Braziliya

Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublikasi (par. Brasil yoki República Federativa do Brasil) — Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng koʻp boʻlgan mamlakat boʻlib, ham aholi soni, ham maydoni jihatidan dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi. Maydoni 8512 ming km2. Aholisi 192,376,496 kishi (2012). U Janubiy Amerika markazidan to Atlantika okeaniga qadar yoyilgan hududni egallab Amerikalarning „eng sharqiy“ mamlakatidir. U bilan chegaradosh mamlakatlar: Urugvay, Argentina, Paragvay, Boliviya, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Guyana, Suriname va Fransuz Giyanasining fransuz qismi. Aniqrogʻi, u Ekvador va Chilidan tashqari, Janubiy Amerikaning har bir davlati bilan chegaradosh. Nomi, dastlabki kolonistlar tomonidan juda qadrlangan, Braziliya daraxtidan (pau-brasil) kelib chiqqan. Hududida ham ekin maydonlari, ham tropik oʻrmonzorlar juda katta joyni egallaydi. Tabiiy resurslar va katta miqdordagi ishchi kuchiga boy boʻlgan Braziliya, Janubiy Amerika iqtisodiyotining yetakchisidir. Dastlab Portugaliyaning sobiq koloniyasi boʻlganidan, uning davlat tili Portugal tilidir. Poytaxti – Brazilia shahri. BMT aʼzosi. Maʼmuriy jihatdan 26 shtat va federal (poytaxt) okrugga boʻlinadi

Davlat tuzumi

Braziliya – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1988-yil 5-oktyabrda qabul qilingan; 1994-yil mart va 1997-yil iyunda tuzatish kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident. Prezident bilan vitseprezident aholi tomonidan toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 4 yil muddatga saylanadi. Prezident ketmaket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – Milliy kongress (parlament). Parlament ikki palata: deputatlar palatasi va federal senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tuzgan hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

Braziliyada Atlantika okeani sohili boʻylab koʻpdankoʻp qoʻltiqlar va koʻrfazlar uchraydi. Mamlakat hududining yarmidan koʻprogʻini Braziliya yassitogʻligi ishgʻol etgan (eng baland nuqtasi Bandeyra togʻi, 2890 m); oʻrtacha balandligi 600– 800 m boʻlgan bu togʻlik Braziliyaning janubi-sharq va janub tomonlarini egallab yotadi. Braziliya shimolida Gviana yassitogʻligi joylashgan. Shu yassitogʻliklar orasida keng Amazonka payettekisligi bor. Mamlakatning janubiy va janubi-gʻarbiga Laplata payettekisligining bir qismi kirib kelib, okean sohilida kambar payettekislikni hosil qiladi. Braziliyada polimetall, oltin, temir rudasi, nodir metallar, marganes rudasi, boksit, neft, toshkoʻmir, tuz konlari va boshqa konlar bor.

Iqlimi

Braziliya iqlimi ekvatorial, issiq va nam. Oʻrtacha oylik harorati 16–29 °C. Amazonka payettekisligida yiliga 2000–3000 mm, togʻ yon bagʻirlarida 1500–2000 mm, sohilda 3000 mm, tog tepalarida esa 500 mm yogʻin yogʻadi. Braziliyada daryo juda koʻp. Eng yirik daryolari: Amazonka, Parana, San-Fransisku, Urugvay. Amazonka va uning gʻarbiy irmoqlarida kema qatnaydi.

Oʻrmonlari

Braziliyada nam tropik oʻrmonlar (gileya yoki selvaslar), tropik dashtlarda savanna oʻrmonlari (kampos), qizil laterit tuproqlarda oʻsadigan oʻrmonlar koʻp tarqalgan. Braziliya qattiq yogʻochli daraxtlar zaxirasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Umuman mamlakat hududining 38 % oʻrmonlar bilan qoplangan. Botqoqlik koʻp. Hayvonlardan chumolixoʻr, zirhlilar, yoldor boʻri, nandu tuyaqushi, har xil kemiruvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp uchraydi. Braziliya hududida Iguasu, Itatiaya, Paulu-Afonsu, Serradus-Organs kabi yirik millim bogʻlar va bir necha quriqxona bor.

Aholisi

Braziliya aholisining asosiy qismi (95 % dan koʻprogʻi) brazillar. Braziliyada Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan bir necha million kishi, jumladan olonlar, italyanlar, portugallar, yaponlar, ispanlar, polyaklar, livanliklar, suriyaliklar ham yashaydi. Tub joy xalqi – indeyslar koʻplab qirib yuborilgan, bir qismi boshqa xalqlar bilan qorishib ketgan. Omon qolgan indeys qabilalari mamlakat ichkarisidati xilvat joylarda yashaydi. Shahar aholisi 75,5 %ni tashkil qiladi. Davlat tili – portugal tili. Dindorlar asosan katoliklardir. Eng yirik shaharlari: San-Paulu, Riode-Janeyro, Belu-Orizonti, Resifi, Portu-Alegri, Salvador, Fortaleza, Kuritiba, Belen, Brazilia, Kampus, Niteroy, Manaus.

Portugaliya kolonizatsiyasi va territorial ekspansiya

1500-chi yilning aprelida, hozirda Braziliya deb ataladigan, bu yerning qirgʻoqlariga Pedro Álvares Cabral boshchiligidagi portugaliya flotiliyasi kelib toʻhtagandan soʻng, Portugaliya unga egalik qilishini eʼlon etadi.[1] Bu yerda portugallar bir nechta qabilalarga boʻlinib ketgan, lekin koʻpchiligi Tupi-Guarani lingvistik oilasiga mansub tilda gaplashsalar ham, bir-biri bilan urushadigan mahalliy aholiga duch keladi.[2] 1534-chi yilda Portugaliya Qiroli Dom João III maydonni oʻn ikki boʻlimga boʻgandan soʻng kolonizatsiya boshlab yuboriladi.[3][4] Lekin bunday boshqaruv uslubi bir qancha muammo tugʻdirgandan soʻng, 1549-chi yilda butun koloniyani boshqaradigan yagona Genera-Gubernatorni tayinlaydi.[4][5]

