Geografik koordinatalar

Geografik koordinatalar - yer sathidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlangich meridian tekisligiga nisbatan oʻlchangan kenglik vauzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari. Astronomik va geodezik G. k. boʻladi. Referens-ellipsoid sirtida geodezik oʻlchashlar natijasida olingan va hisoblangan kenglik va uzunlik geodezik koordinatalar deyiladi. Ular, odatda, V va J harflari bilan belgilanadi. Astronomik koordinatalar oʻsha nuqtalarning referens-ellipsoid sirtida osmon yoritqichlarini kuzatish orqali aniqlangan koordinatalarga aytiladi. Bu koordinatalar r va u bilan belgilanadi. Geodezik koordinatalar berilgan nuqtadan referens-ellipsoid ustiga tushirilgan normal chizigʻiga bogʻliq, G. k. esa oʻsha nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻiga nisbatan olinadi. Kengliklar meridian boʻylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi va ekvatordan shimolidagi kengliklar shim., janubidagilari — janubiy kengliklar deb ataladi. Mas, Toshkent shahri 4GZS shahri k.da joylashgan. Uzunliklar boshlangʻich meridian 0° dan 360° gacha yoki sharqqa (sharqiy uzunlik), yoxud gʻarbga (gʻarbiy uzunlik) hisoblanadi. Mas, Samarkand shahri 67° shq. u.da joylashgan. Shuningdek, boshlangʻich meridian 0° dan 180° gacha sharqqa va gʻarbga hisoblashda ham qoʻllaniladi. Ular parallellar boʻylab hisoblanadi. Xalqaro kelishuvga muvofiq, London chekkasidagi eski Grinvich astronomik rasadxonasidan oʻtuvchi meridian "boshlangʻich meridian", "nolinchi meridian" deb qabul qilingan. Qadimda uzunliklarni oʻlchashda turli joylardan oʻtgan meridianlar — Ferro olari (Kanar orollarida), Parij, Berlin, Rim, Nankin rasadxonalari, Rossiya uchun 19-asrgacha Pulkovo rasadxonasidan oʻtgan meridian bosh meridian qilib olingan. Sharkda Oʻrta asrlarda harita tuzishda Xoʻjand sh.dan oʻtgan meridianni bosh meridian deb qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor.[1]

Koordinatalar (geografik koordinatalar), nuqtaning tekislik yoki fazodagi vaziyatini belgilaidigan miqdorlardir.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Amaliy astronomiya

Amaliy astronomiya – astro-metriyannt astronomik kuzatishlar vositasida vaqt, geografik koordinatalar va turli yo‘nalishdagi azimutlarni aniqlovchi, ularning o‘zgarishini o‘rganuvchi bo‘limi. Amaliy astronomiya geodeziya va hari-tografiya ehtiyojlari uchun geografik koordinatalarni aniqlash (astronomik geodeziya), navigatsiya (dengiz astronomiyasi), samolyotning havodagi koordinatalari va harakat yo‘nalishini aniqlash (aviatsiya astronomiyasi) bilan shug‘ullanadi. Kosmik kemalarning sayyoralararo fazodagi vaziyatlarini aniqlash (qarang Kosmik navigatsiya), shuningdek Oy sirtidan turib selenografik koordinatalarni aniqlash usullari ishlab chiqildi. 70-yillarda Amaliy astronomiya dan vaqt xizmati va kenglik xizmati ajralib chiqdi. Yerning sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish orqali geografik koordinatalarni aniqlash usullari muvaffaqiyatli ishlab chiqildi (qarang Kosmik geodeziya). Amaliy astronomiya da qo‘llaniladigan usullar sferik astronomiyaning nazariy ko‘rsatmalariga asoslangan. Amaliy astronomiya da universal asbob, Kuchma passaj asbobi, zenit teleskop, vertikal doira, prizmali astrolyabiya, dengiz va aviatsiya sekstanta, Yerning sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish uchun fotografik kamera va boshqa asboblar ishlatiladi. Vaqtni o‘lchash uchun kvars yoki mayatnikli soatlar, dengiz xronomet-rlari, vaqt signallarini qabul qiluvchi apparatlardan ham foydalaniladi. Aa. asboblarningtuzilishini asbob xatoliklarini tekshirish nazariyasini o‘z ichiga oladi.

