Davlat

Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo.

Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. D. jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.

D. masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. D. hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. D. toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxminan 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. D.ning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. D. boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.

Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga, keyinchalik D. toʻgʻrisidagi dunyoviy qarashlar, gʻoyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy D.larda ana shu mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan darajada oʻz aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va hokazo) asosida D.ga birlashadilar, deb hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. "Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yoʻlida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi" (Grotsiy), "D. huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden "D. ichki va tashqi siyosatda mustaqildir", deyish bilan suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshligʻi yoki bir necha kishilar boʻli-shi mumkinligini eʼtirof etgan. U D. zimmasiga "qoʻl ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi", deb yozgan. D. haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil boʻlmasin, D.ning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni oʻz yoʻli bilan kechdi.

D.ning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki D.lar sugʻoriladigan dehqonchilik hududlari — Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sugʻorish shoxobchalarini bunyod etish bilan mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. D.ning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, firʼavn, xon va q.k.), quyiroqda — uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amal-dorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. D. oliy hukmdor sanalib, jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi. Jamiyatning barqaror tabiati D.ning tub oʻzgarishlarsiz yashashini taʼminlab keldi. Chunonchi, qad. Misr D.i mil. av. 4—3-ming yilliklarda paydo boʻlib, 30 a.dan koʻproq yashadi. Gʻarb davlatlari Sharq D.laridan ancha keyin paydo boʻlgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi oʻzgarishlar D.larning yangi-yangi tiplarini vujudga keltirib chiqargan.

Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni arxeologiya fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va qad. dunyo (Yunonrim) davriga taallukli manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning nomlary, aholining tur-mushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish mum-kin. Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga oʻtish jarayoni mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida boshlandi. Mil. av. 7—6-asrlarda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik D.lar — "Katta Xorazm" va qad. Baqtriya podsholigi mavjud edi. Soʻgʻdiyona va Fargʻona vi-loyatlari qad. tarixning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Asrlar davomida oʻzbek xalqi ajdodlari chet el bosqinchilari (axomaniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarib turdi. Keyingi asrlar davlatchilik tarixini oʻrganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narsha-xiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va b. mualliflar asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻrta asrlarda oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalarining yirik D.lari vujudga keldi. 12-asrning oʻrtalarida xorazmshoxlar mamlakatni markazlashtirishga hara-kat qildilar, ammo bu jarayonga moʻeul istilosi toʻsiq boʻldi. Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur hukmronligi davri bilan uzviy bogʻliqdir. Bu davrda hamma soha — iqtisodiy hayot, meʼmorlik, hunarmandchilik, ilm-fan, sanʼat yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy anʼana Ulugʻbek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda oʻzaro nizolar va ku-rashlarga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni kuzatish mumkin. 18-asr oʻrtalariga kelib Oʻrta Osiyo hududida uchta D. (Buxoro xonligi, Xiva xonligi va Koʻqon xonligi) paydo boʻldi. Afsuski, ular oʻrtasida birlik boʻlmadi, siyosiy qara-maqarshiliklar, oʻzaro kurashlar avj oldi. Bunday vaziyatda Oʻrta Osiyo xonliklari podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilinib, Turkiston oʻlkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan boshlab oʻlkada istiqdolga erishish va milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari boshlandi, ayniqsa, 20-asrning 1-choragida bu kurash oʻzining yuqori nuqtasiga chiqsi. Oʻzbekiston D. mustaqilligi eʼlon qilinguncha, oʻzbek xalqi oʻz hayotida mana shunday murak-kab tarixni boshidan kechirdi (qarang Oʻzbekiston Respublikasi).

Turli xalqlar oʻz davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy vazi-yatlarga bogʻliq holda turli tarixiy davrlarda bosib oʻtdilar. Yer yuzida oʻz davlatchiligini hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan boʻlib, ularning ijtimoiy-iqti-sodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urugʻ va qabilaning maʼnaviy oʻlchamlari, urugʻ boshliqlarining obroʻ-eʼtibori bilan boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti \amdir. Biroq yaqin-yaqingacha xukm surib kelgan markscha-lenincha taʼlimotga koʻra, D. sinfiy harakterga ega, hukmron sinflarning qoʻlidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, pirovardida D. oʻz qiyofasidan maxrum boʻladi va dastavval "yarim davlat"ga aylanib, keyinroq (zarurat boʻlmaganligi bois) umuman barham topadi. Leninning "Davlat va revolyusiya" asarida bayon etilgan bu xildagi "nazariy qoida"larning tagi puch ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi. Tarixiy taraqqiyot shuni koʻrsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, D.siz yashay olmagan, aksincha tom maʼnodagi D.ning rivojlanishi jamiyatning kjsalishiga olib kelgan. Zotan D. jamiyatda bar-cha sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa nodavlat tashkilotlardan oʻzining asosiy belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi hamma uchun majburiyligi bilan farqlanadi.

D.ning asosiy belgilari. D.ning belgilari toʻgʻrisidagi masalani huquqshunoslar turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda aholining hududiy boʻlinishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat, soliqlar ti-zimi alohida ajratib koʻrsatilgan. Hoz. vaqtda D.ning umumiy eʼtirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini koʻrsatish mumkin: D. oʻz chegaralari doirasida fuqarolik belgisi boʻyicha birlashgan butun jamiyat, aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; D. — suveren hokimiyatning yagona egasidir; D. — yuridik kuchga ega boʻlgan va huquq normalarini aks et-tirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul kidali; D. — oʻz funksiyalarini bajarish uchun zarur D. organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari — sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, oʻz mudofaasi, su-vereniteti, hududiy yaxlitligini va xavfsizligini taʼminlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega boʻladi (qarang Davlat xavfsizlik organlari).

