Iqtisodiyot

Iqtisodiyot — yunoncha "ekonom" va "oykos" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "ekonomika" qishloq xoʻjalik asoslari haqida fan degan maʼnoni anglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda "iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi. Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni oʻrganuvchi fan.

Ballard Farmers' Market - vegetables
Iqtisodiyot savdo, ishlab chiqarish va jamgʻarish bilan bogʻliq harakatlarni mavjud bozor sharoitida oʻrganadi

Taʼrif

  1. Kishilar tomonidan mehnatni qoʻllagan holda inson uchun zaruriy boʻlgan neʼmatlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni taʼminlash, ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan xoʻjalik vositalar, obyektlar, jarayonlar majmui. Ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimot, isteʼmol sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni qamraydi;
  2. Muayyan mamlakatning milliy xalq xoʻjaligi yoki uning bir tarmogʻi (transport iqtisodiyoti, qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va boshqalar);
  3. Xoʻjalikning u yoki bu tarmogʻini, mintaqa xoʻjaligini, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari va shakllarini, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishni oʻrganadigan iqtisodiyot fanlari (sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti va boshqalar).[1]

Iqtisodiyot soʻzi maʼnolari

  1. Qandaydir xoʻjalik sohasining faoliyati, tashkiloti yoki strukturasi yo boʻlmasa umuman milliy iqtisodiyot.
  2. Ilmiy predmet — iqtisodiyot nazariyasi
  3. Xoʻjalik hayotining faoliyati, tashkiloti yoki strukturasi — jahon iqtisodiyoti, regional iqtisodiyot, dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti
  4. Ishlab chiqarish munosabatlari majmui, jamiyatning asosiy ishlab chiqarish usuli. Asosiy va eng umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari:
  5. Bozor iqtisodiyoti (kapitalizm kabi „oʻng“ iqtisodiy tizimlar asosi).
  6. Aralash iqtisodiyot („markazchilar“ tizimi).
  7. Loyihaviy iqtisodiyot (sotsializm kabi „soʻl“ oqimlar iqtisodiyoti).
  8. Anʼanaviy iqtisodiyot (eng qadimiy tizimlar).
  9. Partisipativ iqtisodiyot (yangi tizim).

Tarix

Qadimda Yunon filosoflaridan biri Ksenofont oʻzining ilmiy ishlaridan birini „Ekonomikos“ deb ataydi. Bu asar orqali mamlakatida roʻy berayotgan mahsulot almashinishi xamda ishchi xalqni qishloq hoʻjaligidan unumli foydalanib oʻzining moddiy ahvolini yaxshilashi borasida ilk marotiba soʻz yuritilgan. Keyinchalik bu sohalar borasida rivojlanish statistika oqimini keltirib chiqargan bir necha oqimlar vujudga keladi ulardan ayrimlari Oʻrta asrlarda vujudga kelib oʻzining yoʻnalishi bilan bir necha mamlakatlar aro yaxshigina shuhrat qozongan:

Asosiy maqola: Merkantilizm.

Merkantilizm — oqimidir bu yoʻnalish „merkante“ italyancha soʻzdan olingan boʻlib savdogar, xaridor maʼnosini anglatadi, XVI-asrning boshlarida paydo boʻlgan bu oqimning asoschilari taniqli italyan iqtisodchisi Tomas Men va fransuz iqtisodchisi Jan Batist Kolberg oʻzlarining ilmiy va amaliy ishlarida asos soluvchilar qatoridan joy olishdi.Merkantilizm tarafdorlari halq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu uning savdo bilan shugʻullanishi, eksport-importning izchilligidadir deb xisoblashishgan.

Asosiy maqola: Fiziokratizm.

Fiziokratizm — fransuzcha soʻzdan olingan boʻlib Hokimiyat tabiati maʼnosini beradi. Bu oliygohni asoschisi fransuz demokratisti Fransua Kenedir,Uning XVII-asrda Parijning kichik bir nashriyotida chop etilgan „Iqtisodiy jadvallar“ kitobi orqali ushbu Fiziokrat maqomida atalgan birinchi insonlardan biri sanaladi. Uning kitobida keltirilishcha halq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu aholining qishloqxoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarishiga bogʻliq deb hisoblanilgan.

Asosiy maqola: Klassik iqtisodiyot.

