Endemiklar

Endemiklar, endemlar (yun. — mahalliy) — tarqalishi nisbatan kichik geografik hudud bilan cheklangan hayvonlar va oʻsimliklar oilalari, urugʻlari, turlari yoki boshqa taksonlari. Endemiklar — biron flora yoki faunaning oʻziga xos tarkibiy qismi. Endemizmning rivojlanishi geografik chegaralanish, iqlim va edafik (tuproq) sharoitlari, biologik omillar (parazitlik, konkurensiya va boshqalar) bilan bogʻliq. Tur endemizmi juda cheklangan boʻlishi mumkin. Endemiklar koʻproq okean, orollar, togʻli hududlar va koʻllarda uchraydk. Mas, Avliyo Yelena o. florasining 85% chasi, Kavkaz florasining 20% ga yaqini, Baykal koʻli faunasi va florasining 75% ga yaqin turi endemiklardan iborat. Shakllanish muddatiga binoan, endemiklar paleoendemiklar va neoendemiklarga ajratiladi.

Chorus cicada
Chorus cicada, Yangi Zellandiyaning endemik turi

Paleoendemiklar — yoʻqolib borayotgan relikt turlardan iborat. Ularga Gʻarbiy va Markaziy Xitoyda oʻsadigan metasekvoyya va ginkgo; Kaliforniya sekvoyyasi, Avstraliya va Tasmaniyadagi oʻrdakburun; Hind okeani Komor o. yaqinida tarqalgan latimeriya kiradi.

Neoendemiklar — yaqinda chegaralangan hududlarda paydo boʻlgan, progressiv yosh turlar yoki formalar. Ularga Qrim florasi va faunasi, Britaniya orollari faunasidagi bir qancha turlar kiradi (Kosmopolitlar bilan solishtiring).

Latimeria
Latimeriya (Latimeria chalumnae) — Madagaskar va Komor orollarining endemik turi

Endemik turlarning klassifikatsiyasi

Turkiston-shotarachasi-Fargona vodiysining endemik turi
Turkiston shotarachasi - Farg'ona vodiysining endemik turi

Agar turlar faqat birta dara yoki birta togda uchraydigan bo'lsa bunday turlar stenoendemik tur deb xisoblanadi.

Areal

Areal (lot. area – maydon, ma-kon) – o‘simlik yoki hayvonlarning bi-ror turi, turkumi yoki oilasi tarqalgan hudud. Yaxlit (yalpi) A. va ajralgan (bo‘lingan) A. farqlanadi. Agar bir A.dagi o‘simliklarning turlari bir te-kis, o‘z hayotiga qulayroq joylarda ko‘p uchrasa – yaxlit A.; yaxlit A. ikki yoki undan ortiq oblastlarga bo‘linsa – aj-ralgan A. paydo bo‘ladi. Bunda oraliq maydondagi turlarga mansub individlarning bir qismi qirilib ketadi. Turlar bir qancha qit’a, ummonlarni egallasa (mas, g‘alladoshlar oilasi, chumchuqsimonlar, delfinsimonlar tur-kumlari va boshqalar) keng miqyosdagi, kengayuvchi A. hosil bo‘ladi. Keng tarqalgan hayvon va o‘simlik turlari kosmopolit turlar yoki panendemiklar deb ataladi. A. uncha katta bo‘lmasligi ham mumkin. Ayrim o‘simlik turlari (endemiklar) juda che-klangan, tor joylardagina (mas, orolda, g‘orda va boshqalarda) o‘sadi. A. chegarasi doimiy bo‘lishi yoki odam ta’siri bilan o‘zgarishi mumkin. A. doirasida tur individlari barobar taqsimlanmagan bo‘ladi, markazda ko‘proq joylashib, chekkaroqlarida to-bora siyraklasha boradi. Odam faoliyati ta’sirida o‘zgargan A. sun’iy A. (intro-duksiyalangan va iqlimlashtirilgan turlar A.) deyiladi. Mas, 19-asr oxirlarida ancha serhosil Meksika g‘o‘zasi Amerikadan O‘rta Osiyo va Zakavkazega yoki kivi o‘simligi Yangi Zelandiyadan Yevropaga keltirilganidan so‘ng, bu yerlarda ular-613ning sun’iy A. barpo etildi. Tabiatda sochma A., sertarmoq A., tutash A., yondosh A., kengayuvchi A., torayuvchi A., uzilgan A. va boshqa turlari uchraydi.