Tarixi

Braziliya hududida insonning paydo boʻlishi neolit davriga toʻgʻri keladi. 16-asrgacha Braziliyada bir necha yirik indeys qabilalari yashagan. Ular koʻchmanchi hayot kechirgan, tupiguarani qabilasigina oʻtroq yashagan. Indeys qabilalari ovchilik, baliqchilik bilan bir qatorda dehqonchilik ham qilishgan. 16-asr boshlarida tupiguarani jamoalarida mulkiy boʻlinish davri boshlangan. 1500 yil aprelda Portugaliya lik dengizchi P. Kabral Braziliya qirgʻoqlariga bordi va yangi yer ochganligini va u Portugaliyaga qarashliligini eʼlon qildi. Kabral sayohatidan 10 yil keyin portugallar Braziliyadan qimmatbaho qizil daraxt – „brazil“ni (Braziliya nomi ham shunday kelib chiqqan) jahon bozorlariga olib borib sota boshladilar. Braziliya kashf etilgach, u uzoq vaqt Portugaliya bilan Fransiya oʻrtasida talash boʻlib keldi, 1516 yildagina bu mojaro Portugaliya foydasiga hal boʻldi. 1532–36 yillarda Braziliya qirgʻoq joylari kapitanlik deb ataladigan 13 maʼmuriy hududga boʻlindi. 1549 yil Braziliyaning asosiy shahri boʻlgan Baiya (hozirgi Salvador)da gubernatorlik tashkil etildi. 16-asrning 70-yillaridan boshlab portugallar Afrika qitʼasidan keltirilgan koʻplab negrlarni qul qilib sota boshladi; qullar plantatsiyalarda ishlatilardi. Braziliyada portugallar zulmiga qarshi milliy ozodlik kurashlari uzoqdavom etdi. 1720 yilda MinasJerays viloyatida Felipi dus Santus boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1797 yil Baiya viloyatida milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1807 yil Portugaliyaga Napoleon qoʻshinlari bostirib kirgach, Portugaliya qiroli RiodeJaneyroga qochib ketdi. Braziliya monarxiya markaziga aylandi (1808–21). 1820 yilgi Portugaliya burjua inqilobi Braziliyada mustaqillik uchun kurashning yanada avj olishiga sabab boʻldi. 1822 yil 7 sentabrda Braziliya mustaqil imperiya deb eʼlon qilindi. 1888 yil Braziliyada quldorlik bekor etildi. 1889 yil monarxiya tugatilib, Braziliya federativ respublika deb eʼlon qilindi. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida Braziliyaga chet el sarmoyasi, xususan AQSH monopoliyalari kirib kela boshlagach, sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlana boshladi. Birinchi jahon urushi davrida Braziliya Antanta tomonida turib urushga kirdi. 20-yillar Braziliya xalqommasining demokratik erkinliklar uchun kurash yillari boʻldi. 1924 yilda Braziliyaning barcha shtatlarida qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. 1930 yilgi davlat toʻntarishi natijasida J. Vargas hokimiyat tepasiga keldi. Uning hukmronligi yillarida demokratik va taraqqiyparvar kuchlarga qarshi kurash boshlanib, mamlakatning AQShga iqtisodiy va siyosiy qaramligi kuchaydi. 1942 yil avgustda Germaniyaga qarshi mamlakatlar tomonida turib Ikkinchi jahon urushiga kirdi. Fashistlar Germaniyasining tormor etilishi Braziliyada demokratik harakatni kuchaytirdi. 1945 yil oktabrda yangi davlat toʻntarishi boʻlib, harbiy diktatura oʻrnatildi. 1946 yil general E. G. Dutra hukumat boshligʻi boʻldi. 1950 yilgi prezident saylovida yana J. Vargas prezidentlikka saylandi. 1953–54 yillarda hukumat xalq ommasi talabi bilan neft sanoatini davlat qoʻliga oldi va ishchilarning ish haqini bir oz oshirdi. Hukumatning bu tadbiri Braziliya reaksion doiralarining yangidan bosh koʻtarishiga olib keldi. Bundan qoʻrqqan Vargas 1954 yil 21 avgustda oʻzini otib oʻldirdi.

1955 yil sentabr oyidagi prezident saylovida hokimiyat tepasiga sotsialdemokratik partiyaning vakili J. Kubichek keldi. Kubichekning prezidentlik davri (1956–60) da, bir tomondan Braziliya iqtisodiyotiga chet el sarmoyasining koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, Braziliyaning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi qator tadbirlar oʻtkazildi, neftni davlat monopoliyasiga aylantirish uchun kurashildi, ‘AQShga atom xom ashyolari sotish haqidagi shartnoma bekor qilindi. 1960 yilgi saylovda Xristiandemokratik partiya va Milliy demokratik ittifoq blokining nomzodi J. Kuadros prezidentlikka saylandi. 1961 yil avgustda Kuadros reaksion kuchlar tazyiqi bilan isteʼfo berishga majbur boʻldi. 1961 yil 7 sentabrda J. Gulart prezidentlik lavozimini egalladi.

1964 yil aprelda yangi davlat toʻntarishi oʻtkazilib, marshal Umberto Kastelo Branko hokimiyat tepasiga keldi. Branko hukumati Gulart hukumati oʻtkazgan barcha ilgʻor tadbirlarni bekor qildi; 1967 yil mart oyida marshal Arturda KostaeSilva prezident qilib saylandi. Uning hukumati mamlakatdagi siyosiy tanglikdan qoʻrqib milliy xavfsizlik haqida qonun qabul qildi va juda keng vakolatlarga ega boʻlgan Milliy xavfsizlik kengashini tashkil etdi. Umuman 1985 yilgacha Braziliyada hokimiyat harbiylar qoʻlida boʻddi. 1994 yilda saylangan prezident Fernandu Enriki Kardozu 1995 yil 1 yanvarda oʻz lavozimini ijro etishga kirishdi. Braziliya – 1945 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 30 aprelda oʻrnatgan. Braziliyaning milliy bayrami – 7 sentabr– Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1822).

Siyosiy partnyalari, kasaba uyushmalarn

Braziliya taraqqiyparvar partiyasi, 1995 yilda bir necha islohotchi partiyalarning birlashuvi natijasida tuzildi; Braziliya trabalist partiyasi, 1980 yilda asos solingan; Demokratik trabalist partiyasi, 1979 yil tuzilgan; Braziliya demokratik harakat partiyasi, 1981 yilda tuzilgan; Braziliya sotsialdemokratik partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Liberal front partiyasi, 1984 yilda sobiq Sotsialdemokratik partiya aʼzolaridan tuzilgan; Milliy qayta qurish partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Mehnatkashlar partiyasi, 1980 yilda tuzilgan; Sotsialistikxalq partiyasi, 1992 yilda Braziliya kommunistik partiyasining „yangilovchilar“ fraksiyasi negizida tashkil etilgan. Mehnatkashlar umumiy konfederatsiyasi kasaba uyushmasi, 1986 yilda tuzilgan, 1988 yilgacha Mehnatkashlar umumii kasaba uyushma markazi deb atalgan; Mehnatkashlar yagona kasaba markazi, 1981 yilda tuzilgan. Shuningdek, sanoat ishchilari milliy konfederatsiyasi, savdo xodimlarining milliy konfederatsiyam, kredit muassasalari xodimlarining milliy konfederatsiyasi ham mavjud.

Xoʻjaligi

Braziliya sanoatlashgan agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati va tabiiy zaxiralari jihatidan Lotin Amerikasida yetakchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 30,3 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik 10,8 % ni tashkil etadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Braziliya iqtisodiyotida sanoatni rivojlantirish va umuman xoʻjalikni industriya asosida taraqqiy ettirish yoʻlida tuzilmaviy siljishlar roʻy berdi. 60-yillardan boshlab milliy mahsulotda sanoatning ulushi qishloq xoʻjaligi dan oshib keta boshladi.

