Janr

Janr (fransuzcha genre — „koʻrinish“) — shakliy va tarkibiy xususiyatlar majmui bilan tavsiflanuvchi asar turi.

Kinematografiya

Janr (frans. qenre — jins, tur) — sanʼat turlarida tarixan shakllangan ichki boʻlinish hamda mazkur boʻlinishni ifodalovchi tushuncha; shakl va mazmun birligidagi oʻziga xos xususiyatlariga ega boʻlgan sanʼat asarining alohida turi. Sanʼat asarlarining Janr guruxlariga boʻlinishi turli (tanlangan mavzu, badiiy-gʻoyaviy mazmun, shakl jihatlari va boshqa) mezonlarga tayanib amalga oshiriladi; har bir sanʼat turida Janr tasnifi oʻziga xos tizimni tashkil etadi.

Adabiyot (badiiy-adabiy ijod)da Janr asarning qaysi adabiy turga taalluqliligi, hajmi va obrazlarining qurilishi usuli (ramziyligi, majoziyligi, hujjatliligi) bilan belgilanadi. Janrning 3 asosiy turi mavjud: epik Janr (qahramonlik dostonlar, roman va hikoya), lirik Janr (qasida, elegiya, sheʼr, qoʻshik, va boshqa)., dramatik Janr (tragediya, drama, komediya). Mazkur Janrlar asar mavzuiga koʻra yanada maydaroq qismlarga ham boʻlinadi (maye, maishiy, psixologik mavzudagi romanlar; hajviy, lirik komediyalar va vodevil va boshqa).

Tasviriy sanʼatda, avvalo, tasvirlanayotgan narsaga, baʼzan tasvir xususiyatiga koʻra asosiy Janrlar belgilanadi (maye. portret, manzara va boshqa). Keyingi (yanada mayda) boʻlinishlar badiiy ijodda bilish, gʻoyaviy baholash, badiiy obraz boʻlaklari aralashuvi bilan aniqlanadi. Shunga koʻra, portretchi rassom nuqtai nazari umumiy (portret)gina boʻlib qolmay, shuningdek, istehzoli (sharj) va qahrli fosh etuvchi (karikatura) shakliga ega boʻlishi mumkin. Asosiy Janrlarning janrchalari tasvir sohasini xususiyni yanada xususiylarga boʻlishlarda hosil boʻladi (maye, dengiz koʻrinishi marina — manzaranmng bir turi va sh. k.).

Musiqada asarlarning hayotdagi oʻrni, ijro etilish joyi va sharoitiga koʻra, maishiy, marosim, bazm va bayram, harbiy musiqa, konsert, kamer musiqasi kabi; ijro xususiyatlariga qarab, vokal va cholgʻu musiqasi, shuningdek, yakka, ansambl, xor, orkestr musiqasi va boshqa guruxlar ajratiladi. Mazmun va badiiy mohiyati nuqtai nazaridan musiqada ham epik (maye, kitobxonlik yoʻllari, doston termalarn, ballada va boshqa), lirik (ashula, ariya, madhiya, poema va boshqa) hamda dramatik (musiqiy tomosha, musiqali drama, opera va simfoniya kabi) turlarini belgilash mumkin.

Qad., oʻrta acrlar va Uygʻonish davri sanʼatlarida Janrlar orasida aniq, chegara qoʻyilmagan. Klassitsizm davri (Fransiya) dagina qatʼiy Janr tizimi yaratildi. 19-asrda Janrlar orasiga katiy chegara qoʻyilishi bilan ayrim Janrlar oʻz ahamiyati va yetakchiligini yoʻqotdi, ayrimlari (portret, manzara, konsert, simfoniya va boshqa)ning oʻzaro taʼsirda, yangi turlarining paydo boʻlishi kabi murakkab jarayonlar yuzaga keldi. Sanʼatshunoslikda Janr tushunchasi 17-asrda paydo boʻlib, jahon sanʼati tarixining barcha davrlariga nisbatan asarlarning ifodaviy va mazmun xususiyatlarini taxlil qilishda qoʻllaniladi.[1]

Teatr

Adabiyot

  • Asosiy maqola — Adabiy janrlar

Musiqa

Tasviriy san`at

Kompyuter oʻyinlari

  • RPG
  • TBS
  • RTS
  • Kvest (Quest)
  • FPS
  • Arkada (Arcade)
  • Simulator

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Avstriya

Avstriya, Avstriya Respublikasi (nem. Österreich, MFA(olm.): Andoza:Audio-IPA) – Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning o‘rta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 83 ming 858 km2. Aholisi 8 460 390 kishi (2012). Poytaxti – Vena shahri.

Doston

Doston, poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. D.da muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang . Xalq ogʻzaki ijodidagi D.lar nazm va nasrav., yozma adabiyotdagi D.lar nazmda boʻladi, bunda nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi D.larda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon D.larida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi D.lar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmokligi va dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq takdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashki dushmanlar oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo boʻldi. Ularda afsonaviy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning "Iliada" va "Odisseya", Dantening "Ilohiy komediya", Firdavsiyning "Shohnoma" asarlari D. janrining kad. namunalaridir. D.lar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik ("Alpomish", "Farhod va Shirin"), sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"), ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ul-abror"), fantastik-allegorik ("Lison uttayr"), didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga boʻlinadi. Qahramonlik D.larida xalq, jamiyat takdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik D.larda oshiq-maʼshuklarning sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-biografik D.larda biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib, boʻrttirib tasvirlanadi. Umuman, D.larda ideallashtirish, mubolagʻali tasvir ustun boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar, ajabtovur otlar ("Alpomish"dagi Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi. Xalq D.lari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, doʻmbira va xalq cholgʻu asboblari joʻrligida ijro etiladi. Folklordagi D.lar bilan yozma adabiyotdagi D.lar shaklshamoyili jihatidan bir xil koʻrinishda boʻlsada, yozma adabiyotdagi D.lar yozuvchining dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari, orzuarmonlarini ifodalash tarzi, usulida farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar D.lari, jumladan, "Layli va Majnun", "Saddi Iskandariy" asarlari asosida folklor mavzui turgan boʻlsada, shoir ularni oʻz estetik qarashlari va badiiy niyatidan kelib chiqib tubdan qayta yaratgan.

