1994

1994

Mingyillik: 2chi mingyillik
Asr:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • 6 yanvar — Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi 14-blok ishga tushirildi.
  • 6 yanvar — "ToshkentJizzax" elektr poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
  • 25 yanvar — Toshkentda Yevropa va Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yigʻilishi ish boshladi.
  • 11 fevralNukusda Orol muammosiga bagashlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
  • 24 fevral — Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl boʻyicha olimpiada chempioni boʻldi.
  • 15 mart — Qashqadaryo viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi.
  • 19 mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 1994 yil "Mirzo Ulugʻbek yili" deb eʼlon qilindi.
  • Mart — Buxoro viloyatining Kogon shahrida grafit-gips kombinatining birinchi navbati ishga tushirildi.
  • 8 aprel — "Toshkent" Respublika fond birjasi tashkil etildi (birja 1995 yildan "Yevrosiyo" fond birjalari federatsiyasiga, 2001 yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo).
  • 8 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.
  • 13 aprel — "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
  • 23 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat" jamoatchilik markazi tashkil qilish toʻgʻrisida" farmon chiqardi.
  • Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi jahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻldi.
  • Aprel — Uzunligi 94 km boʻlgan Gazli — Nukus gaz quvurining birinchi navbati ishga tushirildi.
  • 5 may — Oʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni — "Oʻzbekiston Qahramoni" taʼsis etildi.
  • 5 may — "Mustaqillik", "Doʻstlik" ordenlari, "Jasorat", "Shuhrat" medallari taʼsis etildi.
  • 12 may — "Savdogarbank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
  • 24 may — Toshkentda Qozogʻiston Respublikasi elchixonasi ochildi.
  • 30 may — Toshkentda birinchi marta "Prezident kubogi" uchun xalqaro tennis musobaqasi boʻlib oʻtdi.
  • May — "Andijonirmash" zavodi negizida tashkil etilgan "OʻzEKS" Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonasi dastlabki besh ekskavatorni tayyorladi.
  • May — Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi tarkibida Bioekologiya ilmiytadqiqot instituti ochildi.
  • 8 iyun — Oʻzbekistonda birinchi "Vaqt" milliy depozitariysi — ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi.
  • 21 iyun — "Trastbank" aksiyadorlik birja banki tashkil etildi.
  • 1 iyul — Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻm muomalaga kiritildi.
  • 18 iyul — Toshkentda Konrad Adenauer fondi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
  • 2 avgust — Toshkentda "Yunusobod" sport maj-mui ochildi (1-navbati —1994 yil, 2-navbati 1997 yil, suv havzasi 2001 yilda qurib bitkazilgan). Hozir "Oʻzbekiston" sport majmui nomi bilan ataladi.
  • Avgust — Qoʻngʻirot tumanida karbid ishlab chiqaruvchi zavod, Namangan viloyatining Uychi tumanida asfalt zavodi ishga tushirildi. Avgust. Toshkentda "Tafakkur" jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi. Avgust. "Gʻallabank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
  • 2 sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etildi.
  • 2 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi.
  • 8 sentyabr — Qatar davlatining poytaxti Doʻhada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar Osiyo chempionatida toshkentlik shaxmatchi Rustam Qosimjonov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
  • 22 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
  • 22—23 sentyabr — Toshkentda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 16-sessiyasida "Yer osti boyliklari toʻgrisida" qonun qabul qilindi.
  • 24—25 sentyabr — Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi nishonlandi.
  • Sentyabr — Toshkentda Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi doirasida ishbilarmonlik aloqalari Markazi ochildi.
  • Sentyabr — Jizzax shahrida "Oʻzbekmebel" davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax mebel fabrikasi tashkil etildi.
  • 3 oktyabr — Toshkentda Jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yoʻli" xalqaro konferensiyasi ochildi. "Ipak yoʻli boʻylab sayyohlik boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi" qabul qilindi.
  • 6 oktyabr — Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulugʻbek haykali ochildi.
  • 12 oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining galereyasini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasiga asos solindi (2004 yilda maxsus qurilgan binoga joylashtirildi).
  • 13—15 oktyabr — Toshkent va Samarqandda Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari boʻlib oʻtdi. Toshkentda "Mirzo Ulugʻbek va uning jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi" mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.
  • 14 oktyabr — Jinoyat-qidiruv politsiyasi (Interpol) Bosh assambleyasining 63-sessiyasida Oʻzbekiston Interpolning Xalqaro tashkilotiga qabul qilindi.
  • 7 noyabr — "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
  • Noyabr — Ellikqalʼada "Elteks" toʻqimachilik kombinati ishga tushirildi. 6 dekabr. Toshkentda buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan tantanali kecha boʻlib oʻtdi.
  • 19 dekabr — Toshkentda Oʻzbekistonning Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ga aʼzo boʻlib kirishi toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.
  • 20 dekabr — Buxoroda binokorlik uchun marmar plitalar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.
  • 23 dekabr — Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi tashkil etildi.
  • 25 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 1-turi boʻlib oʻtdi.
  • 29 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
  • 29 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi tashkil etildi.
  • Dekabr — "Nukus—Moskva" yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.
  • 1994 — Toshkentda Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya "OʻzBAT" qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
  • 1994 — Samarqand shahrida 4 yulduzli "Afrosiyob" mehmonxonasi qurib bitkazildi;1994 - "Yogʻdu" kinostudiyasi tashkil etildi.