Hind-malay zoogeografiya oblasti

Hind-malay zoogeografiya oblasti, Sharqiy oblast -quruqlik zoogeografiya oblasti, Osiyoning janubiy qismi, Osiyo bilan Avstraliya oraligʻidagi koʻpchilik orollarni oʻz ichiga oladi. Koʻp qismi tropik oʻrmon, shimoliy qismi togʻlik, faqat kichik bir qismi choʻl va savannalardan iborat. Faunasi nisbatan qad., asosan, daraxtlarda yashovchi hayvonlardan iborat. Hayvonot dunyosi xil-ma-xil boʻlishiga qaramasdan, yirik sistematik guruhga mansub endemiklar kam. Sutemizuvchilarning 4 oilasi: uzuntovonlilar, junqanotlilar, tupayyalar va gibbonlar endemik. Oʻziga xos hasharotxoʻrlar (mas, tipratikan), bir necha tur yirtqichlar: mushuklar, veverralar, ayiqlar; tuyoqlilar: tapirlar, karkidonlar (3 tur), bugular, buyvollar (hind va karlik buyvol, gaur, banteng , kulrang hoʻkiz), anti-lopalar (nilgau, 4 shoxli va burama shox antilopa), fil, maymunlarning bir necha turi (jumladan, orangutan) bor. Koʻrshapalaklar va kemiruvchilar ayniqsa xilma-xil. Koʻrshapalaklar orasida oʻsimlikxoʻrlari (uchar itlar) ham keng tarqalgan. Ayrim daryolarda daryo delfinlari yashaydi.

Qushlar ayniqsa juda xilma-xil, endemik turlari kokilli uzunqanot-lilar, shoxtumshuqlilar oilalarida koʻp uchraydi. Sudralib yuruvchilardan gekkonlar, echkemarlar, agamalar, ssinklar, ilonlar, toshbaqalar (jum-ladan, katta boshli toshbaqa), timsohlarning bir necha turi (jumladan, gaviallar, alligator) keng tarqalgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar turlari koʻp emas; dumlilar uchramaydi; dumsizlardan qurbaqalar (jumladan, uchar baqa, qurilloq baqalar) yashaydi. Baliqlar faunasi ham xil-maxil: karpsimonlar, laqqaning bir necha turi koʻp uchraydi; yirik daryolarda akulalar boʻladi.

H.-m.z.o. faunasi tarixan efiopiya zoogeografiya oblasti faunasiga yaqin. Karkidonlar, fillar, torburunli va odamsimon maymunlar, kaltakesaklar, ayrim lemurlar, tuyokdilarning ayrim urugʻlari (mas, bugʻuchalar, buyvollar), tovuslar, uzun burun qushlar, sudralib yuruvchilardan xameleonlar, echke-marlar va agamalar har ikki oblastda ham uchraydi. Hind-malay zoogeografiya oblastiz.o.ning turli qismida hayvonot dunyosi keskin farq qiladi. Bu hol oblast hududining asosiy qismi orollardan iboratligi tufayli hayvonlar arealining ajralib qolganligi bilan bogliq. H.-m.z.o. Hin-diston-Hindixitoy va Malay kichik oblastlariga boʻlinadi.

H.-m.z.o. hududida qad. madaniyat oʻchogʻi boʻlgan mamlakatlar joylashgan. Bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi hayvonlarining bir qancha turlari: buyvol, gaur, banteng , choʻchqa, tovuq, tovus, hindiston arisi xonakilashtirilgan.

Neotropik oblast

Neotropik oblast - quruklikdagi flora va zoogeografiya oblasti; oʻsimliklar Neotropik oblasti. bilan hayvonlar Neotropik oblast ining chegarasi bir-biridan bir oz farq qiladi.

Neotropik flora oblasti. Neotropik oʻsimliklar dunyosi — quruklikdagi asosiy botanik-geografik r-nlardan biri. Yangi Dunyoning materik qismini, shim.da Quyi Kaliforniyadan va Meksika togʻligining jan. qismidan to jan.da 40°j.k.gacha boʻlgan joylarni hamda Markaziy Amerikaga yondosh orollarni oʻz ichiga olgan. Iklimi tropik, 25° j.k.dan jan.da subtropik va moʻʼtadil iqlim. Oʻsimlik dunyosi boy va xilma-xil, aksari qismi mezofil oʻrmon oʻsimliklaridan iborat. Oʻsimliklar orasida asosiy oʻrinni pantropik oʻsimlik oilalari (sutlamadoshlar, lavrdoshlar, togʻbekatdoshlar, tutdoshlar, palmadoshlar va boshqalar), shuningdek, neotropik turkum vakillaridan kosmopolit oʻsimlik oilalari (qoqidoshlar, bugʻdoydoshlar, burchokdoshlar, yalpizdoshlar va boshqalar) egallagan. Endemik oʻsimlik oilalari kam, lekin ularning bir kismi (kaktusdoshlar va boshqalar) oʻsimliklarningtarkibi vaumumiy manzarasi uchun juda tavsifli. Nisbatan turgʻun muhit sharoitida Neotropik oblastning boshqa oblastlar florasi bilan aloqasi va floraning Neotropik oblast doirasida differensiatsiyalanishi neotropik floraning uzok, vaqt ajralgan holda rivojlanganligini koʻrsatadi. Neotropik oblastning tropik Afrika va Shim. yarim sharning baland togʻ floralari bilan oʻxshashlik belgilari juda koʻp.

