1772

1772-yil — chorshanba kuni boshlanuvchi kabisa yil (taqvimni bu yerda koʻring). Bu davrda turli xalqlarda Grigoriy, musulmon, Eron va boshqa taqvimlar ishlatildi.

Mingyillik: 2chi mingyillik
Asr:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
17-yanvar

17-yanvar — Grigoriy taqvimida yilning 17-kuni. Yil yakuniga 348 (kabisa yilida 349) kun qoladi.

1774

1774-yil — shanba kuni boshlanuvchi yil (taqvimni bu yerda koʻring). Bu davrda turli xalqlarda Grigoriy, musulmon, Eron va boshqa taqvimlar ishlatildi.

1775

1775-yil — yakshanba kuni boshlanuvchi yil (taqvimni bu yerda koʻring). Bu davrda turli xalqlarda Grigoriy, musulmon, Eron va boshqa taqvimlar ishlatildi.

5-avgust

5-avgust — Grigoriy taqvimida yilning 217- (kabisa yilida 218-) kuni. Yil yakuniga 148 kun qoladi.

Aliboy al-Kabir

Aliboy al-Kabir (1728-1773) -mamluklarsan boʻlgan Misr hukmdori (1769–72). 1768–74 yillardagi rus-turk urushi davrida qoʻzgʻolon koʻtargan va turk poshosini mamlakatdan quvib chiqarib Misrni mustaqil (1769), oʻzini sulton deb eʼlon qilgan (1769) hamda Turkiyaga qarshi urush ochgan. 1772 yil Turkiya bilan urushga qarshi boʻlgan mamluk beylari tomonidan taxtdan agʻdarilgach, Falastinga qochgan.

Azot

Azot (lot. Nitrogenium), N – Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi 14,0067. Yer po‘stining og‘irlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda bo‘ladi (havoning og‘irlik jihatidan 75,6 %; hajm jihatidan 78,9 % azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli selitra (NaNO3) va kaliyli selitra (KNO3) tarkibida bo‘ladi, toshko‘mirda 1 – 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam tanasida 3 % gacha bo‘lishi mumkin. Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud bo‘ladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 daqiqa). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi.

Biela kometasi

Biela kometasi — chex astronomi V. Biela tomonidan 1826 yilda ochilgan kometa; u 1772 va 1806 yillari kuzatilgan kometalarning navbatdagi utishi ekanligi aniqlandi, 1832, 1846 va 1852 yillari ham koʻrindi va u 1846 yil ikki boʻlakka boʻlingani kuzatildi. 1852 yildan keyin Biela kometasi butunlay parchalanib ketdi, 1872 va 1885 yillari kometa qoldiqdari Yer bilan toʻqnashdi va meteor yomgʻirini hosil qildi.

Encinasola

Encinasola Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan munisipalitetdir. Huelva provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 178 km2. Aholisi – 1582 kishi (2010).

Freiburg

Freiburg Olmoniyaning Quyi Saksoniya yerida joylashgan kommunadir. Stade tumani tarkibiga kiradi. Maydoni – 34,11 km2. 1772 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).

Galitsiya

Galitsiya - Gʻarbiy Ukraina va Polsha yerlari bir qismining (Ukrainaning hozirgi Ivano-Frankovsk, Lvov, Ternopol viloyatlari, Polshaning Jeshuv va Krakov voyevodaligining katta qismi) tarixiy nomi. Rech Pospolitattt 1- (1772, Sharqiy G.) va 3- (1795 y., Gʻarbiy G.) boʻlinishi natijasida Avstriya imperiyasi tomonidan egallab olingan. 1772—1918 y.larda Gabsburglar imperiyasi viloyati (rasmiy nomi — Krakov buyuk gersogligi bilan birgalikdagi Galitsiya qirolligi va Lodomeriya) boʻlgan. 1918 y.dan Polsha tarkibida. Sharqiy G. 1939 y.dan Ukraina tarkibiga qoʻshilgan.

IC 1772

IC 1772 Baliq yulduz turkumidagi C (ixcham galaktika) tipli galaktikadir.