D. tiplari va shakllari. Davlatshunos olimlar D.ni oʻrganishga tarixiy jihatdan yondashib, qad., oʻrta asr hamda xoz. D.larni ajratib koʻrsatadilar. Tarixiy va madaniy rivojlanish qoʻshib hisobga olinadigan boʻlsa, deqqonchilik bilan shugʻullanuvchi va sanoat bilan shugʻullanuvchi (yoki industrial taraqqiyotgacha, industrial va postindustrial) D.larga boʻlinishi mumkin. Sivilizatsiya harakteriga koʻra, D.lar sharqiy, gʻarbiy va aralash (oraliq) D.larga, iqtisodiy taraqqiyot darajasi boʻyicha esa, yuksak rivojlangan, oʻrtacha rivojlangan hamda "kambagʻal" D.larga ajratiladi. Hoz. zamonda fanda keng foydalanilayotgan D. tasnifi quyidagicha: totalitar, avtoritar, liberal va demokratik D.lar. Liberal D.da fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat hayotining barcha sohalarida rasman amal qiladi, D. ishlarida fukarolarning rasman ishtiroklariga yoʻl qoʻyiladi. Man etilmagan hamma narsaga ruxsat etiladi, biroq mavjud D. va ijtimoiy tuzumni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Totalitar D.da hamma narsa bir gʻoyaga — "D. — bu hamma narsa, inson esa — hech nima" degan gʻoyaga boʻysundirilgan. Butun qokimiyat hukmron elita qoʻlida boʻlib, boshqalar D.ni boshqarishdan chetlatilgan. Avtoritar D.da ham hokimiyat tor guruq kishilar qoʻlida boʻlib, shaxsiy manfaatlar D. manfaatlari yoʻlida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat etilganidan tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi. Demokratik D. fuqarolarning D. va jamoat ishlarini boshqarishdagi xuquklarini amalda taʼminlaydi, shunday ishtirokka amalda yordam beradi. Shaxsning huquq va erkinliklari doirasi juda keng boʻlib, ularni amalga oshirish taʼminlangan boʻladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlanmagan hamma narsaga yoʻl qoʻyiladi (qarang Demokratiya).

D. qurilishida D. shakli katta rol oʻynaydi. Yangi D.lar tashkil topayotganda uning shakli toʻgʻri tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. D. shakli boshqaruv shakli, D. tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli (tartib, rejim) tushunchalarini oʻz ichiga oladi. D. boshqaruv shakli — D. hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv shaklining eng qad. va xrz. kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublikanku. Monarxiya koʻproq Qad. Sharq, shu jumladan, Turon zaminida tashkil topgan D.lar shakli edi. Monarxiyaningoʻzi ham mutlaq monarxiya vacheklangan monarxiya koʻrinishlariga ega. Mutlaq monarxiya D.larida D. boshligʻining hukuqi cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga oʻtadi, D. boshligʻining ustidan nazorat yoʻq va u hech kimga hisobot bermaydi. Oʻzbekistonda D. va huquq nazariyasi hamda tarixining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O. Eshonov, M.H.Hakimov, A.A.Aʼzamxoʻ-jayev, Sh.Z.Oʻrazayevnish olib borgan ilmiy tadqiqotlari bilan bogʻliq. Jamiyat taraqqiyo-tidagi yangi realliklar D. toʻgʻrisidagi fanga tamomila yangicha yondashuvlarni taqozo etdi. D.shunoslik, yangi tashkil topgan D.lardagi siyosiy tizimlar tarixi va ularning rivojlanishi, demokratik institutlar tuzilishi, ularning huquqiy D. hayotidagi oʻrni xolisona tadqiq qilina boshladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi D. mustaqilligining huquqiy asoslari va demokratik jamiyat barpo etish muammolari (A.A.Azizxoʻjayev), Oʻzbekistonda D. boshqaruvi va D. hokimiyatini tashkil etish masalalari (A. Toʻlaganov), D. suvereniteti (M.Fayziyev), davlat hamda qonun chiqaruvchi organlarning tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi, vakolatlari muammosi, ularning ijtimoiy va D. xayotidagi roli (3. M. Islomov, S. D. Niyatullayev, U. Tojixonov, O.T. Husanov), huquqiy munosabatlar (X.T. Odilkrriyev), inson huquqlari, xalqaro huquq (A.Saidov), huquqiy parlamentarizmning rivojlanishi (E.H.Hali-lov), oʻzbek davlatchiligi tarixi (A.Ziyo) boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Adabiyot

  • Karimov I. A., Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq, T., 1998; Karimov I. A., Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari, T., 1998; Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Temur tuzuklari, T., 1996; Nik-kolo Makiavelli, Gosudar, M., 1990; Gobbs, Sochineniye v 2-x tomax, M., 1992; Aʼzamxoʻjayev A. A., Oʻzbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari, T., 1993; Boboyev H., Amir Temur va uning qarashlari, T., 1992; Davlat va ququq nazariyasi (masʼul muharrirlar: H.B. Boboyev, H.T.Odilqoriyev), T., 2000; I slomov 3., Davlat va huquq: umumnazariy masalalar, 2000; Saidov A., Tojixonov U., Davlat va Huquq nazariyasi [2 jildli], 1-jild, Davlat nazariyasi, T., 2001; Istoriya politicheskix i pravovix ucheniy, M., 1996; Avesto va uning insoniyat taraqqiyotidagi oʻrni, T., 2001; Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov Oʻ., Norqulov N., Oʻzbekiston tarixi; davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000; Ziyo A., Oʻzbek davlatchiligi tarixi (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar), T., 2000; Oʻzbekistan davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.

Halimboy Boboyev, Olim Husanboyev.[1]

Davlatning kelib chiqishi

Davlat birdaniga yuzaga kelmaydi, balki asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi davomida paydo boʻladi. Insoniyat davlat paydo boʻlguniga qadar oʻz taraqqiyotida uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Davlat ham, huquq ham boʻlmagan ibtidoiy jamiyat bir-biridan asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan yovvoyillik, varvarlik va tamaddun kabi uch bosqichni oʻtgan. Davlat hali urugʻchilik tizimi ishidayoq shakllangan boshqaruv organlarini qisman oʻzgartirib qisman yangi organlarni joriy etgan holda siqib chiqarib yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy davlat hokimiyati bilan almashtiradi. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti mehnat unumdorligi oshib, ortiqcha mahsulot hosil boʻlgan, bu esa xususiy mulkshillikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Shu tariqa, asosiy mashgʻuloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat boʻlgan maxsus guruhlar vujudga kelgan. Ibtidoiy jamiyatda oqsoqollar, urugʻ va qabila boshliqlari hamda diniy hokimiyat sohiblariga tegishli boʻlgan ijtimoiy hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga aylangan. Agar davlat paydo boʻlgunicha mavjud boʻlgan jamiyatda ijtimoiy hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi oliy ruhoniylarning shaxsiy obroʻsi boʻlsa, davlat hokimiyatining mohiyatini majburlash tashkil eta boshlagan. Insonning jamiyatdagi mavqei oʻzgargan. Oldin uning mavqei alohida shaxsning oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilansa, endilikda uning mavqei mulkiy holatiga va davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab belgilangan. Davlatning paydo boʻlishi turli xalqlarda turlicha yuz berdi. U oʻzining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yoʻlni bosib oʻtgan. Eng avvalo majburlashga asoslangan davlat dastlabki bosqichlarida yetarlicha rivojlanmagan siyosiy hosila boʻlgan.

