Gul

Gul (flos) — yopiq urugʻli oʻsimliklar (qarang Gulli oʻsimliklar)ning generativ (jinsiy urchish) organi. G. oʻsishi cheklangan, shaqli oʻzgargan novda hisoblanadi G. gulband, kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urugʻchidan tashkil topgan. Kosachabarglar — G.ning sirtida — birinchi qatorda joylashadi bargchalardan iborat. Kosachabarglar, odatda, yashil, oʻsimlik turiga qarab soni har xil boʻladi. Baʼzi oʻsimliklarda (marmarak, rayhon, noʻxat va b.) kosachabarglar bir-biri bilan qoʻshilib, birikkan bargli tutash kosacha, boshqalarida (turp, shaftoli, oʻrik va b.) birikmasdan, ayrikosacha hosil qiladi. Gultoj barglar — kosachabarglardan ichki qavatga joylashgan gulbarglardan iborat. Rangi har xil. Tojbarglar ham tutash (pechak, karnaygul, kartoshka va b. gulida) va ayritoj (oʻsma, ayiqtovon, naʼmatak va b. gulida) boʻladi. Changchilar G.ning chang (mikrospora) hosil qiluvchi qismi. Ular uchinchi qavatni tashkil qiladi. Urugʻchi G.ning urugʻkurtak (makrospora) hosil qiluvchi qismi boʻlib, markazda joylashgan. Kosachabarglar bilan tojbarglar gulqoʻrgʻon deyiladi. Kosachabarglar bilan tojbarglarga aniq ajralgan gulqoʻrgʻon (oʻrik, olcha, sholgʻom va b. gulida) murakkab, bunday ajralmay, rangi bir xil boʻlgan gulqoʻrgʻon oddiy gulqoʻrgon deyiladi. Tojbarglarga oʻxshash, ochiq rangli oddiy gulqoʻrgʻon gultojsimon (lola, piyoz gulida), kosachaga oʻxshash yashili esa (lavlagi, shoʻra, otquloq va b. gulida) kosachasimon gulqoʻrgʻon deb yuritiladi. Hasharotlar vositasida changlanadigan G.lar gulqoʻrgʻoni yaxshi rivojlangan, shamol yordamida changlanadigan G.larniki esa uncha rivojlanmagan yoki butunlay yoʻqolib ketgan. Gulqoʻrgʻonsiz yoki faqat urugʻchi va changchilardan iborat gullar (tol, terak, yongʻoq kabilarning guli) yalangʻoch yoki gulqoʻrgʻonsiz G.lar deyiladi. G.ning barma qismlari oʻrindiqqa joylashgan. Oʻrindiq keng va yassi (ayiqtovon, malina), konussimon yoki choʻziqroq (yerchoy) yoki, aksincha, botiq (raʼno, naʼmatak va b.) boʻladi. Har bir G.da gulband bor. Baʼzan gulband deyarli rivojlanmay, G. toʻpgul oʻqidan oʻsib chiqadi (mas, tizimgul, sebarga guli). Bunday G.lar bandsiz yoki oʻtroq G.lar deyiladi. G.da urugʻchilar va changchilar boʻlsa, ikki jinsli (behi, lolaqiz-gʻaldoq, piyoz va b.), faqat bittasi boʻlsa (yongʻoq, makkajoʻxori, tol, qayin va b.), ayrim jinsli yoki bir jinsli G. deyiladi. Bir jinsli G. faqat urugʻchilardan iborat boʻlsa — urugʻchili (makkajoʻxori soʻtasi), faqat changchilardan iborat boʻlsa (makkajoʻxori roʻvagi, yongʻoq kuchalasi va b.) — changchili G. deyiladi. G. markazidan ikki va undan koʻp chiziq oʻtkazilganda teng simmetrik qismlarga boʻlinsa, toʻgʻri — aktinomorf (olma, oʻrik, naʼmatak va b.), faqat bitta chiziq bilan simmetrik qismlarga boʻlinsa, qiyshiq — zigomorf G. (rayhon, yalpiz, itogʻiz, jambil va b.) deyiladi. G.larda nasldan-naslga oʻtadigan doimiy belgilar (G. qismlarning shaqli, rangi, katta-kichikligi, bir-biriga nisbatan tutgan oʻrni va soni) gʻoyat xilma-xil. Oʻsimliklarning urugʻdoshligi va evolyutsiyasini aniqlashda G.larning ahamiyati katta. G. shamol yoki hasharotlar vositasida changlanadi. G. changlanishga turlicha moslashgan. Mac, hasharotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklarning G.i yirik, hidli, xilma-xil rangda boʻlib, nektar bezlari shira (nektar) ajratadi. Nektar bezlari G.ning ichki qismida boʻlib, hasharotlar shira olishga qoʻnganda tanasiga changni yopishtirib olib tarqatadi. Koʻp oʻsimliklar (mas, yongʻoq, terak, kanop, makkajoʻxori va b. gʻalladoshlar) shamol vositasida changlanadi. Ularning G.i mayda, koʻrimsiz, rangsiz va hidsiz, changlari quruq va yengil boʻladi.[1][2]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Xoliqov S., Pratov Oʻ., Oʻsimliklar anixushgichi, T., 1970; Mavlonov O., Qosimov A., Siddiqov J., Biologiya (maʼlumotnoma), T., 1999.
Addis-Abeba