James Cook

KUK (Cook) Jeyms (1728.27.10, Marton, Yorkshir grafligi — 1779.14. 2, Ganayi orollari) — ingliz dengizchi sayyohi. 1768—71 yillarda "Indevor" ke-masida dunyo aylana ekspeditsiyaga rah-barlik qilgan. Britaniya admiralligi tomonidan tashqil etilgan ushbu eks-peditsiyaning maqsadi Tinch okeanda yangi yerdarni egʻallash edi. Kema Plimut shahridan safarga chiqib, Gorn bur-nini aylanib oʻtgach, Taiti o.ga yetib bordi. 1769 yilda uning shim.-gʻarbidagi yondosh orollarni Jamiyat o.lari degan umumiy nom bilan haritaga tushirdi. 1769—70 yillarda Yangi Zelandiya qir-gʻoklarini aylanib oʻtib, uning orollardan iborat ekanligini aniq-ladi. Katta Toʻsiq rifi va Avstrali-yaning sharqiy so-hillarini tadqiq qiddi. Torres boʻgʻo-zi orqali K. Yaxshi Umid burnini aylanib, 1771 yilda Angliyaga qaytdi.

Antarktida materigini topish va Yangi Zelandiya va boshqa orollarni oʻrganish maqsadida uyushtirilgan dunyo aylana 2-sayohatida (1772— 75) K. "Rezolyushen" kemasida suzib 1773 yil tarixda ilk bor Jan. qutbiy doirani (40° shq.u.) kesib oʻtdi va 66° 36’j. k.gacha yetib bordi. Ikkinchi sayoh-ati davomida Tuamotu arxipelagidagi 2 atoll, Kuk o.lari guruhidagi Pal-merston o. va Xervi atolli, Yangi Gebrid o.lari, Yangi Kaledoniya va Nor-folk o.ni (1774), Atlantika okeani jan.dagi Jan. Georgiya va Jan. Sandvich o.larini (1775) topib, yevropaliklarga maʼlum qildi.

K. 1776 yilda "Rezolyushen" va "Diskoveri" kemalariga ekspeditsiya boshligʻi qilib tayinlandi. 1777 yilda Kuk o.laridagi 3 atollni, Tubuai va Rojdestvo o.larini, 1770 yilda Ganayi o.larini tavsifladi, Amerikaning shim.-gʻarbiy sohillarini oʻrgandi va qis-man haritaga tushirdi. 1779 yilda Ganayi o.da mahalliy aholi tomonidan oʻldirildi. 20 dan ortiq geografik obʼyekt lar K. nomiga qoʻyilgan.

Lucca (provinsiya)

Lucca Italiya provinsiyalaridan biridir. Toskana mintaqasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 1772 km2. 372 244 nafar aholi istiqomat qiladi.

NGC 1772

NGC 1772 Oltin Baliq yulduz turkumidagi OCL (ochiq klaster) tipli ochiq klasterdir.

Ushbu obyektni John Herschel 1834-yilda kashf etgan.

Ushbu obyekt Yangi umumiy katalog asl nashrida mavjud.

Purchena

Purchena Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Almería provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – km2. Aholisi – 1772 kishi (2010).

Schmiedefeld am Rennsteig

Schmiedefeld am Rennsteig Olmoniyaning Turingiya yerida joylashgan kommunadir. Ilm-Kreis tumani tarkibiga kiradi. Maydoni – 18,43 km2. 1772 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).

Taibon Agordino

Taibon Agordino Italiyaning Veneto mintaqasida joylashgan kommunadir. Belluno provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 89 km2. 1772 nafar aholi istiqomat qiladi.

Uglerod

Uglerod (lot. Carbo — kumir, lot. Carboneum), S — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 6, atom massasi 12,011.2 ta barkaror izotopi: 2S (98,892%) va 3S (1,108%) bor. Radioaktiv izotoplaridan |4S(T|/2=5600 yil)ningahamiyati muhim. Atmosferaning yuqori qatlamida kosmik nurlar ney.tronlarining azot izotopi I4N ga taʼsiri natijasida 4S hosil buladi. 4S izotop indikatorlar sifatida keng qoʻllanadi.