Voqealar

  • YanvarRossiyada Davlat Dumasining fao­liyati boshlandi.
  • AprelRuandada general Jyuvenal Xabyarimon vafot etganligi e’lon qilindi. Mamlakatda tutsi va xutu xalqlari oʻrtasida fukarolar urushi boshlanib, unda tutsi xalqi g'olib chikdi.
  • Apreldekabr - Italiyada Silvio Ber­luskoni boshchiligida oʻng koalitsion hukumat tuzildi.
  • MayIsroil qoʻshinlari Ierixon va Gʻazo mintaqasidan olib chiqib ketildi. Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) va Isroil yarashuvi uchun birinchi qadamlar qoʻyildi.
  • IyulRossiya Federatsiyasi vositachiligida Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida harbiy harakatlarni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
  • Iyul — Koreya Mehnat partiyasi MK Bosh kotibi, KXDR prezidenti Kim Ir Sen vafot etdi. U mamlakatni Ikkinchi jahon urushidan keyin qariyb 50 yil boshqardi. Shimoliy Koreya prezi­ denti lavozimini uning ugli Kim Chen Ir egalladi.
  • 2-13 SentyabrQirg'izistonda parlament inqirozi va Oliy Kengashning oʻz-oʻzini tarqatishi.
  • OktyabrFalastin Ozodlik Tashkiloti va Isroil rahbarlarining Yaqin Sharq muammosini hal etishdagi xizmati tan olinib, Yosir Arafot, Shimon Peres va Ishoq Rabinga tinchlik oʻrnatishdagi xizmatlari uchun No­bel mukofoti berildi.
  • OktyabrIordaniya va Isroil oʻrtasida tinchlik shartnomasi imzolandi va ushbu davlatlar orasi­ da 46 yil davom etgan urushga chek qoʻyildi.
  • Noyabr — Afgoniston siyosiy maydonida yangi kuch-tolibonlar harakati paydo boʻldi.
  • Belarus Respublikasida boʻlgan prezident­ lik saylovlarida Aleksandr Georgievich Lukashenko mazkur davlatning birinchi prezidenti etib saylandi.
  • Rossiyada oʻz mustaqilligini talab qilgan Chechenistonga qarshi urush boshlandi. Bu urush «chechen ekstremist-separatistlarga qarshi urush» deb niqoblandi.
  • Выборы президентов Украины, Белоруссии.
  • 18 Yanvar — начало работы Госдумы
  • 29 Aprel — Корпорация Commodore объявляет о своей ликвидации и начинает процедуру банкротства.
  • 20 Iyul — состоялась инаугурация президента Белоруссии Лукашенко, Александра Григорьевича.
  • 20 Iyul — на базе Гуманитарной Академии ВС РФ и Военной академии экономики, финансов и права ВС РФ создан Военный университет Вооружённых Сил Российской Федерации
  • 11 Oktabr — обвальное падение курса рубля по отношению к доллару («чёрный вторник»).
  • Oktabr — Тим Бернерс-Ли основал Консорциум Всемирной паутины (W3C).
  • 8 Noyabr — Джордж Буш (George W. Bush) стал губернатором штата Техас (США)

