Jez davri

Jez davri (miloddan avvalgi 2— 1-ming yillik) — ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat qurollari ishlangan tarixiy bosqich. Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan yasab keldilar. Miloddan avvalgi 4-ming yillikning boshlariga kelib, ayrim joylarda (Oʻzbekiston yerlarida miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikda) turli zeb-ziynat bezaklarini, baʼzi mehnat qurollarini misdan yasay boshlaydilar. Bu davrda misdan yasalgan mehnat qurollari moʻrt va yumshoq boʻlganligidan mustahkamroq qotishma olish uchun izlanish davom etgan va maʼlum davrdan soʻng qalayni misga qorishtirib jez (bronza) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi koʻpaydi, jezdan keskirroq tigʻli qurol-yarogʻlar, roʻzgʻor va kosmetika buyumlari, maʼbudalar, naqshdor muhrlar yasala boshladi. Ovchilik va terimchilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda oʻzining dastlabki ahamiyatini yoʻqotdi. Ot, eshak, tuya va hoʻkizdan transport vositasi sifatida foydalanildi. Hayvonlarga qoʻshiladigan aravalar vujudga keldi.

Bu davrda xoʻjalikning , asosan, yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. Amudaryo va Zarafshonning quyi qismi, Fargʻona vodiysining shimoli-sharqiy qismi va jan. Surxon vohasi tabiiy geografik jihatdan qad. dehqonchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi uchun qulay boʻlgan. Atrofdagi choʻl va dashtlarda, asosan, chorvador qabilalar yashagan. Bu davrda Oʻzbekiston janubiy va Afgʻoniston shimolida rivojlangan Baqtriya (Amudaryo boʻyi) dehqonchilik madaniyati vujudga keldi. Oʻzbekistonda uchta asosiy dehqonchilik vohasi — Sherobod, Shoʻrchi va Bandixon shakllangan. Bu joylarda qad. ilk shahar madaniyati shakllana boshlagan. Jez davriga mansub Sopollitepa, Mirshodi, Moʻlali, Jarqoʻton kabi urugʻ jamoasining turar joylari — qishloq qoʻrgʻonlari, ilk shaharlari va qabrlar topilgan. Ularning baʼzilari qalʼali, mustaxkamlangan va ayrimlari mustahkamlanmagan. Dehqonlar vohalarda bugʻdoy, arpa, suli, paxta yetishtirganlar. Uylardan don omborxonalari, yorgʻuchoqlar, ketmoncha, hovoncha dastalari topilgan. Kulolchilikda charxdan foydalanganlar. Sopollitepadan topilgan ashyolar aholining oʻsha davrdagi hunarmandchiligi, turmushi, sanʼati haqida boy material berdi. Bu yerda murakkab va oʻziga xos 3 qatorli mudofaa devori boʻlgan, maydoni qariyb 1 ga kvadrat shakldagi qoʻrgʻon qazib ochildi. Qoʻrgʻondagi mahallalar koʻchalar bilan boʻlingan. Uylarda moʻrili oʻchoq, ayrim xonalarda sandal oʻrni, ganch suvoq qoldiqlari topildi. Topilmalar hunarmandchilik, xususan, metallurgiya (mehnat va mudofaa qurollari, idishlar, bezak, koʻzgu), kulolchilik, toʻqimachilik (ip va ipakdan toʻqilgan mato qoldiqlari), yogʻochsozlik (qurilish konstruksiyalari, uy jihozlari) va boshqa yuksak rivojlanganligini koʻrsatdi. Qalʼada 20 dan ziyod kulolchilik xumdoni ochib oʻrganildi. Kulolchilikda yuqori sifatli nafis idishlar (qadah, koʻza, xum, choynak, piyola, kosa, lagan va h.k.) tayyorlangan.

Xorazmda miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Jez davrining Tozabogʻyop madaniyati mavjud boʻlgan. Bu madaniyat Burgut shalʼa vohasidagi Tozabogʻyop kanali yaqinidan topilgan. Dehqonchilik va irrigatsiya tarmoqlari ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi (Ongqa-2, Qavat-3 makonlari, Koʻkcha-3 va boshqa mozorqoʻrgʻonlar). Aholi, asosan, choʻl, zonalarida tomi qamish bilan yopilgan kulba va yarim yertoʻlali chaylalarda yashagan, xonaki chorvachilik, zaxkash va nam yerlarda obikor dehqonchilik bilan shugʻullangan. Bu davrda metall quyish texnikasi yuksak boʻlgan. Yassi tubli chizma boshoqsimon naqshlangan idishlar topilgan. Jez metallurgiyasi keng rivojlangan. Xorazmda soʻnggi jez — ilk temir davriga Suvyorgan (miloddan avvalgi 2-ming yillik) va Amirobod (miloddan avvalgi 1-ming yillik boshi) madaniyatlari mansub. Suvyorgan madaniyati qabilalari yogʻoch ustunli toʻgʻri burchakli chaylalarda yashagan. Oʻchoq atrofidan sirti qizilga boʻyalgan sopol idishlar topilgan. Topilmalar ichida mikrolitlar koʻp uchraydi. Bu madaniyat 3 bosqichni (Qamishli, Bozor, qalʼa, Qovunchi) oʻtgan. Urugʻ jamoalari ovchilik, podachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Ijtimoiy hayotda dastlab ona urugʻi anʼanalari kuchli boʻlgan, lekin keyingi ikki bosqichda erkaklarning jamoadagi mavqei ortgan. Ayollar erlarga iqtisodiy jihatdan karam boʻla bordi. Katta oila jamoalarida ota huquqi qaror topib mustahkamlandi. Endi qarindoshlik otaga qarab belgilandi, urugʻlar ichidagi munosabatlar otaning iqtisodiy va ququqiy hukmronligi asosida qurilib, bolalar ota mulkiga merosxoʻr boʻla boshladi. Amirobod madaniyati odamlari yarim yertoʻla uylarda yashagan, uylarning markazida katta oʻchoq boʻlgan. Sopol idishlari tagi yassi, dagʻal ishlanib, boshoqsimon naqsh berilgan. Aholi urugʻ jamoalariga birlashib dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Sugʻorish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yakkaporson-2 dan jez igna, oʻroq, suyak dastali bigiz, oʻq-yoy paykonlari topilgan.

