13-sentabr

13-sentabrGrigoriy taqvimida yilning 256- (kabisa yilida 257-) kuni. Yil yakuniga 109 kun qoladi.

Sentabr
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            
2019-yil

Bayramlar

Shuningdek qarang: Turkum:13-sentabr bayramlari

Voqealar

Военный совет в Филях

Shuningdek qarang: Turkum:13-sentabr voqealari

Tavalludlar

Shuningdek qarang: Turkum:13-sentabrda tugʻilganlar

Vafot etganlar

Shuningdek qarang: Turkum:13-sentabrda vafot etganlar

Havolalar

1453

1453

AFC U-23 Osiyo chempionati 2016 jamoalar takibi

Quyidagi terma jamoalar tarkibi AFC U-23 Osiyo chempionati 2016 final bosqichida qatnashgan terma jamoalar tarkiblari hisoblanadi. Faqat 1991-yilning 1-yanvaridan keyin tugʻilgan futbolchilar musobaqada ishtirok etish huquqiga ega. Har bir jamoa tarkibigaga koʻpi bilan 23ta futbolchi (shulardan 3tasi darvozabon) olishi lozim boʻladi.Quyida har bir jamoaning 23tadan futbolchilari haqida maʼlumot berilgan.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti – Oʻzbekiston Respublikasining badiiy ijod sohasidagi eng oliy mukofoti. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1989 yil 13 sentabr da ta’sis etilgan. O‘zbekistonning madaniy hayotida katta voqea bo‘lgan, milliy qadriyatlar xazinasini boyitgan adabiyot, san’at va me’morlik sohasidagi eng yorqin va ser-mazmun asarlar uchun beriladi. Bu muko-fotga respublikada hamda chet ellarda e’lon kilingan, alohida kitob shaklida nashr qilingan, ommaviy ravishda ijro etilgan, ko‘rsatilgan va namoyish qilingan hamda keng jamoatchilik to-monidan yuqori baholangan badiiy asarlar, san’at namunalari taqdim etiladi. Taqdim etilgan ishlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, ijodiy uyushmalarning respublika miqyosidagi idoralari va xalqaro jamoat tashkilotlarining qarorlari asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mukofotlari qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi. Taqdim etilgan bir asar uchun mukofot olishga talabgorlar soni 3 kishidan oshmasligi kerak. Mukofot O‘zbekiston adabiyoti, san’ati va me’morchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan eng yaxshi ishlar uchun boshqa mamlakatlarning madaniyat arbo-blariga ham berilishi mumkin. Muko-fotlarni 1996 yildan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan, har 3 yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida berish tartibi joriy qilingan. Mukofotning har biri 200 ta eng kam oylik ish haqi miqdorida belgilangan. Mukofotlanganlarga tantanali vaziyatda sovrindorlik yorlig‘i va faxriy nishon topshiriladi. Mukofot sovrindorining nishoni ko‘krakning o‘ng tomoniga taqiladi. Mu-kofot takroran berilmaydi. 1991 yilda 9 kishi, 1994 yilda 12 kishi (1 kishi xorijdan) 1996 yilda 4 kishi mukofotga sazovor bo‘lgan.

Birinchi jahon urushi

Birinchi jahon urushi (28-iyul 1914 — 11-noyabr 1918) — odamzod tarihidagi eng yirik urushlardan biridir.

Urushning rasmiy sababi Saraevo voqealari sabab boʻlgan, bu yerda 28-iyun 1914-yili oʻn toʻqqiz yoshli serbiyalik millatchi, student Gavrilo Princip tomonidan Avstriya-Vengriya imperiyasi taxti vorisi Frans Ferdinand va uning rafiqasi Sofiya Xotek oʻldirilgan.

Birinchi jahon urushida qatnashgan mamlakatlar ikkita harbiy-siyosiy guruhga boʻlingan:

Toʻrtlar ittifoqi: Germaniya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi va Bolgariya Qirolligi.