Sanoati

Kon sanoatida temir va marganes rudalar qazib olish muhim oʻrin oladi. Boksit, qoʻrgʻoshin, volfram, oltin, olmos, neft va tosh kumir, bir oz miqdorda qalay, pyx, mis, nikel ham qazib chiqariladi. Braziliya tashqi bozorga, asosan AQShga strategik ahamiyatga molik maʼdanlar – niobiy, berilliy, sirkoniy kabilarni, shuningdek uran rudasini sotadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 90 % GESlarga toʻgʻri keladi. Tiyete va RiuGrandi daryolarida yirik elektr stansiyalar mavjud. Mahsulot ishlab chiqarish tarmoqdari orasida eng yiriklari: metallurgiya (VoltaRedonda va BeluOrizonti shaharlaridagi zavodlar Lotin Amerikasidagi eng katta poʻlat ishlab chiqarish korxonalari hisoblanadi) va mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik, kemasozlik, aviasozlik, qishloq xoʻjaligi, radioelektronika mashinasozligi). Keyingi yillarda elektr texnika, harbiy sanoat, atom sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, kimyo va neft kimyosi tarmoklari (kislotalar, maʼdanli oʻgʻitlar, sintetik tolalar, boʻyoqlar, plastmassalar) rivojlandi. Toʻqimachilik (asosan ip gazlama) va oziq-ovqat sanoati (qandshakar, goʻsht, yogʻ, tamaki va boshqalar) Braziliya uchun anʼanaviy sohalardir. Sement, sellyulozaqogʻoz va oyna sanoati mavjud.

Qishloq xoʻjaligi

Mamlakat maydonining 3,5 % ga yaqinida dehqonchilik qilinadi. Asosan Atlantika okeani sohili va janubi-sharqiy shtatlarda ekinlar ekiladi. Eng muhim plantatsiya ekinlari – kofe, shakarqamish kakao, banan, sizal, ananas. Janubida tamakichilik va sohibkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, soya, maniok, loviya. Asosan goʻshtbop yaylov chorvachiligi, goʻsht va jun olinadigan qoʻychilik rivojlangan. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda kauchuk, yongʻoq, mum, palma mevasi yigʻishtirib olinadi, imoratbop, qimmatbaho yogʻochlar tayyorlanadi. Braziliya yassitogʻligida „paragvay choyi“ – yerbamate yetishtiriladi.

Transporti

Braziliya hududining katta qismi yoʻlsiz. Temir yoʻlning uzunligi 32 ming km, shundan 3 ming km dan ortiqrogʻi elektrlashtirilgan. Transportning asosiy turi avtomobil; avtomobil yoʻllari uz. 1,7 mln. km; 5 ming km dan ortiq uzunlikdagi Transamazonka magistrali Atlantika sohilini And togʻ etaklari bilan tutashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 31 ming km. Asosiy dengiz portlari: Rio de Janeyro, Santus, Riu Grandi, Paranagua, Portu Alegri, Tubaran, San Sebastyan. Braziliya chetga asosan ogʻir va yengil sanoatning tayyor va chala tayyor mahsulotlari, kofe, temir rudasi, soya, tamaki, qandshakar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, asbobuskuna, metall va undan yasalgan buyumlar, kimyo mahsulotlari, bugʻdoy va boshqa sotib oladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi – real.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

Axrliga tibbiy yordamni xususiy shifokorlar koʻrsatadi. Shifokorlarni mamlakat oliy oʻquv yurtlaridagi tibbiyot fakultetlari tayyorlaydi.

Braziliyada rasman 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul boshlangich taʼlim joriy qilingan. Bolalar shaharlardagi 4–5 yillik va qishloqlardagi 3 yillik boshlangʻich maktablarda taʼlim oladilar. Bulardan tashqari toʻliqsiz maktab – gimnaziyalar, toʻliq oʻrta maktab – kollegiyalar, hunar va ped. maktablari ham bor. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqish mumkin. Braziliyada 70 ga yaqin universitet, 740 dan ortiq boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. RiodeJaneyrodagi Braziliya va SanPaulu universitetlari ularning eng yiriklaridir. Ilmiy muassasalari: Braziliya fanlar akademiyasi, Milliy tibbiyot akademiyasi va boshqa Kutubxonalari: Milliy kutubxona, Portugaliya qirollik qiroatxonasi (RiodeJaneyro), Munitsipal kutubxona. Muzeylari: Milliy muzey, Milliy tarixiy muzey, RiodeJaneyrodagi Milliy nafis sanʼat muzeyi.

Matbuoti, radioeshnttnrishi va telekoʻrsatuvi

Braziliyada 300 ga yaqin gazeta va jurnal nashr etiladi. Asosiy gazeta va jurnallari: „Gazeta merkantil“ („Savdo-sotiq gazetasi“, SanPauluda chiqadigan kundalik iqtisodiy gazeta, 1920 yildan), „Dia“ („Kun“, RiodeJaneyroda chiqadigan kundalik gazeta, 1951 yildan), „Diariu di SanPaulu“ („SanPaulu gazetasi“, kundalik gazeta, 1925 yildan), „Jornal du Brazil“ („Braziliya gazetasi“, kundalik gazeta, 1891 yildan), „Jornal du komersiu“ („Tijorat gazetasi“, RiodeJaneyroda chikadigan kundalik gazeta, 1827 yildan), „Letin Amerika deyli post“ („Lotin Amerikasining kundalik pochtasi“, SanPauluda ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1979 yildan), „Folya di SanPaulu“ („SanPaulu varaqasi“, kundalik gazeta, 1921 yildan), „Globu“ („Yer kurrasi“, kundalik kechki gazeta, 1925 yildan), „Veja“ („Koʻring“, haftalik ommaviy siyosiy jurnal, 1968 yildan), „Vizan“ („Saviya“, haftalik ommaviy siyosiy jurnal, 1952 yildan) va boshqa Empreza Brazileyra di Komunikasan, SA (Radiubraz) axborot xizmati 1988 yilda hukumat axborot agentligi bilan davlat radioeshittirish korporatsiyasining birlashuvi natijasida tashkil etilgan. Mamlakat prezidentining fuqaro devoni tomonidan nazorat qilinadi.

Radioeshittirish va telekoʻrsatuvni asosan xususiy stansiyalar amalga oshiradi, ularni milliy aloqa departamenta nazorat qiladi. Braziliya radio va televizion stansiyalar uyushmasi 1962 yilda tuzilgan.

Adabiyoti

Adabiyoti portugal tilida rivojlangan. Braziliyada qadimdan indeys va negrlarning boy ogʻzaki ijodi mavjud. 17– 18-asrlarga kelib, yozma adabiyotda G.di Matusning satirik asarlari, T. Gonzaganing sheʼrlari, J. Gamaning maʼrifatparvarlik ruhidagi „Urugvay“ poemasi paydo boʻldi. Ularda oddiy xalqturmushi aks ettirildi. Braziliya adabiyotida 19-asrning 20-yillarida vujudga kelgan romantizm okimi rivojlandi. Bu davrda G. di Magalyainsning „Tamoyo qabilasi ittifoqi“, A. Gonsalvis Diasning „Amerika dostonlari“ keng tarqaldi. J. M. di Alenkarning „Guaranlar“, „Irasema“, „Ubirijara“ romanlarida indeyslarning urfodatlari, azobuqubatli hayoti, stixiyali boʻlsada kurashi aks etdi. Buyuk xalq shoiri A. Kastru Alvisning „Afrika ovozi“, „Bandi kema“ va boshqa mashhur poemalari „Toʻlqinlar mavji“ asarlar toʻplamiga kiritildi. 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonlar hayotini aks ettiruvchi bir qator romanlar paydo boʻldi. Shu davrda A. Gonsalvis Diasning „Beatriche Chenchi“, „Patkul“ tarixiy romanlari ham katta shuhrat qozondi. 19-asrning oxirlari va 20-asr boshlarida bir qator yozuvchilar Braziliya adabiyotiga realizm anʼanalarini olib kirdilar. 1896 yilda asos solingan Braziliya adabiyot akademiyasining birinchi prezidenta J. M. Mashadu d’Asis tanqidiy realizmning atoqli namoyandasi edi. Xuddi shu davrda Braziliya adabiyotida dekadentchilik kayfiyatlari kuchaydi. Demokratik harakatlarning avj olishi bilan 20-asrning 40–50-yillarida Braziliya dehqonlarining hayotini aks ettiruvchi realistik asarlar koʻpaydi, taraqqiyparvar adabiyotning L. Barretu, G. Ramus, R. di Keyrus, M. di Andradi, Luara Brandau kabi namoyandalari ijodida insonning ijtimoiy mavqei masalalari aks etdi. Jorji Amadu oʻz romanlarida dehqonlar hayotini, mehnatkash ommaning sinfiy ongi oʻsayotganini ifodaladi. Shoirlardan V. di Morays, K. di Andradi, yozuvchilardan D. Jurandir, S. Martine, M. Palmeriu, dramaturglardan N. Rodriges, G. Figeyredu, A. Suasuna ijodi Braziliya adabiyotida salmoqli oʻrin egallaydi.

