22-may

22-mayGrigoriy taqvimida yilning 142- (kabisa yilida 143-) kuni. Yil yakuniga 223 kun qoladi.

May
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    
2019-yil

Bayramlar

Shuningdek qarang: Turkum:22-may bayramlari

Voqealar

WLANL - Pachango - Slot Loevestein

Shuningdek qarang: Turkum:22-may voqealari

Tavalludlar

Shuningdek qarang: Turkum:22-mayda tugʻilganlar

Vafot etganlar

Shuningdek qarang: Turkum:22-mayda vafot etganlar

Havolalar

1920

1920

1946

1946

1996

1996

3 yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida" va "Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida" qarorlar qabul qildi.9 yanvar — Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish Respublika kompyuter tarmogʻi "Oʻzpak" foydalanishga topshirildi.Yanvar — Toshkentda Alisher Navoiy tavalludining 555 yilligiga bagʻishlangan "Oʻzbekiston mustaqilligi va navoiyshunoslik istiqbollari" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya boʻldi. Yanvar. Toshkentda Oʻzbekiston bokschilarining birinchi respublika spartakiadasi boʻlib oʻtdi. Yanvar. "Inson va qonun" — Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi (1998 yil yanvardan mustaqil haftalik nashrga aylantirildi). Yanvar. Oʻzbekiston Oqsoqollar kengashi va "Mahalla" jamgʻarmasining "Mahalla" ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.6 fevral — Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi qarorgohida Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga Olimpiada oltin ordeni topshirildi.9 fevral — Buxoro viloyatining Zafarobod shaharchasida Navoiy konmetallurgiya kombinati bilan rossiyalik sheriklar hamkorligida benzin tozalovchi smola ishlab chiqaradigan yangi kimyo-texnologiya korxonasi foydalanishga topshirildi.Fevral — Osiyo—Yevropa kabelli aloqa magistralining Oʻzbekiston hududidan oʻtadigan qismining qurilishi boshlandi. Umumiy uzunligi 19 ming km li ushbu magistralning 885 km Oʻzbekiston boʻylab oʻtgan (qurilish 1997 yilda yakunlandi).4 mart — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.15 mart — Parijda "Amir Temur va temuriylar toʻgʻrisida ilmiy asarlar bibliografiyasi" kitobi chop etildi.25 mart — Andijon viloyatining Asaka shahrida "Damas" mikroavtobuslarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi.Mart — "Andijonirmash" irrigatsiya mashinasozligi zavodi negizida yengil avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqaradigan "Oʻztong xong kompani" Oʻzbekiston—Koreya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.3 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Davlat aksiyadorlik uy-joy jamgʻarma banki — "Oʻzuyjoyjamgʻarmabank" roʻyxatga olindi (2005 yil fevral oyidan Ipoteka bank).5 aprel — Toshkentda respublikada birinchi "Oʻzinvestloyiha" injiniring kompaniyasi faoliyat koʻrsata boshladi.5 aprel — "Oʻzbeknavo" gastrolkonsert birlashmasi (2001 yildan "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi) tashkil etildi.9 aprel — Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi.16 aprel — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining birinchi taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi.16 aprel — Germaniyaning Gamburg shahrida professional boks tarixida birinchi bor Oʻzbekiston vakili — toshkentlik sportchi Artur Grigoryan jahon chempioni boʻldi.17 aprel — "Kamolot" jamgʻarmasi taʼsis etildi.20—26 aprel — YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida "Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi" mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma boʻlib oʻtdi.23 aprel — Toshkentda YEXHTning "Markaziy Osiyo: YEXHT doirasida keng qamrovli xavfsizlik va mintaqaviy mojarolar" mavzuidagi simpoziumi boʻlib oʻtdi.25—26 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida", "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida", "Erkin iqgisodiy zonalar toʻgʻrisida", "Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi qonunlari qabul qilindi.26 aprel — Amir Temur ordeni taʼsis etildi.26 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy unvonlari taʼsis etildi.26 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tashkil etildi.29 aprel — "Oʻzbekkino" Davlataksiyadorlik kompaniyasi (hozirgi "Oʻzbekkino" milliy agentligi) tuzildi.Aprel — Buxoroda suv sifatini boshqarish boʻyicha xalqaro kengash boʻlib oʻtdi.Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining "Qonun himoyasida" jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.2 may — Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashkil etildi.13 may — "Tajan—Saraxs" transosiyo temir yoʻl magistrali ochildi.15 may — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil qilindi (2005 yil 2 maydan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi).22 may — Toshkentda jahondagi kompyuter texnikasining yetakchisi - IBM kompaniyasi vakolatxonasi ochildi.May — Samarqandda "Sunam" Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. May. "Shahrixon—Xonobod" yoʻnalishi boʻyicha poyezdlar qatnay boshladi. May. Toshkentda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati muzeyi ochildi.25 iyun — "OʻzDEUavto" Oʻzbekiston - Janubiy Koreya qoʻshma korxonasida "Tiko" va "Neksiya" avtomobillari ishlab chiqaradigan liniyalar ishga tushirildi.Iyun — Angren "Sanoatkartonsavdo" aksiyadorlik jamiyatida dastlabki sellyuloza ishlab chiqarildi.15—21 iyul — Oʻzbekistonda birinchi marta ommaviy sport haftaligi oʻtkazildi.15 iyul — Fan va madaniyat xalqaro jamgʻarmasi tuzildi.19 iyul — Andijon viloyatining Asaka shahrida yengil avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha "OʻzDEUavto" Oʻzbekiston — Janubiy Koreya qoʻshma korxonasining xalqaro taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.19 iyul — 4 avgust — AQShning Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan 24-yozgi Olimpiada oʻyinlarida hamyurtlarimiz bittadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.14 avgust — Nukusda marmar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona ishga tushirildi.27 avgust — Yangiyoʻl shahrida biokimyo zavodining yangi korxonasini ishga tushirish munosabati bilan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.28 avgust — Samarqand va Shahrisabz shaharlarini Amir Temur ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida farmon chiqdi;28 avgust — "Miskin—Toʻrtkoʻl" temir yoʻli qurilishi tugallandi.29 avgust — "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni taʼsis etildi.29 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavi qabul qilindi.29—30 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida", "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida"gi qonunlar qabul qilindi.30 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.1 sentyabr — Toshkent shahrida Xalqaro Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi. Unda Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etdi.9 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi "Maʼnaviyat va maʼrifat" kengashining "Maʼnaviyat" nashriyoti tashkil etildi.20 sentyabr — Samarqandda qadimiy Afrosiyob shahar xarobasida qazish ishlari olib borgan fransuz arxeologlari topilmalari koʻrgazmasi ochildi.27 sentyabr — Oʻzbekiston Bolalar jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.Sentyabr — Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida zamonaviy fersol va ferlit plastik moyi ishlab chiqaradigan qurilma ishga tushirildi.Sentyabr — Buxoroda Hindistonning "Larsen TurboLTD" firmasi qurgan 430 oʻringa moʻljallangan toʻrt yulduzli mehmonxona ochildi.Sentyabr — Andijonda polietilen plyonka ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi taqdimoti boʻldi.Sentyabr — "Toshkent traktor zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi konveyeridan TTZ-130 rusumli dastlabki traktorlar chiqdi.Sentyabr — Asaka shahrida "FederechiAsaka-Makaroni" Oʻzbekiston—Italiya qoʻshma korxonasi ishga tushdi.Sentyabr — Buxoro viloyati Jondor tumanida 13-asrda yashab oʻtgan xalq qahramoni, sarkarda Mahmud Torobiyga haykal oʻrnatildi.2 oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkilotiga aʼzo boʻldi.8 oktyabr — Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi respublikada birinchi "Bankinformreyting" mustaqil reyting kompaniyasini taʼsis etdi.18 oktyabr — Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravishda ochildi.18 oktyabr — Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi. Har ikki shaharga "Amir Temur" ordeni topshirildi;18 oktyabr — Toshkentda "Birja va ulgurji savdo" yangi haftalik gazetasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.21 oktyabr — Toshkent shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya hamda Oʻzbekiston rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi va unda Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.24 oktyabr — Shirin ichimliklar va maʼdanli suv ishlab chiqaruvchi "Samarqand-Praga", qoʻshma korxonasi dastlabki mahsulotlarini chiqardi.24 oktyabr — Toshkent shahrida "Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan oʻrni" mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.31 oktyabr — Toshkentda "Yozuvchi" gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.31 oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi tuzildi.Oktyabr — Toshkentda besh yulduzli "Interkontinental" mehmonxonasining 1-navbati foydalanishga topshirildi.Oktyabr — Oʻzbekiston—Italiya "Sovplastital" qoʻshma korxonasi Parijda "Sifat uchun Yevropa Oltin mukofoti"ga sazovor boʻldi. Bu qoʻshma korxona sazovor boʻlgan sakkizinchi xalqaro mukofotdir.Oktyabr — Toshkentda "Bozor, pul va kredit" ilmiy-amaliy jurnalining 1-soni, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini yoritish boʻyicha "Vestnik Arala" ("Orol axborotnomasi") ilmiy jurnalining ilk soni bosmadan chiqdi.28 noyabr — Xivada turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli haykali ochildi.30 noyabr — Toshkent viloyatining Toʻytepa shahrida "Kabul-Toʻytepa tekstil" Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.Noyabr — Toshkentda "Texnoinvest" Oʻzbekiston—Shveysariya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.3 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tashkil etildi.8 dekabr — Gulistonda "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan "Neksiya" avtomobillarini sotish boʻyicha Oʻzbekistonda birinchi kimoshdi savdosi boʻlib oʻtdi.13 dekabr — "Oʻzbekistonning yangi tarixi"ni nashrga tayyorlash va nashr etish toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi.20 dekabr — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish va ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.26—27 dekabr — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Notariat toʻgʻrisida", "Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida", "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida", "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida" qonunlari qabul qilindi.29 dekabr — Toshkent shahrining yangi gerbi tasdiqlandi.30 dekabr — Qashqadaryo viloyatidagi Alan konida yiliga 5 mlrd. kub metr gaz va 200 ming tonna kondensat chiqaradigan quvvatlar foydalanishga topshirildi.Dekabr — Oʻzbekiston Faxriylar kengashi Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasiga aylantirildi. Dekabr — Nukusda Qoraqalpogʻistonda birinchi biznes markazi ochildi. Dekabr — Buxoro viloyatida marmarga ishlov beradigan yangi zavod ishga tushirildi.Dekabr — Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yoʻnalishdagi "Hurriyat" mustaqil gazetasi chiqa boshladi. Dekabr — Toshkent davlat yuridik instituti qoshida Inson huquqlari va gumanitar huquqni oʻrganish markazi ochildi.1996 — "Oʻzbekistonning yangi tarixi" markazi tashkil etildi.