Antanta: Rossiya imperiyasi, Fransuz Respublikasi, Britaniya imperiyasi.Birinchi jahon urushida dunyoning 38 davlati ishtirok etdi. Ularda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashar edi. Urushga 74 mln. ga yaqin kishi safarbar etildi. Jami 10 mln. kishi oʻldirildi, 20 mln kishi esa yarador bʻoldi. Bundan tashqari, juda koʻp kishilar kasallik va ochlikdan oʻlib ketdi. Birinchi jahon urushida uning asosiy ishtirokchilari boʻlgan davlatlar oʻz milliy boyliklarining uchdan bir qismini yoʻqotdilar.Birinchi jahon urushi tufayli Rossiya imperiyasida Fevral va Oktabr inqiloblari va Germaniya imperiyasida Noyabr inqilobi boʻlib oʻtdi. Rossiya imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi va Germaniya imperiyasi urush tufayli yoʻq boʻldi.

FIFA Jahon chempionati 2014

FIFA Jahon chempionati 2014 futbol boʻyicha jahon chempionatlarining 20-turniri hisoblanadi, xalqaro erkaklar futboli musobaqasi, bu musobaqa 2014-yilning 12-iyunidan 13-iyuligacha Braziliya yashil maydonlarida oʻtkazildi. Braziliya bu futbol chempionatga ikkinchi marotaba mezbonlik qilda, oldingi 1950-yilgi jahon chempionatiga ham mezbonlik qilgan edi. Xalqaro futbol federatsiyasi tomonidan Braziliya hech qanday raqobatchilarsiz 2007-yilda ushbu chempionatga mezbon davlat sifatida saylandi va 1978-yilgi Argentinada boʻlib oʻtgan jahon chempionatidan keyin ilk bor mazkur turnir Janubiy Amerika mintaqasida boʻlib oʻtdi. Musobaqada Olmoniya milliy terma jamoasi gʻalaba qozondi, FIFA Jahon chempionati 2014 finalida Argentina terma jamoasini magʻlub qildi, Argentina esa 2-oʻrin bilan kifoyalandi.

2011-yilning iyun oyidan boshlangan saralash bosqichlaridan oʻtib 31 ta milliy terma jamoalar, mezbon Braziliya terma jamoasi bilan final bosqichida ishtirok etdi. Braziliyaning 12 ta shaharlaridagi stadionlarda, jaʼmi 64 ta oʻyin boʻlib oʻtdi, oʻyinlar guruh bosqichidan boshlandi. Mazkur jahon chempionatida ilk bor golni avtomatik aniqlash usulidan foydalandi.Mezbon davlat bilan birga, 1930-yildagi birinchi jahon chempionatidan beri chempion boʻlgan barcha terma jamoalar (Urugvay, Italiya, Olmoniya, Angliya, Argentina, Fransiya va Ispaniya) ushbu chempionatga yoʻllanma olishdi. 2010-yilgi jahon chempionati gʻolibi Ispaniya terma jamoasi ushbu musobaqada Angliya va Italiya terma jamoalari kabi, guruh bosqichidan ham chiqa olmadi. Urugvay nimchorak finalda, Fransiya chorak finalda kurashni toʻxtatdilar. FIFA Jahon chempionati 2014 finaligacha 2ta sobiq jahon chempionlari Olmoniya va Argentina terma jamoalari yetib kelishdi, Olmoniya qoʻshimcha taymlarda gol kiritib 1-0 hisobida Argentina ustidan gʻalaba qozondi va ushbu Olmoniyaning gʻalabasi jahon chempionatlari tarixida Janubiy Amerika maydonida gʻolib boʻlgan ilk Yevropa jamoasi boʻldi. Shuningdek ushbu gʻalabadan keyin tarixda ilk bora Yevropa vakillari ketma ket eng oxirgi 3ta jahon chempionlari boʻlib kelmoqda (2006-yili Italiya, 2010-yili Ispaniyadan keyin).Gʻolib jamoa sifatida, Olmoniya terma jamoasi FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 musobaqasiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqa davomida, mezbon shaharlar 5 milliondan ortiq muxlislarni qabul qildi, hamda, Braziliya 202 davlatdan tashrif buyurgan 1 millionga yaqin futbol muxlislarini qabul qildi.