Meʼmorligi

Braziliyaning yerli aholisi – indeyslarning meʼmorligi qabr toshlari hamda Amazonka boʻylarida gʻorlarga solingan har xil rasmlar, qamish va yogʻoch shoxlaridan yasalgan, konus shaklli uylardan iborat. 16-asrda portugaliyaliklar Olinda, Resifi va Salvador (oldingi poytaxti) kabi shaharlarni bunyod etdilar. 18-asr Braziliyada mustamlaka davri meʼmorligining yuqori bosqichi hisoblanadi. Oltin va olmos konlari topilishi bilan Braziliyada yangi shaharlar barpo etiddi, Rio de Janeyro poytaxt boʻlib qoldi (1960 yilgacha). Braziliya meʼmorligida ikki yoʻnalish: barokko (SanFransisku monastiri, Salvador) va rokoko (MinasJeraysdagi har xil binolar, meʼmor va haykaltarosh Aleyjadinyu ishi) oʻrin oladi. Fransuz meʼmori O. Granjan de Montini Braziliyada ijod etib klassitsizm uslubini tarqatdi (Mira teatri, Belen shahri, Itamarati saroyi, RiodeJaneyro shahri). 19– 20-asrlarga kelib Braziliya meʼmorligida „modern“ uslubi keng tarqaldi. MinasJerays shtatida BeluOrizonti, Goyas shtatida Goyani va Braziliya (yangi poytaxti) kabi yirik shaharlar va zamonaviy binolar kurildi. L. Kosta, O. Nimeyer, A. E. Reydi va boshqa mashhur meʼmorlar yetishib chiqdi.

Tasviriy sanʼati

Qadimgi davr sanʼat yodgorliklaridan har xil tosh va sopol bezaklar yetib kelgan. Mustamlaka davr sanʼatidan (16–17-asrlar) Salvador va RiodeJaneyrodagi ibodatxonalar bezaklari bor. Bu davr sanʼati din bilan bogʻliq. Braziliya meʼmorligidagi barokko va rokoko uslubi tasviriy sanʼatga ham taʼsir etgan. Ibodatxonalar bezagida oltin va rangdor boʻyoqlardan foydalanilgan. Haykaltarosh va meʼmor Aleyjadinyuning BonJezusdiMatozinyus cherkovidagi (Kongonyas shahri) tosh va yogʻochdan ishlagan haykallari dunyoga mashhur. 18-asrda Braziliya shaharlarida tasviriy sanʼat maktablari vujudga keddi (RiodeJaneyroda J. di Oliveyra, Salvadorda J. J.da Rosha, Resifida J. di Deus Sepulveda, SanPauluda J. P.da Silva Marisku va boshqalar). 1816 yilda qirol Juan VI fransuz rassomlari ishtirokida fan, sanʼat va hunar maktabini tashkil etdi. 1820 yilda bu maktab badiiy akademiyaga aylandi. 19-asr Braziliya tasviriy sanʼatida klassitsizm hukmronlik qildi. Mashhur rassom J. F. di Almeyda Junior ijodida xalq hayoti, tabiat manzaralari koʻp oʻrin oladi. 20-asr Braziliya tasviriy sanʼatida realizm bilan bir qatorda turli oqim (formalizm, abstraksionizm va boshqalar) namoyandalari ijod etmoqda. Amaliy sanʼatda kulolchilik, matoga gul va rasm solish rivojlangan.

Musiqasi

Musiqasi indeys, negr, ispan, portugal qoʻshiq va raqslari asosida shakllangan. A. K. Gomis, L. Migis, A. Levi, A. Nepomusenu, E. Vila Lobos, K. Santoru, M. K. Guarnyeri, J. N. Garma, F. M. Silva (Braziliya milliy madxiyasining muallifi) kabi kompozitorlarning ijodi mashhur. Braziliya musiqa sanʼatini yuksaltirishda, musiqachi va bastakorlar tayyorlashda RiodeJaneyro konservatoriyasi, Milliy musiqa instituti, Milliy opera teatri va simfonik orkestrlar, Braziliya universitetining milliy musiqa maktabi, Musiqa akademiyasi ish olib boradi.

Teatri

Afrobraziliyaliklarning makumba deb atalgan diniy marosim oʻyinlarida dramatik teatrga xos harakatlar boʻlgan. Yevropalik ilk missionerlar indeyslarga xristianlikni singdirish uchun portugal adabiy asarlari asosida sahnalarni, bir pardali diniymajoziy tomoshalarni koʻrsatishgan. Indeyslar uchun muqaddas „Lorensu teatri“ nomli dastlabki teatr binosi 16-asrda qurilgan. 1748 yilda „Opera uyi“, 1776 yilda „Yangi opera“ teatri barpo boʻldi. 1813 yilda „Avliyo Juan qirollik teatri“ ish boshladi. 19-asrda RiodeJaneyroda „di San Pedru di Alikantara teatri“, „du Plasidu teatri“, „Yangi konstitutsion teatr“, Resifida „Santi–Izabel teatri“ kabilar vujudga keldi. 1843 yilda panda koʻrsatilgan Observatoriya Laraiuan toʻgʻoni Prezident qarorgohi Universitet Dramatik sanʼat konservatoriyasi, 1910 yilda Martine Pen dramatik maktabi, 1917 yilda „Braziliya teatr mualliflari jamiyati“ (SBAT) tuzildi. Soʻngra doimiy dramatik truppalar tuzilib ish boshladi. Keyingi yillarda RiodeJaneyro va SanPaulu shaharlarida Braziliya komediya teatri, Xalq badiiy teatri, Braziliya talabalari teatri, negrlarning eksperimental teatri tashkil etildi.

Kinosi

Birinchi xronikal film 1903 yilda, badiiy film 1910 yilda suratga olingan. Dastlabki ovozli filmlar 1935 yilda yaratilgan. Braziliyada yaratilgan filmlar ichida „Kaysara“, „TikoTiko“ (rejissyor A. Cheli), „Bosqinchi“ (rejissyor L. Barretu), „Boyning xotini“ (rejissyor T. Payne, O. Sampayu), „Dengiz qoʻshigʻi“ (rejissyor A. Kavalkanti), „Rio 40°“ (rejissyor N. Pereyra dus Santus)kabi filmlar diqqatga sazovor. Braziliyada 6 kinostudiya, 3 mingdan ortiq kinoteatr bor.

