9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlogʻi — 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hozirgi Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1873), faxriy akad. (1900). 1844—47 yillarda Qozon untining arabturk va huquqshunoslik ftlarida oʻqigan. 1851—53 yillarda Kavkazda boʻlib, janglarda ishtirok etgan. 1854 yil Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga koʻra, qamaldagi Sevastopolga utkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. T. 1855 yilda Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng "Sovremennik" ("Zamondosh") jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. Chernoʻshevskiy va boshqalar) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin sheʼrlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati taʼsirida sheʼrlar yozgan. Birinchi yirik asari — "Inson kamolotining toʻrt davri" avtobiografik asari ("Bolalik", 1852; "Oʻsmirlik", 1852-54; "Yoshlik", 185557; "Yigitlik", yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi T.ning "Sevastopol hikoyalari" (1855) toʻplamiga kirgan hikoya va ocherklarida oʻz ifodasini topgan.

50-yillar T. ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, qayotning axloqiyfalsafiy asoslari tasviri bilan uygʻunlashtirishga harakat qiladi. T. ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil "Kazaklar" qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Bu asarda oʻz inʼikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri T.ning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi.

Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin olgan "Urush va tinchlik" (1863—69) epopeyasi T. ning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni T.ning oʻz davri muammolaridan qochishi, deb baholagan boʻlsalarda, yozuvchi "Urush va tinchlik" romani bilan oʻz davrida roʻy bergan va oʻzi shaxsan guvoh boʻlgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, koʻplab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uygʻunlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr oʻrtalarida epik asarlar davri utdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa "Urush va tinchlik"dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin boʻla olmas edi. 1812 yilda Rossiyaning Napoleon qoʻshinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, T.ning rus xalqi ongidagi ana shu uygʻonishga murojaat etishi "Urush va tinchlik" romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini oʻtadi.

T.ning 70-yillar ijodida "Anna Karenina" romani aloxdda mavqega ega. "Urush va tinchlik"dan bu romanni yozguniga qadar boʻlgan davrda T.ning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat toʻgʻrisidagi orzu umidlari roʻyobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda T.ning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli oʻylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizigʻiga ega boʻlgan tarixi tasvir etilgan. T., aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta eʼtiqod qoʻygan, hayotda roʻy berayotgan voqealarga va kishilarning xattiharakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga boʻlgan munosabatiga, shakshubhasiz, taʼsir oʻtkazgan. T.ning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir boʻlayotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat aʼzolarida qanday chirkin xislatlar mavjud boʻlmasin, kishilar diniy qonunqoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qaxramonlar obrazini yaratadi.

70-yillarda ruhiy iztirob iqdimida yashagan T. oʻz hayot yoʻlini qayta nazardan oʻtkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yoʻli bilan bogʻliq jamiyat qatlamining maʼnaviy asoslari yolgʻonga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari "Iqrornoma" (1880) va "Eʼtiqodim nimada?" (1884) asarlarida oʻz ifodasini topdi. T.ning shu davrda yozgan asarlari orasida "Ivan Ilichning ulimi" (1886), "Kreyser sonatasi" (1889) qissalari, ayniqea, eʼtiborga loyiq.

T. 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, "Zulmat hokimiyati" (1886) dramasi va "Maʼrifat mevalari" (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan.

T. dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning soʻnggi yirik asarlaridan biri — "Tirilish" romani (1889—99)da oʻz aksini topdi. Xdyotda boʻlib oʻtgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda T. ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, maʼnaviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi masalasi "Hojimurod" (1896— 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan.

T. dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, oʻzi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning soʻnggi asarlari ("Tirik murda", 1890; "Baldan soʻng", 1903 va boshqalar) da ham aks etgan. T. hayotining Yasnaya Polyanadagi soʻnggi kunlari ruhiy iztiroblar poʻrtanasida kechdi. U yaqin kishilari toʻqigan igʻvo va fasod toʻridan qochib, 1910 yil Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yoʻlda shamollab, vafot etadi.

