Armiya generali

Armiya generali — bir qator davlatlarda amaldagi eng oliy harbiy unvon. Generallar tarkibiga kiradi. Baʼzi davlatlarda marshal yoki feldmarshal harbiy unvonidan quyiroq turadi. MDH davlatlari orasidan Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston davlatlarida ushbu unvon mavjud. Oʻzbekiston, Gurjiston, Armaniston, Ozarbayjon davlatlarida ham ushbu unvon mavjud, biroq hali hech kimga topshirilmagan. Adliya xizmatidagi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi unvoniga teng.

RAF A F9GenArmy after2013
Armiya generali pogoni

Qozogʻiston

  1. Sagʻadat Nurmahambetov — Mudofaa vaziri (1992—1995)
  2. Muxtar Altinbayev — Mudofaa vaziri (1996—1999, 2001—2007)[1]

Qirgʻiziston

  1. Esengul Topoev — Mudofaa vaziri (1999—2005)[2]

Tojikiston

  1. Emomali Rahmon — Tojikiston Prezidenti

Turkmaniston

  1. Saparmurot Niyazov — Turkmaniston Prezidenti (1990—2006)
  2. Danatar Kopekov — Mudofaa vaziri (1992—1998)
  3. Qurbonmuhammad Qosimov — Ichki ishlar vaziri (1993—1998), Mudofaa vaziri (1998—1999)
  4. Agageldi Mammetgeldiyev — Mudofaa vaziri (2003-2009)
  5. Gurbanguli Berdimuhamedov — Turkmaniston Prezidenti[3]

Oʻzbekiston

2002-yilgacha Oʻzbekistonda Marshal unvoni eng oliy harbiy unvon hisoblangan[4]. Yangi qonunga koʻra, Marshal unvoni bekor qilindi va Armiya generali eng oliy harbiy unvon hisoblandi[5]. Hozirgacha hech kimga topshirilmagan.

Manbalar

  1. Generalnaya liniya
  2. Ukaz Prezidenta Kirgizskoy Respubliki ot 21 avgusta 2004
  3. Prezident Turkmenii stal generalom armii
  4. Zakon Respubliki Uzbekistan „O vseobshey voinskoy obyazannosti i voennoy slujbe“ ot 3 iyulya 1992 goda
  5. Zakon Respubliki Uzbekistan „O vseobshey voinskoy obyazannosti i voennoy slujbe“ ot 12 dekabrya 2002 goda
Dwight Eisenhower

Dwight David Eisenhower (1890.14.10, Denison, Texas shtati — 1969.28.3, Vashington) — AQShning 34-prezidenti (1953—61). Respublikachilar partiyasidan saylangan. Armiya generali (1944). Ittifoqchilarning Gʻarbiy Yevropadagi ekspeditsion qoʻshinlari oliy bosh qoʻmondoni (1943 yil, dekabr); AQShning Germaniyadagi okkupatsion qoʻshinlari qoʻmondoni (1945 yildan); NATO qurolli kuchlari oliy bosh qoʻmondoni (1950—52). Eisenhower 1961 yil harbiysanoat kompleksi taʼsirining kuchayishi xavfini oldini olishga chaqirgan. AQSH hukumatining Yaqin va Oʻrta Sharqdagi tashqi siyosatini ifodalovchi Eyzenxauer doktrinasi tashabbuskori.

Emomali Rahmon

Emomali Rahmon - (toj.Эмомалӣ Раҳмон, 21-mart 2007-yilgacha Emomali Sharipovich Rahmonov,toj.Эмомалӣ Шарифович Раҳмонов). 1952-yil 5-oktyabr kuni tugʻilgan. Tojikistonlik siyosatchi, 1992-1994-yillarda Tojikiston Oliy Majlisi raisi, 1994-yildan Tojikiston Respublikasi Prezidenti. 2015-yil 25-dekabrda "tinchlik va barqarorlik asoschisi" unvoni berilgan.

