1916

1916

Mingyillik: 2chi mingyillik
Asr:
Oʻn yilliklar:
Yillar:

Voqealar

  • 23 aprel — начало ирландского восстания против английского колониального господства.
  • 15 sentabr — первое в истории мировых войн применение танков в боевых действиях. Англичане на реке Сомме бросили против немцев 49 танков модели Mk.1. Из-за низкой технической надёжности этой модели на исходные позиции выдвинулось только 32 машины (17 танков вышли из строя из-за неполадок), а из этих тридцати двух, начавших атаку, 5 застряло в болоте и 9 вышли из строя по техническим причинам. Тем не менее, даже оставшиеся 18 танков смогли продвинуться вглубь обороны на 5 км, причём потери в этой наступательной операции оказались в 20 раз меньше обычных.
  • 4 oktabr — основан город Мурманск, крупный порт в Баренцевом море.

Tugʻilganlar

  • 22 aprel — Иегуди Менухин, американский скрипач и дирижер (умер в 1999).
  • 21 may — Гарольд Роббинс, американский писатель.
  • 4 iyun — Гейлорд Нельсон, американский политический деятель, губернатор штата Висконсин (19581962), сенатор (19621980); занимался защитой окружающей среды, инициатор празднования Международного дня Земли (22 aprel) (умер в 2005).
  • 23 sentabr — Анна Александровна Тимофеева-Егорова, советский лётчик-штурмовик, Герой Советского Союза.
  • 4 oktabr — Виталий Лазаревич Гинзбург, выдающийся советский и российский физик, лауреат Нобелевской премии по физике (2003).
  • 19 oktabr — Эмиль Гилельс, советский музыкант, один из величайших пианистов XX asrа; (умер в 1985)

Vafot etgan

  • 17 may — князь Борис Голицин, русский физик, изобретатель электромагнитного сейсмографа.
  • 5 iyun — Гораций Герберт Китченер, английский фельдмаршал, граф.
  • 28 avgust — Габриелюс Ландсбергис-Жямкальнис (Gabrielius Landsbergis-Žemkalnis), литовский драматург, театральный деятель, публицист (р. 1852).

Нобелевские премии

  • Физика — премия не присуждалась.
  • Химия — премия не присуждалась.
  • Медицина и физиология — премия не присуждалась.
  • Литература — Карл Густав Вернер фон Хейденстам — «Как виднейший представитель новой эпохи в мировой литературе».
  • Премия мира — премия не присуждалась.

Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.

Albrecht Kossel

Kossel (Kossel) — ota-bola nemis olimlari: 1) Albrext (1853.16.9, Rostok — 1927.5.7, Geydelberg) — biokimyogar. Berlin (1887 yildan), Mar-burg (1895) va Geydelberg (1901-23) universitetlari professor Ilmiy ishlari yadro oqsillari (protaminlar va gistonlar), nuklein kislotalar va nukleoproteidlar kimyosiga oid. Birinchilardan boʻlib oqsilning tuzilish nazariyasini taqlif qilgan. Nobel mukofoti laureati (1910); 2) Valter (1888.4.1, Berlin — 1956.22.5, Tyubingen) — fizik. Kil universiteti (1921 yildan) va Dansig oliy texnika maktabi (1932 yildan) professor 1947 yildan Tyubingen fizika instituti direktori. Ionli kimyoviy boglar nazariyasi muallifi (1916). Asarlari rentgen nurlari va elektronlar difraksiyasiga oid.