FIFA Jahon chempionati 2014 jamoalar tarkibi

FIFA Jahon chempionati 2014 xalqaro futbol musobaqasi hozirda Braziliya mamlakatida 2014-yilning 12-iyunidan 13-iyuliga qadar boʻlib oʻtmoqda. 32ta terma jamoalar musobaqaga 23tadan, shulardan 3tasi darvozabon, futbolchilari bilan tashrif buyurgan. Faqat mana shu tarkibda mavjud boʻlgan futbolchilar turnirda ishtirok etish huquiga ega.

2014-yil 13-mayda har bir jamoa vaqtinchalik 30ta futbolchi tarkib topgan roʻyxatni FIFAga taqdim etgan edi. 2014-yil 16-mayda, FIFA rasmiy saytida ushbu vaqtinchalik tarkib haqida maʼlumot bergan edi.Barcha jamoalar oxirgi 23ta futbolchidan iborat boʻlgan tarkibni FIFAga 2014-yil 2-iyunida taqdim qildi. FIFA bu haqida 2014-yil 5-iyunida maʼlum qilgan edi.Agar oʻyin davomida qaysidir futbolchi jiddiy jarohat olib turnirda boshqa oʻynay olmasa, terma jamoa rahbarlari 24 soat ichida boshqa bir oʻyinchini olib kelish huquqiga ega boʻladi.Har bir futbolchining yoshi 2014-yil 12-iyunida, yaʼni turnirning 1-kunida eʼlon qilindi.

Fransiya-Rossiya urushi

Fransiya-rossiya urushi, Vatan urushi (1812 yil) — rus xalkining Napoleon I bosqiniga qarshi ozodlik urushi. 1806—07 yillardagi Fransiya Rossiya urushida rus qoʻshinlari yengilgach, Tilzit sulh shartnomasiga koʻra, Napoleon I Rossiyani Angliyaga qaratilgan mintaqaviy qurshov tizimida ishtirok etishga majbur qilgan. Rossiya Angliya bilan savdo qilishdan mahrum boʻlib qolgani bois uning iqtisodi vayron boʻlgan. 1810 yildek.da rus bojxonasining yangi tarifi eʼlon qilinib, Rossiyaga keltiriladigan mollarga, jumladan, Fransiyadan keltiriladigan ipak, duxoba, vino va boshqalarga boj soligʻi oshirilgan. Bu Napoleon I ning Rossiyaga qarshi urushga tayyorgarlik koʻrishiga turtki boʻlgan. 1812 yil boshida Napoleon I Rossiyaga qarshi birgalashib urushish maqsadida Avstriya va Prussiya bilan ittifoq tuzgan. Napoleon I oʻz ittifoqchilarining hududlarini Rossiya hisobiga kengaytirishga vaʼda bergan. Fransuz imperatorining maqsadi, Rossiyani boʻlib tashlash, undan katta miqdorda oʻlpon undirish, bu mamlakatni Fransiyaning mustamlakasiga aylantirish boʻlgan.

