Galisiya

Galisiya — Ispaniyaning shim.gʻarbiy qismidagi muxtor viloyat, Atlantika okeani sohilida. Mayd. 29,4 ming km2. Aholisi 3,15 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — La-Korunya. Bosh shahri — Santyago-de-Kompostela. Galisiya tarkibiga La-Korunya, Lugo, Orense, Pontevedra provinsiyalari kiradi.

Galisiyada qadimda galleklar qabilasi yashagan, keyinchalik viloyat ham kabila nomi bilan atalgan. 5-asr boshlarida Galisiyani svevilar, 8-asr boshlarida arablar egalladi. 718 yilda arablar magʻlubiyatga uchragach, Galisiyani Asturiya qirollari oʻzla-riga boʻysundirdilar. Galisiya 1065—72 yillarda mustaqil qirollik boʻlgan, 1072 yilda Kastiliyaga qoʻshib yuborilgan. 1936 yil Galisiyada referendum oʻtkazilib muxtor viloyat eʼlon qilindi.

Relyefi togʻlik, bal. 400–600 m, sharqida 1800 m gacha, tor dare vodiylari bilan oʻyilgan. Qirgʻoqlarida qulay tabiiy buxtalar bor. Iqlimi moʻʼtadil okean iqlimi, yiliga 2500 mm yogʻin yogʻadi. Keng bargli togʻ oʻrmonlari va butazorlar koʻp.

Galisiya asosan agrar viloyat. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi. Makkajoʻxori, javdar, kartoshka ekiladi. Baliq ovlash va oʻrmonchilik katta ahamiyatga ega. GES koʻp. Kemasozlik rivojlangan (mamlakat kemasozligining 1/2 qismi). Oziq-ovqat (baliq, ayniqsa sardina konservalari ishlab chiqarish) sanoati, avtomobil ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash va alyuminiy zavodlari bor.[1]

Avtonom Jamoat
Galisiya
Galicia in Spain (plus Canarias)
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Ispaniya
Maydoni 29,574.4 km²
Aholisi 2,718,525 nafar (2016)
Zichlik 92 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Aragon (viloyat)

Aragon — Ispaniyaning shimolisharqidagi tarixiy viloyat. 9-asrda Rekonkista jarayonida Aragon grafligi barpo etilgan. 1035 yildan Aragon qirollik, 1137 yil shaxsiy uniya asosida Barselona grafligi bilan birlashgan. 1164 yil Barselona graflari Aragon qirollari bo‘lganlar hamda Kataloniyaning barcha yerlarini qirollik tarkibiga qo‘shib olganlar. 13 — 15-asrlarda A. qo‘shinlari Balear orollari, Valensiya, Sisiliya, Sardiniya, Neapolni bosib olgan. Aragon va Kastiliyaning 1479 yildagi sulolaviy uniyasi, yagona davlat — Ispaniyani barpo etilishiga olib kelgan. Maydon 47,7 ming km2. Aholisi 1,2 mln. kishi (1991). Aragon Ispaniyada aholi eng siyrak yashaydi-gan viloyat.Tog‘larida qo‘ng‘ir ko‘mir, temir rudasi, uran, boksit, oltingugurt, marganes konlari mavjud. tog‘ daryolariga qator GESlar qurilgan. Qo‘ng‘ir kumir bilan ishlaydigan issiqlik elektr markaz-lari bor. Qo‘ng‘ir kumir qazib chiqarish jihatidan (yiliga taxminan 1 mln. t) Aragon Ispaniyada 1-o‘rinda turadi. Oxos-Negros temir ruda havzasi Aragon iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Aragonning birdan-bir sanoat markazi Saragosa shahar. Bu yerda oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birgalikda metallsozlik va kimyo sanoati korxona-lari mavjud. Aholining 2/3 qismi qishloq xoʻjaligida ishlaydi. Viloyatda zaytunzorlar, tok-zorlar, qand lavlagi va donli ekinlar yetishtiriladi. Saragosa — havo yo‘llarining yirik tuguni. Ma’muriy jihatdan 3 provinsiya — Huesca, Teruel, Zaragoza bo‘linadi.

Basklar mamlakati

Basklar mamlakati (Baskoniya; baskcha — Euskadi) — Ispaniyaning muxtor tarixiy viloyati. Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻi yonida. Maydoni 7,3 ming km². Aholisi 2,1 mln. kishi (1992), aksariyati basklar. Maʼmuriy markazi — Viktoriya shahri. Biskay, Gipuskoa va Alava provinsiyalarini oʻz ichiga oladi. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 5-asr oʻrtalarigacha basklar egallagan hudud. Rimga faqat nomigagina qaram boʻlgan. Pireneya yarim orolda vestgot va arablar hukmronligi davrida ham basklar mustaqil, erkin boʻlib qolgan; Rekonkista tayanchi boʻlgan. 11 — 15-asrlarda Basklar mamlakati Navarra va Kastiliya hukmronligi ostida, 15-asr oxiri va 16-asrlarda Ispaniya davlati tarkibiga kirgan va 1876 yilgacha maʼlum darajada oʻz muxtoriyatini saqlab qolgan. 1936 yilda muxtor rayon maqomini oldi va Basklar mamlakati deb nomlandi. 1939 yilda Basklar mamlakati muxtoriyati bekor qilindi. 1978-yilgi konstitutsiyaga binoan vaqtincha, 1980-yil yanvardan yana doimiy muxtoriyatga erishdi.