Vafot etgan

  • 9 mart — Чарльз Буковски, американский поэт и писатель.
  • 22 aprel — Ричард Никсон, 37-й президент США (19691974) (род. 1913).
  • 5 aprel — Курт Кобейн (род. 1967), лидер и вокалист группы «Nirvana».
  • 1 may — Сенна, Айртон, трёхкратный чемпион мира по Формуле-1.
  • 14 iyun — Генри Манчини (Henry Mancini; род. 1924), американский кинокомпозитор и дирижёр. Получил за свою музыку 4 приза «Оскар» и 20 «Грэмми» («Розовая пантера», «Большая гонка», «Лунная река», и др.).
  • 20 iyun — Джей Майнер (род. 1932), создатель первого в мире мультимедийного персонального компьютера Amiga (Amiga 1000).
  • 13 avgust — Элиас Канетти, австрийский писатель, лауреат Нобелевской премии по литературе (1981).
  • 12 sentabr — Егоров, Борис Борисович, советский врач и космонавт.
  • 14 dekabr — Чичибабин, Борис Алексеевич, поэт, лауреат Гос. премии (1990).

Nobel mukofoti laureatlari

Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.

1991

1991

31 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasida Oʻzbekistonning davlat mustakilligi eʼlon qilinib, Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Oliy Kengashning Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qaror bilan Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston Respublikasi deb ataldi.

1 sentyabr — Mustakillik kuni deb belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.

1 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami.

1 sentyabr — Toshkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

1 sentyabr — "Sovet Oʻzbekistoni" gazetasi "Oʻzbekiston ovozi" nomi bilan chop etila boshladi.

1 sentyabr — "Oila va jamiyat" gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.

6 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.

7 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.

14 sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda 23-sʼyezdi boʻlib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi.

26 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tuzildi.

26 sentyabr — Toshkentda Jahon oʻzbeklari (turkistonliklar)ning xalqaro anjumani oʻtkazildi.

28 sentyabr — Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan ataladigan katta bogʻning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

30 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi qonunga konstitutsiyaviylik maqomini berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisida Deklaratsiya ratifikatsiya etildi.

Sentyabr — Toshkent shahrida "Oʻzbek savdo uyi" tashkil topdi.

24 oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi.

Oktyabr — Portugaliyaning Portu shahrida oʻtkazilgan pianinochilarning xalqaro tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta mustaqil davlat sifatida ishtirok etdi. Oʻzbekistonlik yosh musiqachi Ulugʻbek Polvonov ushbu koʻrik sovrindori boʻldi.

1 noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 1-taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi (15 noyabrda roʻyxatga olingan).

18 noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi.

29 noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston xalq artisti Sulaymon Yudakov memorial muzeyi ochildi.

25 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo boʻldi.

29 dekabr — Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida umumxalq referendumi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston xalqi respublika Oliy Kengashi eʼlon qilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini maʼqulladi. Birinchi marta yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan toʻgʻridantoʻgʻri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I.A.Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

1991 — Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etildi.

1991 — Toshkent yuridik instituti tashkil etildi.

1991 — Sudochye davlat ornitologiya buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etildi.

1991 — Imom Buxoriyning 4 jildli hadislari toʻplami — "Sahihi Buxoriy" ("Ishonchli toʻplam") oʻzbek tiliga tarjima qilinib, hozirgi "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 1-jildi ilk bor nashr etildi (2-jildi - 1996, 3-jildi - 1994, 4-jildi — 1992 yilda chiqdi; 2-nashri 1997 yilda chop etildi).

