1785

1785-yil — shanba kuni boshlanuvchi yil (taqvimni bu yerda koʻring). Bu davrda turli xalqlarda Grigoriy, musulmon, Eron va boshqa taqvimlar ishlatildi.

Mingyillik: 2chi mingyillik
Asr:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
1790

1790-yil — juma kuni boshlanuvchi yil (taqvimni bu yerda koʻring). Bu davrda turli xalqlarda Grigoriy, musulmon, Eron va boshqa taqvimlar ishlatildi.

Abdulahad

Abdulahad (1859.16.3-1911.6.1) – Buxoro amiri (1885–1910). Mang‘itlardan. Amir Muzaffarning o‘g‘li. A. davrida chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi taʼsis etib (1886), Turkistonni, jumladan Buxoro xonli-gini xom ashyo bazasiga aylantirish va bu yerdagi boyliklarni Rossiyaga tashib ke-tish maqsadida Amudaryoga ko‘prik qurdi, Chorjo‘y-Samarqand temir yoʻl o‘tkazdi (1900–01). Shuningdek A. davrida jadidchilik harakati kuchaydi.

Aka-uka Grimmlar

Aka-uka Grimmlar, Jacob (1785. 4.1, Xanau sh. - 1863.20.9, Berlin) Wilhelm Grimm (1786.24. 2, Xanau sh. — 1859.16.12, Berlin) — nemis filo-log olimlari. Marburgda yuridik maʼlumot olishgan. A.-u.G.ning ilmiy-pe-dagogik faoliyati Gyottinggen universitetida boshlangan. 1837 yilda konstitutsiya qonunlariga rioya qilmagani uchun Gannover qiroliga qasamyod qilishdan bosh tortishgan va universitet professori la-vozimlaridan chetlatilgan. 1841 yildan Berlin universitet professorlari va Prussiya FA aʼzolari sifatida faoliyat olib borishgan. A.-u.G. nemis roman-tiklarining Geydelberg guruhiga mansub boʻlib, oʻrta asrlar nemis yozma madaniyati namunalarini eʼlon qilishgan va shu davrda yashagan min-nezinger va meysterzingerlar ijodini oʻrganishgan. A.-u.G. nemis folk-lorshunosligida mifologik maktabga asos solganlar, xalq ijodini, til-shunoslikka oid ishlarida boʻlganidek, qiyosiy metod asosida oʻrganganlar. "Nemis mifologiyasi" (1835) kitobi va hayvonot eposining paydo boʻlishi haqidagi nazariyasi nafaqat nemis folklori, balki turli xalqlar mifologiyasini oʻrganishda muhim rol oʻynagan. Har biri 2 j.dan iborat nemis xalq ertak va rivoyatlari ("Bo-lalar va oila ertaklari", "Nemis rivoyatlari")ning nashr etilishi A.-u.G. ning eng katta xizmati hisoblanadi. Ular ertak va rivoyatlarni yozib olishda xalq tili va fantaziyasining oʻziga xosligini toʻla saqlab qolishni folklorshunoslikning asosiy tala-bi, deb bildilar va har bir ertakka bergan izohlarida shu ertaklarning Yevropa xalklari folkloridagi barcha nusxalarini qayd etishga intildilar. Ularning fikriga koʻra, ertaklar olamidagi mushtaraklik "otamif" ning mavjudligi va uning yagona ajdodning merosi sifatida turli xalqlar oʻrtasida tarqalganligi bilan izohlanadi. Bu mifologik nazariya uzoq yillar mobaynida hukm surganiga qaramay, keyingi vaqtda oʻz tasdigʻini topmadi. A.-u. G. filolog olimlar sifatida 2 j.li "Nemis tili tari-xi" (1848) va 4 j.li "Nemis gramma-tikasi" (1819—37) tadqiqotlarini ham yaratganlar. A.-u.G.ning ertaklari jahon xalklarining koʻplab tillariga tarjima qilingan va bu ertaklar asosida teatr, kino, musiqa va tasviriy sanʼat asarlari yaratilgan.

