Egey dengizi

Egey dengizi — Oʻrta dengiz havzasidagi yarim berk dengiz. Bolqon va Kichik Osiyo ya.o.lari va Krit o. oraligʻida. Gretsiya va Turkiya qirgʻoqlarini yuvib turadi. Dardanell boʻgʻozi orqaly Marmar dengizi bilan tutash. Maydoni 191 ming km². Eng chuqur joyi 2561 m. Orol koʻp, yiriklari: Shim. va Janubiy Sporadalar, Kiklad o.lari va boshqalar Suvining temperaturasi yuza qatlamida qishda 11 — 16°, yozda 22— 25°. Shoʻrligi 37—38°/O0. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (1 m gacha). Baliq ovlanadi. Asosiy portlari: Pirey, Saloniki (Gretsiya), Izmir (Turkiya).

Afina (shahar)

Afina (yun. Αθήνα) – Yunoniston poytaxti, mamlakatning eng yirik shahri.

Arxipelag (orollar)

Arxipelag, Gresiya arxipelagi – Egey dengizida, Bolqon yarim oroldan Kichik Osiyo yarim orol qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan to‘da-to‘da orollar (Shimoliy va Janubiy Sporadalar, Kikladlar, Evbeya, Xios, Lesbos, Krit va boshqalar). Maydoni 20 ming km². A. orollari uchlamchi davrda Egey dengizi o‘rnida bo‘lgan quruqlikning qoldiqlaridir. Barcha orollar tog‘ va qirlardan iborat. Balandligi 2456 m gacha (Krit o.). Vulkanlar ot-ilib, tez-tez zilzila bo‘lib turadi. Doim yashil o‘rta dengiz o‘simliklari o‘sadi. Ahrlisi subtropik o‘simliklar yetishti-rish va baliq ovlash bilan shug‘ullanadi.

Bolgariya

Bolgariya (Bolgarcha: България), rasman Bolgariya Respublikasi (Bolgarcha: Република България) — Yevropaning janubiy, Bolqon yarim orolining sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 111 ming km². Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya shahri viloyatga tenglashtirilgan.

Dengiz

Dengiz — Dunyo okeanining [bir] qis-mi; okeandan quruklik yoki orollar, yarim orollar va suv osti relyefining koʻtarilgan joylari bilan ajralib turadi. Oʻzining gidrologik, meteorologik va iqlimiy rejimi bilan okeanning ochiq qismidan farq qiladi. Dengiz quruqlik bilan qancha kup uralgan bulsa, okeandan tafovuti shuncha kup buladi. Oke-anlarning ayrim ochiq qismlari shartli ravishda Dengiz deyiladi, mas, Sargasso Dengiz va Filippin Dengiz Aslida kul (mas, Orol, Kaspiy, Oʻlik dengizlari), lekin maydoni ancha katta bulganligidan Dengiz deb atalgan, baʼzi Dengizlarga esa qoʻltiq deyiladi (mas, Gudzon qoʻltigʻi, Fors qoʻltigʻi). Dengizlar geografik oʻrni va gidrologik rejimi xususiyatlariga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: materiklar orasidagi Dengizlar, materik ichkarisidagi Dengizlar va chekka Dengizlar.

Materiklar orasidagi Dengizlar juda chuqur buladi. Bularga Oʻrta dengiz, Avstraliya va Osiyo orasidagi Dengizlar, Karib dengizi va Qizil dengiz kiradi. Materikdagi Dengizlar biron materikning ichkarisida joylashgan boʻladi. Bularga Oq dengiz, Boltiq dengizi, Qora dengiz, Azov dengizi va boshqa kiradi.

Chekka Dengizlar okean va materiklarning chekkalarida boʻladi. Bularga Barens dengizi, Kara dengizi, Sharqiy Sibir dengizi, Chukotka dengizi, Bering dengizi, Yapon dengizi, Shimoliy dengiz va boshqa kiradi.

Dengiz atrofidagi qurukdik Dengizning iqlimi, suv rejimi va suv osti yotqiziqlariga uz taʼsirini koʻrsatadi. Bunday taʼsir materik ichkarisidagi va materiklar orasidagi Dengizlarda ayniqsa katta buladi. Dengiz atrofidagi daryolar Dengizga chuchuk suv bilan birga loyqa (oqiziq) jinslarni keltiradi. Dengizlar geologik nuqtai nazardan yosh hosillardir. Ular uchlamchi davrda vujudga kelgan, toʻrtlamchi davrda toʻliq shakllangan. Eng chuqur Dengizlar Yer pustining upirilgan — yorilgan joylarida hosil boʻlgan. Mac, Oʻrta dengiz (eng chuqur joyi 5121 m), Karib dengizi (eng chuqur joyi 7090 m) va boshqa Sayoz Dengizlar materik chekkalarining choʻkkan qismlarini okean suvining bosishidan yoki okean sathining koʻtarilishidan paydo boʻlgan. Bunday Dengizlar koʻpincha materik sayozliklarda joylashgan (qarang Shelf). Mac, Sharqiy Sibir dengizi, Shimoliy dengiz va boshqa.

Dengiz tubining relyefi okeanlarning ochiq qismi tubining relyefiga qaraganda oddiyroq tuzilgan. Dengiz tubi relyefida katta masofaga choʻzilgan suv osti baland tizmalari, keng platolar emas, balki uncha chuqur boʻlmagan soyliklar, tepaliklar, sayozliklar koʻp.