Fargʻona vodiysida soʻnggi Jez davriga mansub Chuyet madaniyati aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, chorvachilikdan iborat boʻlgan. Xom gʻishtdan uylar yasalgan, mudofaa inshootlari qad koʻtargan. (qarang Dalvarzintepa).

Quyi Zarafshonning Zamonbobo madaniyati soʻnggi Jez davrining Andropove madaniyatita juda yaqindir. Andronovo madaniyatining yuqori bosqichiga mansub yodgorliklar Xorazmda, Toshkentdagi Koʻkcha mozorida, Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida, Urgut tumanining Moʻminobod qishlogʻida, Chirchiq daryosi boʻyida — Achchiqkoʻl va Sergeli tepalarida topilgan. Toshkent vohasida soʻnggi jez — ilk temir davri Burganli madaniyatida aksini topgan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri shiddat bilan yemirilib, qabilalar oʻrtasida dastlabki sinfiy munosabatlar vujudga keldi.

Juda keng tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning birinchi choragida Oʻrta Osiyo hududida dastlabki qad. davlat tuzilmalarining paydo boʻlishi kuzatiladi. Qarnab choʻldan shu madaniyatga oid qad. maʼdan konini topilishi (1999) qad. Xorazmdagi davlatchilikning iqtisodiy negizlari kuchli boʻlganidan dalolat beradi.

Ahmadali Asqarov, Abdulahad Muhammadjonov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Aflotun xazinasi

Aflotun xazinasi – Farg‘ona vodiysining shimolidagi Aflotun daryosining Itoqarsoy irmog‘i yoqasida joy-lashgan Kalunchat qishlog‘idan topilgan (1924) so‘nggi jez davriga oid yodgorlik. Aflotun xazinasi ba’zan ilmiy adabiyotlarda Kalun-chat xazinasi nomi bilan ham uch-raydi. Aflotun xazinasi misdan ishlangan bilaguzuk, halqa, ik-kita qo‘ng‘iroq shaklidagi zirak, bir necha 788munchoq va jezdan quyilgan 8 ta mitti odam haykalchalaridan iborat bo‘lib, u avval Namangan shahri o‘lkashunoslik muzeyiga topshirilgan, keyinroq esa yo‘qolgan. Mitti odam haykalchalarining balandligi 2,5–2,8 sm dan oshmaydi. Odam shak-li ancha aniq tasvirlangan bo‘lib, ular tik turgan holda, qo‘llarini beliga tirab, cho‘qqi telpak kiyib turibdi. Ulardan faqat bittasi bosh kiyimsiz, ko‘z va burunlari ancha ifodasiz tasvirlangan bo‘lib, boshqa qolipda quyilganligidan dalolat beradi. Bu haykalchalar ishlanish uslubi va shakli jihatidan qadimgi Sharqning jez davri yodgorliklariga o‘xshab ketadi. Ammo ularning cho‘qqi telpak kiygan holda ishlanishi mil. av. 8–7-asrlarda Farg‘ona vodiysida yashagan sak qabilalarini eslatadi. Cho‘qki telpakli mitti odamlar haykalchalari Shimoliy Eronning Hisor 3 yodgorligidan ham o‘ndan oshiq topilgan bo‘lib, ular mil. av. 2-ming yillikning birinchi choragiga oiddir. Aflotun xazinasi dagi bilaguzuk, zirak va halqa kabi buyumlar mil. av. 13–10-asrlarda shu hududlarda yashagan sak qabilalarining bobokalonlari – jez davri aholisining yuksak san’at asarlari yarata olganlaridan dalolat beradi.Ad.:Zadneprovskiy Yu. A., Drevnezem-ledelcheskaya kultura Fergano‘, M., 1962.

Alajaxyoyuk

Alajaxyoyuk – Bo‘g‘ozko‘y qishlog‘idan (Markaziy Anadolu, Tur-kiya) shim. roqdagi tepalik. Arxeologik qatlamlar topilgan (mil. av. 4–3- ming yillik – mil. av. 7–6-asrlar). Ilk jez davri (mil. av. 3-ming yillik)ga oid nihoyatda boy nekropol ochilgan. Undan qimmatbaho idishlar, qurol-yarog‘, marosim buyumlari, bezaklar hamda xettlar davriga oid mahobatli mudofaa devori qoldiqlari topilgan, devordagi darvo-zalarga sfinkslar shakli tushirilgan. Tepalikda ibodatxona va boshqa me’moriy inshootlar harobalari ham saqlangan.

Amirobod madaniyati

Amirobod madaniyati – qadimgi Xorazmning so‘nggi jez davri madaniyati (miloddan avvalgi 9–8-asrlar). S. P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Amirobod kanali atrofidan topib tekshirgan (1937–40). Amirobod madaniyati Suv yorgan madaniyati va tozabog‘yop madaniyati uyg‘unlashuvi asosida shakllangan. Bu madaniyatni yaratgan xalqlar urug‘ jamoalariga birlashib, obikor dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Qishda yog‘och va qamishdan qurilib, usti loy bilan suvalgan kulba hamda yarim yerto‘lalarda, yozda yengil bostirmalarda yashagan. Shunday kulba va yarim yerto‘lalarning 15–20 tasi bitta .qishloqni tashkil qilgan. Har bir turar joy sahni 75–110 kv.m bo‘lib, uning o‘rtasidagi 3×1 m li katta o‘choqda doim olov yonib turgan. Taom tayyorlash uchun kichik o‘choqlardan foydalanilgan. O‘sha davr qoldiqlariga ko‘ra, Amudaryo deltasi Aqchadaryo irmoqlaridan eni 10–15 m, uz. 1–2 km keladigan kanallar qazilgan. Amirobod madaniyatining noyob yodgorliklari Yakkaporson 2 va Qubod 2 yodgorliklaridan sirtiga turli shakllar chizilgan sopol idishlar, shuningdek marjon va chig‘anoq shodalari, jezdan yasalgan taqinchoqlar, bigizlar, o‘roq hamda o‘q uchlari va ularning qoliplari topilgan. Jez ashyolarning ko‘plab topilishi o‘sha davrda metall quyish texnikasining rivojlanganligini, xalq xo‘jaligidan tosh qurollarning mehnat qurollari sifatida siqib chiqarilganligini ko‘rsatadi.