Klassik iqtisodiyotchilar-bu oqim bizning zamonamizga oʻzaro bogʻlikligi bilan ajralib turadi. XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning boshlarida Adam Smith,William Petty,David Ricardo,Jean Baptist Sayning iqtisodiy ruknda ishlari ularni bevosita bu oqimni yaralishiga olib kelgan. Bu iqtisodchilarning fikricha xalq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi oʻzaro mahsulot ishlab chiqarish, raqobat faoliyatini kengaytirishi asosida yaratiladi deya xisoblashgan va oʻzlarining amaliy ishlarida buni yaqqol isbotlab berishgan. Iqtisodiyot hamisha jamiyat hayotining asosini tashkil etadi. Odam yashashi uchun oʻz ehtiyojlarini qondirishi kerak,Hamma ehtiyojlarni qondirish esa ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bogʻliq.Inson sanʼat, adabiyot bilan shugʻullanishdan oldin avval ovqatlanishi, kiyinishi va yashash joyiga ega boʻlishi kerak.buning uchun zarur mahsulotlar, kiyim-kechak va boshqa tovarlar ishlab chiqarishda yaratiladi. Shu tarzda kishilarning moddiy turmush darajasi, moddiy ehtiyojlarning qondirilishi iqtisodiyotning holatiga, iishlab chiqarishning rivojlanishiga tugʻridan-toʻgʻri va bevosita bogʻliqdir.

Ilmiy va amaliy iqtisodiyot

Iqtisodiyot ilmiy va amaliy iqtisodiyotga boʻlinadi.

Ilmiy iqtisodiyot-iqtisodiyot nazariyasi insonlar va jamiyatning koʻp maqsadlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan noyob resurslardan foydalanish usulini qanday tanlshlarini oʻrganuvchi fan.

Amaliy iqtisodiyot-iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan qonuniyat, nazariya, takliflarni bevosita iqtisodiy tizimning alohida elementlari faoliyatiga tatbiq qilish imkoniyatlarini oʻrganadi.

Shuningdek qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

2004

2004 yil — "Mehr va muruvvat yili"1 yanvar. Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi faoliyat koʻrsata boshladi.

27 yanvar — "Mehr va muruvvat yili" davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.12 mart — Xorazm viloyati Hazorasp tumanida Amudaryo ustida bunyod etilgan koʻprik foydalanishga topshirildi.18 mart — Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida Oʻzbekiston —Turkiya "YADEM tekstil" qoʻshma korxonasining tantanali ochilish marosimi boʻldi.23 mart — Toshkentda buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy haykalining ochilish marosimi boʻldi.25 mart — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Xoja Ahror tavalludining 600 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qildi.26 mart — Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashkil topdi.27 mart — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashkil etildi.30 mart — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti asosida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tashkil etildi.3 aprel — Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasini tashkil etishga qaror qilindi.5 aprel — Toshkentda "Taʼlim — kelajakka yoʻnaltirilgan sarmoya" mavzuida mintaqaviy konferensiya boʻlib oʻtdi. Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari taʼlim vazirliklari rahbarlari ishtirok etdilar.29-30 aprel — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida", "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida"gi qonunlar qabul qilindi.21 may — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2004—2009 yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni eʼlon qilindi.17 iyun — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti boʻlib oʻtdi.7 iyul — Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi tashkil etildi.13 iyul — Liviya poytaxti Tripoli shahrida yakunlangan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida oʻzbek shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov jahon chempioni unvoniga sazovor boʻldi.Avgust — Xorazm viloyatida "Bogʻottekstil" va "Shovotteks" qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.26 avgust — Afinadagi Olimpiada musobaqalarida oʻzbekistonlik kurashchi Aleksandr Dokturishvili yunon-rum kurashi boʻyicha, Artur Taymazov esa (28 avgustda) erkin kurash boʻyicha 28-Olimpiada oʻyinlari chempioni boʻldi, Magomed Ibragimov (29 avgustda) kumush medal bilan taqdirlandi.31 avgust — Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi foydalanishga topshirildi.27 sentyabr — Madaniyat ishlari vazirligi va Davlat sport qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil etildi.11 oktyabr — Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi tashkil etildi.15 oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, xaritagrafiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tashkil qilindi.25 oktyabr — Samarqand shahrida Jahon sayyohlik tashkilotining "Buyuk ipak yoʻli" deb nomlanuvchi vakolatxonasi ochildi.28 oktyabr — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.26 dekabr (va 2005 yil 9 yanvar) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlar boʻlib oʻtdi.2004 — "Sen yolgʻiz emassan" jamgʻarmasi tashkil etildi.