Uglerod qadimdan maʼlum. Pista kumir rudalardan metallar eritib olishda, olmos qimmatbaho tosh sifatida qoʻllangan. Keyinroqesa grafit tigel va qatlam tayyorlashda ishlatilgan. UglerodLavuazye 1772 yilda olmosning kristall holdagi Uglerod ekanligini isbotladi. 1778 yilda shved kimyogari Uglerod Sheyele grafitni selitra bilan qizdirilganda qam koʻmirni selitra bilan qizdirilgandagi singari karbonat angidrid hosil boʻlishini aniqladi. Ingliz olimi UglerodTennant 1797 yilda kaltsiy karbonatga fosfor bugʻi taʼsir ettirib sof Uglerod oldi.

Uglerod Yer poʻstining massa jihatidan 2,310 2% ini tashkil etadi. U Yer poʻstining yuqori qismi (biosfera)da boʻladi. Tirik moddalarda 18%, yogʻochda 50%, toshkoʻmirda 80%, neftda 85%, antratsitda 96% Uglerod bor. Uglerodga xos minerallar soni 112 ta. Uglerod koinotda ham keng tarqalgan. Quyoshda Uglerod vodorod, geliy va kisloroddan keyin 4oʻrinni egallaydi.

Uglerodning 4 kristall modifikatsiyasi: grafit, olmos, karbin va lonsdeylit maʼlum. Karbin sunʼiy usulda olingan qora rangli mayda kristall kukun. Zichligi 1,9—2 g/sm³. Oʻzaro parallel uzun S atomlari zanjiridan tuzilgan. Lonsdeylit meteoritlarda topilgan va sunʼiy usulda olingan. Uglerodning atom radiusi 0,077 nm A, S4+ ionning radiusi 0,02 nm; S4~ ning radiusi 0,26 nm. Uglerodning amorf shakli — faollangan kumir kuchli adsorbent hisoblanadi. U nafaqat gazlarni, balki erigan moddalarni ham yutadi. Uglerodning barcha allotropik shakl oʻzgarishlari kimyoviy jiqatdan ancha chidamli va inert moddalardir. Uglerod metallar bilan karbidlar hosil qiladi. Uglerod oʻz birikmalarida +4, —4 +2 va — 4 valentli. Uglerod atomlari oʻzaro birikib "ochiq", "tarmoqlangan", "yopiq" zanjirlar, oʻzaro (shuningdek, boshqa elementlarning atomlari bn) "yakka", "qoʻsh" va "uch karrali" boglanishlar xrsil qila oladi (qarang Organik kimyo).

Uglerod koʻpgina qotishmalar (poʻlat, choʻyan) ning muhim komponenti hisoblanadi. Tarkibida Uglerod koʻp boʻlgan materiallar elektrodlar, tigellar tayyorlashda, qora porox i.ch.da, rudalardan metallar eritib olishda (mas, koks), protivogazlarda yutuvchilar sifatida, kimyo sanoatida va boshqa sohalarda qoʻllanadi. (Uglerodning olinishi va qoʻllanishi haqida yana q. Grafit, Karbonatlar, Karbidlar, Koks, Is gazi, Uglerod (IV)oksid, Olmos, Qurum).

Uglerod Yerdagi hayotning asosini tashkil etuvchi muhim biogen element. Odam organizmida massa jihatidan 20,2% Uglerod mavjud. Uglerod shuningdek, oqsillar (52% atrofida), DNK va r-nK molekulalari (37% atrofida), fermentlar, gormonlar, vitaminlar tarkibiga kiradi. Organizmning tuzilishida qatnashuvchi va uning hayot faoliyatini taʼminlovchi turlituman organik birikmalar, asosan, Ugleroddan iborat. Organizm uchun zarur boʻlgan energiyaning katta qismi hujayralarda Uglerodning oksidlanishidan hosil boʻladi. Uglerod atomlari, shuningdek, Uglerod bilan boshqa elementlar oʻrtasida mustahkam kimyoviy bogʻ hosil boʻladi, lekin bu bogʻ nisbatan yumshoq fiziologik sharoitlarda parchalana oladi. Uglerodning kuchli oʻzlashtirilish (assimilyatsiya) mexanizmi SO2 — fotosintez shaklida yashil oʻsimliklarda doim sodir boʻladi (oʻsimliklar har yili 100 mlrd. t. SO2 oʻzlashtiradi). Yerda SO2 ning eng koʻhna oʻzlashtirilish usuli — xemosintez mavjud. Koʻpchilik hayvonlar Uglerodni ovqatdan tayyor organik birikma holida oladi.