Anov madaniyati

Anov madaniyati – Ashxo-bod yaqinidagi Anov qishlog‘i atrofida joylashgan ilk eneolit va so‘nggi jez davrlariga oid qadimgi dehqonchilik manzilgohlari va shahar harobalari. Eneolit va jez davri manzilgohlari saqlanib qolgan shimoliy va jan. Anov te-paliklari ayniqsa dunyoga mashhur. Anov madaniyati ni dastlab amerikalik geolog R. Pompel-li va angliyalik arxeolog Shmidt tekshir-gan. Anov madaniyati qatlamlaridan xom g‘ishtdan qurilgan binolar qoldiqlari, turli mis buyum va zeb-ziynatlar, tosh yorg‘uchoqlar, sirtiga rang-barang naqshlar ishlangan sopol idishlar hamda jamiki borliqni vujudga keltiruvchi qudrat timsoli hisoblangan ayol haykalchalari topil-gan. Arxeologik qazishlar va aerofoto-suratlar eneolit davridayoq O‘rta Osiyo hududida eng ilk sug‘orish inshootlari barpo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Eneo-litdan jez davriga o‘tish bosqichida so-pol buyumlarga naqsh ishlash bilan birga inson va hayvonlar shaklini ham chizish keng tus olgan. Anov madaniyati yodgorliklarini boshqa mintaqa topilmalari bilan qiyosiy o‘rganilishi natijasida jez davrida, mil. av. 3–2 ming yillik oxirida O‘rta Osiyo janubida ilk shahar madaniyati, qadimgi Sharq tipidagi mahalliy madaniyat vu-judga kelgan deb hisoblanadi.

