Ensiklopediya

Ensiklopediya (yunon. ἐγκύκλιος παιδεία — barcha bilimlar doirasida taʼlim olish) yoki qomus ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashrdir. Oʻzida barcha (universal ensiklopediya) yoki baʼzi (soha ensiklopediyasi) sohalar boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarni saqlaydi. Ensiklopedya ensiklopedik maqolalardan iborat boʻlib, har bir maqola biror narsa-buyum, shaxsiyat yoki hodisaga taʼrif beradi. Odatda bunday maqolalar alifbo tartibida saralangan boʻladi.

Ensiklopediya (yun.— bilimlar doirasi), qomus — muayyan tizimga solingan keng qamrovli bilimlar toʻplami, ilmiy yoki ilmiy ommabop nashr. "E." terminining maʼnosi tarixan oʻzgarib turgan. Antik davrda u "erkin sanʼat" deb atalgan 7 ilm (grammatika, ritorika, dialektika yoki logika, geom., arifmetika, musiqa va astronomiya)ni anglatgan. 16-asrda Gʻarbiy Yevropada E. yangi maʼnoda — turli bilimlar majmui maʼnosida ishlatilgan. Ayni vaqtda bilimlar tasnifi maʼnosini ham bildirgan; bu maʼnoda "E." termini 18-asrda ham qoʻllangan. Hozirgi paytda "E." termini fanning barcha sohalari boʻyicha (universal E.) yoki biror tarmogʻi (soha E.si) yoxud amaliy faoliyat boʻyicha eng muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi nashrni anglatadi.

E. materiallari, asosan, alifbo tartibida yoki mavzusi boʻyicha beriladi. Universal E., odatda, muayyan davlat miqyosida tuzilib, shu davlatda erishilgan fantexnika, madaniyat yutuqlari darajasini koʻrsatadi. Unda oʻsha davlatning mafkurasi ozmikoʻpmi aks etadi. Shu maʼnoda ham universal E. milliy E. hisoblanib, unga "davlatning shahodatnomasi", "maʼnaviy koʻzgusi" degan sifatlar ham beriladi. Universal E.larda turli fan sohalaridagi muhim tushunchalar bilan bir qatorda tarixiy voqea va jarayonlar, insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari aks etadi. Soha E.si muayyan fan sohasidagi tushuncha va boshqalar maʼlumotlarni universal E.ga qaraganda batafsilroq yoritadi. Hajmiga koʻra, E.lar koʻp jildli va 1—2 jildli boʻlishi mumkin.

E. maqolalarida soʻzlarning etimologiyasi, transkripsiyasi, definitsiyasi muayyan tartib bilan beriladi. Yoritilayotgan tushuncha haqida koʻproq maʼlumot olish uchun muhim adabiyotlar roʻyxati (bibliografiya) koʻrsatiladi. E. hajmining muayyan qismini bezak materiallar (oqqora, rangli suratlar, xarita, chizmasxemalar va boshqalar) tashkil etadi. E. maqolalarida ortiqcha tafsilotlarga, qaytariqlarga yoʻl qoʻyilmaydi (buning uchun tegishli maqolaga havola qilishdan foydalaniladi). E. tayyorlashda fakt va maʼlumotlar aniqligiga, atama va terminlar oʻz oʻrnida, toʻgʻri ishlatilishiga ahamiyat beriladi. Uning bayonida ilmiylik, ommaboplik, qisqalik, loʻndalikka eʼtibor beriladi.

Ensiklopedik tarzdagi asarlar qadimiy Shumer davlatida, Xitoy, Yunoniston, qadimiy Rimda, keyinchalik arab yozuvidagi mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda paydo boʻlgan. Yunonistonda Demokrit va Aristotel asarlari ensiklopedik asarlar hisoblangan. Oʻrta Osiyo mutafakkirlari — Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari ham oʻz davridagi bilimlarni atroflicha qamrab olgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy"si, Forobiyning "Fanlar tasnifi", Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", Ibn Sinoning "Tib qonunlari", "Donishnoma"si, Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk", Alisher Navoiyning "Majolis unnafois", Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ushshuaro", Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarlari qomuschilik tarixiga qimmatbaho hissa boʻlib qoʻshilgan.