Aleksandr Proxorov

Aleksandr Mixaylovich Proxorov (1916.28.6 (11.7), Aterton shahri, Avstraliya – 2002.8.1 Moskva) — rus fizigi, kvant elektronika asoschilaridan biri, akademik (1966 yil). Ikki marta Mehnat Kaxramoni (1969, 1986). Leningrad universitetini tugatgan (1939). Ilmiy ishlari paramagnit mazer, ochiq rezonator, gazodinamik va qattiq jismli tezlatkichlar, plazmalar fizikasi va boshqalarga oid. Nikolay Basov bilan hamkorlikda (Charles H. Townes | dan mustaqil ravishda) birinchi kvant generator – ma-zerni yaratgan (1954). Xodimlari bilan paramagnit mazerlarni yaratish usullarini rivojlantirgan (1957–58). Lazer texnikasida keng qoʻllanila boshlagan ochiq rezonatorlar gryasini (1958) va gazodinamik lazer gʻoyasini (1967) ilgari surgan. U infraqizil va koʻrinadigan nurlanishlarning qudratli lazerlarini yaratish, bu lazer nurlanishlarning moddalar bilan oʻzaro taʼsirlari toʻgʻrisidagi fundamental ishlar muallifi. Katta Sovet Ensiklopediyasining 3-nashri (1969–1978), Katta Rossiya Ensiklopediyasi (1996 yildan) Bosh muharriri. Nobel mukofoti laureati (1964; Nikolay Basov va Charles H. Townes bilan hamkorlikda).

August Krogh

August Krogh (1874.15.11, Greno, Yutlandiya — 1949.13.9, Kopengagen) — daniyalik fiziolog. Kopengagen universiteti professor (1916—45). Turli aʼzolardagi kapillyarlar devorining anatomikfiziologik xususiyatlarini va kapillyar qon aylanishining moddalar almashinuvidagi ahamiyatini aniqlagan. Kapillyarlar va aʼzolar faoliyati oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, hujayralar faoliyati va biologik membranalar oʻtkazuvchanligida ionlarning ahamiyatini tadqiq etgan. Mikrotonometriya, differensial manometriya, odam yuragidan oʻtadigan qonning minutlik hajmini aniqlash kabi fiziologik usullarni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1920).

Francis Crick

Francis Crick (8-iyun 1916, Xortxempton — 28-iyul 2004, San Diego) — ingliz fizigi, molekulyar biol. asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1959 yildan). Kembrij universiteti professor (1939 yildan). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalarning tuzilishini oʻrganishga oid. 1953 yilda J. Uotson bilan hamkorlikda qoʻsh spiral shaklidagi DNK modelini taqlif etgan (Uotson-Krik modeli). Shu model asosida hujayralarning boʻlinishida DNK molekulalaridan nusxa olish mexanizmini tushuntirib bergan (qarang Replikatsiya). Genetik kod tamoyillarini birinchi boʻlib aniqlagan. Nuklein kislotalarning molekulyar tuzilishi va irsiy axborotni oʻtkazishdagi ahamiyatini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1962, J. Uotson va M. Uilkins bilan hamkorlikda).

Frans Eemil Sillanpää

Frans Eemil Sillanpää (taxallusi — E. Syuvyari, Sarvi) (1888.16.9, Xyamenkyuryo 1964.3.6, Xelsinki) — fin yozuvchisi. 1-romani — "Quyosh va hayot" (1916). "Adolatli kambagallik" (1919) romani Finlyandiyadagi fuqarolar urushi fojialari mavzuida. Asarda muallif fin yozuvchilaridan birinchi boʻlib, "qizillar" va "oqlar" oʻrtasidagi qurolli kurashningdahshatli ekanini xolis tasvirlagan. Roman mamlakatning inqirozdan chiqib olishi uchun birinchi turtki boʻlib, finlarning ruhiy jarohatdan davo topishlariga yordam bergan, shu sababli 1920 yildan Finlyandiya hukumati S.ga umrbod stipendiya taʼsis etgan. "Yoshlikda vafot etgan" (1931) romani mashhur. "Yoz tunidagi odamlar" (1934) S.ning eng yaxshi asari boʻlib, uning kompozitsiyasi yoyilib ketgani va oʻta hissiyot bilan yozilgani uchun dostonga oʻxshab ketadi. "Avgust" (1941), "Inson hayotining goʻzalligi va azoblari" (1945) asarlari ham bor. Nobel mukofoti laureati (1939).

