Janub

Janub, janub nuqtasi — matematik (haqiqiy) ufq bilan osmon meridiani kesishgan nuqta. Ufqda dunyoning janubiy qutbiga eng yaqin joylashgan. Janub ufqning asosiy nuqtalaridan boʻlib, shimol nuqtasiga qarama-qarshi joylashgan. Oʻzbek tilidagi xaritalarda J yoki xalqaro xaritalarda S harflari bilan belgilanadi.[1]

Kompass de S
Dunyo tomonlari
  Shimol  
Gʻarb Kompass Sharq
  Janub  

Shuningdek qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2000

2000

Demokratlar partiyasi

Demokratlar partiyasi (AQSH) — AQShda ikkita partiyadan (Respublikachilar partiyasi bilan bir qatorda) biri. 1828 y. tuzilgan. 19-asr I yarmida Janub plantatsiya (yer) egalari va savdo-bank doiralari bir qismi manfaatlarini yoklagan. 1829—41, 1845— 49, 1853-61, 1885-89, 1893-97, 1913-21, 1933-53, 1961—69, 1977-81 va 1993—2001 y. 21 yanvargacha hokimiyat tepasida boʻlgan.

Dunyo tomonlari

Dunyo tomonlari (ufq tomonlari) — ufq (gorizont)ning 4 asosiy nuqtasi: shimol (Sh. yoki N), janub (J., S), sharq (Sh., O yoki Ye), gʻarb (F., W). Baʼzan ufqning tegishli choragi (shim., jan., sharqiy va gʻarbiy) tomonlarini ham D. t. deyiladi. Shimolni Qutb yulduzi orqali aniqlasa ham bo'ladi.

Bu 4 nuqtani asosan lotincha nomining bosh harflari bilan ishlatiladi N, S, E, W. North (Shimol), South (Janub), East (Sharq), West (G'arb).

Fargʻona viloyati

Fargʻona viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2. Aholisi 3,317 ming kishi 2012. Tarkibida 15 tuman, 9 shahar (Beshariq, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Yaypan, Quva, Quvasoy, Qoʻqon, Hamza), 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Fargʻona shahri.

Gʻarb

Gʻarb — ufqning , dunyoning 4 asosiy tomonlaridan biri. Shim.ga qarab turgan quzatuvchining chap tomonida. Osmon soyerasida Gʻ. olam (osmon) ekvatori bilan haqiqiy ufq chizigʻi kesishgan ikkita nuktadan biri. Gʻ. yoki XV (\uye„1) bilan belgilanadi. Oʻrta asrlarda Gʻ. oʻrniga magʻrib atamasi ishlatilgan. Afrikaning shimoli-gʻarbiy qismi, Tunis, jazoir, Marokash Magʻrib deb, Atlantika okeani, Oʻrta dengiz Magʻrib dengi-zi, Sahroi Kabir, Sudan choʻllari Magʻrib choʻllari deb atalgan. Magʻribdan mashriqqacha deganda Afrikadan Xitoygacha boʻlgan hudud tushunilgan.

Gʻarb - dunyo tomonlaridan biri (Quyosh botadigan tomon).

Janubiy Sudan

Janubiy Sudan (rasm. Janubiy Sudan Respublikasi) (Inglizcha: South Sudan, arab. جنوب السودان — Janub as-Sudan) - sharqiy Afrikadagi mamlakat, poytaxti Juba shahri. Sharqda Efiopiya, janubda Keniya, Uganda hamda Kongo Demokratik Respublikasi, gʻarbda Markaziy Afrika Respublikasi va shimolda esa Sudan bilan chegaradosh. 2011-yil 9-iyulgacha Sudan Respublikasi muxtoriyati boʻlib kelgan, shu kungi referendumdan keyin esa, mustaqil davlat deb eʼlon qilingan.

Kavkaz

Kavkaz - bu geografik mintaqa hisoblanib, Yevroosiyodagi togʻli mintaqa, Sharqiy-Yevropa pasttekisligining janubida yaʼni Yevropa va Osiyo qitʼalarining chegarasida joylashgan. Gʻarbdan Qora dengiz, sharqdan Kaspiy dengizi mintaqani oʻrab olgan.