1991 — "Soʻgʻdiyona" oʻzbek xalq cholgʻulari kamer orkestri tashkil etildi. 1991 - Qurʼoni karim ilk bor oʻzbek tilida (Alouddin Mansur tarjimasi) nashr etildi (Abdulaziz Mansur tarjimasi — 2001 yil, ilmiy-tarixiy izohlari bilan Mutallib Usmon va boshqalar tarjimasi — 2004 yil). 1991 - Saygʻoqlarni va ular koʻpayadigan hududlarni muhofaza qilish maqsadida "Saygʻoqli" davlat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etildi. 1991 - "Yosh gvardiya" teatri Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatri nomi bilan ataldi.

1991 — Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Qoratov togʻida Sarmich davlat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etildi.

1995

1995

Yanvar — Toshkentda Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasining Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun doimiy vakolatxonasi ochildi.8 va 22 yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 2-, 3-turi boʻlib oʻtdi.18 fevral — Toshkentda Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining birinchi taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.22 fevral — Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" gazetasi chiqa boshladi.28 fevral — Oʻzbekiston xalqaro xususiylashtirish va investitsiya banki — "Oʻzprivatbank" oʻz faoliyatini boshladi.26 mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirishga bagʻishlangan referendum boʻlib oʻtdi.Mart — "Toshqishloqmash" zavodida pichan yigʻuvchi kombaynlar seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlandi.Mart — Toshkentda "Atrof-muhitni saqlab qolish — Oʻrta Osiyo davlatlari uchun kelajak vazifasi" mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.19 aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini * tashkil qilish toʻgʻrisida" farmon chiqardi.Aprel — Toshkentda Respublikada birinchi xususiylashtirish va investitsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston xalqaro banki ("Oʻzxususiybank") ochildi.19 may — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Islomni tadqiq qilish boʻyicha Xalqaro markaz tashkil etish toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.31 may — Toshkent aviatsiya instituti tashkil etildi.25 may — Muruntovda "Zarafshon-Nyumont" qoʻshma korxonasi foydalanishga topshirildi.3 iyun — Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi.5 iyun — Andijon muhandislik iqtisodiyot universiteti tashkil etildi.10 iyun — "Milliy tiklanish" gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.14—20 iyun — Toshkentda birinchi savdo-sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Unda 85 dan ziyod davlat, aksiyadorlik, xususiy va qoʻshma korxonalar ishtirok etdi.Iyun — "Xalq birligi" harakati faoliyat boshladi.7 iyul — "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni (2004 yil 19 maydan Navoiy kon-metallurgiya kombinati) qoshida Navoiy davlat konchilik instituti tashkil etildi.7 iyul — Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi - "Biznesfond" nodavlat tuzilmasi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tuzildi.27 iyul — Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat banki — "Paxtabank" tashkil etildi.28 iyul — Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi tashkil etildi.Iyul — Bogʻot tumanida Buyuk Britaniya bilan hamkorliqda tibbiyot momigʻi ishlab chiqaradigan korxona ishga tushdi.Iyul — Margʻilondagi "Ipakchilik" aksiyadorlik jamiyatida pilla chiqindilaridan qimmatbaho ip ishlab chiqaradigan "Spinning-Silk" Oʻzbekiston—Italiya qoʻshma korxonasi ish boshladi.17 avgust — Qoʻqonda spirt zavodi ishga tushdi.24 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari toʻgʻrisida"gi qarori chiqdi.26 avgust — Toshkentda Oʻzbekiston hukumati bilan YUNESKO oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.30 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi.30 avgust — "Mehnat shuhrati", I va II darajali "Shon-sharaf" ordenlari taʼsis etildi.31 avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻldi.Avgust — Oʻzbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi qabul qilindi.2 sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi (Akademiyani tashkil etish haqidagi qaror 1994 yil 15 avgustda qabul qilingan).2 sentyabr — Toshkentda 1-Markaziy Osiyo oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.7 sentyabr — Oʻzbekiston alpinizmi tarixida birinchi marta Respublika Davlat sport qoʻmitasi alpinistlari guruhi ikkita baland choʻqqi — Xontangri (6995 m) va Gʻalaba (7439 m) choʻqqilarini zabt etishdi. 7 sentyabr — Toshkent shahrida "Zamin" ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banki tashkil etildi.14 sentyabr — Toshkent davlat universitetiga Mirzo Ulugʻbek nomi berildi (2000 yil 28 yanvardan Oʻzbekiston milliy universiteti).15—16 sentyabr — Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari boʻyicha Xalqaro seminarkengash boʻlib oʻtdi. Unda BMT, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik kengashi, Islom konferensiyasi tashkiloti, BMT Xavfsizlik Kengashida ishtirok etuvchi mamlakatlar, MDHga aʼzo boʻlgan mamlakatlar delegatsiyalari, Oʻrta Osiyo davlatlari va ularga qoʻshni boʻlgan davlatlar vakillari ishtirok etdi.18 sentyabr — Nukusda BMT rahnamoligida Orol dengizi havzasidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi.21 sentyabr — Qoraqalpogʻistondagi Urgʻin gaz koni foydalanishga topshirildi.23 sentyabr — Toshkent viloyatining Zangiota tumanida vino ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston—Italiya "Farital" qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.10 oktyabr — Toshkentda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar boʻyicha regional byurosi ochildi.20 oktyabr — "Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.24—25 oktyabr — Toshkentda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi oʻtkazildi.7 noyabr — Ixtisoslashtirilgan "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.8 noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining "Jahon" axborot agentligi tuzildi.Noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasida Xorazmda tugʻilib oʻsgan tilshunos, adib va hadisshunos olim Abulqosim Zamaxshariyning 920 yilligiga bagʻishlangan ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.1 dekabr — Toshkentdagi Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.5 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga bagʻishlangan "Oʻzbekiston — Vatanim manim" koʻshiqlar koʻrik tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi.12 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida" qonuni eʼlon qilindi.21—22 dekabr — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Mehnat kodeksi", "Davlat mukofotlari toʻgʻrisida"gi qonunlari qabul qilindi.1995 — Ulugʻ shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1995 - Amir Temur xalqaro xayriya jamgʻarmasi tashkil etildi.1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "1941—45 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida"gi farmoni asosida (1994 yil 16 martdagi) Oʻzbekiston nashriyotlari 33 jildli "Xotira" kitobi (keyinchalik unga qoʻshimcha tarzda 2 jild chiqdi) va Oʻzbekiston xalqining urush millaridagi, urush ortidagi jasoratlari bayon qilingan umumlashma maxsus jild (ruscha, oʻzbekcha) nashr etildi.