Neotropik oblast bir necha kichik oblastlarga boʻlinadi. Karib kichik oblasti — Meksikaning chekka qismlari, Markaziy Amerika, Antil orollari hamda Kolumbiya va Venesuela qirgoqlari yaqinidagi orollarni oʻz ichiga oladi. Oʻsimliklari palmadoshlar, burchokdoshlar, lavrdoshlar va boshqa turlarga boy; daraxtsimon paporotniklar va sagov-niklar koʻp. Kichik oblastning shim.da qaragʻaydoshlarning baʼzi vakillari uchraydi. Endemik oʻsimliklar koʻp. Orinoko savanna kichik oblayet i da burchokdoshlar, yirik bugʻdoydoshlar va boshqa koʻp. Endemiklar esa meʼyoridauchraydi. Amazonka gileya kichik oblasti Amazonka daryosi havzasidagi keng gileya oʻrmonlarini oʻzichiga oladi (And togʻlarining shar-qiy etaklari bilan Atlantika okeani oraligʻi, 6—10° shahrik.dan 10—15° j.k.gacha). Oʻsimliklarga juda boy; sharoitning bir xil boʻlishiga qaramay oʻsimliklari ixtisoslashgan. Endemik pal-malar, burchokdoshlar, sutlamadoshlar, marenadoshlar, epifitlardan orxide-yadoshlar, bromeli va aroid turlari koʻp. Braziliya kichik oblasti (quruq iqlimli siyrak oʻrmonlar va savannalar kichik oblasti) — Braziliya yassi togʻligini va 30° j.k.dan boshlab shim.dagi maydonlarni egallagan. Bombakslar, palmalar, sutlamadoshlar, kaktuslarning oʻziga xos turlari uchraydi. Braziliya kampos (savanna)larida daraxtsimon oʻsimliklardan tash-qari, bugʻdoydoshlar, qoqidoshlar, burchokdoshlar, yalpizdoshlar va boshqa tur-kumlarning turlari tarkalgan.Brazi-liyaning jan. da tropik va subtropik doimiy yashil daraxt va butalar araukariya bilan birgalikda uchraydi. La-Plata pampa kichik oblasti — And togʻlari bilan Atlantika okeani oraligʻi (30° j.k.dan jan.dagi tekislik dashtlar). Oʻziga xos bugʻdoydoshlar, qoqidoshlar, ituzumdoshlar va boshqa oʻsadi. Eski Dunyodan keltirilgan oʻsimlik turlari ham anchagina bor. And kichik oblasti — Jan. Amerika ma-terigining togʻliq qismi, Kolumbiyadan Chilining oʻrta qismigacha boʻlgan yerlar. Mezofil oʻrmonlar, doimiy yashil lavr oʻrmonlari, baland togʻ oʻsimlik formatsiyalari va choʻllarni oʻz ichiga oladi. Endemik turlar va tur-kumlar koʻp. Tinch okeandagi orollar (Galapagos va Xuan-Fernandes) florasi uziga xos xususiyatga ega.

