Kastiliya

Kastiliya (Castilla — qasr) — Pirenei yarim orol markaziy qismidagi qirollik (11 — 15-asrlar). 1035 yil tashkil topgan. Leon qirolligi bilan bir necha bor birlashib (1037-1165, 1072-1157, 1230 y.dan uzil-kesil), kuchli davlatga aylangan. 1479 yil K. qirolichasi Izabella bilan Aragon qiroli Ferdinandning oʻzaro nikohlanishi 2 qirollikning birlashib, yagona Ispaniya davlatining tashkil topishiga asos boʻlgan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Andalusiya

Andalusiya (isp. Andalucía) Ispaniyaning janubiy, eng seraholi viloyati, avtonom jamoatdir. Markazi – Sevilla shahri. Aholisi – 8 424 102 kishi. Maydoni – 87 268 km2.

Ma’muriy jihatdan 8 provinsiya – Al-meriya, Granada, Kadis, Kordova, Malaga, Sevilya, Uelva, Xaenga bo‘linadi. Eng yirik portlari: Sevilya, Kordova (Qurtuba), Malaga, Kadis. Yevropaning eng janubiy nuqtasi – Marroki burni Andalusiya janubiy-g‘arbda Atlantika okeani (Kadis qo‘ltig‘i), janubi-sharqda O‘rta dengiz bilan o‘ralgan, janubida Gibraltar bo‘g‘ozi uni Afrika qitasidan ajratib turadi. Gvadalkvivir daryosi havzasidagi Andalusiya pasttekisligi viloyat hududining aksari qismini egallagan. Pirenei yarim orolning eng baland nuqtasi – Mulasen cho‘qqisi (3478 m) Andalusiyada joylashgan. Tog‘lar doim yashil o‘rmon va butazorlar bilan qoplangan. Andalusiyada asosan, g‘alla, paxta, dukkaklilar, shakarqamish, zaytun mevasi va zaytun moyi, sitrus mevalar (apelsin) hamda uzum yetishtiriladi. Qo‘y, qoramol (korrida o‘yinlari uchun buqa), yilqi boqiladi, baliq ovlanadi, dengizdan tuz olinadi.Yalpi mahsulot qiymatining 1/5 qismi sanoatga to‘g‘ri keladi. Andalusiyada poli-metall rudalari, temir ruda, toshko‘mir konlari bor. Ishlab beruvchi sanoat tarmoqlaridan tashqari rangli metallurgiya, mashinasozlik (jumladan ke-masozlik), to‘qimachilik, kimyo, neft, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Malaga shahri kurort rayonining markazi sifatida mashhur. Andalusiya nomining kelib chiqishi aniqlan-magan. Arablar 8-asr avvalida Pireney yarim orol katta qismini egallagach, o‘sha joylarni Andalusiya (al-Andalus) deb ataganlar. Andalusiyada qadimda iberlar yashagan. Andalusiyada finikiyaliklarning manzilgohlari (koloniyalari) [Gades (Kadis), Korduba (Kordova), Malaka (Malaga) va boshqa], so‘ngra karfagenliklarning manzilgohlari bo‘lgan. Ispaniyada Rim hukmronligi davrida A. Betika (Rim provinsiyasi) hududiga kirgan. Arablar hukmronligi o‘rnatilgan davrda Andalusiya 4 ta qirollik (amirlik) – Xaen, Kurtuba, Sevilya, G‘arnataga bo‘lingan. 13-asrda rekonkista jarayonida A. arablardan tortib olingan (G‘arnatadan tashqari). 1492 yil G‘arnata egallanishi bilan Andalusiya to‘la-to‘kis Kastiliya va Aragon qirolligiga qo‘shib olingan. A.ning keyingi tarixi Ispaniya tarixi bilan uyg‘unlashib ketgan. Granada, Kordova, Malaga, Sevilya shaharlarida Rim davri, arab madaniyati va Uyg‘onish davrining tarixiy yodgorliklari saqlangan.