Cantabria

Cantabria — Ispaniya avtonom-jamoati va provinsiyasi. Ispaniyaning shimoliqismida, Biskay qoʻltigʻi sohillari boʻylab 500 km masofaga choʻzilgan. Eng baland joyi 2613 m (Torre-de-Serredo togʻi). Asosan, kvarsit, ohaktosh, qumtoshlardan iborat. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iklimi nam, yillik yogin 1000 mm. Daryolari sersuv. Shim.da nisbatan nam yon bagʻirlarida keng bargli oʻrmonlar, jan.da — kserofit butalar usadi, alp oʻtloklari tarqalgan. Toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari olinadi. Milliy parklar tashkil etilgan.

Castilla-La Mancha

Castilla-La Mancha — Ispaniya avtonom-jamoati. Ma’-muriy jihatdan 5 provinsiya — Albacete, Ciudad Real, Cuenca, Guadalajara, Toledo bo‘linadi.

Castilla y León

Castilla y León — Ispaniyaning avtonom-jamoati. Ma’-muriy jihatdan 9 provinsiya — Ávila, Burgos, Leon, Palencia, Salamanka, Segovia, Soria, Valladolid, Zamora bo‘linadi.

Extremadura

Extremadura — Ispaniya avtonom-jamoati. Provinsiyalari: Cáceres, Badajoz.

Galisiyacha Vikipediya

Galisiyacha Vikipediya — Vikipediyaning galisiya tilidagi boʻlimi. Galisiyacha Vikipediya 2004-yildan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Galisiyaliklar tili

Galisiyaliklar tili - hindevropa tillari oilasining roman guruhiga mansub til. Galisiyaning rasmiy (ispan tili bilan bir qatorda) tili. Unda soʻzlashuvchilar soni 4,2 mln.dan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Yozuvi lotin grafikasi asosida.

Ispaniya avtonomiyalari

Ispaniyaning avtonomiyalari — Ispaniyaning 17 Avtonom-jamoatlari va Avtonom-shaharlari: (xarita suratda)

Kanar orollari

Kanar orollari — Atlantika okeanidagi orollar guruhi, Afrikaning shim.-gʻarbiy sohilidan 100–120 km uzoqda. Ispaniya tarkibidagi muxtor viloyat. Mayd. 7,3 ming km2. Asosiy orollari: Gran-Kanariya, Tenerife. Fuerteventura, Lansarote. Maʼmuriy markazi — Las-Palmas. Relyefi togʻlik, eng baland joyi 3718 m (Tenerife o.dagi Teyde vulkani). Soʻngan va harakatdagi vulkanlar bor. Iklimi tropik, passat iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 300– 500 mm. Yon bagʻirlari doim yashil butazorlar, baʼzan oʻrmonlar bilan qoplangan. Endemik oʻsimlik turi (ajdar daraxti, kanar xurmosi va qaragʻayi) koʻp. Banan, kartoshka, sitrus mevalar, tamaki, uzum yetishtiriladi, donli va dukkakli ekinlar ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. K.o. Atlantika okeanidagi muhim tranzit baza. Yirik shaharlari:Las Palmas va Santa Cruz de Tenerife. Teyde milliy parki tashkil etilgan. Dengizboʻyi iqlim kurortlari mavjud.

Kataloniya

Kataloniya (kat. Catalunya, isp. Cataluña) — Ispaniyaning tarixiy hududi va muxtor viloyati. Kataloniya Oʻrtayer dengizi va Pireney togʻlari orasida, Pireney yarimorolining shimoli-sharqida joylashgan.

Maydoni — 31,950 km². Viloyatning eng yirik shahri — Barselonа. Davlat tili — katalan, ispan va aran tillari. Kataloniyanda 7 210 508 kishi yashaydi (2007). Ma’-muriy jihatdan 4 provinsiya — Barselona, Girona, Lleida, Tarragona bo‘linadi.

La-Korunya

La-korunya — Ispaniyadagi shahar, Galisiya muxtor viloyatida. LaKorunya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 367,7 ming kishi (1998). Atlantika okeani sohilidagi port. Neftni qayta ishlash, alyuminiy, kemasozlik, oziq-ovqat (asosan, baliqni qayta ishlash), toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Qurol ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. 12—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

La Rioja

La Rioja — Ispaniya avtonom-jamoati va provinsiyasi.

Madrid (avtonom jamoat)

Madrid — Ispaniya avtonom-jamoati va provinsiyasi.

Murcia (Ispaniya)

Murcia — Ispaniya avtonom-jamoati va provinsiyasi.

Navarra (Ispaniya)

Navarra — Ispaniya avtonom-jamoati va provinsiyasi.

Os Resentidos

Os Resentidos — Ispaniyadagi Pop & rock guruhdir (1984-1994).

Santiago de Compostela temir yoʻl halokati

Santiago de Compostela temir yoʻl halokati 2013-yil 24-iyun kuni mahalliy vaqt bilan 20:41 da (Toshkent vaqti bilan 23:41) Ispaniyaning Santiago de Compostela shahri yaqinida roʻy berdi. 222 nafar (218 yoʻlovchi va 4 temir yoʻlchi) odam tashiyotgan Alvia tezyurar poyezdi Madriddan Ferrolga ketayotgan edi. Poyezd burilishda izdan chiqdi, halokat natijasida 78 kishi vafot etib, 140 nafari yaralandi. Halokat sababli Galisiya viloyatida yetti kunlik motam eʼlon qilindi.

Valencialar mamlakati

Valencialar mamlakati — Ispaniya avtonom-jamoati. Ma’muriy jihatdan 3 provinsiyalari — Alicante, Castellón, Valencia bo‘linadi.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.