Vizantiya tilshunosi Svidaning "Leksikon"i (10-asr) dan boshlab muayyan tizimga solingan bilimlar lugʻatlart ifodalana boshladi. 17-asr oxiri va 18-asrda Angliyada P. Beylning "Tarixiy va tanqidiy lugʻat"i katta ahamiyatga ega boʻlgan. 1704 yil J. Xarris "Texnik leksikon yoki Umumiy ingliz sanʼat va fan lugʻati"ning birinchi nashrini chiqargan. "Ensiklopediya yoki fan, sanʼat va kasb-hunarlarning izohli lugʻati" (1751—80 yillar, 35 j.)ning yuzaga kelishi Fransiya tarixida yirik ijtimoiy-siyosiy voqea boʻldi. Bu E.ni tayyorlashda mashhur faylasuf D. Didro asosiy rol oʻynadi; uni nashr etishda Sh.L. Monteskyo, Volter, J.J. Russo, J.D,’Alamber ham qatnashgan. 1768—71 yillarda shotland matbaachisi U. Smelli 3 jildli "Britaniya ensiklopediyasi"ni chiqardi. Bir necha marta qayta nashr etilgan ushbu E. Angliyaning eng yirik milliy E.si boʻlib qoldi.

19-asr va 20-asrning 1-yarmida Fransiya, Rossiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Turkiya va boshqalar mamlakatlarda ham universal va soha E.lari chiqarildi. Bular ichida "Lmerika ensiklopediyasi", "Katta Brokgauz" (Germaniya), "Katta Laruss" (Fransiya), "Islom ensiklopediyasi", Brokgauz va Yefron ensiklopedik lugʻati, Granatlar ensiklopedik lugʻati alohida oʻrin egallaydi.

SSSRda 1925 yildan Katta Sovet Ensiklopediyasiiit uch nashri, 1928 yildan Kichik Sovet Ensiklopediyasining uch nashri, "Ensiklopedik lugʻat"ning bir necha nashri chiqdi. Ushbu universal E.lardan tashqari, turli davrlarda bir necha fan tarmoqlaridan va amaliyotdan soha E.lari nashr etildi.

60- yillarning oxiridan sobiq ittifoqdosh respublikalarda universal E.lar nashr etishga kirishildi. Jumladan, Oʻzbekistonda 1971—80 yillarda 14 jildli "Oʻzbek sovet ensiklopediyasi" (OʻzSE)nashr etildi. 1bosh muharriri akad. I.M.Moʻminov; 10j. dan akad. KA.Zufarov. Unda jami 40000 dan ortiq maqola berilgan. OʻzSE maqolalarining ilmiynazariy va gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishi markschalenincha mafkura bilan belgilangan.

SSSR parchalanib ketgandan keyin undan ajralib chiqqan mustaqil mamlakatlar ichida birinchilardan boʻlib Oʻzbekiston Respublikasida universal milliy ensiklopediya tayyorlashga kirishildi. 1997 yil 20 martda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish toʻgʻrisida" qaror qabul qilib, nashriyot zimmasiga 12 jildli "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi"ni tayyorlash va nashr etishni topshirdi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda, shuningdek, "Toshkent" ensiklopediyasi, 1 jildli Bolalar ensiklopediyasi, Xotin-qizlar ensiklopediyasi, "Islom" ensiklopediyasi va baʼzi fan tarmoqlaridan soha E.lari nashr etildi.

Murodjon Aminov.

Oʻzbekistonda sovet davrida 14 jildli Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, mustaqillik davrida esa 12 jildli Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashr etildi.

Arabcha Vikipediya

Arabcha Vikipediya (arab. الويكيبيديا العربية Arabcha Vikipediya yoki arab. ويكيبيديا الموسوعة الحرّة Vikipediya — ochiq ensiklopediya) — Vikipediyaning arab tilidagi boʻlimi. Arab Vikipediyasi lotin alifbosini foydalanmaydigan eng yirik boʻlimlarining biridir.

2012-yilning dekabr oyining boshida Arabcha Vikipediya vikipediya boʻlimlarining orasida 24-oʻrinda, teranligi boʻyicha esa 100 000 maqoladan ziyod boʻlimlarning orasida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Alexa.com-ning statistikasi boʻyicha Arabcha Vikipediya saytning mehmonlari soni boʻyicha Vikipediya boʻlimlarining orasida 11-oʻrinni egallab, xitoycha va polyakcha vikipediyadan keyingi safga joylashdi (wikipedia.org saytiga kiruvchilarning 0,74 %).

Arab Vikipediyasining turi boshqa Vikipediyalardan oʻzgachadir, sababi arab alifbosi oʻngdan chapga yozilganidan, u „doimiy“ shaklning qarama-qarshi turidir. Shuningdek Arabcha Vikipediyada fon tasviri sifatida kitob emas, arabeska foydalaniladi (tasviri).

2008-yilning 2-aprelida Vikipediyada arab tilining dialektі — misr-arab tilida Misr-arabcha Vikipediya oʻz faoliyatini boshladi.