Tirik organizmda quruq modda hisobida quyidagi miqdorda Uglerod boʻladi: suv oʻsimliklari va hayvonlarida 34,5— 40%, yer usti oʻsimliklari va hayvonlarida 45,5—46,5%, bakteriyalarda 54%.

Uglerodning anchagina qismi minerallashadi va yer osti boyliklarini, chunonchi: toshkoʻmir, neft, ohaktosh va boshqalarni hosil qiladi. Uglerod radioaktiv izotoplarining biol. va tibbiyot tadqiqotlarida qoʻllanishi moddalar almashinuvini oʻrganishda katta ahamiyatga ega. 14S molekulyar biologiyada oqsillar biosintezi va irsiy informatsiyalarning oʻtkazilish mexanizmini oʻrganishda qoʻllanadi.

Uglerod birikmalari. Uglerod galogenlar bilan umumiy formulasi SX4 boʻlgan (bu yerda X—S1, F, Vg , I) galogenidlar, oltingugurt bilan CS2,a3OT bilan (CN)2 hosil qiladi.

Uglerod (1U)xlorid (tetraxlormetan, perxlormetan) SS14 — rangsiz, xushboʻy hidli, yonmaydigan suyuklik. Qaynash temperaturasi 76,7°, muzlash’trasi —22,9°. Suvda erimaydi, havo, yorugʻlik va konsentrlangan sulfat kislotaga chidamli. Metanni xlorlash yoki CS2 ga xlor taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Smola, lok, yogʻ, moy va boshqa uchun erituvchi, yongʻinni oʻchiruvchi modda sifatida qoʻllanadi.

Uglerod (1U)ftorid CF4 — rangsiz, hidsiz gaz, suvda oz eriydi. Suyuqlanish temperaturasi —183,6°, qaynash temperaturasi — 128°. Texnikada past trali tenzimetrlarda qoʻllanadi.

Uglerod (1U)bromid SVg4 — kristall modda, suvda oz eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 93,7°, kaynash temperaturasi 189,5°.

Uglerod (1U)yodid S14 — kristall modda, suvda oz eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 17 G, zichligi 4,32 g/sm³.

Uglerod (1U)sulfid CS2 — rangsiz, oʻziga xos hidli suyuqlik. Qaynash temperaturasi 46,26°, muzlash temperaturasi —112, G, zichligi 1293 kg/m³. Zaxarli modda, juda tez alangalanadi. Yonganida karbonat angidrid SO, va sulfat angidrid SO2 hosil boʻladi. Suvda oz, efir, spirt, xloroformda yaxshi eriydi. Texnikada choʻgʻ holatdagi lista kumir ustidan oltingugurt bugʻi oʻtkazish orqali olinadi. Turli moddalar uchun erituvchi sifatida, viskoza ipak i.ch. da, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. Alangalanuvchan modda boʻlgani uchun uni ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur.y.(IV)H itrid (sian yoki ditsian) (CN)2 — rangsiz, achchiq brom hidiga oʻxshash oʻtkir hidli, zaharli gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 20,5°, qotish temperaturasi —34,4°, suyuq holatdagi zichligi 860 kg/m³. Suvda, spirt va efirda yaxshi eriydi. Kimyoviy reaksiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchi xossalarini namoyon qiladi. Simob (P)sianidni endotermik parchalash, shuningdek, 2 valentli mis tuzlariga kaliy sianid eritmasini taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi.

(Uglerodning vodorodli birikmalari, ularning olinishi va ishlatilishi haqida Organik kimyo’ maqolasiga qarang).

XVII asr

XVII asr, Grigoriy taqvimiga koʻra, 1-yanvar 1601-yildan 31-dekabr 1700-yilgacha boʻlgan davr.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.