Asturiya

Asturiya — Ispaniya shimolidagi tarixiy viloyat. Kantabriya tog‘larining shim. yon bag‘rida. Ma’muriy jihatdan hozirgi Ovedo provinsiyasini tashkil etadi. Maydon 10,6 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1991). Eng katta shaxri — Ovedo. Qadimda astura qabilasi to-monidan egallangan edi. Mil. av. 1-asrda rimliklar, 414 yilda vestgotlar tomoni-dan ishg‘ol qilingan. 6-asr oxirlarida ara-blar qo‘liga o‘tgan. Asturiya 718 yildan (Kovadon-ga vodiysidagi jangdan so‘ng) qirollik (poytaxti — Ovedo). 924 yilda Asturiya hududi Leon qirolligi bilan qo‘shilib yagonaLe-on qirolligi, 1230 yilda Kastiliya bilan birlashib, Leon-Kastiliya qirolligi deb ataldi. 15-asrda birlashgan Ispaniya tarkibiga kirgan. 1808—14 yillarda Asturiya aholisi Napoleon qo‘shinlariga qarshi qat-tiq kurash olib borgan. Asturiya Ispaniyaning eng muhim konchilik sanoati rayoni mamlakatning asosiy ko‘mir havzasi (toshko‘mir qazib chiqarishda mamlakatda 1-o‘rinda turadi). Simob, mis, temir rudasi, volfram, dala shpati konlari ham bor. Elektr energiya ishlab chiqarishda mamlakatda 3-o‘rinda turadi. Qora metallurgiya va kimyo korxonalari, harbiy zavodlar, oziq-ovqat, charm poyabzal, to‘qimachilik, yog‘ochsozlik, tamaki, baliq sanoati korxonalari bor. Makkajo‘xori, kartoshka, yem-xashak ekinlari ko‘proq ekiladi. Yaylov ko‘p. Asturiya sut-go‘sht chorva-chiligining asosiy rayoni. Mevachilik ri-vojlangan.

Basklar mamlakati

Basklar mamlakati (Baskoniya; baskcha — Euskadi) — Ispaniyaning muxtor tarixiy viloyati. Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻi yonida. Maydoni 7,3 ming km². Aholisi 2,1 mln. kishi (1992), aksariyati basklar. Maʼmuriy markazi — Viktoriya shahri. Biskay, Gipuskoa va Alava provinsiyalarini oʻz ichiga oladi. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 5-asr oʻrtalarigacha basklar egallagan hudud. Rimga faqat nomigagina qaram boʻlgan. Pireneya yarim orolda vestgot va arablar hukmronligi davrida ham basklar mustaqil, erkin boʻlib qolgan; Rekonkista tayanchi boʻlgan. 11 — 15-asrlarda Basklar mamlakati Navarra va Kastiliya hukmronligi ostida, 15-asr oxiri va 16-asrlarda Ispaniya davlati tarkibiga kirgan va 1876 yilgacha maʼlum darajada oʻz muxtoriyatini saqlab qolgan. 1936 yilda muxtor rayon maqomini oldi va Basklar mamlakati deb nomlandi. 1939 yilda Basklar mamlakati muxtoriyati bekor qilindi. 1978-yilgi konstitutsiyaga binoan vaqtincha, 1980-yil yanvardan yana doimiy muxtoriyatga erishdi.

Diplomatiya

Diplomatiya (frans. — davlatlarning tashqi siyosat, sohasidagi vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. "Diplomatiya" termini yunon tilidagi "ikki bukilgan qogʻoz" soʻzidan olingan. Qadimda Yunoniston va Rimda taxtakach muqova ichiga solingan xat elchilarga ular vakolatini tasdiqlovchi ishonch yorligʻi yoki hujjat sifatida taqdim etilgan. Bu termin hozirgi maʼnoda Gʻarbiy Yevropada 18-asr oxirida rasm boʻlgan. D. davlat tashqi siyosatining eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi, ana shu siyosatning maqsad va vazifalari D. shakli va uslublarini belgilab beradi. Diplomatik faoliyatning asosiy shakllari: diplomatik kongresslar, konferensiyalar yoki kengashlar; nota, memorandum, bayonot va h.k. shakllardagi diplomatik yozishma; xalqaro shartnomalarni tayyorlash va imzolash; davlatning elchixonalar va missiyalar orqali amalga oshiradigan chet eldagi vakilligi; xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish; tashqi siyosiy masalalar boʻyicha hukumat nuqtai nazarini matbuotda yoritish. Diplomatik muassasalar va ularning masʼul xodimlari diplomatik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. Xalqaro huquqqa binoan, diplomatik vakillarga oʻzlari ishlayotgan mamlakat ichki ishlariga aralashish man etiladi.