Encyclopædia Britannica

„Encyclopædia Britannica“ (talaffuzi: Insayklopidiya britennika; lot. „Britaniya ensiklopediyasi“ degani; ingl. „British Encyclopaedia“) — inglizcha universal ensiklopediya. „Encyclopædia Britannica“ Encyclopædia Britannica, Inc. kompaniyasiga qarashlidir. Ensiklopediyani 100 ga yaqin muharrir yozadi va muntazam yangilab turadi. Bundan tashqari, 4,000 dan oshiq odam hissa qoʻshib turadi. Bular orasida 110 Nobel mukofoti sovrindori va besh AQSh prezidenti bor. „Encyclopædia Britannica“ ingliz tilidagi eng ilmiy ensiklopediyalardan biri hisoblanadi.„Britannica“ hali ham chiqarilayotgan eng eski inglizcha ensiklopediyadir. Birinchi marta „Encyclopædia Britannica“ 1768-va 1771-yillar orasida Edinburgda uch jildda chop etilgan. Vaqt oʻtishi bilan ensiklopediyaning hajmi oʻsdi: ikkinchi nashri 10 jildli boʻldi. Toʻrtinchi nashriga kelib (1801-1810) jildlar soni 20 ga yetdi. Ensiklopediyaning obroʻsi koʻtarilib bordi. „Britannica“ning 9- (1875-1889) va 11- (1911) nashrlari ilmiy va yozilish uslubi jihatdan yuqori darajada baholanadi.

11-nashrga kelib „Britannica“ni Amerikada joylashgan kompaniya sotib oldi. Bundan soʻng Shimoliy Amerika bozoriga moslashtirilib ensiklopediyaning hajmi qisqartirildi va maqolalar soddalashtirildi. 1933-yil „Britannica“ ensiklopediyalar tarixida birinchi marta muntazam tahrirlashni kiritdi: har bir maqola belgilangan vaqtda yangilanib, butun ensiklopediya muntazam ravishda yangi nashrlarda chop etila boshlandi.

2012-yil martda Encyclopædia Britannica, Inc. ensiklopediyaning bosma nashri toʻxtatilganini eʼlon qildi. Buning oʻrniga endi „Britannica“ning onlayn nusxasi boʻlmish „Encyclopædia Britannica Online“ga eʼtibor qaratildi. „Britannica“ning oxirgi bosma nashri 2010-yil chiqqan 32 jildli nashridir.„Britannica“ning 15-nashri uch qismdan iborat: qisqa maqolalardan iborat 12 jildli „Micropædia“ (750 tadan kam soʻz), uzun maqolalar kiritilgan 19 jildli „Macropædia“ (2 sahifadan 310 sahifagacha) va bilimning qisqa iyerarxik tavsifini beruvchi bir jildli „Propædia“. „Micropædia“ tezda biror faktni koʻrib olish uchun moʻljallangan va „Macropædia“dan foydalanish uchun qoʻllanma vazifasini oʻtaydi; „Propædia“ berilgan mavzuning ilmdagi oʻrnini koʻrsatish uchun va yana boshqa shu mavzuda batafsil yozilgan maqolalarga yoʻnaltirish uchun moʻljallangan.

„Encyclopædia Britannica“ hajmi oxirgi 70 yilda deyarli birday boʻlib keldi: yarim million mavzuda deyarli 40 million soʻz. Ensiklopediya 1901-yildan beri AQSHda chop etilib kelayotgan boʻlsa ham, „Britannica“da maqolalar Britaniyada soʻzlashiladigan ingliz tilida yozilib kelinmoqda.

Frédéric Mistral

Frédéric Mistral (1830. 8.9 — Meyan - 1914.25.3) - provansal shoiri. Eks-an-Provais shahrida huquqshunoslik fakultetini tugatgan (1851). 1854 yilda pansionatdagi oʻqituvchisi J.Rumanil va bir pechta doʻstlari bilan uyushib, provansal tilining 12—13-asrlardagi yuksak mavqeini tiklashga intilgan. Bu uyushma aʼzolari "Felibrlar" ("Ilhom parisining shogir-di") deb atalgan. M.ning "Mireyo" dos-toni (1859) fsdibrlar harakatiga qat-tiq turtki boʻlgan. Doston markazida sevgilisiga yetolmay halok boʻlgan qiz turgan boʻlsa-da, asar Provans viloya-tining tabiatini, xalqining xarakterini aks ettirgan, unda folklorga boy provansal tilining barcha goʻzalliklaridan mahorat bilan foydalanilgan. "Oltin orollar" (1876), "Zaytun terimi" (1912) sheʼriy toʻplamlarida ham folklor ohanglari yorqin aks etgan. M.ning ulkan asari — "Felibrij xazinasi" provansalcha-fransuzcha lu-gʻati 1880—86 yillarda bir necha jildda bosilgan. Lugʻat oʻziga xos ensiklopediya boʻlgan. Nobel mukofoti laureati (1904).