Arxeologiya

Arxeologiya – (grek. ἀρχαίος – qadimgi va λόγος – soʻz, oʻrgatish) – qadimshunoslik – qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik ja-miyati o‘tmishini o‘rganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxo-nalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda o‘tmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai bo‘lib, ularni chuqur ilmiy o‘rganish asosida o‘tmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli Arxeologiya tarix fanining bir tarmog‘i hisoblanadi. Arxeologiya so‘zini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar maʼnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kash-fiyotlar davri bo‘lib, Arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi, 19-asr Lei asosan 4 ki-yemga bo‘linib o‘rganilar edi; Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarini o‘rganuvchi mumtoz Arxeologiya, ibtidoiy Arxeologiya, 662-o‘rta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganuvchi umumiy Arxeologiya va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular birlashib, keng maz-munli hozirgi zamon Arxeologiyasi shakllandi.O‘zbekistonda arxeologik tekshi-rishlar 19-asrning oxirgi choragida, Turkistonni Rossiya bosib olganidan so‘ng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkistonning o‘tmishi, xalqining urf-odati, qadimgi qo‘lyozmalarini o‘rganish orqali o‘lkada o‘zining mustamlakachilik rejimini mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini o‘rganishni dastavval rus Arxeologiya havaskorlari va o‘lkashunoslari boshlab berdi. 1895 yil V. V. Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi tuzilib, Arxeologiya ishlari shu to‘garak nazoratida olib boriladi. O‘sha davrda o‘tkazilgan Arxeologiya tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning xizmati katta bo‘ldi. Ammo arxeologik yod-gorliklarni hali har tomonlama, keng o‘rganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. Shunday bo‘lsa ham 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridagi Turkistonda olib borilgan arxeologik izlanishlar O‘zbekiston tarixshu-nosligida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganishda dastlabki qadamlar qo‘yildi. Mahalliy xalq o‘rtasida o‘z vatanining o‘tmish yod-gorliklari bilan qizi-quvchi Akram pol-von Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni to‘plovchi havaskor o‘lkashunoslar paydo bo‘ldi. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida bo‘lib turli xil (ko‘proq numizmatikaga doir) topilmalarni to‘plashdan ibo-rat bo‘lgan. Afrosiyob, Ulug‘bek rasadxonasi va Poykand haro-balarida dastlabki qazishmalar olib borilgan. O‘zbekistonda Arxeologiya fani 20–30-yillarda shakllandi. V. L. Vyatkin Afrosiyob harobasini (1925; 1929–30), B. P. Denike qadimgi Termizni (1926–27), M. Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925– 28), Ayritom harobalarini (1932–33) qazib o‘rgandilar. 30-yillarda keng ko‘lamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 – 38), V. A. Shishkin Tali Barzuda (1936 – 39), Varaxshaaya (1937 – 39), S P. Tolstov, Ya. F. G‘ulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 – 50), A. P. OkladnikovTeshiktosh va Machay g‘orlarida (1938 – 39), V. V. Grigorev Qovunchitepa harobalarida (1934–37) olib bordilar. To‘plangan arxeologik materiallar O‘zbekiston tarixini davrlashtirishda muhim manba bo‘ldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor, Tozabog‘yop, Qovunchi madaniyatlari va boshqalar) o‘rganilib, fanga kiritildi. Teshiktosh g‘oridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi O‘zbekiston arxeologiyasida buyuk kashfiyot bo‘lib, dunyo olimlarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O‘rta Osiyo davlat universitetida arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), O‘zFA Arxeologiya bo‘limining tashkil etilishi (1943) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Arxeologik yodgorliklarni rayonnlarga bo‘lib o‘rganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir-Olay va Pomir-Farg‘ona ekspeditsiyalari katta rol o‘ynadi. 50-yillarda O‘zbekiston arxeologiya ekspedisiyasi otryadlari Toshkent vodiysida mozorqo‘rg‘onlarni (T. Aʼzamxo‘jayev), Zamonbobo jez davri qabristonini (Ya. G‘ulomov), Bolaliktepa yodgorligini (L. I. Albaum) va boshqalarni o‘rganishga kirishdi. 60-yillarda Moxondaryo arxeologik otryadi Ya. G‘ulomov rahbarligida Zarafshonning quyi oqimida miloddan avvalgi 4– 2-ming yillikka mansub 60 dan ortiq neolit va jez davriga oid manzilgohlar, Uch-tut chaqmoqtosh konlari (A. Askarov, M. Qosimov, O‘. Islomov va T. Mirsoatov), Mo‘minobod qabristoni (A. Askarov), Samarqand makoni (D. N. Lev, M. 663Jo‘raqulov), Chust jez davri qishlog‘i harobasi (V. Sprishevskiy), Dalvarzintepa (Yu. A. Zadneprovskiy), Xolchayon (G. A. Pugachenkova) va boshqa arxeologik obidalarda keng ko‘lamda kazishlar olib bordi. Tuproqqal’a, Varaxsha, Bolalik-tepa, Afrosiyob, Quva podshoh saroylari va ibodatxonalarining o‘rganilishi, Samarqand va Mug‘ tog‘ida qadimgi Sug‘d, Xorazmda xorazmiy yozuvlarining topilishiO‘zbekiston madaniyatining yuqori darajaga ko‘tarilganini ko‘rsatadi.O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining tashkil etilishi (1970) O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlarni yanada kengaitirishga imkon berdi. 70–80-yillarda institut jamoasi tomonidan O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida keng qamrovli arxeologik kuzatuv va qazishlar o‘tkazilib, o‘tmishning eng qadimgi davri – tosh asridan to so‘nggi o‘rta asrlarga mansub ko‘plab nodir yodgorliklar topildi. Mas, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Farg‘ona, Samarqand viloyatlarida Teshiktosh, Amir Temur, Omonqo‘ton, Obirahmat, Xo‘jakent, Qapchig‘ay, Obishir, Qoratog‘, Xo‘jamazgil (M. Qosimov, O‘. Islomov, N. Toshkenboyev, R. Sulay-monov, M. Xo‘janazarov) kabi qadimgi tosh davri g‘or makonlari hamda Xorazm cho‘llarida yangi tosh (neolit) va jez davri makonlari (A. Vinogradov, M. Itina) o‘rganilishi diqqatga sazovordir. Bu yodgorliklardan topilgan ashyoviy materiallar O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri manzarasini tiklashda asosiy manba bo‘lib xizmat qildi. Ayniqsa O‘zbekistonning janubiy tumanlarida qadimgi dehqonchilik madaniyatiga tegishli ko‘plab yodgorliklarning (So-pollitepa, Jarqo‘ton, Kuchuktepa, Mir-shodi) topilishi va o‘rganilishi (A. Askarov, T. Shirinov, Sh. Shaydullayev) qadimgi Baqtriya madaniyatining genezisi, taraqqiyot bosqichlari va bu yerlarda ilk shahar madaniyatining shakllanish jarayonini kuzatish imkonini berdi. Maxsus tadqiqotlar Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Farg‘ona vodiysi, Qoraqalpog‘iston hududidagi qadimgi shaharlarni o‘rganishga bag‘ishlandi. Ayniqsa qadimgi shaharlar – Yerqo‘rg‘on (R. Sulaymonov, M. Isomiddinov), Qanqa (Yu. Buryakov), Eski Termiz (Sh. Pidayev, T. Annayev), Dalvarzintepa (E. Rtveladze, B. Turg‘unov), Shoshtepa va Oqtepa (M. Filanovich), qadimgi Buxoro va Poykend (A. Muhammadjonov, Jez davriga oid sopol buyumlar (miloddan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalari). J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov), Axsikat va Pop (A. Anorboyev, B. Matboboyev), Afrosiyob (X. Oxunboboyev, M. Isomiddinov), Xiva (M. Mambetullayev), Mizdahqon (V. Yagodin) kabi yod-gorliklarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar samarali bo‘ldi. Xorazm va Zarafshon vodiysida Ya. G‘ulomov, B. V. Andrianov, A. R. Muhammadjonov va boshqalarning qadimgi irrigatsiya va dehqonchilik vohalarining vujudga kelishi jarayonlarini o‘rganish borasida olib borgan arxeologik va etnografik izla-nishlari alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.Bu davrda Zarafshon vodiysi, Xorazm, Surxondaryo va Sirdaryo vohalari hamda Farg‘ona vodiysida olib borilgan ar-eologik va antropologik izla-nishlar tufayli O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston yerlarida yashovchi aholining asosiy antropologik tiplarga bo‘linganligi ularning shakllanish tarixini yoritish imkonini berdi; o‘zbek etnosining o‘ziga xos xususiyatlari, tub etnik elementlarning ularga kelib qo‘shilgan etnoslar bilan qorishib ketish jarayoni kuzatildi. Bu masalaga oydinlik kiritishda T. Xo‘jayov, K. Shoniyozov va boshqa hissasi salmoqli bo‘ldi. Shu asnoda A. fanining turli davr va yo‘nalishlari bo‘yicha il-miy maktablar tarkib toddi. Ularga Ya. G‘ulomov, S. P. Tolstov, A. P. Okladnikov, M. Ye. Massoy va G. A. Pugachenkova kabi olimlar asos soldi. Yirik asar va risolalar nashr etildi.Mustamlaka davrida O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston hududidan topil-gan eng nodir arxeologik topilmalar, 664qo‘lyozma asarlar talon-taroj etilib Moskva, Sankt-Peterburg, shuningdek boshqa xorijiy mamlakatlarga tashib ketildi. Mas, mashhur Amudaryo xazi-nasi Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan.Arxeologik izlanishlar maqsadi va natijalarini o‘zbek xalqi tarixi bilan bog‘lash tom maʼnoda mustaqillik yillaridan boshlandi. O‘zbekiston Arxeologiyasi o‘z tadkiqotlarining samarasi bilan jahon ilmiy darajasiga ko‘tarildi. Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Polsha bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg) olimlari bilan ilmiy aloqalar mavjud.