André Michel Lwoff

André Michel Lwoff (8-may 1902 Ene-le-Shato – 3-sentabr 1994 Parij) — fransuz mikrobiologi va biokimyogari, Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1976 yildan). Parij universiteti professor (1959—68), Rak kasalligi milliy tadqiqot instituti direktori (1968—72). Asosiy ilmiy ishlari mikroblarni oʻstiruvchi omillar, viruslar fiziologiyasi, fermentlar induksiyasi va repressiyasiga oid. Omil Vning koferman ekanligini isbotladi va uning bakteriyalar uchun fiziologik rolini aniqladi. L.ning ishlari F. Jakov va J. L. Mono ilgari surgan bakteriyalarda oqsil sintezining genetik regulyasiyasi mexanizmi haqidagi gipotezaning asosini tashkil etadi (operon konsepsiyasi). Nobel mukofoti laureati (1965, Jakob va Mono bilan hamkorlikda).

Bad Doberan (tuman)

Bad Doberan Olmoniya tumanlaridan biridir. Mecklenburg-Vorpommern yeri tarkibiga kiradi. Poytaxti – Bad Doberan. Maydoni – 1362 km2. 117 197 nafar aholi istiqomat qiladi.

Birodar Abduraimov

Birodar Hasanovich Abduraimov (1943.14.5, Toshkent) – futbolchi, "Pax-takor" (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960–68, 1970–74), sport ustasi (1962), "O‘zbekiston Respubli-kasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" (1994). 1972 yil mavsumda 1-tabaqa rekordini o‘rnatgan (34 to‘p). Rasmiy musobaqalarda jami 210 ta to‘p kirit-gan. A. rahbarligida "Navbahor" jamo-asi O‘zbekiston kubogini qo‘lga kirit-gan (1992). Abduraimov Xirosima (Yaponiya)da 12-Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan (1994) O‘zbekiston milliy terma jamoasiga mu-rabbiylik qilgan (R. Akramov bilan birga).1995 yildan "Zarafshon" (Navoiy shahri), 1999 yildan "Surxon" (Termiz shahri) futbol jamoalari ustozi. "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan (1994).

Dorothy Hodgkin

Dorothy Hodgkin (1910.12.5, Qohira — 1994.29.7, Ilmington) — ingliz kimyogari va biokimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1947). Rossiya Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1991). Murakkab fiziologik faol birikmalarning tuzilishini rentgenostrukturaviy tahdil qilgan. Asarlari sterinlar, peptidlar, kofermentlar va boshqalarga bagʻishlangan. Penitsillin (1946), vitamin V|2 (1956) tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1964).

Elias Canetti

Elias Canetti (1905.25.7, Ruschuk, Bolgariya — 1994.14.8, Syurix, Shveysariya) — avstriyalik yozuvchi. Birinchi asari — "Koʻr boʻlish" (1931) romanida tartibsiz, harob dunyo manzaralari tasvirlangan, K.ning tasvirlashicha, odamlar bu dunyoda oʻz aqlsizliklari tutquni boʻladilar. "Toʻy" (1932), "Shuhratparastlik komediyasi" (1934) pyesalari va b. esselarida omma ruhiyati qonunlarini rivoyat shaklidan foydalangan holda ochib bergan. "Mahkum etilganlar" (1955) pyesasida K. ijodining asosiy mavzularidan biri — inson hayoti cheklanganligidan noroziligi bayon etilgan. Madaniy-falsafiy esselardan iborat "Omma va hokimiyat" (1960) kitobida Yevropa fashizmi ildizlarini koʻrsatib berdi. Bundan tashqari, yozuvchining maqola va hikmatli soʻzlardan iborat "Qaydlar" (1965), "Inson viloyati" (1972), 3 jildli memuar kitobi ("Qutqarilgan til","Qulokdagi mashʼala", "Karovchilar") va b. asarlari bor. Nobel mukofoti laureati (1981).

Futbol

Futbol (ing . foot – oyoq, ball – toʻp) – sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90–120 x 45– 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpining ogʻirligi 410–450 g , aylana diametrining uz. 68–70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 min. (45 min.dan 2 boʻlim, 12–15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).

F.ga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848 yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari F.ning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863 yilda Angliya F. uyushmasi tuzilib, F. qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri – 19-asrning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham F. uyushmalari tashkil kilindi. 1896 yil F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904 yilda xalkaro futbol federatsiyasi –FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa F.chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.

Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy F. qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912 yilda Qoʻqonda birinchi F. jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham F. jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada F.ning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda F.chilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitalarda ham nom qozondilar.