Addis-abeba (amhara tilida – yangi gul) – Efiopiya (Habashiston)ning poytaxti va Addis-Abeba viloyatining ma’mu-riy markazi. Addis-Abeba Efiopiya (Habashi-ston) tog‘ligida, dengiz sathidan 2400 190m balandlikda. Aholisi 1,5 mln. kishi (1995). Shaharga 1887 yil imperator Me-nelik II asos solgan va dastlab Finfin-na deb atalgan. 1889 yildan Efiopiya poy-taxti. 1936–41 yillarda Addis-Abebani Italiya qo‘shinlari okkupatsiya qilib. turgan. Addis-Abeba mamlakatning yirik sanoat va savdo markazi (asosan, yengil va oziq-ovqat sa-noati korxonalari), transport yo‘llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Avtomobil yig‘uv zavodi, yog‘ochsozlik, sement korxonalari bor. Kustar usu-lida gazlama to‘qiladi, charm, metall va yog‘ochdan buyumlar ishlab chiqariladi. Addis-Abeba da kollejlar, universitet, bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari (jumladan, Efiopiya-shunoslik instituti), Milliy teatr, Tarix-etnografiya muzeyi, tibbiyot muassasalari bor. Radio va televizion stansiyalar (i960 yildan) mavjud. BMT ning Afrika bo‘yicha Iqtisodiy komissiyasi (1958 yildan) va Afrika birligi tashkiloti (1963 yildan) qarorgohi. Shaharning tashqi qiyofasida milliy va zamonaviy me’morchilik ob’-yektlari uyg‘unlashgan. Me’moriy ansam-bllardan Menelik II saroyi (19-asr oxi-ri), Yubiley qasri (1955), Afrika Uyi (1963) vab. bor.

Anatole France

FRANS (France) Anatol (taxallusi; asl ismsharifi Anatol Fransua Tibo) (1844.16.4, Parij — 1924.12.10, SanSirsyurLuar) — fransuz yozuvchisi. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1896). Adabiy faoliyati bibliografik kataloglarga bitiklar, ensiklopediyalarga maqola va taqrizlar yozish bilan boshlangan. 60-yillarda "Parnas" adabiy guruhi bilan yaqinlashgan va bu hol uning ilk kitobi — "A. de Vini" (1868) da, shuningdek, "Oltin dostonlar" (1873) toʻplami va "Korinf toʻyi" (1876) dramatik dostonida oʻz aksini topgan. Shundan keyin F. sheʼriyatdan uzoklashib, 1879 yilda Ch. Darvin va I.Ten singari tabiiy fan namoyandalari taʼsirida "Iokasta" va "Qiltiriq mushuk" qissalarini yozgan. Osori atiqalar shaydosi — keksa filolog olimning kundaligi tarzida yozilgan "Silvester Bonnarning jinoyati" (1881) romani F.ga shonshuhrat keltirgan. Yozuvchi "Tais" (1890) romanida falsafiy va axloqiy qarashlarini ifodalash uchun ilk xristianlik davriga murojaat etgan. F. 90-yillarda yaratgan bir necha romanlari ("Salamandra" 1892; "Janob Jerom Kuanyarning mulohazalari", 1893 va boshqalar)da donishmand va daydi abbat Kuanyar hamda boshqa qahramonlar obrazi orqali nafaqat 18-asrdagi Fransiya qirolligi, balki 3respublikadagi voqelikka ham oʻz munosabatini ifodalagan. F.ning Kuanyarga bagʻishlangan barcha asarlari falsafiy roman janrida yozilgan boʻlib, ularda syujet va voqea emas, balki falsafiy mushohadalar katta mavkega ega. F.ning "Qizil gul" (1894) romanida hissiyotga asoslangan muhabbatning moʻrt bulishi haqidagi fikr badiiy mujassamlangan. 80—90-yillarda F.ning "Valtasar" (1889), "Sadaf quticha" (1892), "Avliyo Klaraning qudugʻi" (1895), "Klio" (1900) kabi kichik hikoya toʻplamlari nashr etilgan.

F. 20-asr boshlarida sotsialistlarga yaqinlashib, 1905 yil rus inqilobini yaxshi qarshi olgan. Hatto rus xalqi va Rossiyaga qoʻshib olingan xalqlar doʻstligi jamiyatini tuzib, unga raislik qilgan (1905 yil fevral). 1905—07 yil rus inqilobining magʻlubiyatga uchrashi esa uning ruhiyati va dunyoqarashiga katta taʼsir qilgan. U hatto tarixda olgʻa harakat yoʻq, tarix bosib oʻtilgan yoʻlning takrorlanishidan iborat, shuning uchui insoniyat tarixiy taraqqiyotning bir nuqtasida depsinib turadi, degan xulosaga kelgan. F. ning "Pingvinlar oroli" (1908), "Xudolar xohishi" (1912), "Farishtalar isyoni" (1914) romanlaridagi satirik ruh qisman yozuvchi dunyoqarashidagi ana shu pessimistik holat bilan izohlanadi.