Buxoro Amirligi

Buxoroxo — Buxoro xonligini 1753 yildan keyingi nomi; ashtarxoniylar o‘rniga kelgan mang‘itlar sulolasi vakillari o‘zlarini amir deb atashgan. Shunga ko‘ra, davlat Buxoro Amirligi deb atala boshlangan. 1920 yil Buxoro boskini natijasida tugatilgan va Amir Mirshod .1758-yil Rahimbiy vafotidan soʻng mangʻitlar amirlik taxtiga uning amakisi Miyonkoʻl hokimi Doniyorbiy (1758-1785-yillar) nomzodini surishadi. Lekin u qatʼiy markaziy hokimiyatni saqlab qololmadi. Mangʻitlarning tarafdorlari va gʻanimlari oʻrtasidagi oʻzaro janjallar, joylardagi hokimlarning mustaqillikka boʻlgan intilishlari oʻn yillarga choʻzilib ketdi. 1784-yili Doniyorbiyning boʻshligidan norozi boʻlgan Buxoro ahli qoʻzgʻolon koʻtardi va amir hokimiyatni oʻgʻli Shohmurodga (1785-1800-yillar) topshirdi. Shohmurod yangiliklarni Arkda saroy ahli guvohligida ikkita yirik amaldor - Davlat qushbegi va Nizomiddin qozikalonni qatl etishdan boshladi. Shundan soʻng Shohmurod Buxoro ahliga ularni bir necha soliqdan ozod etuvchi imtiyozli hujjatni tantanali tarzda topshirdi. Hujjatning matni tosh lavhada kesilgan boʻlib, u katta jomeʼ masjidining ayvoniga oʻrnatildi. Shohmurod „joʻl“(„jul“) deb nomlangan va urush holatida qoʻshin saqlash maqsadida foydalaniladigan yangi soliq turini joriy qildi. Hokimiyatni oʻz qoʻlida jamlab olgach, u xonlik unvonidan voz kechdi va amirlik darajasida qoldi. Taxtga esa Shohmurod Chingizxon avlodlaridan boʻlgan Donishmandchini, keyinroq esa Abulgʻozini koʻtardi, lekin ular amalda hokimiyatga ega emasdilar. 1785-yili Shohmurod pul islohotini oʻtkazdi hamda 0,7 misqollik (3,36 g) toʻla qimmatli kumush tangalar va bir xil shakldagi oltin tangalarni zarb etishni yoʻlga qoʻydi. U sud mahkamasiga ham shaxsan rahbarlik qildi. Shohmurod Buxoro amirligi tarkibiga Amudaryoning chap sohilidagi hududlarni, jumladan, Balx va Marvni qaytardi. 1786-yili u Karmanada xalq qoʻzgʻolonini bosdirdi, keyin Shahrisabz va Xoʻjandga muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdi. Shohmurod afgʻon hukmdori Temurshohdan ustun kelib, asosan o`zbeklar va tojiklar yashaydigan janubiy Turkistonni oʻz qaramogʻida saqlab qolishga erishdi. Amir Haydar (1800-1826-yy.) otasidan soʻng taxtga oʻtirgan vaqtda butun Mavorounnahr uning hukmiga boʻysinar edi. Haydarning taxtga koʻtarilishi ommaviy qoʻzgʻolonlar va qatllar bilan toʻgʻri keldi. 1800-yili Marv turkmanlari bosh koʻtarishdi. Ichki janjallarga koʻp oʻtmasdan Qoʻqon bilan Oʻratepa uchun urush qoʻshildi. Haydar ushbu shaharni tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. Amir Haydar davrida siyosiy tizim yakka hokimiyatchilik tomon intilayotgan markazlashgan monarxiyadan tashkil topgan edi. Amirga 4 ming kishigacha yetadigan byurokratik mahkama xizmat qilardi. Armiyaning miqdori oshdi. Faqat Buxoroning oʻzida 12 ming harbiydan iborat qoʻshin turardi. Ahmad Donishning yozib qoldirishicha, Amir Haydar boshqaruv vaqtiga „har 3-6 oyda yuzaga keladigan toʻxtovsiz feodal urushlar davri“ deya baho berish mumkin. Haydardan soʻng taxtga uning oʻgʻli Nasrullo (1826-1860-yy.) oʻtirdi. Unga hokimiyat sari yoʻl ochish maqsadida akalari Husayn va Umar oʻldirildi. Armiya va ruxoniylarga suyangan Nasrullo zodagonlarni jilovlash maqsadida feodal tarqoqlikka qarshi qatʼiy kurash olib bordi. Hukmronligining birinchi oyida u har kuni 50-60 tadan kishini qatl qildi. Nasrullo shu paytgacha amirlik tarkibiga faqat nomigagina kirgan viloyatlarni birlashtirishga erishdi. Viloyatlarni boshqarishga oʻziga muteʼ boʻlgan „nasl-nasabsiz“ kishilarni tayinladi. Nasrullo amirligi chogʻida Xiva va Qoʻqon xonliklari bilan Marv, Chorjoʻy, Oʻratepa, Xoʻjand kabi chegarada joylashgan alohida hududlar uchun boʻlgan tinimsiz urushlar davom etib turdi. Shahrisabz va Kitob hukmdorlarining qarshiligi, ayniqsa kuchli boʻldi. Bir necha harbiy yurishlardan soʻng 1853-yilga kelib ular Buxoroga boʻysindirildi. Amirlik tarkibiga faqat Zarafsxon daryosining oʻrta va quyi oqimidagi vohagina barqaror kirgan edi.