Dolinsk manzilgohi

Dolinsk manzilgohi - Nalchik sh. yaqinidagi Dolinsk shaharchasidan topilgan jez davri (mil. av. 2-ming yillik) yodgorligi. Qazish ishlari Shim. Kavkaz ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan (1930, 1932—33). Har xil kattalikdagi kulba qoldiqlari topilgan. Kulbalar tomi va devorlari chetandan, usti somonli loy bilan suvalgan. Har bir kulbada bir necha tandirsimon oʻchoq qoldigʻi, gʻalla saqlanadigan oʻra, kuygan suyak, sopol siniqlari, tosh qurollar uchraydi. Kvars, obsidian va chaqmoqtoshdan yasalgan pichoq, qirgʻich, oʻroq qadamalari va oyboltalar topilgan. D. m.da mozorqoʻrgʻonlar koʻp. Kulbalar va qabrlardan topilgan ashyolar qad. dolinskliklar chorvachilik va ibtidoiy dehqonchilik bilan shugʻullanganini koʻrsatadi. Ularning ijtimoiy tuzumi matriarxat davridan patriarxat davriga oʻtish bo-sqichida boʻlgan.

Jabal makoni

Jabal makoni — mezolit, neolit va jez davri (mil. av. 7—2-ming yilliklar)ga oid makon. Turkmanistondagi Katta Bolxon togʻlarida, Turkmanboshi — Ashxobod t. y.dagi Jabal st-yasidan 3,5–4 km sharqdagi gʻorda joylashgan. Gʻor ikki tarmoqsan iborat boʻlib, ogʻzi jan.ga qaragan, kengligi 9 m, chuq. 7,5 m, bal. 4 m. 1949—50 yillarda A. P. Okladnikov tomonidan oʻrganilgan. J. m.ning madaniy qatlami 3 m qalinlikka ega. J. m.ning pastki 6-madaniy qatlamida oʻrta tosh davriga, keyingi qatlamlaridan neolit va jez davriga oid chaqmoqtoshdan ishlangan qirgʻich, paykon va koʻplab chaqmoqtosh chiqindilari, jayran, yovvoyi echki, baliq va b. hayvonlarning suyak qoldiqlari, sopol idishlar topilgan. Bu narsalar xoʻjalik hayotida ovchilik, baliqchilik va terimchilik asosiy oʻrinni egallaganini koʻrsatadi.

Jarqoʻton

Jarqoʻton — qad. shahar harobasi (mil. av. 2-ming yillikning ikkinchi yarmi). Sherobod tumani (Sherobod daryo irmogʻi Boʻstonsoy oʻzanining chap sohili)da joylashgan. Sopolli madaniyatiga mansub qabilalarning jez davri yodgorligi. J. aholisi sugʻorma dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining A. Asqarov rahbarligidagi ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan (1973 y.dan). J. (mayd. 100 ga) mudofaa devori bilan oʻralgan markaziy qoʻrgʻon, otashparastlar ibodatxonasi (qarang Jarqoʻton otashkadasi), qabriston (mayd. 20 ga), bir necha dahalardan iborat boʻlgan. J.da turar joy qoldiqlari, ibodatxona, kulolchilik mahallasi, metall eritiladigan ustaxonalar, 1000 dan ortiq qabrlar ochib oʻrganildi. Turar joy binolari katta bichimli xom gʻishtdan (55x29x9 sm) bir yoki bir necha xonali qilib qurilgan. Xonalar sahni va devori somonli loy bilan suvalgan. Koʻchalar tor, daha ibodatxonasiga boruvchi yoʻlga shagʻal yotqizilgan. Erkaklar oʻng yonboshi, ayollar chap yonboshi bilan gʻujanak holda koʻmilgan. J.dan toshdan yasalgan omoch tishi, koʻplab sopol idish (xumcha, koʻzacha, togʻora, kosa, piyola, togʻoracha, lagan) lar jez igna, bigiz, xanjar, sopol andava, chaqmoqtoshdan ishlangan paykonlar, jez taqinchoqlar (rangli toshlar qadalgan koʻplab toʻgʻnogʻich, bilaguzuk, zirak, oyna) qimmatbaho toshlar va suyakdan yasalgan munchoqlar, jez surmadon, qabila muhr tamgʻalari, ip mato qoldigʻi va b. topilgan.

J. ashyolariga oʻxshash yodgorliklar Surxondaryo viloyatidan tashqari Jan. Tojikiston, Turkmaniston va Shim. Afgʻoniston, Eron hududlarida uchraydi.

Jhukar madaniyati

Jhukar madaniyati - jez davri madaniyati (mil. av. 2-ming yillik oʻrtalari). 1928 y.da hind arxeologi N. Mad-jumdar Jhukar aholi turar joyi (Pokistonning Sind viloyati)dan topgan. J. m.ning asosiy yodgorliklari — Jhukar, Lohumjodaro va Chanxudaro (2 katlam). J. m. uylari pishiq gʻishtdan, oʻchoqlar qurilganligi bilan oʻziga xos. Sopol idishlaridagi geometrik va oʻsimliksimon naqshlar sargʻish fonda qora va qizil boʻyoq bilan chizilgan. Jez buyumlaridan keng foydalanilgan (bolta, bandak, tamgʻa va h. k.). Tamgʻamuhrlar sopol, toshdan tayyorlangan, turli geometrik shakllar, baʼzan hayvonlarning rasmlari bilan bezatilgan. J. m.ning tamgʻa-muhrlari Harappa tamgʻamuhrlaridan yozuvi yoʻqligi bilan farq qiladi. J. m. koʻp jihatdan Balujiston, Shim. Eron va Oʻrta Osiyo madaniyatiga oʻxshab ketadi.