Oʻzbekistonda T. ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning "Odamlar nima bilan tirik?", "Xudo haqiqatni kursa ham tezda ayta olmaydi" makrlalari 1887—1902 yillarda "Turkiston viloyatining gazeti"da oʻzbek tilida nashr etilgan. T. haqidagi "Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi" degan maqola esa 1889 yil shu gaz.da tanikli maʼrifatparvar Sattorxon Abdugʻafforov tarjimasida bosilgan. T.ning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy ("Us todi avval", 1902), Aliasqar Kalinin ("Muallimi soniy", 1903), Abdulla Avloniy ("Birinchi muallim", 1909; "Ikkinchi muallim", 1912) singari jadid maʼrifatparvarlarining oʻquv qoʻllanmalari va darsliklarida eʼlon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida oʻqitilgan.

T. nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham oʻzbek jadidlarining eʼtiborini uziga jalb etgan. Birinchi oʻzbek advokati Ubaydulla Xoʻjayev 1909 yilda T.ga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi taʼlimoti yuzasidan xat yozib, oʻsha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining tanikli arboblaridan biri Abduvohid Qoriyev esa 1910 yil Yasnaya Polyanaga maxsus borib, T. bilan bir necha marta muloqotda boʻlgan. Ammo oʻzbek xalqining T. ijodi bilan yaqindan tanishishi 20-asrning 30-yillaridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Ot sporti

Ot sporti — otda yurish musobaqasi. Asosiy turlari: ot yoʻrttirish; konkur-ippik (toʻsiqlardan sakrab oʻtishning yuksak turi); uch kurash (manejda yurish), dalada sinash (yoʻdda yurish, stipl-cheyz, kross) va toʻsiqlardan sakrash; poyga, otda ov qilish, ot ustida mashq qilish va boshqa Miloddan avvalgi 680 yildan boshlab antik Olimpiada oʻyinlari dasturiga ot ara-valarda musobaqalar kiritilgan edi. Otda yurishning maxsus maktabi 16-asr boshida Italiya, Fransiya, Ispaniya, Avstriyada paydo boʻldi. Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Shim. Kavkaz, shuningdek, kazaklar yashaydigan joylar (Don, Kuban, Ural, Terek)da qad. zamonlardan milliy ot oʻyinlari rivojlangan. Oʻzbe-kiston hududida Ot sporti taxminan 3 ming yillik tarixga ega. Uloq (koʻpkari), olomon-poyga, "agʻdarish", "qiz quvdi" xalqning ommaviy milliy Ot sporti oʻyinlari hisoblanib kelgan.

Hozirgi zamon Ot sporti 1900 yildan Olimpiada oʻyinlaridan joy olgan. 1953 yildan jahon va Yevropa chempionatlari oʻtkaziladi. Ot sporti Xalqaro federatsiyasi — FEI (1921 yil tuzilgan) 100 ga yaqin mamla-kat milliy federatsiyalarini birlash-tiradi. Oʻzbekiston Ot sporti federatsiyasi unga 1993 yildan aʼzo.