Doniyolbiy Otaliq

Doniyolbiy otaliq (? — 1785) — (1758—1785-yillarda) — Buxoro hukmdori.

Mangʻitlarning nufuzli biylaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimbiyning amakisi. 1758-yilning 24-martda Muhammad Rahim vafotidan soʻng uning oʻgʻillari boʻlmaganligi uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi — Foziltoʻra oʻtqazilgan, Miyonkol hokimi boʻlgan Doniyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan. Bundan norozi boʻlgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burhut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon koʻtarib, 10 ming yigitni qurollantirib, Buxoro tomonga yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Doniyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga koʻra, Foziltoʻrani taxtdan tushirib, oʻrniga Ashtarxoniy shahzodalardan boʻlgan Abulgʻozi xonlik taxtiga oʻtqazilgan (1758—1785). Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni oʻz qoʻlida saqlab qolgan. Doniyolbiy otaliq davrida ham oʻzaro urushlar davom etib, Karmana, Oʻratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa joylarda mahalliy kuchlar bosh koʻtarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat qilganlar. 1781-yil Rossiya hukumati Buxoro bilan savdo bitimini tuzishga taklif etganida Doniyolbiy bu bitimni 92 oʻzbek qabilasi boshliqlari roziligisiz imzolay olmasligini bildirgan. Bu holat Doniyolbiy davrida Buxoro amirligi siyosiy markazlashuv darajasi Muhammad Rahim davridan ancha past boʻlganini bildiradi. Bu tabiiy suratda Buxoro shahri aholisining noroziligiga sabab boʻlgan. Bundan tashqari Doniyolbiy qoʻshin taʼminoti uchun loʻplab qoʻshimcha soliqlar joriy etib, bu bilan poytaxtdagi hunarmandlar va savdo ahlini oʻziga qarshi qoʻyib qoʻygan edi. 1784-yil Buxoroda qoʻzgʻolon koʻtarilib, unda mingga yaqin kishi oʻldirilgan. Doniyolbiy hokimiyatni shaharliklar obroʻ-etibori baland boʻlgan oʻgʻli shohmurodga topshirishga majbur boʻldi. Buxoro xonligini birlashtirish markazlashtirish uchun kurashni Shohmurod davom ettirgan.

Mangʻitlardan boʻgan Buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning yozishicha: «Doniyolbiy sahiy va muruvvatli hokim sifatida mashhur boʻlgan, lekin davlat (moliya) ishlari bilan qiziqmagan. Biron ishni boshlashdan oldin ishning koʻzini biladigan kishilar bilan maslahatlashgan». Doniyolbiy xonlik unvonini qabul qilmagan, u otaliq unvoni qanoatlangan.

Doniyolbiy davrida me‘moriy yodgorliklardan «Xalifa Xudoydod» majmuasi (masjid, madrasa, sardoba va mozor, 1777-yil) qurilishi boshlangan.

Husayn (Buxoro amiri)

Husayn — Buxoro amiri (1826 — 1826).

IC 1785

IC 1785 Uchburchak yulduz turkumidagi E-S0 (elliptik spiral galaktika) tipli galaktikadir.

Magnacavallo

Magnacavallo Italiyaning Lombardia mintaqasida joylashgan kommunadir. Mantuya provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 28 km2. 1785 nafar aholi istiqomat qiladi.

Muzaffaruddin (Buxoro amiri)

Muzaffaruddin — Buxoro amiri (1860 — 1885).

NGC 1785

NGC 1785 Oltin Baliq yulduz turkumidagi *Grp (karrali yulduz) tipli yulduzdir.