Dengiz iqlimiga quruqlikning taʼsiri katta. Tropiklardagi Dengizlar ustida temperaturaning oʻrtacha yillik amplitudasi 15° (Fors qoʻltigʻi), oʻrtacha kengliklarda esa 30° va undan ortiq (Yapon dengizi). Dengiz yuzasidagi suv temperaturasining amplitudasi oʻrtacha va subtropik kengliklardagi Dengizlarda eng katta (mas, Oʻrta dengizda 17° gacha), ekvator atroflaridagi Dengizlarda esa eng kichik (mas, Sula-vesi dengizida 2° dan kam) boʻladi. Geografik oʻrniga qarab baʼzi Dengizlar yuzasining temperaturasi qoʻshni okean yuzasinikiga qaraganda yuqoriroq boʻladi (mas, Qizil dengiz), baʼzi Dengizlar yuzasining temperaturasi esa okean yuzasinikidan pastroq boʻladi (mas, Oxota dengizi).

Dengiz suvining shoʻrligi Dunyo okeanidan anchagina farq qiladi. Bugʻlanish quyiladigan chuchuk suvdan kam boʻlsa, shoʻrlik darajasi past boʻladi (mas, Boltiq dengizida 6—8%o). Bunda bugʻlanmay qolgan ortiqcha suv Dengiz yuzasidan oqeanga chiqib ketadi. Agar bugʻlanish quyiladigan chuchuk suvdan ortiq boʻlsa, Dengizlarning shoʻrlik darajasi yuqori boʻladi (mas, Qizil dengizda 41,5%o). Bunda ortiqcha bugʻlanish natijasida Dengiz sathi pasayadi. Natijada oke-andan suv oqib keladi.

Dengizlarda shoʻrlik va temperatura turlicha taqsimlanganligi sababli suvning zichligi ham turlicha, mas, Boltiq dengizida 1,0100, Qizil dengizda 1,0287 (ochiq okeanda zichlik 1,0210—1,02725). Dengiz yuzasida suvning zichligi mavsumlarga qarab sezilarli darajada oʻzgarib turadi.

Dengizlarda zichlikning mavsumiy oʻzgarib turishi natijasida, mavsumiy vertikal sirkulyasiya kuchli boʻladi. Suv yuzasidagi zichlik katta boʻlgan dengizlarda vertikal sirkulyasiya dengiz tubigacha yetib boradi.

Oqimlar Dengizlarda kam. Quruklikdan quyilgan suvlar, atmosferadagi siklonlar, Yerning aylanishidan vujudga kelgan buruvchi kuch taʼsirida oqimlar aylanma harakat qiladi. Ularning yoʻnalishi Shimoliy yarim sharda soat mili yoʻnalishiga qarshi, Jan. yarim sharda esa soat mili yoʻnalishi boʻylab boʻladi.

Dengizlar hayvonot va oʻsimlik dunyosining endemik turlari koʻpligi va organik dunyosining xilma-xil boʻlishi bilan okeanlardan farq. qiladi.

Egey madaniyati

Egey madaniyati, Kritmiken madaniyati — Kiklad, Krit o., Yunonistonning materik qismi va Kichik Osiyo (Gʻarbiy Anadolu)dagi jez davri tamaddunining umumiy nomi (miloddan avvalgi 3—2ming yillik). Uning asosiy markazlari Miken (G.Shliman) va Krit (A.Evans)dagi qazishmalar natijasida ochilgan. Bir qancha lokal arxeologik madaniyatlarga ajratilgan: Kritdagi madaniyat, orolning afsonaviy podshosi Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb atalgan; Yunoniston materik qismining turli qismidagi madaniyatlar — fessaliya, makedon, ellada madaniyatlari; Kichik Osiyodagi — gʻarbiy anadolu madaniyati; Kikladdagi — kiklad madaniyati deb nom olgan. Egey madaniyati 3 davrga boʻlinadi: ilk (ellada madaniyati uchun — miloddan avvalgi 3000— 2100/1900 yillar, minoy madaniyati uchun — miloddan avvalgi taxminan 3000—2200 yillar), oʻrta (tegishli ravishda, miloddan avvalgi taxminan 2100/1900—1580 yil va miloddan avvalgi taxminan 2200—1700 yillar), soʻnggi (tegishli ravishda, miloddan avvalgi taxminan 1580— 1200 yillar va miloddan avvalgi taxminan 1700— 1150 yillar). Gʻarbiy Anadolu va Oʻrta Yunoniston madaniyatlari mahalliy neolit davri madaniyati, Egey dengizi sharkiy qismidagi orollar madaniyati asosida vujudga kelgan va Troya madaniyati taʼsirida taraqkiy etganlar. Egey madaniyati notekis rivojlangan. Uning markazlari turli davrda yuksalish va tanazzul davrini kechirgan.

Ingliz arxeologi A. Evans Egey madaniyati boʻyicha tadqiqot ishlari olib borib, koʻp jildli ilmiy asarlar yaratgan. Egey madaniyati ga oid piktografik yozuvlarni oʻrgangan.