Oʻzbek D.chiligi asrlar davomida oʻsib, kamol topib, shakli rang-baranglashib bordi. Oʻrxun-Yenisey yozuvida, Avestoyaa, "Devonu lugʻotit turk" dagi qadimgi D. parchalarida, turkiy xalqlar mulki boʻlmish "Kitobi dodam Qoʻrqut"da va ayniqsa "Alpomish", "Goʻroʻgʻli" turkum D.larida oʻzbek D.chiligining taraqqiyot yullari, davrlarini kurish mumkin. Navoiy "Hamsa"si oʻzbek D.chiligi tarixida yuksak choʻqqi boʻldi. "Hamsa"da, Gegel iborasi bilan aytganda, "dunyoning qahramonlik holati"ni tasvirlash kuchli, uning falsafiy-axloqiy mazmuni chuqur, unda shaxs barkamolligi, fozil in-son va adolatli jamiyat targʻib etiladi, yaxshilik va yomonlik ildizlari qidiriladi. 20-asrga kelganda, oʻzbek D.lari hajman toraydi, lirizm kuchaydi. Dunyoni, voqelikni va inson ru-hiy olamini, ruhiy kechinmalarini idrok etish va haqqoniy tasvirlash bosh fazilat boʻlib qoldi (Mirtemirning "Surat" dostoni). Hozirgi D.larga afsona, asotirlar ham faol kirib keldi. E. Vohidovnit "Ruxlar isyoni", A. Oripovning "Jannatga yoʻl" D.larida ana shu yangiliklar yaqqol kurinadi. Hozirgi zamon oʻzbek D.larida drama janri belgilari (konflikt, dialog), ayniqsa epik tasvir unsurlari faollashdi. (E. Vohidov, "Istanbul fojiasi", O. Matjon, "Paxlavon Mahmud" va boshqalar).

Bundan tashqari, shoirning his-tuygʻulari, taassurotlari, oʻymushohadalari, kechinmalaridan iborat boʻlgan lirik D.lar ham yaratilmoqda. 20-asr oʻzbek adabiyotida D.lar kamayishini roman janri rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar asosida bayon etib, bolalarga moʻljallangan yirik sheʼriy asarlar yozishda ham D. janridan foydalaniladi.

Drama

Drama (yun. drama — harakat) — 1) badiiy adabiyotning 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). Drama teatrga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga boʻlinishi, bayonning yoʻqligi, personajlar munosabatlarining oʻzaro soʻzlashuvga asoslanishi D.ning oʻziga xos xususiyatidir. Ijtimoiy (konkret tarixiy va umuminsoniy) muammolarni aks ettiruvchi dramatik ziddiyatlar qaxramonlarning xatti-harakatlarida, avvalo dialog va monologlarda ifodalanadi. Drama matni koʻrishga (imo-ishora, harakat), shuningdek, eshitishga moʻljallanadi; u sahnaviy makon, zamon va teatr texnikasi (mizanssenalar qurilishi) imkoniyatlariga ham muvofiq keladi. Drama adabiy asar sifatida aktyor, rejissyor tomonidan sahnada oʻz talqinini topadi. Drama tufayli teatr sanʼati yuzaga kelgan va u kino sanʼati uchun ham asos boʻlgan (qarang Kinodramaturgiya).

Drama janrlari: tragediya, komediya, drama (janr sifatida) va tragikomediyalardir. 2) Dramaturgiya janrlaridan biri. Maʼrifatparvarlik davri (Didro, Lessing)dan boshlab Drama badiiy adabiyotning yetakchi janrlaridan biriga aylangan. Unda insonning ziddiyatli hayoti ifodalanadi. Tarixiy Dramaga fojiaviylik xos. Oʻzbek dramaturgiyasi 20-asr boshlarigacha ogʻzaki shaklda mavjud edi. 20-asrning 1-yarmida dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi: "Padarkush yoki oʻqimagan bolaning holi" (Behbudiy), "Toʻy" (Nusratulla Qudratulla va Hoji Muʼin), "Boy ila xizmatkor", "Koʻknor", "Mazluma xotin" (Hoji Muʼin), "Juvonmarg", "Ahmoq" (Abdulla Badriy), "Baxtsiz kuyov" (Abdulla Qodiriy), "Zaharli hayot", "Ilm hidoyati" (Hamza), "Pinak", "Advokatlik osonmi?" (Avloniy) va b. Bular Drama janri imkoniyatlarini oʻzida toʻla ifodaladi. 20—30-yillarda oʻzbek dramaturgiyasi Gʻulom Zafariy, Fitrat, Choʻlpon, Ziyo Said, Sobir Abdulla va b. dramaturglar ijodi tufayli yanada rivojlandi. 40-yillar dramaturgiyasi Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davr vazifalariga muvofiq taraqqiy etdi. Zamonaviy dramatik asarlarda oʻzbek xalqi tarixi, buyuk siymolar koʻproq yoritildi. H. Olimjon, Izzat Sulton, Uygʻun, Shayxzoda kabilar insonparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan "Muqanna", "Jaloliddin", "Alisher Navoiy", "Mirzo Ulugʻbek" kabi tragediya va dramalar yaratdilar. Oʻzbek dramaturgiyasining yetuk namunalari bu janrning eng yaxshi anʼanalari asosida yaratildi. D.da davr muammolari va hayotiy ziddiyatlarni ichki ruhiy kechinmalar asosida ifodalash oʻzbek sahna asarlarining yetakchi xususiyatiga aylandi. Abdulla Qahhorning "Shohi soʻzana", "Tobutdan tovush", I. Sultonning "Imon", Uygʻunning "Parvona", Oʻ. Umarbekovning "Qiyomat qarz" pyesalari shular jumlasidan.