Ushbu obyektni John Herschel 1836-yilda kashf etgan.

Ushbu obyekt Yangi umumiy katalog asl nashrida mavjud.

Navroʻz Ahmad

Navroʻz Ahmad - q. Baroqxon, Buxoro xoni.

New York (shahar)

New York (talaffuzi: Nyu York) — AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manxattan o.da joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim; yanvarning oʻrtacha temperaturasi G, iyulniki 23°. Yillik yogʻin 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) 953 km². Aholisi 8 mln. kishi (2001). New Yorkning amalda qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km², aholisi 19 mln. kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15 % qoratanlilar, 14 % kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12 % puertorikanlar va boshqalardan iborat. New York 5 ta shahar r-niga boʻlingan. Shaharni mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 yil ga saylanadi. Ilk bor Manxattan o.ga 1613 yilda gollandlar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625 yilda asos solingan. 1626 yildan Yangi Amsterdam deb atalgan. 1664 yilda Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, gersog Yorkskiy sharafiga New York deb ataganlar. 1785—90 yillarda New York AQShning muvaqqat poytaxti. Shaharda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.

New York — AQShda eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan 3 marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi New York orqali oʻtadi. Shaharda fond birjasi, bank, sugʻurta jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uz.

370 km) va yoʻlovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868 yildan metropoliten ishlab turibdi.

New Yorkda 6 universitet, 40 dan ortiq kollej, FA va boshqa akademiyalar, institutlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, Filarmoniya zali, konservatoriya, konsert zallari va boshqa bor.

New Yorkda italyanlar, yahudiy, xitoy va boshqa millatga mansub aholining koʻcha va kvartallari mavjud. Shahar 19-asr boshidan toʻgʻri burchakli reja asosida shakllana boshladi. 19-asr oʻrtalariga kelib, ulkan shaharga aylandi. Eng katta koʻchalardan biri — Brodvey (uz. 29 km). 19—20-asrlarda koʻp qavatli baland binolar qurila boshlandi. 20-asr oʻrtalariga kelib New York uz. 200 km keladigan va birbiri bilan tutashib ketgan ulkan shaharlar toʻdasiga aylandi. 17—18-asrlarda qurilgan binolardan ratusha (1803—12), Triniti-Chyorch cherkovi (1839—46), katta muhandislik insho-otlaridan Bruklin koʻprigi (1869—83) va boshqa saqlangan. Koʻp qavatli binolardan Empayr steyt bilding (102 qavat, 1930—31), BMT shtabkvartirasi binosi (1947—52), Xalqaro savdo markazi (2 ta 110 qavatli minora, balandligi 412 m; 1971—73; 2001 yil 11 sentabr da terrorchilar tomonidan portlatilgan) va boshqa Yirik koʻpriklari: Jorj Vashington va Verratsano-Norrous. Muhim yodgorliklari: Ozodlik haykali, Vashington arki.

Nodirmuhammad

Nodirmuhammad - Buxoro xoni (1642 — 1645).

Pirmuhammad II

Pirmuhammad II - Buxoro xoni (1599-1601).

PIRMUHAMMAD II

Pirmuhammad ibn Sulaymon sulton

(1599-1601-yillarda huk mronlik qilgan)

Shayboniylar davlatining so‘ngi hukmdori. Abdulmo‘minning amakisi. Dastlab Balx hokimi

bo‘lgan. Abdulmo‘min o‘ldirilgach, Buxoro xonligi taxtiga o‘tqazilgan va davlatni 1601-yilgacha idora

etgan. Uning davrida markaziy hokimiyat nihoya tda zaiflashgan. 1601-yili Samarqand hokimi

Boqimuhammadni poytaxt ixtiyorida tutish niyatida taxminan 50 ming qo‘shin bilan unga qarshi

chiqadi. Pirmuhammad Bog‘i shamol atrofida mag‘lubiyatga uchraydi. Buxoro taxti esa

Boqimuhammad qo‘liga o‘tib u xon deb ko‘tariladi. Shu tariqa shayboniylarning bir asrlik

hukmronligiga nuqta qo‘yiladi. Mamlakat va davlat tig‘inini endi yangi sulola – “ Ashtarxoniylar” o‘z

qo‘llariga oladilar.

Pozza di Fassa

Pozza di Fassa Italiyaning Trentino-Alto Adige/Südtirol mintaqasida joylashgan kommunadir. Trento provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 73 km2. 1785 nafar aholi istiqomat qiladi.