Egey madaniyatiga oid obidalar mahalliy aholining Misr va Odd Osiyo bilan yaqin aloqada boʻlganini koʻrsatadi (Misr va Suriyada Egey sanʼati yodgorliklari, Krit o.da esa Misr va Old Osiyo sanʼati namunalari topilgan). Krit sanʼati oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Egey madaniyatining muhim markazlaridan biri Knos shahridagi Hukmdorlar saroyi (taxminan miloddan avvalgi 2000 yildan soʻng) qoldiqlari saqlangan. Saroy murakkab tarhli (16 ming m2ga yaqin maydonini egallagan), koʻp marta qayta qurilgan, 3 qavatli boʻlib, xonalar ustunli, tor hovlili, yuqori qavatlarga zinapoyalardan chiqilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 1-yarmiga mansub kichik saroy, podsho villasi, karvonsaroy, 2—3 qavatli turar joylar qazib oʻrganilgan. Knos, AgiaTriadada mineral boʻyoq bilan ishlangan freska qoldiqlari topilgan, ularda akrobatika oʻyinlari, suhbatlashayotgan ayollar, hayvon, oʻsimliklar aks ettirilgan. Ayniqsa, Krit vaza rassomligi diqqatga sazovor. Suyak haykalchalar koʻp ishlangan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik va 2-ming yillikning boshlarida Kikladda marmar ayol haykalchalari ishlash, sopol idishlar sanʼati rivojlangan. Tirinf akropoli — mustahkamlangan tepalik (miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalari)da bino qoldiqlari saqlangan; bu bino qadimiy yunon ibodatxonalariga namuna boʻlgani koʻrinadi. Devoriy rasmlarda jang lavhalari aks ettirilgan. Mikenda relyef bilan bezatilgan "Sherdor darvoza", usti tuproq bilan gumbazsimon qilib yopilgan maqbara saqlangan. Maqbaralardan topilgan oltin va kumush bezak buyumlari zargarlik rivojlanganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxirlarida doriy qabilalari hujumi oqibatida Egey madaniyati markazlari vayron qilingan. Egey sanʼati yunon sanʼatiga samarali taʼsir koʻrsatgan.

Epir

Epir — Shim. Gretsiyadagi qadimiy oʻlka. E. yunon qabilalarining eng qadimiy yurti, shu yerdan ular keyinchalik Bolqon ya.o. va Egey dengizi orollariga tarqalganlar degan fikrlar mavjud. qadimiyda E.da qardosh illiriy qabilalar: xaonlar, molosslar, fesprotlar va boshqalar yashagan. Bu qabilalar ehtimol E.ning qadimiy yunon aholisini siqib chiqarishgan. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda xaonlar E.da eng kuchli qabila hisoblangan. Keyinchalik ustunlik molosslarga oʻtgan, ularning shohlaridan biri — Pirr davrida (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 3-asr boshi) E.ning butun hududi yagona davlatga birlashgan (shundan keyin E. aholisi epirotlar deb atalgan). Miloddan avvalgi 168 yil E.ni rimliklar bosib olib, 70 dan ortiq shaharni vayron qilishgan va 150 mingga yaqin epirotlarni qul qilib haydab ketishgan. Avgust davrida (miloddan avvalgi 27—milodiy 14 yil) E. hududi Rimning Axayya provinsiyasi tarkibiga kiritilgan. Imperator Trayan davrida E. Akarnaniya bilan birlashtirilib E. provinsiyasini tashkil qilgan, 3-asr oxirida Illiriyaning bir qismi bilan bitta provinsiyaga birlashtirilgan. Milodiy 4-asrdan — Vizantiya tarkibida (13—14-asrlarda E. hududi Epir davlatiga kirgan), 15-asr oʻrtalaridan — Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻlgan. 1881 yil E.ning bir qismi (Arta r-ni) Gretsiyaga qoʻshib yuborilgan; 1912—13 yillardagi Bolqon urushlaridan soʻng E.ning butun hududi Gretsiya tarkibiga kirgan.

Filipp II

Filipp II (Philippos), (miloddan avvalgitaxminan 382 — 336), Sharqda Faylaqus — Makedoniya podshosi (miloddan avvalgi 359 yildan). Aayeksandrning otasi. 359 yilda Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. Makedoniyaning mavqeini koʻtarish, uning siyosiy, iqtisodiy, ayniqsa, harbiy rolini kuchaytirish maqsadida bir qancha harbiy islohotlarni amalga oshiradi. Muntazam qoʻshin va kuchli harbiy dengiz floti hamda Makedoniya falangasini tashkil qiladi, yagona pul birligini joriy etadi, oltin tangalar zarb kildiradi. 359—336 yillar davomida Peoniya, Fessaliya, Illiriya (bir qismi) kabi qoʻshni davlatlar, soʻngra esa Xalkidika va boshqa Egey dengizi boʻyi mamlakatlarini zabt etadi. Makedoniya tobeligiga Epir, Frakiya va boshqa tushib qoladi. 338 yil F. II Xeroneya yaqinida yunonlarning birlashgan harbiy kuchlarini tormor etadi. Natijada, Yunoniston Makedoniyaning yakka hokimligini tan oladi. Shundan soʻng F. II fors hududlariga yurish qilishni rejalashtiradi. Biroq saroy fitnasi natijasida oʻldiriladi. Ushbu suiqasdda F. II ning xotini, yaʼni Aleksandrning onasi Olimpiadaning ham qoʻli borligi xususida mishmishlar tarqaladi. Aleksandr suiqasd ishtirokchilarini qidirib topadi va ularni jazolaydi. F. II ulimidan keyin 20 yoshli Aleksandr Makedoniya taxtiga utiradi.

Grek tili

Grek tili — Hind-yevropa tillari oilasining grek guruhiga mansub. Jan. Balqon ya. o. va unga chegaradosh Ioniya va Egey dengizi boʻylarida hamda Jan. Albaniya, Misr, Jan. Italiya hududlarida tarqalgan. Bu tilda Gresiyada 9,3 mln., Kiprda 530 mingdan ziyod kishi soʻzlashadi (1990-y.lar oʻrtalari). Gresiya va Kiprning (turk tili bilan bir qatorda) rasmiy tili. G. t. Qad. Maketon tili bilan qarindoshdir. U tarixan 3 davrga boʻlinadi: qad. (yunon tili), oʻrta (5—7-asrlar), yangi (15-asrdan boshlab) G. t. Bu tilda turli shevalar mavjud. Mazkur til boy adabiyotga ega. Qad. grek (yunon) tilida yozilgan tarixiy va madaniy yodgorliklar saqlanib qolgan.

