Ivrit

Ivrit (עברית) (ibroniy tili) — Afro-Osiyo til oilasiga mansub Semit tildir. Som-xom tillari oilasiga kiradi. Ivritda Isroil va dunyoning boshqa burchaklaridagi yahudiy jamoatlaridagi yetti milliondan ortiq odam soʻzlashadi. Isroilning oʻzida arab tili bilan bir qatorda rasmiy til hisoblanadi. Yozuvi qadimgi yahudiy alifbosi asosida.[1]

Ivrit
Milliy nomi עברית
Mamlakatlar Isroil
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 8.200.000
Turkumlanishi
Til oilasi Afro-Osiyo
Til kodlari
ISO 639-1 he
ISO 639-2 heb
ISO 639-3 heb

Yana qarang

Havolalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
21 Lessons for the 21st Century

21 Lessons for the 21st Century Quddus Ibroniy Universiteti professori Yuval Noah Harari tomonidam yozilgan badiiy boʻlmagan kitob. Bu kitob 2018-yilda Ivrit tilida nashr qilingan.

Harold Rhode

Harold Rhode (talaffuzi: Herold Rooʻd) (1949-yil 19-sentabrda tavallud topgan) — AQShlik sharqshunos va siyosiy sharhlovchi. U 28 yil Pentagonda analizchi boʻlib ishlagan. Harold Rhode musulmon mamlakatlarida oʻqib sayohat qilgan. Misr, Isroil, Siriya, Iordaniya, Eron, Afgʻoniston, Turkiya, Oʻzbekiston va Qozogʻiston kabi mamlakatlarning universitet va kutubxonalarida izlanishlar olib boran. Rhode arab, ivrit, fors, ingliz va turk tillarini biladi.

Hasan

Hasan (arab. حسن) — arabcha erkaklar ismi. Shuningdek Hasan (Hassan) irland, arab va Yahudiylar familiyasi.

Hasan (Hasan), Hasan (Hassan), Hessan (Hassan), Hasen (Hassen), Hason (Hasson), Hasin (Hassin), Hasen (Hacen), Hsen (Hasen), Hasin (Hasin), Kasin (Cassin), Hasan (Chassan), Hasan (Chasan), Kasan (Khassan), Kasan (Khasan), Kasan (Cassan), Kasan (Casan) yoki Hasaan (Hasaan) kabi yoziladi.

"Hasan" yoshlikni anglatadi

"Hasan" (arab. حسن) arab tilida goʻzal, erkak yoki yaxshi maʼnolarini anglatadi.

"Hasan" (ivr. חסן ) ivrit tilida regent, xonishchi yoki ibodatni boshqaruvchi maʼnolarini anglatadi.

"Hasan" sharqiy soʻzdek tuyulishi mumkin, lekin Irlandiyada ingliz tilidagi Ó hOsáin shaklidan shakllangan. Uni Ó hOisín va Ó hOiseáin (qarang Hession va Hishon)dan farqlash lozim. Londonderri grafligida familiya "Hasan" (Hassan), "Hasen" (Hassen), "Hason" (Hasson) va «O’Hasan» (O’Hassan) koʻrinishlarida tarqalgan.

Hayfa

32°49′0″N 34°59′0″E

Hayfa (yahudiycha חֵיפָה; arabcha حَيْفَا ) - Isroildagi yirik shaharlardan biri. Aholisi 266 ming 300 kishi.

Isroil

Isroil (ivr. יִשְׂרָאֵל, arab. إسرائيل‎) — Yaqin Sharq oʻlkasida, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengizning janubisharqiy boʻyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km2. Aholisi soni 2016-yilgi maʼlumotlarga koʻra 8 522 000 kishi. Poytaxti — mavjud emas. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — Tel-Aviv shahri. Rasmiy tillari — ivrit va arabcha. BMTning 1947-yildagi qaroriga muvofiq

Ivritcha Vikipediya

Ivritcha Vikipediya — Vikipediyaning ivrit tilidagi boʻlimi. Ivritcha Vikipediya 2003-yilning iyul oyidan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Jahon tillari

Dunyo tillari yoki jahon tillari — Yer sharida yashovchi (yoki avval yashagan) xalqlarning tillari. Ularning umumiy soni 2500-dan 5000 gacha. Koʻp tarqagan dunyo tillarining safiga (million kishi hisobi bilan 1985-yilgi maʼlimot boʻyicha) kiruvchi tillar: xitoy (1 mlrd-dan ziyod), ingliz (420), hind, o'nga yaqin urdu (320), ispan (300), rus (250), indoneziya (170), arab (170), bengal (170), portugal (150), yapon (120), nemis (100), fransuz (100), pendjav (82), italyan (70), koreys (65) tillari. Bu hisobga ularni gapiruvchilari bilan birga millatlararo, xalqlarolik aloqa sifatida foydalanuvchilar ham kiradi. Barcha dunyo tillari yaqinligiga qarab tilli oilalarga boʻlinadi. Ularning har biri yaqin dialektlari guruhidan chiqqan, qadimgi zamonlarda bir tilning dialektlari boʻlgan yoki bir tilli ittifoqqa kirgan.