Rossiyaga qarshi yurish uchun 1372 toʻpga ega boʻlgan 640 ming kishidan iborat "buyuk armiya" tuzilgan. Ularning deyarli yarmini chet elliklar (avstriyaliklar, nemislar, polyaklar, italyanlar, ispanlar, shveysariyaliklar, portugallar va boshqalar) tashkil qilgan. Rus armiyasida 591 ming kishi boʻlib, ularda 1620 toʻp boʻlgan. 1812 yil 12 iyunda Napoleon I armiyasi Neman daryosini kechib oʻtgan. F.Fransiya-Rossiya urushidagi harbiy harakatlarni 3 davrga boʻlish mumkin: 1 — urush boshlanishidan (iyun) Borodino jangitcha (sentabr); 2 — Borodino jangidan (sentabr) Napoleon I ning Maloyaroslavetsdan chekinishigacha (dek.); 3 — Napoleon I armiyasining halokati va uni Neman daryosidan oʻtib, Rossiyadan qochishi (dek.). 18 avg .da Napoleon I Smolenskiy shturm bilan egallab, Moskva tomon yoʻl olgan. Aleksandr I 8 avg .da feldmarshal MM.Kutuzovii bosh qoʻmondon etib tayinlagan. 1842 yil 26 avg .da mashhur Borodino jangi yuz bergan. Borodino jangi Napoleon I armiyasi halokatining boshlanishi boʻldi. M.I. Kutuzov armiyani saklab qolish niyatida Moskvaga chekingan va Fili qishlogʻida harbiy kengashda (13 sentabr) Moskvani tashlab ketish haqida qaror qabul qilgan. Napoleon I Moskvaga kirgan kunidan boshlab (2 sentabr) shaharda yongʻinlar boshlangan. Oziq-ovqat, yemxashak yondirilgan yoki olib ketilgan. Napoleon I, 3 marotaba rus imperatoriga sulh tuzish haqida murojaat qilib, universiteta oʻz vakillarini yuborgan. Ammo Aleksandr I sulh tuzmagan. Tarutino kishloga yakinidagi jangda ruslar golib kelganlar (17 sentabr). Moskvadagi yongʻin natijasida fransuz armiyasini boqishning iloji boʻlmagan. Bosqinchilarga qarshi rus xalqining ozodlik kurashi avjga chiqqan. Napoleon I armiyasi tang ahvolda qolgan. Rossiyadan qochayotgan fransuz armiyasini rus qoʻshinlari taʼqib qilgan. Noyab.da Rossiya oʻlkalarida qahraton sovuq boshlangan. Noyab. oʻrtasida Napoleon I Berezina daryosidan oʻtganda uning "buyuk armiya"sidan asar ham qolmagan. Napoleon I qoʻmondonlikni Myuratga topshirib, oʻzi Parijga ravona boʻlgan. Bu urushda Napoleon I, 550 minglik qoʻshindan mahrum boʻlgan. Rus imperiyasidagi talafot 200 ming kishini tashkil etgan. Bu urush Yevropada ozodlik kurashining avj olishiga turtki boʻlgan.

Temur Gʻiyosov.

Gonduras milliy futbol terma jamoasi

Gonduras milliy futbol terma jamoasi laqabi Los Catrachos, La Bicolor yoki La H, futbol boʻyicha Gonduras davlatining milliy terma jamoasi, Federación Nacional Autónoma de Fútbol de Honduras (FENAFUTH) tomonidan boshqariladi. Ular CONCACAFdagi rivojlanib kelayotgan terma jamoalardan bittasidir, Copa América 2011 musobaqasining 3-oʻrin sohibi. Jahon chempionatlarida 3 marta (1982, 2010 va 2014-yillari) ishtirok etgan.

Gonduras Markaziy Amerika davlatlari orasida Kosta Rika terma jamoasi bilan raqib boʻlib kelmoqda. Gonduras ilgari Kosta Rika bilan boʻlgan oʻyinlarni koʻpida magʻlub boʻlgan, misol: 22ta uchrashuvning 20tasida Kosta Rikaning qoʻli baland kelgan.

Ilya Segalovich

Ilya Valentinovich Segalovich (rus. Илья́ Валенти́нович Сегало́вич; 13-sentabr 1964 — 27-iyul 2013) rossiyalik tabdirkor, dasturchi va jamoat arbobi, Yandex kompaniyasi asoschilaridan biri, Yandex texnologiya va ishlab chiqarish direktori boʻlgan.

Segalovich Moskva geologik razvedka institutining geofizika fakultetida tahsil olgan (1981—1986).

Turmush oʻrtogʻi Mariya bilan bemor bolalarga yordam qilish maqsadida xayriya faoliyati olib borgan.

Ilya Segalovich 2013-yil 25-iyul kuni vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Shu kuni keyinchalik bu xabar rad etildi. Bir necha kunlik komadan keyin Segalovich 2013-yil 27-iyul kuni Londonda vafot etdi.

