1739

1739-yil — payshanba kuni boshlanuvchi yil (taqvimni bu yerda koʻring). Bu davrda turli xalqlarda Grigoriy, musulmon, Eron va boshqa taqvimlar ishlatildi.

Mingyillik: 2chi mingyillik
Asr:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
1730-lar

1730-lar

1740

1740-yil — juma kuni boshlanuvchi kabisa yil (taqvimni bu yerda koʻring). Bu davrda turli xalqlarda Grigoriy, musulmon, Eron va boshqa taqvimlar ishlatildi.

1743

1743-yil — seshanba kuni boshlanuvchi yil (taqvimni bu yerda koʻring). Bu davrda turli xalqlarda Grigoriy, musulmon, Eron va boshqa taqvimlar ishlatildi.

1744

1744-yil — chorshanba kuni boshlanuvchi kabisa yil (taqvimni bu yerda koʻring). Bu davrda turli xalqlarda Grigoriy, musulmon, Eron va boshqa taqvimlar ishlatildi.

Azov

Azov – Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidagi shahar. Don daryosi bo‘yidagi port. A. Qora dengiz sohilidagi qadimgi shahar – Tanais o‘rnida barpo qilingan. Don daryosi Azov dengizining Taganrog qo‘ltig‘iga quyiladigan joydan 7 km be-rida. Aholisi 80,9 ming kishi (1992). Temir yoʻl stansiyasi. Mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Poli-texnika va industriya-ped. texnikumlari, ped. bilim yurti, tarix-o‘lkashunoslik muzeyi bor. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda A. o‘rnidagi Meotidada meotlar yasha-gan. Milodiy 10–11-asrlarda Kiyev Rusining Tmutarakan knyazligi tarkibiga kirgan. taxminan 1067 yil qipchoqlar tomonidan egal-langan va A. o‘rnidagi qishloqqa Azuv (Azoq)xon nomini berganlar. 13-asrdan Oltin O‘rdaga qarashli Azoq shahri bo‘lgan, 14-asrda venesiyalik va genuyaliklarning koloniyasi (Tana) bo‘lgan. 1395 yilda Amir Temur egallagan. 1471 yildan Turkiyaga qarashli qal’a. 1637–42 yillarda A.ni Don kazaklari egalladi. 1696 yilda Pyotr 1 qo‘shinlari bosib oldi. 1711 yilda A. Turkiyaga qaytarib berildi. Biroq 1739 yildan yana Rossiya tarkibiga o‘tdi. 1775–82 yillarda Azov gubernyasi markazi, 1810 yildan Yekaterinoslav gubernyasi posadi. 1920 yil 1 martdan shahar.

Bayerbach bei Ergoldsbach

Bayerbach bei Ergoldsbach Olmoniyaning Bavariya yerida joylashgan kommunadir. Landshut tumani tarkibiga kiradi. Maydoni – 25,42 km2. Aholisi – 1739 kishi (2010).

Bogota

Bogota, Santa-Fe-de-Bogota — Kolumbiya poytaxti. Sharqiy Kordilyera togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridagi soylikda (2500 m) joylashgan. Kundinamarka departamenti maʼmurii markazi, alohida maʼmurii birlik — poytaxt okrugini tashkil qiladi. Aholisi 6 mln.dan ortiq (1997, shahar atrofi bilan). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro Eldorado aeroporti bor. Eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi 15°, eng sovuq oyniki — 14°. B.ga 1538 yilda ispanlar asos solgan. 1598 yildan ispan generalkapitan ligining, 1739 yildan Yangi Granada vitse-qirolligining poytaxti. 1819 yilda B. ispanlardan ozod qilindi va Yangi Kolumbiyaning poytaxtiga aylantirildi. 1831 yildan Yangi Granadaning, 1863 yildan Kolumbiya Respublikasining poytaxti.

B. mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, elektrotexnika, poligrafiya, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo va boshqa sanoat korxonalari bor. B. yaqinida rezina shinalar va soda ishlab chiqariladi, zumrad olinadi. Ispanlar mustamlakachiligi davrida va undan keyin qurilgan bir necha meʼmoriy yodgorliklari saqlangan: Katta sobor (1823 yilda qurib bitkazilgan), SanFransisko sobori (1569—1622), Milliy kapitoliy binosi (1847—1926) va boshqa Bogota oliy oʻquv yurtlari, jumladan Kolumbiya milliy universiteti va boshqa untlar, Kolumbiya akademiyasi, Milliy muzey, Milliy arxeologiya va etn. muzeyi, mustamlaka davri sanʼati muzeyi, Oltin muzeyi (indeyslarning qad. oltin buyumlari), Milliy kutubxona, astronomiya rasadxonasi bor.Bogota - Kolumbiya davlati paytaxti hamda eng katta shahri.