Ombor zararkunandalari

Ombor zararkunandalari - don, chorvachilik mahsulotlari va boshqalarni zararlaydigan hasharotlar, jonivorlar. Omborlar, elevatorlar, tegirmonlar, makaron va konditer mahsulotlari f-kalari, odamlar yashaydigan binolar va boshqa joylarda tarqalgan; shuningdek, dala va gʻalla xirmonlarida ham uchraydi. Ombor zararkunandalarining koʻpchiligi hasharotlar sinfining qoʻngʻizlar (qattiq-qanotlilar), kapalaklar (tangaqanotlilar) turkumiga, shuningdek, oʻrgimchaksimonlar sinfining kanalar turkumiga mansub. Qushlar va sut emizuvchilar sinfi vakillari orasida ham Ombor zararkunandalari bor. Ombor zararkunandalari butun Yer yuzida keng tar-qalgan. Ombor zararkunandalari dan ombor uzuntumshuq qoʻngʻizi (mitasi), guruch mitasi, kichik un mitasi, toʻgʻnogʻichsimon moʻylovli mita, katta un mitasi, surinam un-xoʻri, gilam qoʻngʻizi, toʻq qoʻngʻir mita, mugʻombir trogoderma, qoʻngʻir terixoʻr, Mavritaniya qoʻngʻizi, kalta sargʻish unxoʻr, vetchina terixoʻri, don parvo-nasi, ombor kuyasi, don kuyasi, tegir-mon parvonasi, un parvonasi, janub ombor parvonasi, un kanasi, choʻziq kana, qoramtir kana, oddiy tukdor kana va boshqa koʻp tarqalgan boʻlib, katta zarar keltiradi. Bulardan kichik un mitasi (Tribolium confusum Duv.), toʻq qoʻngʻir mita (Alphitobius laevigatus F.), katta un mitasi (Tenebrio molitor L.), toʻgʻnogʻichsimon moʻylovli mita (Tribolium castaneum Herbst.), kalta moʻylovli sargʻish unxoʻr (Cryptolestes ferrugineus Steph.), qoʻngʻir terixoʻr (Attagenus simulens Solski.), don parvonasi (Sphestia elutella Hb.), janub ombor parvonasi (Plodie interpunctella Hb.), ombor kuyasi (Tinea granella L.), don kuyasi (Sitotroga cerealella Oliv.), choʻziq kana (Tyrophagug putres centia Ouds.), un kanasi (Acarus siro L.), oddiy tukdor kana (Glycyphagus destructor Schrk.) va boshqa paxta, chigit, kun-jara, shulxa va boshqa mahsulotlarning xavfli zararkunandalaridir.

Ombor zararkunandalari oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini nobud qiladi, donning murtagi va unli qismini yeydi natijada gʻalla va boshqa uzoq saqlanmaydi, ularning ozukalik sifatini buzadi, urugʻlarni shikastlab, unuvchanligini keskin kamaytiradi.

Shuningdek, kalamush va sichqonlar ham Ombor zararkunandalari hisoblanadi. Ular mahsulotlarni nobud qilibgina qolmay, balki inshootlarni, asbob-uskunalarni ishdan chiqaradi hamda turli yuqumli kasalliklarni tarqatadi. Zararkunandalar mustaqil ravishda hamda mahsulot tashiladigan idishlar, mahsulotlar hamda ombor anjomlari va boshqa orqali tarqaladi.

Kurash choralari: har yili yangi xrsilni qabul qilish oldidan va zaruratga koʻra, omborlar, bostirmalar, xirmonlar, mahsulot tashiladigan idishlar va anjomlarni taʼmirlash, yilda ikki marta — bahor (apr,—may) va yoz oxiri (iyul— avg .)da xlorofos, karbofos va boshqa preparatlar bilan ham dezinseksiyalash, ombor atroflarini toza tutish, axlatlarni yoqib tashlash yoki yerga koʻmish kerak.

Ombor zararkunandalarini yoʻq qilish uchun mahsulot saqlanadigan omborlarni brommetil yoki metilxlorid bilan gazli dezinseksiyalash — fumigatsiya zarur.