Franco Modigliani

Franco Modigliani (1918.18.6, Rim – 2003.25.9, Cambridge, Massachusetts) — amerikalik iqtisodchi. Huquq doktori (1939), iqtisodiyot adʼyunkt-professor. (1949), Illinoys universiteti iqtisodiyot professor (1950–52), Karnegi texnologiya institutida iqtisodiyot va sanoatni boshkarish professor. (1952–60), Kembrij universiteti professor (1970). Modigliani keynechilik siyosiy iqtisodini neoklassik iqtisodiy nazariya va monetar tahlil bilan uygʻunlashtirishga erishdi. Modigliani makroiqtisodiy nazariyada ratsional kutish konsepsiyasini rivojlantirishga, pul va foiz nazariyasiga, "hayotiy sikl" modeli va investitsiya qarorlari modellarini yaratishga katta hissa qoʻshdi. Nobel mukofoti laureati (1985).

Gary Becker

Gary Becker (1930) - amerika iqtisodchisi, inson kapitali (ish kuchining shakllanishi) nazariyasi asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari ijtimoiy muammolar (oilaviy munosabatlar, jinoyatchilik, irqiy kamsitish va boshqalar) ni iqtisodiy tahlil qilish masalalariga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureati (1992).

Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti

Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti Iqtisodiyot sohasida katta kashfiyotlar qilgan shaxslarga beriladi.

James M. Buchanan

BYUKENEN (Buchanan) Jeyms Makl-Gil (1919.2.10) — amerika iqtisodchisi. 1948-yilda doktorlik ilmiy darajasini olgan. B. narx belgilash jarayoniga katta eʼtibor qaratib, iqtisodiy taraqqiyotda narx omillari muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. B.ning fikriga koʻra, ishlab chiqarish va narxni xukumat tomonidan nazorat qilinishiga favqulodda hollardagina yoʻl qoʻyilishi lozim, lekin ayni paytda erkin tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida iqtisodiyot ishlariga davlatning aralashuvini kuchaytirishni yoqlaydi. B. ijtimoiy tanlov nazariyasi asoschisi. Moliyaviy masalalarga oid qator monografiyalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1986).

James Meade

MID (Meade) Jeyms Eduard (1907.23.6, Suonije, Dorset grafligi, Buyuk Britaniya — 1995.22.12) — ingliz iqtisodchisi. 1937 yilda Millatlar Ligasi kotibiyatida "Jahon iqtisodiy sharhi" nashri muharriri. 1940 yilda Angliyaga qaytib kelib, J. M. Keyns guruhida Xalqaro valyuta fondini tashkil etish orqali xalqaro moliyaviy va savdo tizimini qayta qurish muammolari bilan shugʻullandi. Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi Kotibiyatining iqtisodiy boʻlimi direktori (1940—45), London iqtisodiy maktabi professor (1947—57), Kembrijunti siyosiy iqtisod professor (1957—1969).

Asosiy asarlari: "Iqtisodiy siyosat nazariyasi I. Toʻlov balansi" (1951), "Xalqaro savdo geometriyasi" (1952), "Iqtisodiy siyosat nazariyasi P. Savdo va farovonlik" (1955), "Bojxona ittifoqlari nazariyasi" (1955),"Iqtisodiy oʻsishning neoklassik nazariyasi" (1961), shuningdek, siyosiy iqtisod tamoyillari tadqiq etilgan "Oʻsayotgan iqtisodiyot" (1968), "Boshqariladigan iqtisodiyot" (1970), "Barqaror iqgisodiyot" (1971), "Adolatli iqtisodiyot" (1975), "Talabni boshqarish" (1983) va boshqa

M. xalqaro savdo nazariyasini yaratdi, ichki iqtisodiyot va tashqi savdo operatsiyalari oʻrtasidagi muvozanat shartlarini, iqtisodiy siyosatning samarali vositalarini tahlil etdi. Xalqaro savdoning raqobatbardosh ichki bozorlarga ega boʻlmagan mamlakatlar aholisining turmush darajasiga taʼsirini asoslab berdi, ichki iqtisodiy siyosat va daromadlarning taqsimlanishi, kapital jamgʻarish muammolarini tadqiq qildi. Nobel mukofoti laureati (1977, B. Olin bilan birgalikda).