Davlatning kelib chiqishi toʻgʻrisida quyidagicha nazariyalar mavjud:

  1. Teologik nazariya — davlatni xudo yaratgan degan gʻoyani ilgari suradi, teokratik davlat tarafdorlari fikrini aks ettiradi.
  2. Patriarxal nazariya — davlat kattalashib ketgan oiladan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Nazariya dastlab Yunonistonda paydo boʻlgan va Aristotel asarlarida asoslab berilgan. XVII asrga kelib ingliz olimi Filmerning „Patriarx“ asarida rivojlantirilgan.
  3. Shartnoma nazariyasi — XYII- XYIII asrlarda tarqalgan boʻlib, unga koʻra davlat-oʻzaro kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti boʻlib, ana shu shartnoma asosida ular oʻzlarining erkinliklari va hokimiyatning bir qismini davlatga beradilar. Nazariyani Grotsiy, Spinoza, Lokk, Gobbs, Russo, Radishshev rivojlantirgan.
  4. Zoʻrlik nazariyasi— davlatning kelib chiqishi zoʻrlikka asoslanadi, bir xalqning boshqa xalqni bosib olishi bilan davlat tashkil topgan deb tushuntiriladi. Uning asoschilari — Gumplovish, Kautskiy.
  5. Irrigatsiya nazariyasi — Qadimgi Sharqda yirik irrigatsiya inshootlari qurilishi jarayonida davlat paydo boʻlgan deb tushuntiradi. Nemis olimi Vittfogelning „Sharq istibdodi“ asarida bayon etilgan.
  6. Sinfiylik nazariyasi — davlat jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralichi tufayli kelib chiqqan deb tushuntiradi. Asoschilari — Karl Marks, F.Engels, V.I.Lenin[2].
  7. Tarixiy-materialistik nazariya - Ushbu ta'limotning dastlabki asoschilari L.Morgan, K.Marks, F.Engels va boshqalar. Davlat ibtidoiy jamiyatning tabiiy rivojlaninshi, evalutsiyasi oqibatida kelib chiqishini asoslashga intilish mavjud. Darhaqiqat, davlatchilikning dastlabki kurtaklari, hokimiyatning siyosatlashuvi asoslari, avvalo, ibtidoiy tuzum qa'rida, uning obyektiv rivojlanishi sharoitida paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi nafaqat davlat paydo bo‘lishining moddiy asosini, balki uning sotsial asoslarini ham ta'minlaydi

Davlat va uning belgilari, shakllari

Davlatning mohiyatini tushunishda uch asosiy nazariy yondashuv mavjud:

  1. Ijtimoiy yondashuv;
  2. Sinfiy yondashuv;
  3. Siyosiy-huquqiy yondashuv.

Demak, davlat-umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning oʻzaro munosabatini tartibga soladi — ijtimoiy yondashuv. Davlat sinflarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli boʻlib xizmat qiladi — sinfiy yondashuv. Davlat jamiyatning va davlatning oʻzining hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir — siyosiy-huquqiy yondashuv. Davlat butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega boʻlgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega boʻlgan yagona siyosiy tashkilotdir.

Davlat-jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini va oʻzaro munosabatini tashkil etuvchi, yoʻnaltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir. Davlat-hokimiyatning bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali oʻz siyosatini amalga oshiradi[3].

Davlatning asosiy belgilari:

  1. Davlat hokimiyatining, yaʼni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining mavjudligi.
  2. Aholining hududlar boʻyicha uyushganligi. Maʼmuriy-hududiy birliklarda yashash.
  3. Suverenitet-ishki va tashqi siyosatda toʻla mustaqil boʻlish.
  4. Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy tuzumning mohiyatidan kelib chiqadigan va davlat tomonidan mustahkamlangan, ijro etilishi umumiy majburiy boʻlgan normalar, hulq-atvor qoidalari.
  5. Soliqlarning mavjudligi. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam taʼminlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni toʻplash.
  6. Umuminsoniy funksiyalarni bajarish. Hududni qoʻriqlash, jinoyatshilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish.

Davlatning asosiy funksiyalari:

  1. Ichki funksiyalar-davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo`nalishlari:

a) regulyativ (tartibga solish, boshqarish); b) qoʻriqlash (saqlash, muhofaza qilish).

  1. Tashqi funksiyalar — davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yoʻnalshilari;

a) Xalqaro hamkorlik-tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat; b) Mudofaa va xavfsizlik[4].

Davlatning shakllari:

I. Boshqaruv shakli: monarxiya va respublika. Monarxiya mutlaq va cheklangan shakllarda boʻladi (absolyut va konstitutsion).

Respublika prezidentlik va parlamentar respublika koʻrinishida boʻladi. Masalan, Saudiya Arabistoni (mutlaq monarxiya) Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya (cheklangan monarxiya, konstitutsion). AQSH, Oʻzbekiston Respublikasi (Prezidentlik) Avstriya, Italiya,Olmoniya (Parlamentar).

II. Davlat tuzumi shakli: — unitar; oddiy, yaxlit davlat. — federativ, murakkab, ittifoqdosh davlat. — konfederativ- maʼlum bir maqsad yoʻlida birlashgan davlatlar ittifoqi. Masalan, AQSH, GFR, RF, Braziliya, Hindiston davlatlari — federativdir. Shveysariya (1848-yilgacha), Evropa Ittifoqi — konfederativ. Oʻzbekiston — unitar davlat.

III. Siyosiy rejimga ko`ra davlat shakllari. — Demokratik (vakillik demokratiyasi, bevosita demokratiya). — Antidemokratik (fashistik, totalitar).

Davlat mexanizmi

Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat idoralari va muassasalari tizimi. Davlat idorasi (organi) — davlat mexanizmining qonunga muvofiq ravishda oʻz tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish boʻyisha aniq belgilangan vakolatiga ega boʻlgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari bilan uzviy aloqadorlikda boʻlgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismidir.