Katta sovet ensiklopediyasi

Katta sovet ensiklopediyasi (Большая Советская Энциклопедия, БСЭ) — SSSRda chiqarilgan universal ensiklopedik nashr, jahondagi yirik ensiklopediyalardan biri. Moskvadagi "Sovetskaya ensiklopediya" ("Sovet ensiklopediyasi") nashriyoti tomonidan rus tilida nashr etilgan. 1-nashri 1926—47 y.larda chiqqan; 65 asosiy jild va alohida SSSR jildidan iborat; 65 ming maqolani oʻz ichiga oladi, adadi 50— 80 ming; bosh muharriri — O. Yu. Shmidt (1941 y.gacha). 2-nashri 1950—58 y.larda chiqqan, 50 asosiy jild va 51-qoʻshimcha jilddan iborat; 100 mingga yaqin maqolasi bor, adadi 250—300 ming; 2 jildli alfavitli koʻrsatkichi chiqqan (1960); bosh muharriri — S. I. Vavilov (1951 y.gacha), B. A. Vvedenskiy (1951 y.dan). 3-nashri 1969—78-y.larda chiqqan, 30 jilddan iborat; 100 mingdan ortiq maqolani qamragan, adadi 630 ming; 1 jildli koʻrsatkichi bor (1981); bosh muharriri — A. M. Proxorov (1969 y.dan).

K.S.E. AQSH va Gretsiyada tarjima kilinib, nashr etilgan. U sobiq Ittifoqda ensiklopediya ishining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatgan. Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi (1971—80)ni nashr etishda ham K.S.E. tajribasidan foydalanilgan. 1957—90 y.larda K.S.E. ning Yejegodnigi (yillik toʻplami) chiqarildi (yana q. Ensiklopediya).

Kitob

Kitob —axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, K. deyish qabul qilingan.

K. ishi K.ni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish bilan bogʻliq katta jarayonni oʻz ichiga oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan matbaada koʻpaytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. K.ni koʻplab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatiaa olib boriladi. K.larni toʻplash, saqlash, oʻquvchilar oʻrtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi (qarang Kutubxona, Kutubxonashunoslik). K. va boshqa bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan oʻquvchilarga maʼlumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir va h.k.

K.ning paydo boʻlish tarixi yezuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan oʻzviy bogʻliq. Yozuvningtoʻzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining oʻziga xos tomoni va boshqa maʼlum darajada K. tuzilishini qam belgilab berdi. Qad. Misr, Rim, Yunoniston va Oʻrta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va boshqa materiallarga yozib fikr izxrr etganlar. Har bir K. oʻnlab shunday materiallardan tayyorlangan plitalardan iborat boʻlib, ogʻirligi bir necha kg boʻlgan. Yozuv materiali sifatida papirus usimligi ishlatilishi (miloddan avvalgi 4—3 ming yilliklarda) bilan oʻrama K.lar paydo boʻldi. Bunday K.larning oʻzunligi oʻrtacha 10 m atrofida boʻlib, ingichka, yumaloq tayoqlarga oʻralgan va maxsus charm yoki yogʻoch gʻiloflarda saqlangan. Sharq mamlakatlari, Qad- Rim va Yunonistondagi koʻpgina nodir asarlar papirusga bitilgan. Miloddan avvalgi 2-asrga kelib K. materiali sifatida pergament (teri)dan foydalanish keng rasm boʻldi. Dastlab bunday K. oʻrama holda saqlangan. Ayrim maʼlumotlarga Qaraganda, Oʻrta Osiyoda, xususan, Xorazmda miloddan avvalgi 1-mingyillikning 1-yarmida vujudga kelgan zardoʻshtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Avestoning qad. nusxasi ham 12 ming mol terisiga bitilgan. Arablarning Oʻrta Osiyodagi istilosiga qadar (8—10-asrlar) u yerda koʻp nodir K.lar saqlangan kutubxonalar boʻlgan. Lekin ularning koʻpi bosqinchilik urushlari natijasida yoʻqotib yuborilgan. 2—4-asrlardan boshlab Qad. Rimda xuddi hozirgi K.larning varaqalari singari buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga biriktirilgan, muqovali K.lar — kodeks paydo boʻldi. Ular dastlab papirus, soʻng pergamentga yozilgan. Bunday K.lar ogʻir va besunaqay edi. 6-asrdan boshlab kodeks shakli asosida hozirgi koʻrinishdagi K.lar paydo boʻldi. Teriga ishlangan noyob K.lardan biri — Mus-hafi Usmon Kurʼonidir. Qurʼoni karimning bu nusxasi 644—656 yillarda xalifa Usmon koʻrsatmasi bilan Muhammad (sav)ning kotiblari Zayd ibn Sobit, Amir ibn alOʻs va Hishom ibn Hakimlar tomonidan kufiy xatida yozilgan. Mazkur qoʻlyozma K. Amir Temur tomonidan Samarqandga olib ke-lingan. Jami 353 varaq, hajmi 68x53x22 sm. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.