Jahon tillari - yer yuzida hozirgi yashayotgan va qad. yashab oʻtgan xalqlarning tillari. J. t. umumiy soni turli manbalarda 2500 dan 5000 va undan ortiq deb koʻrsatiladi (bularning aniq sonini belgilash juda murakkab, chunki tillar oʻrtasidagi va bir tilning dialektlari orasidagi farqlar nihoyatda shartlidir). J. t. ichida keng tarqalganlari (soʻzlashuvchilar soniga koʻra) quyidagilar: xitoy, ingliz, rus, ispan, hind va urdu, indonez, arab, bengal, portugal, yapon, nemis, fransuz, italyan, panjob, telugu, koreys, maratxa, tamil, ukrain va b. Qardoshligiga koʻra J. t. tillar oiyaasita birlashadi. Bulardan eng keng tarqalgani hind-eepona tillari oilasiga mansub tillardir. Mazkur tillar taraqqiyoti tarixida qad. hind davri — vedalar, sanskrit tili, oʻrta hind davri— pali va prakriti tili, soʻnggi hind davri — hozirgi hind va unga yaqin boʻlgan urdu, bengal, maratha, panjob, gujorat, oriy sindxi, nepal, singal va b. alohida ajralib turadi. Eron tillari genetik jihatdan hind tillariga eng yaqin tillar hisoblanadi. Bular orasida qad. eron tili — kad. fors, ovasta, skif tillari; oʻrta eron — oʻrta fors (pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazm va b.; soʻnggi eron — fors, pushtu (afgʻon), kurd, osetin, pomir, tojik va b. tillar alohida ajratib koʻrsatiladi. Bu tillar vakillari mil. av. 3-ming yillikda Gʻarbiy Osiyo va Shim. Qora dengiz va Kaspiy boʻyi hududlariga tarqay boshlaydi. Qad. hind tilidagi matnlarning dastlabkilari mil. av. 1-ming yillikda yozilgan boʻlib, prakriti tillari ulardan rivojlanib, ajralib chiqqan, oʻz navbatida bu tillardan soʻnggi hind tillari — hind, urdu, bengal, maratha, panjob, rajastxon, gujorat, oriy va b. tillar vujudga kelgan. Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab Yevropada hind-yevropa tillarining gʻarbiy guruhiga mansub tillardagi yozuv yodgorliklar maʼlum. Bular ulik italiy tillar boʻlib, lotin, falisiy, osk, umbars va b. shu guruhga mansub. Lotin tilining mahalliy turidan roman tillari tarkib topadi: bular — ispan, portugal, fransuz, katalon, provansal, italyan, sardin, reto-ro-man, rumin, moldovan va b. tillardir. Kelt tillari ham italiy tillariga yaqin turadi va hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Buning tarkibiga hozirgi breton, val (uels-breton), irland, shotland, gel, mena, shuningdek, ulik galla va kornuel (korn) tillari kiradi. Qad. hind-yevropa tillari oilasi guruhiga german tillari ham kiradi. Xoz. german tillari quyidagi guruhchalarga boʻlinadi: 1) shim. german (yoki Skandinaviya) guruhchasi. Buning tarkibiga shved, norveg , dan, island va fareriya tillari kiradi; 2) gʻarbiy german guruhchasi. Buning tarkibiga ingliz, nemis, niderland (golland), friz, idish va afrika tillari kiradi. Sobiq sharqiy german guruhchasiga kirgan tillar (got va b.) ulik tilga aylangan. Hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi baltlar va slavyan tillari guruhlari bir-biriga yaqin turadi. Boltik, tillari tarkibiga hozirgi latish, litva, shuningdek, ulikpruss va b. tillar kiradi. Slavyan tillari guruhida: sharqiy slavyan — rus, ukrain va belorus; gʻarbiy slavyan — polyak, chex, slovak, lujitsa va ulik polab tillari; jan. slavyan tillari guruhida esa serb-xorvat, Sloveniya, bolgar, makedon, shuningdek, eski slavyan tillari bor. Grek, arman va alban tillari hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Xet tili, tohar tili, frigiy, frakiy, illiriy va b. tillar koʻhna hind-yevropa tillaridan hisoblanadi.

Som-xom tillari (anʼanaga koʻra afrika-osiyo tillari oilasi deb ham ataladi) tarkibiga som tillari (ulik akkad, eblait, koʻhna xanaan, qad. yahudiy, qad. oromiy, efiop va b. tillar, shuningdek, xoz. ivrit, arab, amhara, tikrika va b. tillar), barbaraliviya, chad (bular orasida eng koʻp tarqalgan — xausa), kushit (somali, galla va b.), allaqachon ulik tilga aylangan misr tili, undan kelib chiqqan kott tili kiradi.

Finugor tillari, bir tomondan, ugor tillari (venger, xanti va mansi tillari)ga, ikkinchi tomondan, 4 guruhchaga: perm (udmurt, komiziryan va komipermyak) tillari, volga (mari va mordva) tillari, boltiq boʻyifin (fin, eston, kenel va b.) tillari va suomi tillariga boʻlinadi.

Turk, oʻzbek, ozarbayjon, tatar, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, chuvash, boshqird, saxa, gagauz, qorayim va b., shuningdek, bir qator ulik tillar turkiy tillar oilasink tashkil etadi. Bu tillar quyidagi guruhlarga birlashadi: 1) bulgʻor (chuvash tili shunga mansub); 2) jan.-gʻarbiy (turk, ozarbayjon, turkman va b. tillar); 3) shim.-gʻarbiy (tatar, boshqird, qorayim, qumiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq, qozoq tillari va oltoy tillariga birlashib qirgʻizqipchoq guruhini tashkil etuvchi qirgʻiz tili); 4) jan.-sharqiy (oʻzbek va uygʻur tillari); 5) shim.-sharqiy (Saxa Respublikasi, Sibir va Oltoydagi boshqa tillar, shuningdek, ulik turkiy tillar, yaʼni qad. turkiy yozuvdagi Urxun-Yenisey va b. yozuv yodgorligi bitilgan tillar).

Buryat, hozirgi moʻgʻullarning oʻz tili va bularga yaqin qalmoq, oyrot va b. tillar moʻgʻul tillarini tashkil etadi. Tungusmanjur tillari tarkibiga manjur, even va b. tillar kiradi. J. t. orasida yapon tili (unga qardosh boʻlgan ryukyusi tili) aniq oʻz oʻrniga ega emas. Baʼzi olimlar bularni (koreys tilini ham) oltoy tillari guruhiga qoʻshadilar. Dravid tillari tarkibiga telugu, tamil, kannada, malayalam, tulu, gondi va b. tillar, shuningdek, bularga qardosh elam tili kiradi. Baʼzi ilmiy farazlarga koʻra, hindevropa, som-xom, kartvel, oʻrol, oltoy, dravid tillari yagona ulkan tillar oilasini tashkil etadi.