G. t.da 5 unli fonema, yuqori va quyi tishlar oraligʻida talaffuz qilinuvchi undoshlar mavjud. Morfologiyasida murakkab feʼl zamonlari va buning analitik shakllari bor. Gap tuzilishiga koʻra soʻzlar erkin tartibga ega. G. t. lugʻat tarkibida roman, slavyan va turkiy tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Yozuvi yunon alifbosi asosida.

Isso

Isso — Kilikiya (Kichik Osiyo yaraim orol) dagi qad. shahar. Mil. av. 333 yil kuzida makedoniyalik Aleksandr armiyasi (30—40 ming kishi) forslar podshosi Doro III qoʻshini (120—130 ming kishi) ustidan I. yaqinida gʻalaba qozongan. Jang taqdirini makedon falangasining fors qoʻshinining soʻl qanotiga va forslarning markazida turgan yunon yollanma askarlariga bergan shiddatli zarbasi hal qilgan. Makedon piyodalarining harakati ogʻir qurollangan otliq qoʻshin tomonidan faol surʼatda quvvatlab turilgan. Bu zarbadan soʻng Doro jang maydonidan qochgan. I. yaqinidagi gʻalabadan soʻng Aleksandr Egey dengizi va Axomaniylar podsholigining gʻarbiy qismida xukmronlikni oʻz qoʻliga oldi.

Iss jangi: Aleksandr Doro III bilan jangda.Isso Italiyaning Lombardia mintaqasida joylashgan kommunadir. Bergamo provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 5 km2. 665 nafar aholi istiqomat qiladi (2008).

Marmar dengizi

Marmar dengizi - Atlantika okeanining qurukliklar oʻrtasidagi dengizi. Yevropa bilan Kichik Osiyo ya.o. oralirida. Bosfor boʻgʻozi orqali Kora dengiz bilan, Dardanel boʻgʻozi orqali Egey dengizi bilan tutashgan. Maydoni 12 ming km². Uz. 280 km, eni 80 km gacha. Eng chuqur joyi 1273 m. Yer pustila katta siniklar paydo boʻlishi natijasida vujudga kelgan. Sohillari, asosan, togʻli, jan. va shim. da kuchli parchalangan. Shim. qirgʻoklariga yaqin joylarda suv osti rifi kup. Marmar, Shahzoda o.lari va boshqa orollar bor. Dengiz qishda ham muzlamaydi. Suvining yuza qismidagi temperaturasi qishda 8—9°, yezda 29° gacha koʻtariladi. Shoʻrligi shim.da 20%o dan jan.da 25—26%o gacha. Marmar dengizi ning gidrologik rejimi suvning boʻgʻozlar orqali Qora va Egey dengizlari suvi bilan almashinib turishiga bogʻliq. Marmar dengizining oʻsimlik va hayvonlari Oʻrta dengiznikiga oʻxshash. Baliq (skumbriya) ovlanadi. Marmar dengizi orqali Qora dengizdan Oʻrta dengizga boriladigan muhim aloqa yoʻllari oʻtgan. Shim. sohilida Istan-bul shahri joylashgan.

Polikrat

Polikrat (? — miloddan avvalgi taxminan 523 yoki 522) — Samos o. tirani (hokimi; taxminan 540 yildan). Davlat miqyosida tangalar zarb etgan, qurilish ishlari olib borgan, harbiy va savdo floti, shuningdek, armiya tuzgan; Kichik Osiyo va Egey dengizi orollaridagi shaharlar bilan savdo yoʻliga egalik qilish uchun kurashgan.

Serbiya Serbiya Respublikasi

SERBIYA (Cp6nja, Sradije) Serbiya Respublikasi — Serbiya va Chernogoriya tarkibiga kiruvchi respublika. Dunay havzasida joylashgan. Maydoni 88,4 ming km². Aholisi 9,8 mln. kishi (1997). Poytaxti — Belgrad sh. 2 muxtor oʻlka — Voyevodina hamda Kosova va Metoxiyani oʻz ichiga oladi. Maʼmuriy jihatdan S. tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi. Serb (65,4%), alban (16,5%), venger (3,3%) va boshqa xalqlar yashaydi. Rasmiy til — serb tili. Aholi xristian (pravoslav va katolik), islom va boshqa dinlarga eʼtiqod qiladi. S.ning oʻz konstitutsiyasi, parlamenti (skupshchina) va hukumati bor.

Tabiati. S.ning shim.gʻarbiy qismini Oʻrta Dunay tekisligining jan. chekkasi egallaydi. Uning yonida FrushkaGora tog massivi (bal. 539 m gacha) joylashgan. Sava daryosi va Dunayning kengayib oqadigan qismi oʻng sohili boʻylab Serb togʻ tizmalari va massivlari hamda Sharqiy Serb togʻlari oʻtadi. Chekka jan.gʻarbda Kosovo maydoni va Metoxiyaning bepoyon pasttekisligi yastangan. S.ning eng baland nuqtasi (2764 m) Albaniya chegarasidagi Korabi togʻ tizmasida joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 0—G, iyulniki 18—23°. Yillik yogʻin 500–800 mm (togʻlarda 1000 mm gacha). Asosiy daryolari — Dunay, Sava, Tisa, Morava, Drina. Togʻlar oraligʻidagi vodiylar va payettekisliklarda mevali bogʻlar barpo etilgan. S. hududining 1/4 qismiga yaqini oʻrmon, asosan, buk daraxtzorlaridan iborat. Kosovo muxtor oʻlkasida qoʻrgʻoshinrux rudalari, Moravaning oʻng sohilida toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir, Sharqiy Serb togʻlarida mis, Voyevodinada neft va gaz konlari bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: tekisliklarda kemiruvchi, quyon, togʻlarda bugʻu, yovvoyi echki, toʻngʻiz, silovsin va boshqa bor. Turli qushlar, jumladan, yovvoyi va suvda suzuvchi qushlar, toshli qoyalarda kaltakesak, ilonlar uchraydi. Dengizda baliq turi koʻp.