Fransiya

Fransiya, Fransiya Respublikasi (République Française) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 67,022 million kishi (2019). Poytaxti — Parij shahri. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.

Grammy

Grammy (talaffuzi: Gremmi) — Amerika ovoz yozish akademiyasining musiqiy mukofoti, 1958-yildan beri mavjud. Zamonaviy musiqadagi eng nufuzli taqdimotlaridan biri hisoblanadi, uning nufuzini kinematografdagi Oscar mukofoti bilan solishtirish mumkin.

Grammy har yili 108 kategoriyada 30 musiqiy janr boʻyicha "Recording Academy" ("Ovoz yozish akademiyasi") vakillarining ovoz berishi natijasida taqdim etiladi. Muvaffaqiyatli va tan olingan artistlar va musiqiy muhandislar ovoz berishda qatnashish huquqiga egadirlar. Bon Jovi, Prince, Paul Simon, Beyonce kabi musiqachi va qoʻshiqchilar shular jumlasidandir.

Hikoya

Hikoya — badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida H. qadim anʼanalarga ega. Oʻtmishda H. folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida H.chilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qoʻshgan. Asarda’ 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), OTenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Choʻlpon (oʻzbek) H. janrining asoschilari hisoblanadi. Yev-ropa adabiyotida H. novella deb ham ataladi.

Oʻzbek adabiyotida H. juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar — Kultegin va Toʻnyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabgʻu-zmyning "Qisasi Rabgʻuziy" asarida ham axloqiy xarakterdagi H.ning yaxshi namunalari bor. Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoya-ti", 20-maqolatidagi "Ul qul hikoyati", "Sabʼai sayyor" dostonidagi yetti musofir H.lari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari oʻzbek H. chiligining rivojlanishiga asos boʻlgan.

Oʻzbek adabiyotida realistik H. janri 20-asr boshlarida shakllandi (Choʻlpon, "Qurboni jaholat", "Doʻxtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 1915 va boshqalar). 20-yillarda Gʻ.Gʻulom, A.Qahhor, Oydin va boshqa bu janrda barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor H. ustasi sifatida tanildi. 50—60-yillarda S.Ahmad, 60 —70-yillarda Oʻ.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyo-tiga salmoqli hissa qoʻshdilar.

"H." atamasi kengroq maʼnoda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. Soʻzlab berilgan bunday voqelik oʻz qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos boʻlishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr maʼnosida tushunilmaydi. Mas, Oʻ.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani 9 personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzayev "Olaboʻji" asarini "romandan katta hikoya" deb ataydi. Hozirgi oʻzbek H.chiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.Aʼzamov, N.Eshonqu-lov, Sh. Boʻtayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.

H. inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani loʻnda ifodalashga moʻljallangan. Unda shu voqeaga qadar per-sonaj hayotida nima boʻlgan, qanday roʻy bergan, kim bilan — bular toʻgʻrisida maʼlumot berish shart emas. Juda zarur boʻlsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Mas, A.Qahhorning "Oʻgʻri" H.sida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim deyilmaydi. Egamberdi paxta-furushdan kichkina shart evaziga ikkita hoʻkiz olgan Qobil boboning ertasi toʻgʻrisida "Bu shart kuzda maʼlum boʻladi", deb xabar beradi, xolos. Gʻ.Gʻulom esa "Mening oʻgʻrigina bolam" H.sidagi oʻgʻrining kechagi kunini loʻnda detallar orqali toʻldi-radi. Uydan biron narsa olmay chiqib ketgan yigitning ertangi kuni haqida hech qanaqa maʼlumot bermaydi.

Ixchamlik H.ning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan bir-gina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yoʻli, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat boʻlib qolishi mumkin. Biroq har qanday koʻrinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi.

H. mazmuniga koʻra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yoʻnalishlarda boʻlishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqeiy H.lar (N.Fozilovning "Ustozlar davrasida") ham boʻladi. Oʻzbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bogʻliq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan "hashar H.lar" ham uchraydi.

Italiya

Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) – Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarim orol, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Maydon 301,2 ming km2. Aholisi 60,92 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jixatdan 20 viloyat (regione)ra boʻlinadi. Poytaxti – Rim shahar.

Komediya

Komediya (yun. κωμωδία, κῶμος - Dionis sharafiga bayram va ἀοιδή - "ashula", "qoʻshiq") sanʼat janri boʻlib, undagi asarlarda mutoyiba va satira unsurlari keng ishlatiladi.

Loose

Musiqiy albom

Nomi = Loose

Tip = albom

Ijrochi = Nelly Furtado

Reliz = 20 iyun 2006

Janr = pop

Davomiyligi = 63:42

Leybl = Geffen Records/Mosley Music Group

Prodyusserlar = Timbaland va DanjaLoose — Nelly Furtado guruhining uchinchi studiyaviy albomi, relizi 2006-yil 20 iyun. Birinchi singl — Promiscuous treki, keyingisi — Do It.