Astronomiya

Astronomiya (ostro… va yunoncha nomos– qonun) – Koinot jismlari va ularning sistemalari paydo boʻlishini, taraqqiyoti va tuzilishini, koʻrinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, Koinotning bir butun umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Astronomiya yulduzlar, sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini, sayyoralararo va yulduzlararo mayda jismlar (asteroidlar, kometalar, meteor jismlar va hokazo)ni, gaz va chang tuman liklarini, ulardagi fizikaviy muhitni, sunʼiy kosmik jismlarni (vaziyatlari, harakatlari, orbitalarini) oʻrganadi, shuningdek osmon jismlarini kuzatish natijalarini insonning moddiy hayotiy talablariga qoʻllash usullarini ishlab chiqadi. Jumladan, vaqtni aniqlash, joyning koordinatalarini topish, sayyoralarning harakatini, sunʼiy yoʻldoshlarni kuzatish asosida tekshirish va uning asosida zilzilalar qonuniyatlarini oʻrganish, kosmik apparatlarni Koinot jismlariga nisbatan oriyentirlash va boshqa qator ishlar shular jumlasiga kiradi.

Geografik kenglik

Geografik kenglik - q. Geografik koordinatalar.

Geografik uzunlik

Geografik uzunlik - k Geografik koordinatalar.

Gradus toʻri

Gradus toʻri (Yerning gradus toʻri) — geografik harita va globuslarda meridianlar va parallellarning kesishishidan hosil boʻlgan toʻr. Yer yuzasidagi geografik koordinatalar — uzunliklar va kengliklarni aniqlashga yoki haritaga koordinatalar boʻyicha obʼyektlarni tushirishga xizmat qiladi. Muayyan meridianning barcha nuqtalari bir uzunlikka, parallelning hamma nuqtalari esa bir xil kenglikka ega boʻladi.

Greenwich astronomiya rasadxonasi

Grinvich astronomiya rasadxonasi — Buyuk Britaniyadagi i.t. muassasasi. Grinvichda asos solingan (1685). 1953 y.da Grinvich sh.dan 70 km jan.-sharqda joylashgan Xyorstmonso qasriga (15-asr) koʻchirilgan. Unda dastlab yulduzlarning oʻrinlarini koʻrsatuvchi yulduzlar jadvallarini tuzish va Oy harakatini aniqlash ishlari olib borilgan. 19-asrdan boshlab yulduzlar parallaksini (qarang Parallaks) aniqlash, Quyosh yuzini izchil fotosuratga olish, fotogeliogrammalar yordamida Quyosh yuzidagi dogʻlar, mashʼallarning geliografik koordinatalarini oʻlchash va Quyosh yuzidagi hodisalarning tabiatini oʻrganish bilan shugʻullanadi. G. a. r. passaj asbobi orqali oʻtgan meridian bosh meridian deb qabul qilingan (1884); geografik uzunlik (qarang Geografik koordinatalar) shu meridiandan boshlab hisoblanadi. G. a. r. meridian vaqgi dunyo vaqti deb qabul qilingan. Undagi asboblar: 28 dyuymli va 26 dyuymli refraktor, 98 dyuymli reflektorlar va b.

Koordinatalar

Koordinatalar (lot. so - birgalikda, ordinatus — tartiblangan, aniqlangan) — nuqtaning toʻgʻri chiziq, tekislik, fazo va turli yuzalardagi holatini aniqlovchi sonlar. Mas, geografiyada maʼlum nuqta joylashgan kenglik va uzunlikni koʻrsatuvchi sonlar (qarang Geografik koordinatalar); astronomiyada yoritqichning osmon sferasidagi holatini belgilovchi sonlar. Nuqtaning koordinatalari biror koordinata sistemasida aniqlanadi. Mas, bir nuqtadan oʻtuvchi oʻzaro tik uch toʻgʻri chiziq fazoda K. sistemasini tashqil qiladi. Bunda M nuqtaning koordinatalari x= OA, u = OB, z= OS boʻladi (qarang Dekart koordinatalar tizimi, Osmon koordinatalari, Parallaktik uchburchak, Sferik koordinatalar, Topotsentrik koordinatalar, Toʻgʻri burchaqli koordinatalar).

Meridian

Meridian (lot. meridianis — tush payti), yermeridiani — Yer yuzasida har ikkala qutb orqali oʻtadigan faraziy yarim aylana chiziq. Uning barcha nuqtalari bir xil geofafik uzunlikka ega boʻladi. M. boʻylab geografik kenglik hisoblab chiqariladi. Ekvatordan shim. da shimoliy kenglik, ekvatordan jan.da janubiy kenglik boʻladi. Krasovskiy ellipsoidiga koʻra, M.ning toʻla uzunligi (Yer aylanasi) 40008,550 km (qarang Geografik koordinatalar). Xalqaro amaliyotda boshlangʻich M. sifatida Grinvich M. qabul qilingan.