F. umrining soʻnggi yillarida bolalik va oʻsmirlik yillariga bakishlangan "Kichkina Pyotr" (1919), "Gulga burkangan hayot" (1922) singari xotiralari bilan birga falsafiy mazmun bilan yoʻgʻrilgan "Gul tagidagi suhbatlar" (1917) asarini yozgan. 2 jildli "Janna d’ Ark hayoti" (1908) tarixiy tadqiqoti, "Sokov qizga uylangan kishi hangomasi" (1912) singari pyesalar muallifi. "Janob Jerom Kuanyarning mulohazalari" asaridan olingan "Bashariyat tarixi" hikoyasi Oybek tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1921)..

Barg

Barg (lot. folium, yun. phyllon) — yuksak o‘simliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba’zi o‘simliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta’sirida shakli o‘zgarib, oziq yoki suv g‘amlash, himoya qilish, ilashish kabi qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. B.ning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim o‘simliklar (mas, palma, banan) B. 20 m ga yetadi. B.ning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi B. bandi deyiladi. Bir qancha o‘simliklar (bug‘doydoshlar, ziradoshlar) B. bandi kengayib, novdani o‘rab turadigan qinni hosil qiladi. Ba’zi o‘simliklar (yalpizdoshlar)da B. bandi bo‘lmaydi, yaprog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri novdaga birlashadi. Bunday B. o‘troq deyiladi. B.ning fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bog‘liq. Yaproqning yassi bo‘lishi B.ning fotosintez qiladigan yuzasi sathini oshiradi.B. oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy B. bandida bitta, murakkab B. bandida bir necha yaproq bor. Oddiy B. yaprog‘ining shakliga ko‘ra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, to‘g‘ri chiziqpi, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqa; qirrasining tuzilishiga ko‘ra tekis qirrali, tishli, kungurali; i. 1 mm2 barg yuzasida og‘izchalar soni 40 dan 500 gacha, ba’zan undan ham ko‘proq bo‘ladi. Og‘izchalar ayniqsa sernam joylarda o‘sadigan o‘simliklar bargi kutikula, yog‘simon moddalar yoki tuklar bilan qoplangan, barg plastinkasi kichik, ko‘pincha etli; barg orqali suvning ko‘p bug‘lanishiga imkon bermaydi. Epidermis ostida B. eti (mezofill) joylashgan. B. eti ko‘pchilik o‘simliklarda ustki epidermis ostida joylashgan 1 — 2 qator hujayralardan iborat ustunsimon to‘qima va uning ostidagi g‘ovak to‘qimadan tashkil topgan. B. eti hujayralari (ayniqsa ustunsimon to‘qima) B.ga yashil rang beruvchi xloroplastlarga boy. Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda fotosintez sodir bo‘ladi. B. etidan tomirlar o‘tadi. Ular har xil shaklda bo‘lib, sistematik ahamiyatga ega. Ikki pallali o‘simliklar B. to‘rsimon yoki patsimon, bir pallalilar esa parallel yoki yoysimon tomirlangan. Tomirlar lub va yog‘ochlik tolalaridan hamda o‘tkazuvchi va to‘rsimon naylardan iborat. Tomirlar yaproquchun tayanch sinch vazifasini o‘taydi. O‘tkazuvchi naylar orqali suv va mineral oziq moddalar iddizdan barg mezofili hujayralariga to‘xtovsiz kelib turadi. B. hujayralarida sintezlangan mahsulotlar tomirlardagi to‘rsimon naychalar orqali o‘simlikning boshqa qismlari, ya’ni poya, ildiz, gul, mevalarga yetkazib beriladi. B. yuzasining keng bo‘lishi uning karbonat angidridni faol qabul qilishi, ko‘p miqdorda suv bug‘latishi va kislorod ishlab chiqarishiga sabab bo‘ladi. I ga maydondagi yashil o‘simliklar bir kecha-kunduzda 150 – 500 kg karbonat angidridni o‘zlashtirib, 60 – 400 kg kislorod ajratadi va 100 t gacha suv bug‘latadi. Bu jarayonda B. 75 – 250 kg gacha organik modda hosil qiladi. B.ning yashash muddati ham turlicha bo‘lib, ayrim o‘simliklar B. Bir necha hafta, boshqalari bir necha yilgacha (mas, lavr bargi 3 —4 yil, Yevropa archasi bargi 8—10 yil, Shrenka archasi bargi 30 yil) yashaydi. B. hayoti fotosintez va metabolitik jarayonlarning izchilligi bilan bog‘liq. Bu jarayonlar sekin kechadigan ninabarglilarning bargi nisbatan uzoq yashaydi. B. cheklangan o‘sish xususiyatiga ega bo‘lishi bilan boshqa o‘simlik organlaridan farq qiladi. Yaproqning o‘sishi cheklanganligi, biroq B. bandning o‘sishi to‘xtovsiz davom etaverishi tufayli B. yaprog‘i yorug‘likka o‘girilish xususiyatiga ega bo‘ladi.O‘ktam Pratov.www.ziyouz.com kutubxonasi 110