Musiqali drama

Musiqali drama - 1) musiqa (vokal va cholgʻu) hamda soʻz sanʼatiga asoslangan sax.na asari, musikali teatr janri. Ilk namunalari Sharq (mas, 5-asr Xindiston, 12-asr Xitoy)da shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda 20-asr boshida, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 1920 yillarda vujudga kelgan. Musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning ichki kechinma va holatlari, oʻzaro mu-nosabatlari soʻz, musiqa, dramatik harakat, shuningdek, raqs orqali ifodalanadi, musiqa va soʻz bir-birini toʻldirib, asar mazmunini ochishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda musiqali drama janri 1910—20 yillardan milliy adabiybadiiy tomosha sanʼati va musika merosi zaminida shakllana boshladi. Uning tarkib topishida oʻzbek xalq tomoshalarida musiqadan foydalanish tajribalari, shuningdek, ozarbayjon teatrining musiqali dramatik spektakllari muhim rol oʻynadi. Hamzaning "Hoy, ishchilar", "Qarmoq", "Quzgʻunlar" kabi inssenirovkalari, "Fargʻona fojiasi" tetralogiyasi; Gʻulom Za-fariyning "Halima" pyesasi; Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asarlarida Musiqali dramaning oʻziga xos jihatlari mustahkamlana boshladi. Oʻzbek Musiqali dramasi oʻz taraqqiyotida bir necha davrni bosib oʻtdi. Dastavval pyesaga mos musiqa materiali xalq ijodidan saralab olingan boʻlsa, 1930-yillarning boshida S Abdullaning "Poʻrtana", M. Muhamedov va K. Yashinning "Ichkarida" kabi zamonaviy asarlari sahnalashtirilganida xalq musiqa merosi namunalarini qayta ishlashga urgʻu berilgan. Oʻzbek bastakor va kom-pozitorlari Musiqali drama musiqasining ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirishdi. "Layli va Majnun" (Navoiyning shu nomli dostoni asosida Xurshid librettosi; T. Sodiqov va N. Mironov musiqasi), "Farhod va Shirin" (Navoiy-Xurshid, V. Uspenskiy), "Gulsara" (K. Yashin; R. Glier) kabi Musiqali dramalar shular jumlasidandir. Musiqali dramaning adabiy va musiqa jihatidan yuksalishida dramaturglardan K. Yashin, S. Abdulla va bastakor T. Jalilovning xizmatlari katta. Ular qalamiga mansub "Nurxon", "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin; T. Jalilov), "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Muqimiy", "Gul va Navroʻz" (S. Abdulla, T. Jalilov) kabi yetuk Musiqali dramalar mavjud. 1950-yillardan boshlab bu janrda mustaqil ijod qiluvchi oʻzbek kompozitorlari yetishib chikdi: M. Leviyev, A. Muhamedov, S. Boboyev, H. Rahimov. Ik. Akbarov, D. Zokirov, D. Soatqulov, S. Jalil, M. Yusupov, S. Hayitboyev, M. Bafoyev, M. Mahmudov, F. Olimov va boshqa Ular oʻzbek musiqa merosi, Yevropa professional musiqa uslubi, ifoda vositalari va shakllari (jumladan, ariya, duet va boshqa ansambllar, xor va raqs sahnalari)ga tayanib, oʻz Musiqali dramalarida haqiqiy musiqiy dramaturgiya hosil qilishga intilishdi. Dramaturg , kompozitor va ijrochilarning malakasi oshishi natijasida Musiqali drama zamonaviy professional musiqalidramatik janr darajasiga koʻtarildi va uziga xos xususiyatlariga ega boʻldi. "Vatan ishqi" (3. Fatxullin, Sh. Saʼdulla; S. Boboyev), "Momo yer" (Ch. Aytmatov qissasi asosida T. Tula inssenirovkasi; I. Akbarov musikasi), "Navoiy Astrobodda" (I. Maxsumov; Yu. Rajabiy, S. Jalil), "Prometey" (Yu. Marsinkyavichyus; M. Bafoyev), "Yusuf va Zulayho" (R. Bobojon; F. Olimov), "Kumush shahar malikasi" (I. Sulton; Ik. Akbarov) kabi Musiqali dramalar bunga misoldir. Sof drama kabi Musiqali drama ham musikali drama, musiqali fojia, musikali komediya kabi turlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbek kompozitorlari ijodidan katta urin olgan musiqali komediyani musiqashunoslar mustaqil janr sifatida tadqiq qiladilar; 2) operaning dastlabki nomlaridan biri (ital. dramma in musica, dramma per(la) musica). 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Italiya (mas, K. Monteverdi ijodi)da paydo boʻlgan. 1639 yil paydo bulgan yangi "opera" nomi Musiqali drama urnini egallay boshlagan. 19-asr oʻrtalarida R. Vagner oʻzining yuksak musiqali-dramatik rivojiga ega boʻlgan "Nibelunglar uzugi" tetralogiyasi, "Tristan va Izolda", "Parsifal" operalarini Musiqali drama deb taʼriflagan, M. Musorgskiy esa "Boris Godunov", "Xovanshchina" kabi asarlarini xalq Musiqali dramalari deb atagan.

New metal

Nu metal (talaffuzi: Nyu metal, inglizcha: new metal — yangi metal soʻzidan jargon) — 1990-y.llarning oʻrtalarida paydo boʻlgan musiqiy janr. Bu janrga eng katta ta'sirni 1990-yillar boshlarining grunge va alternative metali koʻrsatgan hisoblanadi. Shuningdek, nu metal guruhlarning musiqasida hip hop, elektronika, metalning boshqa janrlari, ayniqsa thrash metal va groove metal ishlatiladi.

Eng mashhur nu metal guruhlar, bu: Korn, System of a Down, Deftones, Limp Bizkit, Slipknot, Linkin Park.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (OʻzME) — Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 14 jildli universal milliy ensiklopediya. Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzME Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan. OʻzMEdagi aksar maqolalar Sovet davrida chiqariglan 14 jildli Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan.

Ensiklopediyaning barcha 12 jildi 2000-2006-yillarda nashr qilingan. O‘zMEda O‘zbekiston Respublikasi haqidagi materiallar bilan birgalikda umumbashariy maʼlumotlar ham berilgan. O‘zMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabog‘ini tashkil etgan qaryib 50 ming maqola berilgan. O‘zME har bir jildida 800-1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o‘rin olgan. Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. OʻzMEning 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekistonga tegishlidir.