Frederick Chapman Robbins

Frederick Chapman Robbins (25-avgust 1916, Oberne, Alabama – 4-avgust 2003, Cleveland, Ohio) — amerikalik virusolog. AQSH Milliy (1936); Bostondagi bolalar kasalxonasi xodimi (1940—42, 1948—50); Klivlend shahar bosh kasalxonasi pediatriya va infeksion kasalliklar boʻlimi rahbari (1952—66), Klivlend universiteti tibbiyot maktabi dekani (1966 yildan) Poliomiyelit virusini undirish texnikasini ishlab chiqqan, bu keyinchalik poliomiyelitga qarshi vaksina yaratilishiga imkon berdi. Infeksion gepatit, toshmali terlama va Ku isitma epidemiologiyasini oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1954, J. Enders va T. Ueller bilan hamkorlikda).

Hans Fischer

Fisher Gans Eygen (1881.27.7, Xexst — 1945.31.3) — nemis organik kimyogari va biokimyogari. Marburg universitetni tutatgan (1904). Insbruk (1916 yildan), Vena (1918 yildan) universitetlarida va Myunxen oliy texnika maktabida professor (1921—45). Asosiy ilmiy ishlari pirrol va uning hosilalari kimyosiga oid. Xlorinlar va boshqa pirrol birikmalarini sintez qilgan (1920). Krndagi gemoglobin globin oqsili va tarkibida temir tutgan gemin kompleksidan iborat ekanligini aniqlagan (1929). Nobel mukofoti laureati (1930).

Henryk Sienkiewicz

Henryk Adam Aleksander Pius Sienkiewicz (1846.5.5, VolyaOksheyska 1916.15.11, Veve, Shveysariya) — polyak yozuvchisi. Dastlabki asari — "Behuda" (qissa, 1872). 1876—78 yillarda "Safar", "Qora eskizlar" kabi asarlar yozgan. Sienkiewicz ijodida gumanizm yuksak darajaga koʻtarilgan ("Yanko — musikachi", 1879; "Bartek — gʻolib", 1882). 1882 yildan Sienkiewicz ijodining 2davriga mansub tarixiyvatanparvarlik mavzuidagi ("Ut va qilich bilan", 1883—84; "Toshqin", 1884—86; "Pan Volodiyevskiy", 1887—88) romantrilogiyasida Polshaning Shvetsiya, Ukraina va Turkiya bilan tarixiy urushlari davridagi vokealar, takdirlar aks etgan. "Xoch koʻtarganlar" (1900) romanepopeyasi tarixiy salib yurishlari mavzuida. Sienkiewicz ijodining choʻqqisi "Kamo gryadeshi" (1896, "Kayoqqa ketayapsan?" iborasining lotincha nomi boʻlib, Iso Masihga qarata aytilgan) romanidir. Asarda imperator Neron davrida endigina yuzaga kelayotgan nasroniylik oqimi tarafdorlarini qatagʻon kilish voqealari tasvirlangan. Psixologik romanlari ("Diniy aqidalarsiz", 1889— 90), hikoya va qissalari bor. Nobel mukofoti laureati (1905).

Herbert A. Simon

Herbert Alexander Simon (15-iyun 1916, AQSH, Milluoki, Viskonsi shtati — 9-fevral 2001) — amerikalik iqtisodchi. Chikago universitetini tugatgan. Illinoys texnologik instituti va Karnegi-Mellon universitetlarida oʻqituvchi (1949 yildan). Uning ilmiy tadqiqotlari hozirgi zamon iqtisodiyot fanining tashkilot (firma)larda qarorlar qabul qilish nazariyasi, menejment, evristik dasturlashtirish sohalariga bagʻishlangan. "Maʼmuriy xulq" (1947) asarida firma nazariyasini rivojlantirdi va qarorlar qabul qilish nazariyasini asoslab berdi. Amadda zamonaviy firma boshqaruvchilar guruhi tomonidan boshqariladigan, mulk ham, nazorat ham taqsimlangan yirik iqtisodiy birliqdan iborat. Firma qarorlari, yangi davrda klassik yakka tadbirkor oʻrniga oʻzaro hamkor rahbarlar guruhi tomonidan qabul qilinadi va bunday qarorlarda har bir aʼzoning manfaati yotadi. Alohida firmalar foydani maksimallashtirishga emas, balki muammolarning maqbul yechimlarini topishga intiladilar. Qarorlar qabul qiluvchi guruh eng muqobil yechimni tanlay olmagani sababli qoniqarli muqobil qarorlar bilan qanoatlanishlari lozim. Nobel mukofoti laureati (1978).