Bezak

Bezak — 1) narsa, buyumlarga ishlangan naqsh, gul, pardoz; amaliy sanʼat va meʼmorlikda keng ishlatiladi. Oʻsimliksimon (islimiy) va handasiy (girih) naqshlar bezatilayotgan yuza (buyum sirti)da boʻyama, chizma, oʻyma, bosma, qada-ma va boshqa usullarda, meʼmorlikda shuning-dek gʻisht va boshqalarni turlicha terib hosil qilinadi; 2) ziynat beruvchi buyum. Zargarlikda taqinchoklar, miskarlikda suv-don, kosa, piyola; zardoʻzlik yoki kashta-doʻzlikda choyxalta, oynaxalta, dorpech, kirpech, qoziqdungi va boshqa

Bogʻ

Bogʻ — 1) mevali daraxtlar va tok, gul bilan band maydon, mevazor (uzum B.i, anjir B.i, olma B.i va h.k) (qarang Bogʻdorchilik); 2) manzarali oʻsimliklar ekilgan joy, daraxtlar va gullar ekilib obod etilgan istirohatgoh (qarang Madaniyat va istirohat bogʻlari).

Choʻn-Gʻara

Choʻn-Gʻara (qirgʻizcha: Чоң-Гара) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Botken tumaniga qarasli qishloq. Toʻrt-Gul ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Choʻn-Tola (Botken tumani)

Choʻn-Tola (qirgʻizcha: Чоң-Талаа) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Botken tumaniga qarasli qishloq. Toʻrt-Gul ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Ganch

Ganch — oqish, sargʻish tusli mahalliy qurilish materiali. Gips (40 — 70%) bilan tuproqning tabiiy aralashmasini kuydirib (qizdirib) tayyorlanadi. Suvoqchilik ishlarida, ganch oʻymakorligida, quyma bezak shakllar tayyorlashda, haykaltaroshlikda ishlatiladi. G.ga mineral boʻyokdar aralashtirib, har xil rangli qorishmalar hosil qilish mumkin (mineral boʻyoq nisbati 1:10 dan ortmasligi kerak). Murakkab qurilmalar (hashamatli binolar, ayniqsa gumbazlar, ravokdar va b.) da sof holda ishlatiladi. Alebastrga nisbatan sekinroq qotganligi uchun devor va shiftni sidirgʻa suvashda, shakllar tayyorlash, oʻyib naqsh solish, ustidan boʻyab tasvir ishlash uchun qulay. Namga chidamsizligi tufayli G. asosan inshootlarning ichki tomonlariga ishlatiladi. G.ning ganchxok turi opsiy ganch bilan soz tuproq aralashmasidan iborat boʻlib, asosan devorlar gʻishtini terishda, qora suvoqqa ishlatiladi; tez ganch turi (tez qotadigan pishiq G.) koʻproq qora suvoqqa, gul ganch turi esa (eng mayda va nozik G.) asosan pardoz bezagida foydalaniladi. Oʻymakori va qolipaki ishlar ham gulganchda bajariladi.

Gazlama

Gazlama — arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Oʻlchab — gazlab (qarang Gaz) sotilganligi uchun shunday nomlangan. G. qadimda daraxt poʻstloqlaridan qoʻlda, keyinchalik tolalardan yogʻoch dastgoxlar, doʻkonlar, toʻquv stanoklarida toʻqilgan. Hozir asosan avtomat stanoklarda toʻqiladi.