Qogʻozning kashf qilinishi K. tarixida yangi davr ochdi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, 650 yillardayoq Samarqandda qogʻozli K.lar boʻlgan. 13-asrdan Yevropada qogʻoz asosiy yozuv materiali boʻlib qoldi. Qogʻoz K.ning koʻpayishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. K. bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, Oʻrta Osiyoda oʻrta asrlarda xattotlik sanʼati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning koʻp avlodlari K. tayyorlash usulini — materiallar, siyoh, xat koʻchirish texnikasini takomillashtirib bordilar.

10—12-asrlarda Movarounnahrda muayyan soxa sifatida shakllangan kitobat sanʼati 14—15-asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga kutarildi. Har bir K. qogʻozidan tortib muqovasigacha, siyoxdan to buyoqlari-yu zarhaligacha maʼlum meʼyordagi modda, reja va qoida asosida tayyorlanadi, hatto K.dan xushboʻy hid anqib turishi uchun baʼzan siyohga gulob yoki anbar qoʻshilardi. Qoʻlyozmalar nafis husnixat, zarafshon (tilla suvi sochish), suvli buyoqlar bilan hoshiyaga nafis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. 15—16-asrlarda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvoh va saxdoflar (Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va boshqalar) yetishdi. Hirot xattotlariga ustozlik qilib, kitobat sanʼati ravnaqiga ulkan hissasini qoʻshgan xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Saʼdiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqalarning asarlarini koʻchirib shuhrat qozondi. Sultonali tomonidan koʻchirilgan 50 dan ziyod K. bizning davrimizgacha yetib kelgan. Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar oʻrta asrning oʻziga xos hunarmandchilik korxonasi boʻlib, ularda qoʻlyozma K.larni toʻplash va saqlash bilan birga K. sozlik bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutubxonalarining boshliklari „kutubxona dorugasi“ yoki „kitobdor“ deb atalgan. Ularning qoʻl ostidagi koʻplab xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar K. yaratishga doyr turli vazifalarni bajarishgan. Mas, 15-asrning 1-yarmida Hirotda Ulugʻbekning ukasi Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh qoʻlyozma asarlardan nusxalar koʻchirish va ularni bezash bilan band boʻlgan. Har bir qoʻlyozma K. bir necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. 1425—29 yillarda Jaʼfar Boy-sunquriy tomonidan Abulqosim Firdavsiyning mashhur „Shohnoma“ asari koʻchirilib, 20 ta turli mazmundagi rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan. Noyob sanʼat asari sifatida bu K. Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham oʻz davrida mashhur boʻlgan. Navoiy badiiy qoʻlyozma sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Uning bevosita koʻmagi bilan Behzod, Sultonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi oʻnlab K.soz ustalar yetishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va anʼanalari keyingi yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini tashkil etdi. Turkistonda xattotlik yoʻli bilan K. tayyorlash oʻzoq vaqt davom etdi. Hatto K. bosish kashf qilingandan keyin ham, dastlabki vaqtlarda K.lar qoʻlyozma yoʻli bilan koʻpaytirilar edi.

K. nusxalarini ommaviy koʻpaytirish yoʻlidagi izlanishlar natijasida ksilografiya paydo boʻldi. 15-asrning 40-yillarida Germaniyada Iogann Gutenberg tomonidan K. bosish ixtiro qilinishi K. taraqqiyotida yangi davr ochdi. K. bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa mamlakatlarda ham tarqala boshladi (qarang Kitob bosish, Bosmaxona).

Turkistonda bosma usuli bilan K. chiqarish Oʻrta Osiyo Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin tarqaldi. 1868 yil Toshkentda Turkiston harbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi va sayyohi N.A.Seversovning „Chu va Norin tizmalari etagidagi togʻli oʻlka toʻgʻrisida lavhalar“ (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma K.dir. Oʻzbek tilidagi birinchi bosma K. Shohimardon Ibrohimovning 1871 yil Xivada bosilgan „Kalendar“idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Boʻlardan Otajon Abdalov (Xivada), Semyon Laxtin (Toshkentda), Gʻulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyalari mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi.