General-polkovnik

General-polkovnik — generallar tarkibidagi harbiy unvon. Dunyoning bir qator davlatlarida amalda. Adliya xizmatidagi 1-darajali davlat adliya maslahatchisi unvoniga teng.

Gurbanguli Berdimuhamedov

Gurbanguli Berdimuhamedov (turkm. Gurbanguly Berdimuhamedow; 1957-yil, 29-iyun, Babarap qishlogʻi, Turkmaniston SSR) — Turkmanistonning ikkinchi va hozirgi prezidenti. Berdimuhamedovning asli kasbi tish doktori boʻlib, u 2006-yili 21-dekabrda avvalgi prezident Saparmurat Niyozov vafotidan soʻng prezident vazifasini bajara boshlagan. 2007-yil 14-fevralda prezident etib saylangan.

Hafiz Asad

Asad Hafiz (1930.6.10, Latakiya viloyati, Kardaxa shahri — 2000.10.6, Damashq) — Suriyaning davlat va siyosat arbobi, armiya generali (1968). Dehqon oilasida tug‘ilgan. 1955 y. Halab shahridagi Harbiy-havo kuchlari kollejini tugatgan. 1964 — 70 y.larda Suriya Arab Respublikasi (CAP) Harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari qo‘mondoni, ayni paytda 1966 y.dan mudofaa vaziri. 1970 y. noyabrdan SAR bosh vaziri va mudofaa vaziri. 1971 y.dan SAR prezidenti va Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi bosh kotibi. Ayni vaqtda 1972 y. martdan SAR Progressiv milliy fronti raisi.

Harbiy unvonlar

Harbiy unvonlar — qurolli kuchlarning har bir harbiy xizmatchisi va zaxiradagi harbiy majburiyatli shaxsga ularning xizmat mavqei, harbiy va maxsus tayyorgarligi, oʻtagan xizmati muddati, qaysi qoʻshin yoki xizmat turiga mansub ekanligiga, shuningdek, koʻrsatgan xizmatlariga koʻra beriladigan unvon. Harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlaridagi mavqelarini belgilaydi.

Haydar Aliyev

Haydar Alirizo oʻgʻli Aliyev (t. 10 may 1923, Naxchivon,

ZSFSR, SSSR — v. 12 dekabr 2003, Klivlend, Ogayo, AQSH) — Ozarbayjonning ajoyib siyosiy va davlat arbobi, Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti (1993-2003), „Ulugʻ rahnamo“ va „Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri“ unvonlarining rasmiy sohibi.

Haydar Aliyev — Ozarbayjon Respublikasining uchinchi prezidenti. Hozirgi prezident Ilhom Aliyevning otasi.

Kim Jong-un

Kim Jong-un (talaffuzi: Kim Chen In; Koreyscha: 김정은; 8-yanvar 1984-yil, Pxenyan, KXDR) — Shimoliy Koreya davlat, siyosiy, harbiy va partiya arbobi. 2011-yildan KXDR Oliy rahbari.