Kartvel (jan. Kavkaz) tillari tarkibiga gruzin, zan (yoki mergelochan) va svan tillari kiradi. Shim. Kavkaz tillari 3 guruhdan — abxaz, adigey, nax va dogʻiston tillari guruxidan iborat. Xitoy-tibet tillari tarkibida xitoy, tibet-birma (tibet, birma, ulik tangut, kachin), shuningdek, himo-lay, nevar va b. tillar bor. Baʼzi tasniflarga koʻra, avstronez tillari alohida oilani tashkil etadi va monkxemer, palaungva, Vyetnam, malakka, munda, myao-yao va b. tillarni oʻz ichiga oladi. Malayya-polineziya tillari (qarang Malayya tili va Polinez tillari) koʻpchilik olimlar tomonidan bir oilani tashkil etadi deb hisoblanadi. Uning tarkibi, anʼanaga koʻra, 4 guruhga bulinadi: indonez tillari, melanez tillari, polinez tillari va mikronez tillari. Osiyo qitʼasidagi tillar orasida kelib chiqishiga koʻra,turlicha boʻlgan paleoosiyo tillari aloxida oʻrin tutadi. Paleoosiyo tillari va ulib borayotgan ayna tilida Shim. Amerika indeyslari tillariga xos xususiyatlar uchraydi. Avstraliya tillari bitta oilani tashkil etadi. Garadye, narinyeri, mudura, aranda, vadyug va b. qabilalarning tillari shu oilaga mansub. Hind-Tinch okean (shu jumladan, koʻp sonli papuas tillari) va andaman tillarining bir-biriga qardoshligi aniqlangan. Afrika tub aholisining tillar tasnifi tugal ishlangan emas. Oʻz tarkibiga eng kup tillarni nigerkordofan yoki kongo-kordofan oilasi birlashtirgan (qarang Niger-kongo tillari). Bu oilaga mande, kva, bantu (shulardan eng kup tarqalgani suaxili), gur va b. tillar guruhi kiradi. Afrika xalqlari tillari orasida koysan tili (gottentot va baʼzi b. tillar) alohida oʻrinni tutadi. Indeys tillari tugal tadqiq etilmagan, uzaro genetik aloqalari xususida aniq, ilmiy maʼlumotlar yoʻq. J. t.ning anchaginasi haqidagi maʼlumotlar bizgacha saqlanib qolgan qad. yozuv yodgorliklaridan maʼlum, koʻpgina tillar esa izsiz yoʻqolgan. Jan,-Sharqiy Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tillarining tasnifi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun insoniyatning til tarixi hozirgi fanda uncha toʻliq yoritilgan emas.

Oʻlik til

Oʻlik til — tirik qoʻllanilishda boʻlmagan va, odatda, faqat yozma yodgorliklar boʻyicha maʼlum boʻlgan, yoki sunʼiy reglamentli qoʻllashda boʻlgan til. Odatda bunday holat bir til qoʻllanilish davomida boshqa til bilan almashtirilganda yuz beradi (shuningdek «til koʻchishi»), masalan, kopt tili arab tili bilan almashtirildi, koʻpchilik mahalliy amerika tillari esa, ingliz, fransuz, ispan va portugal tillari tomonidan siqib chiqarildi. Til yoʻqolishi davrida uning mavjudligi oxirgi bosqichlarida u faqat belgilangan yosh (va ijtimoiy) guruhlari uchun xususiyatli boʻlib qoladi. Baʼzan tirik, faol qoʻllashda boʻlgan arxaik tillar ham oʻlik tillar deb ataladi.

Oʻlik tillar — jonli isteʼmoldan chiqqan (tabiiy soʻzlashuv tili boʻlmagan), yozma yodgorliklarda saqlangan til. Ayrim tillar bosqinchilik, mustamlakachilik, unda soʻzlashuvchilarni majburlash natijasida yoki tarixiy, iqtisodiy va madaniy oʻzgarishlar taʼsirida yoʻqolib borgan. Shumer, lotin, etrusk, yunon, qadimiy slavyan, pruss, vestgot, ostgot, italiy, gall, gyoz, kopt (qibtiy), oʻrxun, qad uygʻur, eski oʻzbek, qadimiy fors, sanskrit, pali, prakrit, bulgʻor va boshqalar Oʻlik til hisoblanadi.

Tilning taraqqiy etish qonuniyatlarini belgilashda Oʻlik tillar katta ahamiyatga ega. Shuni taʼkidlash joizki, qadimiy tilshunoslikning dastlabki salmoqli yutuqlarga erishishida ham qadimiy Mesopotamiyadagi shumer, qadimiy Kichik Osiyodagi xett, qadimiy Hindistondagi sanskrit singari Oʻlik tillarni oʻrganish asosiy oʻrin tutgan edi.

Baʼzi Oʻlik tillardan, ular koʻp sohalarda isteʼmoldan chiqqaniga ming yillar oʻtgan boʻlsa ham, insoniyat aloqaaralashuv tili emas, balki ibodat tili sifatida foydalanib kelinmoqda. Mas, misrlik xristianlar kopt tilidan, katolik cherkovi vakillari lotin tilidan, moʻgʻul xalqlarining lamaistik cherkovi vakillari tibet tilidan foydalanadilar. Shuningdek, Oʻlik tillardagi yozma yodgorliklar tarixiy manbalar sifatida ham muhim ahamiyatga ega.

Oʻlik tillar milliy tillar rivojlanishiga ham (Hindistonda klassik sanskrit, arab mamlakatlarida klassik arab, Gʻarbiy Yevropada lotin, Rossiyada cherkovslavyan, Yunonistonda qadimiy yunon tillari) ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Keyingi davrda yozma Oʻlik tilni davlat, fan, maktab tiliga aylantirish uchun urinishlar sodir boʻlmoqda. Chunonchi, Isroilda qadimiy yahudiy tili (ivrit) davlat tili deb eʼlon qilingan boʻlsa, Vatikanda lotin tilida yangi terminlar lugʻatlari nashr etib borilmoqda.

Ayrim hollarda oʻlik tillar tirik muloqot vositasi sifatida xizmat qilishdan chiqqan holda, yozma shaklda saqlanadi va fan, madaniyat, din zaruratlari uchun foydalaniladi. Bunday rivojlanish misollari quyidagilar hisoblanadi:

lotin tili (er. ol. 6 asrdan er. 6 asrgacha) — hozirgi roman tillarining ajdodi boʻlgan oʻlik til (Biroq hozirgi kunda ham fanda va katolik serkovlarda foydalaniladi);

qadimgi rus tili (XI—XIV asrlar yozma yodgorliklari) — hozirgi sharqiy slavyan tillari darajasigacha rivojlangan oʻlik til;

qadimgi yunon tili (er. ol. 2 minginchi yillik oxiridan er. V asrgacha) — hozirgi yangi yunon tillari va shevalari darajasigacha rivojlangan til.Ayrim hollarda oʻlik til fan va din maqsadlarida foydalanishda davom etadi. Ushbu shaklda foydalanilayotgan koʻpchilik oʻlik tillar orasida sanskript, lotin, serkov slavyan, kopt, avesto va boshqa muhim oʻrin egallaydi.