D.ning shakllanishi davlatning yuzaga kelishi, uning muayyan organlari va lavozimdor shaxslari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻzbek davlatchiligi tarixida chet ellar bilan muntazam aloqalar yoʻlga qoʻyilganligi yaxshi maʼlum. Amir Temur davlati Fransiya, Angliya, Kastiliya, Konstantinopol, Genuya va Venetsiya bilan elchilar orqali aloqalarni yoʻlga qoʻygan.

Oʻzbekiston mustaqil davlat boʻlgach, xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subʼyektiga aylandi. 120 dan ziyod davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi (2002 yil yanvar). BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa obroʻli xalqaro tashkilotlar va kengashlarga aʼzo boʻldi. Uning tashqi siyosati, diplomatik faoliyati OʻzR Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan boshqa qoida va meʼyorlariga asoslanadi. Teng huquqlilik, oʻzaro manfaatdorlik va oʻzaro hurmat Oʻzbekiston D.sining asosiy tamoyillaridir. OʻzR jahonda yangicha iqtisodiy tartib oʻrnatish, butun dunyoda, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yalpi tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun, xalqaro terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashda jahon hamjamiyati bilan birga faol harakat qilmoqda, bu yoʻlda barcha diplomatik kanallarni ishga solmoqda. Oʻzbekistonda D. kadrlari Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tayyorlanadi.

Duero

Duero (portugalcha — Doru) — Pirenei ya. o.dagi dare. Ispaniyadagi Iberiya togʻlaridan boshlanib, Portugaliyaning Portu sh. yonida Atlantika okeaniga quyiladi. Uz. 925 km, havzasining mayd. 95 ming km2. Eski Kastiliya yassitogʻligini kesib oʻtgan qismida chuq. 30–40 m li kanon hosil qilgan. Portugaliya hududida keng vodiydan oqadi. Qish va bahorda sersuv, bu mavsumlarda suv sathi daralardan oʻtgan joyida 15–20 m gacha koʻtariladi. Quyilish joyida oʻrtacha suv sarfi 700 m3/sek. Quyilish joyidan boshlab 200 km masofada kema qatnaydi. Suv ombori va GES qurilgan. D.dan sugʻorishda foydalaniladi.

Elchi

Elchi — 1) bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga rahbarlik qiluvchi diplomatik vakil. Tarixiy manbalarda bir davlat hukumati tomonidan ikkinchi davlat hukumatiga diplomatik vazifa bilan yuboriladigan doimiy yoki muvaqqat vakil E.gina emas, balki yalavoch, yalafar, rasul atamalari bilan ham ifodalangan. Muxtor vakil hisoblanmish E. zimmasiga diplomatik aloqalar oʻrnatish, davlatlar yoxud dushman tomonlar oʻrtasida tinchlik oʻrnatish, hamkorlikdagi harakatlarga oid bitimlar tuzish, davlat boshligʻi yoki hukmdor sulola aʼzolarining vafoti munosabati bilan taʼziyalar bildirish, biron bir shodiyona bois muborakbodlar qilish kabi masʼuliyatlar yuklatilgan. Oltin Oʻrda xonligida E.ning bosh vazifalari sirasiga hukumat xazinasiga tobe yurtlardan yigʻilgan oʻlponni oʻz muddatida yetkazish ham kirgan.