20-asrning 30-yillari boshida Oʻzbekistonda DOSARM (Armiyaga koʻmaklashuvchi koʻngilli jamiyat) tashkil qilingan edi. Unda armiyaning kavaleriya qismlari uchun otliqlar tayyorlanardi. 1953 yil DOSARM ot sporti klubi DOSAAF (Armiya, aviatsiya va flotga koʻmaklashuvchi koʻngilli jamiyat) ot sporti klubiga aylantirildi. Shu yildan oʻtkazila boshlagan butunittifoq mu-sobaqalarida oʻzbek sport ustalari mu-vaffaqiyatli qatnashgan. Aleksandr Kiselyov, Joʻra Alimov, Vladimir Arafyev, Roza Bagautdinovadan iborat jamoa aʼzolari DOSAAF mamlakat kubo-gini qoʻlga kiritdilar (1954). 1960 yilgacha Ot sporti faqat poytaxt Toshkentdagi yagona sport klubi bazasida rivojlangan boʻlsa, keyingi oʻn yil oraligʻida res-publikada bir qancha Ot sporti klublari va seksiyalari ochildi. Xalqaro toifadagi sport ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy M. Ismoilov, shuningdek, V. Dvoryaninov, A. Abduqodirov, Yu. Kovshov, Iskandar va Ibrohim Yoʻddoshev, V. Petrov, S. Lisitsin, A. Tankovlar olimpiada oʻyinlari, jahon va Yevropa chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. 1990 yilgacha Ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bu musobaqalarda 50 dan ortiq medalni qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekistonda respublika Ot sporti oliy mahorati maktabi, 3 ta olimpiya zaxiralari maktabi va 5 ta bolalar hamda oʻsmirlar sport maktablari faoliyat koʻrsatadi (2003). Har yili Ot sporti boʻyicha respublika chempionati oʻtkaziladi. 1997 yildan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mustaqil ravishda xalqaro musobaqalarda qatnashadi. Oʻzbekistonliklar jahon kubogi musobaqalarida toʻsiqlardan sakrash boʻyicha 1-oʻrinni egalladi (2003 yil, Bishkek shahri), Gʻayrat Nazarov "Kovum" laqabli otida jahon kubogini qoʻlga kiritdi (1998, Olmaota), Sergey Shmelev, Iskandar Yoʻldoshev, Aleksandr Martinov, Anna Lisyak sovrinli oʻrinlarni egalladilar.

Pirimqul Qodirov

Pirimqul Qodirov – oʻzbek yozuvchisi. 1928-yil 25-oktyabrda Turkiston tizma togʻi etagidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi. 1951-yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954-yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi. Birinchi kitobi – „Studentlar“ 1950-yilda chop etilgan. Yangi avlod oʻzbek ziyolilarining shakllanishi „Uch ildiz“ romanida (1958) tasvirlangan. Roman 1959-yilda Moskvada rus tilida chop etildi.

Qarqarali

Qarqarali — (qoz. Қарқаралы) Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻanda viloyatidagi shahar. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qaragʻayli (23 km). Qarqarali togʻi etagida joylashgan. Qarqarali tumani markazi. Aholisi 7,8 ming kishi (2002). Zooveterinariya bilim yurti bor. Q 1824 yil da kazaklar stanitsasi sifatida vujudga kelgan.

Qozoqlik

Qozoqlik, qozoqilik - 15—16-asrlarda hokimiyat uchun kurashda magʻlubiyatga uchrab, oʻz el-yurtidan ajrab boshqa oʻlkalarda kuch toʻplash uchun yurgan shahzoda yoki hukmdorlar "qozoq", ularning shunday yurish-turmushi esa "Q." deb atalgan (yana q. Kazaklar).

Razin qoʻzgʻoloni

Razin qoʻzgʻoloni, Stepan Razin boshchil igidagi dehqonlar urushi (1670—71) — Rossiyada pomeshchiklarga va krepostnoylikka qarshi dehqonlar urushi. Don, Volgaboʻyi va Volga ortiga yoyilgan. 17-asr oʻrtasida krepostnoy dexdonlarni asoratga solishning juda kuchayishi tufayli kelib chiqqan. Urushga S.T.Razin, V.R.Us, F.I.Sheludyak va boshqa boshchilik qilgan. Bu urushda harakatlantiruvchi kuch — krepostnoy dehqonlar, kazaklar, savdogarlar, hunarmandlar va Volga boʻyining rus boʻlmagan xalqlari (chuvashlar, marilar, mordvalar, tatarlar) boʻlgan. Razin otryadlari 1670 yilning kuzida quyi Volgaboʻyini egallaganlar. Shu yilning avg .da Razin katta qoʻshin (taxminan 10 ming kishi) bilan Saritsindan chiqib, Volga boʻylab Moskva tomon yurgan va sent.da Simbirskiy qamal qilgan. Ayni paytda qoʻzgʻolonchilar otryadlari Kurmish, Alatir, Saransk, Penza va boshqa joylarni ham qoʻlga kiritganlar. Qoʻzgolonchilar okt.da Simbirsk ostonalarida magʻlubiyatga uchradilar.