Qutb yogʻdusi

Qutb yogʻdusi yoki shimol yogʻdusi — atmosferaning yuqori siyrak qatlamida hosil boʻladigan yorugʻlanish. Shimoliy kengliklarda u aurora borealis (Qadimgi Rim mifologiyasida Avrora - shom maʼbudasi, yunonchada borealis - "shimoliy shamol") deyiladi. Aurora borealis koʻpincha sentabr-oktabr hamda mart-aprel oylarida kuzatiladi. Janubiy yarimshardagi qutb yogʻdusi esa aurora australis (lotincha australis - "janub") deyiladi.

Ruhobod maqbarasi

Ruhobod maqbarasi, Ruhobod — majoziy nom, aslida alloma avliyo shayx Burhoniddin Sogʻarjiy (Sogʻarj—Samarqand yaqinidagi qad. kent) maqbarasi. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14-asrning 70-yillari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan jan.dagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashxur Shohrohshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sogʻarjiy qabriga bogʻlab, mahobatli baland maqbara tiklangan. Amir Temur maqbara taʼminoti uchun maxsus vaqfnoma (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi Oʻzbekiston davlat arxivida saqlanmoqda) chiqargan. Undan maʼlum boʻlishicha, maqbara va yonidagi bogʻ yirik daromad manbai boʻlgan.

Maqbara binosi hozirgi shahar markazi tomonidan koʻzga tashlanadi, galdagi rekonstruksiya davomida maqbara atrofidagi keyingi davr binolari buzib tashlanadi, natijada maqbara qaddiqomatini yaqqol koʻrsatdi. Maqbara chorsixona, ustidagi 8 qirrali poygumbaz va oddiy gumbazdan iborat. Ichkarida nomaʼlum qabrdaxmalar bor. Tashki tomondan (janub) avliyo qabriga tutash devor sirkori sopol bilan peshtoq shaklida hoshiyalangan. Ichkarida naqshin bezak qoldikdari saqlangan. Kirish eshigining (Buxoro amiri nomidan 19-asr oʻrnatilgan) oʻymakor bezaklari orasida baliqlar shaklini kuzatish mumkin. Aholi mazkur avliyoga alohida ixlos va ehtirom bildirib, maqbara va u bilan bogʻliq maskanni Ruhobod deb atagan. 19-asr maqbaraga bogʻlab Madrasa (hozirgi darvozaxona va bir necha hujra saqlangan), masjid va minora qurilgan. Shoʻrolar davrida mazkur maskan diniy ziyoratgoh sifatida eʼtibordan chetda qolgan, tashlandiq holga kelgan edi. Hujralar qisman buzib tashlangan, guzar masjidida korxona joylashgan. Amir Temur tavalludining 660 y.ligi arafasida maqbara atrofida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. R. maqbarasi qayta gavjum ziyoratgohga aylandi. Poʻlat Zohidov.

Saygʻoq

Saygʻoq (Saiga tatarica) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon. Erkagi gavdasining uz. 110—140 sm gacha, boʻyi 80 sm, ogʻirligi 40 kg gacha. Urgʻochisi erkagidan kichik. Shoxi och sariq, uz. 40 sm gacha. Urgʻochisi shoxsiz. S. Mongoliya, Gʻarbiy Xitoyning chala choʻllarida, Qozogʻiston, Qalmiq choʻllari va Quyi Volga, Oʻrta Osiyoning shim.da tarqalgan. Kattakatta poda boʻlib yashaydi, harakatchan,. 70– 80 km/soat tezlikda yuguradi. S. — choʻl va dashtning tipik hayvoni. U oʻtlar bilan oziklanadi, qishda janub tomonga qarab koʻchadi. S. qor kalin tushganda koʻplab halok boʻladi. Noyab.— dek. da juftlashadi. Boʻgʻozlik davri 5 oycha, boshqa tuyokli hayvonlardan farq qilgan holda koʻpincha 2 tadan bola tugʻadi. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. 20-asrning boshlarida S.ning soni keskin kamayib ketganligidan 1919 yildan boshlab ovlash man etilgan. 1954 yildan litsenziya boʻyicha ovlashga ruxsat etilgan. Mavsumiy ovlanadi. Oʻzbekistonda Saygʻoqli davlat buyurtma hududida koʻpaytirilmoqda.