11-asr yozma obidasi "Qutadgʻu bilig"da E. etib tayinlanadigan shaxsning bir qator talablarga javob berishi taʼkiddangan. Xususan, uning bilimli, zakovatli, sadoqatli, koʻzi toʻq, bosiq, uyatandishali, keng qamrovli, zehnli, dono, ziyrak, ichimlik ichmaydigan, koʻrkli, mard, shirin soʻzli boʻlishi talab etilgan. "E." atamasi ilk bor Uyuq daryosi vodiysidan topilgan qadimiy turkiy Enasoy runik bitikida qayd etilgan boʻlsa, "yalavoch" atamasi birinchi marta Oltinkoʻl yaqinidan topilgan Enasoy yodnomasida koʻzga tashlanadi. Mazkur qadimiy turkiy bitigda 711 yilning avg .—sentabrda Tibetga Turk xoqonligidan kelgan diplomatik vakilning tashrifi xususida gap boradi.

Chingiziylar davrida E.lar darajasiga qarab oltin, kumush, choʻyan, jez va yogʻoch payza bilan taʼminlangan.

E. oʻz vataniga qaytishdan oldin diplomatik vakolati tugayotgan davlat boshligʻidan maxsus yorliq — ijozat qogʻozi olishi lozim hisoblangan.

E.ning oʻldirilishi yoki hibs qilinishi aksariyat diplomatik munosabatlarning keskinlashuviga, baʼzan uzilishiga olib kelgan. Jumladan, Oʻtrorda moʻgʻul E.larining Xorazmshoh tomonidan qatl qilinishi Movarounnahrning Chingizxon boshliq istilochilar tomonidan zabt etilishini tezlashtirdi.

Amir Temur va Temuriylar davrida Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida savdosotiq va E.lik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga gʻoyat katta eʼtibor berilgan. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va E.lik aloqalari oʻrnatgan. Tashqi savdoni kengaytirishda temuriylarning turli mamlakatlar (Xitoy, Tibet va Hindiston va boshqalar) bilan olib borgan E.lik aloqalari muhim ahamiyatga ega boʻlgan;2) oliy diplomatiya darajasi — favqulodda va muxtor elchi (qarang Diplomatiya daraja va martabalari).

Granada amirligi

Granada amirligi, Gʻarnota amirligi — Pirenei yarim oraldagi soʻnggi arab davlati (poytaxti — Granada). 1238 yilda tashkil topgan. Kastiliya bilan boʻlgan kurashda yengilgan (1492).

Ispaniya

Ispaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) — Yevropaning janubi-gʻarbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. Maydon 504,75 ming km2. Aholisi 47,27 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 50 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Poytaxti — Madrid sh.

Klavixo (elchi)

Klavixo, Rui Gonsales de Klavixo (? — 1412.2.4) — Kastiliya qiroli Genrix III (Enriko Sh)ning Amir Temur huzuriga yuborgan 2-elchiligi (tarkibida olim A. Paes va saroy shoiri Gomes de Salasar ham boʻlgan) rahbari. K. qad. va badavlat xonadonda tugʻilgan. Elchilar 1403 yil 22 mayda Kadis shahridan yoʻlga chiqib, 15 oydan soʻng Samarqandga yetib kelgan. K. tomonidan yozilgan elchilik kundaligi (1403—06) bosib oʻtilgan manzillar (Kadis, Balear o.lari, Gaeta, Messina, Rodos, Xios, Konstantinopol, Trapezunt, Arzirum, Tabriz, Tehron, Nishopur, Mashhad, Balx, Buxoro, Samarqand)ning batafsil bayoni va etnografik maʼlumotlardan tashqari, Amir Temur saltanatining mukammal siyosiy-iqtisodiy tafsilotidan iborat. K.ning safar xotiralari 1-marta 1582 i. Argonte de Molina shahrida "Buyuk Temur tarixi" nomi bilan nashr etilgan. Asarda Amir Temurning Samarqanddagi Bogʻi Dilkushoda oʻtkazgan qabul marosimi, ushbu bogʻ tavsifi, shuningdek, Amir Temurning obodonchilik soxasida olib borgan siyosati batafsil bayon etilgan. U Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi boʻyicha qimmatli manba hisoblanadi.