Oʻzbekiston – Braziliya munosabatlari

Asosiy maqola: Braziliya — Oʻzbekiston munosabatlari.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Braziliya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga va buning uchun shartnomaviy-huquqiy negiz yaratishga kirishildi. Oʻzbekiston Respublikasining Braziliya bilan 1996-yildagi tovar aylanmasi 7,16 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 1997 yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston – Braziliya tovar aylanmasi 16,75 mln. AQSH dollariga yetdi va avvalgidek tovar aylanmasi hajmining deyarli hammasi importdan iborat boʻldi. Uning 93,8 % ini moyli urugʻlar va mevalar, 6,2 % ini tamaki tashkil qildi.[6]

Havolalar

  • Alves, Maria Helena Moreira (1985). State and Opposition in Military Brazil. Austin, TX: University of Texas Press.
  • Amann, Edmund (1990). The Illusion of Stability: The Brazilian Economy under Cardoso. World Development (pp. 1805–1819).
  • Background Note: Brazil. US Department of State.
  • Bellos, Alex (2003). Futebol: The Brazilian Way of Life. London: Bloomsbury Publishing plc.
  • Bethell, Leslie (1991). Colonial Brazil. Cambridge: CUP.
  • Costa, João Cruz (1964). A History of Ideas in Brazil. Los Angeles, CA: University of California Press.
  • Fausto, Boris (1999). A Concise History of Brazil. Cambridge: CUP.
  • Furtado, Celso. The Economic Growth of Brazil: A Survey from Colonial to Modern Times. Berkeley, CA: University of California Press.
  • Leal, Victor Nunes (1977). Coronelismo: The Municipality and Representative Government in Brazil. Cambridge: CUP.
  • Malathronas, John (2003). Brazil: Life, Blood, Soul. Chichester: Summersdale.
  • Martinez-Lara, Javier (1995). Building Democracy in Brazil: The Politics of Constitutional Change. Macmillan.
  • Prado Júnior, Caio (1967). The Colonial Background of Modern Brazil. Los Angeles, CA: University of California Press.
  • Schneider, Ronald (1995). Brazil: Culture and Politics in a New Economic Powerhouse. Boulder Westview.
  • Skidmore, Thomas E. (1974). Black Into White: Race and Nationality in Brazilian Thought. Oxford: Oxford University Press.
  • Wagley, Charles (1963). An Introduction to Brazil. New York, New York: Columbia University Press.
  • (2006) The World Almanac and Book of Facts: Brazil. New York, NY: World Almanac Books.

Manbalar

  1. Boxer, p.98.
  2. Boxer, p.100.
  3. Boxer, pp.100-101.
  4. 4,0 4,1 Skidmore, p.27.
  5. Boxer, p.101.
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
.br

.br — Braziliya uchun yuqori darajali milliy domen.

Akri

Akri – Braziliyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi shtat. Jurua va Purus daryolari yuqori oqimida. Maydoni 154 ming km². Aholisi 417 ming kishi (1991). Maʼmuriy markazi – Riu-Branku shahri. Shtat yerlari nam tropik o‘rmon bilan qoplangan. Geveya o‘simligi sharbati, braziliya yong‘og‘i yig‘iladi. Ovchilik bilan shug‘ullaniladi.

Alagoas

Alagoas – Braziliyaning shimoli-sharqidagi shtat. San-Fransisku daryosi quyi oqimidan shim.roqda. Maydoni 27,7 ming km². Aholisi 2420 ming kishidan ko‘proq. Maʼmuriy markazi va asosiy porti – Maseyo sh. Katta maydonlarga shakarqamish (sohil bo‘yi tekisligida) va paxta (Braziliya tog‘ligida) ekiladi. Oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati kor-xonalari bor. San-Fransisku daryosidagi Paulu-Afonsu sharsharasi yonida katta GES qurilgan.

Baiya

Baiya – Braziliya shimoli-sharqidagi shtat. Maydoni 567 ming km². Aholisi 11,7 mln. kishi (1990). Maʼmuriy markazi – Salvador shahri Braziliya yassitogʻligining sharqiy qismida, San-Fransisku daryosi havzasida joylashgan. Mamlakatning eng koʻp neft qazib oladigan va qayta ishlanadigan hamda olmos olinadigan shtati. Yirik Paulu-Afonsu GES ishlab turibdi. Shtat janubida kakao, tamaki, shakarqamish plantatsiyalari bor. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, kimyo va boshqa bir qancha sanoat korxonalari mavjud. Chorvachilik ham rivojlangan.

Brazilia (shahar)

Braziliya — Braziliya poytaxti (poytaxt rasman 1960 yil 21 aprel

da RiodeJaneyrodan shu shaharga koʻchirilgan). Mamlakatning markazida, Braziliya yassitogʻligida, qariyb 1200 m balandlikda, sunʼiy suv omborining sohiliga qurilgan. Aholisi 1,8 mln. kishi (1996). Shahar atrofi bilan birga Federal (poytaxt) okrug qilib alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan, aholisi 2,9 mln. kishi (1992). Qishda oʻrtacha temperatura 19°, yezda 22°. Yiliga 1300 mm yogʻin yogʻadi. Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro miqyosdagi aeroport bor. B. ayrim poytaxt shaharlar (Kanberra, Bonn, Vashington, Islomobod) kabi faqat maʼmuriy poytaxt boʻlib, sanoat korxonalari deyarli yoʻq. Faqat oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalarigina ishlab turibdi. B.da prezident qarorgohi va kanselyariyasi, Milliy kongress va Oliy sud, ministrliklar kabi hukumat muassasalari joylashgan. Shahar Braziliya Konstitutsiyasining poytaxtni mamlakatning geografik markaziga yaqin joyga koʻchirish toʻtrisidagi maxsus bandini ijr’o qilish maqsadida 1957 yildan qurila boshladi. Shahar qiyofasi samolyot shaklida loyihalashtirib qurilgan. B. bosh rejasi meʼmor L. Kosta tomonidan ishlangan. Uch hokimlik maydonida maʼmuriy va jamoat binolari joylashgan. B.da universitet bor.

Braziliya-Oʻzbekiston munosabatlari

OʻzR bilan Braziliya oʻrtasidagi savdoiqtisodiy munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga va buning uchun shartnomaviyhuquqiy negiz yaratishga kirishildi. OʻzRning B. bilan 1996 yildagi tovar aylanmasi 7,16 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1997 yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston — B. tovar aylanmasi 16,75 mln. AQSH dollariga yetdi va avvalgidek tovar aylanmasi hajmining deyarli hammasi importdan iborat boʻldi. Uning 93,8 % ini moyli urugʻlar va mevalar, 6,2 % ini tamaki tashkil qildi.

Braziliya milliy futbol terma jamoasi

Braziliya milliy futbol terma jamoasi (portugalcha:Seleção Brasileira) xalqaro erkaklar futbol musobaqalarida Braziliya davlatining sharafini himoya qiladi. Braziliya Futbol Konfederatsiyasi tomonidan boshqariladi. 1923-yildan beri Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) hamda 1916-yildan beri Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (CONMEBOL) aʼzosi.