Konstantin Cheprakov

Cheprakov Konstantin Pavlovich (1907.13.9, Ukraina, Berdyansk shahri — 1972.31.5, Toshkent) — moyboʻyoqchi rassom, grafik. Oʻzbekston xalq rassomi (1967). Rassomlikni mustaqil oʻrgangan. 1933 yildan Toshkentda yashagan. Maishiy kartinalari ("Dam olish kunida", "Pensionerlar", "Mehmondorchilikda" va boshqalar)da Oʻzbekiston manzaralari zaminida baxtiyor hayotni ifodaladi. Moyboʻyoq va akvarelda ham manzaralar tasviri ("Chirchiq yoʻlida tong" va boshqalar)ni yaratdi.

Kurdcha Vikipediya

Kurdcha Vikipediya (kurd. Wîkîpediyaya kurdî) — Vikipediyaning kurd tilidagi boʻlimi. Kurdcha Vikipediya 2002-yilning 3-iyun oyidan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Marafon jangi

Marafon jangi (miloddan avvalgi 490 yil 13 sentabr) — yunon-fors urushlari davridagi mashhur jang . Attika (Afinadan 40 km shim.-sharqdagi r-n)dagi Marafon tekisligida sodir boʻlgan. Yunon qoʻshini (11 ming jangchi) sarkarda Miltiad qoʻmondonligi ostida Marafon vodiysiga kirish yerida falanga boʻlib saf tortgan, uning kuchaytirilgan oʻng va soʻl qanotlari togʻ va qoyatoshlar bilan mustahkamlangan. Bu yunonlarni forslar otliq qoʻshinining qanot zarbasidan muhofaza etgan. Yunonlar kemalardan tushgan forslarga (taxminan 20 ming jangchi) yopirilib hujum qilishgan, biroq fors piyodakamonchilari qarshi hujumga oʻtib, yunonlar falangasi markazini yorib oʻtganlar. Ayni paytda yunonlarning kuchli, saylanma otryadlari qanotlardagi fors otliq qoʻshini va yengil piyodalarini uloqtirib tashlagan, soʻngra markazdagi fors piyoda qoʻshinini magʻlubiyatga uchratganlar. Yunonlar sohil tomon qochayotgan forslarni taʼqib qilishdan toʻxtab, jangda halok boʻlgan yunonlarni (192 kishi) dafn etishga kirishib ketganlari tufayli, forslar kemalarga oʻtirib qaytib ketganlar. Marafon jangida falanga tarkibida jang qilgan goplitlar oʻzlaridan son jihatdan ustun boʻlsada, tashkiliy jihatdan yaxshi uyushmagan forslar armiyasi ustidan galaba qozongan.

Medcezir

Medcezir - 2013-yilgi turkcha televizion serial.

Mustafa Kemal Atatürk

Mustafo Kamol Otaturk (asl ismi Mustafo), Mustafo Kamol, Kamol Posho (1881, Saloniki – 1938.10.11, Istanbul) – Turkiya Respublikasi asoschisi va birinchi prezidenti (1923–38), harbiy sarkarda. Turkiyada familiya joriy qilingach, Buyuk millat majlisi tomonidan unga Otaturk familiyasi berilgan (1934).

Turli harbiy maktablar va Istanbul Bosh shtab akademiyasini (1905) tugatgan. Shom (Suriya), Falastin, Sa-lonikida zobit sifatida harbiy xizmatni oʻtagan (1905–09). Salonikida uning siyosiy faoliyati boshlangan. Dastlab, Yosh turklarnit "Ittihod va taraqqiy" partiyasiga aʼzo boʻlgan (1908), keyinchalik ulardan asta-sekin uzoqlashgan. Italiya-Turkiya urushi (1911-12), 2-Bolqon urushi (1913), Birinchi jahon urushida qatnashgan. 1919 yil 19 mayda Istanbuldan Anatoliya (Onadoʻli)ga kelgan. Arzirum va Sivas kongresslari (1919 yil iyul–sentabr)ga rahbarlik qilib, turk xalqini ingliz va grek (keyinchalik arman) bosqinchilariga qarshi ozodlik urushiga chaqirgan. Sivas kongressida u Anatoliya va Rumeli Mudofaa huquq jamiyati (Vakillik komiteta) raisi qilib saylangan.