Camigliano

Camigliano Italiyaning Campania mintaqasida joylashgan kommunadir. Caserta provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 6 km2. 1739 nafar aholi istiqomat qiladi.

Carl Linnaeus

Carl Linnaeus (shved tilidagi asl ismi Carl Nilsson Linnæus, 23-may, 1707 – 10-yanvar, 1778) — binominal nomenklaturaga asos solgan shved botanigi, zoologi va shifokori boʻlgan. U zamonaviy taksonomiya va ekologiyaning otasi deb ataladi. Uning ishlarining asosiy qismi lotin tilida yozilgan boʻlib, lotinchada uning ismi Carolus Linnæus deya, 1761-yildan soʻng Carolus a Linné deb yozilgan.

LINNEY (Linne, Linnaeus) Karl (1707.23.5, Rosxult - 1778.10.1, Upsala) — shved tabiatshunosi. Shvetsiya Fanlar akademiyasi akademik va uning birinchi prezidenta (1739 yildan), Parij Fanlar akademiyasi akademik (1762 yildan). Lund va Upsala universitetlarida oʻqigan, Upsala universiteti professor (1741 yildan). Oʻsimlik va hayvonlarning zamonaviy sistematikasiga asos solgan, binar nomenklaturani fanga kiritgan. L. turni ikki nom, yaʼni tur va urugʻ (turkum) nomi bilan atashni taklif etgan; sinf, turkum (tartib), urugʻ (turkum), tur va variatsiya tushun-chalarini anikdab bergan. L. 1500 oʻsimlik turlarini tavsiflab berdi. Oʻsimliklarni 24 sinf, hayvonlarni 6 sinf (sut emizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, baliklar, chuvalchanglar va hasharotlar)ga ajratadi. Amfibiyalarga suvda va quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilarni kiritadi. Odamni hayvonlar sistemasi (sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumi)ga kiritish oʻsha davrda hukmron boʻlgan dunyoqarashlarga zid edi. L. sistemasi kup xususiyatlarga kura, sunʼiy bulsa ham oʻz davrida katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. U 10000 dan ortiq usimlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini tavsiflab berdi. L. tibbiyot, oʻsimliklarning iqlimga moslanishk va boshqa masalalarga bagʻishlangan bir qancha asarlar yaratdi. Upsala shahrida Gʻarbiy Yevropada eng yaxshi hisoblangan botanika bogini tashkil etdi.

Elbarsxon (xon)

Elbarsxon (? 1739.27.11) - Xiva xoni (1728—39). Shohniyozxon oʻgʻli. E. davrida mamlakatda ichki nizolar davom etgan. 1736 yil Shergʻozixonnshi katta oʻgʻli Ergʻozi sulton Shohobodda unga qarshi kurash boshlagan. Xonlikdagi mangʻitlar va qoraqalpoqlar ham bosh koʻtargan. E. ularga qarshi kurash bilan bir Qatorda qoʻshni davlatlar hududiga ham chopqunlar uyushtirgan. 1736 yil E. 3 ming turkman askarlarini Chin Vakil yovmut boshchiligida Xurosonga joʻnatgan. Bu qoʻshin Mand tekisligi va Olatogʻ atrofida qizilboshlilar qoʻshini ustidan zafar qozonib, katta oʻlja bilan qaytgan. Bu paytda Nodirshoh Shemaxani bosib olib Ganjada turgan edi. 1738 yil Nodirshohning oʻgʻli Rizoquli mirza Balxni egallab, Movarounnahrga yurish boshlagan. Buxoro xoni Abulfayzxon E.dan koʻmak soʻragan. E. katta koʻshin bilan Buxoroga otlangan, biroq yoʻlda Abulfayzxonni qizilboshlilar bilan sulh tuzganidan voqif boʻlgach, orqaga qaytgan. 1739 yil fevralda E. oʻzbek va turkmanlardan tashkil topgan qoʻshin bilan Xurosonga yurish qilib, Niso va Obivard atrofini talontoroj qilib Xivaga qaytgan. 1739 yil oktyabrda Nodirshoh Buxoroni olib, Xivaga qoʻshin tortgan. Tuyamoʻyin, Pitnak, Hazoraspda xivaliklar magʻlub boʻlgan. Eron qoʻshini Xonqani 7 kunlik qamaldan soʻng egallagan, E. va uning 20 ta amiri asir olingan. Nodirshoh ularni qatl ettirib, Xivaga yurish qilgan va 3 kunlik qamaldan soʻng uni bosib olgan.

