Brittlar

Brittlar — kelt qabilalaridan biri. Miloddan avvalgi 8 — milodiy 5-asrlarda Britaniyaning asosiy aholisi. B. anglosakslar tomonidan bo‘ysundirilib (5—6-asrlar), bir qismi qirib tashlangan, bir kismi Uels, Shotlandiya va Galliyadagi Armorika ya.o.ga ko‘chirilgan va bu yer Bretan deb atala boshlangan. Britaniyada qolgan qismi ingliz millatining shakllanishida muhim rol o‘ynagan. "Britaniya" atamasi B.dan olingan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Anglosakslar

Anglosakslar – 5-6-asrlarda Brtaniyani bosib olgan german qabilalari – angllar, sakslar, yutlar va frizlarning umumiy nomi. 7 – 10-asrlarda o‘zida kelt xususiyatlarini singdirgan saks elati shakllandi. Anglosakslar brittlar va skandinaviyaliklarga qarshi birlashish va kurashish jarayonida xalq sifatida shakllandi. Normandlar istilosidan (1066) so‘ng Anglosakslar Angliyaga kelib joylashgan danlar, norveglar, Fransiyadan kelganlar (normandiyaliklar) bilan aralashib, ingliz xalqining tarkib topishiga asos bo‘lganlar.

Birlashgan Qirollik

Buyuk Britaniya, Britaniya, (inglizcha: Great Britain) yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (inglizcha: United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqaan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km2. Aholisi 63.23 mln kishi (2012-yil). Poytaxti — London shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi.

Daniya

Daniya (Danmark), Daniya qirolligi (Konqeriqet Danmark) — Yevropaning shimoligʻarbidagi davlat, Yutlandiya ya. orolning katta qismini va unga yaqin orollar guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va boshqa)ni oʻz ichiga oladi. Maydon 43043 km2 (Grenlandiya va Farer orollaridan tashqari); Aholisi 5,59 mln. kishi (2012). Poytaxti — Kopengagen shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 amt (viloyat)ga, amtlar esa kommunalarga boʻlinadi. Kopengagen va Frederikeberg shaharlari mustaqil maʼmuriy birlikka ajratilgan boʻlsa ham, ammo amtlarga tenglashtirilmagan. Ichki muxtoriyatdan foydalanuvchi Farer orollari va Grenlandiya orol Daniya qirolligi tarkibiga kiradi.

Inglizlar

Inglizlar britanlar, (oʻzlarini inglish deb ataydilar) — xalq. Buyuk Britaniyaning asosiy aholisi. Umumiy soni (48,5 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Buyuk Britaniyada 44,7 mln. kishi, Kanadada 1 mln. kishi, Avstraliyada 940 ming kishi, AQShda 650 ming kishi, JAR da 230 ming kishi, Hindistonda 200 ming kishi, Yangi Zelandiyada 188 ming kishi yashaydilar. Ingliz tilire. gaplashadi. Dindorlar, asosan, anglikanlar. Yevropeoid irqiga mansub. Britaniya orollarida mil. av. 1ming yillik oʻrtalarida kelt qabilalari (brittlar va b.) yashar edi. Mil. 5—6-asrlarda bu yerlarga materikdan german kabilalari — angllar, sakslar, yutlar kelib oʻrnashdilar. Ular kelilarning bir qismini oʻzlariga singdirdi, bir kismini esa Shotlandiya, Uels va Kornuoll togʻlariga siqib chiqardilar. 7— 10-asrlarda, anglosaks elati vujudga keldi. Angliya 1066 yilda normannlar tomonidan bosib olindi. 13—14-asrlarga kelib anglosakslar va normannlar yagona ingliz xalqiga uyushdi. 16-asrda ingliz jonli va adabiy tili vujudga keldi. 17—19-asrlarda Angliya boshqa qitʼalardagi koʻpgina mamlakatlarni oʻz mus-tamlakasiga aylantirdi. Koʻplab I. mustamlaka mamlakatlariga koʻchib bordilar. Natijada I. koʻpgina xalqlar — amerikaliklar (AKShda), avstraliyaliklar, yangi zelandiyaliklarnnt shakllanishida asosiy komponentlardan biri boʻldi. Inglizlarning hayoti va ijtimoiy turmushida anʼanaviy xususiyatlar koʻp saklanib qolgan (yana q. Buyuk Britaniya).

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.