Davlat idoralari 3 turga bo`linadi

  1. Vakillik idoralari:

a) Qonun chiqaruvchi; b) Mahalliy hokimiyat va oʻzini oʻzi boshqarish idoralari.

  1. Ijroiya idoralari:

a) Markaziy idoralar; b) Davlat boshligʻi (monarx, prezident); v) Hukumat; g) Vazirlik va davlat qoʻmitalari; d) Mahalliy idoralar.

  1. Sud, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va konstitutsiyaviy nazorat idoralari:

a) sudlar; b) prokuratura; v) ichki ishlar vazirligi va uning organlari; g) adliya vazirligi; d) milliy xavfsizlik xizmati

Huquqiy davlat va uning belgilari

Huquqiy davlat — huquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi taʼminlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining boʻlinish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Huquqiy davlat gʻoyalarining ildizi juda chuqur. Uning boshida xalq hokimiyati tashkil etilishining nazariy asoslarini koʻrgan Salon, Aristotel, Sitseron turgan edi. XVII asrning mutafakkiri D. Lokk huquqning hukmronligi qonun hukmronlik qiladigan davlat koʻrinishida tasavvur qildi. Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy asosini I.Kant ifodalab berdi. „Davlat- bu huquqiy qonunlarga boʻysundirilgan juda koʻp odamlarning birlashuvidir“ (I.Kant.Asarlar, 4-tom,233-bet). Huquqiy davlat gʻoyasining mohiyati-ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning ustun boʻlishidadir. Huquqiy davlat belgilari:

  1. Huquqning hukmronligi;
  2. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi;
  3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish, taʼminlash;
  4. Davlat va fuqaroning oʻzaro mas`uliyati;
  5. Hokimiyat vakolatlarining boʻlinishi;
  6. Sudning mustaqilligi;
  7. Huquqni muhofaza qilish organlarining samarali ishlashi;
  8. Huquqiy madaniyatning yuqori ekanligi;
  9. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Пиголкин А. С., Головистикова А. Н., Дмитриев Ю. А., Саидов А. Х. Теория государства и права: учебник под редакцией А. С. Пиголкина. — Москва: Юрайт-Издат, 2005. — С. 61-63. — ISBN 5-94879-145-9.
  3. Общая теория права и государства: Учебник. Под ред. Лазарева В. В.. — М.,1994. — С.23
  4. Ожегов С. И., Шведова Н. Ю. Толковый словарь русского языка: 80 000 слов и фразеологических выражений / Российская академия наук. Институт русского языка им. В. В. Виноградова — 4-е изд., дополненное. — М.: Азбуковник, 1999. — 944 с. — ISBN 5-89285-003-X.
1991

1991

31 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasida Oʻzbekistonning davlat mustakilligi eʼlon qilinib, Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Oliy Kengashning Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qaror bilan Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston Respublikasi deb ataldi.

1 sentyabr — Mustakillik kuni deb belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.

1 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami.

1 sentyabr — Toshkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

1 sentyabr — "Sovet Oʻzbekistoni" gazetasi "Oʻzbekiston ovozi" nomi bilan chop etila boshladi.

1 sentyabr — "Oila va jamiyat" gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.

6 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.

7 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.

14 sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda 23-sʼyezdi boʻlib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi.

26 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tuzildi.

26 sentyabr — Toshkentda Jahon oʻzbeklari (turkistonliklar)ning xalqaro anjumani oʻtkazildi.

28 sentyabr — Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan ataladigan katta bogʻning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

30 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi qonunga konstitutsiyaviylik maqomini berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisida Deklaratsiya ratifikatsiya etildi.

Sentyabr — Toshkent shahrida "Oʻzbek savdo uyi" tashkil topdi.

24 oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi.

Oktyabr — Portugaliyaning Portu shahrida oʻtkazilgan pianinochilarning xalqaro tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta mustaqil davlat sifatida ishtirok etdi. Oʻzbekistonlik yosh musiqachi Ulugʻbek Polvonov ushbu koʻrik sovrindori boʻldi.

1 noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 1-taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi (15 noyabrda roʻyxatga olingan).

18 noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi.

29 noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston xalq artisti Sulaymon Yudakov memorial muzeyi ochildi.

25 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo boʻldi.

29 dekabr — Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida umumxalq referendumi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston xalqi respublika Oliy Kengashi eʼlon qilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini maʼqulladi. Birinchi marta yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan toʻgʻridantoʻgʻri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I.A.Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

1991 — Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etildi.

1991 — Toshkent yuridik instituti tashkil etildi.

1991 — Sudochye davlat ornitologiya buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etildi.

1991 — Imom Buxoriyning 4 jildli hadislari toʻplami — "Sahihi Buxoriy" ("Ishonchli toʻplam") oʻzbek tiliga tarjima qilinib, hozirgi "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 1-jildi ilk bor nashr etildi (2-jildi - 1996, 3-jildi - 1994, 4-jildi — 1992 yilda chiqdi; 2-nashri 1997 yilda chop etildi).

1991 — "Soʻgʻdiyona" oʻzbek xalq cholgʻulari kamer orkestri tashkil etildi. 1991 - Qurʼoni karim ilk bor oʻzbek tilida (Alouddin Mansur tarjimasi) nashr etildi (Abdulaziz Mansur tarjimasi — 2001 yil, ilmiy-tarixiy izohlari bilan Mutallib Usmon va boshqalar tarjimasi — 2004 yil). 1991 - Saygʻoqlarni va ular koʻpayadigan hududlarni muhofaza qilish maqsadida "Saygʻoqli" davlat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etildi. 1991 - "Yosh gvardiya" teatri Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatri nomi bilan ataldi.

1991 — Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Qoratov togʻida Sarmich davlat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etildi.

1992

1992

1999

1999 yil — XX asrning 99-yili.