Oqartirilgan, sidirgʻa yoki gulli, oʻng tomoni tukli va tuksiz G.lar boʻladi. G.dan kiyim-kechak tikiladi, roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi, u texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. G.lar tanda (oʻrish, boʻylama) va arqoq (enlama) iplarning oʻrilishi, ularning materiali, eni, pardoz turlari, ishlatilishi bilan bir-biridan ajraladi (ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama va h. k.). G.ning pishiqlik, kirishuvchanlik, choʻziluvchanlik, qalinlik xossalari bor. Pishiqlik — tanda va arqoq iplarining pishitilishi va oʻrilishiga bogʻliq, u maxsus dinamometr yordamida anikdanadi. Choʻziluvchanlik — tanda va arqoq iplari yoʻnalishida tortilganda yirtilguncha uzayishi. Dinamometrda pishiqlikni oʻlchash vaqtida aniqlanadi. Kirishuvchanlik — saqlash, hoʻllash, yuvish va b. hollarda oʻlchamining qisqarishi. U tanda va arqoq iplarining materiali va xossalari, toʻqimaning tuzilishi hamda pardozlash xillariga bogʻliq; G. 3—10% kirishishi mumkin. Qalinligi tanda va arqoq iplarining yoʻgʻonligiga, zichligi va pardoz turlariga bogliq. Kiyimlik G. larning qalinligi 0,1—5,0 mm, texnikada ishlatiladiganlariniki bundan qalin boʻladi. Qalinlik maxsus asboblar bilan oʻlchanadi. G.larni pardozlashda tukini yoʻqotish, ohorini toʻkish, oqartirish, boʻyash, gul bosish, tarash va b. ishlar bajariladi. Tukini yoʻqotish — G. yuziga chiqib qolgan ip va tolalarni olib tashlash; kuydirish yoki qirqish yoʻli bilan bajariladi. Kuydirish uchun G.lar qizitilgan metall yuzasidan yoki gaz alangasi ustidan tez oʻtkaziladi. Qirqish esa maxsus mashinalarda tez aylanuvchi pichoqlar yordamida bajariladi. Bunda G. tekis va chiroyli boʻlib chiqadi. Ohorini toʻkish — tanda iplaridagi ohorni yuvish, bunda G. maxsus eritmali hovuzda ivitiladi, soʻngra yuvib ohordan tozalanadi. Ohori toʻkilgan G. boʻyaladi, gul bosishda boʻyovchi moddalar iplarga yaxshi oʻrnashadi va yuvilganda aynimaydi. Oqartirish — toʻqimadagi tabiiy sargʻish rangni yoʻqotib, gazlamaga oq tus berish. G.lar toʻliq oqartirilgandan soʻng boʻyaladi yoki gul bosiladi. Sidirgʻa boʻyash — G.larni turli ranglar bilan bir xil qilib boʻyash. Gul bosish — G.ning oʻng tomoniga turli ranglardan maxsus mashinalarda bezaklar tushirish. Tarash — toʻqimadagi arqoq iplarini titib, tolalarini yuzaga chiqarish jarayoni. Bu jarayon ninalik tasma (kardolenta) yordamida tarashlash mashinalarida bajariladi. Bunda G.lar (movut, paxmoq va b.) issiq saqlaydigan va mayin boʻladi. Xonalarni bezash, mebellarga qoplash, eshik va derazalarga tutish uchun ishlatiladigan G. bezak mato deb ataladi. Bundam matolar toʻqiladi yoki pardozlash vaqtida gul bosib tayyorlanadi. Ular pishitilgan har xil rangli iplardan (paxta, jun, ipak va kimyoviy tolalar hamda metall iplardan) toʻqiladi. Bezak G.lar jakkard mashinasi yordamida yirik gulli oʻrilishda toʻquv dastgoxlarida yoki qoʻlda toʻqiladi. Oʻngi tekis, gʻadirbudur va tukli boʻladi. Bunday gazlamalar pishiq, yorugʻbardosh boʻlishi kerak.

Gul (naqsh)

Gul — 1) islimiy naqsh; tabiatdagi gullarni naqqosh tomonidan uslublashtirib olingan tasviri. Naqsh mujassamotida uni toʻldiradi va jozibali qiladi hamda asosiy yoki ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻladi. G.lar murakkab (pistagul, koʻpbargli G. va b.) va oddiy (oygul, lolagul, paxtagul va b.) turlarga boʻlinadi. Amaliy sanʼatning barcha sohalarida qoʻllaniladi; 2) naqsh soʻzi oʻrnida keng ishlatiladi. G. soʻziga naqsh nomi qoʻshib aytiladi (mas, G.i raftor, davra G. va b.).

Marjon

Marjon — 1) munchoq va shahrik.ni ipga qator tizib yasaladigan ayollar taqin-chogʻi. Munchoqlari turli shakldagi bezak toshlar (serdolik, marmar, feruza, oltin, kumush va boshqalar)dan iborat boʻlib, bir yoki bir necha qatorli qilib boʻyinga taqiladi. Suyak va sopol donalaridan yasalgan M.lar Oʻzbekiston hududida miloddan avvalgi 4—3ming yillikka oid manzilgohlardan topilgan. Jez davrida M.ning turli (och tusli, marmar, oq, och qizil yoki kulrang toshlar, sopol, bronza va suyaklardan sillits yoki sodda naqshli) xillari tarqalgan. Saklanib qolgan devoriy rasmlar (jumladan, Bolaliktepa devoriy rasmlari)da M.ning turli tasvirini koʻrish mumkin. M.ning markaziga, baʼzan chetlariga tumorchalar qoʻshilgan; 2) zargarliksa ishlatiladigan bezak tosh; dengiz jonivorlari qoldiklaridan iborat; uzunchoq (shohmarjon), dumaloq (tanamarjon) va boshqa shaklli turlaridan ziynat buyumlari (zirak, tillaqosh, tumor va boshqalar)ni bezashda foydalaniladi; 3) miskarlikyu. qumgʻonning qorniga qalamcha bilan solingan dumaloq gul.

Mato

Mato — xalq badiiy hunarmandligida qadimdan qoʻlda toʻqib tayyorlangan toʻqimachilik mahsuloti; gazlama. Oʻrta Osiyo hududida ip (boʻz, janda, olacha, susi, chit, kalami), ipak (atlas, baxmal, zandonachi, shoyi) va nim-shoyi (beqasam, adras, parpasha) M.lar tayyorlash qadimdan keng tarqalgan. Dastlab gulsiz (sidirgʻa), keyinroq sodda gulli — hoshiyali, yoʻl-yoʻl va kataklar hosil qilib bezash yoʻlga qoʻyilgan; shuningdek, abrbandi usulida boʻyab tayyorlangan, bosma qolipda gul bosish (ayniqsa, chitgarlikda) rivojlangan. Oʻzbekiston hududi (Buxoro, Margʻilon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon, Xorazm va boshqalar)da M. tayyorlash markazlari yuzaga kelgan va rivojlangan. Xalq ustalari tomonidan hozirgi kunda anʼanaviy usullarda tayyorlanayotgan M.lar (adras, atlas, beqasam, shoyi va boshqalar) anʼanaviy naqshi va sifati bilan diqqatga sazovor; respublika hududida va xorijda ham ushbu M.larga talab katta.