Pop musiqa

Pop — 1950-yillarda rock and rolldan kelib chiqqan keng tarqalgan musiqa stili. Pop soʻzi inglizcha „popular“ („mashhur“) soʻzidan kelib chiqqan.

Pop-musiqa [ing . pop (popular) music — ommabop musiqa] — 20-asrda qaror topgan yengil (koʻngilochar) musiqa uslublarining umumiy ifodasi. Dastlab (1950-yillarda) fakat rok musiqata nisbatan qoʻllanilgan. Hozirda koʻngilochar tijoriy musiqaning barcha janr va uslublariga nisbatan ishlatiladi (shlyager, ritm-end-blyuz, disko, soul, launj va embiyent, xip-xop, elektro-pop va h.k.). P.-m.ning asosiy tamoyili — turli (jumladan, xalq musiqasi, mumtoz kompozitorlik ijodi, jaz va boshqalar) musiqa qatlamlariga oid ifodaviy vositalardan foydalanib muayyan uslubiy qoliplarni yara-tishdan iborat. Bu esa P.-m. namunalarining idrok etish jarayonini yuqori darajada yengillashtirib, ijodiy "mahsulot"ning haridorbopligini taʼminlaydi.

P.-m.ning ijod va ijro jarayonlari xalqaro "musiqiy industriya" tizimini tashkil etadi. Unga ovoz yozish studiyalari, grammplastinka, audiokasseta va musiqali kompakt-disklarni ishlab chiqaradigan konsernlar (mas, "Sony music"), radio va televideniye (Mas, "MTV" kanali), maxsus nashrlar va reklama shakllari (videoklip kabi), prodyuser markazlari va boshqa kiradi. Ular ijod-korlarning badiiy topilmalarini an-dozalashtirish va ayni shu andozalar asosida yaratilgan yuzlab-minglab "yangi" namunalarni turli milliy madaniyatlarga singdirish yoʻlida faoliyat kursatadi. Shuning uchun, P.-m. tizimida yetuk sanʼatkorlar bilan bir kdgorda koʻpincha reklama tufayli mashhur boʻlgan "yulduz"lar faoliyat kursatadi, musika uslubida esa ommalashib ketgan unsur (oxang , usul va boshqalar)lar asosiy urin tutadi.

Olimjon Bekov.„Ommaviy madaniyat“da „Pop (ommaviy)-muzika“ alohida oʻrin tutadi. „Pop-muzika“ni „Yangi rok“ belgilaydi. „Yangi rok“, taʼbir joiz boʻlsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Yaʼni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yoʻnaltirilgan. „Ommaviy madaniyat“dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytiradi, polifonizm — musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yoʻqqa chiqaradi.„Pop-muzika“ ijrochiligi koʻngil­ochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqs­lar, koʻpincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib etadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi.

1970-yilda Kaliforniyaning Altamonte shahrida boʻlgan musiqa ­festivalida oʻzini „pop-muzika“ qiroli hisoblaydigan „Rolling Stounz“ („Aylanayotgan tosh“) guruhi konserti ana shunday ur-yiqitlar bilan tugab, politsiya bu mojaro oqibatlari bilan uzoq muddat shugʻullanishiga toʻgʻri kelgan edi. „Pop-muzika“ namoyandalari oʻz „ommaviy“liklarini taʼkidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham — odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuygʻularini rad etib — asosan koʻcha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va oʻzlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Bunday holatlarni „pop-muzika“chilar sanʼatdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi.

„Pop-muzika“ namoyandalari ijro etadigan qoʻshiq matnlari koʻpincha, sheʼriyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular koʻproq koʻchada mavjud behayo, jargon iboralarga — qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan soʻzlarga asoslangan. "Pop-musiqa"ning qiroli Maykl Jekson.

Qissa

Qissa — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi Q. tushunchasi yoʻq, nasrning romandan boshqa barcha janrlari "novella" termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek adabiyotlarida Q.ning hozirgi va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Mas, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (Q) deb atalgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar q. deb yuritilgan. Mas, "Qissai Sayfulmuluk", "Qisasi Rabgʻuziy" va boshqa Hozirgi maʼnodagi oʻzbek Q.si rus adabiyotidagi "povest" terminiga toʻgʻri keladi va, asosan, roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.

Q., odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. q. hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Q.da u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Q.da lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq boʻlishi mumkin.

Roman kabi Q.ning ham avtobiografik (Oybek, A.Qahhor, N.Safarov), tarixiy (Mirkarim Osim, Ya.Ilyosov va boshqalar), fantastik (T.Malik, H.Shayxov, M.Mahkamov va boshqalar) turlari bor. Hozirda Q. nasrning eng faol janrlaridan boʻlib, unda yosh yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar.

Qitʼa (lirik janr)

Qitʼa (arab. — boʻlak, qism, parcha) — mumtoz adabiyotda lirik janr. Sheʼriy shakl sifatida qasida va gʻazaldan oldin paydo boʻlgan. Tuzilishiga koʻra, gazalga yaqin turadi, lekin Q.da matlaʼ qofiyalanmaydi (ab. vb, gb...), hajmi ham qatʼiy emas, mazmun talabiga koʻra, ikki bayt va undan ortiq (xatto 19 baytgacha) boʻlishi mumkin. Har bir Q. yaxlit asar boʻlib, biron mavzuga bagʻishlanadi. Boshqa lirik janrlarga nisbatan Q.da shakl va mazmun erkinligi ustun, mavzu doirasi ham keng . Unda ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy axloqiy-taʼlimiy va boshqa mazmundagi fikrlar hajv va hazilmutoyiba tarzida, shoir hayotining turli lahzalari bilan bogʻliq qayd va mulohazalar sifatida oʻz ifodasini topishi mumkin.