Sferik astronomiya

Sferik astronomiya - astrometriya boʻlimi; yoritqichlarning (yulduzlar, Quyosh, Oy, sayyoralar, sunʼiy osmon jismlari va boshqalar) osmon sferasidagi koʻrinma vaziyati va harakatini anikdash bilan bogʻliq masalalarni matematik usulda yechish uslublarini ishlab chiqadi. Sferik astronomiyaning asosiy tushunchasi osmon sferasidir. Osmon sferasidagi yoritqichga boʻlgan har bir yoʻnalish sferada nukta bilan, tekislik esa doira bilan tasvirlanadi. Osmon sferasidagi nuqtalarning oʻzaro joylashishi va harakatini oʻrganish uchun koordinata sistemalari qoʻllanadi (qarang Astrometrik koordinatalar). Bir koordinata sistemasidan ikkinchi koordinata sistemasiga utish sferik trigonometriya formulalari yordamida amalga oshiriladi.

Sferik astronomiya ning muhim vazifalaridan biri vaqt hisobi astronomik sistemasining nazariy asosini yaratishdan iborat. Yerning oʻz oʻqi atrofida va Quyosh atrofidagi davriy harakati vaqt hisobining asosi qilib olinadi. Yer aylanishi qaysi nuqta (bahorgi tengkunlik va Quyosh) ga nisbatan olinishiga qarab vaqt hisobi yulduz va quyosh sutkalarida olib boriladi. Kalendarta Yerning Quyosh atrofida aylanish davri — tropik yil asos qilib olingan. Astronomiyada vaqt hisobi bevosita tropik yillarda, oʻrtacha uz. 365, 25 sutka boʻlgan kalendar yillarda yoki uzluksiz yil hisobi (yaʼni Yuliy davri)da olib boriladi.

Yoritqichlarning kuzatishdan topilgan oʻrinlari quyidagi sabablarga koʻra haqiqiy oʻrinlariga nisbatan siljigan boʻladi; 1) pretsessiya taʼsirida Yerning oʻqi yoʻnalishini davriy ravishda (26000 yilda) oʻzgartirib, konus sirtini hosil qiladi. Yer oʻqining bunday ilgarilanma harakati nutatsiya tufayli kichik tebranishlarga ham ega; 2) osmon sferasida yulduzlarning koʻrinma oʻrni uning haqiqiy oʻrnidan yorugʻlik aberratsiyasi tufayli farq qiladi. Bu hodisa kuzatuvchi va yoritqichlarning birbiriga nisbatan harakati natijasida, yaʼni Yerning Quyosh atrofidagi harakati tufayli yillik aberatsiya, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tufayli sutkali aberratsiya taʼsirida roʻy beradi. Aberratsiya natijasida yoritqich apeks tomon siljigan boʻladi; 3) Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi va Quyosh atrofidagi harakati natijasida kuzatuvchi yoritqichga nisbatan oʻz yoʻnalishini ham oʻzgartiradi, yaʼni parallaktik siljish roʻy beradi. Shuning uchun Quyosh sistemasidagi jismlarni kuzatganda ularning koordinatalarini Yer markaziga (sutkali parallaks), yulduzlarni kuzatganda quyosh sistemasining markaziga, yaʼni Quyoshga (yillik parallaks) hisoblashlar yoʻli bilan keltiriladi. Parallaktik siljishning kattaligi yoritqichgacha boʻlgan masofaga bogʻliq; 4) refraksiya tufayli yoritkich zenitga tomon koʻtarilgan boʻlib koʻrinadi. Yoritqichlarni kuzatish natijasidan yukrrida keltirilgan omillarni hisobga olish bilan geografik koordinatalar, azimut va vaqtni hisoblash kabi amaliy hamda nazariy masalalar yechiladi. Kuzatish natijalari asosida astronomik doimiyliklarni aniklash Sferik astronomiyani fundamental astrometriya va osmon mexanikasi bilan, Quyosh sistemasidagi jismlarning sirt koordinatalarini aniklash uni amaliy astronomiya bilan uzviy bogʻlaydi. Bundan tashqari, Sferik astronomiya Quyosh va Oy tutilishi, yulduzlarning Oy tomonidan tusilishi, sayyoralarning quyosh gardishidan utishi va boshqa hisoblash usullarini ham ishlab chiqadi.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.