2000

2000

2002

2002

2002 yil — "Qariyalarni qadrlash yili" 16 yanvar. Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universitetini tashkil etish toʻgʻrisida farmon chiqdi.24 yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Qariyalarni qadrlash yili" davlat dasturi toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.27 yanvar — Oʻzbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tuzish masalasida referendum oʻtkazildi. Referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 93,65% ikki palatali parlament tuzishni yoqlab ovoz berdi.28 yanvar — "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi tashkil etilganining 10 yilligi nishonlandi.13 mart — Adabiyot jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.19 mart — Toshkentning "Turkiston" saroyida "Tashabbus—2002" koʻrik tanlovining yakunlovchi bosqichi boʻlib oʻtdi.22 mart — Toshkent davlat konservatoriyasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.Mart — AQShda oʻtkazilgan "Atlanta qubogi" xalkaro turniri bahslarida oʻzbekistonlik karatechilar 14 ta medal (6 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza)ni qoʻlga kiritdilar.Mart — YUNESKO Bosh direktorining qaroriga koʻra "Shaharlar — tinchlik uchun" tanlovida jahonning oʻnta shahri gʻolib deb topildi. Ular orasida Buxoro shahri ham bor. Mart. Namangan shahrida "Nestle" Oʻzbekiston—Shveysariya qoʻshma korxonasi ish boshladi.2 aprel — Termiz shahrining 2500 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.4 aprel — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 8-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida" Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi.10 aprel — Shahrisabzda "Oqsaroy toʻqimachi LTD" Turkiya va Yaponiya bilan hamkorlikdagi qoʻshma korxonaning ochilish marosimi boʻldi.16 aprel — "Semurgʻ" xayriya jamgʻarmasi tuzildi.16 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent davlat konservatoriyasini Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirish toʻgʻrisida"gi farmoni eʼlon qilindi.24 aprel — Fargʻonada "Umid nihollari" Respublika maktab oʻquvchilarining sport musobaqalari tantanali ravishda ochildi.7 may — Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi eʼlon qilindi.24 may — "Boysun bahori" 1-xalqaro ochiq folklor festivalining ochilish marosimi boʻldi. 25 may. Buxoro shahrida "Universiada — 2002" sport oʻyinlari boshlandi.4 iyun — "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va Italiyaning "Al-Italia" aviakompaniyasi oʻrtasida "Kodsher" bitimi imzolandi. Unga muvofiq Toshkent—Rim—Toshkent yoʻnalishi boʻylab parvozlar amalga oshiriladi.5 iyun — Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuida "Islom va dunyoviy-maʼrifiy davlat" mavzuida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman ochildi.24 iyun — Toshkentda maktab, akademik litsey va kollejlar bitiruvchilarining "Istiqlol umidlari — 2002" festivali boʻlib oʻtdi.24 iyun — Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasining Rus pravoslav cherkovi "Blagovest" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzildi.3 iyul — "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil qilindi.20 iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Zamonaviy informatsion texnologiyalar" ilmiy-texnik markazida "Koʻzsiz koʻrish" xalqaro loyihasi doirasida yangi qurilma yaratildi. U koʻzi ojiz kishilarga atrofmuhitni aniq tasavvur etishga yordam beradi.Iyul — Taylandda oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida mamlakatimiz vakillari 4 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medal sohibi boʻldilar.12-13 avgust — Temuriylar tarixi davlat muzeyida "Markaziy Osiyo tarix koʻzgusida: eng qadimdan hozirgacha" mavzusida xalqaro ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi. Anjumanda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan taniqli olimlar ishtirok etishdi.15 avgust — Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasida birinchi polietilen olindi.17—18 avgust — Fargʻonada belbogʻli kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 1-xalqaro turnir oʻtkazildi.31 avgust — Toshkentning "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuida "Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyi ochildi.Avgust — "Navoiy—Uchquduq—Miskin—Sulton Uvays—Nukus" temir yoʻli qurilishi bitkazilib ishga tushirildi.Avgust — "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasida "Neksiya" yengil avtomobilining yangi, takomillashgan modelini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu model 16 klapanli "Doych" dvigateli bilan jihozlangan.10 sentyabr — "Oʻzbekiston" sport majmuida tennis boʻyicha Prezident kubogi xalqaro turnirining ochilish marosimi boʻldi.15 sentyabr — Toshkentning "Turkiston" saroyida birinchi marta estrada sanʼatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshiq va kuylar taqdimot festivali — "Oltin humo" oʻtkazildi.19 sentyabr — Toshkent traktor zavodining 60 yilligi nishonlandi.Sentyabr — Toshkent metrosining "Yunusobod" liniyasidagi 6 bekat foydalanishga topshirildi.14 oktyabr — Toshkentda tennis boʻyicha Osiyo chempionati boshlandi.1 noyabr — Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻldi.4 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"ga qarori eʼlon qilindi.12-13 dekabr — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 10-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida" va "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida" Konstitutsiyaviy qonunlar, "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida"gi (yangi tahrirda), "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida"gi qonunlar qabul qilindi.29 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida"gi farmoniga muvofiq Toshkentda Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi taʼsis etildi.Dekabr — Toshkentda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi "Madaniyat karvon saroyi"ning tantanali ochilish marosimi boʻldi. Dekabr — Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida "Chorvoq oromgohi" sogʻlomlashtirish markazining tantanali ochilish marosimi boʻldi.24 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil etildi.25 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilari hamda talabalarining "Talaba" sport uyushmasi tuzildi.2002 — I.A.Karimovning 10 jildli asarlari nashr etildi (1992-2002 yillar).2002 — Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tarkibida "Toshkent foto uyi" tashkil etildi.2002 — Oʻzbek davlat ommaviy kutubxonasi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi deb nomlandi.2002 — "Xiva—Karpet" Oʻzbekiston—Germaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.

2004

2004 yil — "Mehr va muruvvat yili"1 yanvar. Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi faoliyat koʻrsata boshladi.