O. boshchiligida mamlakatda Kamolchilar inqilobi avj olgan. Istanbul inglizlar tomonidan ishgʻol qilin-gach (1920 yil 16 mart), barcha vatanpar-var kuchlar uning atrofida toʻplangan. Anqarada yangi parlament – Turkiya Buyuk millat majlisi (TBMM) cha-qirilib, unga Majlis va hukumat raisligiga saylangan (1920 yil 23 aprel). Ingliz va grek bosqinchilariga qar-shi kurashda turk armiyasining qoʻmondoni. Biroq, Istanbul hukumati O. va uning safdoshlarini osiy deb eʼlon qilgan va sirtdan oʻlim jazo-siga hukm etgan. Sakariyo daryosi boʻyida bosqinchilar ustidan qozonilgan gʻalaba (1921 yil 23 avgust – 13 sentabr)dan soʻng unga marshal unvoni va gʻoziy nasabi berilgan. 1922 yil oxirida turk armiyasi O. rahbarligida toʻliq gʻalabaga erishgan.

O. irodali siyosatchi, mohir qoʻmondon, kuchli notiq boʻlgan. O. tashabbusi bilan Usmonli turk sultonligi tugatildi (1922 yil 1 noyabr), Turkiya respublika deb eʼlon qilindi (1923 yil 29 oktabr), xalifalik bekor etildi (1924 yil 3 mart). Davlat boshqaruvi tubdan oʻzgartirilib, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va harbiy sohada chuqur islohotlar oʻtka-zilgan. Mamlakat taraqqiyotining us-tuvor yoʻnalishlarini belgilab beruvchi 6 ta tamoyilni ishlab chiqqan. Uning taʼlimoti Turkiyada otaturkchilik, Gʻarbda esa kamolizm deb baholangan. Turkiya Respublikasida islom dinining taʼsiri kamaytirilib, uni Gʻarb namunasidagi dunyoviy davlatga aylan-tirish jarayoni boshlangan.

O. turkiy xalqlar tarixi, siyosiy va harbiy mavzuga oid koʻplab nazariy asarlar muallifi. Toshkentdagi koʻchalardan biri O. nomiga qoʻyilgan.

Rammstein

Rammstein (Rammshtayn) - 1994-yilda tashkil topgan olmon rok-guruhi. Ular oʻzlarining musiqiy yoʻnalishini Tanz-Metal yoki raqs metali deb atashgan, bu yoʻnalish metal, indastrial va elektron musiqani oʻz ichiga oladi. Guruhga Laibach kollektivi juda katta ta'sir koʻrsatgan.

Rim tarixi xronologiyasi

Bu Rimning tarixiy davri boʻlib, maqolada Rim Qirolligi va Respublikasida, hamda Rim va Vizantiya imperiyalarida muhim huquqiy va hududiy oʻzgarishlar, hamda siyosiy voqealar mavjud. Tarixidan oldingi davr voqealar haqida maʻlumot olish uchun, ushbu maqolalarni qarang: Qadimgi Rim va Vizantiya imperiyasi tarixi.

Anʻanaga koʻra, ushbu vaqt belgisi Romulus Augustulus va Konstantinopolning qulashi, gʻarbda va sharqda Rimning oxiri sifatida qayd etilgan. Rimning huquqiy vorislari muhokamasi uchun Uchinchi Rimga qarang.

UEFA Chempionlar Ligasi 2011—2012

UEFA 2011/12 Chempionlar ligasi — Yevropa klublari asosiy futbol turnirining 57-chi mavsumi. Final matchi Myunxenning, Olmoniya «Allianz Arena» stadionida 19 may 2012 yilda o'tkaziladi.

Windows 2000

Windows 2000 (shuningdek Win2k, W2k yoki Windows NT 5.0 nomlari bilan mashhur) — Windows NT oilasiga kiruvchi Microsoft tomonidan yaratilgan operatsion sistema, Intel x86 processorli kompyuterlar bilan ishlash uchun moʻljallangan.

Boshqa tillarda

This page is based on a Wikipedia article written by authors (here).
Text is available under the CC BY-SA 3.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.