Tarixi. S hududida odam paleolit davridan yashay boshlagan. Jez davrida illiriy, frakiy, keyinroq kelt qabilalari yashagan. Bolqon ya.o. rimliklar qoʻliga oʻtishi (mil. av. 229 y. — mil. 106 y.) mahalliy qabilalarning romanlashuviga olib keldi. 6—7-asrlarda bu yerga slavyanlar kelib oʻrnashdi. 10-asr oʻrtalarida davlat — Serb knyazligi paydo boʻddi. 1217 y. qirollikka aylandi. Stefan Dushan idora qilgan yillar (1331—55)da yirik SerbiyaGretsiya davlati barpo etildi. 1389 y. Kosovo maydonidagi jangda turk qoʻshinlari serblarni magʻlubiyatga uchratgach, S.ni oʻziga qaram qilib oldi, 1459 y. esa Turkiya tarkibiga qoʻshib olindi. 18-asr oxiridagi RossiyaTurkiya urushlari serb xalqining milliy ozodlik harakatiga turtki boʻldi. 1804—13 yillarda birinchi serb qoʻzgʻoloni serb davlatini qayta tiklash yoʻlidagi harakatning boshlanishi boʻldi. 1815 y. ikkinchi serb qoʻzgʻoloni ozodlik kurashini davom ettirish uchun negiz yaratdi. Turkiya sultonining 1830 va 1833 yillardagi farmonlariga koʻra, S. Turkiya panohi ostidagi oʻzini oʻzi idora qiladigan muxtor knyazlik deb eʼlon qilindi. S. 1878 y. Berlin kongressining qaroriga binoan, toʻla mustaqillikka erishdi va oʻz hududini birmuncha kengaytirib oddi (1882 yildan qirollik). 1903 y. Serbiya sotsialdemokratik partiyasi va yagona kasaba uyushma tashkiloti tuzildi. S. 1912—13 yillardagi Bolqon urushida qatnashdi. 1915—18 yillarda Avstriya-Vengriya qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilib turildi. 1918 y. sobiq Avstriya-Vengriya tarkibidagi jan. slavyan yerlarining koʻp qismi S. bilan birga Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929 yildan Yugoslaviya)ga birlashdi. 1941 y. S.ni Germaniya bosib oddi. Nemislar general M.Nedich boshchiligida Serb hukumati deb atalgan hukumat tuzdilar. 1944 y. okt.da S. ozod qilindi. 1945 y. noyabrdan S. Yugoslaviya tarkibidagi olti respublikaning biri boʻldi. 1991 yilda Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, undan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya chiqib ketgach, Serbiya bilan Chernogoriya Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003 y. 4 fevraldan bu davlat Serbiya va Chernogoriya deb atala boshladi.

Xoʻjaligi. S. — Serbiya va Chernogoriya davlatining iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan qismi. Mahalliy foydali qazilma konlari negizida qoʻngʻir kumir va lignit (Kolubar, Kostolatskiy, Kosovo va boshqa havzalarda), neft (Voyevodinada), mis (Bor, Maydanpek va Sharqiy Serb togʻlarida), qoʻrgʻoshin, pyx (Svetozarevo va Sevoynoda), surma korxonalari barpo etilgan. Smederevoda qora metallurgiya k-ti bor. Elektr energiya issiqlik va gidrostyalari hamda Dunay boʻyida qurilgan "Temir darvoza" gidromajmuasida hosil qilinadi. Rangli metallurgiya bilan birga kimyo (asosan, mineral oʻgʻit, kislota, zaharli kimyoviy moddalar) va elektrotexnika (akkumulyator va kabel i.ch.) sanoati rivojlangan. Koʻp tarmokli mashinasozlik (elektron, kon, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik), toʻqimachilik, yogʻochsozlik, koʻnpoyabzal, oziq-ovqat sanoati tarmoklari mavjud. Asosiy sanoat markazlari — Belgrad, Kraguyevats, Nish, Novi Sad va boshqa

Qishloq xoʻjaligi don (bugʻdoy, makkajoʻxori, suli), texnika ekinlari (qand lavlagi, zigʻir, kungaboqar) yetishtirishga va chorvachilikka ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, parranda, togʻli joylarda qoʻy boqiladi. Bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligiga aloqida eʼtibor beriladi. Transport yoʻli va suv transportining keng tarmogʻi barpo etilgan.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Taʼlimning asosiy turi — 8 y.lik maktab. Toʻla oʻrta taʼlimni gimnaziya beradi. Malakali ishchi, texnik va mutaxassislar tayyorlovchi maktablar va maxsus maktablar tashkil etilgan. Belgrad (1863), Nish (1965), Novi Sad (1960), Prishtina (1970) universitetlari bor. Serb fanlar va sanʼat akademiyasi (1886 yilda asos solingan), yadro fizikasi (1947), oʻsimlikshunoslik (1945), qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash (1947), seysmologiya (1906) i.t. institutlari, koʻpgina ilmiy jamiyat va uyushmalar, universitetlar huzurida i.t. institutlari bor. 1102 xalq kutubxonasi, 433 ilmiy va maxsus kutubxona mavjud. Belgradda amaliy sanʼat, xorij sanʼati va zamonaviy sanʼat, etnografiya muzeylari, rasmlar galereyasi ochilgan.