Oktyabr toʻntarishidan soʻng sovet tuzumi davrida K. bosish ishi birmuncha rivojlanib, ommaviy K.lar yaratish ishiga katta ahamiyat berildi. Lekin K.ga, boshqa ommaviy axborot vositalari kabi, KPSS va Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu maqsadda juda koʻp nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy siyosiy, badiiy, ilmiy K.lar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20—30-yillarda, Oʻzbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qoʻlyozma K.lar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi K.lar, keyinroq katagʻonga uchragan oʻzbek yozuvchilarining asarlari yoʻq qilina boshlandi: oʻtda kuydirildi, suvga tashlandi.

Istiqloldan keyingi yillarda K. mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin oʻzgarish boʻldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli K.lar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qurʼoni karimning oʻzbek tilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi (1991 yil, „Choʻlpon“ nashriyotida; 2001 yil, Toshkent Islom un-ti nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli „Hadis“lari (1991—96 yillar, Komuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui bilan bogʻliq oʻnlab K.lar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli toʻla asarlari (1998 — 2002, Oʻzbekiston FA „Fan“ nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulugʻbek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va boshqalarning asarlari, 33 jildli „Xotira“ K.i chiqarildi. „Oʻzbekiston“ nashriyotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997—2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talabehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, ommabop, darslik va boshqa tur K.lar nashr etmoqdalar. K.larning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormokda (yana q. Noshirlik).

K.larning toʻzilishi va turlari. Hozirgi K.lar oʻquvchilar talabi va estetik didiga koʻra muayyan shaklga ega. K. sahifalarga ajratilib, oʻrtasidan tikiladi va muqovalanadi. Muqovaning K. sahifalari bilan biriktirilgan qismi forzats deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygiziladi. K.ning bosh qismida sarvaraq (titul list) boʻladi. Unda muallif ismsharifi, K.ning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va boshqa yoziladi. Sarvaraq qoʻsh sahifada boʻlishi mumkin; bu holda u K.ning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq maʼlumotlarining ayrimlari K.ning l-sahifasi — peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qoʻyiladi. Baʼzi hollarda sarvaraq oʻrnida sarrasm (frontispis) boʻladi. Matnning mazmuniga karab, K.da turli usulda sarlavhalar qoʻyiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada beriladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmutstitul) deyiladi. K.ning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolonsifr)lari undan foydalanish ishini osonlashtiradi. Shuningdek, K.da mundarija, muqaddima, xotima, annotatsiya, ilova, izoh, turli koʻrsatkichlar, bibliografik roʻyxatlar ham boʻlishi mumkin. K. sahifasining hajmi uning nashr bichimi bilan belgilanadi (qarang 7a-bok).

K.lar qanday oʻquvchilar ommasiga moʻljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. Oʻquvchilarga koʻra, K.lar ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi boʻlishi mumkin. Maqsadiga koʻra, rasmiy, ilmiy, ilmiyommabop, oʻquv, adabiy-badiiy, maʼlumotnoma va boshqa xil K.larga boʻlinadi. Ilmiy K.lar ichida monografiya keng tarqalgan. Oʻquv K.lari darslik, oʻquv qoʻllanmasi, oʻquv metodik qoʻllanma va boshqa turlarga ajratiladi. Maʼlumotnomalar esa lugʻat, ensiklopediya, kalendar, yoʻl koʻrsatkichlar qabilarga boʻlinadi.

Laruss ensiklopediyalari

Laruss ensiklopediyalari -Parijda pedagog va leksikograf P. La-russ (1817—75) asos solgan "Laruss" nashriyotida chop etilgan ensiklopediyalar (1852). Birinchi ensiklopediya "XIX asrning katta universal lugʻati" ("Crand dictionnaire universal du XIX e siecle") yoki "Laruss XIX asrda" deb ataladi. Lugʻatning 15-jildi 1865—76 yillar oraligʻida (qoʻshimcha 2 jildi 1878—88 yil) nashr etilgan. Unda ijtimoiy fanlarga oid maqolalar salmokli oʻrin egallaydi, adabiyot va musiqa asarlariga doir maqolalarga ham anchagina oʻrin berilgan. Maqolalarining aksariyati davrga nisbatan murosasizlik va klerikallikka qarshi ruhda yozilgani uchun ensiklopediya Vatikan tomonidan "Taqiqlangan kitoblar roʻyxati"ga kiritilgan. 1897—1904 yillarda 7 jilddan iborat "Larussning yangi suratli ensiklopediyasi" (qoʻshimcha jildi 1906 yil) nashrdan chiqarilgan. 1927—33 yillarda 6 jilddan iborat "Laruss XX asrda" ensiklopediyasi yaratilgan. 1948—50 yillarda shu ensiklopediya qayta koʻrib chiqilib (qoʻshimcha jildi 1953 yil) nashr etilgan. 1960— 64 yillarda Larussning koʻp jildli zamonaviy ensiklopediyasi — "Larussning 10 jildli katta ensiklopediyasi" (qoʻshimcha jildi 1968 yil) yaratildi. Maqolalar qisqa maʼlumotnoma shaklida yozilgan, shu sababli ensiklopediyada 450 mingdan ortiq termin mavjud. 1971 yildan Laruss nashriyoti 60 jilddan iborat "katta ensiklopediya" ustida ish olib bormoqda. Hozirgi paytda uning yarmidan kupi bosmadan chiqarilgan. Bundan tashqari, firma bolalar va yoshlar uchun ilmning turli sohalari (tibbiyot, geogr. qishloq xoʻjaligi va boshqalar) boʻyicha bir qator kichik ensiklopediyalar, ensiklopedik lugʻatlar va maʼlumotnomalar nashr etgan. 1906 yildan boshlab har yili bir jildli "Kichik Laruss" ("Petit Larosse") nashr etilmoqda.