27 yanvar — "Mehr va muruvvat yili" davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.12 mart — Xorazm viloyati Hazorasp tumanida Amudaryo ustida bunyod etilgan koʻprik foydalanishga topshirildi.18 mart — Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida Oʻzbekiston —Turkiya "YADEM tekstil" qoʻshma korxonasining tantanali ochilish marosimi boʻldi.23 mart — Toshkentda buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy haykalining ochilish marosimi boʻldi.25 mart — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Xoja Ahror tavalludining 600 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qildi.26 mart — Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashkil topdi.27 mart — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashkil etildi.30 mart — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti asosida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tashkil etildi.3 aprel — Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasini tashkil etishga qaror qilindi.5 aprel — Toshkentda "Taʼlim — kelajakka yoʻnaltirilgan sarmoya" mavzuida mintaqaviy konferensiya boʻlib oʻtdi. Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari taʼlim vazirliklari rahbarlari ishtirok etdilar.29-30 aprel — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida", "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida"gi qonunlar qabul qilindi.21 may — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2004—2009 yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni eʼlon qilindi.17 iyun — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti boʻlib oʻtdi.7 iyul — Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi tashkil etildi.13 iyul — Liviya poytaxti Tripoli shahrida yakunlangan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida oʻzbek shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov jahon chempioni unvoniga sazovor boʻldi.Avgust — Xorazm viloyatida "Bogʻottekstil" va "Shovotteks" qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.26 avgust — Afinadagi Olimpiada musobaqalarida oʻzbekistonlik kurashchi Aleksandr Dokturishvili yunon-rum kurashi boʻyicha, Artur Taymazov esa (28 avgustda) erkin kurash boʻyicha 28-Olimpiada oʻyinlari chempioni boʻldi, Magomed Ibragimov (29 avgustda) kumush medal bilan taqdirlandi.31 avgust — Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi foydalanishga topshirildi.27 sentyabr — Madaniyat ishlari vazirligi va Davlat sport qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil etildi.11 oktyabr — Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi tashkil etildi.15 oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, xaritagrafiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tashkil qilindi.25 oktyabr — Samarqand shahrida Jahon sayyohlik tashkilotining "Buyuk ipak yoʻli" deb nomlanuvchi vakolatxonasi ochildi.28 oktyabr — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.26 dekabr (va 2005 yil 9 yanvar) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlar boʻlib oʻtdi.2004 — "Sen yolgʻiz emassan" jamgʻarmasi tashkil etildi.

Amaldagi davlat va hukumat rahbarlari

Amaldagi davlatlar va hukumatlar rahbarlari ro’yxatida hozirgi kundagi barcha dunyo mamlakatlarining hozirgi kundagi davlat va hukumat rahbarlari keltirilgan.

Burgundiya

Burgundiya — Fransiyaning Sena daryosi havzasidagi tarixiy viloyat. B. hududida Kotd’Or, Sona va Luara, Nyevr, Yonna departamentlari joylashgan. Maydoni 31,8 ming kv.km. Aholisi 1.6 mln.dan koʻproq kishi (1990- yillar oʻrtalari). Asosiy shahri — Dijon. Oʻrta ayerlarda Gʻarbiy Yevropadagi turli davlat va hududlar B. deb atalgan: qirolliklar (5—6-asrlarda markazi Lion shahri boʻlgan qirollik, 10—14-asrlarda markazi Arl shahri boʻlgan qirollik), graflik, 9—15-asrlarda gersoglik (markazi — Dijon) boʻlib, 1477 i. Fransiya qirolligi tarkibiga kirgan. 1790 yilgacha B. provinsiya huquqiga ega boʻlgan.

Davlat poytaxtlari roʻyxati

Asosiy maqola: Poytaxt.Bu roʻyxatda davlat poytaxtlari qitʼalar boʻyicha alifbo tartibida berilgan.

Davlat tili

Davlat tili (rasmiy til) - biror davlat yoki boshqa ma`muriy hududda shu hududdagi tillar orasidagi eng yuqori huquqiy o`ringa ega til.

Davlat tili — muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til. Odatda, koʻp millatli mamlakatlarda, mas, Hindiston, Kanada, Shveysariyada qaysi til yoki tillar rasmiy ekanligi konstitutsiyalarida belgilab qoʻyilgan. Davlatlarning koʻpchiligida rasmiy til bilan D.t. aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til maqomi D.t. maqomidan farqlanadi. Mas, Shveysariyada konstitutsiyaga binoan nemis, fransuz, italyan tillari — rasmiy til; nemis, fransuz, italyan va retoroman tillari — D.t. sanaladi.

Oʻzbekistonda shoʻrolar hukmronligi paytida D.t. haqida umuman gapirish ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek tilining ijtimoiy xdyotda qoʻllanilishi tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish maʼnaviy poklanishni boshlab berdi. Uning natijasi oʻlaroq "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonun qabul qilindi (1989 y. 21 okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda D.t.— oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi. Natijada 1995 y. 22 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining D.t. haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida D.t. sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va b. qonunlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida D.t.ni oʻrganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit yaratiladi hamda millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularning rivojlanishi taʼminlanadi. D.t.ni oʻqitish bepul amalga oshiriladi (4-modda). D.t.ga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar (24-modda). Mamlakatda demokratik, baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har bir millat va elatning erkin rivojlanishi, ularning til mustaqilligi va tengligi taʼminlangan. Taʼlimtarbiya ishlari oʻzbek tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys, turkman, qirgʻiz tillarida ham amalga oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati uchun yetarli imkoniyat yaratilgan. Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va anʼanalariga qarab biror imtiyoz berish yoki shu vajdan huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab boʻladi.

Kataloniya

Kataloniya (kat. Catalunya, Ispancha: Cataluña) — Ispaniyaning tarixiy hududi va muxtor viloyati. Kataloniya Oʻrtayer dengizi va Pireney togʻlari orasida, Pireney yarimorolining shimoli-sharqida joylashgan.

Maydoni — 31,950 km². Viloyatning eng yirik shahri — Barselonа. Davlat tili — katalan, ispan va aran tillari. Kataloniyanda 7 210 508 kishi yashaydi (2007). Ma’-muriy jihatdan 4 provinsiya — Barselona, Girona, Lleida, Tarragona bo‘linadi.

Mamlakat

Mamlakat, tayinli milliy, iqlimiy, madaniy, tarixiy yoki siyosiy chegaralangan hudud hisoblanadi. Mamlakat oʻz davlat suverenitetiga ega boʻlishi yoki boshqa davlat qaramogʻida boʻlishi mumkin.Mamlakatni koʻpincha davlat bilan adashtirishadi. Ularning farqi shundaki, mamlakat hudud boʻlsa, davlat shu hududda oʻrnatilgan ijtimoiy-siyosiy boshqaruv instituti hisoblanadi.

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Oʻrta Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri boʻlib, davlat tili — oʻzbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978 km2. Aholi soni (2018) — ↗32.979.000. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, davlat mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat ham hisoblanadi. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega bo'lmagan besh mamlakat bilan, yaʻni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.

Oʻzbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrini bosishga asoslangan. 2017-yil sentabrida mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik korxonadir. Mamlakatda shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin koni mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va tabiiy gazni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (OʻzME) — Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 14 jildli universal milliy ensiklopediya. Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzME Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan. OʻzMEdagi aksar maqolalar Sovet davrida chiqariglan 14 jildli Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan.

Ensiklopediyaning barcha 12 jildi 2000-2006-yillarda nashr qilingan. O‘zMEda O‘zbekiston Respublikasi haqidagi materiallar bilan birgalikda umumbashariy maʼlumotlar ham berilgan. O‘zMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabog‘ini tashkil etgan qaryib 50 ming maqola berilgan. O‘zME har bir jildida 800-1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o‘rin olgan. Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. OʻzMEning 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekistonga tegishlidir.

Poytaxt

Poytaxt — davlatning bosh shahri, mamlakatning maʼmuriy-siyosiy mar-kazi. P., odatda, markaziy (umummilliy) xukumat, parlament va sud muassasalari qarorgohi hisoblanadi. Odatda, P. aloxdsa boshqaruv tartibi boʻlgan mustaqil maʼmuriy birlikka ajratiladi. Koʻpchilik federativ davlatlarda P. federatsiyaning biron-bir subʼyekti tarkibiga kirmaydigan va federatsiyaning mustaqil subʼyekti hisoblanmaydigan maxsus federal okrug hududida joylashgan boʻladi. Koʻpchilik mamla-katlarda P. qayerda boʻlishi konstitutsiya matnida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatiladi. Chunonchi, Oʻzbekiston Respubli-kasi Konstitutsiyasining 6moddasida "Oʻzbekiston Respublikasining poy-taxti — [[Toshkent shahri" deyilgan (qarang [[Toshkent).Poytaxt — davlat yoki maʼmuriy hududning bosh shahri. Aksar hollarda poytaxtda hokimiyatning bosh organlari va boshqarmalari, davlat boshligʻining qarorgohi, Oliy Sud va boshqa muhim muassasalar joylashgan boʻladi.

Qirgʻiz tili

Qirgʻiz tili (кыргыз тили, قىرعىز تئلى) Qirgʻizistonda davlat tili, turkiy til (qipchoq tili guruhiga mansub). Qirgʻiz tilida 5 million kishi muloqot qiladi, koʻpchiligi Qirg'iziston hududida istiqomat qiladigan etnik qirgʻizlardir.

Qirgʻiz tili — turkiy tillarning qirgʻiz-qipchoq guruhiga mansub tillardan, Qirgʻiziston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qirgʻi-zistonda, shuningdek. Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Xitoy, Afgʻoniston, RF, Pokiston va boshqa Hududlarda tarqalgan. Qirgʻiz tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2,5 mln. kishidan, Qirgʻizistonning oʻzida 2 mln. 330 ming kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalari). Qirgʻiz tili 2 ta: shim. va jan. lahja guruhlariga boʻlinib, bu lahjalar, asosan, fonetika va leksika sohalarida oʻzaro farqlanadi; ayni jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan ham ajralib turadi. Jan. lahjaga oʻzbek tilining taʼsiri kuchli.

Ql.ning fonetik xususiyatlari: 8 ta qisqa unli fonemaga qarama-qarshi 8 ta choʻziq unlining mavjudligi, singarmonizmning izchil saqlanishi. soʻz boshida j (jon soʻzidagi) undoshining (boshqa turkiy tillardi y yoki j) qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilari boshqa turkiy tillardagiga oʻxshash. Singarmonizm mavjudligi tufayli affikslarning fonetik variantlari koʻp. Qirgʻiz adabiy tili shim. lahja asosida shakllangan boʻlib, uning leksikasida sof qirgʻizcha va turkiy soʻzlar qatlamidan tashqari moʻgʻul, rus, arab va eroniy tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham mavjud.

Qirgʻiz milliy yozuvi dastlab, 1924 yilda arab alifbosi asosida, 1926 yildan lotin grafikasi asosida yaratilgan; 1940 yildan esa rus grafikasi asosidagi qirgʻiz yozuvi joriy etilgan.

Ad. Yunusaliyev B. M., Kirgizskaya leksikologiya, Frunze, 1959; Batmanov I.A., Sovremenniy kirgizskiy yazik, vip. 1, Frunze, 1963; Baskakov N. A.. Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2-izd., M., 1969; Kirgizsko-russkiy slovar (sost. K.K.Yudaxin), M„ 1965.

Qirgʻiz tili 1924—1927-yillarda arab alifbosida asosida yozilgan. 1927—1941-yillarda esa lotin alifbosiga asoslangan. 1935-yillarda qirgʻiz tilining alifbosini kirill alifbosiga oʻtkazish haqida birmuncha muzokarakar boʻlgan va 1941 yidan kirill alifbosiga oʻtgan.

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi

Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi — sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922—91- yillarda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSRni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922-yil)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohish irodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belorussiya (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936- yildan ittifoqdosh respublikalar — Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gurjiston (Gurjiston SSR), keyinchalik — 1925-yil Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929-yil Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936-yil Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940-yil Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan.