Namoyon

Namoyon (fors. — koʻrinish, manz-ra) — naqsh mujassamoti; atrofi hoshiya naqsh (koʻpincha zanjira, ruta) bilan oʻralgan bezak, tasvir va boshqalardan iborat. Amaliy bezak sanʼatida vokelik (chamanzor, bogʻu boʻston, daryo, gul, barglar va boshqalar)ning shartli umumlashma tasviriy obrazini oʻzida aks ettiradi. Asosan, Oʻrta Osiyo naqqoshligiga xos boʻlib, mustaqil naqsh mujassamotining eng murakkab turi. N. yaratishda usta naqqoshlar girih va islimiy naqshlardan mohirona foydalanadi, N.ni uzoq va yaqindan koʻrinishini qisobga oladi. Naqshning band va tanoblarini darajalarga ajratib, bi-rinchi darajali naqsh chiziklariga alohida ahamiyat beradi. N.da girih asosiy, oʻsimliksimon naqsh toʻldiruvchi oʻrin tutadi va u asosiy naqsh (gi-rih)ni bosib oʻtmaydi. Faqat girixdan tuzilgan N.da ham asosiy va toʻldiruvchi naqshlar boʻladi, yaʼni yirik girihlar ichiga maydalari chiziladi. Oʻzbekiston hududidagi har bir vohada N. bir-biridan farq qiluvchi oʻziga xos bezak uslubiga ega: Xiva naqqoshligida N. bandlari birbiri bilan oʻzaro chetan kabi bogʻlanadi, barglar kam ishlatiladi, mujassamot rivojlanish xususi-yatiga ega, unda harakat, mavj koʻproq koʻzga tashlanadi; Toshkent naqkrshligida N.lar oʻsimlik gullarining koʻpligi bilan ajralib turadi; Fargʻona N.larida tabiatdagi gul, barg , mevalar va boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri tabiiy shakdda tasvirlanadi. Zamonaviy meʼmorlikda, binolar bezaklarida, mustaqil amaliy bezak sanʼati asarlarida N.lar rang-barang: mehrobi N., chorsi N., seraftor N., majnuntol N. va boshqa Jumladan, Navoiy teatri binosi bezaklarida N.ning ajoyib namunalarini koʻrish mumkin.

Naqsh

Naqsh (arab. — tasvir, gul) — qism (taqsim)lari muayyan tartibda bir maromda takrorlanishidan hosil boʻladigan handasiy shakllar, oʻsimlik, qush, hayvon va boshqalarning uslublashtirilgan tasvirlaridan tarkib topgan be-zak (gul). Turli narsalar (ashyolar, qurol, mato, mebel, kitob va t.k.), meʼmoriy inshootlar (ham ichki, ham tashqi bezaklar), nafis sanʼat (aso-san, amaliy sanʼat) asarlarida keng qoʻllanadi, ayrim xalqlarda, shuningdek, odam tanasini bezash (tatuirovka, bezash)ga moʻljallanadi. Narsaning sirtini bezayotgan N. uningtuzilishini yuzaga chiqaradi va uning badiiy sifatini oshiradi. N. yo mavhum shakllardan tuziladi, yo aniq mavzulardan uslublashtiriladi. Ishlanayotgan xom ashyosiga koʻra, N. ishlashning turli-tuman uslub va usullari mavjud: oʻyma (ganch, yogʻoch, mis, tosh, marmar va boshqalar), boʻyama (qogʻoz, mato, ganch, yogʻoch, sopol va boshqalar), chok yordamida tikma (kashtadoʻzlik, zardoʻzlik va boshqalar), zarb qilib, quyib (zargarlik, miskarlik va boshqalar), toʻqima (gilamchilik, toʻqimachilik va boshqalar), qadama (inkrustatsiya, panjarasozlik va boshqalar) va boshqa

N.ning paydo boʻlishi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. N. tarixi insoniyatning badiiy madaniyati kabi qadimiydir. Arxeologik materiallar N.ning jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud boʻlganligini koʻrsa-tadi. Metall, sopol buyum, idish, qurollar paleolit, neolit davrlarida oddiy handasiy shakllar qatorida oʻsimliksimon N.lar bilan ham bezatilgan. N. turli oʻlkalar, turli xalqlarda geografik muhit, oʻsimlik va hayvo-not dunyosi, madaniyati taʼsirida tur-licha rivoj topgan. Mas, Shimol oʻlkalari N.larida archa, chorvadorlarda mol shoxi, dexdonlarda uzum bargi va gʻujumi, oʻtroq aholida gul, anor, bo-dom, qalampir tasvirlari koʻp uchraydi. Yevropada turli davrlarda xukmron boʻlgan badiiy uslublar (barokko, gotika, klassitsizm va boshqalar) N.ga ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Uygʻonish davrida, ayniqsa, yuksak jozibadorlikka erishgan. 19-asrning oxiridan boshlab shu davrda vujudga kelgan turli okimlar N.ni atayin kam ishlatdi, xatto undan butunlay voz kechishgacha bordi.