Shohmurod (Buxoro amiri)

Amir Shohmurod — mangʻitlar sulolasidan boʻlgan Buxoro amiri (1785—1800-yillar).

Yoshligidan xudojoʻy, porso bo‘lib o‘sgan. Madrasani bitirib darvishlik suluki soliqlaridan biriga aylanadi. Shuning uchun xalq uni hurmat bilan «amiri maʼsum» (begunoh amir) deb ataydi. Shohmurod darvishona hayot kechirar edi. Pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro‘zg‘or tebratgan. Uning xalq orasida obro‘si katta bo‘lganligi uchun Doniyolbiy uni o‘ziga valiahd etib tayinlashga majbur bo‘lgan. O‘n ikki nafar ukalaridan birortasi ham Shohmurodni yoqtirmas edi. Amirlik taxtiga chiqqach (1785), ukalarining har biriga bittadan viloyat hokimligini topshiradi.

Hokimiyat tepasiga kelgach, zolim qushbegi va qozikalon Nizomiddinni qatl ettiradi. Harbiy ishlar, qozilik ishlarini shariat qonunlari asosida tashkil qiladi. Hokimiyat boshqarish tartiblarini isloh qilib, siyosiy tarqoqlikka barham beradi. Shohmurod o‘z faoliyatida ommaga tayanib ish tutgan. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. O‘zi ham nihoyatda kamtarin hayot kechirgan. Jumladan, bir yilda bir olacha chopon, bir bo‘z ko‘ylak kiygan. Boshiga olti gazli bo‘z salla, oyog‘iga echki terisidan tikilgan saxtiyon mahsi hamda kovush kiygan. Marv yaqinida Islomobod shahrini qurdirgan. XVIII asrning 20-yillarida boshlangan o‘zaro kurashlar natijasida Samarqand talangan, vayrona holiga tushib qolgan edi. Amir Shohmurod esa ko‘plab quruvchi, koshinpaz va naqqosh ustalarni tevarak atrofdan olib keltirib, Samarqand shahrini qayta tiklashni buyurdi. Qayta qurilajak shahar tarhini Amir Shohmurodning o‘zi chizib bergan.

Amir Shohmurod bundan tashqari, G‘uzor tumanida madrasa va masjid qurdirgan. Shahar markazida olti qirrali Chorsu qurilib, «Toqi musaddas» deb atalgan. Samarqandning har bir madrasasiga imom, muazzin, mudarrislarni Shohmurodning o‘zi tayinlagan. Talabalar va mudarrislarning maoshi uchun vaqf yerlari va mulklar ajratgan.Amir Shohmurod ba‘zi islohatlar o‘tkazib davlatni mustahkamlashga erishdi: Boj va xirojdan boshqa barcha soliqlarni kamaytirdi. Otasi Doniyolbiy davrida joriy etilgan turli soliqlarni bekor qilgan. Rais mansabini va qo‘shin tarkibida qozi askarlavozimini joriy qildi. Otasi davrida qisqartirilgan vaqf yerlari miqdorini oshirdi.Bu bilan islom ruhoniylari e‘tiborini qozondi. Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda Shohmurod o‘tkazgan pul islohati muhim ahamiyat kesb etdi: Shohmurod sof kumushdan tanga zarb qilishni buyurdi. Kimning kumushi(nuqrasi) bo‘lsa, zarbxonaga topshirib, evaziga yangi tangalar — pul olishi mumkin edi.ilgari zarb qilingan tangalar bekor qilindi. Yangi pul tijorat ishlari rivojiga yo‘l ochib berdi. Barcha viloyatlarga yangi hokimlar tayin qildi, har shahar va qishloqqa qozi tayinladi. Bu bilan hokimlar o‘z boshimchaligiga barham berdi. Shohmurodning o‘zi qozilarga dastur bo‘ladigan fiqh haqida «Ayn ul-hikmat» nomli risola yozdi va ilgari surulgan qoidalarni barcha viloyatlarga joriy qildi. Shohmurod joriy qilgan qonun bo‘yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa jamiyatdagi martabasidan qat‘i nazar qattiq jazoga tortilishi lozim edi. Bu tadbir xalq manfaatlariga tajovuzning oldini oldi. Shariat qonunlarini amalga tadbiq etish maqsadida raislik (muhtasib) mansabini joriy qildi.