1996 — "BUZTEL GSM" ("Bakri Oʻzbekiston telekom") kompaniyasi taʼsis etildi.

1998

1998-yil — "Oila yili"13 yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Alpomish" dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.

2017

2017-yil (MMXVII) yakshanba kuni boshlanadigan oddiy (yaʼni kabisa emas) yildir. 3-mingyillik va 21-asrning 17-yilidir.

Alpinizm

Alpinizm (Alp tog‘i nomidan) , sport turi, turli murakkab to‘siqlardan o‘tib tog‘ cho‘qqilariga ko‘tarilish. Alpinizm uch sinfdan – traverslar (dovon oshish, tog‘ tizmalari va etaklaridan o‘tish), murakkab chiqish (tik tog‘larga chiqish) va baland tog‘larga ko‘tarilishdan iborat. Alpinizm sport turi bo‘libgina qolmay, kam o‘rganilgan tog‘larni ilmiy tadqiq etishga ham xizmat qiladi. Alpinizm tarixi 1786-yildan boshlanadi: o‘shanda Shveysariyalik J. Balma va M. Pakkar Alp tog‘ining Monblan cho‘qqisiga ko‘tarilgan edilar. Alpinizm Markaziy Yevropadan boshqa o‘lkalarga, shu jumladan Osiyoga tarqaldi. Alpinistlar birin-ketin Kavkaz, Tyaninan, Pomir, Oltoy tog‘larini zabt etdilar. 19-asrning oxirida Turkiston harbiy topograflari Chimyon tog‘iga – 3309 m balandlikka ko‘tarildilar. 20-yillarda Oʻrta Osiyo davlat untida, Toshkent telegrafi, aloqa texnikumi va boshqa joylarda alpinizm seksiyalari tashkil qilindi. 1938-yil Oʻzbekistonda alpiniada o‘tkazildi, uning 60 qatnashchisi Pskom tog‘ining 8 ta cho‘qqisini zabt etdi. 1970–1980-yillarda O‘zbekistonda 1,500 ga yaqin kishi alpinizm bilan shug‘ullandi. Alpinizmning ommalashuvi va sportchilarning shuhrat qozonishida V. Abalakov, V. Rasek, V. Elchibekovlarning xizmati katta. Keyingi paytda Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Navoiy viloyatlarida alpinizmga e’tibor kuchaydi. Birgina Chimyonda o‘tkazilgan alpiniadada 1,000 dan ortiq sportchi qatnashdi. Dunyodagi eng baland Everest (Jomolungma) cho‘qqisi (Himolay tog‘ida balandligi 8848 m)ni zabt etish alpinistlarning ezgu orzusi hisoblanadi. Yangi Zelandiyalik Edmund Hillary va sherp Norgey Tensing 1953-yil unga birinchi marta ko‘tarilganlar. O‘zbekistonda Everestni zabt etuvchi alpinistlar guruhi tuzildi. Bu guruh 1998-yil mayda cho‘qqiga chiqdi. 22-may kuni Rustam Rajabov birinchi bo‘lib Everestni zabt etdi va u yerga O‘zbekiston davlat bayrog‘ini qadadi. Uning ketidan Oleg Grigorev, Sergey Sokolov, Xanif Balmagambetov, Svetlana Baskakova, Ilyos Tuxvatullin, Andrey Fyodorov, Marat Usayev, Roman Mats, Andrey Zaikin, Alek-sey Dokukin cho‘qqiga ko‘tarildilar (ekspeditsiya rahbari Anatoliy Shabanov). 1977-yil alpinistlarimiz Markaziy Tyanshanning "Xontangri" (7010 m) va "G‘alaba" (7439 m) cho‘qqisini zabt etgandilar.

Arseniy Yatsenyuk

Arseniy Petrovich Yatsenyuk (ukr. Арсенiй Петрович Яценюк) - 1974-yilning 22-may kuni Chernovsi shahrida tugʻilgan. Ukrainalik siyosatchi, 2014-yilning 27-fevralidan Ukraina Respublikasi Bosh Vaziri.

Ukraina hukumatida 2005-2006-yillarda Iqtisodiyot Vaziri, 2007-yilda Ukraina Tashqi Ishlari Vaziri boʻlib ishlagan. 2007-2008-yillarda Ukraina Oliy Radasi raisi edi.

2009-2012-yillarda «Almashinuvlar Fronti» siyosiy partiyasi raisi edi. 2012-yilning iyun-dekabr oylarida «Birlashgan Muxolifat» kengashi raisi, 2012-yilning dekabridan «Butunukrain Batkevshina Birlashuvi» fraksiyasi raisi, 2013-yilning 14-iyunidan Partiya Siyosiy Kengashi Raisi.

Arthur Conan Doyle

Artur Konan Doyl (Inglizcha: Arthur Conan Doyle; 22-may 1859 — 7-iyul 1930) — shotlandiyalik fizik va yozuvchi. Artur Konan Doyl Sherlok Xolms haqida yozgan detektiv asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir. Xolms haqidagi hikoyalrni millionlab kitobxonlar hozirga qadar sevib oʻqiydi. Xolmsning jinoyat ishlarini ajoyib mantiq va fikrlash bilan hal qilishiga kitobxon lol qoladi.

Artur Konan Doylning koʻp asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Shu jumladan, „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“ koʻp oʻzbek kitobxonlarining eng sevimli asarlaridandir.

Forscha Vikipediya

Forscha Vikipediya — Vikipediyaning fors tilidagi boʻlimi. Forscha Vikipediya 2003-yilning dekabr oyidan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Hotamjon Ketmonov

Ketmonov Hotamjon Abdurahmonovich (rasmiy manbada - Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich; 1969-yil 22-may, Andijon, OʻzSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, 2015-yildagi va 2016 yildagi prezidentlik saylovlarida OʻzXDPdan koʻrsatilgan nomzod.