Kundalik gaz.lari: "Borba", "Politika", "Politika ekspress", "Vecherne novine", "Rad", "Madʼyar so" va boshqa 40 dan ortiq radiostya, Belgradda (1958 yildan), Prishtina va Novi Sadda (1972 yildan) telemarkazlar ishlaydi.

Adabiyoti. S. adabiyotining dastlabki namunalari 9-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan. Oʻrta asrlar adabiyoti diniynasihat ruhida boʻlgan. Konstantin Filosofning "Zolim Stefan Lazarevich qissasi" (1431—35) asarida hukmdorlarning oʻzaro kurashi va xorijiy bosqinchilarga qarshi jang manzaralari tasvirlanadi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida serb tilida kitob nashr etila boshladi. Turklar tasarrufidagi davrda serb xalqining maʼnaviy hayoti xalq ogʻzaki ijodiyotidagina ifodalandi. Dunyoviy adabiyotga asos solgan Dositey Obradovich (1742— 1811) serblarning madaniy uygonish jarayonini aks ettiruvchi asarlar yaratdi. 19-asrda Yevropa xalqlari adabiyoti bilan hamohang rivojlangan S. adabiyotida ham klassitsizm (L. Mushitskiy), sentimentalizm (M. Vidakovich, Y. Vuyich), romantizm (J. Yakshich, L. Kostich va boshqalar) kabi oqimlar ruhidagi asarlar dunyoga keldi. Bu davr adabiyoti rivojida Novi Sad adabiy markazi, "Danitsa", "Yavor" va "Matitsa" jur.lari muhim rol oʻynadi. 60y.larda adib va publitsist S. Markovich makrlalari adabiyotda realizmga asos soldi. Dastlabki realistlar — M.Glishich, L. Lazarevich, Ya.Veselinovich ijodiyoti (19-asr oxiri — 20-asr boshlari) koʻproq ijtimoiymaishiy nasr janrlariga mansubligi seziladi. Ya.Ignyatovich, S. Matavul, S. Rankovich romanlarida realizmning badiiy mazmuni doirasi kengaytirilib, murakkab ijtimoiy-tarixiy muammolar oʻrtaga qoʻyiladi. Satira janrida ijod qilgan R. Domanovich, B. Nushich (nasr), V. Ilich (nazm) realizmni rivojlantirdilar.

Birinchi jahon urushidan keyin A. Andrich, M. Srnyanskiy, S. Vinaver kabi ekspressionist shoirlar adabiyot maydoniga kirib keldilar. Ularning baʼzi birlari xalq, kechinmalarini tasvirlash orqali urushni laʼnatlasa, ayrimlari xalq qahramonlarini ulugʻlaydi. B.Nushichning "Tarjimai holim" qissasi, "Vaziraxonim", "Mister dollar" va boshqa hajviy komediyalari ayniqsa shuhrat qozondi. Fashistlar okkupatsiyasi davrida koʻpgina adiblar (Zogovich, Popovich, B. Chopich, M. Palich, Menderovich va boshqalar) ozodlik kurashida katnashish bilan birga adabiy faoliyatni davom ettirdilar.

S. ozodlikka erishgach, Serb yozuvchilari jamiyati tuzildi. 50y.larning boshlarida xalq ozodlik urushi va yangi hayot mavzulari adabiyotda asosiy oʻrin oldi. O. Davicho, M. Dedinats, S. Vukosavlevich, E. Kosh sheʼriyati, I. Andrichning nasriy asarlari eʼtibor qozondi. Yangi janr — radiodrama vujudga keldi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. S. hududi Oʻrta dengiz, Yaqin Sharq, Egey dengizi boʻyi mamlakatlari va Fapbiy Yevoopa madaniyati birbiriga tutashgan joy boʻlgani tufayli unda qad. dunyo va oʻrta asrlar madaniyati oʻz aksini topgan. Neolit davriga mansub pastqam turar joylar, xilmaxil shakldagi sopol idishlar, odam va jonivorlarning guldor va sayqallangan haykalchalari saqlanib qolgan. Jez davri madaniyati Egey boʻyi mamlakatlari madaniyati bilan bogʻliq boʻlsada, unda mahalliy anʼanalar (chiroyli chiziklar bilan bezalgan sopol koʻzalar, qush boshli maʼbudalar) ham aks etgan. Mil. av. 1ming yillikka mansub istehkomli manzilgohlar, frakiylar, illiriylar, keltlarning zargarlik buyumlari, mayda jez haykalchalari uchraydi. Mil. av. 2-asr — mil. 4-asrda rimliklarning harbiy istehkomlari va ular yonida jamoat binolari, saroylar, hammomlar qurilib, Singidunum (hozirgi Belgrad), Naissus (hozirgi Nish) barpo etilgan. 5—6-asrlarda Vizantiya shaharlari (SarichinGrad), ularda ibodatxona va saroylar, turar joy va savdo binolari quriddi. 6—9-asrlarga oid vizantiyaliklar va qad. slavyanlarning oltin taqinchoqlari va kumush anjomlari diqqatga sazovar. 9—10-asrlarda yogoch, tosh kalʼalar, xristianlarning devorlarga diniy rasmlar ishlangan gumbazli ibodatxonalari va shohona binolar qurila boshladi. Oʻrta asrlarda S. shaharlari markazida savdo maydoni, radial koʻchalar, 2—3 qavatli imoratlar boʻlgan. Yogʻoch, tosh, somon uylarning ikki nishabli tomi taxta yoki tosh plitalar bilan yopilgan. Shahar va monastirlar tosh devorlar bilan oʻralgan. 14-asr 2-yarmida ixcham shaklli xochgumbazli ibodatxonalar quriddi (toʻrt ustunli Manasiya monastiri, 1407—18 va ustunsiz Kalenich monastiri, 1405—13), ular folklor ruxidagi garoyib rasmlar bilan bezatilgan, gʻishtli jimjimador qilib terilgan, tarashlangan va sirlangan sopol bilan naqshlangan. Shu davrda yogʻoch oʻymakorligi, zardoʻzi kashtachilik, kulolchilik rivojlangan. 15-asrdan boshlab turklar bu yerda machit, minora, karvonsaroy, tim va hammomlar qurishdi. 2—3 qavatli sinchli uylar barpo etish urf boʻldi.