Braziliya terma jamoasi jahon chempionatlari tarixida eng omadli jamoadir, ular 5 marta 1958, 1962, 1970, 1994 va 2002-yillari chempion boʻlishgan. Ulra shuningdek FIFA Konfederatsiyalar kubogi musobaqasida ham 4 marta gʻolib chiqib, eng omadli terma jamoadir. Braziliya amaldagi konfederatsiya kubogi sohibi boʻlib turibdi: 1997, 2005, 2009 va 2013-yilgi chempionat gʻolibi boʻlishgan. Braziliya terma jamoasi barcha jahon chempionatlarida ishtirok etayotgan dunyodagi yagona jamoadir. Braziliya shuningdek, har bir Jahon chempionatlari uchun oʻtkaziladigan saralash bahslarida biror bir play-off bosqichisiz chempionatga yoʻllanma olib kelayotir. Braziliya umumiy tarzda 72ta rasmiy musobaqalarda oltin medallarga sazovar boʻlib rekord oʻrnatib kelmoqda.

Espiritu-Santu

Espiritusantu — Braziliyaning sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 46,2 ming km². Aholisi 3,1 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Vitoriya shahri Shtatning gʻarbiy qismini Braziliya yassitogʻligi, sharqini botqoqlashgan Atlantikaboʻyi pasttekisligi egallagan. Iklimi tropik, pasttekislikda issiq va sernam (oʻrtacha oylik tralar 20—26°, yillik yogʻin 1500–1700 mm), yassitogʻlikda salqinroq, yillik yogʻin 1000–1200 mm. Sernam tropik oʻrmonlar, sohil qismida aralash tropik oʻrmonlar bor.

Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil qiladi. Kofe, sitrus mevalar va kakao plantatsiyalari bor. Shuningdek, shakarqamish, sholi, maniok, dukkakli ekinlar, makkajoʻxori, tamaki ham yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan tarkibida toriy, uran va sirkoniy boʻlgan monatsit qumlar, plavikli shpat, marmar konlari, mineral suvli buloqlar bor. Toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qirgʻoqqa yaqin suvlardan baliq ovlanadi. Tashqi savdo aylanmasida Vitoriya dengiz porti muhim ahamiyatga ega.

FIFA

Fédération Internationale de Football Association (fransuzchadan "Xalqaro Futbol Federatsiyasi"; qisqartmasi FIFA) dunyo boʻyicha futbol masalalariga masʼul tashkilotdir.

1904 yilning 21 mayida Parijda FIFA — milliy futbol federatsiyalari uyushmasi tuzildi. Bu xalqaro musobaqalarni keng va tartibli tashkil qilishga yo‘l ochib berdi. FIFAning dunyoga kelishi uchun jon kuydirgan shaxs — frantsiyalik Rober Geren uning birinchi prezidenti bo‘ldi. Bungacha Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti bo‘lish bilan birga u Le Matin gazetasida ham ishlar edi. Aslida Geren muhandis diplomiga ega bo‘lgan.

FIFA prezidenti sifatida u dastlab klublar, so‘ngra terma jamoalar o‘rtasida xalqaro musobaqalar uyushtirish g‘oyasini ilgari surdi. 1904 yilgi Taʼsis kongressida FIFA ustavining 9-bandida shunday belgilab qo‘yildi: «FIFA xalqaro chempionatlarni tashkil qilish eksklyuziv huquqiga ega». 1905 yilgi kongressda gollandiyalik Karl Anton Villem Xirshman 15 ishtirokchi o‘rtasida (har bir davlatdan bittadan) klublar chempionatini o‘tkazish taklifini kiritdi. Xirshmanning fikriga ko‘ra ular 4 guruhga bo‘linishi kerak edi:

1-guruh: Angliya, Shotlandiya, Uels, Sh.Irlandiya

2-guruh: Belgiya, Frantsiya, Gollandiya, Ispaniya

3-guruh: Italiya, Avstriya, Shveytsariya, Vengriya

4-guruh: Daniya, Germaniya, Shvetsiya

Tasavvur qiling, hozirgi Chempionlar ligasi 1991 yili emas, 1905 yiliyoq tashkil qilinishi mumkin edi. Chempionatda ishtirok etish uchun ariza topshirishning oxirgi muddati deb 1905 yilning 31 avgusti belgilandi. Ammo shu kungacha FIFAga birontayam ariza tushmadi!

Bunday muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Geren 1906 yilning 4 iyunida, FIFAning uchinchi kongressida isteʼfoga chiqqanini maʼlum qildi.

FIFA boshqaruviga kelgan angliyalik Daniel Berli Vulfoll davrida ham (1918 yil 24 oktyabrda davom etgan) ushbu g‘oyalar amalga oshirilmadi.

29 oy FIFA prezidentsiz qolgach, 1921 yil 1 aprelida bu lavozimga frantsuz Jyul Rime o‘tirdi. Jahon chempionatini uyushtirish uchun sharoit pishib yetilganligini ilg‘agan Rime o‘z nomini tarix sahifalariga muhrlashga sazovor bo‘ldi. 1928 yilning 29 may kuni, Amsterdamda bo‘lib o‘tgan kongressda tarixiy qarorga kelindi. Yana bir frantsuz Anri Delonning taklifiga ko‘ra 1-jahon chempionati 1930 yili o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Amsterdamda birinchi jahon chempionatining mezboni kim bo‘lishi kerakligidan boshqa barcha masalalar kelishib olindi. Mezbon esa FIFAning navbatdagi, 1929 yilning 18-19 may kunlari Barselonada bo‘lgan kongressida aniq bo‘ldi. Nomzodlar 6 ta edi — Italiya, Shvetsiya, Gollandiya, Vengriya, Ispaniya va Urugvay. Yevropaning 5 vakili tarixiy chempionatni o‘tkazish huquqini bir ovozdan okeanorti mamlakatiga topshirishga qaror qildilar.

Fifa (FIFA, frans. Federation internationale de Football Association soʻzlari bosh harfidan) — xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi. 1904 yil Fransiyada taʼsis etilgan. 204 ta milliy futbol uyushmasini birlashtiradi (2003). Oʻzbekiston 1994 yildan aʼzo. Turli miqyosdagi xalqaro musobaqalar: milliy jamoalar oʻrtasida jahon chempionati (1930 yildan), mini futbol boʻyicha, ayollar jahon chempionatini, oʻsmirlar oʻrtasida, 16—17 yoshli futbolchilarning jahon chempionatini, qitalararo turnir va kubok musobaqalarini tashkil qiladi va oʻtkazadi. "FIFA magazin" bezakli jur., "FIFA Nyus" oylik byulletenini nashr etadi. Futbolni targʻib qilish ishidagi ulkan muvaffaqiyatlari uchun Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi S. Arutyunov FIFA medali bilan mukofotlangan (1998), "Neftchi" (Fargʻona) jamoasi futbolchisi S. Lebedev FIFA terma jamoasi tarkibida oʻynagan (1997).