Sharq

Sharq, sharq nuqtasi — ufq (dunyo tomonlari)ning toʻrt asosiy nuqtasidan biri, shim.ga qarab turgan kuzatuvchining oʻng tomonida. Oʻzbek tilidagi xaritalarda Shq., nem. O (Ost) yoki ing. Ye (East) harfi bilan belgilanadi. Tengkunlik paytida Quyosh Sh. nuqtasiga yaqin yerdan chiqadi. Osmon sferasida Sh. nuqtasi haqiqiy ufq (gorizont) bilan osmon ekvatori kesishadigan ikkita nuqtaning biridir.

Sharq - dunyo tomonlaridan biri (Quyosh chiqadigan tomon). Agar shimolga qarab turgan bo'lsangiz, unda o'ng tomoniz sharq bo'ladi.

Shimol

Shimol, shimol nuqtasi — ufqning toʻrtta asosiy tomonidan biri. Tush chizigʻi bilan haqiqiy ufq doira chizigʻi kesishgan va Shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan nuqta. Quyosh chiqadigan tarafga qarab turganda chap tomonda. Sh. yoki N (North) harfi bilan belgilanadi.

Shimol - dunyo tomonlaridan biri.

Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati

Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati (toj. Вилояти Мухтори Кӯҳистони Бадахшон) — Tojikiston Respublikasi tarkibidagi muxtor viloyat. 1925-yil 2-yanvarda tashkil etilgan. Viloyat respublikaning sharqiy qismida joylashgan. Shimoldan Qirgʻiziston, sharqdan Xitoy, janub va gʻarbdan Afgʻoniston, shimoli-gʻarbdan respublikaga qarashli tumanlar va Xatlon viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 64,2 ming km2. Aholisi 220,600 kishi (2010). Viloyatda 7 tuman, 1 shahar (Xorugʻ), 43 qishloq bor. Markazi — Xorugʻ shahri.

Tunlamlar

Tunlamlar, tungi kapalaklar (Noctuidae) — tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 25 mingga yaqin turi maʼlum. Kapalaklari oʻrtacha va mayda (3—5 sm), krramtir, oldingi qanotlarida bir xil naqshi bor, qorni tuklar bilan qoplangan. Kapalaklarning ogʻiz apparati soʻruvchi, qurtlariniki kemiruvchi tipda. Qurtlarining koʻpchiligi yalangʻoch, gʻumbagi qizgʻishjigarrang yoki qoʻngʻir. Kapalaklari gul va daraxt shirasi bilan oziklanadi. Yangi qoʻygan tuxumi sargʻimtiroqish. Qurtlarida 3 juft koʻkrak oyogʻining birinchi boʻgʻimida va 10 juft qorin oyogʻining 1—8 boʻgʻimida nafas olish teshigi joylashgan. T., asosan, kechasi uchadi. Oʻsimlik qoldiqlari yoki tuproqqa 300 tagacha tuxum qoʻyadi. Baʼzi T. qurtlari tuproqda yashab, oʻsimlik ildizlari yoki poyasining ildiz boʻgʻizlarini kemiradi (mas., koʻk qurt tunlami, undov tunlami). Ayrimlari oʻsimlik bargi, shonasi, guli, koʻsagiga zarar yetkazadi (mas., karadrina, koʻsak qurti, beda tunlami va boshqalar).

Hammaxoʻr T.dan karam tunlami karam, lavlagi, noʻxat va boshqa ekinlarni; jan.da tarqalgan koʻsak qurti va karadrina gʻoʻza, makkajoʻxori, noʻxat, pomidor va boshqalarni; Uzoq Sharq va Oʻrta Osiyoning jan.ida tarqalgan oʻtzor tunlami, asosan, turli ekinlarni, markaziy rnlarda uchraydigan gamma tunlami zigʻir va lavlagini; kuzgi tunlam qand lavlagi va kuzgi gʻalla ekinlarini; janub yoki yovvoyi tunlam — sabzavot va boshqa ekinlarni zararlaydi. Oʻrta Osiyoda uchraydigan mingdevona T.i, shuvoq T.i, janub poya T.i va boshqa ekinlarga koʻp zarar keltiradi.