N. sanʼati Oʻrta Osiyo madaniyati ta-rixida juda qad. boʻlib, oʻziga xos na-munalari bilan ajralib turadi. Arxeologik topilmalar N.ning xilma-xil va rang-barang namunalaridan darak beradi. Meʼmoriy yodgorliklarda N. ning ancha mukammal, oʻziga xos va yuksak sanʼatkorlik bilan yaratilgan nusxalarini uchratish mumkin. Xalq amaliy sanʼatining har bir turida (xusu-san, kashtadoʻzlik, gilamchilik, oʻymakorlik, ganchkorlik, naqqoshlik kabi) N.ning shakliy imkoniyatlari naqadar keng va boy ekanligi yaqqol kuzatiladi. Oʻrta Osiyoda N.lar keng tarqalgan boʻlib, ular, asosan, 2 turga boʻlina-di: handasiy shakl va chiziqlardan ibo-rat eng murakkab N. turi — girih, keng tarqalgan oʻsimliksimon N. — islimiy. Har bir N. ning oʻz qonun-qoidalari bor: taqsim va boʻlaklar aniq oʻlchamda, uygʻun boʻlishi, ranglar did bilan tanlangan, oʻzaro mutanosib boʻlishi lozim. Bu naqqosh ustadan kat-ta maxrrat, malaka talab qiladi. Oʻrta Osiyoda eng qad. N. namunalar, asosan, meʼmoriy inshootlarda saqlangan; N. ning ajoyib namunalari ganch, yogʻoch va toshni oʻyib, baʼzan boʻyab ishlangan.

N. hisobiga keng taraqqiy etdi, naq-qoshlik jadal rivojlandi. Bino, buyum, idish, kiyim, qurollar aksa-riyat N. bilan bezatildi; masjid, Madrasa, maqbaralarni xashamdor qilishda N. muqim oʻrin egalladi. Shu davrda meʼmorlikda gʻishtni turlicha qalab N. hosil qilish sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi. Binolarning yogʻin tushmaydigan joylari ganch va yogʻoch oʻymakor-ligi, boʻyama N.lar bilan bezatildi. Jumladan, meʼmoriy yodgorliklardan Oʻzgandagi maqbaralar (interyer, devor, peshtoq, ravoqlar) gʻishtin nafis naqshlangan. 14—15-asrlarda koshinkoriy N.lar yaratildi (Koʻhna Urganchdagi Toʻrabekxonim koʻshki, Sa-marqanddagi Shohizinda ansambli, Dilkusho koʻshki — Ishratxona va boshqalar). Xiva, Buxoro, Qoʻqon xonliklari davrida xalq ustalari sanʼati ayniq-sa shaharlarda oʻsdi, N., naqqoshlik qam yanada rivojlandi. Xudoyorxon oʻrdasi (Xiva), Sitorai Mohi Xosa (Buxoro), Toshhovli (Xiva) va boshqa binolar mohir ustalar tomonidan nafis N.lar bilan bezatildi. Bu esa Oʻrta Osiyoda N.ning oʻziga xos uslublari vujudga kelganligini koʻrsatadi.

Buxoro N.i eng murakkab, mukam-mal va jozibador boʻlib, koʻp asrlik ijodiy mehnat anʼanalari samarasidir; N. bezak boʻlish bilan birga binokorlikning ajralmas qismiga aylangan. Juda murakkab girihlar puxta oʻlcham bilan ishlangan, gul N.lari oʻziga xosligi bilan (gul N.da vaza, kosa, gul-donlar uslublashtirilib, ularda gul butalari aks ettirilgan, yaproq, me-valar tasvirlari bir maromda berilishiga alohida eʼtibori bilan) ajralib turadi. Xiva N.i (yulduzlar hosil qiluvchi girihlar orasida oʻsimliksimon gullarni mahorat bilan joylashtirilishi, barg shaklidagi bezaklarning koʻpligi, oʻsimliksimon tasvirlar zich, koʻp va turli-tumanligi bilan mashhur. Fargʻona N.i Margʻilon, Xoʻjand, Qoʻqon, Fargona, Namangan va boshqa shaharlarda vujudga kelgan uslublardan iborat. Meʼmoriy yodgorliklar (Qoʻqondagi Modarixon daxmasi va Daxmai shohon), 19-asrda yaratilgan N.larda sodda rang-baranglik (sa-riq, qizil, yashil, qora, oq, koʻk, pushtirang), N. qismlarining ancha joʻnligi koʻzga tashlanadi. Fargʻona N.ining oʻziga xos jihatlari: bino devorlariga mehrobi namoyonlar ishlanib, ular hoshiya N. bilan bir-biridan ajratila-di, hoshiyalar orasiga girih, qolgan qismlarga oʻsimliksimon gullar ishlanadi. Ularda Buxoro, Xiva N.larining taʼsiri seziladi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi N.lardayevropa N.larining ham taʼsiri bor.