Yana shunday misol borki, oʻlik til yana tirik tilga aylanadi, ivrit tili bilan ham shunday hol yuz bergan.

Koʻpchilik hollarda adabiy til ogʻzaki tildan boʻlinib qoladi va keyinchalik deyarli oʻzgarmasdan oʻzining klassik qiyofasida qolib ketadi; ogʻzaki til yangi adabiy til shakliga oʻtsa, eskisini oʻlik tilga aylangan til sifatida qarash mumkin (bunday holat uchun misol qilib XX asrning 20-yillarida Turkiyada usmon tilidan taʼlim va ish yuritish tili sifatida turk tiliga oʻtilishini keltirish mumkin).

Ruscha Vikipediya

Ruscha Vikipediya (rus. Русская Википедия) Vikipediyaning rus tilidagi boʻlimidir. Maqolalari soni 1 milliondan oshiq.

Som-hom tillari

Som-hom tillari, afrika osiyo tillari — Afrikaning Atlantika okeani qirgʻogʻi va Kanar o.laridan Qizil dengiz qirgʻogʻigacha boʻlgan shim. qismida, Gʻarbiy Osiyo hamda Malta o.da tarqalgan tillar makrooilasi. Som-hom tillarit. da (asosan, arab tilining turli lahjalarida) soʻzlashuvchilarning guruhlari shu tillar tarqalgan mintaqadan tashqaridagi koʻpgina mamlakatlarda ham uchraydi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 320 mln. kishidan ortiq. Som-hom tillarit. 5 tarmoqqa boʻlinadi: som tillari, qad. misr tili, barbarliviya tillari, chad tillari, kushit tillari. Baʼzi tasniflarda 6tarmoq sifatida omot tillari koʻrsatilsada, bu fikr hali toʻliq tasdiqlanmagan.

Som-hom tillarit.ning som tarmogʻi tarqalish va soʻzlashuvchilar soni boʻyicha alohida oʻrin tutadi. Insoniyat hozirgi kunda foydalanib kelayotgan eng asosiy alifbolar (arab, lotin, yunon, qad. va hozirgi hind) ushbu tarmoqqa mansub finikiy tili yozuvidan kelib chiqqan. Finikiy tili, shuningdek, akkad, oromiy, ugarit, qad. yahudiy, nabotiy, falastin va boshqa bir qancha tillar oʻlik tillardir. Illy tarmoqdagi eng keng tarqalgan til arab tilidpr. Unda 20 ga yaqin arab mamlakatlaridagi 200 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi. Yana jonli tillardan rasmiy til darajasidagi malta, amhara, ivrit tillarini, shuningdek, kam sonli aholi soʻzlashadigan mehriy, jibboliy, soʻqoʻtra, tigray, tigre, argobba kabi tillarni koʻrsatish mumkin. Misr tarmogʻi Qad. Misrda mil. av. 4ming yillik oxiridan mil. 5-asrgacha boʻlgan davrga mansub iyeroglifik yodgorliklar va demotik (xalqona) yozuvdagi hujjatlardan maʼlum qad. misr tilini hamda qibtiy (kopt) tilini (qad misr tilining 3—17-asrlardagi davomchisi) qamrab oladi. Qibtiy til yunon alifbosi asosidagi yozuvga ega, u 17-asr dan umumisteʼmoldan chiqqan, lekin hozirgi gacha Misrdagi pravoslav cherkovining ibodat tili hisoblanadi. Barbarliviya tarmogʻi Shim. Afrika va Sahroi Kabirda tarqalgan barbar xalqlarining koʻplab til va laxjalarini kamrab oladi. Bular: tashelxit (shilx, shlux); tuareg tillari (tamashek, taneslemt, gxat); zenet tillari (rif, senxayya, kabil); zenaga, tamazigxt va boshqa Ushbu tarmoqqa qad. liviya tillari va guanch (Kanar o.lari) kabi ulik tillar ham kiradi. Kushit tarmogʻiga kiruvchi tillar, asosan, Efiopiya va Somalida, shuningdek, Keniya, Tanzaniya, Uganda, Sudan va boshqa Shim.Sharqiy Afrika mamlakatlarida tarqalgan (50 dan ortiq til va lahjalar). Soʻzlashuvchilar soni 30 mln. kishiga yaqin. Bu tarmoqda somali, oromo, badaviya, sidamo, afarsaxo kabilar yirik tillar hisoblanadi. Chad tarmogʻi 150 dan ortiq til va lahjalarni qamrab oladi va 3 guruhga: gʻarbiy chad, markaziy chad, sharqiy chad guruxdariga boʻlinadi. Markaziy Sudanda, Nigeriya, Kamerun va Chad Respublikasining Chad koʻli atrofidagi hududlarida qoʻllanadigan mazkur tillarning eng yirigi xausa boʻlib, u qabila va elatlararo aloqa vositasi ham hisoblanadi (unda 30 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi). Umuman, chad tillarida 40 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi.

Mazkur tasnif bir kadar nisbiydir, chunki mazkur tillar paydo boʻlish davri, oʻzaro yaqin aloqalarning yoʻqolishi, turli sabablar bilan boshqa tillar qurshovi va taʼsirida qolishi tufayli birbirlaridan ancha uzokdashib ketganlar. Olib borilgan qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar faqat 1000 ga yaqin soʻz oʻzaklarining Som-hom tillarit. uchun umumiy boʻla olishini koʻrsatgan. Hozirgi kunda "Somhom tillari" yoki "Homsom tillari" (rivoyatlarga koʻra, Nugʻ alayhissalomning oʻgʻillari Hom va Som nomidan) termini umumiy tilshunoslikda eskirgan hisoblanib, uning oʻrnida "Afroosiyo tillari" ("AfrikaOsiyo tillari") termini qoʻllanmoqda. Som-hom tillarit. ning boshqa xususiyatlari haqida tegishli maqolalarda maʼlumot berilgan (qarang Arab tili, Amhara tili, Barbar tili, Ivrit, Kushit tillari, Misr tili, Oromo tili, Somali tili, Xausa).