Kursk jangi

Kursk jangi - Ikkinchi jahon urushidagi eng yirik janglardan biri (1943 yil, 5 iyul — 23 avg .). Stalingrad jangi (1942—43) dan soʻng , Bryansk, Voronej va Markaziy frontlarning qoʻshinlari nemis fashist qoʻshinlarini ulkan hudud boʻylab surib tashlagan. Natijada "Kursk yoyi" deb atalmish front chizigʻi yuzaga kelgan. Nemis fashistlar qoʻmondonligi ana shu yerda Voronej va Markaziy front qoʻshinlarini oʻrab olib, tor-mor qilish rejasini tuzgan. Bunga qarshi sovet qoʻmondonligi dastlab mudofaa, keyin qarshi zarba operatsiyalari bilan dushmanni tor-mor keltirish va uning yangi rejalarini barbod qilish rejasini ishlab chiqqan. "Kursk yoyi"ni mudofaa qilayotgan qoʻshinlarga qarshi nemislar oʻzining , 2, 9-piyoda askarlar, 4-tank armiyasi, "Kampf" tezkor guruhini jangga tashlagan. Vatijada ular 5 iyulda Oryol-Kursk yoʻnalishi boʻyicha 10—12 km, Belgorod-Kursk yoʻnalishi boʻyicha 35 km masofaga yorib kirgan. Iyul— avgust oylarida Markaziy, Voronej va Dasht (general polkovnik I.S. Konev), Gʻarbiy (general polkovnik V. O. Sokolovskiy), Bryansk (general polkovnik M. M. Popov) va Janubi-Gʻarbiy (armiya generali R. Ya. Malinovskiy) fronti qoʻshinlari qarshi hujumga oʻtib fashistlarning 30 diviziyasini yakson qilgan. Oryol va Belgorod (5 avg .), Harkov (23 avg .) shaharlari ozod qilingan. Kursk jangi Ikkinchi jahon urushida hal qiluvchi burilish yasagan va strategik tashabbus oʻzil-kesil sovet qoʻshinlariga oʻtgan.

Mahmud Qosimov

Qosimov Mahmud Tojiqulovich (1901 yili Andijon shahri Oʻzbekistonda tugʻilgan-Fargʻona shahrida vafot etgan-Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, sovet harbiy qoʻmondoni, birinchi oʻzbek polk komandirlaridan biri, armiya generali, Fargʻona viloyati harbiy komissari, SSSRning Erondagi elchixonasi harbiy attashesi, Oʻzbekistonda va Qirgʻizistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurashchisi, bosmachilikka qarshi kurashgan.

Manjuriya operatsiyasi

Manjuriya operatsiyasi — Ikkinchi jahon urushi davrida SSSRning Yaponiyaga qarshi oʻtkazgan yirik jangovar operatsiyasi (1945 yil 9.8–2.9). Zabaykalye fronti, 1- va 2-Uzoq Sharq fronti qoʻshinlari (qoʻmondonlar – Sovet Ittifoqi marshallari R. Ya. Malinovskiy, K. A. Meretskov va armiya generali M. A. Purkayev), Tinch okean fronti (qoʻmondon – admiral I. S. Yumashev), Amur harbiy flotiliyasi (qoʻmondon – kontr-admiral N. V. Antonov) va Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) qoʻshinlari (qoʻmondon – MXR marshali X. Choybalsan) bilan hamkorlikda Uzoq Sharkdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni Sovet Ittifoqi marshali A. M. Vasilevskiyning umumiy qoʻmondonligi ostida shiddatli zarbalar bilan Yaponiyaning Kvantun armiyasi (qoʻmondon O. Yamada)ning kuchli mudo-faasini yengib va yurish qiyin boʻlgan joylar (tayga, togʻlar, shu jumladan, Katta Xingan tizmasi)dan oʻtib, Manjuriyaning muhim markazlariga yetib bordilar. 19 avgustda yapon qoʻshinlari yal-pisiga asir tusha boshladilar.

Sovet qoʻshinlarining Manjuriya operatsiyasidagi gʻalabasi 2 sentabrda Yaponiyani taslim boʻlishga majbur qildi va Ikkinchi jahon urushining tugashiga olib keldi.