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududida yaratilgan roʻzgʻor buyumlari, asbob va qurollar, uy va inshootlarni N. (bezak)siz tasavvur qilish qiyin. Oʻrta Osiyoda ishlangan bezakli buyumlar, matolar xalqaro bozorlarda ham qadrlangan. Turli oʻlkalar bilan madaniyiqtisodiy aloqalar N. ning rivojiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan.

20-asr boshqa sohalar qatorida amaliy sanʼat anʼanalarining yangi rivojlanish davri boʻldi. 30-yillardan yirik jamoat va maʼmuriy binolar qurilishi rivojlandi, badiiy buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri, Oʻzbekiston ta-rixi muzeyi, Xalqlar doʻstligi sa-royi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Xotira" maydoni, Imom Bu-xoriy yodgorlik majmuasi, Oliy Majlis, Oʻzbek milliy drama teatri, Oʻzbekiston konservatoriyasi binolarining turli texnika, usullar bilan ishlangan N.lar hisobiga kurkam qilingani qad. anʼanalarning tiklanganligi, yangi mazmun bilan boyib bo-rayotganligiga yorqin dalildir. Xalq ustalari Us t a Shirin, Yu. Musayev, T. Arslonkulov, Q. Jalilov, Sh. Gʻafurov, S. Xoʻjayev, N. Ibrohimov, M. Qosimov, U. Zufarov, Q. Haydarov, U. Ahmedov, O. Polvonov, T. Toʻxtaxoʻjayev, O. Qosimjonov, J. Hakimov, Yo. RaNaqsh bilan bezatilgan quticha (20-asr oʻrtalari, Toshkent).ufov, A. Boltayev, aka-uka J. va boshqa Jalilovlar, S. Xudoyberganov, H. Rahimov va boshqa yaratgan asarlar 20-asr oʻzbek milliy naqqoshligining yorqin namunalariga aylandi.

Kulollik, zardoʻzlik, kashtadoʻzlik, gilamchilik, zargarlik, kandakorlik va boshqa sohalarda N. bilan bezatilgan badiiy buyumlar turmushga fayz kiritadi. Us t alar yangi usullarni qoʻllab, yangi mazmun bilan boyitilayotgan N.lar yaratmoqda. Bu jarayonda naqqoshlardan M. Toʻrayev, A. Ilhomov, S Mahmudov, Q. Shoislomov, H. Nuraliyev, A. Asqarov, O. Fayzullayev, S. Shukurov va boshqa yirik ustalar shogirdlari bilan qatnashdilar. Ular yaratgan bezaklarda "kundal", "mehrobi", "bodom", "buta", "chorgul", "shobarg", "oygul", "zanji-ra" N. turlari koʻp uchraydi. Ushbulardan koʻrinadiki, Oʻzbekiston musta-qilligidan keyin barcha sanʼatlar qatorida amaliy sanʼat turlari, shulardan N., naqqoshlik, yogʻoch va ganch oʻymakorligi ham jadal rivojlanmoqda, ularda qad. unutilayotgan anʼanalar qayta tiklanayotgani, N. turlari kengayotgani va islimiy N.ning bir necha turlari uygʻunlashayotgani kuzatiladi. Naqqoshlar ham 1995 yildan Toshkent shahrida YUNESKO tashkil etgan xalq hunarmandligi yarmarkasi, Parij shahrida oʻtkazilgan Amir Temurning 660 yilligi tantanalari koʻrgaz-masi va boshqalarda qatnashib kasbiy maxr-ratlarini namoyish etdilar.

Oq-Oʻtoʻq

Oq-Oʻtoʻq (qirgʻizcha: Ак-Оток) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Botken tumaniga qarasli qishloq. Toʻrt-Gul ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Oq-Turpoq (Botken tumani)

Oq-Turpoq (qirgʻizcha: Ак-Турпак) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Botken tumaniga qarasli qishloq. Toʻrt-Gul ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Roʻvak

Roʻvak (paniculo) — oʻsimlik toʻpgulining bir turi. Bunday toʻpgulning bosh oʻqida gul shoxchalari joylashadi; Mas, oqsoʻxta, suli, sholi va boshqa

Tarh

Tarh (arab.) — meʼmorlikda bino, inshoot, bogʻ va boshqa loyihassh. Amaliy bezak sanʼati (naqqoshlik va boshqalar)da bezak — naqshning xomaki chizmasi, loyihasi. Mas., naqqosh bezatiladigan sirtga moslab naqshning shakli (axtasi)ni oldin qogʻozga ishlaydi, keyin uni devorga koʻchiradi (devor sathini boʻlaklarga boʻlib chiqadi, qaysi gul qayerga tushishini aniklaydi). Bu jarayon naqsh T.ini tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Tajribali naqqoshlar T.ni birdaniga devorning oʻziga chizib tayyorlashlari ham mumkin.

Zar-Tosh (Botken tumani)

Zar-Tosh (qirgʻizcha: Зар-Таш) — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Botken tumaniga qarasli qishloq. Toʻrt-Gul ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.