Ozarbayjoncha Vikipediya

Ozarbayjoncha Vikipediya (ozarb. Azərbaycanca Vikipediya; آزربایجانجا ویکی‌پئدییا) — Vikipediyaning ozarbayjon tilidagi boʻlimi.

2002-yili tashkil topgan. Ilk maqolasi esa 2004-yilda yozilgan.

Oʻzbek sovet ensiklopediyasi

„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ (OʻzSE) — Oʻzbekiston SSRda chiqarilgan 14 jildli universal ensiklopediya. OʻzSE oʻzbek tilida yozilgan birinchi keng qamrovli ensiklopediyadir. Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzSE „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ning Bosh redaksiyasida chop etilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin chiqarilgan „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“dagi aksar maqolalar OʻzSEdan olingan.

OʻzSEning barcha 14 jildi 1971-yildan 1980-yilgacha chiqarilgan. 1-9- jildlarga Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi aʼzosi, falsafa fanlari doktori Ibrohim Moʻminov bosh muharrirlik qilgan. 10-14- jildlarga akademik Komiljon Zufarov bosh muharrirlik qilgan.

OʻzSE keng ommaga moʻljallab yozilgan. Ensiklopediya sovet davrida yozilgani uchun undagi maqolalarning aksari kommunistik mafkuraning taʼsiri ostida yozilgan. Bunga qaramasdan ensiklopediyada ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha mukammal maʼlumot berilgan.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (OʻzME) — Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 14 jildli universal milliy ensiklopediya. Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzME Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan. OʻzMEdagi aksar maqolalar Sovet davrida chiqariglan 14 jildli Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan.

Ensiklopediyaning barcha 12 jildi 2000-2006-yillarda nashr qilingan. O‘zMEda O‘zbekiston Respublikasi haqidagi materiallar bilan birgalikda umumbashariy maʼlumotlar ham berilgan. O‘zMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabog‘ini tashkil etgan qaryib 50 ming maqola berilgan. O‘zME har bir jildida 800-1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o‘rin olgan. Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. OʻzMEning 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekistonga tegishlidir.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti

"O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti - Ko‘p jildli O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, soha ensiklopediyalari, izohli va ko‘p tilli lug‘atlar, maʼlumotnomalar tayyorlash va nashr etishga ixtisoslashgan ilmiy-maʼrifiy muassasa. Dastlab O‘zbekiston hukumatining „O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasini tashkil etish haqida“gi qarori (1968-yil 18-yanvar) bilan Toshkentda O‘zbekiston FA tarikibida (O‘zbekiston FA Til va adabiyot institutining 1965-yil tuzilgan ensiklopediya bo‘limi negizida) O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1990-yildan 1997-yilga qadar „Qomuslar Bosh tahririyati“ deb yuritilgan.

Qaskelen

Qaskelen — (qoz. Қаскелең) Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar (1963-yilda). Qarasay tumanining markazi (1922-yildan). Viloyat markazi – Taldiqoʻrgʻan shahridan janubi-gʻarbga tamon 300 km , Almati shahridan gʻarbga tamon 24 km uzoqlikda, Qaskelen daryosi boʻyida joylashgan. Shahar maydoni 5,31 ming km². Aholisi 63,8 ming kishi (2013).

Sarqand

Sarqand, Sarqan — (qoz. Сарқант) Qozogʻistondagi shahar (1968-yildan), Sarqand tumaning markazi (1928-yildan). Aholisi 14 265 kishi (2012). Poydevorini 19-asr oʻrtalarida Rossiyadan koʻchib kelganlar qurgan. Shaharda tuman aloqa boʻlimi, elektr energetika tizimi va boshqa yirik korxonalar faoliyat yuritmoqda

Uchtepa (Almati viloyati)

Uchtepa (qoz. Yштөбе) — Qozogʻistondagi shahar (1961-yildan), Almati viloyati Qaratal tumanining markazi, temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazi Taldiqoʻrgʻan shahridan shimoliy-gʻarbga tomon 51 km oraliqda, Qoratol daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Aholisi 24,7 ming kishi (2012). Shaharga 30-yillarning boshlarida Turkiston-Sibir temir yoʻlining qurilishiga binoan asos solingan.