Ad..Masson V. M., Drevnezemledelcheskaya kultura Margiani, M., L., 1959.

Koʻkcha-3 qabristoni

Koʻkcha-3 qabristoni - Tozabogʻyop madaniyatiga mansub jez davri qabristoni (miloddan avvalgi 13—11-asrlar). Xorazmdagi Koʻkcha togʻidan 5 km jan.rokda, Amudaryoning qad. oʻzani — Oqchadaryoning jan. havzasida. 1954—59 yillarda SP. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi topib oʻrgangan. K.-Z q. 100 dan ortiq dafn qilingan mayyitlar qabrlaridan iborat boʻlib, ulardan 74 tasi qazib ochildi. Baʼzi qabrlarga bittadan va ayrimlariga ikkitadan turli jinsga mansub oʻliklar koʻmilgan. Erkaklar oʻng yoni, ayollar esa chap tomoniga yotqizib qoʻyilgan. Jasadlar boshi tepasida 1 yoki 2 ta idish mavjud. Ayollar dafn qilingan qabrlardan jez bilaguzuk va ziraqlar, jez va aqiq munchoqlar, erkaklar koʻmilgan qabrlardan esa dastasi suyakdan qilingan toʻrt qirrali jez bigizlar, jez pichoqlar hamda turli-tuman qurollar topildi. K.-Z q.dan chiqqan sopol idish va jez buyumlar sirti koʻpincha ilon izi yoki boshoqsimon shakllar bilan bezatilgan. Tadqiqotlarga koʻra, koʻkchaliklar, asosan, chorvachilik qisman daryo oʻzanlari boʻyida dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlgan. Ular Volga boʻylarida yashagan Yogʻochband madaniyati va Andropove madaniyatiga mansub qabilalar bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlgan.

Kudaro

Kudaro — ibtidoiy odamlar manzilgohi; 5 ta gʻordan iborat. Jan. Osetiyaning Chasanalixox togʻidagi Jojori daryosining oʻng qirgʻogidan topilgan (1955). Arxeolog V. P. Lyubin tomonidan 1956—61 yillar oʻrganilgan. 1- va 3-gʻorning quyi qatlamidan hayvonlar, qushlar, baliqlarning suyak qoldiqlari va Ashel davri (Ashel madaniyati) tosh qurollari, choʻqmor, qirgʻich va boshqa topilgan. Yuqori madaniy qatlamlari esa mustye, mezolit, jez davri va oʻrta asrlarga oid.

Maykop qoʻrgʻoni

Maykop qoʻrgʻoni - Maykop shahri hululila joylashgan ilk jez davri (miloddan avvalgi 3ming yillik oxiri) yodgorligi. N. I. Veseyuystssh tomonilan oʻrganilgan (1897). Qurgonning bal. 11 m boʻlib, uplati boy qabrla qabila sardori va uning 2 xotini dafp etilgan. Maykop qoʻrgʻonidan kumush tayoqchalar va ularga mustahkamlangan 4 ta oltin buqa haykallari hamda qimmatbaho gullor chodir topilgan. Chodir yopinchigiga oltin suvi yuritilgan halqalar, sher va buqa suratlari solingan. Sarlorning yoniga 2 oltin va 14 kumush idish quyilgan. Ularlan biriga Kavkaz togʻi va bir qator boʻlib ketayotgan hayvonlarni tasvirlovchi manzara oʻyib ishlangan. Bu idishdagi tasvir — eng qad. haritografik rasmlardan biridir. Maykop qoʻrgʻonidan turli xildagi miye buyumlar: choʻqmorlar, oyboltalar, iskanalar, bigizlar. ignalar, xanjar chiqqan. Sarlor xotiklari qabridan bezak buyumlari — tillaqoshlar, kumush taqiichoklar, turli xildagi oltin va serdolik munchoklar, feruza va laʼl tumorchalar. shuniigdek, malika kiyimlariga qalalgan turli hayvon haykapchalari topilgan. Ahmadali Asqarov.

Mis qotishmalari

Mis qotishmalari — mis asosidagi qotishmalar. Inson yaratgan birinchi metall qotishma (qarang Jez davri). Bronza, jez va asosiy legirlovchi elementa nikel boʻlgan misnikel qotishmalari (qarang Melxior) Mis qotishmalari jumlasiga kiradi. Mis qotishmalari quyma, deformatsiyalanadigan va kukunsimon xillarga boʻlinadi. Quyma Mis qotishmalari suyuqlanganda oquvchan boʻladi, qotganda uncha kirishmaydi. Deformatsiyalanadigan Mis qotishmalari issiqlayin yoki sovuqlayin bosim bilan yaxshi ishlanadi. Kukunsimon Mis qotishmalari kukunsimon materillar jumlasiga kiradi (q. Kukun metallurgiyasi). Mis qotishmalari antifriksion (ishqalanishga qarshi), issiqbardosh, konstruksion, korroziyabardosh (zanglashga qarshi), prujinabop va elektrotexnika materiallari sifatida keng qoʻllanadi. Bular asbobsozlik, mashinasozlik, aviatsiya va kemasozlikda, suv-bugʻ armaturasi, badiiy buyumlar, idishtovoklar yasash va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Mohondaryo

Mohondaryo — Buxoro viloyatidagi quruq oʻzan. Uz. 58 km (kum bosgan sorili bilan hisoblaganda 150 km), eni 25– 250 m. Zarafshon daryosi qadimda shu oʻzandan oqib, Amudaryoga quyilgan. M. Yakkatut qishlogʻidan boshlanib, shim,-gʻarbiy, soʻng janubi-gʻarbiy yoʻnalishda davom etgan va Chuqurkoʻl, Mohonkoʻl, Oʻrtakoʻl va Chandirkoʻllarni hosil qilgan. Mohonkoʻldan soʻng ikkiga boʻlinib, shim.

dagisi M. va janubidagisi Gujayli (Bu joyli) yoki Gurdush deb atalgan. Shimoliy tarmoq, oʻz navbatida, ikkiga ajralib yana bir qancha mayda koʻllardan oʻtib, Chorjoʻy (hozirgi Turkmanobod) shahridan 100 km kuyida Amudaryo bilan tutashgan.