1959 yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992 yilda (keyin 2001 yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992 yildan F. boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, F. jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida" (1993 yil 18 mart) hamda "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida" (1996 yil 17 yanv.)gi qarorlari F.dagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning "Neftchi" klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), "Paxtakor" klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. F. klublari qoshida 18 ta F. internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, F.ga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. F. universiada, "Barkamol avlod" va "Umid nihollari" musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan "Futbol gʻunchasi" musobaqalarida 692 jamoada 13840, "Futbolimiz kelajagi" musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning "Andijanka", Namanganning "Gulbahor", Qarshining "Sevinch" jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy F.chilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan F.chilar oʻrtasida Toshkentning "Matonat" jamoasi (hozirgi "Baynalmilal") jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta F. maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) F. bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). "Oʻzbekiston futboli" (Toshkent), "FutbolEkspress" (Andijon), "Asr futboli" (Namangan), "Inter futbol" (Kosonsoy), "Boks plyus futbol" (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek F. i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. F.ning turlaridan biri minifutbol (futzal) dir. Maydonining oʻlchami 28–40 x 16–20 m, darvozasining oʻlchami 3x2 m, toʻpining ogʻirligi 400–600 g , aylana diametrining uz. 60–62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40 min. (20 min.dan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan F.chini roʻyxatga kiritishadi, maydonga chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan F.chi (bittadan darvozabon) qatnashadi. MiniF. boʻyicha jahon chempionati 1989 yildan, Osiyo chempionati 1998 yildan boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston miniF. chempionati 1997 yildan boshlangan. Murabbiy R. Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston miniF. jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan (2001, Tehron). Ushbu jamoada A. Nurmatov, A. Korolyov, F. Qudratov singari F.chilar mahoratlarini koʻrsatishgan. Oʻzbekistonda 4244 ta miniF.ga moye maydon bor, 3235 kishi F.ning shu turi bilan shugʻullanadi (2004).

Futbol boʻyicha jahon chempionlariYil Chempion1930 Urugvay1934 Italiya1938 Italiya1950 Urugvay1954 GFR1958 Braziliya1962 Braziliya1966 Angliya1970 Braziliya1974 GFR1978 Argentina1982 Italiya1986 Argentina1990 GFR1994 Braziliya1998 Fransiya2002 BraziliyaFutbol buyicha Osiyo oʻiinlari chempionlariYil Chempion1954 Xitoy1958 Xitoy1962 Hindiston1966 Birma1970 Birma va Koreya Resp.

1974 Eron1978 KXDR va Koreya Resp.

1982 Eron1986 Koreya Respublikasi1990 Xitoy1994 Uzbekistan1998 Eron2002 Eron

Howard Martin Temin

Howard Martin Temin (10-dekabr 1934, Filadelfiya – 9-fevral 1994 Madison, Viskonsin) — amerikalik virusolog. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi xamda Sanʼat va fanlar akademiyasi aʼzosi. Suortmore kollejini tugatgan (1955). Kaliforniya texnologiya institutida falsafa doktori (1959). Viskonsin shtatidagi Madison universitetida onkologiya professor (1969 yildan). Ilmiy izlanishlari eksperimental embriologiya, hayvonlar virusologiyasiga oid. RNKdan DNKga irsiy maʼlumot oʻtkazish (transkripsiyami taʼminlovchi teskari transkriptiza fermentini kashf qilgan (1970). Hujayra irsiy ashyosining oʻsma viruslari bilan taʼsirlashuviga bogʻliq kashfiyot, yaʼni provirus nazariyasi muallifi. Nobel mukofoti laureata (1975, D. Baltimor va R. Dulbekko bilan hamkorlikda).

Internet Movie Database

Internet Movie Database (IMDb, tarjimasi Filmlarning Internetdagi bazasi) — filmlar, TV programmalar, aktyorlar, kinochilar,video oʻyinlar va badiiy qahramonlar haqida maʼlumot toʻplangan onlayn maʼlumot bazasi. Bu saytdan juda koʻplab odam qoʻllanadi: har oy IMDbga 10 milliondan oshiq qoʻllanuvchi kiradi. IMDb 1990-yil 17-oktabrda ochilgan. 1998-yil Amazon.com tomonidan oʻzlashtirilgan. 2012-yil noyabr oyida olingan maʼlumotga koʻra, IMDbda 2 352 367 ta badiiy nom va 4 930 353 ta kishi haqida maʼlumot bor.

Islom Karimov

Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.