FIFA Jahon chempionati 2014

FIFA Jahon chempionati 2014 futbol boʻyicha jahon chempionatlarining 20-turniri hisoblanadi, xalqaro erkaklar futboli musobaqasi, bu musobaqa 2014-yilning 12-iyunidan 13-iyuligacha Braziliya yashil maydonlarida oʻtkazildi. Braziliya bu futbol chempionatga ikkinchi marotaba mezbonlik qilda, oldingi 1950-yilgi jahon chempionatiga ham mezbonlik qilgan edi. Xalqaro futbol federatsiyasi tomonidan Braziliya hech qanday raqobatchilarsiz 2007-yilda ushbu chempionatga mezbon davlat sifatida saylandi va 1978-yilgi Argentinada boʻlib oʻtgan jahon chempionatidan keyin ilk bor mazkur turnir Janubiy Amerika mintaqasida boʻlib oʻtdi. Musobaqada Olmoniya milliy terma jamoasi gʻalaba qozondi, FIFA Jahon chempionati 2014 finalida Argentina terma jamoasini magʻlub qildi, Argentina esa 2-oʻrin bilan kifoyalandi.

2011-yilning iyun oyidan boshlangan saralash bosqichlaridan oʻtib 31 ta milliy terma jamoalar, mezbon Braziliya terma jamoasi bilan final bosqichida ishtirok etdi. Braziliyaning 12 ta shaharlaridagi stadionlarda, jaʼmi 64 ta oʻyin boʻlib oʻtdi, oʻyinlar guruh bosqichidan boshlandi. Mazkur jahon chempionatida ilk bor golni avtomatik aniqlash usulidan foydalandi.Mezbon davlat bilan birga, 1930-yildagi birinchi jahon chempionatidan beri chempion boʻlgan barcha terma jamoalar (Urugvay, Italiya, Olmoniya, Angliya, Argentina, Fransiya va Ispaniya) ushbu chempionatga yoʻllanma olishdi. 2010-yilgi jahon chempionati gʻolibi Ispaniya terma jamoasi ushbu musobaqada Angliya va Italiya terma jamoalari kabi, guruh bosqichidan ham chiqa olmadi. Urugvay nimchorak finalda, Fransiya chorak finalda kurashni toʻxtatdilar. FIFA Jahon chempionati 2014 finaligacha 2ta sobiq jahon chempionlari Olmoniya va Argentina terma jamoalari yetib kelishdi, Olmoniya qoʻshimcha taymlarda gol kiritib 1-0 hisobida Argentina ustidan gʻalaba qozondi va ushbu Olmoniyaning gʻalabasi jahon chempionatlari tarixida Janubiy Amerika maydonida gʻolib boʻlgan ilk Yevropa jamoasi boʻldi. Shuningdek ushbu gʻalabadan keyin tarixda ilk bora Yevropa vakillari ketma ket eng oxirgi 3ta jahon chempionlari boʻlib kelmoqda (2006-yili Italiya, 2010-yili Ispaniyadan keyin).Gʻolib jamoa sifatida, Olmoniya terma jamoasi FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 musobaqasiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqa davomida, mezbon shaharlar 5 milliondan ortiq muxlislarni qabul qildi, hamda, Braziliya 202 davlatdan tashrif buyurgan 1 millionga yaqin futbol muxlislarini qabul qildi.

Federal okrug (Braziliya)

Federal okrug (portugalcha:Distrito Federal) Braziliyaning 27ta federativ birlashmasidan bittasidir. Federal okrug Braziliyaning markaziy platosida joylashgan, 31 ta maʼmuriy regionlarga boʻlinadi, Braziliya poytaxti hamda ushbu shtat maʼmuriy markazi Brazilia shahri ushbu shtatda joylashgan. Iqlimi quruq, ikkita mavsumdan iborat. Quruq mavsum (qish) davomida, namlik ogʻir darajaga yetib keladi, kunlar juda issiq boʻladi.

Goyas

Goyas — Braziliyadagi shtat, Braziliya yassitogʻligining markaziy qismida, Tokantins daryosi havzasida. Mayd. 340,2 ming km2. Axrlisi 4,99 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Goyaniya shahri. Relyefi bal. 800–900 m li Goyas yassitogʻligidan iborat. Yozi sernam subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 22— 26°, yiliga 1500–2000 mm yogʻin yogʻadi. Hududining katta qismini shimolida savannalar egallagan, doim yashil oʻrmonlar bor.

Goyas — agrar shtat; yirik shaharlar atrofida dehqonchilik, ichki rayonlarda ekstensiv chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — sholi, shakarqamish, paxta, shuningdek, kofe, tamaki, makkajoʻxori, maniok, loviya yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan asbest (Braziliyada 1-oʻrinda), oltin, olmos, qisman nikel, mis olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yogʻochni qayta ishlash, koʻn poyabzal. Yirik shaharlari: Anapolis, Seris.

Janubiy Amerika

Janubiy Amerika, Gʻarbiy yarimsharning janubiy qismidagi materik, Amerika qitʼasining janubiy yarmi. Sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okeani oʻrab turadi. Shimolida Panama boʻyni orqali Shimoliy Amerika bilan tutash, janubida Dreyk boʻgʻozi orqali Antarktidadan ajralib turadi. Materikning eng uzun joyi 7150 km, eng keng joyi 5100 km. Janubiy Amerika tarkibiga Shamolsiz orollar, Trinidad orol, Folklend, Olovli Yer va Chili arxipelaglari, Galapagos orollari kiradi.

Maydoni 17,85 million km², orollar bilan birga hisoblaganda esa 18,28 million km². Aholisi 420 millionni tashkil qiladi ahili soni boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinda (Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikadan keyin) turadi.

Portugal tili

Portugal tili — roman tillaridan biri. Portugaliya, Braziliyada, Afrikaning bir qancha mamlakatlarida, Osiyoda Aominda va Hindistonning ayrim hududlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 190 mln. kishidan ortiqroq (jumladan, Portugaliyada 15 mln.ga yaqin, Braziliyada 160 mln. kishidan ortiq). Portugaliya, Braziliya, Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi respublikalarining rasmiy tili. Portugal tili 12— 14-asrlardajan. va shim. por-tugalgalisiy shevalarining aralashuvi natijasida shakllangan. 16-asr boshida Portugaliyaning mustamlakachilik harakatlari tufayli Braziliyaga kirib keladi va asta-sekin mahalliy indeys tillarini siqib chiqaradi. Hozirgi Portugal tilining 2 asosiy varianti — portu-galcha va brazilcha variantlari mavjud (ular, asosan, fonetika va leksika sohasida oʻzaro farqlanadi); brazilcha variantda mahalliy narsa-ashyolarni ifodalovchi indeys soʻzlari koʻplab uchraydi. Portugal tili ning afrikancha varianti esa shakllanish arafasida. Portugaliya hududida 3 ta lahja guruhi mavjud; Jan., Markaziy va Shim. Braziliyada shim. va jan. laxjalarga ajralsada, ular deyarli oʻzaro farqlanmaydi.

Portugal tilining fonetik qurilishi urgʻusiz boʻgʻinlarning , asosan, soʻz oxirida reduksiyaga uchrashi, ochiq va yopiq, shuningdek, burun unlilarining , ay-niqsa, burun diftonglarining mavjudligi bilan boshqa roman tillaridan farqlanadi. Hozirgi Portugal tilida lotincha zamon shakllaridan uzoq oʻtgan zamon (ga suf-fiksli) va shartli kelasi zamon (-re suffiksli) shakllari saqlanib qolgan.