19-asrda muntazam shaqarsozlik unsurlari paydo boʻldi, mahalliy oʻrta asr meʼmorligi anʼanalari asosida (Belgraddagi knyaz qizi Lyubitsa uyi, 1829—36, meʼmor X.N.Jivkovich), yevropacha eklektika ruhida (Belgraddagi Xalq teatri, 1868—69, meʼmor A. Bugorskiy), 20-asr boshlarida "Modern" uslubida (Belgraddagi "Moskva" mehmonxonasi, 1906, meʼmor Y. Ilkich) va yangi vizantiyacha usulda (Belgraddagi Aleksandr Nevskiy cherkovi, 1918, meʼmor Ye. Nadich) binolar qurildi. 19—20-asrlar rassomlari xalq, xayotini, tabiat goʻzalligini, milliy ozodlik kurashini tasvirlovchi goʻzal asarlar yaratishdi. A. Teodorovich, D. Avramovich, J. Yakshich, U.Predich, N.Petrovich rang-tasvir, K. Danil, M. Pyade portret janrida ijod qildilar. Xalq hunarmandchiligida kashtadoʻzlik, gilam toʻqish, yogʻoch va tosh oʻymakorligi, kulolchilik muhim oʻrin olgan.

Musiqasi. Serblar musiqasi turli slavyan xalqlari, Vizantiya, Kad. Rim va musulmon Sharq musiqa anʼanalari negizida qaror topgan. Serblar hayotida, asosan, qoʻshiq ijodkorligi rivojlangan. Epik qoʻshiklarni xalqbaxshilari qoʻbizsimon gusle cholgʻu asbobi joʻrligida ijro etgan. Ayniqsa, sevgi qoʻshiqlari musiqiy va nazmiy goʻzalligi bilan ajralib turadi, davra oʻyin (kolo) qoʻshiklari ham ommalashgan. S.ning dastlabki kompozitorlari — Y. Shlezinger harbiy orkestrda kapelmeysterlik qilgan. N. Jurkovich esa xonanda, aktyor va xormeyster boʻlib, ilk musiqali spektakllarni yaratishgan. 1838 y. Panchevoda birinchi xor toʻgaragi, 1853 i. Belgrad qoʻshiqchilik jamiyati vujudga keldi. Mazkur jamiyatning va "Korneliye" cherkov qoʻshiqchilik jamiyatining rahbari kompozitor va pianinochi K. Stankovich milliy musiqa madaniyatini shakllantirishga katta hissa qoʻshdi. Teatr musiqasi va vatanparvarlik qoʻshiqlari muallifi D.Yenko, serb yakkaxon qoʻshigʻi va romanei ijodkori Y.Marinkovich, musiqiy folklor toʻplovchisi, xor va cherkov musiqalari muallifi S. Mokranyas uning ishini davom ettirdilar. 1902 y. B.Yoksimovich birinchi milliy opera — "Milosh Obilichning uylanishi"ni yezdi. Shundan keyin S. Binichka, I. Baich, P. Krstich, V.Vuchkovich, M. Ristich serb musiqa madaniyatini rivojlantirdilar. Keyingi yillarda kompozitorlar P.Bergamo, P. Ozgiyan, E.Iosif, D.Radich, V. Mokranyas, dirijyor J. Zdravkovich, pianinochi 3. Marasovich, skripkachi L. Maryanovich, xonandalar N. va boshqa Sveichlar, V. Xeybal mashhur boʻddilar. S.da bir necha simfonik va kamer orkestr, 3 ta opera teatri, xor jamoalari, Musika akademiyasi va boshqa musiqa oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatadi.

Teatri haqidagi dastlabki maʼlumot 13-asrga taalluqlidir. Usha paytdagi bayram kunlari koʻchalarda tomoshalar koʻrsatilgan. 18-asr Voyevodinada E. Kozachinskiy pyesalari sahnalashtirildi. Maktablarda spektakllar koʻrsatildi. Aktyor, dramaturg va tarjimon Y.Vuyich S. va Voyevodina hududlarida bir necha truppalar tashkil etdi (1810) va dunyoviy teatrga asos soldi. 1825 y. NoviSadda S. Stefanovichning "Podsho Urosh V ning oʻlimi" pyesasini xdvaskorlar truppasi sahnaga qoʻydi. 19-asrning 40y.laridan muntazam ishlaydigan teatrlar paydo boʻldi. 1861 y. shu shaharda Serb milliy teatri, 1868 y. Belgradda Milliy teatr ("Narodno pozorishte") barpo etildi. Ularda V. Shekspir, F. Shiller kabi mumtoz yozuvchilarning asarlari bilan bir qatorda J. Yakshich, L.Kostich, B. Nushich kabi mahalliy mualliflarning pyesalari qoʻyildi. 1950 y. Belgradda Akademik teatr tashkil etildi. 20-asr oxirlaridagi tanikli teatr va kino arboblari: rej.lar X.Klayn, B.Borozan, B.Stupitsa, B.Xanauska, aktyorlar S.Severova, D.Milutinovich, M. Stupitsa, L.Bobich, L.Ravasi, V. Jivotich va boshqa