1950—64-yillarda akad. Ya.Gʻ.Gʻulomov rahbarligida arxeologik ekspeditsiya M. vodiysida tekshirishlar olib bordi. 1960—61 va 63 yillarda M. boʻylab Loʻhlikoʻl, Echkiqiron, Kichiktuzkon va Kattatuzkon koʻllari atrofida 4—3 ming yillikka oid 40 dan ortiq neolit davri makonlarining qoldiklari, shuningdek, Zamonbobo va Kichiktuzkon atrofida miloddan avvalgi 2-ming yillikka taalluqli 20 dan ortiq jez davri yodgorliklari topib tekshirildi. Arxeologi k tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha miloddan avvalgi 4—3ming yilliklarda M. va Gujayli oʻzanlari orqali Zarafshon daryosining oqimi uzluksiz ravishda Amudaryoga quyilib turgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlarida M.ning oqimi susayib, quyi qismi suvsizlikdan qurib qolgan va Zarafshon Amudaryoga quyilishdan toʻxtagan. Ammo uning yuqori qismiga suv kelib turgan. Zarafshon daryosidan yirik sugʻorish kanallari chiqarilib, daryo suvining ekin dalalariga taralishi natijasida qadimgi M. tamoman suvsizlikdan qurib qolgan.

Ad.h Muqammadjonov A.R., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish tarixi (qadim davrdan to XX asr boshlarigacha), T., 1972.

Moʻminobod (mozor qoʻrgʻoni)

Moʻminobod — jez davri mozor qoʻrgʻoni (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi). Samarqand viloyati Urgut tumani Moʻminobod qishlogʻi yaqinida joylashgan. 1964 yil arxeolog D.N.Lev, 1966 yil Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti otryadi (A.A.Asqarov) tadqiqot ishlari olib borgan. Ayollar koʻmilgan 5 kabr ochilgan. Qabrda mayyitlar oʻng yoni bilan, boshi gʻarbga qarab egilgan holda koʻmilgan. Mozordan boy dafn ashyolari — geometrik naqshlar oʻyilgan ganchkor xum idish, tilla va jez sirgʻalar, usti tilla va kumush bilan qoplangan bilaguzuk, jun ip qoldiqlari saqlangan munchoqlar_, uzuk, oynalar va boshqa topilgan.

Oq tanga

Oq tanga — ibtidoiy odamlar yashagan ungur. Turkiston tizma togʻining Zarafshon daryosi vohasida joylashgan. 1954—63 yillarda Tojikiston FA Tarix institutining arxeologiya otryadi (B. A. Litvinskiy, V.A.Ranov) tekshirgan. 80 m2 maydon ochilib, turli davrga oid I1 ta madaniy qatlam topilgan. Bulardan eng qad.si mezolit, neolit, eneolit, jez davri, antik va oʻrta asrlarga oiddir. Oq tangadan koʻplab mehnat va ov qurollari topilgan, ular Oʻrta Osiyo xalklarining qad. tarixi va madaniyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

Qabr

Qabr, goʻr — marhumni dafn etish uchun tayyorlangan maxsus joy. Q. har bir xalqning urf-odati, yashaydigan geografik muhiti, kishilarning tabiiyilmiy tasavvurlari, diniy eʼtiqodlariga koʻra bir-biridan farq qiladi. Oʻliklarni koʻmadigan xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda ham Q.ning lahad, kamin, tik chuqur va sagʻana tiplari bor. Aksariyat yer osti suvlari chuqur boʻlgan qurgʻoq joylarda lahad qaziladi. Lahad tipidagi Q. Oʻzbekistonda bundan 3500 yil ilgarigi jez davri qabristonlarida ham uchraydi.

Q tayyorlash uchun yerdan bir m3chamasi tik chuqur — "ayvoncha" qazib, uning bir burchagidan oʻlik boʻyi baravar gorizontal kavak — "lahad" kavlanadi, tuprogʻi tashqariga olinadi. Ulik qoʻyilayotganda goʻrkov lahad ichiga tushib, oʻlikning bosh tomonini qibla (gʻarb)ga qaratib yotqizadi. Lahadning teshigiga gʻisht, tosh, guvala, chim qalab bekitiladi, soʻngra "ayvoncha" tuproq bilan toʻldiriladi. Ortib qolgan tuproq Q. ustiga tepa qilib uyiladi. Kamin (yoki kamgoh) tipidagi Q.da yer bir metrdan ortiq tik va choʻzinchoq oʻra qilib qaziladi. Oʻra devori ostki yonidan uchburchak shaklida oʻyiladi. Oʻlik shu kamin (kamgoh)ga qoʻyiladi. Kamgoh ogʻzi gʻisht, guvala va boshqalar bilan bekitiladi, soʻngra Q. tuproq bilan toʻldiriladi. Tik chuqur shaklidagi Q.da yer oʻlik boʻyiga teng qilib kavlanadi, oʻlik chuqurga chalqancha yotqiziladi. Q. ogʻziga katta yassi toshlar zichlab teriladi, soʻngra ustiga tuproq tortiladi. Sagʻana, asosan, yer osti suvlari yuza boʻlgan joylarda — Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan, Sagʻanada yer qazilmaydi. Oʻlik yer yuzasiga qoʻyiladi, uning ustiga pishiq gʻishtdan gumbazsimon sagʻana bino qilinadi. Q.larga qaytaqayta oʻlik qoʻyish, baʼzan bir oilaning erkaklarini bir Q.ga (oldin oʻlganlarning suyaklarini bir chetga surib, oʻrniga yangi oʻlikni sagʻanaga) qoʻyish odati boʻlgan. Xotinlar ham shunday tartib bilan qoʻyilgan. Baʼzi turkiy xalklarda, jumladan, oʻzbeklarda boy tabaqalar sagʻana qurdirib qoʻyish odati boʻlgan (yana q. Daxma).