Kordova (shahar)

Kordova, Kurtuba — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar, Andalusiyada, Gvadalkvivir daryosi vodiysida. Kordova provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 310 ming kishi (1998). Shahar miloddan avvalgi bunyod etilgan. 711 yildan K. arablar qoʻl ostiga oʻtgan. 756 yildan Qurtuba amirligi, 929 yildan Kurtuba xalifaligining poytaxti boʻlgan. 1236 yildan K. Kastiliya tarkibida.

K. — transport yoʻllari tuguni. Mis eritish sanoatining yirik markazi. Elektrotexnika va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, oziq-ovqat (jumladan, vinochilik, un tortish, shakarqand va boshqalar), toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Un-t, tasviriy sanʼat va arxeologiya muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid (qarang Kordova katta masjidi), Madinat azZahro saroyi qoldiqlari, San-Migel va San-Lorenso cherkovlari (13-asr) va boshqa saqlangan.

Leon (qirollik)

Leon (Leon) — Pireney ya.o.ning shim.-gʻarbidagi qirollik (10—13-asrlar). 909—910 yillarda vujudga kelgan. 914 yilda L. tarkibiga Galisiya vi-loyati kirgan. 924 yilda L. va Asturiya viloyati qoʻshilib, birlashgan L. qirolligini (markazi L. shahri boʻlgan) tash-kil etishgan. 1035 yilda Kastiliya L.dan ajralib mustaqil qirollik boʻlgan. L. va Kastiliya 1037—65, 1072—1157 yillar birlashgan qirollik (Kastiliya yoki Kastiliya va L.) ni tashkil etishgan; ularning uzil-kesil birlashishi 1230 yilda sodir boʻlgan.

Leon (shahar)

Leon — Ispaniyaning shim. qismidagi shahar. Leon tarixiy viloyatida, Kastiliya-Leon muxtor viloyatining maʼmuriy markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Aholisi 140 ming kishi (1998). Metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻn-teri, oziq-ovqat sanoati kor-xonalari, arxeologiya muzeyi bor. Sha-harga rimliklarning harbiy lageri sifatida asos solingan, 10—13-asrlarda Leon qirolligi poytaxti. 11 — 16-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklaridan cherkov, gotika sobori va boshqa saqlangan.

Madrid

Madrid — Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri. Mamlakatning asosiy siyosiy, iktisodiy va madaniy markazi. Mansanares daryosi (Taxo havzasi) boʻyida, Meseta platosida, 650 m balandlikda joylashgan. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4,9°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 420 mm. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Ahrlisi 2,8 mln. kishi (1998).

M. ilk bor qoʻlyozmalarda 932 yilda qayd etilgan.M. oʻrnida Yu-asraa mavr-ush/jing Majirit nomli qalʼasi boʻlgan. 1083 yilda arablardan ozod etilgan va 1118 yildan erkin shahar huquqi berilgan. 14—15-asrlarda Kastiliya qirollari qarorgohi. 1561 yildan Ispaniyaning rasmiy poytaxti.

M. va uning atrofidagi korxonalar mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/10 qismini beradi. Shahar sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, lokomotivsozlik), elektrotexnika (optika priborlari, radiotexnika va telefon jihozlari, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqarish). Kime (jumladan, plastmassa ishlab chiqarish), qurilish materiallari, poligrafiya, kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, farfor-fayans va boshqa sa-noat korxonalari bor. Badiiy xunarmandchilik (kashta tikish, toʻr toʻqish, zargarlik buyumlari tayyorlash va boshqalar) rivojlangan. M.da yirik korxonalar boshqarmasi, banklar, sugʻurta kompaniyalari, savdo firmalari va birjalar joylashgan. M. — xalqaro turizm markazlaridan. Untlar, Mariya Kristina qirollik kollegiumi, konservatoriya, sanʼatshunoslik va boshqa oʻquv mu-assasalari, Qirollik akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, astronomiya rasadxonasi, botanika bogʻi, kutubxonalar, Prado muzeyi, Milliy arxeologiya, sanʼat va boshqa muzeylar bor. Metropoliten qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan yepiskop ka-pellasi (1520), Pla sa Mayor ansambli (1619), Kirol saroyi (1738—64), cherkovlar, ratusha (17—18-asrlar) va boshqa saqlangan.