James Mirrlees

James Mirrlees (1936.5.7, Minnigeffe, Shotlandiya) — ingliz iqtisodchisi. Edinburg universitetini tugatgan (1957). Kembrij universitetining xalqaro muammolar markazida maslahatchi (1962—63), Oksford universiteti iqtisodiyot professor (1968), Shveysariya hukumati maslahatchisi (1963), 1968—86 yillarda Kembrij universiteti va Berklidagi Kaliforniya universitetlarida professor Mirrleesning ilmiy ishlari monetar va soliqqa tortish nazariyalari, institutsional iqtisodiyot muammolariga bagʻishlangan. Mirrlees asimmetrik axborotlar nazariyasida soliqqa tortish va ijtimoiy sugʻurta muammolariga bagʻishlangan ishlari bilan katta muvaf-faqiyatlarga erishdi. Kichik mamlakatlarning ochiq iqtisodiyotida chet el tovarlariga tariflar koʻllashning maqsadga muvofiq emasligini, mehnat va kapitalga solinadigan soliqning isteʼmolchilarga yuklatilishini asoslab berdi. Nobel mukofoti laureata (1996; William Vickrey bilan birgalikda).

Meyn

Meyn - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Augusta shahri. AQSh ittifog`iga 15 mart 1820 yilda kirgan, undan oldin - Massachusetts. Meynning beshdan to’rt qismini yog’och qayta ishlovshi sanoati uchun juda muhim bo’lgan o’rmonlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham shtatning “yog’och shtat” va “sosna shtati” degan laqablari bor. Meyn Amerikada ba'zan “AQShning Shveysariyasi” va “Vacationland” ("Hordiq yeri") deb ham ataladi. Bu nomlarning kelib chiqishiga shtatning tog’li manzarasi va ko’p yog’adigan qori sababchi bo’lgan.

Moliya

Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. M. iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu M. resurslari yoki M. obʼyektidir. M. subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. M. daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon M.si yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona M. fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. M. pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — M. fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish M. vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.

Milliy iqtisodiyotning boʻgʻinlariga qarab turli darajada M. amal qiladi. Uning asosiy boʻgʻini quyi darajadagi yoki mikromoliyadir. Bunga korxona M. si (buni korporativ M. deb yuritiladi), xonadon M.si, jamoat tashkilotlari M.si, sugʻurtalash M.si kabilar kiradi. Davlat M.si makrodarajadagi M.ni tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Niqoyat milliy iqtisodiyotning eng yukrri darajasi bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro M. munosabatlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro M. tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi M. oʻzining koʻlami bilan ajralib turadi. M. turli darajadagi moliyalashtirish usullari jihatidan ham farqlanadi. Korxona, sugʻurta va xonadon M.si oʻzini oʻzi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Davlat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qoʻllaydi. Turli nodavlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari qisman oʻzini oʻzi moliyalashtiradi. Milliy iqtisodiyotning mohiyati va funksiyalari moliya tizimi faoliyatida oʻz ifodasini topadi

Moliya — pul mablagʻlaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimi boʻlib, uning vositasida turli darajada pul mablagʻlari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.

Moliya iqtisodiyot doirasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir qator vazifalarni bajaradi.

Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy taʼminlash, ularga xizmat koʻrsatish vazifasini bajaradi.

Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon boʻladi.

Moliyaning ragʻbatlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar boʻlish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablagʻ bilan taʼminlash tizimi orqali amalga oshiriladi.

Myron Scholes

SKOULS (Scholes) Mayron (1941, AQSH, Kaliforniya shtati) — amerikalik iqtisodchi. Chikago universitetida iqtisodiyot doktori (1969), Stanford universiteti professor F. Blek bilan hamkorlikda fond bozorida aksiyadorlar opsioni qiymatini anik/gashning prinsipial yangi usulini ishlab chikdi. Bu usul koʻpgina sohalarda iqtisodiy parametrlarni baholashga yangicha yondashuvlarga, shuningdek, moliya dastaklarining yangi tiplarini yaratish va jamiyatda tavakkalchilikni tartibga solishning yanada samaraliroq usulini qoʻllashga imkoniyat yaratdi. Nobel mukofoti laureati (Robert Merton bilan birgalikda; 1997).

Nobel mukofoti

Nobel mukofoti (inglizcha: Nobel Prize) — buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qoʻshganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri.