Stepan Razin

Razin Stepan Timofeyevich (taxminan 1630—71) — Rossiyada dehqonlar urushi (1670—71) rahbari, Don kazagi. 1662—63 yillarda Don atamani, qrim tatarlar va turklar bilan kurashgan. 1667 y. kambagʻal kazaklar otryadi bilan Volga va Yoyiqqa, 1668—69 yillarda Kaspiy dengizi orqali Eronga harbiy yurishlar uyushtirgan. 1670 y. bahorida dehqonlar urushiga rahbar boʻlgan. Kazak starshinasi (oqsoqoli) tomonidan chor hukumatiga xoinona tutib berilgan. Moskvada qatl etilgan (yana q. Razin qoʻzgʻoloni).

Ukraina

Ukraina (ukr. Україна) — Yevropaning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 596,06 ming km². Aholisi 45 553 ming. kishi (2013). Poytaxti – Kiyev shahri. Maʼmuriy jihatdan 23 viloyat – Vinnitsa, Volin, Dnepropetrovsk, Donetsk, Jitomir, Zakarpatye, Zaporojye, Ivano-Frankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sevastopol, Simferopol, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelnitskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, Kiyev shaharlariga boʻlinadi.

Yakutsk

Yakutsk — shahar, RF Saxa Respublikasi poytaxti. Lena daryosi boʻyidagi port. Aholisi 210,7 ming kishi (2002). Respublikaning sanoat va madaniyat markazi. Yakutsk Lena daryosining oʻng sohilida, 1632-yilda ostrog (oʻtkir uchli yogʻochlar bilan oʻralgan qalʼa) sifatida vujudga kelgan. 1642—43 yillarda daryoning chap sohiliga koʻchirilgan. 17 — 18-asrning 1-yarmida Yakutsk shimoli-sharqiy Sibirning harbiy-maʼmuriy va savdo markazi hamda Uzoq Sharqda rus mustamlakachiligining tayanch punkti boʻlgan. Yakutsk aholisini, asosan, ruslar (kazaklar, sanoatchilar, savdogarlar, badargʻa qilinganlar) tashkil qilgan. 1708-yildan Yakutsk Sibir guberniyasida, 18-asr oxiridan Irkutsk guberinyasi tarkibiga kirgan. 1851-yildan Yakutiya viloyati markazi, 1922-yildan Yakutiya Muxtor SSR poytaxti.

20-asr oʻrtalaridan Yakutsk sanoat, ilmiy va madaniy markaziga aylandi. Qurilish materiallari ktlari, kemasozlik, kema taʼmirlash, sut, baliq, pivo, likyoraraq va boshqalar zavodlar, yengil sanoat (shu jumladan, koʻnpoyabzal) korxonalari, GRES ishlab turibdi. Universitet, bir qancha oʻrta maxsus bilim yurtlari, Rossiya FA Sibir boʻlimining ilmiy markazi, 3 teatr, telemarkaz, 6 muzey, jumladan, tarix — oʻlkashunoslik, adabiyot, Gʻarbiy Yevropa sanʼati, tasviriy sanʼat, olmos muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Spas monastiri (17-asr), voyevoda kanselyariyasi (18-asr) binolari saqlangan.

Zaporojye sechi

Zaporojye sechi - 16-18-asrlarda ukrain kazaklarining Dnepr ostonalari ortidagi tashkiloti. Asosiy istehkom — Sech nomidan olingan. 1654 y.gacha kazaklar "respublikasi" boʻlib, uning yuqori organi Sech radasi hisoblangan. Qoʻshboshi ataman tomonidan boshqarilgan. Qoʻsh (qoʻshin)larga boʻlingan. Qrim xonligi, Usmonli turk saltanati, polyakukrain hukmron doiralariga qarshi kurash olib borgan.

16—17-asrlarda ukrain xalqining ozodlik kurashida katta rol oʻynagan. 1709 y. "Eski Sech" deb atalmish tashkilot tugatilgan, 1734 y. hukumat tomonidan "Yangi Sech" deb atalgan tashkilot tashkil etilgan; 1775 y. tugatilgan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.