Kinosi. 1905 y. fotograf M.Manaki birinchi qisqa metrajli "Kirchi ayol" filmini suratga olgan. Dastlabki hujjatli va xronika filmlari Bolqon urushlari va Birinchi jahon urushi voqealarini tasvirladi. 1910 y. "Karageorgiy" deb atalgan birinchi badiiy film yaratildi (rej. I. Stanoyevichchicha). "Gunohsiz gunohkor" (1928, rej. K. Novakovich) ovozeiz kino davridagi eng mashhur film boʻldi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillarda milliy ozodlik janglari va tinch hayot manzaralarini ifodalovchi hujjatli filmlar dunyoga keldi. 1945—48 yillarda "Zvezdafilm" va "Avalafilm" kinostudiyalari tashkil etildi. Fashizmga karshi kurash koʻp yilgacha S. kinematografiyasining yetakchi mavzularidan biri boʻddi. "Bu xalqyashayveradi" (1947, rej. N.Popovich), "Katta va kichik" (1956, rej. V.Pogachich), "Toʻqqizinchi doira" (1960, rej. F.Shtiglits), "Neretvadagi jang" (1969, rej. V. Bulayich) va boshqa shu jumlaga kiradi. Mumtoz va zamonaviy adabiyot asarlarini ekranlashtirishga ham ahamiyat berildi, zamonaviy mavzuda asarlar yaratildi. 70—80y.larda yangi avlod kinematografiyachilari (R.Grlich, S. Karanovich, G. Markovich va boshqalar) kino sanʼatini yangi mavzular va ifoda usullari bilan boyitdilar.

Suv osti arxeologiyasi

Suv osti arxeologiyasi - qadim va oʻrta asrda kema choʻkishi yoki tektonik hodisalar natijasida suv ostida qolib ketgan moddiy madaniyat yodgorliklarini oʻrganuvchi arxeologiya sohasi. Suv osti arxeologiyasia. boʻyicha dastlabki qidiruv ishlari 1904 y. Egey dengizi (Gretsiya)da professional gʻavvoslar ishtirokida amalga oshirilgan. Akvalang kashf qilingandan keyin arxeologlarning oʻzlari ham bevosita suv ostida qolib ketgan shaharlarni oʻrgana boshlaganlar. Suv osti arxeologiyasia. Oʻrta Osiyoda qirgʻiz arxeologlari tomonidan qoʻllanilib, ular Issiqkoʻl tubida qolib ketgan oʻrta asr shaharlarini oʻrganganlar.

Turkiya

Turkiya (turkcha. Türkiye), Turkiya Respublikasi (turkcha. Türkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning gʻarbiy qismi va Yevropaning janubiy Turkiyaning poytaxti - Anqara shahri. Davlat tili - Turk tili. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni (2013) — 76,667,864. Pul birligi — lira. Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat.

Yunon-fors urushlari

Yunon-fors urushlari (mil. av. 500—449 yillar, tanaffuslar bilan) — yunon shahardavlatlarining Axomaniylar davlati bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan urushi. Forslar Kichik Osiyoning markaziy tumanlarini bosib olgach, Oʻrta dengizning sharqiy sohillarini va unga yaqin orollarni boʻysundirishga harakat qila boshlaganlar (mil. av. 6-asr). Forslar mil. av. 492 yil Bolqondagi yunonlarga qarshi sarkarda Mardoniy boshchiligida 1yurish uyushtirganlar, lekin Afon burniga yaqin joyda koʻtarilgan kuchli dengiz boʻronidan halokatga uchrab, Frakiyani bosib olish bilan chegaralanib, orqaga qaytganlar. Forslarning 2yurishi Datis va Artafern boshchiligida mil. av. 490 yil boshlangan. Hal qiluvchi jang Attikadagi Marafon yaqinida boʻlib, afinaliklar Miltiad boshchiligida forslar ustidan gʻalaba qozonganlar (qarang Marafon jangi). Bu xushxabarni Marafondan Afinaga (orasi 42 km 195 m) yetkazgan jarchiga bagʻishlab 1896 yildan beri marafon yugurishlari oʻtkazilib kelinadi. Forslarning 3yurishi podshoh Kserks boshchiligida mil. av. 480 yilda boʻlgan. Mil. av. 480 yil iyunda fors qoʻshinlari Sparta podshosi Leonid boshchiligidagi yunonlar himoya qilib turgan Fermopil togʻ yoʻli orqali bostirib kirganlar. Forslar Attikani va Afinani egallagan. Biroq Salamin o. yonida mil. av. 480 yil 28 sentyabrda fors floti, mil. av. 479 yil Plateya shahrida Mardoniy boshliq quruqlikdagi armiya magʻlubiyatga uchragan. Shundan soʻng yunonlar Egey dengizi va Kichik Osiyoda forslarga qarshi urush olib borgan. Kiprdagi Salamin shahri yaqinida mil. av. 449 yilda yunonlar dengizda yirik gʻalabaga erishgan (qarang Salamin jangi). Kalliy bitimiga asosan, forslar Egey dengiziga hukmronlik qilishdan voz kechib, Gellespont, Bosfor hamda Kichik Osiyodagi shahardavlatlarning mustaqilligini tan olganlar.

Çanakkale (viloyat)

Chanoqqal'a, (Türk tili: Çanakkale) Türkiyaning bir viloyati.

Chanoqqal'a Turkiyaning shimoli g'arbida marmar va egey dengizi bo'yida joylashgan viloyat u yerda 1923nchi yilda yevropa davlatlari bilan shiddatli janglar o'tgan va ikki yuz mingdan ortiq turkiylar ham u janglarda turkiya uchun jon bergan ularning ichida fidokorliklari hech qachon unutilmayadigan Markaziy Osiyoliklar ham bo'lgan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.