Suvyorgan madaniyati

Suvyorgan madaniyati - Xorazm vohasining choʻl zonasiga oid jez davri arxeologik madaniyati (mil. av. 2ming yillikning 1-yarmi — 1ming yillik boshlari). Amudaryoning kad. deltasi oʻng tomondagi choʻl ichiga yorib kirgani uchun Suvyorgan nomi bilan atalgan. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi (SP. Tolstov, Ya. Gʻulomov, M. A. Itina va boshqalar) tomonidan tadqiq etilgan (1945—46). Sm. qabilalari, S. P. Tolstovning fikricha, Oʻrta Osiyoning Jan.Gʻarbiy viloyatlaridan Xorazmga kelgan yangi etnik guruh boʻlib, ularning moddiy madaniyati Jan.ning oʻtroq dehqonchilik madaniyatiga oʻxshash boʻlgan. Sm. oʻz taraqqiyotida 3 bosqichni (Qamishli, Bozorqalʼa, K°vunchi) bosib utgan.

Suvyorgan madaniyatiga oid sopol idishlar yaxshi pishirilib, sirti kizilga boʻyalgan, sirtiga toʻq qizil rang gul solingan sopol parchalari, tosh yorgʻuchoklar va dehqonchilik qurollari ham uchraydi. Ammo sopollarning sirti Jan.ning qad. dehqonchilik qabilalarining sopol buyumlaridan farq qilib, asosan, toʻrsimon chizma naqsh va sxematik boshoq tasviri bilan bezatilgan. Bu topilmalar mil. av. 2ming yillikning oʻrtalarida Oʻrta Osiyo qabilalarining yirik koʻchishlaridan dalolat beradi. Jan. va Jan.Sharqiy yoʻnalishlardagi 2yirik koʻchish mil. av. 2ming yillikning oxiri — 1ming yillikning boshlariga toʻgʻri keladi. Bu bosqichda Sm. jamoalari boʻlgan qabilalar ham faol ishtirok etgan. Arxeologik topilmalar ushbu shim. chorvador qabilalarning Oʻzboy, Atrek, Tajan, Murgʻob, Amudaryo va Sirdaryo irmoklari boʻylab harakat qilganliklarini koʻrsatadi. Mil. av. 1ming yillikning boshlariga kelib, Sm. oʻrniga Amirobod madaniyati paydo boʻlgan.

Yahyo Gʻulomov

Yahyo Gʻulomovich Gʻulomov (1908.1.5 — Toshkent — 1977.10.1) — tarix-chiarxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958), tarix fanlari d-ri (1950), professor (1955). Toshkentdagi Oʻzbekiston erlar bilim yurti (inpros)ni (1926), samarqanddagi Oʻzbekiston Ped. akademiyasini (1930) tugatgan. Toshkent ped. texnikumida oʻqituvchi (1931 — 32). Ilmiy faoliyati 1933 yildan boshlangan. Oʻzbekistonning qad. va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish komiteti (Uzkomstaris)da ilmiy xodim, ilmiy kotib (1933— 40). SSSR Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston filiali, Tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya boʻlimi mudiri (1940—43). 1943 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti qad. va oʻrta asrlar tarixi boʻlimi mudiri, ayni vaqtda institut direktori vazifasini bajaruvchi (1956— 59). Shuningdek, u Toshkent pedago-gika institutida "Oʻzbekiston tarixi va arxeologiyasi"dan maxsus maʼruzalar oʻqigan, 1936 yildan bir necha arxeologik ekspe-ditsiyalar (Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va b.) ga rahbarlik qilgan. 1938 — 50 yillarda xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiya boshligʻining oʻrinbosari sifatida qatnashib, Xorazmning sugʻorilish, dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanish tarixi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Gʻ. Oʻzbekistonda tarix va arxeologiya sohalari boʻyicha oʻziga xos bay-nalmilal ilmiy maktab yaratgan. Uning Zarafshon va Fargʻona vodiylarida, shuningdek, Toshkent vohasida olib borgan ilmiy tadqiqotlari Oʻzbekistonda, tosh, eneolit va jez davri, uning moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganishga katta hissa boʻldi. U, ayniqsa, Toshkent tarixi va uning yodgorliklarini tadqiqetishga alohida ahamiyat bergan. Toshkent kanali boʻylab, Toʻytepada maxsus arxeologik tadqiqotlar oʻtkazgan. 1966 yildagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish boʻyicha shaharda boshlangan ulkan qurilishlar munosabati bilan Toshkentning arxeologik obidalarini qayd etish va oʻrganish maqsa-dida maxsus Toshkent arxeologiya eks-peditsiyassht tashkil etgan. "Xiva shah-rining yodgorliklari" (rus tilida, 1941 yil), "Quyi Zarafshon vodiysida ib-tidoiy madaniyat va sugʻorma dehqonchilikning paydo boʻlishi" (rus tili-da) kabi asarlar yozgan. "Oʻzbekiston tarixi" (4 j.li), "Samarqand tarixi" (2 j.li), "Buxoro tarixi"ning asosiy mualliflaridan. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002). Respublikada Gʻ. xotirasiga bagʻishlangan "Akademik Ya. Gʻulomov oʻqishlari"ni oʻtkazish ilmiy anʼanaga aylangan. Toshkentdagi koʻchalardan biri hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutiga Gʻ. nomi qoʻyilgan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.