Manchesterda portlash (2017)

Manchesterda portlash 22-may 2017 yili soat 22:40 (mahalliy vaqt) Manchester Arenasida boʻldi . Portlashda 22-odam halok boʻldi, 59- odam esa yaralandi. Portlash amerikalik mashhur qoʻshiqchi Ariana Grande kosertida boʻldi. Portlash javobgarligini IShID oʻz boyniga oldi.

Microsoft Windows

Microsoft Windows Microsoft tomonidan shaxsiy kompyuterlar va serverlar uchun yaratilgan operatsion tizimlar oilasining nomidir.

Windows 1.01 (1985)

Windows 1.02 (1986)

Windows 1.03 (1986)

Windows 1.04 (1987)

Windows 2.0 (1 noyabr 1987)

Windows 2.1 (Windows 386) (1987)

Windows 3.0 (22 may 1990)

Windows 3.1 (1992)

Windows NT 3.1 (1993)

Windows NT 3.5 (1994)

Windows NT 3.51 (1995)

Windows 95 (24 avgust 1995)

Windows NT 4.0 (1996)

Windows CE 1.0 (1996)

Windows CE 2.0 (1997)

Windows 98 (25 iyun 1998)

Windows 2000 (17 fevral 2000)

Windows CE 3.0 (2000)

Windows Millenium Edition (Me) (14 sentabr 2000)

Windows XP (25 oktabr 2001)

Windows CE 4.0 (2002)

Windows Server 2003 (24 aprel 2003)

Windows Mobile 2003 (2003)

Windows Mobile 5.0 (2005)

Windows Fundamentals for Legacy PCs (8 iyun 2006)

Windows Vista (30 yanvar 2007)

Windows Mobile 6 (2007)

Windows Server 2008 (2008)

Windows Home Server

Windows 7 (2009-yil, 22-oktabr)

Windows Phone 7 (2010-yil, 8-noyabr)

Novak Đoković

Novak Đoković (Novak Djokovich) (serbcha: Новак Ђоковић ; (22-may, 1987) Serbiyalik tennischi. 2013-yil 27-yanvar maʼlumoti boʻyicha, jahonning 1-raqamli raketkasi. 2011-yil, 2014-yil Uimbldon, 2011-yil AQSh ochiq chempionati va 2008-yil, 2011-yil, 2012-yil, 2013-yil Avstraliya ochiq chempionati gʻolibi.

Oʻzbekcha Vikipediya

Oʻzbekcha Vikipediya — Vikipediya ochiq ensiklopediyasining oʻzbek tilidagi versiyasi. Oʻzbekcha Vikipediya 2003-yil dekabrda oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻzbek tilidagi Vikipediyada maqolalar lotin yozuvida yoziladi. 2012-yil avgust oyida foydalanuvchilar qomus sahifalarini ham kirill, ham lotin yozuvida koʻra olishlari uchun oʻzbekcha Vikipediyaga maxsus yozuv konverteri qoʻshildi.

Dunyo boʻylab 37 millionga yaqin odam oʻzbek tilida soʻzlashishi hamda Oʻzbekistonda 17 milliondan ortiq Internet foydalanuvchi borligiga qaramasdan, oʻzbekcha Vikipediyada faol tahrirchilar soni oz va mavjud maqolalarning aksarida yetarlicha manba koʻrsatilmagan. Ammo 2012-yilning boshidan beri faol foydalanuvchilar soni ham, yaxshi yozilgan maqolalar soni ham ancha oʻsdi. Keyingi paytda oʻzbekcha Vikipediyaga qilingan tashriflar soni ham oshyapti. 2013-yil boshida Vikipediyaning oʻzbek tilidagi versiyasi boshqa tillardagi Vikipediyalar ichida yillik koʻrishlar soni oʻsishi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Ayni vaqtda oʻzbekcha Vikipediyada 132 043 ta maqola mavjud.