Fors-tojik adabiyotida Q.ning dastlabki namunalari Rudakiy ijodida koʻrinadi. Uning janr taraqqiyoti va takomilida fors shoiri Avhadiddin Anvariy (1190 yil v. e.) va Ibn Yamin Faryumodiyning xizmati katta.

Oʻzbek adabiyotida Q.ning ilk namunalari "Devonu lugotit turk"da, Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa ijodida uchrasa-da, uning taraqqiyoti Alisher Navoiy ijodi bilan bogʻliq. Q. dan hech kim Navoiychalik samarali foydalana olgan emas. U eng koʻp Q. yozgan Ibn Yaminning ilgʻor anʼanalarini oʻz davri sharoitiga bogʻlab rivojlantirgan, Q.ni oʻzbek adabiyotida mustaqil janr darajasiga koʻtargan. 16—19-asrlarda Bobur, Poshshoxoja, Munis Xorazmiy, Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy, Shukuriy Fargʻoniy, Ogahiy, Miriy, Avaz Oʻtar, Almaiy va boshqa shoirlar Naioiy anʼanalarini davom ettirib, oʻzbek qitʼanavisligiga hissa qoʻshdilar. Habibiy, Sobir Abdulla, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Chustiy, Charxiy, E. Vohidov va boshqalar Q.lar yaratishgan. Hozir Q.lar barmoq vaznida ham yozilmoqda.

Qoʻshiq

Turkiy halqlar orasida, sheʼrga bitilgan bir nazm shakli, qo'shiqdir. Bastalangan musiqa bilan birgalikda qoʻshiq yaratiladi. Bastakorlik asosida yaratilgan asar 3-5 toʻrtliklardan iborat boʻlishi mumkin, baʼzan qisqa yoki ulkan hajmda ham boʻlishi mumkin. yangi adabiyotimizda Muhammad Yusuf bayotlari bu turda mohirlik bilan qoʻllanilgan.

Qoʻshiq — keng maʼnoda sheʼriymusiqiy janr; vokal musiqannnt eng ommalashgan, koʻproq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga moʻljallab toʻqilgan sheʼriy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompo-zitorlar yaratgan, ommabop musiqa yoʻnalishidagi Q.lar farqlanadi. kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qoʻshiqlari, ommaviy qoʻshiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa Q.lar ajratiladi. Q. kuyi dia-pazoni ixchamligi, musiqa rivoji band (yoki band-naqarot) shakliga asoslanganligi, ohanglar tizimida soʻz va kuy intonatsiyalari mushtarakli-gi, sheʼriy matndagi gʻoyaviy-emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda (badiiy yakuni sifatida) ifo-dalanishi bilan ajralib turadi. Q.ning yana oʻziga xos tomoni — sheʼriy matn va kuy shakllarining oʻzaro mutanosibligi, bir xil hajmdagi tuzil-malar (sheʼrda — band, kuyda — davr)ga asoslanganligidan iborat. Q.ning sheʼriy matnlari aniq kompozitsiyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Sharqda xalq Q.lari oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlib, Oʻrta Osiyoda ir (jir), terma, oʻlan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, 20-asrda zamonaviy Q. shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa sanʼatida Oʻrta asrdagi shoirxonan-dalar (Fransiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlar va boshqalar)ning asarlari. meysterzingerlar sanʼati namunalari, Uygʻonish davrish yaratilgan koʻp ovozli italyan sapgopePa, nemischa 1es1, fransuzcha spapzop, 17—18-asrlardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi Q.lar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi Q., 20-asrda keng rivoj topgan ommaviy qoʻshiq, estrada Q.lari va boshqa professional Q.ning rivojlanish bosqichlaridir. Shoirlardan P.Beranje, R.Byorns, R.Hamzatov, V.Visotskiy va boshqa, Oʻzbekistonda — Hamza, Habibiy, Sobir Ab-dulla, Mirtemir, Chustiy, T.Toʻla, P.Moʻmin, N.Narzullayev, Muham-mad Yusuf, E.Vohidov, J.Jabborov va boshqalarning Q. sheʼriyati rivojidagi xizmatlari katta.

Tor maʼnoda Q. — oʻzbek xalq ijodidagi janr; qoʻsh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7—8 hijoli barmoq vaznidagi toʻrtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. birinchi sheʼr toʻrtligi qofiyalari aaaa, aava, aavv yoki aavs nis-batida boʻlishi mumkin. Oʻzbek Q.larida birinchi bandi odatda 4 sheʼriy misra va ularni kuylashga asos boʻlgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uygʻunligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2—4 boʻlib, ularning oʻzaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, oʻzgartirish yoki maʼlum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. Oʻzbek Qlari, ashuladan farqli oʻlaroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta — seksta diapazoni-da) boʻlib, baʼzan doira joʻrligida ijro etiladi. Kuychan ohangli Q.lar, asosan, lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa Q.larda kuychanlik xususiyatiga ega choʻzimli ohanglar uchrasa-da, ular koʻproq Q.ning* yakunlanishi arafasida namoyon boʻladi. Q.larda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qoʻllanmasa-da, baʼzan kichik naqarot vazifasini kasb etuvchi takror soʻzlar kelishi, shuningdek, "jon", "yor", "dod-ey" kabi un-dov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi.

20-asr oʻzbek bastakorlari va, ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub Q.lar janr nuqtai nazaridan oʻzida boshqa janrlar (lapar, yalla, ashula, terma) xususiyatlarini mujassam qilib, maʼlum oʻzgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-naqarot tuzilmalari, joʻrnavoz cholgʻular, raqs unsurlarini ham koʻrish mumkin. Oʻzbek bastakorlaridan Yu.Rajabiy, K.Jabbo-rov, Fahriddin Sodiqov, T. Jali-lov, Gʻ.Toshmatov, N. Hasanov, M. Mir-zayev, BAliyev, R.Tursunov va boshqa, kom-pozitorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M. Leviyev, S.Yudakov, A.Otajonov, F . Nazarov, A. Nazarov, F.Alimov, Q.Komilov, bolalar uchun A. muhamedov, Ye.Shvars, Il.^Akbarov, N. Norxoʻjayev, A.Ergashev, A.Mansurov, estrada yoʻnalishida Sh.Ramazonov, Ik. Akbarov, E. Solihov, D.Omonul-layeva, A.Rasulov va boshqalar Q. jan-rida salmoqli ijod qilgan.