Kurash choralari: begona oʻtlar yoʻqotiladi, yer chuqur haydaladi, oʻsimlik qator oralari yumshatiladi, almashlab ekish joriy etiladi, urugʻlar ekishdan avval dorilanadi, entomafaglardan foydalaniladi, qurtlarga qarshi ekinlar insektitsidlar bilan ishlanadi va h.k.

Uygʻurlar

Uygʻurlar - xalq, XXRdagi SintszyanUygur muxtor rayonining tub joy aholisi. 8 mln. kishidan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston, Afgʻoniston va Pokistonda yashaydi. Uygur tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yapon (Yutyanxeng), fransuz (Klaprot) olimlari fikricha, "uygʻur" atamasi mil. av. 3—2-asrlardan maʼlum. U. etnogenezi Xitoy manbalarida 4—5 ming yil avval tilga olingan "di"(turk)larning "chidi"(qizil di — janubiy turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shimolida mavjud boʻlgan Chidi davlati mil. av. 594 yil Szin (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shim.ga ketishga majbur boʻlishgan. U. hun qabilaviy ittifoqi (mil. av. 3-asr — mil. 3—4-asrlar)da muhim rol oʻynaganlar. Mil. 5—8-asrlarda U. Jujan(Avar) xonligi, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 7-asrga qadar U. tarkibida yogʻliqor (xon avlodi), quturgʻur, turlamveybur, buqosqir, ovchagʻ, xazarqasar, xoʻgʻursu, yagʻmo, ayovir kabi 9 qabila mavjud boʻlgan. Keyinchalik ularga Sirdaryoning yuqori qismi (Yassi daryosi) boʻyida yashagan adiz qabilasi qoʻshilishi bilan 10 uygʻur ittifoqi shakllangan. 7—9-asrdagi manbalarda 15 uygʻur qabila uyushmasi [baku, hun, bayirgʻu, tungro, sijiye, chibni, izgil(sije), basmil (bashimi), qarluq (gelulu), sir, tardush, tuva, quvurqon, barsuk, qirgʻiz] qayd etilgan.

Qadimda U.ning aksariyati dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Shu sababli ularda qabilaurugʻdoshlik munosabatlari yoʻqolib, yashagan joylari nomi bilan atalib kelgan. U.ning togʻlik oʻlkalardagi va chorvachilik bilan shugʻullangan qismi koʻchmanchi hayotga moslashgan. Ular 646 yil Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uygʻur xonligini tiklagan. UygʻurUrxun xoqonligi (Uygʻur xoqonligi) davrida (744—840) uning barcha fuqarolari "Uygʻur" deb, 9-asrda U.ning Idiqut (Turfon) davlati Xitoy manbalarida "Kuju xonligi" deb nomlangan. 11-asrda uning hududi gʻarbda Kuchar shahridan Buyuk Xitoy devorigacha choʻzilgan boʻlib, arab manbalarida "bilod Uygʻur" yoki "Yugʻur"(alMarvaziy) deb qayd etilgan.

U. mamlakati qad. madaniyat oʻchoklaridan hisbblanadi; bu hududda koʻplab qad. davlatlar, shaharlar mavjud boʻlgan. U. qadimdan turli yozuvlardan (26 ta) foydalangan. Ular 5—6-asrlardan boshlab maxsus uygʻur yozuvi ishlata boshlashgan. Qad. uygʻur musiqa sanʼati Xitoy musiqasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Uygʻur xalqi musiqasining gavhari boʻlgan 12 maqom 16-asrda Omonnisoxon tomonidan tartibga solingan. U. hayotida tosh, suyak, kumush, mis va temirdan turli zebziynat buyumlari yasash rivojlangan. Ular qadimdan jun, ipak, paxtadan maxsus dastgohlarda mato toʻqishgan. Mil. boshlarida (3-asr) ular tomonidan ishlab chiqarilgan qogʻoz, arxeologik qazishmalar natijasida topilgan qogʻoz nusxalarining eng qad.si hisoblanadi.