Som tillari

Som tillari — som-hom (afroosiyo) tillari makrooilasining bir tarmogʻi; Gʻarbiy Osiyoda va Afrikada Sahroi Kabirning shim. tomonlarida (jumladan, barcha arab mamlakatlarida, Isroil, Efiopiya, Eritreya, Somali, Jibuti, Turkiya, Malta davlatlarida, qisman Mali, Chad, Keniya, Gruziya, Ozarbayjon, Armanistonning ayrim hududlarida, AQSH va Jan. Afrikada) tarqalgan tillar. Bu tillarda 230 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. St. quyidagi guruxlarga boʻlinadi: shim.sharqiy (ossuriy va bobil lahjalariga ega boʻlgan oʻlik akkad tili); shim.gʻarbiy (jonli tillar: ivrit va Suriya, Eron, Iroq, Turkiya va boshqa hududlardagi yangi oromiy lahjalari; ulik tillar: amori, ugarit, xanaan, qad. yahudiy tillari, oromiy laxjalari, palmira, nabotiy, falastin tillari va boshqalar); jan.markaziy (birbiridan kuchli farq qiluvchi soʻzlashuv lahjalari boʻlgan arab tili hamda Malta o.dagi malta tili); jan.chekka (jonli tillar: mehriy, jibboliy, soʻqoʻtra va bir qancha ulik tillar); efiopsom (jonli tillar: tigray, tigre, amhara, argobba; ulik tillar: mine, sabe, kataban, efiop). Keyingi 3 guruh baʼzi adabiyotlarda "janubiy" yoki "jan.gʻarbiy" deb ham ataladi.

St. ning qad. fonetik tizimi arab tilida yaxshi saqlangan. Bu tillarda unlilar soni cheklangan: asosan choʻziq a, i, u va qisqa a, i, u. Feʼllar va ular asosidagi nomlarning oʻzaklari, asosan, undoshlardan (3 ta, baʼzan oʻzlashma soʻzlarda undan ortiqroq) tashkil topadi va u, asosiy lugʻaviy maʼnoni bildiradi; qisqa unlilarni ifodalovchi ostust belgilarining urin almashuvlari, suffiks, prefiks va infikslar maʼnoni muayyanlashtirish va grammatik kategoriyalarni ifodalash uchun xizmat kiladi. Maye. arabcha "ktb" oʻzagidan quyidagilarni oʻqish mumkin: "kataba" — u yezdi, "kutiba"— yozildi, "aktaba" — yozdirdi: "kotib" — yozuvchi, mirza, "kitob" — xat yoki kitob, "maktab" — yozish joyi va vaqti, maktab va boshqa St. da feʼllardagi nisbatlar, baʼzan mayllar, bir qator maʼno nozikliklari "bob" (arab.navʼ; boshqa tillarda oʻzak, asos tushunchalariga toʻgʻri keladi)lar orqali ifodalanadi. Boblar feʼlning dastlabki maʼnosini u yoki bu darajada oʻzgartiradi. Suz yasalishi ham, asosan, unli va undoshlarning oʻrin almashuvi va kisman affiksatsiya orqali amalga oshadi. Odatdagi soʻz tartibi: kesim, ega, toʻldiruvchi; aniqlovchi doimo anikdanmishdan keyin turadi. St. da barbar, kushit, roman, turkiy, yunon tillaridan oʻzlashgan soʻzlar uchraydi.

St. ning eng kad. yodgorliklari akkad tilidagi mixxat yozuvlari va miyer yozuvvdagi falastincha atokli ismlar va joy nomlaridir (mil. av. 3—2ming yilliklar va mil. 1ming yillik); shuningdek, qad. yahudiy va ivrit tillarida (mil. av. 12-asrdan finikiy yozuvida), oromiy laxjalari, ayniqsa, suryoniy laxjasida (mil. av. 8-asr), efiop tilida (4—20-asrlar, boʻgʻinli efiop yozuvida) ham koʻplab yozma manbalar mavjud. Arab tilida juda boy adabiyot saqlangan (4-asrdan arab yozuvida). Ugarit, finikiypuna, mine, kataban tillarida ham mil. av. 14—13 va mil. 4-asrlarga oid matnlar saqlanganligi maʼlum. St. dan arab tili — oromiy yozuvidan kelib chiqkan arab yozuvidan, ivrit — anʼanaviy qad. yahudiy yozuvidan, amhara va tifay tillari — boʻgʻinli efiop yozuviga asoslangan uz yozuvlaridan, malta tili esa login alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadi.

Tel-Aviv

Tel-Aviv — Isroilning bosh shahri va madaniy markazi. Kattaligi boʻyicha Quddus shahridan keyin 2-oʻrinda. Iqlimi subtropik iqlim, yanvarning oʻrtacha tempaturasi −12 °C, iyulniki 25 °C. Yillik yogʻin 600 mm. Aholisi 405 200 kishi (2012, shahar atrofi bilan 1,14 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oʻrta dengiz boʻyidagi port, chetga olmos, toʻqimachilik buyumlari, kiyimkechak, elektronika va diniy buyumlar chiqariladi. Tel-avivda 2 universitet, Isroil davlat filarmoniyasi, muzeylar, teatrlar, kutubxonalar va ilmiy jamiyatlar bor. Turizm rivojlangan.

Til

Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli. Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi.

Odam tili unumdorlik, rekursivlik va siljuvchanlik xususiyatlariga ega ekanligi hamda ijtimoiy kelishuv va oʻrganishga butunlay asoslangani uchun unikaldir. Binobarin, uning murakkab tuzilishi hayvonlar muloqotiga nisbatan juda keng ifoda va qoʻllanishlar koʻlamini beradi. Til erta homininlar asta-sekin primat muloqot tizimlarini oʻzgartira boshlagan paytda, boshqa onglar nazariyasini shakllantirish qobiliyati va intensionallikni oʻrganayotganida yuzaga kelgan, deb taxmin etiladi.