Ad.:Alaviya M., Oʻzbek xalqqoʻshiqpari, T., 1959; Karomatov F., Oʻzbek xalqi musiqa merosi, 1-kitob (qoʻshiq), T., 1978. Olim Bekov, Oqil Ibrohimov.

Mashhur oʻzbek sanʼatkori Ohunjon Madaliyev tomonidan yaratilgan „Turkman qizga uylanam“ ashulasi Muhammad Yusuf asari asosida yaratilgan boʻlib ashula janriga yaqqol misoldir

Rap

Rap, Hip hop sanʼatining bir qismiga aylangan musiqa turidir. Rap rechitativ tarzda ogʻir ritmga asoslangan musiqa ostida oʻqiladigan sheʼriy hikoya va tarixan Afro-Amerika anʼanaviy madaniyatining bir koʻrinishi sifatida paydo boʻlgan. Biroq qadimdan rap va u singari aytimlar nafaqat qora tanlilar folklorida, balki har qanday xalq anʼanaviy madaniyatida u yoki bu shaklda mavjud boʻlganligi ham maʼlum hisoblanadi. Rap janr sifatida qoʻshiqqa yaqinroq koʻrinishga keldi va sahna sanʼatidan joy oldi.

Rap atamasi "Rhytm And Poem" (Ritm va poeziya) yoki "Rhythmical African Poetry" (Ritmli Afrika poeziyasi) soʻzlarining qisqartmasi hisoblanadi.

Shuningdek, Islomgacha boʻlgan arab dunyosi bozorlarida rapga oʻxshash janr keng tarqalgan.

Roman

Roman (frans. roman) — nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. R. oʻrta asrlarda roman tillaritsa yozilgan har qanday asarni j, anglatgan. R.da shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa R. janri mundarijasining uziga xosligini belgilab beradi. Muayyan shaxs takdirining oilaviymaishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit bilan uzaro uzviy aloqada tasvirlanishi R. janrining kulami va gʻoyaviybadiiy qimmatini namoyish etadi. R. janri markazida bosh qahramon obrazi turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda tutgan mavkei bilan har doim ham mushtarak bulavermaydi. Aksincha, inson uz takdiriga nisbatan katta yoki insoniy fazilatlariga koʻra kichik boʻlishi mumkin. Binobarin, u bilan uning takdiri yoki jamiyatdagi mavqei oʻrtasida muayyan ziddiyat boʻladi va xuddi shu ziddiyat R. janrining mundarijasini — syujet chiziklarini harakatlantirib turadi. Bosh qahramonning shaxs sifatidagi fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa qahramonlar bilan munosabatida, kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali xotima bilan tugashi yoki ularning yengil va hajviy oqimda kechishi R.ning epik janr sifatidagi uziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Har ikkala holatda ham bosh qahramon bilan jamiyat, muhit yoki urfodat oʻrtasidagi ziddiyat va kurash oʻzida davrning ijtimoiy hamda maʼnaviyaxloqiy muammolarini qanchalik yorqin ifodalasa, R.ning badiiy qimmati va ijtimoiy ahamiyati shunchalik katta boʻladi. R. oʻz tarixining dastlabki davrida mavjud adabiy janrlarga parodiya sifatida maydonga kelgan. Keyinchalik R.navislarning muayyan uslubiy tuzilma va tasviriy vositalar tizimini siyqalashtirishga qaratilgan urinishlari ham parodiya qilingan. Bu hol R.ning avvalboshdanoq muayyan adabiy shakllarni qonunlashtirishni xush koʻrmaydigan va yozuvchi qarshisida badiiy tasvirning barcha imkoniyatlarini ochadigan janr boʻlganidan shahodat beradi.

Mavzu, hajm, syujetning murakkablik darajasi, kompozitsion tuzilish va tasvir usullarida muayyan farq boʻlishiga qaramay, R. janrida baʼzi bir badiiyat unsurlarining (intriga, konflikt, yechim kabi) boʻlishi talab etiladi. Shu bilan birga R. navislar bu unsurlarga, shuningdek, badiiy tasvirning boshqa shakl va vositalariga erkin munosabatda boʻlishlari mumkin. R.lar oʻz tarixining dastlabki davrida tuzilishiga koʻra 2 guruhga — "ochiq" va "yopiq" R.larga ajralgan. "Ochiq" tuzilmali R.ning yorqin namunasi M. Servantesning "Don Kixot" i boʻlib, unda jamiyat hayotining xilmaxil tomonlari bilan birga bosh qaxramon ishtiroki harakterining tadrijiy oʻsishi ham mufassal tasvirlangan, bosh qahramon ishtirok etgan voqea va hodisalarga esa koʻplab personajlar jalb etilgan. "Yopiq" tuzilmali R.larning dastlabki namunalaridan biri M.M. de Lafayetning "Malika Klevskaya" asaridir. Bu asarda yozuvchi eʼtibori faqat bir qaxramon hayoti, bir konflikt va bir vaziyat tasviriga qaratilgan. Keyinchalik, R. janri ichki shoxobchalarga boʻlingan paytda psixologik R.janri ana shu "yopiq" R.dan oʻsib chiqqan.