Moskva jangi

Moskva urushi - Ikkinchi jahon urushi dagi yirik urushlardan biri (1941.30.9 — 1942.20.4). Mudofaada turgan (1941.5.12 gacha) sovet qoʻshinlarining Gʻarb (general-polkovnik I. S. Konev, 10 oktyabrdan armiya generali G. K. Jukov), Rezerv (marshal S. M. Budyonniy), Bryansk (genaral-polkovnik A. I. Yeremenko, oktyabrdan generalmayor G. F. Zaharov) va Kalinin (general-polkovnik I. S. Konev) frontlari shiddatli urushlardan soʻng , olmon qoʻshinlarining "Markaz" armiyalar guruhi (general-feldmarshal F. Bok) hujumini Volga suv omboridan janubroqda, Dmitrov, Yaxroma, Krasnaya Polyana (Moskvadan 27 km narida), Istradan sharqroqda, Kubinkadan gʻarbroqda, Naro-Fominsk, Serpuxovdan gʻarbroqda, Aleksin, Tuladan sharqrokda toʻxtatib dushmanni holdan toydirganlar. 5—6 dekabrda sovet qoʻshinlari qarshi hujumga oʻtib, 1942 yil 7—10 yanvarda butun front boʻylab yalpi hujumga oʻtganlar. 1942 yilning yanvar — aprelida Shimoli-Gʻarbiy (generalleytenant P. A. Kurochkin), Kalinin, Gʻarbiy va Bryansk (general-polkovnik Ya.T. Cherevichenko) frontlarining soʻl qanot qoʻshinlari raqibni magʻlubiyatga uchratib, uni 100—250 km nariga uloqtirib tashlashgan. Ikkinchi jahon urushida olmonlar armiyasi ustidan ilk bor yirik gʻalabaga erishilgan.

Sergey Shoygu

Sergey Kujugetovich Shoygu (ruscha: Серге́й Кужуге́тович Шойгу́, Andoza:Lang-tyv; 21-may 1955) Rossiya harbiy arbobi, amaldagi mudofaa vaziri. Xalqaro o't o'chiruvchilar va qutqaruvchilar federatsiyasi Prezidenti

Susilo Bambang Yudhoyono

Yudxoyeno Susilo Bambang (1949.9.9, Indoneziya, Sharqiy Yava provinsiyasidagi Pachitan sh.) — Indoneziya davlat arbobi. Armiya generali. Indoneziya Respublikasi qurolli kuchlari akademiyasini tugatgan (1973). quruqlikdagi qoʻshinlar va harbiy havo kuchlari komandirlari kursida, AQSH, Panama, Belgiya va Germaniyadagi harbiy kurslarda oʻqigan. 1976—77. 1979— 80 va 1986—88 y.larda Indoneziyaning sobiq Sharqiy Timor provinsiyasidagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan. Yu. BMTning Bosniya va Gersegovinadagi Tinchlikparvar kuchlari huzurida bosh harbiy kuzatuvchi (1995—96). Indoneziya armiyasi hududiy shtabi boshligʻi (1998—99), Indoneziya energetika va kon sanoati vaziri (1999—2000), siyosat va xavfsiztik masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi vazir (2000— 04), 2004-2014 yillarda Indoneziya Respublikasi prezidenti.

Vatan urushi ordeni

Vatan urushining ordeni —(ruscha: Орден Отечественной войны) sovet Ittifoqining oliy sanalgan unvonlaridan biri, s:SSSRning yuqori hukumat prezidiumi koʻrsatmasi tomonidan 20.05.1942dan taʼsis etilgan.SSSRning yuqori hukumat prezidiumi koʻrsatmasi „Vatan urushining ordenining I va II darajalari taʼsis etilishi xususida “ 20 may 1942 yildan kuchga kirgan.Keyinchalik baʼzi bir ashyolar koʻrilib 19 iyun 1943 yilda SSSRning yuqori hukumat prezidiumi koʻrsatmasi bilan oʻzgartirishlar kiritilgan , Vatan urushinning — ordeni SSSRning yuqori hukumat prezidiumi koʻrsatmasi 16 dekabr 1947 yili. Ulugʻ vatan urushi xodisasida bu oliy orden bilan 1276 ming. inson taqdirlangan, shularning orasidan 350 ming nafari — I darajali orden bilan sazovor boʻlgan.

Serjantlar va ofitserlar tarkibi
Adliya xizmati

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.