Portugal tilidagi dastlabki adabiy yodgorlik va hujjatlar 12-asrga mansub. Hozirgi adabiy Portugal tili 16-asrda, Luish di Kamoens ijod qilgan davrda shakllangan. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.

Rio-de-Janeyro

Rio-de-Janeyro (mahalliy toʻliq nomi: São Sebastião do Rio de Janeiro, talaffuzi: San Sebastyanu du Hiu de Janeyru; tarjimasi: yanvar daryosi) yoki qisqacha Rio Rio-de-Janeyro shtatining poytaxti boʻlib, Braziliyaning ikkinchi, Janubiy Amerikaning uchinchi, dunyoning 26-chi eng katta shahridir.Rio deyarli ikki asr Braziliyaning poytaxti boʻlgan: 1763—1815-yillarda portugal mustamlakasi paytida, 1815—1821-yillarda Portugaliya, Braziliya va Algarves Birlashgan Qirolligi paytida, hamda 1822—1960-yillarda mustaqil Braziliyada. Shaharga Cidade Maravilhosa ("Ajabtovur Shahar") degan laqab qoʻyilgan.

Rio-de-Janeyro — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar, Atlantika okeanining Guanabara buxtasining gʻarbiy sohilida. RiodeJaneyro shtatining maʼmuriy markazi. Iqlimi tropik iklim. Yanv.ning oʻrtacha trasi 26°, iyulniki 2G. Yillik yogʻin 1000 mm dan ortiq. Aholisi 5,85 mln. kishi (2000). Atrofidagi shaharlar bilan Katta R.deJ. aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Shaharga bu yerga ilk bor 1502 y. 1 yanvda kelgan portugallar tomonidan 1565 yilda asos solingan va R.deJ. — Yanvar daryosi deb atalgan. Sababi ular Guanabara buxtasini nomaʼlum daryoning kuyilish joyi deb hisoblaganlar. 1531 yilda bu yerda fort qurilgan. Uzoq mudsat kichikroq qishloq boʻlgan. 17-asr oxiridan shahar tez oʻsa boshladi. 18-asr oʻrtalarigacha Jan. Amerikaning qul savdosi markazi edi. 1763 yildan Portugaliya mustamlakasi boʻlgan Braziliya vitsekirolligi, 1822—89 yillarda Braziliya imperiyasi, 1889 — 1960 yillarda Braziliya Federativ respublikasi poytaxti. R.deJ. — mamlakatning yirik tashqi savdo portlaridan. Chetga kofe, shakarqand, teri, qimmatbaho yogʻoch, ruda, paxta, meva chiqariladi, chetdan kumir, neft, sement, mashinalar keltiriladi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari shaharni sohilboʻyi va ichki rnlar bilan bogʻlaydi. R.deJ. — iqtisodiy ahamiyati boʻyicha mamlakatning SanPaulu shahridan keyin 2oʻrindagi savdo-sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: oziqovqat, farmatsevtika, toʻqimachilik, kimyo, metallurgiya, poligrafiya, elektrotexnika, mashinasozlik sanoatlari. Neft kimyosi, kemasozlik rivojlangan. Yogochsozlik, mebel, koʻnpoyabzal, rezinatexnika, tikuvchilik, zargarlik buyumlari i.ch. korxonalari bor. R.deJ. mamlakatning yirik madaniy markazlaridan. Braziliya fanlar akademiyasi, Braziliya filologiya akademiyasi, Tibbiyot milliy akademiyasi, 6 unt, milliy kutubxona, rasadxona, teatrlar, muzeylar: milliy, nafis sanʼat, tarix, Braziliya geografiyasi va boshqa, botanika va hayvonot boglari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, ratusha, cherkov, ibodatxona, saroylar saqlangan. Sohil boʻyida zamonaviy uslubda qurilgan otel va pansionat koʻp. Shaharda dunyoda eng katta Marakanya stadioni kurilgan.

Rondoniya

Rondoniya — Braziliyaning shimolidagi federal hudud, Madeyra daryosi havzasida. Maydoni 238,5 ming km². Axrlisi 1,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — PortuVelyu sh. R.ning katta qismi Braziliya yassitogʻligining shim.gʻarbiy qismi, shim. Amazonka pasttekisligidan iborat. Iklimi ekvatorial, issiq va nam iklim. Oʻrtacha oylik tralar 23—24°, yillik yogʻin 2000–2500 mm. Ekvatorial oʻrmonlar, savannalar bor. Iqtisodiyotining asosini oʻrmon xoʻjaligi tashkil qiladi: kauchuk, braziliya yongʻogʻi yigʻiladi, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi, ovchilik bilan shugʻullaniladi. Togʻ etaklarida dehqonchilik qilinadi. Sanoati oʻrmon mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Oltin, kassiterit qazib olinadi.

San Paulu

San-Paulu — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 248,8 ming km². Aholisi 36,6 mln. kishi (2000), 9U% dan ortigʻi shaharliklar. Maʼmuriy markazi — SanPaulu sh. Braziliya yassitogʻligining jan.sharqiy qismida joylashgan. Iklimi tropik, oʻrtacha oylik tralar ichki xududlarda 14—16° dan 22°gacha, sohil qismida 18—26°. Yillik yogʻin 1200–2500 mm. Sernam tropik oʻrmonlar bor. S.P. — mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Mamlakat sanoat mahsulotining 1/2 qismi shu shtatda ishlab chiqariladi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: avtomobilsozlik, elektrotexnika, qogʻozsellyuloza, poʻlat prokati. Oziqovqat, toʻqimachilik, kimyo, farmatsevtika sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Foydali qazilmalardan slyuda, kaolin, ohaktosh qazib olinadi. Qishloq xoʻjaligida kofe, paxta, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, donli ekinlar ekiladi. Goʻshtsut chorvachiligi, parrandachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi.

Serjipi

Serjipi — Braziliyaning shim.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 22 ming km². Aholisi 1,7 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Arakaju sh. Braziliya yassitogʻligining sharqiy yon bagʻirlarida joylashgan, sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligidan iborat. Iqlimi tropik, passatli, quruq iqlim. Oʻrtacha temperaturasi yanvarda 27°, iyulda 24°. Yillik yogʻin 600–1000 mm. Yirik daryosi — SanFransisku. Gʻarbida savanna va siyrak oʻrmonlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Sohil boʻyida shakarqamish, apelsin, tamaki, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, sholi, qurgʻoqchil Braziliya yassitogʻligida paxta ekiladi. Qoramol boqiladi. Kokos yongʻogʻi yigʻiladi. Ip gazlama, paxta tozalash, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy porti — Arakaju.

Tokantins

Tokantins — Braziliyadagi dare. Uz. 2850 km, havzasining maydoni 770 ming km². Maranyan va Almas daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Braziliya yassitogʻligi va Amazonka pasttekisligidan oqadi. Para daryosiga (Amazonka daryosining deltasidagi oʻng tarmogʻi) estuariy hosil qilib quyiladi. Yirik irmogʻi — Araguya (chapdan). Quyilish joyidagi oʻrtacha suv sarfi 16,8 ming m³/sek, okt.dan mart—apr.gacha suvi koʻpayadi. Suv ombori qurilgan. Quyilish joyidan 350 km masofada kema katnaydi.

 Brazil
Tarix
Geography
Government
Politics
Economy
Society
Culture

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.