Ushbu rivojlanish miya hajmi oʻsishiga mos kelgan boʻlishi mumkin; aksariyat tilshunoslar til tuzilishini tegishli muloqot va ijtimoiy vazifalarga xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli, xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy oʻzaro munosabat orqali oʻzlashtiradilar va oʻrtacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi boʻlib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega.

Tillar vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir boʻlishi uchun qanday belgilarga ega boʻlganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik oʻrganadi. Umumiy ajdoddan keluvchi tillar guruhiga tillar oilasi deyiladi. Bugungi kunda jahonda eng keng tarqalgan tillar, jumladan inglizcha, ispancha, portugalcha, ruscha va hindcha hind-yevropa tillari; mandarin xitoychasi va kantoncha esa sino-tibet tillari; arabcha, amharcha va ivrit esa semit tillari; suahili, zulu va shona esa bantu tillari oilasiga kiradi. Tilshunoslar fikriga koʻra bugun mavjud tillarning 50 dan 90 foizigachasi 2100-yilga kelib yoʻqolib ketadi.Til konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, ogʻzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boʻladi. Koʻplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud boʻlgan elementlar va ular oʻrtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (baʼzi manbalarda 3000—7000 oraligʻida) jonli til borligi maʼlum. Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy boʻlgan baʼzi universal struktur xususiyatlar koʻzga tashlanadi. Lisoniy tizim nuqtai nazaridan tilning bunday universal xususiyatlari sifatida barqarorlashgan koʻplab til belgilari — soʻzlarning va ulardan foydalanish boʻyicha umumiy (grammatik) qoidalarning mavjudligi; soʻzlar tarkibida tilning eng qisqa (kichik) tovush birliklari — fonemalarning ajratilishi kabilarni koʻrsatish mumkin. Ayrim olingan soʻz doirasida fonemalar bir yoki bir necha boʻgʻinga birlashadi. Tilning kamroq umumiy bulgan struktur xususiyati alohida soʻzlar doirasida yanada kichikroq fonetik-semantik qismlar — morfemalarning ajralishidir. Nutq jarayonida har qanday nutq hodisasining gaplar tashkil etishi har qanday tovush tilining universal xususiyati hisoblanadi. Umumiy xususiyatlar doirasida turli xil tillarda ularni tashkil etuvchi elementlarning cheksiz variantlashuvi va bu elementlarning nutq jarayonidagi oʻzaro munosabati kuzatiladi.

Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega boʻlib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.

Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari — soʻzlar, soʻz birikmalari va gaplar — moddiy shakllar boʻlib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha obʼyektiv tarzda oʻz aksini topadi. Shunday kilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud boʻlmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo boʻladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.

Tilning , dastlabki tilning paydo boʻlishi masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida koʻplab nazariyalar, taʼlimotlar paydo boʻldi. Lekin bu nazariya va taʼlimotlar tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzil-kesil hal qilib bera olgani yoʻq.

Qayd etilganidek, jahon tillari oʻz grammatik qurilishi, lugʻat boyligi va boshqa jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin shu bilan birga ular barcha tillar uchun mushtarak boʻlgan umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Til davr bilan, zamon bilan hamohang ravishda oʻzgarib boradi (oʻzbek tilining qadimgi turkiy til davri bilan hozirgi koʻrinishi chogʻishtirilsa, bunday oʻzgarishlar qay darajada boʻlganligi yaqqol seziladi) va baʼzan, turli ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar oqibatida, muomaladan chiqib ketishi ham mumkin. Masalan, oʻtmishda jahon madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan feklar va rimliklar soʻzlashgan qadimgi yunon va lotin tillari davrlar utishi bilan muomaladan chiqib, oʻlik tillarga aylanib qolgan.

Tildagi oʻzgarishlar tabiati hamda til taraqqiyotidagi yoʻnalishlar 2 ta boshqa boshqa omil — jamiyat hayotidagi tarixiy oʻzgarishlar hamda til taraqqiyotining muayyan bosqichida uning strukturasidagi konkret xususiyatlar bilan belgilanadi. Til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligi tilning ichki strukturasi oʻzgarishlarida (asosan, leksika va frazeologiya sohasida), shuningdek, muayyan tilning tarkalish miqyoslari oʻzgarishida (jumladan, uning funksional uslublari taraqqiyotida) va uning lahjalarga boʻlinishi (differensiatsiyasi) darajasida namoyon boʻladi. Fonetika va morfologiya sohalaridagi oʻzgarishlar ijtimoiy hayot voqea-hodisalari bilan bevosita bogʻliq emas. Til strukturasining jiddiy oʻzgarishlari tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi jarayonlariga bogʻliq boʻladi. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlarida tillarning lahjaviy farqlanishi darajasidagi tafovutlar til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligini belgilovchi xususiyat xisoblanadi. Jamiyatning ayrim hududiy qismlarga iqtisodiy va siyosiy parchalanishi jarayonlari iqtisodiy va siyosiy birlashish jarayonlaridan ustun boʻlganda, yaxlit, bir butun tillar hududiy lahjalarga boʻlinib ketadi. Aksincha, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy birlashish jarayonlari hududiy parchalanish jarayonlaridan ustunlik qilgan davrlarda, laxjaviy differensiatsiya bilan bir qatorda, adabiyotda adabiy til sifatida mustahkamlanib qoluvchi yagona umumxalq tilini yaratishga imkon paydo boʻladi. Umumxalq milliy tilning shakllanishi tegishli millatning shakllanishi davrida roʻy beradi.