Nobel mukofotlari - har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Taʼsis etuvchisi A. B. Nobelning (k,. Nobellar) vasiyatiga koʻra, undan keyin qolgan mablagʻ asosida Nobel jamgʻarmasi tashkil etildi; shu jamgʻarmaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng boʻlinib, irqi, millati, jinsi va dinidan qatʼi nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar doʻstligi va tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968 yilda Shvetsiya davlat banki oʻzining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qoʻshimcha Nobel mukofotini taʼsis etgan).

Nobel mukofoti Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal, diplom va miq-dori Nobel jamgʻarmasidagi daromadga bogʻliq (odatda, 30 mingdan 70 ming dollargacha) boʻlgan mablagʻdan iborat. Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, Nobel mukofotini berish vazifasi Stokgolmdagi Qirollik FA ga (fizika, kimyo, iqtisod fanlari boʻyicha), Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarroxlik institutiga (fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiya-1 siga (badiiy asarlar boʻyicha) topshi-rilgan. Tinchlikni mustahkamlash 4 yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun 1 Nobel mukofotini Norvegiya parlamentining Nobel komiteti aʼzolari beradi. Tinchlik mukofotidan tashqari hamma mukofotlar faqat individual tarzda beriladi. Vafot etganlarga Nobel mukofoti berilmaydi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10 dekabr) da oʻtkaziladi. Birinchi mukofot 1901 yil topshi-rilgan. Nobel mukofotini 1901—2003 yilda 565 kishi olgan.Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, moddiy tarafdan quvvatlanib, 1895-yilda tadbiq etilgan quyidagi besh yoʻnalish boʻyicha mukofotlar mavjud:

fizika boʻyicha Nobel mukofoti,

kimyo boʻyicha Nobel mukofoti,

fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti,

adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti,

jahonda tinchlik oʻrnatish ishlari boʻyicha harakatlar uchun (Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti).

1969-yildan boshlab, iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti ham berila boshladi.Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 mln shved kronasi (1,3 mln $ atrofida)ga teng.

Paul Krugman

Paul Krugman — ameriakalik iqtisodichi, iqtisod boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori. Yale universitetida tahsil olgan. PhDsini Massachusetts texnologiya institutidan olgan.

Paul Samuelson

Paul Samuelson (1915.15.5, Geri, AQSH, Indiana shtati) — amerikalik iqtisodchi. 1940 yildan Massachusets texnologiya institutida profassistenti, 1966 yildan shu institut professor 1941 yildan boshlab oʻqituvchilik bilan birga davlat muassasalarida maslahatchilik ham qilgan (1961—68 yillarda Oq uyning iqtisodiyot boʻyicha maslahatchisi). Xalqaro iqtisodiy uyushma prezidenta (1965— 68). S.ning ilmiy ishlari hozirgi zamon iqtisodiyot fanining deyarli barcha sohalarini qamraydi. Iqtisodiy dinamika nazariyasi, iqtisodiy sikllar, isteʼmolchi talabi nazariyasi, farovonlikning iqtisodiy nazariyasi, xalqaro iqtisodiyot nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. S.ning iqtisodiy qarashlari qisqacha neoklassik sintez deb ataladi va daromadlarning taqsimlanish qonuni hozirgi zamon marjinalistik goyalarining "klassik" prinsiplar bilan birgalikda tahlil etiladi. S. aralash iqtisodiyot nazariyasi tarafdori, yaʼni davlatning iqtisodiyotga qisman aralashuvini maʼqullaydi. S.ning "Ekonomiks" darsligi (1945) va "Iqtisodiy tahlil asoslari" (1948) asari bir necha bor nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1970).

Ragnar Frisch

Ragnar Frisch (1895.3.3 Oslo 1973.31.1) - norveg iqtisodchisi, Norvegiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1931). Oslo shahridagi universitetda oʻqigan. Oslo universiteti huzuridagi Iqtisodiyot instituti direktori (1931—1965); Yel (1930), Sorbonna (1933) universitetlarida iqtisodiyot boʻyicha leksiyalar oʻqigan. Iqtisodiy nazariyada matematik yoʻnalish vakili. Ekonometrika asoschisi, birinchilardan boʻlib makro va mikroiqtisodiy taxlil sohalari chegaralarini koʻrsatdi, iqgisodiy jarayonlarni tahlil qilishda qoʻllaniladigan iktisodiy siklning dinamik modelini yaratgan. Iqgisodiymatematik programmalashtirish usullaridan foydalangan holda iqtisodiy rejalashtirishda qarorlar qabul qilish modelini ishlab chiqsi. F. taklif etgan iktisodiy oʻsish usullari va modellari, shuningdek, milliy hisoblarnk tuzish tartiblari Norvegiya va boshqa mamlakatlarning byudjet, statistika organlari faoliyatida keng qoʻllanilgan. Iqgisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureatlaridan biri (Ya. Tinbergen bilan birga, 1969).