20-yillarning boshlaridan, ayniqsa, V.I.Leninning vafotidan keyin mamlakat rahbariyati orasida hokimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Rahbarlikning avtoritar usullari qaror topishi, I.V.Stalin shu usullardan foydalanib, yakkaboshchilik hokimiyati rejimini kuchaytirib bordi. 1921-yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20-yillarning oʻrtalarida toʻxtatilib, soʻng mamlakatni jadal industriyalash va qishloq xoʻjaligini zoʻrlab kollektivlashtirish (jamoalashtirish) siyosati boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasini toʻla-toʻkis oʻziga boʻysundirib oldi. SSSR Respublikalari bayrogʻi (qarang Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi). Mamlakatni tez modernizatsiyalash va boshqa mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilib qoʻygan qatʼiy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijtimoiy tuzum vujudga keldi. Boshlangan ommaviy qatagʻonlar 1934-yildan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, otildi, surgun qilindi (qarang Repressiya). Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga solib qoʻyildi, bepoyon mamlakatdagi barcha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan boʻldi, oʻta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoyillar oyoq osti qilindi, sud tizimi bedodlik asosiga qurildi. 30-yillarning oxirida mustabid davlatning tashqi siyosati keskin oʻzgartirildi, xalqaro jamoa xavfsizligi yoʻlidan qaytildi. 1939-yil Sovet-Olmon bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belorussiya, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. SSSR tomonidan boshlangan sovet-fin urushi (1939.30.11 — 1940.12.3) sovet imperiyasining xalqaro obroʻsiga putur yetkazdi (SSSR Millatlar ittifoqidan chiqarib yuborildi). 1941-yil Olmoniya shartnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qoʻqqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5mln. boʻlgan Oʻzbekistondan 1mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butun-butun xalqlar — bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, qrim tatarlari, qorachoylar, yunonlar, mesxeti turklari, Volga boʻyi olmonlari va boshqalar oʻzga oʻlkalarga majburlab koʻchirildi. SSSR AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi ittifoqchilar yordamida urushda gʻolib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o.lari, Petsamo (Pechenga), Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpatye Ukrainasi va boshqa yerlar hisobiga mamlakat hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatagʻonlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, "vrachlar ishi", "Leningrad ishi" va boshqalar) davom ettirildi, oʻzbekistonlik koʻpgina yozuvchi, shoir, olim va boshqa ziyolilar ham shu siyosat azobini tortdilar. Gʻarb mamlakatlari bilan ittifoqchilik munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum oʻrtasida "sovuq urush", qurollanish poygasi boshlandi. I.V.Stalin vafoti (1953-yil)dan keyin boʻlib oʻtgan KPSS 20-syezdi (1956-yil) N.S.Xrushchyov tashabbusi bilan Stalin shaxsiga sigʻinishni tanqid qildi. Qatagʻon qurbonlari oqlana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirishga, qishloq xoʻjaligini, uy-joy qurilishini, yengil sanoatni rivojlantirishga koʻproq eʼtibor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni, moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufayli ayrim yutuklarga erishildi: dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirildi (1954-yil), Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi (1957-yil), ichida kosmonavt uchuvchi boʻlgan birinchi kosmik kema (1961-yil) uchirildi; SSSR ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xavfi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash yoʻlidagi bu urinishlar izchillik bilan oʻtkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Partiya va davlatga L.I.Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964—82-yil) davlat va jamiyat hayotida toʻrachilik avj oldi, iqtisodiyotda turgʻunlik hukm surdi. A.N.Kosiginning tashabbusi bilan oʻtkazilgan islohotlar toʻxtab qoldi, iqtisodiyot ekstensiv yoʻldan rivojlantirildi. Neft va gazni eksport qilishdan tushgan mablagʻning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya (1956-yil) va Chexoslovakiya (1968-yil) rahbariyatining islohot oʻtkazish yoʻlidagi harakatlari Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi bilan bostirilishi, Afgʻonistonga qoʻshin kiritilishi (1979-yil) xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985-yilda hokimiyat tepasiga kelgan M.S.Gorbachyov va uning tarafdorlari "qayta qurish" siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tashkilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan turib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan palapartish urinishlar mamlakatdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Milliy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol ogʻirlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar oʻz imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida 1991-yil avgust oyida Favqulodda holat davlat qoʻmitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat toʻntarishi qilishga urinib koʻrdi, ammo bu urinish barbod boʻldi.

1991-yil 8-dekabrda Belorussiya, Rossiya va Ukrayina rahbarlari B.N.Yelsin, L.M.Kravchuk, S.S.Shushkevich Belorussiyadagi Belaya Veja oʻrmonida bitim imzolab, SSSR tugatilishini qayd etdilar va Mustsqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ni tashkil etilganligini eʼlon qildilar (1991-yil 8-dekabr, Minsk). Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston 1991-yil 21-dekabrda Olma-otada imzolangan Deklaratsiyada MDHni tuzish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshildilar. 1993-yil Gurjiston ham MDHga qoʻshildi. 1991-yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi. Gʻayriinsoniy prinsiplarga asoslangan soxta davlat — "Qizil imperiya"ning taqdiri ana shunday yakun topdi. Bu tarixiy qonuniyat edi.

Oʻzbek xalqi Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida mustaqillikka erishish yoʻlida olib borgan qatʼiy kurash bu jarayonda katta ahamiyatga ega boʻldi. SSSR mavjud boʻlgan yillar mobaynida Oʻzbekiston xalqi mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, ommaviy qatagʻonlar siyosati va kommunistik diktatura oʻtkazgan barcha bedodliklar, jumladan, 80-yillar oʻrtalaridagi "paxta ishi"ning butun azobuqubatlarini boshdan kechirdi.

Telefon raqamlash rejasi

Telefon raqamlash rejasi — telefon foydalanuvchilariga shaharlar aro va halqaro qoʻngʻiroqlarni yuborish va qabul qilishni amalga oshiruvchi tizim. Bu tizimda ajralib turadigan jihatlardan biri bu, (+) belgisidan keyingi 3 tagacha raqam — Davlat kodi, va qolgan qolgan raqamlar — shahar va abonent raqamidir.

Viloyat

Viloyat — maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.— Sirdaryo, Samarqand, Fargʻona, Zakaspiy (Turkmaniston), Yettisuv, Amudaryo V.lari, bir qancha uyezd va volostlardan tashkil topgandi. XXSR esa 3 Viloyat va Xiva tumaniga, BXSR 15 Viloyatga boʻlingandi. Viloyat oʻz navbatida tumanlarga, tuman esa keshlarga boʻlingan. 1925-yil 13-yanvardan uyezd deb yuritila boshladi. Keyinchalik ruscha "oblast" nomi bilan qayta tashkil etildi. Oʻzbek tili davlat tiliga aylanishi munosabati bilan tarixiy maʼmuriy-hududiy birlik nomi sifatida "Viloyat" soʻzi qayta tiklandi.

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi (1992) Konstitutsiyasida (68-modda) Oʻzbekistan Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iboratligi mustahkamlab qoʻyilgan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi da 12 viloyat bor. Viloyatlar oʻz navbatida tumanlarga boʻlinadi. Viloyatlar chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek yangi Viloyatlar tashkil qilish, ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi roziligi bilan amalga oshiriladi. Viloyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha hokim boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashi hokimiyatning vakillik organidir. Bu kengash davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab, oʻz vakolatiga taalluqli masalalarni hal etadi. Viloyat xalq deputatlari kengashi va Viloyat hokimlarining vakolat muddati — 5 yil. Viloyat hokimlari Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimlari oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradi, oʻzlari rahbarlik qilayotgan organning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.