Yahudiy tili

Yahudiy tili — yahudiylarning turli davrlarda, turli mintaqalarda qoʻllanib, turlicha nomlanib kelgan tillarining umumlashma nomi. Bular: 1) qadimiy yahudiy tili — som tillaridan biri. Injil kitobida (Qadimiy ahd, mil. av. 12—3-asrlar), shuningdek, Falastindan topilgan, mil. av. 8-asr — mil. 2-asrlarga mansub sopol parchalaridagi yozuvlarda saklanib qolgan. Qadimda xanaan tili deb ham atalgan. Mil. 1-asrlarigacha soʻzlashuv tili hisoblangan. Keyinchalik bu til oromiy, yunon, lotin va boshqalar tillardan oʻzlashgan soʻzlar hisobiga leksik jihatdan boyigan hamda morfologiya va sintaksis sohasida bir qancha oʻzgarishlarga uchragan. qadimiy yahudiy tilida boy diniy, falsafiy, ilmiy va badiiy adabiyot yaratilgan. Davrlar oʻtishi bilan qadimiy yahudiy tili yanada koʻnroq oʻzgarishlarga uchraganligidan uning hozirgi "avlodi" — ivrit alohida, mustaqil til deb qaralmogʻi kerak; 2) ivrit — qadimiy yahudiy tilining 19-asrda qayta tirilgan, oʻzgargan, zamonaviy shakli; yangi bosqichdagi som tillarishn biri. 1948 yildan Isroil davlatining rasmiy tili (arab tili bilan birga). Ivritda 4 mln.dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. Mil. av. 1-ming yillik oxirlaridan qadimiy yahudiy tili soʻzlashuv tili sifatida isteʼmoldan chiqadi va diniy amaliyot, yuqori uslubdagi diniy va dunyoviy adabiyot tili boʻlib qoladi. 18-asr oxiri va 19-asrda uning negizida, asosan, Sharqiy Yevropa yahudiylarining maʼrifiy va badiiy adabiyot tili sifatida ivrit shakllanadi. 19-asrning 2-yarmidan boshlab ivrit kundalik aloqaaralashuvdagi soʻzlashuv tiliga ham aylanadi. 20-asr boshlarigacha bir necha talaffuz meʼyorlari mavjud boʻlgan: ashkenaz (Sharqiy Yevropadagi germaniyalik yahudiylarda) va sefard (Oʻrta dengiz sharqi, Fransiya, Niderlandiya va boshqalar mamlakatlardagi ispaniyalik yaxudiylarda) talaffuz meʼyorlaridan sefard talaffuzi keyinchalik asosiy meʼyor sifatida qabul qilinadi. Ivrit leksikasining asosini qadimiy yahudiy tili soʻzlari tashkil etadi va u qadimiy soʻzlarning yangi maʼno kasb etishi, barqaror soʻz birikmalarining soʻzga aylanishi, feʼllardan yangi soʻzlar yasalishi, shuningdek, qadimiy va hozirgi tillardan (arab, rus, ingliz, nemis, idish va boshqalar) soʻz oʻzlashtirish hisobiga boyib bormoqda. Yozuvi anʼanaviy yahudiy yozuvitr; 3) idish — german tillaridan biri, ashkenazlar (germaniyalik yahudiylar)ning soʻzlashuv va adabiy tili. 10— 14-asrlarda yuqori nemis lahjalaridan biri negizida qadimiy yahudiy tilining , keyinchalik esa slavyan tillarining kuchli taʼsiri ostida shakllangan. 15—16-asrlarda ashkenaz yahudiylarining Germaniyadan Polsha qirolligiga koʻchishidan keyin idish, asosan, Polsha, Litva, Ukraina, Belorussiya hududlarida tarqaladi. Yahudiylarning 19-asrning 2-yarmi — 20asr boshlarida AvstroVengriya va chor Rossiyasidan, 1933 yildan Germaniyadan koʻchib (chiqib) ketishi idishning AQSH va Kanadada, Angliya va Janubiy Afrikada, shuningdek, Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalishiga olib keldi.

Isroilda esa bu til ivrit tomonidan siqib chiqarilmoqda. Lahjalari uning tarqalish hududiga qarab nomlanadi: polyak lahjasi, litvabelorus lahjasi va boshqalar; ukrain lahjasi adabiy tilga asos boʻlgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni taxminan 8—9 mln. kishi atrofida. Leksikasi qadimiy yahudiycha hamda baynalmilal soʻzlarga boy. Yozuvi anʼanaviy yahudiy yozuvi boʻlib, u idish fonetik tizimini ifodalashga moslashtirilgan; 4) l a dino (ispan yahudiy tili, sefard tili) — roman tillaritn biri. 15— 16-asrlardagi adabiy kastil (ispan) tili asosida shakllangan. L.da soʻzlashuvchilar (100 ming kishi) 1492 yil Ispaniyadan quvgʻin qilingan va Janubiy Yevropa, Angliya, Niderlandiya, Germaniya, Turkiya, Marokash va boshqalar arab mamlakatlariga kelib joylashgan yahudiylar (sefardlar)ning avlodlaridir. Ushbu til asosan Isroilda, Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Laxjalari uning tarqalish hududiga qarab nomlanadi: turk lahjasi, rumin lahjasi va boshqalar Yozuvi 16-asrda anʼanaviy yahudiy yozuvi asosida unga bir qancha diakritik, satr usti belgilari qoʻshib va baʼzi undosh harflarni unlilarni ifodalash uchun qoʻllagan holda shakllantirilgan.

Oʻrta Osiyoda yashovchi yahudiylarning ham oʻziga xos tili bor. Bu til, asosan, tojik tilining samarqandbuxoro lahjasi asosida shakllantirilgan. Uning leksikasida qadimiy yahudiy tili va ivritdagi din, urf-odat va turmushga oid oz miqdordagi soʻzlar saqlangan. 20-asrda Oʻrta Osiyo xalqlari qoʻllab kelgan yozuvlar mahalliy yahudiylar uchun ham umumiy boʻlgan. Diniy amaliyotda anʼanaviy yahudiy yozuvidan foydalaniladi.

Yahudiy yozuvi

Yahudiy yozuvi — oromiy yozuviaan kelib chiqqan gʻarbiy som yozuvining bir tarmogʻi; ivrit, idish, ladino (yahudiy ispan) va boshqalar tillarda soʻzlashuvchi qadimiy va hozirgi yahudiylarning yozuvi. "Yahudiy kvadrat yozuvi" (Yozuvning bunday nomlanishi belgi, harflarga kvadrat shaklini berishga intilish bilan bogʻliq) deb ataluvchi bu yozuvda qadimiy yahudiy tilida, shuningdek, ivrit, idish kabi zamonaviy yahudiy tillarida boy diniy, falsafiy, badiiy adabiyot yaratilgan, "Injil"ning Qadimiy ahd qismi yozilgan; u eng kamida mil. av. 3—2-asrlardan beri qoʻllanib keladi. Kvadrat yozuvgacha ham qadimiy yahudiy yozuvi mavjud boʻlib, u mil. av. 11— 5-asrlarda amalda boʻlgan. Bu yozuvning namunalari toshbitiklarda, tangalarda saqlanib qolgan. Lekin qadimiy yahudiy yozuvining yahudiy kvadrat yozuvi bilan biror bir bogʻliqligi yoʻq.