Markaziy hokimiyatning mustahkamlanishini karvon yo‘llarining xatarsizligini taʼminladi. Pul islohoti esa tijorat ravnaqiga sabab bo‘ldi. Zarafshon vodiysi, Amudaryo havzasi va Qashqadaryo vohasi qadimgidek obod bo‘ldi. Davlat mablagi hisobidan anhorlar chiqarilib, tashlandiq yerlar obod etildi. Natijada, davlat xazinasida tushum ko‘paydi. Amir Shohmurod 1789—1790-yillari Marvda o‘z hokimiyatini o‘rnatib, marvliklarning bir necha o‘n minglik kishini Samarqand va Buxoroga ko‘chirtiradi. Shundan so‘ng, eskidan Samarqand yoki Buxoro (yaʼni poytaxt maʼnosida) izmida bo‘lib kelgan Balx, Maymana, Andxud kabi viloyatlarni ham qaytarib olish payiga tushadi. Ammo bu oson emas edi. Zero, 1747-yildan boshlab Balx, Badaxshon, Andxud, Maymana, Sharqiy Seiston, Balujiston, Sind, Kashmir, Panjob kabi viloyatlarni o‘z tasarrufiga olgan Afg‘oniston hududida tashkil topgan durroniylar sulolasi namoyondasi Temurshoh ham bo‘sh keladiganlardan emas edi. Xullas, o‘zaro kurashlar qattiq bo‘lsada sezilarli natija chiqmagan. Buxoro xonligini birlashtirish va markazlashtirish uchun kurashni davom ettirgan. Mang‘itlar sulolasining namoyandasi bo‘lgan Shohmurod Buxoroda (1785-yilda) xalq qo‘zg‘olonidan keyin taxtga o‘tirib, hokimiyatni o‘z qoliga olgan. Shohmurod qo‘zg‘olonni bostirish uchun Buxoro aholisiga yon berishga majbur bo‘ldi: u shahar aholisiga tantanali ravishda Tarxon yotrlig‘I topshirdi. U muoliyaviy, maʼmuriy, harbiy va sud islohotlarini o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Pul muomalasida, soliq ishida sud va maʼmuriy boshqaruv ishlarida maʼlum tartib o‘rnatishda hamda savdogarlarni va hunarmand kosiblarni o‘zlarining mulklariga feodallar tomonidan qilinayotgan Taaddiylardan birmuncha qutqarish orqali davlat hokimiyatini mustahkamlashga intildi. Nomiga xon qilib ko‘tarilgan Abdulg‘ozi nomidan 1785-yilda Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti ilgarigi qadri past tangalardan tashqi ko‘rinishi boshqacha bo‘lgan kichikroq va vazni kamroq bo‘lgan to‘la qimmatli kumush tangalarni chuqarishdan iborat bo‘ldi.shu bilan bir vaqtda, u bemalol tanga zarb ettirish sestemasini joriy etdi. Shohmurodning bu islohoti XVII—XVIII asrlarda pul muomalasiga ko‘p putur yetkazgan chayqovchilikka va tangalarni buzishga yo‘l qo‘ymasligi lozim edi. Shariatga to‘g‘ri kelmaydigan yorg‘u, boj, tarx, tushmol, yasoq, oliq va soliq deb ataladigan bir necha soliqlarni, shuningdek, ilgarigi xonlar hunarmandlardan olishga odatlanib qolgan o‘lponlarini va ularga yuklayotgan tekin mehnat majburiyatlarni bekor qildi.Biroq, darobmadlar kamayib ketgankigi va katta qo‘shin saqlab turish zarur bo‘lib qolganligi buni aholidan « Jul» deb atalgan va shariatga also taʼluqli bo‘lmagan pul solig‘ini tez olib turishga majbur bo‘ldi. Shohmurod maʼmuriy islohotni buxoroning oliy amaldorlari Davlatqushbegini va Nizomiddin qozikalonni o‘z qo‘li bilan qatl etishdan boshladi. So‘ngra viloyatlarning beklari va qozilari olib tashlanib, ularning o‘rniga yangi amirning hamfikrlari tayinlanadi.

Ubaydulla I (Shayboniy)

Ubaydulla I - Buxoro xoni (1512 — 1539).

Umar (Buxoro amiri)

Umar — Buxoro amiri (1826 — 1827).

XVII asr

XVII asr, Grigoriy taqvimiga koʻra, 1-yanvar 1601-yildan 31-dekabr 1700-yilgacha boʻlgan davr.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.