Hermann Staudinger

Shtaudinger German (1881.23.3, Vormse — 1965.8.9, Freyburg) — nemis kimyogari. Galledagi untda falsafa doktori (1903). Strasburg universitetida ishlagan (190307). Karlsrue (190812) va Syurix (1912—26)dagi Oliy texnika maktabi professor Freyburgdagi yuqori molekulyar birikmalar instituti direktori (1940—51), faxriy direktori (1951 yildan). Asosiy ilmiy ishlari polimerlar kimyosiga oid. Ketenlarning birinchi vakili — difenilketenni sintez qilgan (1905). Diazoniy birikmalari asosida episulfonlar olish reaksiyasini kashf etgan (1916). Moychechak gulidan piretrinni ajratib olgan (1924), polivinil spirt olgan (1926). Makromolekulalarning zanjirli tuzilish nazariyasini ishlab chiqqan (1922). Uch oʻlchamli polimerlanish reaksiyasini ochgan (1934). Nobel mukofoti laureati (1953).

Jean Dausset

DOSSE (Dausset) Jan (1916) — fransuz immunologi. Fransiyadagi birinchi ishi transplantatsiyaga oid. Asosiy ishlari immunogematologiyaga, jumladan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar immunologiyasiga bagʻishlangan. Leykotsitar antigenlarning yangi sistemasini aniqladi va ularning transplantologiyadagi rolini tadqiq qildi. Buyrak yetishmovchiligini davolash yoʻllarini ishlab chikdi. Nobel mukofoti laureati (1980, B. Benaserraf va J. D. Snell bilan hamkorlikda).

José Echegaray

José Echegaray (19-aprel 1832 — Madrid — 14-sentabr 1916) — ispan dramaturgi. Mat. va fizika professor (1854—68). Ispaniya qirollik akademiyasi aʼzosi (1884). Dastlab siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan. 1868 yil ijtimoiy ishlar vaziri, bir yildan soʻng savdo vaziri boʻlgan. Ispaniya parlamentiga sailangan. Adabiy faoliyat bilan shugʻullana boshlagach yaratgan ilk pyesalari: "Qilich dastasida" (1875), "Oʻlim quchogʻida" (1879) — romantizmning ispan dramaturgiyasidagi oʻziga xos qayta tiklanishidir. E. hozirgi hayotni tasvirlovchi realistik pyesalari ("Telbalik va avliyolik", 1877; "Buyuk Galeoto", 1881)da oʻsha davr aristokratiyasi axloqini fosh qiladi, naturalistik dramaning asosiy qoidalarini asoslab beradi. Uning "Don Juanning oʻgʻli" (1892), "Aqldan ozgan xudo" (1900) kabi psixologik dramalarida norveg dramaturgi G. Ibsenning taʼsiri sezilib turadi. Jami 60 ta pyesa yozgan, ularning yarmi nazmda bitilgan. Nobel mukofoti laureati (1904).

Maurice Wilkins

Maurice Hugh Frederick Wilkins (15-dekabr 1916, Pongaroa, Yangi Zelandiya – 5-oktabr 2004, London) — ingliz biofizigi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1959). Birmingem universiteti falsafa doktori (1940). AQSH Kaliforniya universitetida (1941—45), London King kollejida (1946 yildan) ishlagan. Shu kollej molekulyar biol. boʻlimi boshligʻi (1962 yildan) va biofizika professor (1970 yildan). DNK molekulasining qoʻsh spiralli ekanligi toʻgʻrisidagi Francis Crick va James Watson modelini rentgenstrukturaviy usuli yordamida tasdiqlagan. Foto va termolyuminessensiya (elektron tuzoq) nazariyasini ishlab chiqqan. Nerv sistemasi biofizikasi boʻyicha ham tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureata (1962, F. Krik va J. Uotson bilan hamkorlikda).