Richard Thaler

Richard H. Thaler (12-sentyabr, 1945) AQShlik iqtisodchi. AQSh iqtisodiy uyushmasi prezidenti. Axloqiy iqtisodiyot haqidagi nazariyasi uchun iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti berilgan.

Robert F. Engle

Engl Robert (1942; Sirakuzi, Nyu York shtati) — amerikalik iqtisodchi. Kornell universitetida fizika boʻyicha magistr (1966). 1969 yil iqtisodiyot nazariyasi (ekonometrika) boʻyicha doktorlik ilmiy darajasini oldi. 1969 yildan Massachusets texnologiya institutida, 1975 yildan San-Diyegodagi Kaliforniya universitetida iqtisodiyot professor 1999 yildan Nyu-York universitetida moliyaviy xizmatlar menejmenti professor Ilmiy ishlari turli iqtisodiy ko'rsatkichlarning uzoq muddatli oʻzgarishlari qonuniyatlarini oʻrganishga bagʻishlangan. U prognozlashda muayyan oʻzgarishlarni ancha ishonchliroq aniqlash yoʻli (modeli)ni yaratdi, bu esa yalpi ichki mahsulot, isteʼmol narxlari, foiz stavkalari, birja kurslari va boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlarni bir necha kun yoki hafta, hatto bir yil oldin bashorat qilish imkonini beradi. E. modelini qoʻllash natijasida AQSH va Buyuk Britaniyaning tarixiy-iqtisodiy statistikasini tahlil qilishda katta aniqlikdagi prognozlar oʻz isbotini topdi. Iqtisodiy koʻrsatkichlarning kutiladigan tebranishlarini aniqlash usuli katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ekonometrika boʻyicha 100 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi. Nobel mukofoti laureati (2003; K.Grenjer bilan birga).

Robert Fogel

Robert Fogel - amerikalik iqtisodchi. Nobel mukofoti laureati.

Ronald Coase

KOUZ (Coase) Ronald (1910.29.12, Uilsden, Buyuk Britaniya) — amerikalik iqtisodchi. London iqtisodiyot maktabini tugatgan (1932). Virginiya universiteti (1951—64) va Chikago universiteti (1964—82) professor Chikago universitetining faxriy professor (1982 yildan), "Huquq va iqtisodiyot" jurnal muharriri (1964—82). K. iqtisodiyotning muassasaviy tarkibi tushunchasi mohiyatini va uning amal qilish mexanizmini ochib bergan, mulkchilik huquqi muammolarini tadqiq qilgan. Tarmoqni tashqil qilishni transaksion harajatlar nuqtai nazaridan oʻrgandi. Nobel mukofoti laureati (1991).

Yalpi ichki mahsulot

Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi(angl. nominal and real GDP). YIM ushbu yildagi narhlarning oʻsishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi . YIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YIM darajasi yordamida aniqlanadi. YIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YIM imkoniyati — bu YIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi. YIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.

Yalpi ichki mahsulot (YIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda 2003 yilda amaldagi narxlarda 9964,1 mlrd. soʻmlik YIM ishlab chiqarildi. Bu 2002 yilga nisbatan 4,4 % ga koʻp demakdir. Yaratilgan YIMning tarmoq tuzilmasi quyidagicha: uning 48,5% tovarlar ishlab chiqarish (uning 15% sanoatda, 28,8% qishloq xoʻjaligida, 4,5% qurilishda) va 38,1% xizmatlar koʻrsatish (uning 8,5% traneport va aloqada, 9,4% savdo va umumiy ovqatlanishda, 20,2% bozor va nobozor xizmatlarda)ga, 13,4% mahsulot va eksportimport operatsiyalari sof soliqlariga toʻgʻri keldi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daromad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin. Mas, AQSH va Yaponiyada YIM emas, balki YMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMT ning milliy hisoblar tizimida YIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.

Nurislom Toʻxliyev.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.