Galdan-cheren

Galdan-cheren, Galdan-Seren (?1745) — Oyrat xonligining hukmdori (1727—45). 18-asrning 30-y.larida Xalxa (Shim. Mongoliya) uchun manjurlarning Xitoydagi Sin sulolasi bilan urushlar olib bordi. G.-Ch.ning maqsadi 1691 y.dan beri manjur sulolasi qoʻl ostida boʻlgan Xalxani oʻziga tobe etib mustaqil mongol davlati barpo kilish edi. Ikki tomon oʻrtasida tuzilgan sulh bitimi (1739)ga koʻra, Oltoy togʻlari har ikki davlat oʻrtasida chegara deb tan olindi. G.-Ch. 1740—45 y. l ar da hozirgi Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududlariga bostirib kelgan, biroq Fargʻona vodiysida oʻtroq aholining qattiq qarshiligiga duch kelgach, chekinishga majbur boʻlgan. G.-Ch. Qorategin (Tojikiston) orqali oʻtib, hozirgi Afgʻonistonning shim. viloyatlarini tala-gan. Sin hukmdorlari G.-Ch. vafotidan soʻng xonliqdagi ichki nizolardan foydalanib, uning yerlariga hujum qiladilar (1755—57) va Amursana boshchiligidagi qoʻzgʻolonni bostirib (1757), Oyrat xonligini tugatadilar. G.-Ch. hukmronligi davrida dehqonchilik, hunarmandchilik (movut toʻqish, metall buyumlar ishlash), savdo-sotiq rivojlandi.

Goldoni Karlo

GOLDONI (Goldoni) Karlo (1707.25.2, Venesiya - 1793.6.2, Parij) — italyan dramaturgi, italyan teatri islohotchisi, milliy komediya asoschisi. Dastlabki asarlari ("Momolo kortezan", 1738; "Momolo Brenteda", 1739; "Sinish", 1741) dayoq niqoblar komediyasi (syujetning qisqa sxemasidan iborat ssenariy asosida tayyorgarliksiz tomosha yaratish)ni isloh qilgan. Mazkur asarlar muqim matnga, aniq insoniy harakterlarga, maʼrifatparvarlik gʻoyalari singdirilgan, jamiyatning illatlarini tanqid qiluvchi mazmunga ega edi. Ayni paytda G. niqoblar komediyasining afzal tomonlarini — xushchaqchaqlik, syujet rivojidagi izchillikni saklab qolgan. G. 155 komediya, 18 tragediya, 94 libretto yozgan. Teatr tarixiga oid "Memuarlar" (1784—87) muallifi. "Mehmonxona bekasi", "Ikki boyga bir malay" va b. komediyalari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan.

IC 1739

IC 1739 Fornax yulduz turkumidagi Sb (ixcham choʻziq galaktika) tipli galaktikadir.

Montecchio

Montecchio Italiyaning Umbria mintaqasida joylashgan kommunadir. Terni provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 49 km2. 1739 nafar aholi istiqomat qiladi (2008).

NGC 1739

NGC 1739 Quyon yulduz turkumidagi Sbc tipli galaktikadir.

Ushbu obyektni Ormond Stone 1885-yilda kashf etgan.

Ushbu obyekt Yangi umumiy katalog asl nashrida mavjud.

Ravelsbach

Ravelsbach Avstriyaning Quyi Avstriya yerida joylashgan shaharchadir. Hollabrunn (okrug) okrugi tarkibiga kiradi. Maydoni – 26.37 km2. 1739 nafar aholi istiqomat qiladi (2005).

Saxen

Saxen Avstriyaning Yuqori Avstriya yerida joylashgan shaharchadir. Perg (okrug) provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 19 km2. 1739 nafar aholi istiqomat qiladi (2005).

Wülknitz

Wülknitz Olmoniyaning Saksoniya yerida joylashgan kommunadir. Meißen tumani tarkibiga kiradi. Maydoni – 27,77 km2. Aholisi – 1739 kishi (2010).

XVII asr

XVII asr, Grigoriy taqvimiga koʻra, 1-yanvar 1601-yildan 31-dekabr 1700-yilgacha boʻlgan davr.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.