Vikimedia Jamgʻarmasi

Vikimedia Jamgʻarmasi (ingl. Wikimedia Foundation) — San Fransiskoda joylashgan nodavlat notijorat tashkilot. Vikipediya va unga qardosh loyihalar ishini tashkillashtiradi va taʼminlaydi. 2003-yilning 20-iyunida tuzilgan va hozirgi kungacha faoliyat yuritib kelmoqda.

Vikipediya

Vikipediya, koʻp tillik vebga asoslangan, erkin ensiklopediya hisoblanadi. U koʻpchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar qoʻyilmaydi. Ushbu loyiha 15-yanvar 2001-yil mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp qaraladigan maʼlumot manbasiga aylandi. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili boʻlimi 5934164 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi tufayli unga yoʻldosh Wiktionary, Wikibooks, hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo boʻlgan.

Vikipediya "noto‘g‘ri maʼlumotlarni ifodalaydi..." deb tanqid qilingan. 2017-yilda Facebook, ushbu ensiklopediyani kitobxonlarga soxta yangiliklarni kashf etishiga yordam beradi deb eʼlon qildi. YouTube esa shu kabi rejani 2018-yilda eʼlon qildi.

Vikipediya. Virtual ensiklopediya

Vikipediya. Virtual ensiklopediya Vikipediya tarixi, hozirgi ahvoli va mavjud muammolariga bagʻishlangan kitobdir. Mualliflari – Rasim Əliquliyev (talaffuzi: Rasim Eliquliyev) va İradə Ələkbərova (talaffuzi: Irade Elekberova). Ozarbayjonda 500 adad tirajda chop etilgan.

World Book Encyclopedia

„World Book Encyclopedia“ (talaffuzi: Uorld Boʻk Ensayklopidiya), „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ — AQSHda chop etiladigan universal ensiklopediya. Ensiklopediya nashriyotiga koʻra, „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ „jahondagi eng bozori chaqqon bosma ensiklopediyadir“. Ensiklopediyada ilmning asosiy sohalari muntazam tartibda yoritilgan. Xususan, ilm, texnika va tibbiyot sohalari boʻyicha maqolalar ayniqsa chuqur yozilgan. „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“da maqolalar soddaroq ingliz tilida yozilgan. Bunga qaramasdan, mavzular juda chuqur yoritilgan. „Oilaviy“ ensiklopediya oʻlaroq sotiladigan ensiklopediya 15 yoshdan yuqori oʻquvchilarga moʻljallangan.Ensiklopediya nashriyoti Illinois shtatidagi Chicago shahrida joylashgan. Birinchi nashri 1917-yil chop etilgan va 8 jilddan iborat boʻlgan. Oʻsha paytdan beri har yili yangi nashr chiqarilib kelinmoqda. Faqat 1920-, 1924- va 1932-yillardagina yangi nashr chiqarilmagan. 1929-yilgi (13 jild), 1947-yilgi (19 jild), 1960-yilgi (20 jild) va 1988-yilgi (yangi font va sahifa dizayni, hamda 10 000 ga yaqin muharrir oʻzgartirishlari) nashrlarda katta oʻzgartirishlar kiritilgan.1917-yilgi nashrni Hanson-Roach-Fowler Company (talaffuzi: Henson-Rooʻch-Fauler Kompani) chop etgan. Ikki yil ichida Dunyo kitobi W.F. Quarrie & Company (talaffuzi: Dablyoʻ Ef Kuori end Kompani) mulkiga aylangan. 1945-yil „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ Field Enterprises (talaffuzi: Fiild Enterprayzes) qoʻliga oʻtgan. 1978-yil Berkshire Hathaway (talaffuzi: Berkshayer Hatavey) xolding kompaniyasining boʻlimi Scott Fetzer (talaffuzi: Skot Fetzer) „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ni sotib olgan.

Xromtau

Xromtau — Aqtoʻbe viloyati Xromtau tumanining maʼmuriy markazi. Viloyat markazi aqtoʻbe shahrining sharqiy tomonida 86 km oraliq masofada joylashgan. Shaharga 1940-yilda asos solingan va 1967-yildan boshlab shahar mavqeiga ega. Aholisi 25,220 kishini tashkil qiladi (2014).

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.