R. antik adabiyotda paydo boʻlganida, yozuvchilar koʻpincha maishiy mavzudagi miflarning anʼanaviy syujetlaridan foydalanib, ularga emotsional olam manzaralarini olib kirganlar. Kahramonlarning ichki olami tasviri bu asarlarda voqeabandlikning soyasida qolgan. Ammo Longning "Dafnis va Xloya" ishqiybukolika R.ida qaxramonlarning sarguzashtlariga qaraganda ularning histuygʻulari tasviriga shu qadar katta oʻrin berilganki, natijada bu asar uzoq davrlar mobaynida psixologik R.ning mumtoz namunasi hisoblanib kelgan.

R. janri ana shu tarzda davrmadavr boyib, badiiy tuzilmasi oʻzgarib bordi. Oʻrta asrlarda romantik tasvir usulining yetakchilik qilishi natijasida ritsar R.lari ("Tristan va Izolda rivoyati"), Uygʻonish davrida kichik hikoyalardan iborat R.lar (J. Bokkachchoning "Dekameron"i), romanlashgan qissa (M. Boyardo, L. Ariosto, T. Tasso) va dramalar (V. Shekspir) maydonga keldi. Ana shu tarzda R. tabiatida kechayotgan oʻzgarishlar insonparvarlik gʻoyalari ustuvorlik qilgan Maʼrifatparvarlik davrida muayyan darajada oʻz yakuniga erishdi. A. F. Prevonpng "Manon Lesko" R. i bilan adabiyotga "oʻrta" harakter deb yuritilgan qahramonlar obrazi kirib keldi va shu davr R.larida ruhiyat tasviri keng oʻrin egalladi.

19-asrdan boshlab jahon adabiyotida realistik R. janri shakllana boshladi. G. Stendal, O.Balzak, G. Flober va boshqa yozuvchilarning badiiy izlanishlari bilan R. janrining syujet doirasi kengaydi, koʻp planlilik, epik kulam va syujetning shiddatli harakati janrning muhim shartlari sifatida qabul qilindi. 19-asrning soʻnggi choragida naturalizmning avj olishi natijasida R. tabiatida turgʻunlik, hatto tanazzul holati koʻzga tashlandi. Ammo 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida J. Golsuorsi, G. Mann, T. Mann va J. London realistik asarlarining yaratilishi bilan R. janri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga erishdi. Rus adabiyotida "Yevgeniy Onegin" (A. S. Pushkin) sheʼriy romanining yaratilishi rus R. navisligining shakllanishiga muxim turtki berdi. N.V. Gogol, I. V. Turgenev, L. N. Tolstoy, F. M. Dostoyevskiy R.larining maydonga kelishi bilan realistik rus R. navislik maktabi vujudga keldi.

Oʻzbek adabiyotida R. janrining paydo boʻlishiga Navoiy "Hamsa"sini tashkil etgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" singari dostonlar, xalq kitoblari va dostonlari muhim manba boʻlib xizmat qildi. Milliy uygʻonish adabiyoti namoyandalari dastlabki oʻzbek R.larini yaratishga kirishganlarida mazkur milliy adabiy tajriba va anʼanalardan samarali foydalandilar. Hamzaning "Yangi saodat yoxud Milliy roman"i (1914), Mirmuhsin Shermuhamedovning "Befarzand Ochildiboy" (1915) asarlari dastlabki oʻzbek R.larini yaratish yoʻlidagi izlanishlar edi. Kodiriyning "Oʻtgan kunlar" (1926) asarining yaratilishi bilan oʻzbek realistik R.i vujudga keldi. Qodiriy bu asari bilan milliy oʻzbek R.navislik maktabiga asos soldi. Ayni paytda bu asar katta badiiy polotnolarni yaratishga qodir yangi oʻzbek adabiy tilining shakllanganini ham namoyish etdi. Keyinchalik Kodiriy "Mehrobdan chayon" (1928), Ayniy "Qullar" (1934), Choʻlpon "Kecha va kunduz", Abdulla Qahhor "Sarob" (1935), Oybek "Kutlugʻ qon" (1939) va "Navoiy" (1944) asarlari bilan oʻzbek R.navislik maktabining yuksalishiga katta hissa qoʻshdilar. Us toz adiblarning ijodiy izlanishlari tufayli shakllangan oʻzbek R. navislik maktabi keyinchalik A. Muxtor, Shuhrat, Mirmuhsin, H. Gʻulom, Sh. Rashidov, S. Ahmad, Shukrullo, M. Ismoiliy, O. Yoqubov, P. Qodirov, Oʻ. Hoshimov, T. Malik, O. Muxtor va boshqa yozuvchilarning turli mavzuda yozgan asarlari bilan boyidi. Oʻzbek R. navisligida R. janrining turli kurinishlari (tarixiy, tarixiybiografik, tarixiyinqilobiy, publitsistik, harbiy, sarguzasht, fantastik R.lar, shuningdek, R. xronika, R.novella, R.munozara) va shakllari (dilogiya, trilogiya) paydo buldi.

Sovet davrida yaratilgan ayrim R.larda shu davrning oʻtkinchi gʻoyalari olgʻa surilgan va voqelik sotsialistik realizm talablari asosida buyab, xaspushlab koʻrsatilgan. Shunga qaramay, oʻzbek R.i xuddi shu davrda milliy adabiyotning yetakchi janrlaridan biri sifatida paydo bulib, uzining yuksak namunalarini berdi.

Mustaqillik yillarida Oʻ. Hoshimov, Sh. Xolmirzayev, T. Malik, H. Shayxov, O. Muxtor, Muhammad Ali, U. Nazarov, Togʻay Murod va boshqa yozuvchilar oʻzbek R. navisligini oʻzlarining turli mavzu va janr koʻrinishlaridagi asarlari bilan boyitmokdalar.

Simfonik metal

Simfonik metal (simfo-metal) — metal va orkestr musiqasining aralashmasidan hosil bo'lgan musiqiy janr.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.