Abdulahad Xoʻjayev, Abduxoliq Aytboyev.

Uygʻurlar — Markaziy Osiyodagi qadimgi turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Xitoyning Shinjon uygʻur avtanom. rayonining tub xalqi. Shu bilan birga Qozogʻistonda, Qirgʻizistonda, Oʻzbekistonda va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashashadi. Umumiy soni 8,5 million kishi. (2001).

Uygʻur- Markaziy Osiyodagi qadimgi turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Hozirgi XXR, Shinjon uygʻur avtanom. rayonining tub xalqi. Tili — turkiy tilining janub. — sharq guruhiga kiradi. 15 asrlarda Jetisuvga maʼlum miqdori koʻchirilgan Uygʻurlarni taranchi (dehqon)deb atagan.

Vertikal

Vertikal (lot. verticalis — tik) — 1) osmon sferasida zenit va nadiryagm oʻtuvchi faraziy katga doira. Sharq va gʻarb nuqtalardan oʻguvchi V. birinchi V., janub va shimoliy nuqtalardan oʻtuvchi V. meridian deyiladi; 2) tekislikka 90° ostida oʻtkazilgan tik chiziq (V. chiziq).

Xoʻjaobod tumani

Xoʻjaobod tumani — Andijon viloyatidati tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil topgan. 1973-yilda tuman tarkibidan Jalaquduq tumani, 1992-yilda Buloqboshi tumani ajralib chiqqan. Xoʻjaobod tumani shimoliy-sharqdan Jalaquduq, shimoliy-gʻarbdan Andijon, gʻarbdan Buloqboshi tumanlari, sharq, janub va janubiy-gʻarbdan Qirgʻiziston bilan chegaroadosh. Maydoni 0,23 ming km². Aholisi 82,1 ming kishidan ziyod (2004). Tumanda 4 kishloq fuqarolari yigʻini (Birlashgan, Manak, Oltin Vodiy, Xoʻjaobod), 1 shahar (Xoʻjaobod) bor. Markazi — Xoʻjaobod shahri.

Yovvoyi tunlam

Yovvoyi tunlam, janub tunlami [Euxoa conspicua Hp. (Oria musculosa Hb.)] — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Qanoti yoyilganda 25–38 mm. Oldingi qanotlari toʻq kulrangdan jigarranggacha boʻlib, oʻrtasidan och tusli yoʻllar oʻtadi, buyraksimon hamda dumaloq dogʻlari bor. Keyingi qanotlari och rangda. Tuxumi och sariq. Qurtlari 30 mm cha, nim yashil tovlanuvchi tuproqrang , kulrang . Ustidan boʻylama ikkita qoramtir yoʻl oʻtgan. Gʻumbagi qizgʻish jigarrang . Shakllangan qurti tuxum holida qishlaydi. Sutkalik oʻrtacha harorat 6—8° boʻlganda qurtlari chiqa boshlaydi. Tuproqning 5—10 sm chuqurligida gʻumbakka aylanadi. Gʻumbaklik davri 20—24 kun. Iyunda uchib chiqqan kapalaklari bir oy oʻtgach (iyulda) yozgi diapauzanp kechiradi va oʻrtacha harorat 18—20° boʻlganda harakatga kiradi. Urgʻochilari tuxumini toʻp-toʻp qilib (8—130 tagacha) oziqlanadigan usimligi yaqinidagi tuproqqa qoʻyadi (hammasi boʻlib 100—350 gacha). Yilda bitta avlod rivojlanadi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va b. joylarda tarqalgan. Gʻoʻza, bugʻdoy, javdar, arpa, makkajoʻxori, beda, sudanoʻt, oq joʻxori va b. ekinlarga zarar keltiradi. Kurash choralari: boshokli begona oʻtlarni yoʻqotish; angʻizni chuqur qaydash, almashlab ekishda boshoqlilarni ketmaket ekmaslik; ekinlarga xlorofosning 80% li h.k. (1,5—1,8 kg/ ga)ni purkash yoki pestitsidlar dustlarini changitish; zararlangan dalalarga trixogramma tarqatish.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.