Neotropik zoogeografiya oblasti. Jan. Amerika materigini, Markaziy Amerikaning kup qismi (shim.da Meksika togʻligigacha), Xuan-Fernandes, Galapagos, Olovli Yer orollari, Fol-klend, Katta va Kichik Antil orollari va Bagama orollaridan iborat. Neotropik oblast harakterli belgilari bilan boshka oblastlardan farq qiladi, chunki Jan. Amerika paleogen va neogen davrlarida boshka materiklardan ajralgan edi. Neotropik oblast faunasi turlarga boy. Sut emizuvchilardan chala tishlilar turkumi (zirhlilar, yalqovlar, chumolixoʻrlar); ke-miruvchilardan gajak dumli jayralar, dengiz choʻchqalari, agutilar, shinshillalar va boshqa endemik turlar kup uchraydi. Tok, tuyokdilardan tapirlarning bir kancha turlari, bugʻularning bir necha urugʻlari (mazamalar, pudu) va lamalar tarqalgan. Xaltalilar kichik sin-figa kiruvchilardan plavunlar, opos-sumlar va endemik senolestlar oilasi; yirtqichlardan itsimonlar va yenotsimonlar oilasining bir necha turi, ayiqning bir turi, yaguar, otselot, puma va mayda mushuklarning bir qancha turi, primatlardan keng burunli maymunlar uchraydi. Qon soʻruvchi kurshapaklar bor. Daryolarda lamantin va dare delfinlari yashaydi. Qushlari juda xilma-xil, nandu tuyaqushi, tinamu, kolibri, tutilar, chumchuk,simonlar, goatsin, kondor, garpiya, tu-kanlar bor. Neotropik oblastda qushlarning 20 dan ortik, endemik turi mavjud. Ularning ayrimlari Golarktika oblastial ham uchraydi. Sudralib yuruvchilardan kay-manlar, timsoxlar, har xil toshbaqalar, ilonlar, kaltakesaklar bor. Suvda va quruklikda yashovchilardan oyoqsizlar, dumsizlar (pipa qurbaqasi va boshqalar) koʻproq tarqalgan. Balikdardan ikki xil nafas oluvchi lepidosiren, ulkan arapayma, yirtqich piranya va boshqa juda koʻp. Hasharotlardan chumolilar va barg kemiruvchilar uchraydi. Rangbarang qanotli katta kapalaklar yashaydi. Oʻrgimchaklardan ulkan qushhoʻr bor.

Neotropik oblast Gviana-Braziliya, PatagoniyaAnd (yoki Chili-Patagoniya) va Antil kichik oblastlariga boʻlinadi. Neotropik oblast faunasi ancha vaqt ajralgan holda taraqqiy qilganligiga qaramay qoʻshni zoogeografiya oblastlari taʼsirida tarkib topgan, chunki uzoq oʻtmish geologik davrlarda Avstraliya, shuningdek, Efiopiya oblastlari va undan keyinrok, boshka oblastlar bilan aloqada boʻlgan. Baʼzi olimlarning fikricha, xaltalilar boʻr davrida Avstraliyaga Antarktida orkali Jan. Amerikadan oʻtgan. Yoriq tishlilarning tenreklar bilan oʻxshashligi, shuningdek, lamantin va ikki xil nafas oluvchi balikdarning mavjudligi Neotropik oblastning kadimda Efiopiya oblasti va Madagaskar bilan alokada boʻlganligini koʻrsatadi. Neotropik oblastdan uy hayvonlari ham kelib chiqqan: sut emizuvchilardan lama va dengiz choʻchqasi, qushlardan mushkli oʻrdak, umurtqasizlardan koshenil shular jumlasidandir.

Reliktlar

Reliktlar (lot. relictum — qoldiq) — qadimda keng tarqalib, keyinchalik qirilib bitgan flora va faunadan saqlanib qolgan oʻsimlik va hayvonlar turlari va boshqa taksonlari. Hamma paleoendemiklar (qarang Endemiklar) R. hisoblanadi. Birmuncha keng tarqalgan, lekin yaxlit arealga ega boʻlmagan R. ham bor (lola daraxti va boshqalar). R. qaysi geologik davr faunasi yoki florasidan saqlanib qolgan boʻlsa, oʻsha davr nomi bilan ataladi. Mas, uchlamchi davr R.i (ginkgo, sekvoyya, metasekvoyya, vizildoq qoʻngʻizlar turlari va boshqalar), muzlik R.i (pakana kayin), mezozoy R.i (dasht sfagnumi) va boshqa

Yevropa

Yevropa, Yer sharining shimoliy yarimshari va qisman sharqiy yarimsharida joylashgan qitʼadir. Shimolda Shimoliy Muz okeani, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Osiyo va janubda Oʻrta dengizi bilan chegaradosh. Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismini oʻz ichiga oladi.

Yevropaning maydoni 10,1 million km2, shundan 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shimolda Nordkin burni, janubda Marroki burni, gʻarbda Roka burni, sharqda Qutbiy Ural togʻining sharqiy etagi. Yevropa hududining 25%'ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Qrim yarim orollari hisoblanadi. Yevropaga qarashli orol va arxipelaglardan eng yiriklari Yangi Yer, Frans-Iosif Yeri, Shpitsbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya va Krit'dir. Yevropa qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi 38 ming km. Qirgʻoqlari kuchli emirilgan, dengiz va qoʻltiqlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.