Otto Diels

Dils Otto Paul German (1876.23.1, Gamburg — 1954.7.3) — nemis organik kimyogari. Berlin (1906 yildan) va Kilsk universiteti professor (1916 yildan). D. selen yordamida organik birikmalarning uglerod panjaralarini oʻzgartirmasdan degidrirlash usulini taklif qilgan; xolesterin va b. sterinlarni degidrirlagan (1927). K. Alder bilan hamkorlikda diyen sintezi usulini topgan va uning yordamida turli sinflarga mansub koʻp sonli organik birikmalarni olgan. Nobel mukofoti laureati (1950, Alders bilan hamkorlikda).

Primaluna

Primaluna Italiyaning Lombardia mintaqasida joylashgan kommunadir. Lecco provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 22 km2. 1916 nafar aholi istiqomat qiladi.

Widdern

Widdern Olmoniyaning Baden-Württemberg yerida joylashgan shahardir. Heilbronn tumani tarkibiga kiradi. Maydoni – 25,23 km2. Aholisi – 1916 kishi (2010).

William Ramsay

William Ramsay (1852.2.10, Glazgo — 1916.23.7, Xau-Uikom) — ingliz kimyogari va fizigi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1988). Bristol (1880—87) va London universiteti professor (1887—1913). Ilmiy ishlari fizik, anorganik va organik kimyoga oid. Suyukliklarning mol.m .ni ularning sirt tarangligiga koʻra aniqlash usulini (1883) taklif qilgan. J.U.Rele bilan hamkorlikda argonni kashf etgan (1894). U. Kruks bilan hamkorlikda Yerda geliy mavjudligini isbotlagan (1895). M.U.Travers bilan hamkorlikda neon, kripton va ksenonni kashf qilgan (1898). F. Soddi bilan hamkorlikda radioaktiv elementlarning oʻz-oʻzidan yemirilishi va boshqa elementlarning izotoplariga aylanishini amalda aniqlagan (1903). Ilk bor turli metallarga azarracha taʼsir ettirib, ularni sunʼiy ravishda boshqa elementlarga aylantirishga urinib koʻrgan. Mikrotorozi ixtiro qilgan (1910). D.I.Mendeleyevga bogʻliq boʻlmagan holda koʻmirni yer ostida gazga ailantirish gʻoyasini olgʻa surgan (1912). London kimyo jamiyati prezidenti (1907—09). Nobel mukofoti laureati (1904).

XIX asr

XIX asr, Grigoriy taqvimiga koʻra, 1-yanvar 1801-yildan 31-dekabr 1900-yilgacha boʻlgan davr.

Élie Metchnikoff

Ilya Ilich Metchnikoff (1845.3.5, Xarkov viloyati — 1916.2.7, Parij) — rus biologi, qiyosiy patologiya, evalyutsion embriologiya va immunologiya asoschilaridan. Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1883), faxriy aʼzosi (1902). M. L. Paster vafotidan soʻng Parijdagi Paster institutini boshqargan(1888). N. F. Gamaleya bilan hamkorlikda Rossiyada dastlabki bakteriologiya stansiyasini tashkil etgan (1886) va hamkasblari bilan birga saramas, qaytalama terlama, tovuq vabosi va qoʻylarning quydirgi kasalliklari ustida izlanishlar olib bordi. "Yuqumli kasalliklarga bardoshlilik" asari (1901) bilan immunitetnyant fagotsitar nazariyasini yaratdi. Koʻp hujayrali organizmlarning kelib chiqish nazariyasini ishlab chiqqan. U dengiz yulduzi lichinkalari yot omillarni oʻrab olib yutib yuborishini kuzatadi va fagotsitoz hodisasini kashf etdi (1883). M. hayotining keyingi davrida qarish va oʻlim muammolarini oʻrgangan. "Ortobioz" yoki "Toʻgʻri yashash", shuningdek, "Odam tabiati toʻgʻrisida etyudlar" kitobida soglom va uzoq yashash uchun sutqatiq mahsulotlarini koʻp ichib turish lozimligini uqtirgan va qatiq tayyorlashning ("bolgar tayoqchalari" yordamida) yangi usulini yaratdi. Asarlari qarilik muammolariga bagishlangan. Nobel mukofoti laureati (1908, P. Erlix bilan hamkorlikda).

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.