Qad. yahudiy yozuvidan oromiy kvadrat yozuviga oʻtish mil. av. 5-asr oʻrtalaridan boshlangan. Oʻrta asrlarda kvadrat alifboning bir qancha turlari va kursiv shakllari paydo boʻladi. Mazkur alifbolar undosh tovushlarni ifodalovchi 22 harfdan iborat boʻlib, ularda unli tovushlar uchun harflar boʻlmagan. Biroq keyinchalik p, \¥, ] undosh harflari baʼzi unlilarni koʻrsatish uchun ham qoʻllangan, 7—8-asrlarda esa unlilar uchun satr osti va boshqalar diakritik belgilar joriy qilinib, ular Injilda, sheʼriy matnlarda, bolalar kitoblarida, darsliklar va boshqalarda koʻllanadi. Yahudiy harflarining anʼanaviy nomlari qadimiy gʻarbiy som alifbosidagi harflarning nomlaridan kelib chiqqan. Alifbodagi harflar tartibi haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Yahudiy yozuvi oʻngdan chapga qarab yoziladi.

YA.yo. som tillari (qad. yahudiy, oromiy, arab)ga nisbatan qoʻllangandagina oʻz konsonantligini (unli harflar yoʻqligini) saqlab qoladi. Idish, ladino, qaraim (turkiy) tillaridagi Yahudiy yozuvi esa konsonant yozuvdan fonografik yozuvga aylangan. Hozirgi ivritda unlilarni koʻrsatuvchi maxsus belgilar qadimgidan koʻra kengroq qoʻllanadi. Hozirgi Yahudiy yozuvida asosan yevropacha tinish belgilari ishlatiladi.

Yahudiylar

Yahudiylar (oʻzlarini yegudim, idn deb atashadi) — xalq. Umumiy soni 185 mln. kishi, jumladan, AQSH da 60 mln. kishiga yaqin, Isroilda 4 mln, RF da 551 ming kishi (1990-Oʻzbekistonlar oʻrtalari). Ya.ning aksariyati qaysi mamlakatda yashasa, oʻsha mamlakat tilida soʻzlashadi. Ya.ning bir qismi ivrit, idish tili va qoʻshni xalqlar (ispan, arab, fors va boshqalar)ning birmuncha oʻzgartirilgan lahjalarida soʻzlashadi (qarang Yahudiy tili). Chunonchi, mas, Oʻrta Osiyo Ya.i tojik tilida, gruzin Ya.i gruzin tilida, Dogʻiston Ya.i tot tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, iudaistlar. Ya. diasporasida ularni ashkenazi va sefardlarga ajratish udum boʻlgan (Ya.ning madaniyati, iqtisodi haqida q. Isroil).

Yusuf

Yusuf — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Rivoyatlarga koʻra, Yaʼqub paygʻambarning Rohila ismli xotinidan boʻlgan sevikli oʻgʻli. Bibliyada Iosif deb tilga olingan. Qurʼonning 12surasi Yu.nomi bilan ataladi. Alloh Yu.ga tushlar taʼbirini aniq ayta olish qobiliyatini ato etdi. Naql qilishlaricha, Yaʼqub oʻz farzandlari orasida Yu.ni koʻproq yaxshi koʻrar edi. Akalari unga hasad qilib Yu.ni quduqqa tashlab yuboradilar, otalariga esa, Yu.ni dashtda boʻri yeb ketdi, deb yolgʻon gapiradilar. Karvonda ketayotganlar Yu.ni quduqdan chiqarib misrlik katta amaldorga sotadilar. Amaldorning xotini Zulayho Yu.ni sevib qolib yoʻldan urmoqchi boʻladi. Yu. zino qilishdan oʻzini tiyadi, lekin Zulayho igʻvosi tufayli gunohsiz zindonga tashlanadi. Zindondagilarning va Misr hokimining tushi taʼbirini toʻgʻri aytib, u yerdan qutuladi. Davlat xazinasini saklovchi lavozimiga tayinlanadi. Yu. Misr taxtida adolat bilan hukm yurgiza boshladi. Zulayhoni oʻz nikohiga oladi. Boshqa davlatlarda ocharchilik yuz berganda ham, Misr zaminida toʻkinchilik boʻladi. Ittifoqo Kanʼon (hoz. Livan)dan uning akalari don soʻrab kelib qolib, Yusufni tanimaydilar. Yusuf bir puxta tadbir bilan ularni oʻz xatogunohlariga iqror qiladi va otasi Yaʼqubning qoʻzlari ochilishiga sabab boʻladi. Uni Misrga olib keladi. Islom anʼanasida Yu. chiroyli yigit sifatida tasvirlanadi. Qurʼonda Alloh barcha ummatlari boshlariga tushgan baloqazolarga sabrqanoat qilsa, ularni kulfatlardan xalos etib, saodatli kunlarga yetkazajagi uqtiriladi. Oʻrta asrlar musulmon sharqida yaratilgan koʻpchilik badiiy asarlarda Yu. haqidagi rivoyatdan keng foydalanilgan (qarang "Yusuf va Zulayho").

Yusuf (Ivrit: יוֹסֵף/Yosef, Arabcha: يوسف/Yusuf) Yahudiy dinining otasi, Islomga koʻra esa payg'ambardir. Yoqubning oʻn ikki oʻlidan oʻn birinchisi. Buvasi Ishoq, Buvasining otasi Ibrohim. Yoqubning eng yahshi koʻrgan hotinidan tugʻilgan eng suyukli oʻgʻlidir. Yusufga Tangri tarafidan tushlarni tabirlash qobiliyati berilgan edi. Hasadchi akalari uni oldin chuqurga otadilar, keyin esa Misrli savdogarlarga qul sifatida sotadilar.

Yahudiy dinida va Islomda Yusuf haqidagi qissa bir biriga juda oʻxshash. Xristiyanlardagi Yusuf haqidagi bahs Yahudiylarniki bilan bir xil. Qur'onning Yusuf surasida Yusufning hayot hikoyasi haqida yozilgan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.