Lina Cheryazova

Cheryazova Lina Anatolyevna (1968.1.11, Toshkent - 2019.3.23, Novosibirsk) — fristaylchi, "Oʻzbekiston iftixori" (1998), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (1994). Oʻzbekiston jismoniy tarbiya intini tugatgan (1994). Ch. fristaylning akrobatika turi boʻyicha jahon chempioni (1993, Altenmark), 2 karra jahon kubogi gʻolibi (1993, 1994), qishki olimpiada oʻyinlari chempioni (1994, Lillexammer). Osiyo oʻyinlari (1996, Xarbin) va Nagano olimpiadasi (1998)da katnashgan.

Monforte d'Alba

Monforte d'Alba Italiyaning Piemont mintaqasida joylashgan kommunadir. Cuneo provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 25 km2. 1994 nafar aholi istiqomat qiladi (2008).

Niels Kaj Jerne

Niels Kaj Jerne (23-dekabr 1911 London – 7-oktabr 1994) — ingliz immunologi. Daniyalik. Shveysariyada ishlagan. Jerne 1974 yilda "toʻr" nazariyasini, M. Byornet bilan hamkorlikda esa immunitetning klonal-seleksion nazariyasini yaratgan. Nobel mukofoti laureata (G. Kyoler va S. Milshteyn bilan hamkorlikda, 1984).

Oʻzbekiston xalq artisti

Oʻzbekiston xalq artistisi — Oʻzbekiston Respublikasining ordeni.

Oʻzbekiston — Quvayt munosabatlari

«Oʻzbekiston — Quvayt munosabatlari»

1994 yil iyulda ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrvatilgach, turli sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. 1994 yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt oʻrtasida "Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim" kelishib olindi.

1997 yilda Quvayt iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi Nukus va Urganch shaharlarini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun 18 mln. AQSH dollari miqdorida pul ajratdi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonga 6 mln. kuvayt dinori miqdorida kredit berish haqidagi shartnoma imzolandi; 20 yil muddatga berilgan bu kreditda 5 yillik imtiyozli davr koʻzda tutilgan.

1998 yil 250 ming kuvayt dinori miqdoridagi kredit mablagʻi oʻzlashtirildi. Ikki davlat oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunga Quvayt parlamentida Quvayt — Oʻzbekiston doʻstlik qoʻmitasi tashqil etilgani yaqqol misol boʻla oladi.

Richard Laurence Millington Synge

Richard Laurence Millington Synge (1914.28.10, Liverpul – 1994.18.8, Norwich), ingliz biokimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1950 yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1936). 1941–43 yillarda jun sanoati birlashmasida, 1943 yildan Londondagi Listerov institutida, 1948 yildan Aberdindagi Rouet ilmiy tadqiqot institutida, 1967–76 yillarda Norvichdagi Oziq-ovqat institutida ishlagan. Ilmiy ishlari biologik muhim birikmalarni ajratib olish va narchalash jarayonlarini oʻrganishga, oqsillar analitik kimyosiga oid. A. J. Martin bilan hamkorlikda yangi oqsillar va antibiotiklarni oʻrganishda analitik maqsadda qoʻllanadigan qogʻozdagi xromatografiya usulini ishlab chikdi (1944). Turli polisaharidlar, elektrokinetik ultrafiltrlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazdi (1946–50). Nobel mukofoti laureati (1952, A. J. Martin bilan hamkorlikda).

Roger Wolcott Sperry

Roger Wolcott Sperry (20-avgust 1913 – 17-aprel 1994) — amerikalik psixolog va neyrofiziolog. Obermin kolleji (Ogayo shtati) va Chikago universitetida oʻqigan; shu untda, Garvard universiteti, Kaliforniya texnologiya institutida professor Ilmiy izlanishlari nerv sistemasining tuzilishi, koʻrish neyrofiziologiyasi, komissurotomiya (chap va oʻng bosh miya yarim sharlarini biriktirib turuvchi yoʻllarni jarroxdik usulida kesish) asoratlari, chap va oʻng miya yarim sharlarining vazifalarini oʻrganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1981, David H. Hubel va T. Vizal bilan hamkorlikda).

XIX asr

XIX asr, Grigoriy taqvimiga koʻra, 1-yanvar 1801-yildan 31-dekabr 1900-yilgacha boʻlgan davr.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.