2011–yil oxirlarida Oʻzbekiston hududida oʻzbekcha Vikipediyaga toʻsiq qoʻyildi. Toʻsilish sababi nomaʼlum boʻlsa-da, ayrimlar Oʻzbekiston hukumati ensiklopediyada oʻz faoliyatini tanqid qiladigan maqolalar yozilishidan xavotirda boʻlgani uchun toʻsib qoʻygan, deb taxmin qilishdi. Boshqalar esa oʻzbekcha Vikipediyani hukumat shunchaki „oʻzini koʻrsatishi“ uchun toʻsgan, sababi Oʻzbekiston hukumati barcha oʻzbek tilidagi kontentni oʻz yurisdiksiyasiga kiradi, deb oʻylaydi, degan fikrni bildirishdi. Qoʻyilgan toʻsiq kuchli emas edi: Oʻzbekistonda HTTPS ulanishi orqali Vikipediyaning oʻzbekcha sahifalarini ochish mumkin edi. Shu sabab 2013-yil Google oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini HTTPS bilan indeksatsiya qila boshladi. Ayni damda Oʻzbekistonda foydalanuvchilar oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini hech bir muammosiz ocha oladilar.

Polyakcha Vikipediya

Polyakcha Vikipediya — Vikipediyaning Polyak tilidagi boʻlimi. Polyakcha Vikipediya 2001-yilning sentyabr oyidan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Valentin Inzko

Valentin Inzko (22-may 1949) - Avstriyalik diplomat. Bosniya va Gersegovina oliy vakili (26-mart 2009-yildan)

Victor Hugo

Victor-Marie Hugo (Viktor-Mari Gyugo; 26 fevral 1802, Bezanson — 22 may 1885, Parij) — fransuz yozuvchisi (shoir, prozachi va dramaturg), fransuz romantitsizmining boshligʻi va nazariyachisi. Fransuz akademiyasining aʼzosi (1841).

GYUGO (Hugo) Viktor Mari (1802.26.2, Bezanson — 1885.22.5, Parij) — fransuz adibi, romantizmning yirik namoyandasi. Dastlabki asari — "Qasidalar" (1821) sheʼrlar toʻplami monarxiya gʻoyalari taʼsirida boʻlib, 20-yillarning 2-yarmidan demokratik qarashlari mustahkamlana borgan. Isyonkorlik ruhi bilan sugʻorilgan "Kromvel" (1827), "Sharq motivlari" (1829), "Marion Delorm" (1829), "Ernani" (1830), "Ryui Blaz" (1838) va boshqa sheʼriy va dramatik asarlarida davrning dolzarb masalalari aks etgan. "Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi" (1831) tarixiy romani voqealari oʻrta asrda boʻlib oʻtadi, asarda muhabbat fojiasi tasvirlanadi. 1848 yildagi inqilobni olqishlagan. Lui Bonapartning davlat toʻntarishini (1851) qoralagan. Shundan soʻng 18 yil surgunda boʻlib, qator romanlar yozgan. "Pakana Napoleon" (1852), "Xoʻrlanganlar" (1862), "Dengiz zahmatkashlari" (1866), "Kulib turuvchi kishi" (1869), "Bir jinoyat tarixi" (1877—78) romanlarini yozib, ularda oddiy fransuzlarning ogʻir hayoti va kurashini tasvirlaydi. G. romanlaridagi buyuk va olijanob insonlar turmushdagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. "Dahshatli yil" (1872) sheʼrlar toʻplami fransuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bagʻishlangan. Soʻnggi "93-yil" romani (1874)da inqilobga xayrixoxlik bilan qaragan. "Dengiz zahmatkashlari" (1938, 1965), "Xoʻrlanganlar"ning "Kozeta" va "Gavrosh" boʻlimlari (1952, 1955), "Byug Jargal" (1982) Q. Mirmuhamedov, Nurbek, E. Obidov tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan, "Kulib turuvchi kishi" Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).

Yaman

Yaman (اليَمَن‎‎) (Yaman Respublikasi) — Arabiston yarim orolning janubiy qismidagi davlat. Maydon 528 ming km². Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Sanaa shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi.

Yaponcha Vikipediya

Yaponcha Vikipediya — Vikipediyaning yapon tilidagi boʻlimi. Yaponcha Vikipediya 2001-yilning mart oyidan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.