Malaga

Malaga — Ispaniyaning janubiy qismidagi shahar, Andalusiya muxtor viloyatida. Malaga provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 528 ming kishi (1998). Oʻrta dengiz boʻyidagi muhim port (yiliga 7 mln. t yuk ortib-tushiriladi) baliq ovlash markazi. Oziq-ovqat va sanoati rivojlangan: vino, zaytun moyi, meva va baliq konservalari ishlab chiqariladi. Kime, neft kimyosi, metallsozlik, toʻqimachilik, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik) sanoati korxonalari mavjud. Iklim kurorta. Universitet, muzey bor.

M.ga miloddan avvalgi 11-asrlarda finikiyaliklar tomonidan asos solingan. Arablar hukmronligi davrida (8-asr) yirik shahar boʻlgan. 11-asrdan amirlik markazi. 1487 yildan Kastiliya tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklaridan 9—18-asrlargaoid saroylar, qasrlar, sobor, cherkov va boshqa saqlangan. M.da Pablo Pikasso tugʻilgan.

Meseta

Meseta, Kastiliya yassitogʻligi — Ispaniya va Portugaliyadagi yassitogʻlik, Pirenei ya.o.ning katta kismini egallaydi. Asosan, kristall jinslardan tuzilgan. Plato, uncha baland boʻlmagan massiv va togʻ oraligʻi botiqlaridan iborat, gʻarbida tektonik yoriklar bilan kuchli parchalangan. Aksari qismining balandligi 600–1200 m. M.ning oʻrta qismini egallagan Markaziy Kordilyera togʻlari (eng baland joyi 2592 m. Almansor togʻi) yassitogʻlikni Eski Kastiliya va Yangi Kastiliya yassitogʻliklariga ajratib turadi. Iklimi Oʻrta dengiz boʻyiga xos, quruq iqlim. Asosiy daryolari Duero, Taxo, Gvadiana. Oʻsimlik dunyosi kserofit butalar va dasht oʻsimliklaridan, shim.-gʻarbiy qismida siyrak keng bargli va igna bargli oʻrmonlardan iborat. Donli ekinlar ekiladi, bogʻlar va tokzorlar barpo qilingan. Yaylov chorvachiligi rivojlangan. Madrid shahri M.da joylashgan.

Navarra

Navarra — oʻrta asrlarda Pirenei ya.o.da poytaxti Pamplona boʻlgan qirollik (905—1512). Ilk tarixi kam oʻrganilgan. 9-asr oʻrtalarida N. grafligi arablar va franklar oʻrtasidagi kurash natijasida mustaqillikka erishgan. N.ning 1-qiroli Sancho Garsiya (905— 925 yillar hukmronlik qilgan) boʻlgan. Sancho III Buyuk davrida (1000—1035) N. oʻz hududiga Leon, Kastiliya, Aragon, shuningdek, Ispaniya va Fransiyadagi basklar yerlarini qoʻshib olgan. Sancho III ning vorislari davrida N. oʻzining avvalgi hududining deyarli hammasidan ajralgan. 1076—1134 yillarda N. Aragonga tobe boʻlgan. 1234—84 va 1328—1512 ylarda N.dagi qirollik taxtini fransuz graflari, 1285—1328 yillarda fransuz qirollari egallashgan. N. iqgisodiy qoloq davlat hisoblangan. 1512 yil N.ni Ferdinand Aragonskiy bosib olgan, natijada N. Ispaniyaga qoʻshib yuborilgan. Quyi N. esa 1589 yilgacha rasman mustaqil qirollik boʻlgan, shundan soʻng (N. qiroli Genrix Navarrskiy Fransiya taxtiga Genrix IV nomi bilan chiqqach) Fransiya tarkibiga qoʻshilgan.

Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari

Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari — Oʻzbekiston — Ispaniya oʻrtasida 15-asrdayoq aloqa oʻrnatilgani, 1404 yilda Kastiliya qirolining elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga kelgani va Amir Temur saltanati haqida esdaliklar yozgani tarixdan maʼlum.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Ispaniya bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari chogʻida hamkorlikning shartnomaviyhuquqiy negizini yaratuvchi bir qancha hujjatlar kelishib olindi.

Ikkala mamlakatning savdoiqtisodiy aloqalari Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari doi-rasida rivojlanayotir. Oʻzaro tovar aylanmasi 2000 yilda 1999 yilga nisbatan 1,9 baravar oshdi. Jumladan, OʻzRning Ispaniyaga eksporti 20,1 mln., importi 5,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Ispaniyaga paxta tolasi, gazla-ma, kalava ip eksport qilsa, undan elektrotexnika va mexanika asbob-uskunalari, dori-darmon, qora metallar, plastmassa, keramika mahsulotlari sotib oladi.

Ispaniya kompaniya va firmalari bilan hamkorlik sohasida Buxoro viloyati suv taʼminoti tizimini takomillashtirishga kirishildi. 15 mln. yevro qiyma-tiga ega boʻlgan bu loyiha Ispaniya hukumatining imtiyozli va tijorat krediti hisobidan amalga oshiriladi. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi bilan "Altiyeri Vinikola" firmasi Oʻzbekistonda vino ishlab chiqaradigan "YANIS" qoʻshma korxonasini barpo etdi. "Oʻzfarmsanoat" konserni bilan I.ning "Krupak" kompaniyasi bint va jarrohlik dokasi ishlab chikaradigan korxona barpo etish uchun 7,9 mln. yevro miqdorida pul sarfladi. OʻzRda Ispaniya sarmoyasi ishtirokidagi 11 korxona tashkil etilgan.

Oʻzbekiston FA institutlari bilan Ispaniya Milliy tadqiqot kengashi oʻrtasida quyosh energiyasini fotoelektr usulida oʻzgartirish, yarim oʻtkazgichli materialshunoslik sohalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. OʻzR Jahon tillari unti Ispaniyaning Granada, Madrid, Alkala de Enares va Malaga universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatgan. Toshkentdagi shu universitetda ispan tili va madaniyati markazi ochilgan. Granada va Buxoro universitetlarining hamkorlik qilishi haqida keli-shib olingan.

Sevilla

Sevilya — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyati va Sevilya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 702 ming kishi (1998). Gvadalkvivir daryosi boʻyidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, kemasozlik va aviasozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo va neft kimyosi sanoatlari korxonalari mavjud. Arxeologiya, nafis sanʼat muzeylari, universitet (1502) bor.

Sevilla qadimda Gispalis deb atalgan. 3-asrda rimliklar, 712 yilda arablar bosib olgan. 1248 yilda Kastiliya va Leon qirolligiga qoʻshilgan. 15-asrda Sdan Kolumbning 1ekspeditsiyasi yoʻlga chiqqan. 15—17-asrlarda S. Yevropada eng yirik savdo shaharlaridan edi. Meʼmoriy yodgorliklaridan AlQasr saroyi (12-asr oxiri), gotika cherkovi (13—14-asrlar), kafedrali sobor (sobiq Jome masjidi), "La Xiralda" qoʻngʻiroqxonasi (12, 16-asrlar) va boshqa saqlangan.Sevilla Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Sevilla provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 141,31 km2. Aholisi – ▲ 703 206 kishi (2009).

Valyadolid

Valyadolid — Ispaniyadagi shahar, Valyadolid provinsiyasining maʼmuriy markazi. Pisuerga daryosi va Kastiliya kanali boʻiida. Aholisi 344 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Muhim t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Avtomobilsozlik va traktorsozlikning yirik markazi. Alyuminiy, toʻqimachilik, kimyo, keramika sanoati rivojlangan. Teri qayta ishlana-di, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Un-t (1346 y.dan) bor. V. 10-asrdan maʼlum. Kastiliya qirollarining sobiqrezidensiyasi. Meʼmoriy yodgorliklardan SantaMariya la Antigua (11—14-asrlar), San-Pablo (15-asr) cher-kovlari saqlangan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.